# 21-Dars AL-MU'TIY: Asma-ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/kk-cyrl/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 24 of 110
- Section: Al-Muʼtiy
- Duration: 32 min
- Original title: 21-Dars AL-MU'TIY / Asma-ul-Husna
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno/24
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/zNr_Ei7FIyI.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=zNr_Ei7FIyI
- In this course: [previous](https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno/23.md) · [next](https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno/25.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohiym. Bismillahir rohmani rohiym. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassalotu vassalomu ala sayyidina Muhammad as sodiqul va adil amin. Allohum ala ilmalana illa ma'lamtana. Innaka antala alimul hakim. Allohim ma'lim na ma yonfa ona, vamfa ana bi ma'lam, tana vazid na ilma. Allohim ma'rin al haqqa, haqqon orzuqunatdibaa, va'rin al ba'tilabaa, tilam orzuqunatishdek naaba.

[0:41] Voja anna mimay yestame'un, unal qovlu fayad tabiuni axsana. Vodixil nabirahmat aka fiya ibodika solihayn. Amma ba'd, assalomu alaykum, rahmatullohi itarib va bir akabah. Alloh aziz va jalol, ushbu saidullohi ayyom kuni barchamizga muborak qilgan bo'lsin. Bismillahir rohmanir rohim. Alloh subhanah va taoloning go'zal ismlaridan asmo husno haqida olib borayotgan darsimizni navbatdagisi. Bugun Alloh azza va jalloning go'zalismlaridan Almultiy ismi haqida suhbat qilamiz. Almultiy, ato qiluvchi. Alloh subhanahu va taoloning bu go'zal ismi Qur'onda zikrga kelmagan. Ammo Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahih hadislarida zikr qilingan. Bu hadis Imom Bahoriyning sahifalaridan keltiriladi. Muoviya roziyallohu anhudan.

[1:29] Qoli rasulullohi sollallohu alayhi vasallam man yuridil lahhu bihi hayron yufaqiy xufid din va allohul moti. Alloh kimga yaxshilikni ravo ko'rsa, uni dinda faqih qilib qo'yadi. Ya'ni islom dinida fiqhni tushunadigan, dinni anglaydigan kishiga kishiga yaxshi ko'rganligini alomati oladi. Dinda faqih qilib qo'yadi va Alloh mu'tiydur, ya'ni ato qiluvchidir. Bugun Alloh Taoloni siz bilan bizga bergan atoyotlari haqida suhbat qilamiz. Odam bolasi dunyoga kelar ekan, unga Alloh Taolo imon degan ne'matni bergan ekan. Undan keyingi o'rinda turadigan ne'mat bu birodarlar ilm. Ilm Alloh azza va jalla ato qilgan eng ulug' fazl.

[2:19] Alloh subhanahu va taoloning inson surasida aytadi astayribilla va allamaka ma'lam takunu ta'lam va ka'na fadlullohi alayka g'iyman. Zero Alloh sizga bilmagan narsalaringizni bildirdi. Allohning sizga bo'lgan fazli marhamati ulug' bo'ldi. Demak, ilm Alloh Taoloning eng ulug' fazli, marhamati. Alloh subhanah va taolodan odam bolasiga idrok qilishlik quvvatini berdi. Aql degan ne'matni berdi. Mana shu quvvatini ishga solib, ilm talab qilmasa, haqiqatni istamasa, o'zini oliy insoniylik martabasiga yeta olmaydi. Balki o'ziga yarashmaydigan past manzillatga inson tushib qoladi. Shuning uchun aytilinadi, agar oxiratni istasang ilm talab qil. Agar dunyoni talab qilsang ham, ilm talab qilib. Ikkalasini qo'shib xohlaydigan bo'lsak, ilm talabni qilaylik. Qaysi yurtda, qaysi elda ilm, bizni zamonda tili bilan aytganda, avtoritet narsa bo'lmasa, ilm odamlar intiladigan, maqsad qiladigan narsa bo'lsa, bu yurtni, bu xalqni o'sishligi mahor bo'lgan ishlardan. Chunki Alloh azza va jalla Mujodalar surasida aytadi, astayvelilar. Hal yasta villadaina ya alamuna va la dina la ya alamun.

[3:37] Ayting, biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo'laverma. Bu so'roq gapga o'xshayapti o'zi asli. Mi deyapti da, barobar bo'lurmi? Lekin haqiqatda bu darak gap. Ilmli odam bilan ilmsiz odam hech qachon barobar bo'lolmaydi. Alloh taolo boshqa oyatda aytadi, istaydi beringlar. Yarfaillahiullah dina a'manu minkum va la dina u tul a inima daraja.

[4:05] Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni baland daraja, martabalarga ko'tarib. Ilmli odamni darajasini ko'taraman deyapti Alloh subhanahu va taolo. Shuning uchun o'zimizda shu ilm bo'lmasa, yoki bizga ilm o'rganishlikka fursat bo'lmagan bo'lsa, o'zimiz ilmsiz bo'lib qolgan bo'lsak, endi farzandlarimizni ilmli bo'lishiga harakat qilaylik. Endi farzandlaringiz ham yoshi katta bo'lib qoldi, ular ilm ololmaydigan bo'lib qoldida desak, nabiralarimizga e'tibor beraylik. Agar nabiralarimizdan olim ulamolar chiqadigan bo'lsa, biz o'sha martabaga yetgan bo'lamiz. Chunki ular bizni davomchilarimiz, zurriyotlarimiz, ularni ilmli bo'lishingizga biz yordam berishligimiz kerak bo'ladi.

