MMaviza
Al-MuʼtiyТексерілген37 daq

23-Dars AL-MU'TIY / Asma-ul-Husna

Abdulloh Domla · Asmoul husno

Бұл тіл үшін аударма әлі жоқ. Төменде түпнұсқа (өзбекше) мәтін көрсетілген.
0:00
37:13
Өзгерістер тарихы

Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmani rohim. Alhamdulillahir robbil a'lamin. Vassolatu vassalomu ala sayyidina Muhammad as sodiqul va'dil amin. Allohum ala ilmalana illa ma'allam tana innaka antana alimul hakim. Allohum alamna ma ya'nfauna. Vam fayna bi ma'lum tana vazidna ilma. Allohum arin al haqqa haqqon orzuqunat tiba, va arin al botila botila orzuqun ashlinaba. Va ja'anla minma yestami unal qovli fayatda bi una husana. Vodixin nabi rahmat aka fiya ibodika solihai. Mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va baraka.

Alloh subhanah va taoloning go'zal ismlaridan asmon xusnodan ikki dars al motiy ato qiluvchi ismida dars qilgan edik, inshaalloh bugun davom etkazamiz. Alloh azza va jalla al motiy bo'lgan zot, ato qilguvchi. Abdullaahim, shaytoni rojiym. Man ka'na yuridul ajila ta'jjallalohu fihama nasha liman nuridu thumma ja'allalohu jahannama yasla hamma g'umon ma'duhirol. Kim naqd dunyoni ko'zlovchi bo'lsa, biz shu dunyoda ulardan o'zimiz istagan kimsalar uchun o'zimiz xohlagan narsani naqd qilib beravermiz. So'ngra oxiratda uning uchun o'zi mazamat va quvg'ingi duchor bo'lgan holda keladigan jahannamni joy qilib beraveramiz. Allohni tanimagan, iymondan uzoq bo'lgan kafirlar faqat shu dunyoni narsasini so'raydi.

Davom etkazamiz. Va man aro dal aqhirotava saa laha sayaha, voh va mo'minun fa ulaika ka na sayuhun mashkuru. Kim oxiratni istasa va mo'min bo'lgan holida oxiratga loyiq sayo harakat qilsa, bas unday zotlarning saylari alloh nazdida maqbul bo'ladi. Demak, insonlar harakat qilib, mehnat qilar ekan, faqat dunyoni deb harakat qiladiganlari bor. Ham dunyoni, ham oxiratni deb harakat qiladiganlari bor. Endi alloh taolo aytadi. Statibillar. Kullan numid du ha'o'lay va ha'o'lay imenno ato i robbik, va makana ato i robbiki maxzurov.

Bu dunyoda odamlarning barchalariga, mana bu muammolariga ham, ana bu kofirlarga ham Parvardigoringizning ne'matidan ato etyormiz. Robbimiz al muti ato qilguvchi bo'lgan zot. Bu dunyoda mo'minga ham, kofirga ham bu dunyoda ne'matlarni berib yuboradi. Boylik, sog'lik, quvvat, chiroy, mansab, bu ne'matlar mo'min kofirlar doirasida taqsim qilingan. Bu o'rinda iymonli yoki iymonsiz ekanligiga qaralmaydi. Ammo xotirjamlik, saodat, sakinat, rozilik degan ne'matlar bor, bu faqatgina Alloh Taolo o'zining mo'min bandalariga ato qiladigan ne'matlari. Oyatda aytadi Alloh Taolo, Parvardigoringizning ne'mati hech kimdan man qilinmas. Hozir aytganimizdek, bu dunyo ne'matlari hammasiga berilaveradi.

Inson dunyoga kelar ekan, ixtiyor o'zini qo'lida. Nima ish qiladi? Nimani gapiradi? Kimdir o'ziga muzikani ixtiyor qiladi, qo'shiqchi bo'ladi. O'lib ketadi, lekin qo'shiqlari qoladi. Unda yaxshiligi aytilganmi, yomonligi aytilganmi? Odamlar orasida mana shu qo'shiqlari Alloh xohlaganicha muddat davom etadi.

Yana bir odam Qur'onni tanlaydi. Alloh taqdir qilganicha Qur'on talovati bilan yashaydi. O'sha qaroati yozilib qoladi. Muhammad siddiq menshaviy deysizmi? Abdulbosit, Abdusamat, Alloh rahmat qilsin u kishilar deysizmi? Qur'onni toladi, bular ham ixtiyor qilishdi. Mana endi ularni qaroroti odamlarni qo'lida Alloh xohlaganicha doim bo'ladi. Kimisiga orqasidan nima borib turibdi?

