# An-Nasir 2-bo'lim 9-dars (Asma-ul-Husna)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/kk-cyrl/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 11 of 110
- Section: An-Nosir
- Duration: 20 min
- Original title: An-Nasir 2-bo'lim 9-dars (Asma-ul-Husna)
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno/11
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/ZAIjJ8wbKsQ.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=ZAIjJ8wbKsQ
- In this course: [previous](https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno/10.md) · [next](https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno/12.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Demak birodarlar, uch turlik nusratni aytdik. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam isrof va meroj kechasida jabrullohu alayhi vassalom bilan mana shu yetti osmonda kezar ekan, avvallari mislini hidlamagan bir hushi bo'yi hidni hidladilar. Ey gibrid, bu nimani, kimni hidi deganida, shir avn qizini sochini taraydigan ayolni hidi dedi.

[0:23] Kim yutdi? Ayol yutdi. Kim yutkazdi? Shayx ham. Shuning uchun birodarlar iymon e'tiqod yo'lida o'lib ketgan kishilarda mag'lub bo'ldi diniy edi. Alloh bularga mabdaiyni suratini ato etdi. Alloh degan banda, u seni o'zini ro'yosiga oladi. O'zim degin, o'zingni holingga tashlab qo'yadi. Bu darsni unutmasligimiz kerak. Uyimizda, tijoratimizda, muomalamizda, bola tarbiyasida demak, nusratni uch turini ko'rdik. Istehqoqiy nusrat, bandalar haqli bo'lgan nusrat, tafoddiy nusrat. Bandalar loyiq bo'lishmasa ham, Alloh ularga bergan in'omi, maddai nusrat, bu iymon e'tiqod yo'lida, sobit turib, dunyodan ketganlarga beriladigan Alloh Taoloning nusrati.

[1:12] Tushkunlikka yomon gumonga tushmaslik kerak. Ayrim odamlar Alloh Taoloning suratidan yordamidan noumid bo'ladi da, tushkunlikka tushib qoladi. Astaydu billah. Man ka'na ya'zun nu anla'yan surahullohu fid dunyo va al ahiru. Kim gumon qilsa, Alloh menga dunyoda ham, oxiratda ham yordam bermaydi deb. Kim shunaqa deb gumon qilsa. A donina billa hidonna sav, alayhim da'iratu sav. Alloh haqida yomon gumon qilguvchilar, ya'ni yordam bermaydi deb gumon qiluvchilar, ularning ustiga halokat balosi tushguvchidir. Ishonmayapsanmi uni suratiga? Baloni kutaver bandi. Baloni kutaverbandi.

[1:56] Ba'zida Alloh Taolo sinov qilib, musulmonlarga sinov imtihon qilib, dushmanlarini kuchli quvvatli qilib qo'yadi. Shunda iymoni zaif kishilar Alloh bormi o'zida boradi. Zulmni ko'rganda, adolatsizlikni ko'rgandda, Alloh bormi deb oladi. Alloh bor birodarlar. Alloh ko'rib turibdi, Alloh Taolo eshitib turibdi. Alloh Taolo shu narsalarni xohlayapti. Chunki bandalar Allohni nusratiga loyiq emas. Endi Alloh Taolo ba'zida shunday bir o'zining oyat, mo'jizalarini ko'rsatadi, kofirlar la ilaha illalloh deb oladi. Musulmon odam hech qachon tushkunlikka tushmaydi. Alloh albatta yordam beradi. Faqat bandalar bunga loyiq bo'lishligi kerak. Endi ko'ringlar birodarlar, o'zimizni hayotimizni. Kallamizda qanaqa tushunchalar?

[2:41] Qalbimizda qanaqa g'amlar? Nimada yuribmiz? Mashina olib olsam, uy sovib olsam, uylar olib olsam, qizimni chiqarib, o'g'limni uylab olsam, shu dunyoni tushunchasi bilan yuribmizmi, dunyoni g'ami bilan? Endi bizga kelsin nol odamni surati. Bizdan iymon va amal. Duo. U yog'i Allohnin qo'lida. U yog'i Allohnin qo'liga. Garchi biz kutayotgan tafazzoliyni surat ham, tahaqqiyni surat ham kelmasa ham, eng kamida mabdayi suratga ega bo'lamiz, inshaalloh. Agar shu e'tiqodda yashab o'tadigan bo'lsak.