[4:50] Demak, ikkita narsa musulmonni qadrini ko'taradi. Ilm, amal. Mana shu ikkita narsa bilan, qarang mana, ilm va amal bandalarni qadr qiymatini o'lchaydigan o'lchov. Dinimizda mana shu deyilgan. Shuning uchun Allohni nazdida qadr qiytimiz baland bo'lishingni xohlasak, shu ilm degan narsani va undan keyin orqasidan amal degan narsani o'zimizda paydo qilishga harakat qilaylik. Shu bilan Alloh Taolo bizni qadrimizni baland deb aytadi. Endi dunyoda, odamlarni orasida kimlarni qadri baland? Dunyo kishilari kimlarni baland odamlar deb biladi? Sanaymiz. Qo'shiqchilar, sportchilar, yana kim? Mansabdorlar, badavlat odamlar. Mana shularni odamlar boshqa odamlardan baland odamlar de biladi. Lekin Robbimiz Subhanallohu ato'g'li bularni birontasini aytmayapti, bandani qadrini o'lchayotganda. Biz uchun ilm va unga bo'lgan amal.

[5:57] Ilm. Alloh Taolo haqidagi ilm bor, maxluqotlar haqidagi ilim bor va Alloh Taoloning buyruqlari haqidagi ilmi bor. Uchga bo'ldik. Allohni o'zi haqidagi ilml, maxluqotlarni haqidagi bilm hamda Alloh azza va jallani buyruqlari haqidagi bo'lgan ilm. Endi maxluqotlar haqidagi ilm bilan Allohni buyruqlar haqidagi bilimni o'rganishlik uchun biror dalolat kitob kerak, mudorasa kerak, muallim kerak, vaqt kerak.

[6:29] Allohning zoti o'zi haqidagi ilimga esa mujohada kerak bo'ladi. Shuning uchun mana aytyapmiz, agar inson ilm yo'li yurar ekan, Alloh taolo almutiy bo'lgan zot, ato qiluvchi bo'lgan zod. Mana shu almutiy bo'gan robbimizni ato qilgan eng ulug' ne'mati, iymondan keyin nima bo'lyapti? Ilm bo'lyapti. Shuning uchun aytyapti payg'ambarimiz, men yulillahi bihi xayron yufaqiy qufiy din. Alloh qaysi bandaga yaxshilikda ravo ko'rgan bo'lsa, dinda faqih qilib qo'yadi. Dinni tushunadigan qilib qo'yardi. Mana shu odamga Alloh yaxshilik ravo ko'rkanligini belgisi bo'ladi. Chunki birodarlar, bizni tushunchamizda, e e, zuvolamizni katta olgan ekan. Allohga yoqqan joyimiz bor ekan, shuning uchun zuvolamizni. Yo'q. Boylik mukofotmas, kambag'allik jazomas. Boylik sinov, kambag'allik shifo.

[7:32] Ilm musulmon kishini hayotdagi asosiy maqsadlardan bittasi bo'ladi. Bu ayrim odamlarni tushunchasidayidaqa bo'lib, bekor qolganda qiladigan, pensiyaga chiqqanda qilinadigan, haligi ishlardan bo'shab qolsa uxladigan, qilinadigan ish emas ilm talabi. Yana qaytarib aytamiz, ilm talabi musulmon kishining hayotdagi asosiyni nimasi bo'ladi? Maqsadi bo'ladi.

[7:58] Ali roziyallohu aytadi, ey o'g'lim, ilm moldan yaxshi. Chunki ilm seni qo'riqlaydi. Sen esa molni qo'riqlaysan. Moli davlatni to'plaganlar, tirik holatda o'lib bo'lishgan. Ammo ilm egalari esa, o'zlari o'lib ketsa ham, ularni zikrlari odamlarni tillarida. Ilm moldan yaxshiroq. Mol sarf qilgan sari ozaysa, ilm sarf qilgan sari ko'payadi.

[8:29] Inson zoti dunyoda yashar ekan, uni ehtiyojlari bor. Oliy ehtiyojlar bor va pastroq bo'lgan ehtiyojlar i bor. Ana shu oliy ehtiyojlarining eng oliysi ilm. Sizni rizqingiz Alloh tomonidan kamroq belgilangan bo'lishi mumkin. Ya'ni kambag'al deb yozib qo'ygan. Agar ilm egasiz bo'lsangiz, mana shu kambag'allik jazo emasligini, balki Alloh Taolo sizni martabangizni ko'tarish uchun berganligini tushunasiz, agar ilmingiz bo'lsa. Ilm bo'lsa, boy bo'lsin, kambag'al bo'lsin, sog' bo'lsin, kasal bo'lsin, insonni hayoti saodatli bo'ladi. Chunki unda ilm bor, Allohni tanitadigan ma'rifat bor.

