# 17-Dars AS-SITTIR: Asma-ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/kk-cyrl/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 20 of 110
- Section: As-Sittiyr
- Duration: 29 min
- Original title: 17-Dars AS-SITTIR / Asma-ul-Husna
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno/20
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/SrhC5E2z0H8.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=SrhC5E2z0H8
- In this course: [previous](https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno/19.md) · [next](https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno/21.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:08] Bismillahir rohmanir rohim. Ma'limnoma yonfauna vam fahna bi ma'lam tana vositna ilma. Va arina al haqqa haqqor va rizqu natibaa. Va arina al botila botilan va rizqu najdina abaa. Voja allamin man yestamin un al qovla fayetta bi una ixsana. Va dihinna bi rohimataka fiya ibodika solihiyin. A mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh.

[0:33] Alloh subhanah va taoloning asmonul husno, go'zal ismlari haqidagi navbatdagi darsimiz. Alloh taolo Qur'ondan marhamat qiladi astay deb billa, valil la hil asma ul husna fado'uhu biha. Alloh taoloning go'zal ismlari bor, bas unga ana o'sha ismlar bilan duo qilinglar, xitob qilinglar, murojaat qilinglar. Bugun Alloh taoloning go'zal ismlaridan as siddir ismini dars qilamiz. As siddir ismi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahih haddi darslarida zikr qilingan.

[1:11] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, innalloha azza va jalla halimun hayyun siddirun yuhibbul hayya'a va satro fai'da g'itas ala ahadukum fal yasta'fir. Imom Nasoiydan bu hadis. Kunlarni birida Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bir kishini ochiq joyda, yalang'och holda g'usl qilayotganini ko'rdilar va bundan norozi bo'ldilar. So'ngra minbarga ko'tarilib, mana shu hadisini aytdilar. Albatta Alloh Taolo halim, hay'iy va siddirdir.

[1:46] Hayoni va satrni yaxshi ko'radi. Agar birortangiz g'usl qilsa, o'zini to'sib olsin. Mana siddiy ismi mana shu hadisda zikr qilindi. Boshqa hadisda Imom Bayhaqiydan, Ibn Abbos roziyallohu anhudan innalloha siddiy run yuhaybus satro. Albatta Alloh Taolo siddiy yerdur, satrni yaxshi ko'radi. Siddiy degan so'z hali batafsil to'xtaymiz, to'suvchi, berkituvchi, yopuvchi degan ma'no. Mahluqotlarning ayblarini, nuqsonlarini, kamchiliklarini berkituvchi yopuvchi degan zot. Qancha kamchiligimiz bor, qancha nuqsonimiz bor, qan cha aybimiz bor, o'zimiz bilamiz. U shunday bir nuqson kamchiliklarki, hatto eng yaqin bo'lgan odamingiz, ayolingiz bilmasligi mumkin. Ammo Alloh Taolo biladi. Ana shu aybingizni bilgan, ana shundan xabardor bo'lgan Robbimiz Subhanah va Taolo berkitayotganligi uchun birov bilmayapti uni.

[2:46] Bir nojoya fe'lingiz bor, nojoya bir amalingiz bor, gunohingiz bor, xatoyingiz bor. Doim qilib yurgan. Hech kim bilmaydi. Uni siz men puxtalik bilan qilayotganligim uchun, ustalik bilan qilib aytganligim uchung, bekitib qilayotganim uchun birov bilmayapti deb o'ylaysiz. Yo'q. Agar Alloh Taolo xohlaganida, uyingizni ichida qilgan xato kamchiligingizni Alloh Taolo shunday oshkor qilib qo'yardiki, butun haloyiq bilgan bo'lar edi. Bu Alloh Taolo shu aybingizni berkitayotganligini belgisi. Endi shunday aybingiz bo'lib turib, Alloh berkitayotgan bo'lsa, Allohdan hayo qiling. To'xtating bu ishni.

[3:25] Mo'min kishida bor bo'lishi kerak bo'lgan sifatlardan biri. Ya'ni o'zining xatosini, kamchiligini, aybini, nuqsonini berkitishligi kerak. Oshkor qilib yurmasligi kerak. Valillah ila asma ul husna fado ruh biha. Musulmon kishi o'zini komillik sifatlari bilan bezashlikka doim urinishligi kerak. Bu degani komil bo'lishi kerak degani emas, hech kim komil bo'la olmaydi. Lekin shu komillikka intilishlik kerak bo'ladi. Banda rahmli bo'lib turib, ar rohim bo'lgan zotga yaqin bo'lishi mumkin.