[3:14] Biz musulmonlar hozirda mana shunday bir mushkulada turibmizki, holatimiz juda ham qiyin. Dushman har tarafda kuchli, quvvatli, har sohada baland. Lekin robbimiz aytyapti, vala tahinu, vala tahzanu, vo an tumul a'laun, inkun tum mu'miniy. Eng quntun mu'miniy. Kufurga qarshi kurashda sustlashmangiz va g'amgin bo'lmangiz. Agar haqiqiy iymon egalari bo'lsangizlar, sizlar ustun bo'lguvchidirsizlar. Agar haqiqiqiy mo'min bo'lsanglar, sizlar g'alaba qilasizlar deyapti. Alloh subhanah, va taolo.

[3:48] Allohni nusrati, madadi, yordamiga loyiq bo'lishligi uchun odamlar allohga qaytishi kerak. Allohga qaytmagunimizcha birodarlar bizga nusrat kelmaydi. Uhud va hunayn kunidagi darslar. Ikkalasida ham musulmonlar o'zlari xatoga yo'l qo'ydi. Uhudda sulukiyati, fe'lida xatoga yo'q bo'ldi, mag'lub bo'ldi. Hunaynda e'tiqodida, ishonchida xatoga yo'll qo'ydi, mag'lub qo'ldi. Oralarida garchi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tirik turgan bo'lsalar ham, Allohni nusrati ularga kelmadi. Ya yo'qalladina amanu intansuru vlohayansurkum. Ey iymon keltirganlar, agar sizlar Allohga yordam bersangizlar, Alloh sizlarga ham yordam berur.

[4:32] Alloh azza va jalla annasir yordam beruvchi, nusrat beruvchi. Alloh azza vajallani nusratiga biz doim muhtojmiz. Alloh taolodan doim nusrat so'raymiz. Endi siz bilan bizga Allohning nusrati kelishligi uchun bizdan nima talab qilinadi? Aslida aytuvdilar ya ayyuha'llatina amanu intansur alloha yansurkum va yusabbit aqdamakum. Ey iymon keltirganlar, agar sizlar Allohga yordam bersanglar, Alloh sizlarga yordam berur va qadamlaringizni sobit qilur. Alloh taologa yordamimiz kerak emas bizlar. Allohga yordam bersanglar degani, Allohni diniga amal qilsanglar degani.

[5:13] Allohga tavakkur qilsanglar, sababini qilsanglar, shu Allohga yordam berganinglari bo'ladi, Allohni yordami sizlarga yetadi. Va man nasruillahi minan indillahi. G'alaba faqatgina Alloh taoloning huzuridan keladi. Demak, biz musulmonlar orzu qilayotgan Alloh taoloning nusratini kelishingning ikkita sharti bor. Iymon va tayyorgarlik sabablar. Iymonki, siz bilan bizni taqvoga amalga chorlaydigan iymon. Va sabablarki, qo'limizdan keladigan sabablar.

[5:45] Aytilganidaqa talab darajasidaidaqa emas, qo'linglardan kelganicha. Mana shunda Alloh taoloning nusrati, muammolarga haq bo'ladi. Birodarlar, Alloh taoloning nasratiga loyiq bo'lishligi uchun, Alloh taologa iymon keltirdik. Mana shu iymonimiz siz bilan bizni baqadar hol amalga chorlayapti. Endi sabablari bor bizni ustimizda turgan. Dunyoviy ish bo'ladimi, tijorat, ishlab chiqarish bo'ladimi, sanoat bo'ladimi, sport bo'ladimi, nima bo'lmasin, qilayotgan dunyoviy ishlarimizda peshqadamlikka erishish uchun sabablarni qilishlik kerak. Sababni qilamiz, keyin Allohga tavakkal deymiz. Lekin taassuf, hozirgi kundagi musulmonlarni aksariyatini tavakkuli, tavakkal deyilmaydi. Uni ulamolar tavakkal deydi, ya'ni beparvolik deydi. Tavakkal nima edi? Tavakkal sizga bog'liq bo'lgan hamma ishni qilasiz, natijasini Allohga topshirishadi. Lekin zamonimizda shu bu yoyilgan narsa hech narsa qilmaydi, o'tirib olib Allohga tavakkal deyveradi. Bu odam bu narsani aytdik, mana tavakkur emas, nima dedi bu? Bu tavakkur deydi.