[9:11] Ilmdan, ma'rifatdan uzoq bo'lgan kishilar, ular haqida Alloh Taolo nima deydi? O'qib nima bo'ladi deganda qo'y deydi borib. O'g'il bolalar, xususan mana, birinchi ilm o'rgansin. Agar layoqati, qobiliyati bo'lsa, ilm o'rgansin. Eng afzal ish boydoqlar, ilm o'lganish. Sizlarni yoshinglarda. Agar ilmga layoqati bo'lmasa, hunarni o'rgansiz. Va qolganlar.

[9:39] Shu o'rinda nima bo'lsa yu o'rganyapsizlar? Nimaga desa, til bilmaysizlar. Biror bir obrazovaniya yo'q. Qo'lingizda hunar ham yo'q, endi nima bo'lasiz? Chorniy rabochiy bo'lasiz da. Mayli, uni ham kimdir qilishi kerak, lekin bo'ydoqlikda akalar mana ikkita variant bor. Ilm o'rganib, birov sohani kuchli mutaxassisi bo'ling, o'sha kulturniy o'tirib, oppoq ko'ylak bilan, klaviaturniy o'tirilib, o'sha bir ishni qiling, oylikni oling. Xo'p, o'qishga qobiliyat yo'q. Hunar olsin, otalar, bolalarimiz. Birovni bolasi tez katta bo'ladi. Nima degani bu?

[10:11] O'zingni bolangga ishing yo'qda, katta bo'lib qolgan bilmaysan. Bolanglar katta bo'lib kolyapti, hunar bermayapsizlar. Shuning uchun otalar, e'tibor beringlar. Bolalar bilmaydi bu vaqtini, oltinga ham kelib topa olmasligini. Ilm ma'rifatdan uzoq bo'lgan odamni Alloh Taolo nima deydi? Astaydu billah, inhum illa kal'an'am, balhum adolat saviyla. Ular hech narsa emaslar, magar chorvo hayvonlari kabidirlar, yo'q, ular yanada yo'ldan ozg'inroq kimsalardir. Ilmga beparvo bo'lgan, ilmga muhabbat bo'lmagan, ilm bilan umuman ishi bo'lmagan odamni Alloh Taolo chorvo hayvonligiga o'xshatyapti.

[10:50] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar kun aliman. Av mutaalliman, av mustamiyan, av muhibban, fala takuna homiysa illa fathahlaka. Yo olim bo'l. Payg'ambarimiz ummatiga aytyaptilar, yo olim bo'l, yo mutaallim, ilm o'rganuvchi bo'l, yo eshituvchi bo'l, yoki yaxshi ko'ruvchi bo'l. Beshinchisi bo'lma. Beshinchisi kim? Ilm bilan ish yo'q, ilmga beparvo bo'lgan odam. Agar bunday bo'lsang halok bo'lasan deyapti.

[11:20] Olim bo'lolmadik. Ilm o'rgandaylik. Ilm o'lganiga kallamizni olmay qo'ydi. Katta bo'lib qoldik, ishimiz ko'paydi, bahona. Eshituvchi bo'laylik hech bo'lmasa. A? Hech bo'l masa eshituvchi bolaylik. Agar darsxonaga borgani, vaqtingiz ham bo'lmasa, eng kamida shu darsxonani yaxshi ko'ruvchi bo'lib qo'yaylik. Men borolmayapman, lekin darsxonaga borish kerak deb qo'ying. Agar ilmga beparvo bo'lsangiz, mana shu to'la rasmdan birortasi bo'la olmaydi. Halok bo'lasiz deyaptilar. Kim? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Qani endi. Biz alloh taoloning al bu'ti ismi haqida dars qilyapmiz. Ato qiluvchi. Alloh ato qilgan narsalarni eng birinchisi iymon bo'lsa, orqasidan ilm. Ana shu ilmdan xabari bo'lmagan johil odam bankdan protsentga pul olib, bir rez manaqa qilsam, boyib ketaman deb o'ylayapti. Agar riboni xoramligini, riboni ushlagan odam Allohga qarshi qilich ko'tarayotganligini va ikki dunyoda xor bo'lishi ilmidan xabardor bo'lganida riboga pul olarmidi?

[12:17] Bir gap bo'ladi, kel dedi, bitta to'yda o'tkazib olay dedi, bankdan pulni oladi, shart to'yda o'zgazadi, restoranda varoqlatib, keyin nima qiladi? Nima qila olmasdan? Ko'ring da, ilmsizlik qanchalar musibatligini. Kim shunaqa musibatga kirgan bo'lsa, bilingki ilmsiz edi bu. Nafsini ko'yga kirdi. Ilmsizlik buni halokatga olib bordi. Rostini aytyaptilar ku, beshinchisi bo'lma, ilmga beparvo odam bo'lma, halok bo'lasan. Demak, Alloh azza va jallaning ato qilgan mehnatlarining eng ulug'lardan bittasi nima ekan? Ilm. Ilm, ilm. O'zi dinimiz ham o'sha o'qi degan kalimabal boshlangan a? Payg'ambarimizga birinchi nozil bo'lgan oyat, birinchi nozilbo'lgan so'z, birinchi nohil bo'lgan buyruq, o'qi, iqro.

