Bismillahir rohmanir rohiym. Bismillahir rohmatir rohiym. Alhamdulillahi robbilen amin. Vassalotu vassalamu ala sayyidina Muhammad as sodiqul va'dil amin. Allohum ala ilmalana illa ma'lam tana innaka antala alay mul hokim. Allohim ma'limna ma ya'm fauna vam fa'na bi ma'lum ta na vazit na ilma. Allohim ariynal haqqa haqqon vorzuqnatibai, vorin al ba'tilar ba'tilan vorzuqnatjdi na'ba. Vo ja'annam minman yestamya unal qovla fayatda bi una husana.
Va adhilna bi rahmatika fiya ibodika solihin. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh. Alloh azza va jallaning go'zal ismlari. Asmonu husno. Xususida olib borayotgan navbatdagi darsimiz. O'tgan darsda Alloh azza va jalla ning al-Jamil, go'zal ismi haqida suhbat qilayotgandik, bugun davom ettiramiz. Alloh taoloning go'zal ismalaridan al jamil. Go'zal. Banda gulga qaraydi. Rangiga, shakliga, rangiga, hidiga. Hushyorlarni rang rangligi, ularni shakliga, go'zalligiga qaraydi da, aqli lol qoladi. Albatta bu go'zalliklarni yaratgan zot ham o'zi albatta go'zal bo'lgan zot. Ba'zida ana shu bir ayrim maxluqlarda chiroyi, go'zalligi qarab, bizni hayrat ushlaydi. Lol qolamiz. Tilimiz kalimaga kelmay qoladi da, Subhanalloh deb yuboramiz. Agar maxluq shunchalik chiroyli bo'lsa, uni mana shu yo'ldan bor qilib shunday chiroyli qilgan Alloh taolo o'zi qanday go'zal ekan?
Bir qushni ko'rsatishyapti, mana bu kallasini rangini o'zgartiryapti, sayrayapti, bir qush to'layapti, pat. Tasavvur qiling, sariq bo'lyapti, qora bo'lyapti. Buni ko'rib turib, lol qilmay ilojingiz yo'q. Mana shu Alloh Taoloning go'zal san'atini ko'rgan mana mandagi muhandislar, me'morlar, Allohni san'atiga qoyil qoladi da, undan ilhomlanadi.
Alloh Taolo al jamil, go'zal bo'lgan zot. Go'zallikning asli Alloh Subhanahu va Taolo bo'ladi. Endi Alloh Taolo o'zining maxluqlaridan birontasiga ana shu go'zallikdan bir ulush bergan bo'lsa, odamlar ana shu go'zil maxluqqa qaraydi da, qalbi bog'lanib qoladi. U chiroyli, go'zal ot bo'lsin, yoki bir mashina bo'lsin, go'zallikni ko'rganda insonga albatta mahliyo bo'lib qoladi.
Toat nima? Birodarlar, toat bu muhabbat. Ibodat, itoat nima desa, ulamolar mana shu itoatning, ibodatning juda ham bir go'zal ta'rifini keltiradi. Diqqat qilamiz. Asosiy ishonch bo'lgan, abadiy saodatga olib boruvchi, qalbiy muhabbatga aralashgan ixtiyoriy toat ibodatdir. Asosiy ishonch.
U sizni saodatga, abadiy saodatga olib boradi. Qalbingizni muhabbati bilan aralashgan. Shunga asoslangan toat keyin ibodat deyiladi. Siz namozni o'qiyotganda yaxshi ko'rib o'qiysizmi, yomon ko'rib o'qiyishsizmi? Ro'za tutayotganda, yaxshi ko'rib tutasizmi ro'zani yo majbur tutasizmi? Qarang, muhabbatga aralashgan ixtiyoriy toat deyapti. Ixtiyorimiz bilan ibodatga kelayotgan bo'lsak, demak bu ibodatimiz ibodat bo'ladi. Agar majburiyat bo'lsa, uyatganimizdan, hamma qilayotganligi uchun kelayotgan bo'sak, muhabbat bilan qilmayotgan bo'lsang bu amalda, bu ibodatga o'tmaydi.
Dinda birodarlar ma'rifat bor, sulukiyat bor, go'zallik bor. Inna allohi jamilun, yuhib bul jamal, dedilar rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Albatta Alloh go'zal zot, go'zallikni yaxshi ko'radi. Rasululloh sollollohu alayhi vassalamning ushbu sahih hadisiga quloq tutamiz. Bu hadisni Imom Muslim o'zining Sahihida keltiradi. Rasulullohni aytadilar hijabuhu nur, hijabuhu nur lau kashaffahuhu la axraqat subahatu vajihih mantaha ilayhi bosa ruhu min xolqihih. Alloh azza va jalla, birodarlar, u zotning hijobi nur. Alloh taoloning hech kim ko'zi bilan ko'rishlikka qodir bo'lmaydi. Na bir maloikalar, na muqarrar farishtalar, na ambiyolar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ana shu meros kechasida, ana shu yettinchi osmonni ustida namozni besh mahal farz ekanligini olib tushganida, oyish onamiz so'raganki, ey Rasululloh, har roh aytar robbaka. Robbingizni ko'rdingizmi? Deganida nur, anna, roh, hamma yog'i nur edi. Qayoqdan ko'ray? Dedilar.