[6:57] Sabab qanday qilinishligi kerak, tavakkal qanday qilishligi kerak? Sababni shunday qilasizki, xuddi undan boshqa hech narsa yo'qdek, faqat shuni qilsam zo'r bo'ladi degan aniq e'tiqod bilan, ishonch bilan hamma sababni qilasiz. Sababni qilib bo'lgandan keyin, xuddi bu sababingiz hech narsa emasdek, Allohga tavakkal qilasiz. Tushuna olaymi? Ya'ni guruchni suvini vaqtida quvdingiz, oshpaz bo'lsangiz. Vaqtida hamma yo'g'ini qildingiz, damladingiz, tayini, cho'g'ini maqta qildingiz, endi u yog'i kimdan endi?

[7:32] Hech qachon shunday shap shap quyib turib, dimlab quyib, tavakkal desangiz, unda to'g'ri bo'lmaydi, oshingiz yaxshi chiqmaydi unda. Sizga bog'liqga hamma hisob kitobni qildingiz, u yog'ini Allohga tashlaysiz. Demak, sabablarni qilamiz, xuddi boshqa narsa yo'qdek, faqat sabab zarur bo'lgandek. Qilgandan keyin, sabab hech narsa emasdek, Alloh azza va jamoat o'ziga suyanamiz. Agar shunday bo'lsa, Alloh taoloning uzrati keladi. Hech narsa qilmasdan o'tib olishlik birodarlar ojizlik. Payg'ambarimiz aytadilar, innalloha yalumi alali aziz. Albatta Alloh Taolo ojizlikni malomat qiladi. Hech narsa qilmastan bo'lganim shu ekan, endi qo'limdan hech narsa kelmadi deyishlik, taslim bo'lish, noumid bo'lish, tamom bo'ldi hamma yoq deyishlik, bu musulmonga yarashmaydigan sifat. Umuman odam bo'lasizda hayotda kurashib yashaydi.

[8:19] Bilasizlarmi eng birinchi kurash, qaysi kurash? Rizq uchun kurashadi, tijorat uchun kurashad, a? Sog'ligi uchun kurashada, yana uchastkasi uchun kurashda, yana nima uchun kurashdi? Shu kurashlarni eng avvalgisi qaysi kurash. O'zini nafsi bilan bo'lgan kurash. Agar shu kurashda mag'lub bo'lgan bo'lsa, hayotdagi hech qaysi kurashni yengmaydi. Tashlay olmayapman da shu sigaretni deydi. Yo'q men tashlay olmayman ekan bu sigaretni deydi. Bo'ldi, u taslim bo'lib bo'ldi. Endi qolgan hech qaysi kurashni yengmaydi u. Chunki o'zini yenga olmadimi? O'zini shunday kekketkadan ololmadimi? Bo'ldi, bu endi yengmaydi hech qaysi jangda. Shuning uchun birodarlar, o'zimizni nafsimiz bilan bo'lgan kurashni yengaylik. Allohdan duo qilib, tavakkal qilib, sababini qilib so'raylik. O'zimizni navsimizni yengdikmi? Endi hayotdagi boshqa hech kurashni ham yengishlik yo'l ochiladi. Payg'ambarimiz aytadilar, inna alloha yalumi alal aziz. Valakina alayka bilkayz. Fayda g'olabaka amrun. Faqul hasbi allohu aniyam al vaki il. Albatta Alloh Taolo ojizlikni malomat qiladi. Hushyorlikni o'zingga lozim tut. Agar bir ish seni yengib qo'ysa, ya'ni hamma ishni qilib bo'lganingdan keyin ham, sen aytganday bo'lmayotgan bo'lsa, endi qo'lingda hech narsa yo'q.