[13:07] Ilm, kitob bo'ladi. Ustoz bo'ladi, oldida o'tirasiz, o'qib beradi, olasiz, o'qilib berasiz, tekshiradi, shu ilm. Shu ilm bo'ladi. Alloh taoloning in'omlaridan suv. Alloh azza va jaloning in'omi. Ato qilgani. Va allohul multiy deyaptilar rasululloh. Alloh ato qilguvchi zotdir. Suv. Alloh Taolo xonandani aytgan, biz hamma tirik narsani suvdan yaratganmiz. Bizchi suvni saqlashni o'rgandik, idishlarga quyishni o'rgandi, oqizib kelishni o'rganding, shunga o'xshagan ishni o'rganda, lekin suvni asliga bularni hech qaysini aloqasi yo'q.

[13:50] Suv. Alloh Taoloning buyuk ne'mati. Atrofimizda bor narsaki, Alloh Taoloning ne'mati. Haligi, johillikdan menga hech kim hech narsa bergan emas. Men hamma yoqda o'zimni nima bilan kuch quvvatim. Subhanalloh. O'sha kuch quvvat kim beruvdi senga? O'sha boyagi ilmsiz bo'lganligi uchun gapiryapti da bu gapni.

[14:20] Alloh Taolo al multii ato qiluvchi ekan, iymoni berdi, ilmni berdi, suvni berdi. Ato qilguvchi ham, man qilguvchi hammalloh subhanahu va taoloning o'zi. Ato qilganda ham Alloh o'zini xohlagani qilayotgan bo'ladi. Man qilayotganda ham o'zini xohlagani qilayotgani bo'ladi. Fa'run lima yuriydi. Alloh xohlagani qilib bo'lgan zot. Alloh Aziz va Jalol berishlik uchun avval man qilar ekan.

[14:53] Berish uchun avval men qilar ekan. Aziz qilishlik uchun omon pasaytirar ekan. Berishlik ham sinov edi, olishlik ham sinov bo'ldi. Inson bolasi, birodarlar omonatni o'zini zimmasiga oldi. Din degan, Allohga qulchilikni ixtiyori bilan qilishlik degan omonatni o'sini zimmasiga soldi. Vaholanki, bu omonatni tog'lar, osmonlar, yerlar ko'tara olmagan edi. Inson ko'tardi. Mana endi shu omonatni erkasiga oldi ixtiyori bilan qul bo'lishi edi. Mana endi Alloh tomonidan unga sinovlar keladi.

[15:32] Inson mana shu omonatini ko'tarishida xatoga, kamchilikka, nuqsonga yo'l qo'ydi. Namozlarimizda kamchilik bor, tavakkulimizda kamchiligimiz bor, tahoratimizda kamchiligi bor, to'g'rimi? Ana shu kamchiliklar bizdan sodir bo'lishni boshlaganda, Alloh tomonidan bizga muolaja keladi. Dard keladi. Qarz keladi. Musibat keladi. Bu ilohiy muolaja. Kimga? Mo'min bandasiga. Qarang da, alloh azza va jalloh mehribon zot. Bandadan xato sodir bo'ldi. Istig'for aytmadi. Yana sodir qildi. Istig'for aytmadi. To'planib, to'planib, ancha bo'lib qoldi. Shunda mehribon Robbimiz bitta dard berar ekan, bitta qarz berar ekan, bir bitta bir qalbimizga yoqmaydigan makruh musibati berar ekanda, qolgan hamma gunohlarni o'chirib tashar ekan.

[16:27] Demak, bizga kelayotgan makruhotlar, bizga yoqmaydigon ishlar. Aslida nima ekan? Alloh taoloning muolajasi ekan. Faraz qiling, bir korxonani rahbari bir ishchini ishga oldi. O'zi xohlamaydi, lekin birorta iltimosi bilan oldi. Olti oyga sinov muddatini belgiladi. Mana shu olti oygacha u xato kamchiliklari bo'lsa boyagi sinovdagi ishchini, sanab sanab sanab to'plab yuradi da, yetarli bo'lgandan keyin haydaydi.

[16:57] Chunki uni xohlamayotganini olishdi. Ammo shu korxonani rahbari o'zini o'g'lini, o'zini farzandini ishga olsa, unga ham olti oy muddat sinov bilan. Uni ham xatolarini kuzatadi. Xato bo'lishiga o'rnida to'xtatib turib tuzatib qo'yadi. To'planib haydalishigacha olib bormaydi. Ikkita xato bo'ldi, to'xtatadi, tushuntirib qo'yadimi, qilma bu xatoni deydi. Otali mehri shunday qilishga majbur qiladi. Robbimiz subhanahu vatolini ishi ham xuddi shunday bo'lyapti lillahi ilmatalul a'l. Mo'min bandani xato kamchiliklari ko'payib to'planib, istiqbora qilmay qo'ysa, bitta darti berib yuborar ekan.