[3:59] Adolatli bo'lib turib, ala adil bo'lgan robbisiga yaqin bo'lishi mumkin. Boshqalarning ayblarini berkitib, boshqalarning ayblarini yoymasdan berkitib qo'yib turib, setir bo'lgan, astetir bo'lgan robbizga yaqin bo'lishligi mumkin. Demak, siz bilan biz o'zimizda mana shu komillik sifatlarini paydo qilishlikka intilishligimiz kerak bo'ladi. Inson yo o'zini aybini, kamchiligini yashirib yuradi, yoki oshkor qilib sharmanda bo'ladi. Yo sharmanda bo'lish, yo satr, sitr taklif o'rtasida bo'ladi. Inson zotini tabiatiga qaraydigan bo'lsangiz, nimani ko'rasiz? U boshqalarda sharmanda bo'lganini xabarini eshitishni yaxshi ko'radi. Boshqalarda ayblarini, avratlarini eshitishlik, yoyishlik va ularni masxara qilishlik bilan rohatlanayotganligini topasiz.

[4:57] Qaysi zamonda yashamasin, qaysi davrda yashamasin, quaysi yurtda yashamasin. Bu insonda tabiatidagi bor narsa. Boshqalarda aybini, nuqson kamchiligini eshitib gapirishlikni xohlaydi. Lekin mana shu boshqalarda aynan aybini bilib qoldingiz, yoyib yurishingiz, birovni kamchiligidan xabardor bo'lib qoldingiz, buni tarqatib yurishingiz haqida, shariatimizda nima deyilgan? Ya'ni shunday bir kamchilikka, shu kamchilikda aybda aytsangiz, musulmonlarni orasida bir nojoya fikrlar, nojoya tushunchalar paydo bo'ladi. Musulmonlarnni orasida fash munkar yoyiladi.

[5:31] Alloh taolo nima deydi bu haqida? Astaydubulla, innalladina yuhaybuna an tashiali fahih shatofilladina amin. Iymon keltirgan kishilar o'rtasida buzuqliklar yoyilishini istaydigan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bor. Siz birovni aybini bildingiz, yashirib qo'yish tonniga, asitir bo'lgan robbingizdan mana shu sifatidan o'z yuvilish olib, uni yopib qo'ymasdan, siz yoydingizmi? Sizni yoygan shu gapingiz tufayli buzuqlik yoyildimi? Alloh taolo bunday insonlarga alamli azob bo. Dunyoda ham, axiratda ham. Bilasizlarmi? Gunohlar bor, Alloh taolo faqat oxiratga olib qo'yadi uni jazosini. Gunohlar bor, dunyoda berib qo'yad. Yana gunohlar bor, dunyoda ham beriladi, oxiratda ham beriladi. Dunyoda ham, oxiratda hamm beriladigan gunohlar ota onaga oq bo'lish, odamlarga zulm qilish, odamlarni haqqini yeyish, tuhmat bo'xton qilish. Endi ana shu dunyoni o'zida oladigan va oxiratda ham jazosi bor bo'lgan gunohlardan bittasi, musulmonlarni orasida faxshni yoyilishligini xohlashlik.

[6:43] Musulmonlar orasida faxishni yoyilishiga hayotimizdan yoshlar nimani misol qilsak bo'ladi? Ana shuni. O'shani. O'shani, mana tirin tirin tirin qildi yu. Ijtimoiy tarmoqda, prikollar, birovni qoqilib ketgani, birovni yiqilib tushgani, birov qandaydir bir xato yo'l qo'yib qo'ygani, birovda aybini xullas. Shuning uchun bir birlarga jo'natayotgan narsani qaranglar. Bu xayriyatni yoyishlikka kiradimi yoki faxsh buzuqlikni yoyishlikkaga kiradimi? Ko'proq qaysinisi?

[7:22] Demak, insonni tabiati bor, xohishi bor va unga yuklatilgan shariatning taklifotlari bor. Inson nimalarni xohlaydi? Uxlashni xohlaydi. Lekin shariat namoz o'qib turib deydi. Insonda xohishi, tabiati nimani xohlaydi? Ishlamaslikni xohlaydi, lekin shariat taklifot qo'yadi, ishla bolachaqayni boq deydi. Nafsimiz mana holi edi. O'yin kulgini, huzur halovatni. Faqat bir maishatni. Lekin shariat nima qiladi? Taklifotlar qo'yadi. Insonni xohishda, istaklari, mayllari ichida, hozirgi biz aytayotgan birovlarda ayblarini kavlash va buni yoyib yurishlik ham bor. Insonda tabiatida bor narsa bu.

[8:05] Endi, uni tabiati birovlarda sharmandaligini, uyatli holatini qidirishni, gapirishni istaydi, ammo shariat man qilyapti. Nafsni kusab, nafsni xohlab turgan narsani qilmasligi uchun, nafsini jilov olib olishligi uchun kishiga mustahkam iymon kerak, mustahkam iroda kerak. Eshitdingizmi deydi. Yangisini aytadi hozir. E, falonchi haqida eshitdingizmi? To'xta. Menga kerakmi shu?