[9:37] Shunda ayt, hasbi allohu ani amal vaki il. Meni hisobim Allohning qo'lida. Va naqadar Alloh zo'r vakil. Ya'ni mo'ljallab turib, qo'yib yubordingiz kamonda o'qini, keyin ikkiga qarab. Endi u yog'iga tavakkal deng. Tushunarlimi? Cho'zdingiz, kiyikni tezligini raschyotini oldingiz, tiqib turib shamolni raschyotini oldingsiz. Cho'zib turib, qo'llab yubordingiz. Endi u yog', endi buyog'iga tavakkal. Buyog'iga hasbuna alloh. Kiy, mana bu yoqda turgan bo'lsam, mana qaratib yotib turib, tavakkal desangiz, qanaqa bo'ladi? Lekin dastur shunaqa bo'lib qolganmiz, semirib ketyapman deydi. Shu yerda deydi, o'tirib turgani ham qiynalib qoldim, bo'lmayapti deydi. Ollohga tavakkal qilib turibman, bir gal bo'lar dedi. Sen ovqatni olsang aytib yur.

[10:21] Sport bilan shug'ullan, keyin nima qil? Qaranglar da birodarlar, bizni iymoni, biz bor mo'minmiz, alhamdulillah. Shu iymoni yo'q kofirlar sababini qilgani uchun, kofir bo'lsa ham alloh ularga bir yordam beryapti. Bu tafoddiy nusrat deb aytdik. Nusratni uch xil dedik. Istehqoqiy, bandalar haqli haqli bo'lgan nusrat, iymoni bor, sababi bor. Ikkinchisi, tafoddiy nasrat. Loyiq emas bandalar yordamiga, lekin Alloh Taolo fazl ko'rsatib berib qo'ygan. Mana shu kofirlarga Alloh Taolo dunyo ishlarida intilyapti. Nimaga g'alaba beryapti ularga? Sababini qilyapti da.

[10:59] O'nda osh yesangiz. O'nda somoni bor, qo'y yo'q, qo'yga ishda, devzorga yurishda osh yesangiz. Endi siz semirib, meni qo'yim semirsinmi? Piyoda yurmasangiz, mashinani mana shunga olib kelib turib tushsangiz iloji yo'q, bir ellik metr qo'yib piyoda yurgani, nima qilasiz? Semirib ketyapman, qori aka, nima qilsam bo'larkin? Ko'proq yeng. Harakat qilmang. Ovvolgilarim anaqa yer edi? Ovvolgilar chi, ketmon chopgan chiqib. Bir kiloda to'rttasi yeb qo'yardi ekan dadalarimiz. Dadalaringchi tolaga chiqib bir gektar, ikki gektar chopar edi. Otni yurar edi, eshikni yurar edi. Fer yurar edi. Ularga kerak edi shu ozuqa. Senga chi?

[11:39] Hatto aynagini ko'targani aylantirmaysan. Mashinangni aynagini. Nima bor? Skorostga yurganinglarga ham avtomat karobka minyapmizmi? Spreyini ham ezmaylik, avtomatda yuraylik. Birodarlar, shu ves bilan shug'ullanayotganlar bo'lsa, ikki xil bo'ladi yog'ni. Men o'zim tajriba o'tkazganim. Ovqatni ozaytirishinglar bilan eriydigan yog' bor, jismoniy harakat bilan eriydigon yog' bor. Ikkalasi bo'lsa, enay ozasiz.

[12:05] Agar yeyish zo'r bo'lib turib shug'ullanib oling, bir xil turib o'rasiz. Hamma haligi endi bu. Bu dietologlarga, fitnes klubga borgandagi instruktorlardan so'rab olasizlar qolganini. Tolib ilm. O'qimadi yil davomida. Imtihon payti keldi, hech qanday tayyorgarlik qilmadi. Keyin kirdi da tavakkal deb turib, o'ta olmadi. Desa nima deydi? Bu deydi, endi Allohda taqdiri shunaqa bo'lgan ekan. Bu yolg'on gap, bu botir gap. Sen o'qiydi. Tayyorgarlikni qiladi. Shunda o'ta olmasang, Allohda taqdirida deb aytishing kerak edi. Lekin unaqa emas da. Studentlarga hayron qolasan. Yil davomida darsga qatnashmay bahomay yuradi da, ekzamim bo'ladigan kuni ikki kun shunaqa qattiq o'qiydi, ekzamendan o'tib ketadi.