Rasululloh aytadilar, uning hijobi nurdir. Agar uni ko'tarsa, Alloh Taolo shu hijobini ko'tarsa, yuzining ulug'ligi, ya'ni go'zalligi, uning nazari tushgan maxluqotlarni kuydirib yuboradi. Inson zoti umuman maxluqot Alloh azza va jalini ko'rishga ojiz bo'ladi, ko'ra olmaydi. Ey, Allohni ko'rishmas, quyoshga qaranglar uch to'rt marta. Ha, tikka qarang, quyoshga uch to'rt maktab ko'zingiz bilan, ochkasiz, yakanqasiz, maskasiz, nima bo'ladi? Bitta maxluqdan chiqayotgan yorug'lik nur, sizni ko'zingizni ko'r qiladi oxiri o'n marta qarang. Maxluq sizni ko'zingizni ko'rqib qo'ysa, ko'zingiz unga qarashlikka ojiz bo'lsa, Alloh azza va jallani ko'rishiga qanday qodirman deydi bir inson. Allohni ko'rishligi uchun birodarlar dunyodan o'tishi kerak, jannatga kirishlik kerak. Shunda Alloh Taolo xohlasa yuzini ko'rsatadi.
Alloh Taolo aytadi astaydu billah, vujudh i yavma ili nadiro ila robbihna nadiro. U kunda, qiyomat kunida, mo'minlarning yuzlari yashnab, parvardigorlarga boqib turgushidurlar. Inshaalloh ko'ramiz birodarlar. Inshaallohni ko'ramiz. Jannat ahllarini sifatlari aytilganda ayrim kitoblarda aytilinadi. Jannat ahli Alloh Subhanahu va Taoloning jamoliga qaraydi da, uning go'zalligidan ellik ming yilga aqllaridan g'oyib bo'ladi. Hushidan ketadi, ellik ming yillik yotadi. O'ziga kelolmasdan.
Inson go'zallikka oshiq bo'ladi. Go'zalligini yaxshi ko'rishlik insonda tabiatida bor narsa. Mana shu go'zallikka ochiqligi uni gunoh qilishlikka olib boradi. Tushunarlimi? Inson go'zallikka oshiq bo'ladi, mana shu go'uzallikka ochiqlikka, uni gunoh qilaylikka yetaylaydi. Inson qachon Robbisiga osiylik qiladi? Yagona bo'lgan Robbisini tanishidan uzoq bo'lsa, Alloh Taoloning go'zal ismlari va oliy sifatlaridan g'ofil bo'lganda, ayrim maxluqlarning go'zalligi aldanib qolib, shunda Robbisiga osiylik qiladi. Bir ayolni go'zalligini ko'radi da, unga mahliyo bo'lib, gunohga qo'l urib qo'yadi. Chiroqli bir imoratni ko'radi, shuni olay deydi da, gunohga qor urib qo'ydi. Chiroqli biri mashinani ko'radi da. Uni go'zalligiga uni mahliyo qiladi da, gunohga qul urib qo'tyadi. Lekin mana shu osiylik qilayotgan bandalar, go'zallikni deb osiylik qiladigan bandalar, haqiqiy go'zallikni Alloh Taoloda ekanligi, go'zallikni asli Alloh ekanligini bilishganida, bu gunoh ma'siyatga qo'l urmagan bo'lishar edi.
Masalan, o'zi bilan yashayotgan bir yigirma besh yil o'ttiz yashagan ayolini, endi muslima ayollar, afifa bo'ladi, iffatli bo'ladi, kamtar bo'ladi a? Shu betini sovuqlab yuraveradi da uyda. Manikyur pedikyur qilmaydi. Ha indamasdan olib borib, shunday pardozni olib kelib uyga o'tkazib qo'ysin da. Hali eri ko'rib turib yaxshi ko'rib qoladi. Chunki nimani oshig'i? Go'zallikni oshig'i. Qani endi ayollar shu narsani tushunsa, inson, erkak zoti, umuman odam zoti go'zallikka oshiqligini bilsa, o'zini sal otangga, enangni, bu eskilar bilan, yangilar bilmaydi.
Otangga, enagni bepardoz ko'rsatma, ya'ni inson zoti go'zallasiga, chiroyli narsaga oshiq bo'ladi. Maxluqlarni go'zalligiga aldanib, robbisiga osiy bo'lib, oxiratini boy berib qo'yayotgan odamlar bor. Agar bular birodarlar, bu dunyodagi hamma go'zallik, ularni aldayotgan go'zallik. Allohni go'zalligini oldida, hech narsa bo'lmay qolishigina tushunishganida, ehtimol osiyil qilishmasmidingkin? Ehtimol osiiyl qilishmasmidikin?