[8:34] Meni dunyoviy tijoratimga, qandaydir tarbiyamga yoki og'ir, e kerak emas, aytmay qo'yaver. Unaqa deya olmaymiz. Nabarot nima turlari bunaqaga? Demak, muovin sifatida siz bilan biz alloh taoloning as sityr, yopuvchi, berkituvchi shu ismidan o'zimizga ulush olishligimiz kerak. Gapirib usullanadi, nimani bilsa gapiraveradi. Birodarlar, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan mo'min kishi baxil bo'lishi mumkinmi? Deb so'rashganlarida, qod yaqun, a? Bo'ladi deganlar.

[9:07] Mo'min kishi qo'rqoq bo'lishi mumkinmi? Qod yaqun. Shunaqasi ham bo'ladi. Ammo mo'min kishi yolg'onchi bo'ladimi? Deb so'rashaqanlarida, yo'q deganlar. Endi, mo'min kishi, yolg'onchi, bo'lmas ekan. Yolg'onchi deganda, shu yolg'onni hunar qilib olgan odamniylar tushunmaylik. Eshitgan gapini tekshirmasdan turib ko'tarib yuradigan odamlar ham Payg'ambarimiz yolg'onchilar qatoriga qo'shganlar.

[9:33] Qaytarib aytaman. Eshitgan ki narsasini ko'tarib, gapirib yuradigan tekshirmasidan, haqiqatini bilmasdan, odamlar shunday bo'ladigan bo'lsa, bularni ham yolg'onchi degan. Rasululloh aytadilar, imom muslimdan bu hadis kafabilman i kadiban an yuhaddisa bekullima samia. Eshitgan ki narsasini ko'tarib gapirib yuradigan odam uchun shu ishi yolg'onchilikka yetarli guvoh dalil. Eshitdingiz, gapiraverasiz, eshitdingiz, gauraverasiz. Bo'ldi, yolg'onchilar qatoridasiz. Yana qanaqa? Falonchi aytdi deb aytsa ham o'lib ketsin. Xuddi o'zi ko'rgandek qilib aytadi. Mana bu bo'ldi deydi. Mana bu bo'ladi deydi. Biz o'zimiz ham deymiz, ko'p eshitamiz va haligi eshitayotgan odamlar, to'xta, sen o'sha yerdamiding shu ish bo'lganda desangiz yo'q deydi. Unda nimaga o'zing ko'rganda aytyapsan? Deya olmaymiz. O'shaning uchun gapira oladi. Agar uch to'rt marta o'shanaqa tanbeh bersangiz, shu odam shu ishidan to'xtaydi. Ma'qulmi?

[10:31] Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bizga ta'lim berganlarki, bir odam bir gapda gapirib turgan bo'lsa, gapirib bo'lib yoki kimnidir oyoq tovushini eshitib turib, u yoq bu yoqqa qarab qo'ysa, shu so'zi omonat bo'ladi. Garchi omonat sizga shu so'zim demasa ham. Rasululloh aytadilar, abu dovud termiziydan bu hadis, javobiriddin abdulloh roziyalloh haqida rivoyat qilgan. Idha hadda sarroj ulubil hadiy tathum malta fata faihi amani. Agar bir kishi gapirib turib, uyoq bu yoqqqa qarib qo'ysa va shu so'z omonat bo'ladimi?

[11:04] Mo'min kishidagi ulug' sifatlardan bittasi, u birovlarni ayblaridan xabardor bo'lib qolsa, o'zi qidirmaydi. Mabodo xabardor boib qolsa, uni yopib qo'yadi, berkitib qo'yad. Biror marta sizda yoki menda birovni aybini ko'rib turib, bilib turib, yopib qo'shishlik holati bo'lganmi? O'zinglardan so'ranglar. Biror marta birovni aybining bitta men bildim. Shuni yopib qo'llaganmanmi? Agar yopib qo'magan bo'lsangiz, ha degan javob topsangiz, umid qiling shu amalingizdan. Ehtimol shu amalingizni jannatga olib kirib ketishiga sabab bo'lar.

[11:43] Mo'min kishidagi ulug' sifatlardan u boshqalarning ayblaridan xabardor bo'lib qolsa, uni berkitib qo'yadi. Endi boshqalar esa unaqa emas. Bir birini aybini poylab yuradi. Hozirgi kunda birodarlar ko'pchilik ommaviy axborot vositalarini ishi ayni shu emasmi? Falonchi falonchini yiqilib tushibdi, videosi bor. Falonchi mana bunaqa qilgan ekan, ashula aytgan ekan, patinkasini tomoni chiqib ketibdi. E'tibor beryapsizlarmi? O'sha ko'rsatayotgan kanallar yoki bo'lmasam studiyalar, qandaydir ko'rsatuvlarni ham narxini, qadr qiymatini bilib qo'yinglar. Nimalarni yoyib yuribdi?