Bir kishi masjid qurishni ixtiyor qiladi. Yana bir kishi stadion quradi. Bittasi kafe quradi, balnitsa quradi, kazino quradi, xullas nimadir quradi. O'tib ketadi, lekin mana shu qurgan narsasidan unga yo savob, yo gunoh borib turadi. Shuning uchun inson o'zini ixtiyorida Allohda nimani olishlik. Nimani so'rab, nimaga harakat qilsa, Al bu oti bo'lgan Robbimiz uni so'raganini beraveradi. Alloh Taolo aytyapti, kulla nomiddu ha ula i va ha ula imen ato i robbik, va ma ka'na ato i robbika mahzuro.

Mana bu mo'minlarga ham, mana bu kofirlarga ham Parvardigoringizning ne'matidan ato qilurmiz. Parvardigoringizni ne'mati hech kimdan man qilinmas. Qaysi ne'mati? Shu dunyoda beriladigan ne'matlar. Demak, mana shu oyat aqidamizni asli haqida birodarlar. Alloh Taolo sizmizni yaratdi va tanlash imkoniyatini berdi. Tanlash ixtiyorini berdi. Nimani tanlasak, Alloh Taolo shuni beradi. Alloh Taolo aytyapti da, e bandam, mendan so'ra, talab qil. Agar dunyoni istasang, olasan. Agar faqat dunyoni istasanga olasan, ammo momalaxufil axirotimin qolib. Ammo bunday kishilarga oxiratda hech qanday ulush, nasiba bo'lmaydi.

Agar banda robbisidan oxiratini so'rab, oxiratni talab qilsa, dunyoni so'ramasa ham o'zi oqib kelaveradi u. Chunki mo'minlarga Alloh Taoloning mukofoti. Shuning uchun aytilinadi. Kim oxiratini dunyosidan ustun qo'ysa, ikkalasiga teng erishadi. Kim dunyosini oxiratidan ustun qo'sa, ikkalasida ham yutkazadi. Qaytarib aytamiz, kim o'zini oxiratini dunyo sidan afzal bilsa, ustun qo'ssa, ikkalasi ham qo'liga kiradi. Amakim dunyosini oxiratini ustun qo'yadigan bo'lsa, ikkalasida ham yutqazadi, mag'lubiyatga uchraydi.

Shuning uchun birodarlar, haqiqiy oqil inson o'zini ertangi kuni, qiyomat kuni uchun g'am chekadi, tashvish qiladi, harakat qiladi. Bir kun keladi, birodarlar, xotirjam bo'linglar, bu kun aniq keladi. Dollar qancha bo'lsa ham keladi. Ekologiya qanaqa bo'lsa ham keladi. Krizis bo'lsa ham keldi. Ekonomika zo'r keladi. Bu ajal degan kunimiz ekanlar. Bir kun keladi, uydan qabrga ko'chamiz.

Uyimizdan, umr bo'yi topgan pulimizni uyga sarflab, qulayliklarni zo'r qilib qo'ygan uyimizdan ko'chamiz qabrga. Uyimizni qaranglarda. Isitayotgan, sovitadigan jihozlar alohida. Bolalar uchun alohida xona. O'zingiz uchun alohida xona. Mehmonxona uchun alohida, hatto mashinangiz uchun alohida joy bor. Ellik yil, oltmish yil, boringiz, sakson yil yashaydigan shu dunyodagi umr uyimizni shunday obod qilishiga xarid boramiz. Qurib, butkizib, zo'r qilib qo'ygandan keyin, ketish kerak bo'lib qoladi. Qayerga ko'chamiz? Qabrga. Qabrda biz uchun nima bor?

Mana shu qabrni tashvishini qilib yashayotgan shu qabrini obod qilish g'ami bilan yashayotgan odam haqiqiy oqil inson bo'ladi. Istaydi bilar? Qul innal hosiringna la dinah, hosir onfusah huahli himyomal qiyama. Ala zalika huval husoronul mubin. Mana inson dunyoda bir tijorat bilan shug'ullanib inqirozga uchradi. Bizni tilda bankrot oldi. Haligi qarzini uzish uchun mashinasini sotdi, uyini sotdi, ishxonasini sotdi, boriburdini sotdi. Ziyonga kirdi. Hamma yog'idan ayrildi. Dunyosini boy berdi. Ammo bu dunyosini boy bo'lishlik oxiratni boy berishingizni oldida hech narsa emas. Oltmish yil yasharsan, sakson yil yasharsang, baribir o'lasan bu dunyoda, chiqib ketasan. Oxiratini boy berganlarchi, haqiqiy ziyonkorlar shular. Robbimiz subhanah va tavo marhamat qiladi uzumar so'rasa da. Ayting, albatta ziyonkorlar kim? Kim Alloh Taolo ziyonkor deyapti? Qiyomat kuni o'zlariga ham, ahli oilalariga ham ziyon qilguvchi kimsalardir. Iymondan, e'tiqoddan uzoq bo'lib, o'ziga ham zulm qilgan edi. Endi mana shu fe'li bilan oilasiga ham zulm qilib qolgan edi.