Alloh taoloni tanish, uni ism va sifatlaridan xabardor bo'lish, unga muhabbatli bo'lish hamda unga qulchilik qilish mo'minlar uchun haqiqiy saodatdir. Garchi dunyoda qo'lida hech narsasi bo'lmasa ham, eng baxtli odam mo'min bo'ladi. Chunki al jamil bo'lgan, go'zal bo'lgan robbisini taniydi. Ism sifatlaridan xabardor bo'ladi. O'shaning uchun qo'lida hich narsasi yo'q bo'lsa ham, qanday ahvolingiz desa, nima deydi?
Nima deydi? Alhamdulillah deydi. Chunki bu dunyodagi mushkulalar, bu yetishmovchiliklar Allohning diydorini ko'rishlik oldida hech narsa bo'lmay qoladi. Va mana shu Alhamdulillah degan so'rashga faqat mo'min aytar ekan. Musulmon ishlaringiz qalay desa, Alhamdulillah deydi. Ishi xirami, tiniqmi, farqi yo'q. Chunki nimaga Alhamdulillah deydida desa, u Robbining diydorini ko'tarishni oldida bu mushkulalar hech narsa bo'may qolishini yaxshi biladi.
Ayrim insonlar musulmon kishi dunyoni go'zalliklaridan mahrum deb o'ylashadi. O'zini ibodati bilan, taqvosi bilan dunyoda ko'p bir xayriyatlaridan, go'zalliklardan mahrum bo'ladi deb o'ylaydilar. Lekin haqiqatdachi? Haqiqatda buni aksi bo'ladi. Alloh Taolo o'ziga oshiq bo'lgan mo'min bandasini qalbiga shunday bir narsani berib qo'yadi. U xoh rahmat deng. Xoh sakinat deng, nima desangiz deng, lekin mana shu Alloh Taolo berib qo'ygan narsasi insonni eng saodatli insonga aylantiradi. Musulmon kishini eng saodatli bandagini aylantiradi, garchi qo'lida dunyoda bir tiyin ham bo'lmasa ham.
Mana shu xotirjamligi Alloh Taolo solib qo'yib, mana shu rahmatni Alloh olib qo'ysa, bu inson o'zini dunyodagi eng baxtsiz inson deb biladi. Garchi dunyoni hamma matohini qo'lida bo'lsa ham. Yunus alayhissalom balodxonaga tushib dengizlarga kirib ketdi. Nimada duo qildi? La ilaha illa an ta subhanaka innix kunta minot ta'limin. Parvardigor sendan o'ziga iloh yo'q, albatta men o'zimga o'zim zulm qilganlardan bo'ldim. Ya'ni senga osiylik qildim, eng baxtsiz inson bo'lib qoldim. Musulmon odam savobli ish qilganda, Alloh rozi bo'ladigan ishni qilib, shunga muvaffaq qilganda shunaqa saodatni his qiladi o'zida. To'g'rimi? Hech kimga bildirmasdan bir muhtoj odamni mushkulasini hal qilib qo'ydingiz. Xursand yuribdi. Hech kimga bildirmaysiz, shunaqa xotirjamlik his qilasiz. Bu faqat mo'minga beriladigan narsa.
Alloh azza va jalla bu payg'ambarining duosini ijobat qildi, najot berdi. Muhammad sollallohu alayhi vasallam qurish quvib chiqdi Makkadan. Rasululloh savr g'orida o'zini hamrohi Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bilan o'tiribdi da, mana shunday holatda, quvg'inda qochib, g'orda o'tirgan bo'lsa ham, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng baxtli inson edi. Chunki u zotni qalbiga Alloh Taolo sakinatni, xotirjamlikni bergan edi. Mo'min odam dunyoda huzur halovatdan bexabar, u dunyoda bir go'zallardan mahrum deyotganlar juda ham katta xato yo'l qo'yishadi.
Agar bir odam dunyosi keng bo'lsa, mansabi katta bo'lsa, ammo Allohni tanimagan bo'lsa, agar Alloh Subhanah va Taoloni tanimagan bo'lsak, bu eng baxtsiz badbaxt inson. Insonni qalbida bir bo'shliq bo'ladi, uni na pul, na mansab, na boshqa narsa to'ldiradi. Dunyoni hamma go'zalligi uni qo'lida bo'lsa ham, uni qalbi taskin topmaydi. Nima uchun? Allohdan uzoq bo'lganligi uchun. Ana shu dunyo egalarini qarasangiz, hamma yog'i go'zal. Uyi ham go'zal, mashinasi ham go'zal. Hamma yog'i g'ozal. Lekin nimaga qalbi ularda taskin topib xotirjam bo'la olmaydi? Nimaga saodat yo'q? Chunki go'zallikda asli bo'lgan Alloh Taolo uchun ularni qalbida joy yo'q.