[12:51] Shu yilni yarmida shunchalik o'qib qo'ysang qanaqa bo'lardi ekan da? Bu hammamizga tegishli narsa. Imoratmi, tijoratmi? Nima ish qilyapmiz? Biz Alloh Taoloning An-Nasir ismidan Allohda yordam olishligimiz uchun shu narsa bo'lishligi kerak. Iymon va sabablari. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytardilar, niya muqalli bal qulub, sab bit qol bi ala dinik. Bu hadisni Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladi. Parvardigor, qalbimni, ey Robbim, qalbimni o'zingni diningda sobit qilgin. Shunda Anasim nima olay gapdi? Yo Rasululloh, sizga iymon keltirdik, siz olib kelgan narsaga iymon keltirdik. Bizdan xavotiringiz bormi? Ya'ni keyin aynib ketishimiz mumkinmi? Rasululloh aytdilar, ha. Albatta qalblar Allohning barmoqlaridan ikki barmoq orasida turadi. Alloh ularni o'zi xohlagandek buradi. Qalblar birodari Allohni qo'lida. Qalblar Allohni qo'llari. Ana shu qalblarga xotirjamlikni soladigan ham Alloh, g'am tashvish, xavotirni sodir qo'yadigan ham, shaqovatni solib qo'yadigani ham Allohni. Bir banda bo'ldi, to'xtatdim gunohlarimni. Namozni boshlayman, aytaman dedi.

[14:08] Alloh Taolo uni qalbiga mana shu qarorni qabul qilishiga yoq xotirjamlik bilan xursandchiligini, roziligini to'ldirib qo'yadi. Xotirjam bo'lib qoladi. Chunki Alloh Taolo yaxshi ko'radi da bandasini tavba qilishligini. Unga yordam beradi. Namozga yiqildingiz, eski hayotingizni o'ylasangiz, agar gunoh maqsadida bo'lgan bo'lsangiz, qalbingiz ezilib ketadi. Nimani belgisi shu? Alloh sizni qalbingizga iymonni chiroyli qildi, avvalgi hayotingizni xunuk qilib qo'ydi. Buni Alloh soldi qalbingizga. Aytyapmiz ku, hamma qalb Alloh Taoloning qo'lida. Astaytib bila, vahabbaba ilaykumul iymana va zayyanahufi qulu bikum va karroha ilaykumul kufraval fuzuqavval isyam. Alloh sizlarga iymonni suyukli qildi. Va uni dillaringizga chiroyli ko'rsatdi, hamda sizlarga kufrni, itoatsizlikni, isyonni yomon ko'rsatib qo'ydi. Siz sababini qildingiz, Parvardigor, o'zingga qaytaman dedingiz, iymon keltirdingiz, tavakkal qildingiz va gunoh ma'suliyatni tashlab sababini qurdingiz. Alloh nusratini berdi qalbingizga. Alloh yordam berdi sizga. Endi Alloh insof bersa, biz ham qilarmiz degan ekanlar, sen bir qadam bosadi Alloh tomonga, Alloh ikki qadam bosar edi.

[15:27] Siz boyagi qilgan qaroringiz to'g'ri bo'ldi. Qalbingizga xursandchilik kirdi, xotirjamlik kirdi. Endi agar siz qabul qilgan qaror noto'g'ri bo'ladigan bo'lsa, Allohni norozi qiladigan, Allohni rozi qilmaydigan qaror bo'ladigan bo'lsa. Bu qaroringiz qalbingizga siqilishlikni, torlikni, tanglikni olib keladi. Ya'ni jahl usti bo'ladi, so'kib qo'ydingiz, ertasi kuni bekor qildim deysiz.

[15:50] Bir ishni achchiq ustida yoki bir fe'l ustida qildingiz, keyin o'zingizga kelganingizdan keyin, g'azab ketgandan keyin, noto'g'ri qildim deb bir hafta siqilib yurasiz. Demak, Alloh Taolo tomonga bir qadam bosamiz, Alloh Taoloning surati bizga keladi. Keyingi oyat. Mana hozir umumiy suratda insoniyatga bir qaraydigan bo'lsak, odamlarni deyarli hammasida kunidan norozilik bor.