[12:18] Sharmandalik. Sharmandalik arab tilida al fadiha deyiladi. Nima u sharmandalik? Sharmandalik ayb bo'lgan ayb bo'lgan, uyat bo'lgan ish bilan mashg'ul bo'lishlik. Ayb hisoblangan so'z bilan, ish bilan, fe'l bilan mashg'uli bo'lishlik. Axloqiy o'lchovlarga teskari ishni qilishlik. Jamiyatni shu urlariga aziyat yetkazishlik. Agar odam alayhissalomdan boshlab, qiyomatgacha keladigan odamlarning sharmandaliklarini ko'rib chiqsak, uni ikki turligina ekanligini ko'ramiz. Yo moliy, yo jinsiy. Mana shu ikkita sharmandalik bo'ladi. Payg'ambarimiz aytyaptilar ku, agar birortalar g'usl qiladigan bo'lsanglar, nima qivosin o'zini? To'sivosin. To'sivosin! Mana jinsiy sharmandalikka, fazilatga nima?

[13:11] Xullas, mo'min kishi, mo'min koshi o'zini va boshqalarni ayblarini berkituvchi to'suvchi bo'ladi. Biroq, sizga bir o'zini ayoli bilan bo'layotgan muomalasini aytdi. Bir maslahat so'rabdi. Maslahatiz berdingiz, yoping shu yerda. Masalan, boshliqlarga kelib odamlar shikoyat qilib yoki maslahat so'radigan odamlar yopish kerak. Agar aytish kerak bo'lsa, atini aytmasdan, manaqa holat bo'ldi deb gapirsa, bo'laveradi. A siddiq kalimasini ma'nosi. Siddiq demak, to'suvchi, yopuvchi, berkituvchi. Bu sig'ayi mubolag'a so'z. Bu sig'ay mubalag'a so'zi da ham nav, ham adab bo'ladi. Masalan, alg'affar desa, bu ham mubolag'i sig'alsa. Alloh taolo eng katta gunohni ham kechiradi va milliardlagan gunohni ham kechladi. Bu yerda sanoq ham bor va nima bor? Turi bor, navi bor. Sitti ham mana shunday. Alloh taolo to'sadi, berkitadi, eng maxfiy bo'lgan gunohlarni ham, maxfiy bo'gan kamchiliklarini ham Alloh taolo yopadi.

[14:13] Hozir aytib o'tganimizdek, Alloh taolo setdir bo'lgan zot, bandani hech kim bilmaydigan ayblardan ham bekitib yopib qo'yadi. Lekin taassuf, ayrim hamovqat egalari, esiz past odamlar, ayrim nodon johil kishilar, Alloh uni berkitib qo'ygan aybini o'zi chiqib gapirib berdi. Bir paytlar biz deydi, ichari deydi. O, bir o'tirganda monja ichari deydi. Endi nima bo'ladi? O'zingni aybingni aytdingmi? Endi qachon seni ko'rsam, ichganing esimga kelaveradi da.

[14:41] Odamlar esdan chiqarmaydi. Qachon ko'z o'zingizga ko'rasa, o'sha gunohni nima qilaverasiz? Alloh yopib qo'ydi, birov bilmadimi, birodar, o'zingni sharmanda qilmagin. Agar seni aybingni Alloh yopib yuborgan bo'lsa, sen o'zing ochayotgan bo'lsang, sen gunohkor bo'lyapsan. Mana, u qilgan xatoyingiz, gunohingiz yoki nuqson kamchiligingizni hech kimga aytishingiz kerak emas.

[15:08] Otangizga ham, onangizga ham, u ustozingizga ham o'qituvchi, Alloh berkitdimi, gapirmang. Asarlarda keltiriladi, Mo'so alayhissalom zamonlarida yomg'ir yog'may qo'ydi. Shunda Alloh Taolodan Mo'so alayhi salom duo qilib yomg'ir so'radi. Alloh Taoloddan javob bo'ldi. Oranglarda bir gunohkor odam bor. Shu odam tufayli yomg'ir yoqmayapti. Shunda Mo'so alayhissalom qavmiga qarab, oramizda bir odam bor ekan, gunoh qilayotgan. Shu odam chiqib ketmasa, yomg'ir yog'mas ekan. Shu odamchiqib ketsin, deb xitob qildi. Hech kim chiqib ketmadi. Hech kim hamni tarqimadi. Lekin bir qancha vaqt o'tgandan keyin yomg'ir yoqdi. Shunda Alloh Taologa Muso alayhissalom duo qildi. Parvardigor, kim edi u senga olsaklik qilayotgan kishi, dedi. Alloh Taolo aytdi, ey Muso, seni so'zingdan ajablanaman. U bandamni osiy bo'lib turgan paytda sharmanda qilmay yashirdim u, endi tavba qilganida oshkor qilaymi dedi.