Haqiqiy saodat nimada? Kimdir farzandda deydi. Kimdir sog'likda deydi. Kimdir boylikda deydi. Kimda nima yo'q bo'lsa, saodatni shu narsada deb biladi. Saodating haqiqiysi qanaqa bo'ladi? Haqiqiy saodat qanaqa? Alloh taoloning o'ziga yaqin bo'lish bilan baxtli bo'lishingni his qilsang, shuni tushunsang va Allohga yaqin bo'lsang, sen eng baxtli insonsan. Insonni saodatli, baxtli bo'lishligi na millatiga, na puliga, na bir boshqa narsasiga qaralmaydi. Allohga qancha yaqin bo'lsangiz, shuncha saodatli bo'lasiz. Hayotingizda, mo'min manda, siz, shunday saodatni his qila olmayapsizmi? Demak, Allohga yaqin emas ekansiz. Agar Allohga yaqim bo'lganingizda, sizdan baxtli inson bo'lishi kerak emas edi. Chunki Alloh taolo aytadi, ala bidikirillahi tatumon innul qulub. Ogoh bo'lingiz kim? Albatta qalblar Allohni eslash bilan, Allohni zikri bilan orom bo'ladi.
Allohga yaqin bo'lishi bilan inson baxtli bo'lar ekan. Allohdan uzoq bo'lishligi bilan dunyoni hamma go'zal matohi qo'lida bo'lsa ham, bu inson baxtsiz bo'ladi. Dalil astaydu billa. Voman a'rodan zikri, fa innalaxumayi shatandonka. Alloh taolo aytyapti, kim mening eslatmamdan yuz o'girsa, ya'ni Allohdan shariatidan dindan yuz o'girsang, bas unga tanglik hayoti bo'lur. Allohdan uzoq bo'lgan bandani hayoti tang bo'ladi.
Ulamolarni so'ziga quloq tutamiz. Ularga savol berildi. Nima uchun? Ayrim boylar va ayrim bir mansabdor odamlar hayotida saodatni, baxtni topa olmaydi. Agar qarab ko'radigan bo'lsangiz, o'sha dunyoviy go'zalliklarda hammasi ularni qo'lida. Odamlar ayta olmayotgan chiroyli uy, mansab, mashina, jihoz, hamma narsasi chiroyli. Nimaga bular saodatli emas?
Shu narsasi yo'q odamlar saodatni dunyoni go'zalliklarida deb biladi. To'g'rimi? Dunyosi zo'r bo'lgan odamni ko'rgani mana shu odam baxtli odam deb o'ylaydi. Albatta bu noto'g'ri tushuncha birodarlar. Javob shunaqaki, ha, unday kishilar baxtsiz. Ularni baxtsizligi molinozligida emas. Ularni bahtsizligi qalbini torligida. Insonni qalbida bir bo'shliq bor, uni Allohga bo'lgan muhabbatgina to'ldira oladi. Allohni olib bergan sakinatgina to'ldiradi. Dunyoni matohi emas. Bo'lmasam qaranglar, birodarlar, o katta katta korporatsiyalarni egalari.
E milliardlagan, trillionlagan pul bor. Haligi pullarini seyfidan ochib turib, nonni siz yegandaqa, bir pachka yuz dollikni olib, chaynab yeb tugata olmaydi umrini oxirigacha. Shunaqa ko'p puli. Lekin nimaga yana intilyaptilar shu pulni ko'paytirishga? Chunki biz aytayotgan boyagi bo'shliqni ular pul bilan, dunyoni matohi bilan to'ldiraman deyishuvdi. Bu chuqurlik to'lmas edi.
Shuning uchun aytiladi, dunyoda jannatni bir ko'rinishi bor. Kim shu jannatga kirmasa, oxiratdagi jannatga kirmiydi. Jannatinglarni hayotidan bir shingil bor. Kim mana shu bir shingil hayotga kirmasa, o'xiratdagi jinnatga kirmiydi? Qaysi jannat alu desa, allohning zikri bo'ladigan majlis. Ilm majlisi. Mana ilm majlisida o'tiribmiz. Kirganimizda kayfiyatlar har xil edi, asablar har xil edi, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy aholi har xil edi. Lekin bilasizmi, ma'ruza tugagandan keyin qarasangiz, hammani qalbi bir xil sakinada topib qoladi. Nimaga desa hozir aytyapmiz? Ogoh bo'ling qalblar allohni zikri bilangina orom oladi.
Shuning uchun aytilinadiki, bechora dunyo ahllari, dunyoga kelib ketishdi yu, ammo undagi eng go'zal narsani tortishmadi. Nima edi u? Allohni zikri, ilm majlisi, ibodat edi. Nimaga konsertlarga boriladi? Nimaga o'yingohlarga, nimaga ko'ngil yozar joylarga odamlar to'p to'p bo'lib boradi? Nimaga?