[16:18] Kunidan norozilik bor. Hayotidan ko'ngli to'lmayotganligi bor. Shikoyati bor, nolasi bor. Alloh Taolo aytadi. Astaydu billa, va man a'roda an zikri, fa innala hu ma'i sha'tan donka, va na hushuru hu yomal qiyamati anna. Insoniyatda hozirgi kundagi eng katta g'amini ustiga qo'limizni qo'ygan deymiz hozir. Alloh Taolo aytadi. Kim mening eslatmamdan yuz o'girsa, bas, albatta uning uchun tang baxtsiz hayot bo'lur va biz uni qiyomat kunida ko'r holida tiriltirurmiz. Allohni eslatmasdan yuz o'gilishlik insonni hayotini tang qiladi. Bu yerda muhim emas, u odam boymi, kambag'almi, sog'mi, kasalmi. Allohni eslatmasidan, dinidan, Qur'onidan, shariatidan yuz o'girdimi? Bu odamni hayoti tang bo'lishligini Robbimiz azza va jalal aytyapti. Qaranglarda, suitsid deydi da, mana o'zini o'zi o'ldirishlik. Shu g'arb mamlakatlarida juda ham ko'p. Qorni to'q, usti but, hamma yog'i zo'r, ekonomikasi zo'r, oyligi katta, zo'r. Nimaga o'zini o'shiryapti ular?

[17:29] Chunki hayoti tang. Tang. Nima uchun tang? Allohdan yuz o'girdi da. Endi musulmon yurtlarini qarang. Asfali chatoq. Ekonomikasi chatoq. Oyligi chatoq. Ham dunyoviy maishatini qarasangiz, ularga taqqoslasangiz chatoq. Lekin eng o'zini oz o'ldiradiganlar ham musulmonlar ekan. Nima uchun?

[17:55] Iymoni bor da. Bu allohni zikridan yuz o'girmagan da, birodarlar. Demak, Alloh azza va jalla hamma odamlarning qalblari Alloh subhanah va taoloning qo'lida. Xohlagan tomoniga boradi. Kim meni yuzlatmamdan yuz o'girsa, albatta uning uchun tang baxtsiz hayot bo'lur. Endi buni muqobilida boshqa oyatni ko'ramiz. Astaydi dedilar. Mani amilasi soliham, min zakarin av unta, falonuh yegan nahu hayatan toyiba.