[17:35] Mana ilm shu narsani bizga o'rgatyapti birodarlar. Alloh taoloni berishi, aziz qilgani emas, man qilishi, xor qilgani emass, bergani sinov, man qilishi shifo bo'ldi, muolaja bo'ldi. Umrimda xattotdan rivoyat qilinadi. Inna hadad dunya darut diva la dabus diva. Albatta bu dunyo tekislik emas, balki qidir qiyshiqlik, eriylik dunyosi. Bu dunyo biron kimsa uchun tekis bo'lmaydi. Biron kimsa uchu. Agarchi hamma yog'ingiz tekis bo'lib, xato kamchiliklaringiz bo'lsa ham, hech qanday sinov kelmayotgan bo'lsa, Allohdan qo'rqing.

[18:18] Mana men namoz o'qimasam ham ishlarim ketyapti. Mana rivoyat qurasam ham zo'r yuribman. Hech qanday menga musibat kelmayapti, degan odam ehtiyot bo'lsin. Fir'avn ana robbukumul a'la, men sizlarni eng oliy robbilarman degan. Yuz yil deyiladi yashagan, tish og'rimagan ekan hattoki. Shuning uchun ancha muncha dard kelsa nima qilmaylik ekan? Ming'illamaylik.

[18:42] Ha, dard keldi, bu degani ko'taraverdik. Emas, davolang. Payg'ambarimiz aytganlar, agar Alloh bir dard bergan bo'lsa, davosini ham yaratgan. Ey bandalar, shifoni qidiringlar degan. Lekin ming'illamang. Va daru tarohin la daru farohin. Dunyo bilgan kimsa uchun, qayg'u hovlisi, xursandchilik hovlisi emas.

[19:06] Shuning uchun mana asarlarda keltiriladi. Ha man aro faha lam yafro li ruho. Kim dunyoni haqiqatini tushungan bo'lsa, uning yengilligiga xursand bo'lmaydi. Olam yaxzali shiddat. Mashaqqat uchun hayg'uga botmaydi. Ana, va innalloh ta'ala xoloqa dunya darul balval. Ogoh bo'linglar. Albatta Alloh Taolo bu dunyoni balo imtihon hovlisi qilib yaratdi. Imtihon hovlisiga yuz yil yashayman deb imorat quramiz. Vaqtincha bo'lgan bu omonat vatanimizda abadiy qoladigandaqa ishlaymiz. Vohadan kelib bu yer ekinzor edi xolos. Dehqon bahorda ijaraga yerda oladi, kuzda topshiradi. Shuning uchun imkon boricha foydalanishga harakat qiladi, olti oy, yetti oyni ichida. Bir yilda ikki marta, uch marta hosil oladigan narsani ekadi. Foydalanib qolay deydi. Bu dunyo birodarlar bizga vaqtinchaga berilgan ekin maydoniga o'xshaydi. Foydalanib olishimiz kerak.

[20:07] Alloh taoloning in'omlari, iymon, ilm, suv, sinovlar. Keyingi ne'mati. Vujudda bor bo'lishimiz ham Alloh taoloning, ilmi utdek bo'lgan robbimizning ulug' ilomi. Birodarlar, bu shunaqa ne'matki, erdan odam bo'lishiga yaraydigan o'sha tochkalardan yigirma millionga yaqin bitta o'tar ekan o'tganda. Yigirma million.

[20:41] Shuni o'zi ne'matmasmi? Bizni Alloh taolo bor qildi, vujudga keltirdi. Ismimiz bor, jismimiz bor, tabiatimiz bor, uyimiz bor, ayolimiz bor, farzandimiz bor, taomimiz bor, libosimiz bor. Bizni bor qildi. Birodar bu ulkan ne'mat. Qolganlari qayerga ketdi haligi millionlaganlarda? Yo'q, bular.

[21:03] Shuni o'zi uchun shukur qilib, tilimiz birodarlar hamdam to'xtamasligi kerak. Yana dunyoga kelib, otamizni kimligini tanidik. O'g'il bolani eng katta boyligi nima? Otasini kimligini tanishlik. Xuniydir, chiroylidir, boydir, kambag'aldir, otangizni taniysiz. Kim olasan desa, falonchini o'g'liman deysiz. Bir qadim yozilgan kitobni olib o'qiymizda, o'zimizga bir ma'ruza olamiz. Qancha olgan ekan bu kitob yozilgan ekan. Besh yuz yil burun, subhanalloh. Shunda savol keladi kallaga. Men qayerda edim o'sha besh yuz yil burun?

[21:41] Ishingiz yurishmayotgan bo'lsa, qarzingiz bo'lsa, dardingiz bo'lsa, shu savolni bering da. Besh yuz burun qayerda edim men? Yo'q edim. Ismim ham yo'q edi, jismim ham yo'q u edi. Endi besh yuz yilda dan keyin qayerda bo'laman? Yana yo'g'ulaman. Ismim ham qolmaydi, jismim ham qolmaydimi? Biz nimalar bilan ovora bo'lib yuribmiz? Qayerdan keldik? Qayoqqa boramiz? Kim edik? Hech kim emas edik. Hozir kimdirmiz? Ya'ni yuz yildan keyin. Vavvoh, mana bu yerda turgan odam birontasi qolmaydi.