Yana konsertlari to'li yotibdi. Qayerda yolg'on gapiradigan, fahshni gapiradigan, fisq fujr gapiradigan, masxarabozlarda atlar ham ko'payib ketgan, manaqa guruhi, manaqa jamoasi. Minglab odamlar kelib tomosha qilib o'tiradi o'sha yerda. Konsertlarga boradi, shoular bo'ladi, haligi spetsifiklarni qarasangiz haligi nimaga boradi shu konsertlarga?
Bir o'ylab ko'rganmisizlar? Falon jamoani deydi, konsertini ko'rib keldim deb faxrlanyapti. Nimaga konsertlarga boriladi? Nimaga o'yingohlarga, nimaga ko'ngil yozar joylarga odamlar to'p to'p bo'lib boradi? Nima uchun jamlanishadi u yerda? Nimani istaydi ular u yerdan? U yerda nima bor? Qo'shiq bor, raqqosalar bor, taomlar bor. O'zlarini saodatini shu narsalarda totishda, shu yerda bo'lishida deb biladi. O'sha yerga kelsa qalbi taskin topganday bo'ladi. Mushkullarni unutganday bo'ladimi? Xo'p, konsert tugagandan keyinchi?
Bir oz taskin topganga o'xshaydi. Lekin haqiqatan taskin topadimi? Bular qayerga borib qalbi taskinni topish mumkinligini bilmaydi bular. Bular maqsadni, niyatni noto'g'ri qilgan. Agar mana shu odamlar Alloh Taologa iqbol qilishganida, haqiqiy saodatni his qilgan bo'lishar edi. Va bu saodat vaqtinchalik bo'lmas edi. Abadul abad sakinat edi bu. Boy bo'lganingizda ham zo'r edingiz, kambag'al bo'lganingzda ham zo'rsiz, kasal bo'lganda ham Alhamdulillah, sog' bo'lganda hammallohga hamdlar bo'lsin. Abadiy sakinat, abadiy xotirjamli birodarlar Allohni shariatida, Allohni dinida bo'ladi.
Shuning uchun, Alloh Taoloni tanigan mo'min hech qachon baxtsiz bo'lmaydi. Chunki kim bilan muomala qiladi u? Yagona bo'lgan, tegsiz bo'lgan, kuch qudrat egasi bo'lgan, go'zal bo'lgan, hamma yaxshiliklar uni qo'lida bo'lgan Alloh Taolo bilan muomala qiladi. Mo'min kishi Allohni tanib turib, baxtsiz bo'lishi mumkin emas.
Mo'min kishi Allohni tanib turib baxtsiz bo'lishi mumkin emas. Allohni tanish bilan baxtsizlik bilan bo'la olmaydi. Xuddi o't bilan suv bilan bo'la olmaganidek. Endi siz mo'min bo'lib turib, ibodatda bo'lib turib halol bo'lib turib o'zingizni baxtsiz his qilayotgan bo'lsangiz, demak siz Allohni tanimaysiz hali. Bu darslarimiz siz bilan bizga Robbimiz azza va jalani tanityapti. Tushunarlimi?
Jasadimiz shu yerda bo'lgandek, ruhimiz ham shu yerda bo'lsa. Bir haftaga zaryad olib ketamiz ey. Bir hafta yuramiz mazza qilib. E boradi, konsertni ko'rib keldi, bir hafta maqtanib yurasiz, nastreniyasini. Keyinchi? Keyinchi? Gunoh maqsadga, fahsh qilishga guvoh bo'lib kelding. Mo'min odamni qalbi taskin topadigan joy Allohdagi zikri, ibodati Qur'oni.
Lekin qaranglar, qarab ketyapmiz. Go'zallikda, sakkiziyatda, xotirjamlikda qadr istayapmiz. Demak, Allohnı tanigan mo'min hech qachon baxtsiz bo'lmaydi. Allohnı tanigan mu'min hech qacha baxtsiz bo'maydi. Asarlarda keltiriladi. Ya ibn adam ut lyubniy tajidniy. Ida vajatdan i, vajatda kunlashay. Ey odam bolasi, meni izlab topasan. Agar meni topsang, hamma narsani topding. Agar meni topmasang, meni yo'qotsang, hech narsani topmading. Shuning uchun qaytarib aytyapmiz, Allohni tanigan mo'min hech qachon baxtsiz bo'lmaydi. O'zimizda shu saodatni his qilmayapmizmi, demak Allohni tanimayapmiz.
Inson go'zalligini oshig'i dedik. Chunki Alloh Taolo insonni mana shunday qilib yaratdi. Go'zallikka oshiq. Diqqat qilinglar. Deyarli hamma hammamiz bilgan haqiqat. Inson hayotida bir go'zallikni ko'radi da, shu go'zallikka yetishligini qasd qiladi. Yerni, mana shu dunyoni go'zalliklaridan. Umrini shu narsaga sarf qiladi. Masalan, boylik, mansab, hamma narsada o'ylaydi. Hamma narsa shu boylik bilan mansab. Umrini borini sarflaydi. Hamma imkoniyatini sarf qiladi. Erishganidan keyin shu boylikka yoki mansabga. O'zi uchun bir achchiq haqiqatni kashf qiladi.