Ogoh bo'lingiz kim? Ana shugina ochiq ziyonkorlikdir. Robbimiz Subhanahotu Alo Almuti ato qiluvchi bo'lgan zon. Ya ibna adam, deydi Alloh Taolo hadis qudusida. Anfiq, Unfiq alayk. Info qil. Info qil Allohning yo'lida, yetim yesirlarga, bechoralarga, masjid madrasalarga. Men ham senga info qilaman, deydi. Info qil, keyin info qilaman senga, deydi.

Robbimiz Subhanah va Taolo Almutay Ato qilguvchi bo'lgan zot. Ato qilish va man qilishdagi tavhidning ma'nosi. Agar Alloh bir narsani bersa, hech kim uni man qila olmaydi. To'g'rimi? Agar Alloh man qilsa, uni hech kim bera olmaydi. Tavhid Alloh Taoloning yakkaligi bo'lsa, mana shu beruvchi ham, oluvchi ham Alloh Taoloning o'zi degan e'tiqodimiz zo'r bo'lsa, demak, tavhidimiz ham zo'r, iymonimiz ham zo'r.

Aziz qiladigan, xor qiladigan o'zi, boy qiladigan, kambag'al qiladigan o'si, sog' yoki bemor, kasal qiladigan ham yolg'iz o'zi. Shuning uchun birodarlar, ilmni oxiri tavhid, amalning oxiri taqvo. Gohida bergani olib qo'ygani bo'ladi. Gohida olib qo'ygani man qilgani, bergani bo'lardi. Tushunarli ekan? Biz faqat berganini bergan, olib qo'gani olib qolgan deb bilamiz. Ammo gohida berib turib olib qo'yyar ekan robbimiz.

Gohida olb qo'yib turib, berib qo'yar ekan. Vo asbahal alaykum ne amahum zohiratam va doutinam. Robbimiz aytadi, va sizlarga barcha zohiriy va botiniy ne'matlarni komil qilib berdi. Mana musibat, mahrum bo'lish, mashaqqat, qarz, kambag'allik.

Bular birodarlar botiniy ne'matlar ichiga kiradi. Botiniy ne'matroqlar ichiga kiradi . Robbimiz subhanah va taolo siz bilan bizga aytyaptiki, astaydu billah, ma yaf'alullohu bi adabikum insha kartum va aman tur. Ey bandalar, agar sizlar shukur keltirib, iymon keltirsanglar, nima qiladi alloh sizlarni azoblab? Agar sizlar shakur keltirib iymon keltirsaklar, nima uchun alloh sizlarnini azoblasin? Alloh azoblayaptimi? Davolayapti. Alloh musibat berdimi? Dard berdimi? Qarz berdimi? Davolayapdi. Chunki o'tgan darsimizda aytdik.

Berganim aziz qilganim emas. Men qilganim xor qilganim emas. Berganim sinov, men qilganim shifo. Qarang. Banda shukur keltiradigan bo'lsa, kuniga rozi bo'lsa, u muolaja tugaydi. Alloh davolayotdi o'sha bandani, dard bilan, qarz bilan, muammo bilan. Shukur keltirsin, kuniga rozi bo'sin, muolaja tamom bo'ladi. Ba'zida mana shu kelgan musibat ayrim kishilarni hidoyatiga sabab bo'lib qoladi. Endi shu hidoyatga kelganidan keyin, shu musibat, uni hidoyatga kelishining sababi, hikmati ekanligini tushunganida, shukurlar keltirib yuboradi mana shu musibat kelganiga. Bir birodarimiz aytib berganida, yosh elliklardan o'tgan bir aka, ayrim sabablarga ko'ra shahridan ketib bir besh olti oy bir yil yurib kelishiga to'g'ri kelgan.

Yurdi da, turishni iloji yo'q. Borib besh olti oy bir joyda turgan. Ana shu turgan joyda bir domla bilan turib qolgan, Qur'on o'qishda bo'ladigan domla bilan. Badavlat odam ko'chaga chiqmaydi, qo'nda to'g'ri, o'sha kvartirasida o'tirib yuboradi. Besh oyda Qur'on o'tishni o'rganyapti. Shu odam aytyaptiki, haligi domlaga, domla, men mana shu yerda besh oy, olti oy yurganimga hamdlar aytaman Allohga, chunki shu yerda turib Qur'onni o'rganishni Alloh muvaffaq qildi meni. Ellik yil umrimda Alloh bermagan narsani mana shu joyda berdi deydi. Demak shu odam hikmatini ko'rdi da.