[16:15] Alloh Taolo osiy bandasini ham, modomiki o'zini o'zi sharmanda qilmaysizmi, nima qilyapti? Bor, shunaqa odamlar bor, urug'ingizda bor, mahallangizda bor, jo'ringizda bor, foyda beradi. O'sha bitta xato qilsa ko'tarib chiqib, mana shu odam yaxshi odam bo'lmaydi. Agar birodar siz ham kimnidir haqqini qachonlardir yeb qo'yib, zulmat, sizlar o'sha turli kasb egalar bilan gaplashayliklar deb muammolarni aytadi. Mansafingiz bilan qo'rqitdingiz, quvvotingiz bilan qo'shdingiz, agar shunaqa qilib, kimnidir haqqini yeb, bermasdan chiqib ketgan bo'lsangiz, ustalarni uydan chiqarib yuborayotganlarni ko'p eshitamiz. Usta zo'r qilgan ishni. Endi pulni olishga kelganda, matta manaqa qilsa, matta manaqasini nagli bermay qo'yganlar bor ekan.

[17:06] O'sha o'ziga yurtda ishlayotgan, bizdan borib, ishni parallel qilayotgan odam, uch to'rtta bolalarni olib kelgan, ishlatgan. Katta obyomdagi ishni olgan, endi qilgandan keyin bolalarga to'laydigan pul katta bo'lib ketgan. Bermagan uni bahona qilib. Qarg'ab kelishgan uying kuyisin deb. Uy kuyib ketdi. Uy kuyib kelib ketdi. Shu bilan qutilgan bo'lsa ularda haqqidan oson qutilibdi. Chunki tikkalab olishi mumkin da uyda. Agar oxiratga qolib qolgan bo'lsa chi?

[17:34] Shuning uchun uyda ustida ishlayotgan boyvachchalar, odam ishlayotgan prorablar, qilayotgan ishini haqqini beringlar. U sho'ring qurgur haligi mazlumlarchi, ilmsiz, savodsiz bo'lgani uchun so'kinib so'kinib chiqib ketadi. Seni Allohga qo'ydik desin da, tamom bo'ladi shu odam. Alloh karim, Alloh avf qiladi. Namoz o'qimagan bo'lsa, ro'z o'tmagan bo'lsa Alloh umid qilamiz, chunki kechiruvchi bo'lgan Zot Alloh Taolo. Ammo bandani haqqini yegan bo'lsangiz, Allohga qo'dim seni desa, tamomsiz.

[18:06] Uzoqqa bormaysiz. Bir yil, ikki yil yaxshi, lekin albatta olasiz jazo. Aytdik ku darsni boshida. Shunday gunohlar bor. Alloh Taolo faqat oxiratda beradi jazosini. Shunday gunohkorlar bor, dunyoda ham beradi. Mana shu dunyoda ham beriladigan jazodan bittasi, odamlarga zulm qilishlik. Kim kimni haqqini bermay qo'ygan bo'lsa, uyda ustida ishlatib, bir o'ylanglar da, olib borib beringlar. Modomiki shu uyda yashamoqchimisiz? Shu uyda baraka topmoqchimisiz, bering.

[18:33] Rostlab nima deganlar? Peshonasidagi terisi qurimasdan turib ber ishlatgan ijarachingni deganlar. Demak, as siktir degani, birinchi ma'nosi to'sish, berkitish, yopish. Yana bir ma'nosi uzoq qilish, saqlash. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zavjay mutaxoralaridan Oysha roziyallohu anha aytadilar. Bir kuni meni uyimga ikkita qizini ertalab bir ayol kishi keldi va so'randi. Tilamchilik qildi. Uyda bir dona xurmo bor ekan, shu bir dona xurmoni olib chiqib berdilar, oishonamiz roziyallohu anhoh. Haligi ayol xurmoni olilib ikkiga bo'ldi da, ikkala qo'zini qo'liga tutdi, keyin chiqib ketishdi. Rasululloh huzurimga kirganlaridan shu narsani zikr qildim deydilar. Shunda payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar, mana yaliyamin hadihil banat shay'an, fa axsana ilayhinnna kunnala husaytun minannar. Kim mana shu qizlarni ishini ustida bo'lsa, ya'ni tarbiya qilishi, boqishi, a? Rioya qilishi, ishida ustida bo'lib, ularga chiroyli muomala qilsa.

[19:37] Ularga ehson qilsa, yaxshilik qilsa, shu qizlar bu kishi uchun do'zaxdan to'siq bo'ladi. Mana aytdik, kun nalaho sitr minan nar. Shu kishi uchundo'zaxdan to'di bo'ladi. A sitr degan so'zni ikkinchi ma'nosi to'siq. Birodalar, uyimizda chi, yetarli ish turibdi. O'o'o' ummatni g'amini qilib osmondan kelmasdan, qizingizni tarbiya qiling, jannatga kirishingizga shu ham kifoya qiladi. Bolalarni tarbiyasi bilan shug'ullaning, qiyomatda shunga javob berasiz, ayolingiz, farzandlaringiz haqida. O'zi sigaret chekadi, ummatni g'aminini gapiradi. Yerga tush birodar.