Bu boylik bilan mansab bor yo'g'i bir narsa ekan. Hamma narsa emas ekan. Bu boylik bilgan mansab bor yo'g'i bir narsa ekan! Endi dunyodan chiqib ketayotganda, shu boylik bilan mansaf hech narsa emasligini tushunadi. Inson bolasi bir go'zal ayolga yetishlikka intiladi. Mana shu go'zal ayolda yetishlikni dunyodagi eng asosiy narsa, hamma narsa deb biladi shuni. Umrini sal qilib shu ayolga yetishganidan keyin, o'zi uchun achchiq haqiqatni kashf qiladi. Ayol hamma narsa emas ekan. Bor yo'g'i bitta narsa ekan. Ammo dunyodan chiqib ketayotganda, bu ayol hech narsa emasligini tushunadi.
Bu dunyoda insonni qalbiga doimiy xotirjamlikni, doimiy saodatni olib keladigan hech narsa yo'q. Chunki dunyo o'zi vaqtinchalik, qaranglar. Ko'ring, ko'zingizga chiroyli ko'ringan bir imoratni sotib oldingiz. O'tdek ko'rinardi, go'zallikda bir ramzi. Bir oy, ikki oy quvonib yashaysiz. Keyin oddiy bo'lib qoladimi uy? Yangi chiqqan modeldagi mashinani bir narsa qilib harakat qilib olasiz. Uch oy, to'rt oy mingandan keyin nima bo'ladi? Undan ham zerikasizmi?
Inson zotini qalbi to'ymasligini bilgan, inson zoti go'zallikka intiluvchi ekanligini bilgan kompaniyalar mana shu nozik joyimizdan juda chiroyli foydalanadi. To'g'rimi? Reystalinngvi versiyasi mashinani deydi. O'zi avval chiqayotgan mashina edi, shunday nikol qo'shib qo'yadi, stopini boshqacha qilib qo'yadi da, bakovoyni boshqacha qib qo'yadi. Bo'ldi, reystalinng.
Undan ham zerikasizmi? Inson go'zallikka oshiq bo'ladi. Go'zallikka to'ymaydi. Lekin Allohga oshiq bo'ladigan bo'lsa, Alloh Taoloning jamoliga oshiq bo'layotgan bo'lsa, undan zerikmaydi. Siz dunyo maydonida katta muvaffaqiyatga, yutuqqa erishgan kishilarda hayotiga qarasangiz, hayotidan zerikkanligini ko'rasiz.
Nimaga desangiz, intiladigan maqsadi qolmadi. Dunyoni hamma xayriyatlariga erishib bo'ldi. Katta katta yutuqlari ham ular uchun nima bo'lib qoldi? Oddiy narsa bo'lib qolda. Zerikadi hayotidan. Zerikish bor hayotidan. Shuning uchun mo'min Manda Allohnin go'zalligiga, Allohnin jamoliga oshig'i bo'ladi da va bu dunyoda u maqsadiga yeta olmaydi.
Tushunarlimi? Yetolmaysiz u maqsadga, chunki inson omonatini topshirmay turib, o'lmasdan turib, jannatga kirmas turib, Allohnin ko'ra olmaydi. Shuning uchun umrini oxirigacha uni hayoti nima bo'ladi? Zerikishli bo'lmaydi unda. Hayoti, bizni tilda aytgandek, yigitlarni hayoti doim intilish bilan bo'ladi. Hayoti hamisha bahor bo'ladi. Chunki hamma imkoniyatini ishga solganda ham, Allohni jamoliga bu dunyoda yeta olmaydi. Maqsad doim turadi oldida. A mahallada chempion bo'ldingiz, ha chempion. Rayonda chempion bo'ldingiz, oblastda chempion, chempion mir bo'ldingiz mana aylanib kelsin, mana oxiri. Keyinchi? Keyin nima qoladi? Dunyoni go'zalligi intilgan, unga yetgan odamlar albatta zerikadi undan. Chunki bu dunyoni go'ozalligi insonni qalbiga xotirjamlikni bermaydi.
Shomlik ulamolardan biri to'qsondan o'tdi. Qaddi qomati o'rnida. Tishlari quloq, hamma a'zolari ishlaydi. So'rashdi, qanaqa qilib erishdingiz bu narsaga? Aytdiki, bu a'zolarni Alloh Taolo bizga omonat qilib bergan edi. Allohga oshiq bo'lgan bo'lmanda, bu omonatlarni, xonam xarashlarni ehtiyot qiluvdi, yoshligini ehtiyot qilib qiluvdi, qariganida Alloh Taolo ular uchun ehtiyot qabul qilib berdi. Shuning uchun aytilinadi, men aasha taqiyin, aasha qog'iyin. Kim taqvodor bo'lib yashasa, kuchli bo'lib yashaydi.