Shuning uchun birodarlar, ustimizga kelgan ayrim makruh narsalar, bizga musibat bo'lib ko'ringan narsalar, agar uni hikmatini tushunsangiz, qalbingiz shukurdan erib ketishligi kerak. Bir qarab ko'ring da. Ehtimol siz bilan bizni hayotimizda ham shunga o'xshagan narsa bo'lgandir. Masjidda o'tirgan ayrim odamlar aytishi mumkin, to'g'ri, meni ham namoz yiqilishimga mana bu mana bu mana bu ishlar sabab bo'lgan.

Yana qaytarib aytamiz, ba'zida bergani olib qo'ygani bo'ladi. Ba'zida men qilib olib qo'ygani nima bo'lar ekan? Bergani bo'lar ekan. Masalan, bir odam bir og'ir kasalga chalindi, alohida tashlay olmayotuvdi. Hech ham tasholmayapti. Doktor aytdi, endi ishsangiz o'lasiz dedi.

Haligi dardga chalindi, ena aravada tashladi. Endi shu dardni kelgani, uni foydasiga bo'ldimi, ziyoniga bo'ldimi? Aytaylarchi? Hayotinglarda qarab ko'ringlar da, akalar, ukalar. O'shanacha narsa bo'ladi bizda ham. Ey, yaxshi ham o'sha reysdan qolib qolganim, uyi, samolyot yonib ketibdi. U kech qolib boruvdi u. Prop kelib qoluvdi, kech qoluvdi, samolyot uchib ketgan ekan. Rosa qudurab turuvdi, be, shuncha reysdan puldan qoldim degandi, bilsa samolyot qo'nmab naryoqqa borib.

Ba'zida bergani olib qo'ygani bo'ladi. Ba'zida olib qo'ygani, bergani bo'lardi. Chunki Alloh Taolo aytadi, astadibilloh. Vola nabluvannak o'n besh oy immenal xavfi va l jo i va naqsi immenal amuvali va l anghusi i va l samarot. Va albatta sizlarni xavfu xatar, ochlik, mol u jon va meva chevalarni kamaytirish kabi narsalar bilan imtihon qilamiz. Bular imtihon, musibatlar imtihon. Biror musibat kelganda, innalillahi va innalilayhi rojiun deydiganlar bo'ladi. Biror musibot kelganda, albatta biz Allohnin bandalarimiz va albatta u zotga biz qaytguvchilarmiz deydigan sobirlarga xushxabar bering. Musibat kelganda, alhamdulillah, innallilayhi va innililayhi rojiyun deya oldingizmi? Musibat sizga shifo ekanligini bila oldingizmi? Muborak bo'lsin. Sizga robbingiz xushxabar aytyapti.

Ana o'shalarga parvardigorlari tomonidan salovat va rahmat bor. Ana o'shalar haq yo'lini topga tushirdilar. Mo'min odam hech qachon jazavaga tushmaydi. Pulidan ayrilsa, sog'ligidan ayrilsa, ustiga bir mashaqqat musibat kelsa, hech qachon jamg'aga tushmaydi, agar u robbisini tanisa, dinidan xabardor bo'lsa.

O'zi qalbga makruh bo'lgan narsalarga rozi bo'lish, birodarlar, ishonchning, iymonning eng oliy ko'rinishi. Ustingizga sinovlarni kelayotganligi nimani belgisi? Hali Robbi sizni o'zingizni holingizga tashlab qo'ymabdi. Robbi sizni davolayapti ekan, shifo beryapti ekan. Tushunarli ekan? A falonchini ko'rmaysanmi? Hamma xoram eshitib qiladi. Bironta bir ibodatni qilmaydi, hamma yog'i besh. E, aytyap to'g'ringlar, uni Alloh o'zini holiga tashlab qoibdi.

Qancha baland ko'tarilsa, shuncha qattiq tushadi yerga. Endi sizdan bitta xato bo'lsa, bir pastda musibat kelyapti. Ozgina bir namozni qoldirib qo'ysangiz yoki otangizga, onangizga qo'pol muomala qilib qo'ysangz, to'p tegyapti bir ertaga kelib gup bo'lib. O'tgan darsda aytdik a, foiz tortishib qoldimi, foiz qaltirab qoldimi, teringizni cho'p chirib yubordimi, rost qilib aytyaptilar, bu qilgan ishinglar tufayli yetadi deyapti.