[22:14] Dunyoda g'am qilganlarda aniq zikr qolmaydi. Ammo ilm ma'rifat yo'lida yurib, bironta bir kitob qoldira olgan bo'lsa, o'sha odamni ismi kim ekan muallifi desa, Burxoniddin Marg'iloniy, Imomizarno'ji, Sirojiddin O'shi, Muhammadin Ismoil Al Buxoriy, kimlarni ismi qolibdi, birodarlar? Odamlarni tillarida, ilm egalarida.

[22:39] Alloh Taolo al ma'utiy bo'lgan zot. Alloh azza va jalla bizga yana ato qilgan ne'matlardan bittasi, zurriyot. Nasl nasabimizni davom etishligi. Alloh azza va jlla juftga muhtoj edik, uni ato qildi. Yana nasl nasabimizda ham davom etishlikka imkon berdi. Albatta bu ulkan ne'mat. Qarang, bir ellik besh juma gapirgan edik, mana shu minbardan. Islomda farzand tarbiyasi degan dars. Shunda bir juda ham bir ajib bir tsvetatalar kelgan edi. Shundan bittasi, kim o'ldi, o'shti bo'lib ketishni xohlamasa, farzandlarini tarbiya qilsin. Kim o'ldi o'shti boib ketishlikni xohlamasa farzandlarini ta'biya qilsin! Farzandingizdan yoki nabirangizdan olim chiqdi. Shu olimni ismi zikr qilinar ekan, qilgan ishlaridan ajr sovob bo'lar ekan, sizga boraveradi. Muhammadun ismoil al buxoriy.

[23:41] No'monun sobit, aboxonifah rahmatul oliy. Imomush xofiy. E, ming yildan to'lab o'tgan ekan. Lekin qaranglar, ismini zikr qilyapmiz hali ham. Chunki ular ilmni ushlagan edi. Alloh Taolo Qur'onda marhamat qiladi. Astaydu billah. Hali ataa al al insani xaynu mina dahlil alam yakun shay'an mafkura.

[24:04] Aniqki, insonning ustiga zamondan u tilga olgunlik biror narsa bo'lmagan vaqt, muddat ham kelgandir. Bir zamonlar bo'lgan u inson hech kim emas edi, tilga olinadigan narsa emas edi. Aytdik ku, besh yuz yil burun qayerda edik? Jismimiz ham yo'q, ismimiz ham, hech narsamiz yo'q edi. Bizni hech kim tilga ham olgan emas. Mana shunday davr bo'lgan ekanlar. Dunyoga kelishimizdan oldin har birimiz uchun. Endi dunyodan ketganimiz ham xuddi shunday bo'ladi.

[24:35] Keyingi leyman, rushda hidoyat. Robbimiz al ma'utiy ato qiluvchi bo'lgan zot. Rushda hidoyat ham Alloh Taoloning in'omidir. Hidoyat birodarlar, Alloh tomonidan beriladi. Faqat banda qo'lini cho'zishi kerak. Ifdina s sirdaryol mustaqiy. Har kuni namozda aytamiz. Bizlarni mustaqim yo'lingga hidoyat qilgin. Boshlagin. Agar Alloh bizni hidoyat qilib turmasa, Alloh o'zi nazorat qilib, rahmati bilan ushlab turmasa, biz bir lahzada adashib ketishimiz mumkin. Vala takil na ilam, fusing na torfata, aynin vala aqollar min zaligi arhamar rohing deb duo qilamiz. Parvardigor bizni, bizni, o'zimizni holimizga tashlab qo'ymagin. Ko'zni bir ochib yumunchalik muddatga ham. Bir sekundda besh marta tosh yopilar ekan ko'z.

[25:25] Mana shu muddatchalik ham o'zimizga tashlab qo'ymagin. Men tochno adashmayman, men o'qiganman, ilmliman men. Menda hamma kitob bor, hech qachon yo'q akalar. Yo'q akalar, siz tupurgingizni ham yuta olmaysiz, agar Alloh rioya etib saqlab turmasa. Na pastni olasiz, chiqmay qo'yadi, agar Alloh saqlamasa. Alloh uzr ruchka hidoyat bersin. Parvardigor, nima qilmagin? Seni g'azabingga uchragan, adashganlarni yo'li bo'lmagan, so'roq tol mustaqimga hidoyat qilgin. Hidoyat, ruscha hidoyat ham Alloh Taoloni bergan ulkan ne'matlaridan.