Jismonan ham kuchli bo'ladi. Ruhan ham kuchli bo'lladi. Ancha muncha mushkulalarda kelganda boshiga sinib qolmaydi. Ruh shuniga tushib ketmaydi. Chunki meni aysha taqiygan, aysha qoyiygan. Taqvodor bo'lib yashagan odam, albatta quvvatli bo'lib yashaydi. Nima uchun musulmon kishining uyi, kiyimi, mashinasi, uy joy go'zal bo'lmasligi kerak? Biz go'zal degandachi, albatta dabdabani, hashamatni, isrofni nazarda tutayotganimiz yo'q. Sodda bo'lib turib chiroyli bo'lishi mumkin. Oddiy bo'lib turib pokiza bo'lishi mumkin. Tartibli bo'lishi mumkin. O'ziga yarashgan kiyim bo'lishi mumkin, rangi rangiga to'g'ri kelgan kiyim bo'lishi mumkin. Albatta yangi degani emas, albatta qimmati yangisi degani emas birodar. Innallohu jamilun yuhayb buljamal. Albatta Alloh go'zal zot, go'zallikni yaxshi ko'radi.
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam sahobalari bilan Madinaga qaytib kelar ekanlar, safarlarni birida aytadilar. Abu Dardor roziyallohu anhudan innakum qodimuna alayhvonikum. Albatta sizlar o'zingizda birodarlaringizni oldiga kelyapsizlar. Faslihu rixalakum valibasakum. Kiyimingizda, ulovingizda isloh qilib chiroyli qilib olinglar. Xatta takunufin nasi ikka annakum sha'mmatun.
Odamlarni yuzidagi holdek ajralib turadigan bo'linglar. Biz kiyimimizni toza qilayotgandagi maqsadimiz mana shu. Odamlarni yuldagi holdek namuna bo'lib ajralib turishlik maqsadimiz. Undan maqsadimiz Alloh Subhanahu va Taoloning roziligi. Mashinangizni toza tutayotganingizda niyatni yangilab qo'ying. Alloh yaxshi ko'radi chiroyli bo'lganda, pokiza bo'lganda. Oyoq kiyimingizni shangini atayotganda niyatni yangillab qo'ying, Alloh pokizani yaxshi ko'radi, go'zalni yaxshi ko'rada. Har kuni kiyiminglar kiyiminglarni yuvadi, har kuni dazmollaydi. Chiroyli qilib chiqaradi uydagilarni sizlarni. Nima maqsadda?
Tushunarlimi birodarlar? Bizni ustimiz chiroyli bo'lishligi, ustimizdagi birodar bu xohishimizdagi ish emas bu. Bizdan shariat talab qilayotgan ish bu. Tashqi ko'rishimizni chiroyli qilib olib yuraylik. Chiroyli qilib olib yuraylig. Bu kishi pokiza bo'ladi, didli bo'ladi, nozik tabiatli bo'ladi. Mana shu narsa odamlarni unga qarab iqbol qilishiga sabab bo'ladi. Agar buni teskarisi bo'lsa chi, farosat yo'q bo'lsa, yurish to'shi iflos bo'lsa, tartib bo'lmasa hayotida, bu narsa odamlorni undan bezdiradi, qochishiga sabab bo'lladi. Shuning uchun qaranglarda, dunyoda yurgan, hozir dunyo ahillari bu narsani yaxshi biladi. O'shaning uchun do'koniga kirsangiz, gard yuqmaydi do'konida. Hamma polkalari o'ngma o'rnida terilgan. Muomalasi chiroyli, xonasini chiroyli artib qo'ygan. Keling taqsir deydi, qo'lingizga kofe tutadi. Shu go'zallik, shu chiroyli muomala, go'zal so'zlar sizni nima qiladi shu do'konga?
Qarang, dinni bilmagan, ammo insonni boyagi tabiatini bilgan dunyo ahllari mana shunaqa qilib odamlarni nima qilyapti? O'ziga jalb qilyapti. Mana shu hadis birodarlar, innalloha jamilun yo habbuljamal bizni hayotimizni shiori bo'lishi. Nimaga masjidlarimiz chiroyli bo'lishi kerak emas? Nimaga ko'chalarimiz chiroyli bo'tishi kerak emas? Nega uylarimiz go'zal bo'tishi kerak mas? Alloh taolo aytadi, hu anshi al kun fihah, vosita amar kun fihah. U zot sizlarni yerdan paydo qilib, unga joylashtirdi. Modomiki shu yer bizni vatanimiz ekanmi? Ellik yil, oltmish yil, yetmish yil. Shu uyda o'ttiz qirq yil yashaymiz ekanmi? Uylarimizni go'zal qilib chiroyli tutishligimiz, birodarlar, shariatni talabi.