Innal insana xoliqo halua, ida massaxush shar'u jaz'ua va ida massaxul xoyru manua illal musalli. Darhaqiqat inson betoqat qilib yaratilgandir. Qachon unga yomonlik yetib qolsa, o'ta besabrli qilguvchidir. Qachon ungan yaxshilik yetsa, o'ta man qilguvchi baxldir. Faqat namoz o'quvchilar, namoz o'quvuvchi zotlar unday emas. Musulmon odam, namozxon odam hech qachon jazavaga tushmaydi.

Ambiyolarning sifati ato qilish. Chunki robbimiz almoutiy ato qiluvchi zot. Mo'minlarning sifati ato qulish. Chunki bu robbimiz subhanahu taoloning sifati. Agar siz bilan biz robbimizning almoutiy ekanligini bilsak, bizga mana shu ilohiy komillikdan bir ulush kelishi kerak. Nasib olishimiz kerak. Robbimiz berishni yaxshi ko'rar ekanmi, demak berishga harakat qilishimiz kerak. Bu yerda muhim emas bu yer ekan narsangizni qanchaligi. Muhimi berayotganingiz.

Bir dinor ming dinordan uzib ketdi. Savobda. Chunki bu bor yo'g'i bir dinor edi, cho'ntagidek. Ming dinor million dinorda ming bergan edi. Shuning uchun muhimi qancha emas, muhimi berganligingiz. Faa amma man a'to vattoqo va sodda qobil husna. Ana endi kim o'z ilmoli dunyosidan ato etsa va go'zal oqibat jannatni tasdiq etsa. Payg'ambarlar bergan.

Payg'ambalar bergan, shuning uchun odamlarning qalblarini ular egallagan. Podshohlar, mansabdorlar quvvat egalari olgan, bermagan. Ular faqat olgan. Shuning uchun, odamlarni bo'yinlariga ega bo'lgan ular. Ammo qalblariga emas. Alloh azza va jallaning ash shakir ismi haqida dars o'tganimizda bir ajib narsa kelgan edi. Alloh taolo shokir zot. Ya'ni shukur keltiradi. Bandadan biron bir savob ish sodir bo'lsa, Alloh mukofotlaydi albatta. Ko'rmaysizmi, Payg'ambarimiz xabar berganlar, bir bag'iy ayol, fohisha ayol, chanqab turgan itga, kaushiga suv quyib tutib, sug'onib qo'ydi chanqog'ini. Alloh taolo shukur keltirdi, gunohlarni kechirib yubordi. Itga qilgan yaxshiligiga.

Hali siz musulmonga qilasiz u yaxshiligingizni. Masjidga qilasiz u yashiligingizni, yetim esirlarga bechora kambag'allarga qilasiz yaxshiligizni. Buni Alloh Taolo mukofotlanmay qo'yadimi? Qaytarib aytaman. Fohishalikni kasb qilgan bag'iy ayol qo'yga emas, sigirga emas, itga suv ichirib qo'ygani uchun Alloh rozi bo'ldi shu qilgan ishidan, gunohlarni kechirib yubordi.

Qilingan har bitta solih amal o'zining haqiqatida Alloh Taoloning zimmasiga qarz bo'lib yoziladi. Allohni qarzdor qilib qo'ygan bo'ladi banda. Alloh to'lolmaydigan zotmi, birodarlar? Alloh Taolo biriga o'n, yetti yuz, xohlasa o'ndan ham ko'paytirib qaytarib beradigan zot. Farzandlarimizni mana shu narsa ustida tarbiya qilaylik. Bolam, qo'lingdan kelgan yaxshilikni qil. Puling bo'lsa pulingni ber. Bo'lmasa xizmat qil, bo'lmasa shirin suxan bo'l. Maxluqotlarga yaxshilik qilgin. Alloh tomonidan albatta senga xayriyat keladi deb singdiringlar. A falonchi, hoji aka, men olib borib ber dedi, bo'l men vaqtim yo'q dedim desa boplabsan deydi.

Otasiga kelib aytsa, boplabsan, o'zi manaqa u deydi. Falonchi mana dedi, ana dedim, ha boplabsan o'zi manaqadamni dedim. Shu ota buzyapti bolasini. Uni o'rniga boshiga bururib turib, sen katta odamga gap qaytardingmi? Senga bir ish tushib tursa, qo'lingdan kelib turib qilma deymi? Deyish doniga nima qiladi? Voy tushuninglar, yildan yilga pokoleniyamiz aynib ketyapti. Ko'p aytaman bu gapimni. O'sha sizlar aynityapsizlar otalari uyda. Sizlar tarbiya bermayapsizlar, o'zini holga tashlab qo'yapsizlar, qa'dagi lujalardan, botqolardan suv ichib o'sib qolyapti bolalar.