[18:29] Mana amila solihani, kim bitta savob amalda qilsa? Minzakalin av unsa. Erkakmi, ayolmi? Ya'ni erkakmi, ayoli muammo bo'lib turib savobli amal qilsa, falonuh yegan naho hayaton toyiba. Biz unga pokiza hayotni beramiz. Nargina hayot qanaqa bo'ldi? Tang bo'ldimi? Qarang, kambag'al qilib qo'yaman, kasal qilib qo'yapman demayapti. Tang qilib qo'yyapman deyapti. Bu kasal ham, sog' ham bo'lib turib tang bo'lishi mumkin. Endi mo'min bo'lib turib, sog'ay, hamma qilsa chi, pokiza hayotni beraman deyapti. Pokiza hayot. U kambag'al bo'lib turib ham pokiza hayot bo'lishi mumkin. Boy bo'lib turibman. Demak, siz bilan bizni kallamizga kirib qolgan pul bo'lsa, bilasizlar a, qaranglar. Pul bo'lsa? Chunki bizga kallamizga erta kech quyilayotgan tushuncha bilan o'lchovda pul asosiy narsa. Pul bo'lsa bo'ldi degan narsa yo'q. Robbimiz aytyapti. Meni zikrimdan yuz o'girsang, hayoting tang bo'ladi. Menga iqbol qilib, solih amal qilsang, hayoting pokiza bo'ladi deyapti. Bizni hayotimiz pokizami? Alhamdulillah, pokiza.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [1:23] Quran Al-Hajj 22:15
  - Said in the lecture: “Man ka'na ya'zun nu anla'yan surahullohu fid dunyo va al ahiru.”
  - Arabic: مَن كَانَ يَظُنُّ أَن لَّن يَنصُرَهُ ٱللَّهُ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ فَلْيَمْدُدْ بِسَبَبٍ إِلَى ٱلسَّمَآءِ ثُمَّ لْيَقْطَعْ فَلْيَنظُرْ هَلْ يُذْهِبَنَّ كَيْدُهُۥ مَا يَغِيظُ
  - Uzbek translation: Kimki unga bu dunyoyu oxiratda Alloh nusrat berishiga shubha qilsa, bir vosita topib, osmonga osilsin, soʻngra uni kessin. Bas, nazar solsin-chi, uning bu hiylasi gʻam-gʻussani ketkizarmikan?! (Allohga iymoni yoʻq kishining holi shunday boʻladi. Uning balo-ofatdan, gʻam-gʻussadan qutulishga chorasi yoʻq. Allohga iymoni boʻlmagani uchun undan nusrat kelishiga ham umid qilmaydi. Shuning uchun yo osmonga chiqib, yordam topsin, yo, unday qila olmasa, oʻzini ossin. Boshqa iloji yoʻq.)
- [3:24] Quran Aal-i-Imraan 3:139
  - Said in the lecture: “vala tahinu, vala tahzanu, vo an tumul a'laun, inkun tum mu'miniy.”
  - Arabic: وَلَا تَهِنُوا۟ وَلَا تَحْزَنُوا۟ وَأَنتُمُ ٱلْأَعْلَوْنَ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
  - Uzbek translation: Boʻshashmanglar! Xafa boʻlmanglar! Sizlar, agar moʻmin boʻlsalaringiz, ustunsizlar. (Ey musulmonlar! Hech boʻshashmanglar, zaiflashmanglar, sizga yetgan musibatlarga, boshingizga tushgan ogʻirliklarga xafa boʻlmanglar. Sizlar dunyoda hammani hidoyatga daʼvat qiluvchilarsiz. Ular zulmatga, zalolatga chaqiruvchilardir. Sizlar ikki dunyo saodatiga egasiz. Ular ikki dunyo badbaxtligiga egadirlar.)
- [4:50] Quran Muhammad 47:7
  - Said in the lecture: “ya ayyuha'llatina amanu intansur alloha yansurkum va yusabbit aqdamakum.”
  - Arabic: يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِن تَنصُرُوا۟ ٱللَّهَ يَنصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ
  - Uzbek translation: Ey iymon keltirganlar! Agar Allohga yordam bersangiz, sizga ham yordam beradir va qadamlaringizni sobit qiladir.
- [9:16] Hadith: Sunani Abu Dovud, 3627 (grade: Zaif (Albaniy))
  - Said in the lecture: “alal aziz. Valakina alayka bilkayz. Fayda g'olabaka amrun. Faqul hasbi allohu aniyam al vaki”
  - Arabic: إن الله يلوم على العجز ولكن عليك بالكيس فإذا غلبك أمر فقل حسبي الله ونعم الوكيل
- [13:10] Hadith: Sunani Nasoiy, 75 (grade: Sahih (Albaniy))
  - Said in the lecture: “Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytardilar, niya muqalli bal qulub, sab bit qol bi ala dinik. Bu hadisni Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladi.”
  - Arabic: إنما الأعمال بالنية وإنما لامرئ ما نوى فمن كانت هجرته إلى الله وإلى رسوله فهجرته إلى الله وإلى رسوله ومن كانت هجرته إلى دنيا يصيبها أو امرأة ينكحها فهجرته إلى ما هاجر إليه
- [13:39] Hadith: Sahih Muslim, 2655 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “Rasululloh aytdilar, ha. Albatta qalblar Allohning barmoqlaridan ikki barmoq orasida turadi. Alloh ularni o'zi xohlagandek buradi. Qalblar birodari Allohni qo'lida.”
  - Arabic: إن قلوب بني آدم كلها بين إصبعين من أصابع الرحمن كقلب واحد يصرفه حيث يشاء " . ثم قال رسول الله صلى الله عليه وسلم " اللهم مصرف القلوب صرف قلوبنا على طاعتك
- [14:44] Quran Al-Hujuraat 49:7
  - Said in the lecture: “vahabbaba ilaykumul iymana va zayyanahufi qulu bikum va karroha ilaykumul kufraval fuzuqavval isyam.”
  - Arabic: وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ فِيكُمْ رَسُولَ ٱللَّهِ ۚ لَوْ يُطِيعُكُمْ فِى كَثِيرٍۢ مِّنَ ٱلْأَمْرِ لَعَنِتُّمْ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ حَبَّبَ إِلَيْكُمُ ٱلْإِيمَٰنَ وَزَيَّنَهُۥ فِى قُلُوبِكُمْ وَكَرَّهَ إِلَيْكُمُ ٱلْكُفْرَ وَٱلْفُسُوقَ وَٱلْعِصْيَانَ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلرَّٰشِدُونَ
  - Uzbek translation: Va bilinglarki, albatta, ichlaringizda Rasululloh bordir. Agar U ishlardan koʻpida sizga itoat qilsa, albatta, qiyinchilikka duchor boʻlardingiz. Lekin, Alloh sizlarga iymonni mahbub qildi va uni qalblaringizda ziynatladi va sizlarga kufrni, fisqni va isyonni yomon koʻrsatdi. Ana oʻshalar toʻgʻrilikda yuruvchilaridir.