Dinni tushunmagan, dinni, ruhini tushunmagan ayrim, soxta taqvodorlar, agar g'arbliklarni ko'chalaridagi go'zalligini, ekilgan gullarni, pokizaligini maqtab gapirsang, ha, ularga dunyoni berib qo'ygan. Bizga oxiratni bergan deydi. Bu kaltafahmlikdan boshqa narsa emas. Kim aytdi musulmon odam go'zal bo'lmasligi kerak, bor borlig'i? Uyi joyi kiyimi mashinasi.
Ha ularda dunyosini bergan bizga. Ha, seniki ham chiroyli bo'laversin. Kim aytdi islomda pokizalik, go'zallikka e'tibor yo'q deb? Inna alloha jamilun yuhakbul jamalun. Albatta alloh taolo go'zal zot, go'zallikni yaxshi ko'radi. Birodarlar, go'zallikka nima desa, birinchi navbatda biz uchun ukalar, tushuninglar, odob.
Odob. Eng birinchi go'zallik odob. Keyin tashqi ko'rinishimiz, keyin shakldagi go'zalligimiz. Chiroyli odob, chiroyli sabr, chiroyli bir tasarrufatlar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ozon aytishlik tarixiga murojaat qilsak, sahobalarga odamlarni masjidga chaqirish uchun nima qilamiz? Maslahat bo'lganida bir qo'ng'iroq chaqiraylik dedi, bir o't yoqaylik dedi, xullas qo'ng'iroshni oladigan bo'lishdi. Menga qo'ng'iriq topib kelinglar dedilar rasululloh. Shunda abdullohni zayd ansoriyni tushida bir kishi keldi da, ozonni o'rgatdi. Turib rasulullohga xabarini berganida, rasululloh xursand bo'ldilar da, borib, bilolga o'rgating sizga o'rgatilgan so'zlarni. Chunki uni ovozi sizgidan chiroyliroq dedilar. Mana. Ozon aytayotgan odamni ovozi chiroyli bo'lishligi shariatimizni talabi ekan. Sizdan ko'ra zo'rroq Qur'on o'qiydigan odam turibdimi, o'sha o'qisin, siz o'qimang. Sizdan zo'rroq ishni qiladigan odam turibdi mi chiroyli qiladigan? O'sha qism. Siz bu yoqda turib turing, chunki u go'zalroq qiladi. Qarang. Hatto aytayotgan so'zimiz go'zal bo'lsin. Umariddin Xattob roziyallohu anhu o't yoqib turgan bir jamoatni oldida o'tdi da. Assalomu alaykum, yo ahli nor. Ey. O't egalari, sizlarga salom bo'lsin demadilar. Assalomu alaykum, ey yorug'lik egalari dedilar. Yorug'lik ham o't ham bitta edi o'zi.
Lekin ahlini nor desa, xuddi jahannam egalaridaqa bo'lib qolamidi? Umar Xattob roziyallohu anhuni oldiga bir ayol eridan shikoyat qilib keldi. Nima shikoyatingiz bor dedi? Kunduzlari ro'zador, tunlari bedor dedi. Nima degani bu? Fahmni ko'ryapsizlarmi ayollarda, o'sha sohibi ayoldagi.
Kunduzlari ro'zador tunlari bedor dedi. Umarun Xattob ko'p ham e'tibor qilmadi shekilli? Ha, zo'r ekan u yering. Nemoroj yo'l deb qo'ydi. Shu yerda Umarun Xattopni oldida turgan Usmonov Nafon yoki Ali ibn Abit olim deyiladi. Ya amiral mo'miniy, eridan shikoyat qilyapti boya oldida. Ha tushungan bo'lsa siz hukm qiling degandi. Nima dedi? Erini chaqirib turib, uch kun qiyomillarni qilasan, bir kun ayoling bilan yotasan dedi. Chunki agar to'rtta xotini bo'lsa, uch kundan keyin o'sha yerga kelarmidi? Qarang, erim menga qaramay qo'ydi, to'shagimdan xabar olmay qo'ydi demayapti, desa haqiqatida. Ammo shu so'zlarni ishlatishdagi go'zallikni qarang. So'zdagi go'zallikka qarang. Biz qachon o'rganamiz shu narsani?
Deb, go'zallikka bo'lgan oshiqlik, fahm farosat, musulmon odam shunday bo'lishligi kerak. Innalloha jamilun, yuhayb buljamal. Albatta Alloh Taolo go'zal zotdir, go'zalligini yaxshi ko'radi. Alloh azza va jallab barchalarimizni odobimizni, qalbimizni, shaklimizni, liboslarimizni, fe'llarimizni, so'zlarimizni, uylarimizni, do'konlarimizni, ko'chalarimizni go'zal qilishlikka o'zi tavfiq bergan bo'lsin. Chunki go'zallik dinimizning talabi manda o'zini borlig'ini go'zal qilishga harakat qilar ekan, al jamiy bo'lgan robbisiga yaqinlashib boradi.