Uyida shu qalbini tarbiyalaydigan narsani beringlar, pokiza suvni beringlar, pokizi inson bo'lsin. Endi katta bo'lganda o'zingizga ham gap qaytarib, sizni ham bir hol qilib turgan paytda mukofot muborak bo'lsin. Chunki Alloh Taolo adayam bo'lgan zot, inshaalloh, keyingi darsimiz mavzusi. Addayan degani mukofotlovchi, jazolovchi degani. Maliki yavmiddin mani dallade yuquridullohu haqor don hasana fayyudu ayfahullohu adolat fan kathir. Mana hozirgi bersang Alloh ko'paytirib beradi, yaxshilik qilsang Alloh mukofotlaydi degan so'zimizni isboti. Robbimiz Subhanah va Taoloh marhamat qiladi. Allohga qarzni hasana beradigan kim borki, Alloh unga bir necha barobar qilib qaytarsa, qarzi hasana degani ixtiyoriy qarz degani.

Masalan, qurbonlik u boyni yelkasidagi vojib bo'lgan sadaqa. Zakot boylarni yelkasidagi vajib bo'lgan sadcha. Endi undan tashqari qilgan ehsoningiz qarzi hasana bo'ladi. Ixtiyoriy sadaqangiz. Kim Alloh Taologa qarzi hasana beradigan bo'lsa, Alloh unga bir necha barobar qilib qaytarsa. Holbuki rizqingizni tor va keng qiladigan Allohdir va unga qaytarlajaksiz. Ber, olasan deyapti Alloh Taolo. Ber, olasan debdi.

Shuning uchun bermayotgan paytimizda faqat o'zimizdan qizg'anyapmiz xolos, shuni tushunaylik birodarlar. Olib qoldim, o'zimga qoldi deb o'ylayapmiz, qolgani yo'q. Bunga javob berasiz. Ammo bersangiz bu o'zingizga edi. Man qilish aslida Al Hakim bo'lgan robbimizning, Al Ma'utiy bo'lgan robibimizning ato qilishi. Hozir aytdik. Agar shu man qilinishdagi hikmat sizga ayon bo'lsa, shu man qilishlik aslida ato qilishlikka aylanadi. Boyagi odamni aytdik. Besh oy, olti oy yurtidan musofirchilikdan majbur yurdi, keyin hikmatini ko'rdi. Hikmatini ko'di. Qur'onga tushib oldi. Agar bu yerda yursa, tusha olmas edi. Ishonvering.

Va man asobaku min musibating fabima kasabat aydikun va yafhon kafir. Hozir aytdik, agar banda man qilinishligini hikmatini tushunsa, shu man qilinishlik ato qilinishlikka aylanadi. Alloh aziz va jal aytadi, ey insonlar, sizlarga ne bir musibat yetsa, bas, o'z qo'llaringiz qilgan narsa gunoh sababli yetur.

Gunoh qiluvdingiz, bir narsangizga alloh taolo musibat yetkazdi. Gunohingiz yuvib qo'ydi. Demak o'sha aytgan musibat sizga foyda bo'ldi. Agar hikmatini anglasangiz, hikmatini tushunsangiz. Inna allohu alayhi yaxmi sofiya humina dunya, kamay yaxmi ahadukum maridah humina ta'amdirlar rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Bolasi kasal bo'ldi. Doktorga olib boruvdi, asal yemasin dedi. Qiyom yemasin dedi. Quyingki shirin narsa yemasin dedi. Endi haligi ota borasini uyiga olib keldi, uyda shu narsalar bor. Bola yeyman deyapti. Ota man qilyapti. Man qilishi yomon ko'rganidanmi, yaxshi ko'rganidanman.

Payg'ambarimiz aytyaptilar, albatta alloh taolo o'zining sofiyini, ya'ni o'zini do'stini dunyodan saqlab qo'yadi. Xuddi sizlarni biringiz o'zining bemorini ovqatdan saqlaganidek. Bermayapti a, so'rayapsiz, bermayapti. Ko'p yemayapti. Toshib ketmayapti. Yetib yetmay yuribdi. Bermayapti. Sizni dunyodan Alloh saqlayapti. Rostini aytyaptilar, xuddi kasal odamga boyagi ovqatni bermaganidek, mushfiq tabib. Alloh Taolo ham bermaydi deydi.

Boshqa bir hadisda innalloh ala yahmi sofiya humina dunya, kamay yahmi ro yush shafiqu g'ana mahrumin marotiyali halakatiy. Albatta Alloh Taolo o'zini do'stini dunyodan saqlaydi. Xuddi shafqatli cho'pon o'zining qo'ylarini halokat o'tloqlaridan saqlaganidek.

Nima endi Alloh berib qo'ysa nima bo'larkan a? Axir Alloh Taolodagi mulki kamaymaydi deb aytyapti domlalar. Alloh Taolo beraman desa u mashina jo'natmaydi. Alloh bo'l deydi, bo'ladi. Nimaga shuni aytmayapti ekan a? Halol yesak, besh mahal namoz o'qisak, birodar haqqini yemasak, nimaga bermayapti ekan a. Shu savol kallaga keladi a?