[20:14] Jannatga olib boradigan ishlar birodarlar o'zimizni uyimizda turibdi. Uyimizni tuzatmasdan turib tashqariga chiqib, gapirishlikka ozgina nima qilaylik. Insof qilaylik, uyataylik. Chunki mana shu amalni o'zi bittamidi, ikkitamidi, uchtamidi qiz bolani tarbiya qilib, oppoq yuvib tarab, tarbiyalab, iymon e'tiqodda, taqvoda, hayoda tarbiyalab. Balog'atga yetganda o'ziga munosib bo'lgan dindor, iymonli, taqvoli kishini topib, nikohlab uzatar ekan, shu qilgan ishi, ishoninglar birodarlar, jannatga kirishligi kifoya amal bo'lishi mumkin. Buni va'dasini bizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam beryapti. Qaranglarda, uyimizda turibdi, uyimizda turilibdi.

[20:59] As satr ma'nosiga munosib bir qissa. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, bu hadis Abu Hurra roziyallohi rivoyat qiladi uni. Imomahmatni musadlarida, buxoriyda, termiziyda keltirilgan. Man ro'ani filmanam fasayaroni fil yaqqizating. Valayata mazzalu shaytonu bi. Kim meni tushida ko'rsa, uyg'oqligida ham albatta ko'radi.

[21:27] Chunki shayton meni suratimga kela olmaydi dedilar. Kim tushida Payg'ambarimizni ko'rsa, rostdan Payg'ambarimni ko'ribdi, chunki shayton Payg'ambarimizni suratida kela olmaydi tushimizga. Endi kim tushida ko'rdigan bo'lsa, uyg'oligida ham ko'radi inshaalloh. Yigirmanchi asrda mana o'tgan asrda sodir bo'lgan voqiy qissa. Damashq xatiblaridan biri tushida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko'rdi. Rasululloh unga falonchi qo'shninga borib ayt, u jannatda mening hamrohim bo'ladi dedilar.

[22:02] Qanaqa bashorat? Qanaqa xushxabar? Haligi kishi uchun. Haligi xatib uyg'ondi da, tushidan qattiq ta'sirlandi. Va Rasululloh aytgan haligi qo'shnisini uyiga bordi. Borib eshigini qoqdi. Haligi odam chiqdi. Salom alik bo'ldi. Xullas, xatib aytdiki, menda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sizga bitta bashorat bor. Uni aytmayman. Bir amalingiz borki, shu tufayli shu bashorat aytildi. Shu amalingizni aytmasangiz, Alloh uchun qilgan bir amalingiz bor, shuni aytmasangiz bu bashoratni aytmayman dedi. Haligi qo'shni unamadi aytishlikka. Ammo Rasulullohdan bashorat deb turibdi. Xatib ham qistab turib oldi, xullas, aytadigan bo'ldi.

[22:48] Uylangandim dedi. Bir ayolga sovchi qo'yib uylandim. Menga turmushga chiqqanida besh oylik qonunada homilasi bor edi ekan dedi. Ya'ni benikoh bo'lgan homila. Mana endi shu yerda haydab chiqarib yuborsa, sharmanda qilsa, haqqi bor. Lekin bu ayolni oyog'i toyilib, haqdan toyilgan ekan. Meni qo'limda tavba qilishigini xohladim. Yashirdim deydi. Aybini berkitdim.

[23:17] Tug'adigan payti kelganida, endi to'rt oydan keyin tug'di. Ha turmushga chiqqaniga to'rt oy bo'lib turib tug'ib qo'yyapti. Doyani uyga olib keldim, tunda tug'di. Tong otganda, haligi bolani qo'limga oldimda, jome masjidiga bomdod namoziga kech qolibroq chiqdim. Hamma namozga turgan, imom quloq qoqqan, hamma kirib bo'lgan, sekin eshik tagiga qo'ydi bolani, kirib imomga ergashdi. Namozni o'qib bo'ldi, tashqariga chiqsa odamlar to'planib turibdi. Nima gap? Ha, biron bolani qo'yib ketdi. Shunday keldi da, haligi odam, menga beringlar shu bolani. Men boqib olaman shuni dedi.

[23:56] Berishdi, onasiga olib borib berdi. Bir mo'mina ayolni xatosini, kamchiligini, oyog'i toyilib ketganligini yashirib qo'ydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qanday bashorat keldi? Jannatda mening hamrohim bo'ladi. Ehtimol bitta shu ishingiz, biror marta men ham bir odamni qilgan shu xato kamchiligini gunohini yashirib ko'yganmanmi deb so'rab ko'raylik.