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz zamonimizda ko'p uchrayotgan beparvolik holatini qanday ataydi?
   - a) Tavakkal emas, balki beparvolik — correct
   - b) To'g'ri tavakkal
   - c) Iymonli yordam
   - d) Sababni qo'llash
   - Why: Ustoz darsda hech narsa qilmay o'tirib qolishni tavakkal emas, balki beparvolik deb ta'riflagan. [5:45–6:54]

2. Ustozning ta'kidlashicha, hayotdagi boshqa kurashlarni yengishning asosiy sharti nima?
   - a) Nafsi bilan bo'lgan kurashni yengish — correct
   - b) Moliyaviy imkoniyatlarni oshirish
   - c) Jismoniy kuch-salohiyatni rivojlantirish
   - d) Ijtimoiy aloqalarni kengaytirish
   - Why: Darsda aytilishicha, agar odam o'z nafsi bilan bo'lgan kurashda mag'lub bo'lsa, hayotdagi hech qaysi boshqa kurashni yengib bo'lmaydi. [8:19–9:37]

3. Ustozning ta'kidlashicha, imtihondan o'tish uchun faqat tavakkal qilish yetarli emas, asosiy shart nima?
   - a) Imtihon kunida qattiq o'qish
   - b) Bahomay yurib, so'nggi paytda o'qish
   - c) Allohga to'liq tawakkul qilish
   - d) Oldindan tayyorgarlik ko'rish — correct
   - Why: Ustoz imtihondan o'tish uchun yil davomida o'qish va tayyorgarlik ko'rishni, so'nggi paytdagi o'qish yoki faqat tavakkalni esa noto'g'ri yo'l deb ta'riflaydi. [12:05–12:50]

4. Ustozning ta'kidlashicha, qalbning Allohning barmoqlari orasida bo'lishi nimani anglatadi?
   - a) Alloh qalblarni o'zi xohlagandek buradi — correct
   - b) Qalb faqat tashqi omillarga bog'liq
   - c) Qalb faqat insonning o'z irodasiga bog'liq
   - d) Qalb hech qachon o'zgarmaydi
   - Why: Darsda qalblar Allohning barmoqlari orasida turishi va Alloh ularni o'zi xohlagandek burishi haqida aytib o'tilgan. [12:51–14:08]

5. Ustozning ta'kidlashicha, Allohni eslatmasdan yuz o'girishning natijasi nima bo'ladi?
   - a) Jamoat ichida hurmat ortadi
   - b) Mol-mulk ko'payadi
   - c) Sog'liq mustahkam bo'ladi
   - d) Hayot tang va baxtsiz bo'ladi — correct
   - Why: Darsda Allohni eslatmasdan yuz o'girgan kishiga tang baxtsiz hayot berilishi haqida aytilgan. [16:18–17:27]