Onolarni qara deydi. Onolar qanaqa? G'irt teskarisi, lekin beryapti, qara, nimaga bermayapti ekan? Keladimi shu savol kallanglarga? Demak, bemorga ovqatni bermayotgan paytda ota ona, farzandiga, uni yomon ko'rganidan bermay qo'yayotgani yo'q. Balki uni yaxshi ko'rganidan. Ehtimol qo'lingizga shu dunyoni bersa, tug'yonga ketib qolasiz. Ehtimol kibrga ketarsiz. Alloh sariqsi ehtimol kufrga ketarsiz.

Agar sen banda Allohni inoyatida ekaningga, rioyasida, hikmatida ekaningga iymon keltirsang va senga yuborilgan sinovlar, muhabbatning, hikmatning, xayriyatning ayni o'zi ekaniga ishonsang, robbingdan rozi bo'lasan. Bir kishi Ka'bani tavof qilarkan, Imom Shofing zamonlarida, duo qiladi ey robbim, mendan rozimisan?

Imom Shofiy orqadan eshitib turib, ey, falonchi, Alloh sendan rozi bo'lish uchun sen ham undan rozimisan? Deb so'radi. U kishi, kimsiz siz? Dedi. Muhammadimni idreysiman, dedi. Imom Shofiy. U kishi, men Allohni rozi bo'lishidan umidim bor. Endi qanday qilib undan rozi bo'laman? Alloh mendan rozi bo'lsin deyapman. Uni roziligini umidaman. Meni rozi bo'lishing qanday bo'ladi? Deb so'rdi.

Imom Shofiy javob berdi. Agar kelgan ne'matga xursand bo'lganingdek, kelgan musibatga ham xursand bo'layotgan bo'lsang, demak robbingdan rozisan. Ne'mat, xursandchilik kelganda, Alhamdulillah deb xursand bo'ganmisan? Endi musibat kelganda ham Alhamdulillah deb, xursand bo'lyotgan bo'lsak, demak sen Allohda rozisan, Alloh ham sendan rozi. Dalil? Rodiyallohu anhun va rodiyu anhu. Ular Allohda rozi bo'lishdi.

Ular sahoba ikromlar haqidagi oyat bor. Allohni bergan har bitta kuniga rozi bo'lishda, Alloh ham ulardan rozi bo'ldi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ajabanli amri ilm u'min. Innohu kullohu xayr. Mo'minni ishi ajablanadlik. Uni ustiga kelgan har bitta narsa xayriyat. Agar xursandchilik yetsa, shukur keltiradi o'zi uchun yaxshi. Musibat yetadigan bo'lsa, sabr qiladi, bu ham unga yaxshi. Bu faqat kimga berilgan? Momonga. Alhamdulillah, robbil alamin.

Robbimiz Subhanah va Taolo Al-Mu'tiy ato qilguvchi bo'lgan zot. Ato qilguvi uchun bo'lgan zod. Shuning uchun musulmon kishi ato qiladi. Har bir haq egasini haqqini ato qiladi. Robbimiz Al-Mu'tiy bo'lgan zot. Mana shu ilohiy komillikdan biz o'zimizga ulushimizni olishimiz kerak. Muhammad Mustofo Sollallohu alayhi vasallam bizga ibrat. U zot xuddi kambag'al bo'lishdan qo'rqmaydigan odamdek info qilardilar. Soddaroq qilib olsak, dengizni suvini olib birovga ehson qilayotgandek ehson qilardilar. Ana misol kerakmi sizlarga? Dengizni suvlini tugata olasizmi olib?

Mo'min kishi saxovatli bo'ladi. Saxovat musulmonning iymonini asoslaridan biri bo'ladi. Uni tarbiyasi, uni xulqini asoslaridan bir bo'ladi. Biz qancha ko'p ato qilarkanmiz, ato degani faqat pulni tushunmaydi, jon akalar. Ato degani, faqat pulni tuzunmaylik. Shirin so'zimiz ato. Oyoq qo'limiz bilan qilayotgan xizmatimiz ato. Qo'limiz ochib, mo'minlarda haqqiga duo qilib qo'yganimiz ato. Ato qilishi ustiga quraylik hayotimizni. Ato qilish degani nafaqat pulni tushunmaylik. Endi ato qilsak, ato qilishimiz ham Alloh uchun bo'lsin, man qilishimiz ham kim uchun bo'lsa, Alloh uchun ham bo'lsin. Kim Alloh uchun xursand bo'lib, Alloh uchunga g'azablansa. Kim Alloh uchu man qilib, Alloh uchuni ato qilsa, kim Alloh uchuni aloqasini ulab, aloqasini uzadigan bo'lsa, bu odam iymonini komil qilibdi. Shaxsiyati uchunmas. Mana ahabbalilahi va abg'adalilahi va atolilahi va mana alilahi faqat istakmalal iyman deb turibdi rasululloh. Kim? Alloh uchun yaxshi ko'rsa, Alloh uchun yomon ko'rsa. Alloh uchun ato qilib, Alloh uchung uchun man qilsa, taqiq iymonini komil qilibdi. Darsimizni boshiga qaytamiz.