[24:30] Agar ha degan javob bo'lsa, muborak bo'lsin. Agar Alloh uchun qilgan bo'lsangiz, shu amalingizdan umid qiling. Chunki Alloh Taolo karim bo'lgan, g'affor bo'lgan zot. Shu yerda bir ajib narsa bor. Biz adolatli bo'lishimiz kerakmi, kerak emasmi? Kerak. Astaydu billah, imnalloha ya amuru bila adli va ehsan. Albatta Alloh adolatli bo'shlikka va ehsonli bo'shlikkka buyuradi.

[24:59] Bu ayolni qilgan ishi uchun talog'ini berishlik erkak kishi tomonidan adolat bo'larmidi? Adolat bo'lardi. Sharmanda qilib chiqarib, sen menga shu gunohingni aytmasdan tekkan ekansan deb turib, odamlarni orasida sharmandayi sharmisol qilishlik adolatdan bo'larmidi, adolatdan bo'mar edi. Lekin oyatni go'zalligini qarang. Albatta Alloh sizlarga adolatli bo'lishni va ehson qilishlikni amr qiladi. Ayrim ishlar, birodarlar adolat bilan emas, ehson bilan hal qilinsa, nihoyatda go'zal bo'ladi. Bu kishi nima qipti?

[25:37] Bu kishi nima quipti? Adolat qiptimi? Yo'q, ehson qipti. Ba'zida oldi berdi muomalalarda adolat qilaman deb turasiz, katta muammolarga sabab bo'lib qolishi mumkin. Shunda ehson qilib qo'ysangiz chiroyliroq hal bo'ladi. Bo'pti birodar, sizni haqqingiz ekan. Bo'ldi, olavering, deb qo'ying da. U mo'minda u chi. Uch to'rt kun o'tgandan keyin biladi sizni haqliningizni. Allohdan qo'rqadi u. Siz ehson qilib qoying da.

[26:07] Axsin ilannasli tasdaxbit qulu baxun deydi shoir. Insonlarga ehson qil, xalblarini asil qilasan. Ko'pincha insonni qalbini ehson asir qiladi. Yana qaytarib aytaman, o'rtamizda bo'layotgan muomalalarda adolatni qoyim qilishlik kerak, ammo ayrim o'rinlarda ehson qilishlik. Mana bu kishi ehson qildi, kimdan bashorat keldi? Kimdan bashoratkeldi? Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamda. Innallohi ya amru bi il at li va li xsan. Albatta alloh adolatga va ehsonga buyuradi.

[26:41] Mana shu satr masalasida, sitir, to'sishlik, berkitishlik, yopishlik masalasida, ayollarga tegishli joyi shuki, Alloh Taolo to'suvchi, oilasini ayblarini berkituvchi, nuqson kamchiliklarni yopuvchi bo'lgan ayolni maqtaydi. Mo'min ayol mana shunday bo'ladi. Ammo uyda bo'layotgan muammolarni ko'chaga ko'tarib chiqayotgan, eridan shikoyatni qo'shniga doston qilayotgan, uydagi yetishmovchiligi muammolarida olib chiqib, majlislarda gapirayotgan ayol, birodarlar, Alloh Taoloning as sitir ismidan o'ziga bir ulush olmagan ayol.

[27:21] Bir narsaga hayronsan da. Eridan shikoyat qilib chiqdi. Nima, ular yaxshiroq erni berib qo'yadimi bunga? Yo uydagi muammoni olib chiqdi kamchilikni. Ular nima, shu muammoni hal qilib beradimi? O'zi nimaga olib chiqib gapiramiz tashqariga, bilasizlarmi birodarlar? Nima bor shuni orqasidan? Bilamiz bizga bu problemamizni hal qilib qo'ymaydi. Bilamiz xotinimizni yoki erimizni tuzatib bermaydi. Nimaga gapiramiz shuni?

[27:48] Nimaga? Bo'shashini xohlaymiz da matnimizni. Gapirsang nima olasan? Ha, yozilganlar aytyapti buni men. Gapirsang yozilasan. Ha, musulmon gapirish kerakmi odamlarga? Yo'q. Musulmon odam jaynamozda gapiradi robbisiga. Shu dardini, hasratini, muammosini, mushkulasini, kamchiligini, ruhsatini yetishmovchiligini jaynamozda turib robbisiga yarim tunda namoz o'qib turib aytadi, u dardi qalbida qolmaydi. Ko'chaga chiqqanda hech qanday muammosi yo'q deb zo'r yuraveradi. Chunki bo'shatib yubordi da matnini.