[26:00] Alloh Taolo al-Mu'tiy bo'lgan zot. Koinotni inson zotiga bo'yin sindirib berdi. Qaranglarda, biz mana shu jismoniy quvvatimiz bilan yeta olmaydigan, erisha olmaydigan xayriyatlarga Alloh Taolo ilm berdi, aqlimiz bilan erishamiz. Eng kuchli odam besh yuz kilo yukni ko'tara olmasligi mumkin. Besh yuz kilo. Lekin Alloh bergan ilm degan, aql degan ne'mat bilan yuzlagan tonnani ko'taradigan asbobni qildik. To'g'rimi? Koinotni bo'ysundirib qo'ygani shu emasmi? Neftni chiqarib ishlatyapmiz. Gazni chiqarib ishlatyapmiz, o'rmonda kesil ishlatyapimiz, hayvonlarda so'yib yeyapmiz, koinotni inson zotiga bo'yin sindirib berdi. Va sahhor alaqum man fissama va ati va man fil aldi jami amin. U o'z tomonidan sizlarga, osmonlardagi va yerdagi barcha narsalarni bo'yin sindirdi. Alloh bo'yin sindirilib berdi. Qarang, bizga bo'yin sindir berdimi odam zotiga? Demak bo'yin sindirilgan narsa baland bo'lolmaydi. Biz Allohni nazdida shu koinotdan balandroq ekanmiz.

[27:10] Bizga bo'yin sindirdimi, demak biz balandmiz bu koinotdagi maxluqotlardan. Albatta bu Alloh Taoloning in'omi bo'ldi. Ali roziyallohu anhu aytadi, ma'loikalar shahvatsiz. Ammo aqldan tarkib topdilar. Shahvati yo ahli bor. Hayvonlar, aqlsiz, lekin shahvatdan tarkib topdilar, aqli yo'q, lekin shahvati bor. Inson bolasi esa ikkalasidan tarkib topdi. Ham aqli bor, ham shahvati bor! Agar inson bolasini aqli, shahvatidan ustun kelsa, maloikalardan oliyroq martabaga ko'tariladi. Agar shahvati aqlidan ustun kelsa, inson zoti hayvonlardan ko'ra tubanroq tushib ketadi.

[27:57] Demak, insonda farishtalardan oliy bo'lishlik ixtiyori yoki hayvonlardan tuban bo'lishlik iqtiyori bor. Birov sizga bir yangi jihozni olib kelib hadya qildi. U o'zini kashfiyoti, o'zi o'ylab topgan narsa hadya qildi? Haligi odamga nisbatan sizda ikkita bir shuvr paydo bo'ladi. Birinchisi hurmat, ikkinchisi minnatdorlik.

[28:21] Kashfiyot qilibdi, yangi narsani kashf qilibdi. Bu sizni qalbingizda unga nisbatan hurmatni paydo qiladi. Qara. Kashf qilibdida deysiz. Endi, sizga uni bekarga berganligi boyagi jihozini, minnatdorlik hissini paydo qiladi ichingizda. Robbimiz subhanahu va taolo yaratdi, hidoyat berdi siz bilan bizga. Bu robbimizni ulug'lashlikka, u zotga iymon keltirishimizga olib borsa, endi ne'matlarni bizga bekorga bergani ham aytib qo'yibdi. Bu shukur degan narsani paydo qilishlik kerak.

[28:50] Iymon va shukur. Endi kim iymon keltirsa, shukur keltirsa, maqsaddan molga oshiribdi. Qaysi maqsadni? Qaysi maqsudni? Alloh taoloning maqsadini. Voma xoloq tul jinni val insa illali abudun. Men dedi Alloh azza va jalla, insonlarni va jinlarni faqat o'zimga ibodat qilish uchun yaratdim dedi. Mana inson robbisini tanidi, shukur keltirdi, demak maqsad ro'yobga chiqdi. Allohni xohlagan maqsadni ro'yobga chaqirdingiz. Endi, ana shu maqsadni rioya qilayotgan paytda xatolar bo'ladigan bo'lsa, ustimizga ilohiy muolaja keladi. Boya aytib o'tdim a. Dard keladi, qarz keladi, musibat keladi, muammo keladi. Shunda muammo menda qaysi gunohim uchun demasligi kerak. Chunki bu muolaja deyapmiz. Ha bilasiz u, bilasiz u, bir jasadingizga bir yaraparat chiqadigan bo'lsa, tabiiy borib kesadi dod tegizib. E nimaga kesyapsan demay sizdan. Chunki kesmasa nima olasiz? Xuddi shunga o'xshaganda sizni qilgan xatolaringizga shifo bo'lib, muolaja bo'lib musibat kelsa, nima uchun demang.

[30:09] Muammo unday demanglar. Ey Allohga kerakmi mana shunaqa qilib bizga musibat berish, qarz berish yoki dard berish? Robbimiz Subhanallohu ato'g'li aytadi ma yaf'alullohu biya'da bekum in shakartum va amantum. Ey sizlar shukur keltirib, iymon keltirsanglar Alloh nima qiladi sizlarni azoblab? Qaytaramiz. Agar sizlar shukur keltirib, iymon keltirsanglar, nima qiladi Alloh azoblar? Endi sizlar shukur kelib, iymon keldirganlardan keyin ham azob kerak ekan bo'lsa, birinchi nima ekan bu? Muolaja ekan. Birodar, hozirgi yurkulab turgan yoshligingiz o'tadi. To'g'rimi? To'g'ri. Qaraysiz. Qaraysiz, agar yetib borsangiz. Bu haligi bir qilichdek bir sog'lom yurishingiz, bu ham ketadi. Yengil kuningiz ham ketadi. Xursandchiligingiz ham ketadi, xuddi shunga o'xshagandek birodar. Bu qarzingiz ham ketadi. Dardingiz ham ketadi? Boshingizdagi mashaqqatli kunlar ham ketadi. Bularni bari nima ekan siz uchun? Ilohim muolaja ekan. Shuning uchun musulmon odam har bitta holatida, qalay ahvolingiz? Qalay siz desa nima deymiz?