[28:24] Endi Allohga qalbini bo'shatolmaydigan, Allohga munojot qilishni bilmaydiganlar odamlarga uydagi kamchiligini yu, yetishmovchiligini doston qiladigan odamlar bo'ladi. Xulosa, birodarlar, alloh taoloning mana shu as siddir ismi bilan, shu sifati bilan quruqlanishligimiz kerak bo'ladi. Mana shu ishimiz bilan umid qilamiz Alloh Taologa yaqin bo'lishligini. Odamlarni g'iybat qilish degani ham, bu ularni sharmanda qilish degan bo'ladi. Bunday qilishlik musulmon kishiga hargiz to'g'ri kelmaydi.

[28:59] Aqul qovli ha da va astag'firulloh.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [1:18] Hadith: Sunani Abu Dovud, 4012 (grade: Sahih (Albaniy))
  - Said in the lecture: “yuhibbul hayya'a va satro fai'da g'itas ala ahadukum fal yasta'fir.”
  - Arabic: إن الله عز وجل حيي ستير يحب الحياء والستر فإذا اغتسل أحدكم فليستتر
- [1:49] Hadith: Sunani Nasoiy, 406 (grade: Sahih (Albaniy))
  - Said in the lecture: “Agar birortangiz g'usl qilsa, o'zini to'sib olsin. Mana siddiy ismi mana shu hadisda zikr qilindi. Boshqa hadisda Imom Bayhaqiydan, Ibn Abbos roziyallohu anhudan innalloha siddiy run yuhaybus satro. Albatta Alloh Taolo siddiy yerdur, satrni yaxshi ko'radi.”
  - Arabic: إن الله عز وجل حليم حيي ستير يحب الحياء والستر فإذا اغتسل أحدكم فليستتر
- [21:04] Hadith: Sunani Ibn Moja, 3900 (grade: Sahih (Albaniy))
  - Said in the lecture: “Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, bu hadis Abu Hurra roziyallohi rivoyat qiladi uni. Imomahmatni musadlarida, buxoriyda, termiziyda keltirilgan. Man ro'ani filmanam fasayaroni fil yaqqizating. Valayata mazzalu shaytonu bi.”
  - Arabic: من رآني في المنام فقد رآني في اليقظة فإن الشيطان لا يتمثل على صورتي

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz Allohning 'siddiy' ismiga qanday ma'no beradi?
   - a) Gunohlarni kechiruvchi va rahm qiluvchi
   - b) Ayblarni berkituvchi va yopuvchi — correct
   - c) Adolatli bo'lib hukm qiluvchi
   - d) G'aybni biluvchi va ko'ruvchi
   - Why: Darsda 'siddiy' so'zi to'suvchi, berkituvchi va yopuvchi degan ma'noni anglatishi, ya'ni Alloh mahluqot ayblarini berkitishi aytib o'tilgan. [1:46–2:44]

2. Ustozga ko'ra, mo'min kishi qaysi xususiyatga ega bo'lishi mumkin emas?
   - a) Baxil bo'lish
   - b) Nafsi kuchli bo'lish
   - c) Yolg'onchilik qilish — correct
   - d) Qo'rqoq bo'lish
   - Why: Darsda Payg'ambarimizdan mo'minning baxil yoki qo'rqoq bo'lishi mumkinligi, lekin yolg'onchi bo'lmasligi haqida so'ralganda 'yo'q' degan javob berilgani aytilgan. [9:07–9:31]

3. Ustozga ko'ra, odamlarning sharmandaliklari asosan qaysi ikki turga bo'linadi?
   - a) Moliy va jinsiy — correct
   - b) Ilmiy va ma'naviy
   - c) Jismoniy va ma'naviy
   - d) Siyosiy va iqtisodiy
   - Why: Darsda sharmandalikning ikki asosiy turi moliy va jinsiy ekanligi ta'kidlangan. [12:18–13:07]

4. Ustozga ko'ra, tushida Payg'ambarimizni ko'rgan kishi uyg'onganda ham uni ko'radi, chunki shayton qanday sabab bilan uni suratida kela olmaydi?
   - a) Shayton Payg'ambarimizni suratida kela olmaydi — correct
   - b) Payg'ambarimiz tushlarga kirishni taqiqlagan
   - c) Tush ko'rish faqat avliyo uchun mo'ljallangan
   - d) Shayton tushlarni o'zgartira olmaydi
   - Why: Darsda shaytonning Payg'ambarimizni suratida kela olmayotgani tufayli tushda ko'rilganining rost ekanligi va uyg'onganda ham ko'rilishi haqida aytildi. [21:27–21:59]

5. Ustozga ko'ra, ayrim muomalalarda adolat o'rniga nima qilish maqsadga muvofiqroq?
   - a) Sukut saqlash
   - b) Qat'iy qonun qo'llash
   - c) Ehson qilish — correct
   - d) Jazo berish
   - Why: Ustoz ayrim holatlarda adolat bilan emas, balki ehson bilan hal qilishning nihoyatda go'zal va chiroyliroq ekanligini ta'kidlaydi. [25:37–26:05]