[31:19] Alhamdulillah deydi. Chunki biz ilmdan xabardor bo'ldik hozir. Aytdik ku, Alloh Taolo bergan ne'matlarni ulug'laridan ilm. Bu musibat ham bizga o'zi aslida shifo ekan. Shuning uchun nima deyapmiz? Alhamdulillah, herob bilan aylanamiz. Demak, oyat juda ham daqiq. Agar shukur qilib, iymonli bo'lsangizlar, Alloh sizlarni nega azoblasin. Aql u qovli.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [1:30] Hadith: Sahih al-Buxoriy, 71 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “vasallam man yuridil lahhu bihi hayron yufaqiy xufid”
  - Arabic: من يرد الله به خيرا يفقهه في الدين، وإنما أنا قاسم والله يعطي، ولن تزال هذه الأمة قائمة على أمر الله لا يضرهم من خالفهم حتى يأتي أمر الله
- [18:46] Hadith: Sunani Abu Dovud, 3855 (grade: Sahih (Albaniy))
  - Said in the lecture: “Payg'ambarimiz aytganlar, agar Alloh bir dard bergan bo'lsa, davosini ham yaratgan. Ey bandalar, shifoni qidiringlar degan. Lekin ming'illamang. Va daru tarohin la daru farohin.”
  - Arabic: تداووا فإن الله عز وجل لم يضع داء إلا وضع له دواء غير داء واحد الهرم
- [23:58] Quran Al-Insaan 76:1
  - Said in the lecture: “Hali ataa al al insani xaynu mina dahlil alam yakun shay'an”
  - Arabic: بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ هَلْ أَتَىٰ عَلَى ٱلْإِنسَٰنِ حِينٌۭ مِّنَ ٱلدَّهْرِ لَمْ يَكُن شَيْـًۭٔا مَّذْكُورًا
  - Uzbek translation: Haqiqatda insonga, u esga olinadigan narsa boʻlmagan bir zamon kelmadimi?

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustozga ko'ra, ilm va molning sarf bo'lishi jihatidan asosiy farqi nimada?
   - a) Mol sarf bo'lgan sari ko'payadi, ilm esa ozayadi
   - b) Mol va ilm ikkalasi ham sarf bo'lgan sari ozayadi
   - c) Mol va ilm ikkalasi ham sarf bo'lgan sari o'zgarmaydi
   - d) Mol sarf bo'lgan sari ozaydi, ilm esa ko'payadi — correct
   - Why: Darsda ustoz mol sarf qilgan sari ozayishini, ilm esa sarf qilgan sari ko'payishini ta'kidlagan. [7:58–8:27]

2. Ustozga ko'ra, mo'min bandaning xato va gunohlari to'planganda, Alloh ularni qanday yo'l bilan o'chirib tashlaydi?
   - a) Qarz to'lanishi orqali
   - b) Istig'for aytilishi orqali
   - c) Namoz o'qilishi orqali
   - d) Musibat va dard orqali — correct
   - Why: Darsda Alloh mehribon Robb sifatida bandasining to'plangan gunohlarni bitta dard, qarz yoki musibat berib, qolgan hamma gunohlarni o'chirib tashlaydi degan fikr keltirilgan. [15:32–16:25]

3. Ustozga ko'ra, dunyo haqiqatini tushungan kishi uning yengilligiga qanday munosabatda bo'ladi?
   - a) Uning yengilligini inkor qiladi
   - b) Uning yengilligini e'tirof etadi
   - c) Uning yengilligiga xursand bo'ladi
   - d) Uning yengilligiga xursand bo'lmaydi — correct
   - Why: Darsda dunyoni haqiqatini tushungan kishi uning yengilligiga xursand bo'lmaydi, balki shiddat va mashaqqat uchun hayg'uga botmaydi, degan. [19:06–20:05]

4. Ustozga ko'ra, farzandlarini to'g'ri tarbiyalashning eng asosiy sababi nima?
   - a) Mol-mulk orttirish
   - b) Ommaviy mashhurlikka erishish
   - c) O'ldi o'shti bo'lib ketishni xohlamaslik — correct
   - d) Jahonni bosib olish
   - Why: Darsda ustoz shuni ta'kidlaganki, kim o'ldi o'shti bo'lib ketishni xohlamasa, farzandlarini tarbiya qilsin. [22:39–23:39]

5. Ustozga ko'ra, shukur va iymon keltirgan kishiga tushgan musibatlar nimani anglatadi?
   - a) Ilohiy muolaja va shifo — correct
   - b) Allohning g'azabi
   - c) Gunohlarning ortishi
   - d) Dunyoviy omadning yo'qolishi
   - Why: Darsda shukur va iymon keltirgan kishiga tushgan dard va musibatlar ilohiy muolaja va shifo sifatida tushuntirilgan. [28:50–30:08]