Alloh aziz va jalloh sog'lik, boylik, chiroy, quvvat degan ne'matni mo'min kofirga aralashtirib beraveradi. Ammo hayotidan rozilik, sakinat, xotirjamlikni faqatgina o'zini mo'min bandalariga beradi. Xulosamiz, ato qilish tavhidga bog'liq. Ato qiluvchi inson Allohga iymoni bor, oxiratdan umidi borligini dalili bo'ladi. O'zida musulmon kishi o'zida mana shu sifatni bor qilishligi kerak bo'ladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni oldiga arab qabilalarining saidlaridan biri keldi da, mana bu vodiyni to'ldirib turgan qo'ylar kimniki? Deb so'radi. Rasululloh, ular seniki dedilar. Haligi odam meni masxara qilyapsanmi? Dedi. Yo'q, ular seniki dedi. Shunda haligi kishi ashxadi annaka rasululloh. Sizni Allohnin rasuli ekanligingizga guvohlik beraman. Chunki siz kambag'allikdan qo'rqmaydigan odamdek ehson qilyapsiz dedilar.

Biz info qilayotgan paytimizda, molni info qilyapmiz degan bo'lsak, albatta ertangi kunda hisobini olamiz. O'zimgachi, ertagachi, akalar, ertaga ham Allohnin bor. Bugun ham Allohnin bor, indiga ham Allohnin bor. Tirikmizmi? Demak rizqimiz bor. Agar rizqimiz tugagan bo'lsa, tirik bo'lmaymiz. Rizq Allohning qo'lida. Biz hozir aytganimizdek, info qilish faqat boylarni ishi, ato qilish faqat boylar, badavlatlarni ishi deymizmi, bu noto'g'ri. Abu Bakr Siddiq badavlat sahoba bo'lgan. Abdurrahmon ibn Avf boy sahoba bo'lganda. Usmonun afon badavlat sahoba bo'lgan. Bular info qilishni tushunarli. Ammo Bilo roziyallohu anhuda nimasi bor edi? U keyin boy bo'lib ketdi ular, Payg'ambarimiz vafotidan keyin keyin boy bo'lib ketdi. Lekin Bilo roziyallohu anhuda nimasi bor edi? Qo'lida ustu boshidan boshqa hech narsasi yo'q. Shu sahobasiga Rasululloh aytdilar: «Anfiq ya Bilal, vala tahshamin zil arshi iqlanan». Ey Bilol, info qiling. Arsh egasi kamaytirib qo'yishdan qo'rqmang, dedilar. Nimasi bor, biro roziya Allohu anhu uni.

Info qil degani faqat boylarning ishi emas ekan a, birodarlar? Ato qil degani, faqat pul emas ekan a? Bizda nima xayriyat bo'lsa, odamlarga xaloyiq qilib beradigan bo'lsak, mana shuni hammasi ato bo'ladi, mana shuni hammasini info bo'ladi. Dardga chalinib qolgandan keyin inson tabibma tabib yuguradi. Dorini qoplab olib kelib ishlatadi. Agar ta'bir joiz bo'lsa. Falon joyda moddaga shifo topilyapti ekan desa, har qancha pulini sarflab boradi, kasal bo'lib bo'lganidan keyin. Ammo bir ish bor edi, shuni qilsa, shu kasal umuman yetmas edi deydilar. Rasul aytadilar, imom boy haqiydan bahodiz, imom boy haqiyidan Anas roziyallohu anhu rivoyatida.

Hozir bilasizlarmi? Odamlarda asosiy g'ami shifo bo'lib qolgan. Sog'liq bo'lib qolkan. O'zi doim ham shunaqa yu. Bizni zamonimizga kelib kuchayib ketdi. Qadamingizda apteka. Qadamingizdada chastniy banissi. Hammasi qishin yozin. Toldur. Yaxshi. Chunki Alloh Taolo dard bersa, banda shifo istashligi ham o'zi ibodat. Lekin shu dard yetmasdan ovvol qilinadigan ishlar bor da. Rasululloh aytadilar: ba'zi keru bi sadaqating. Fa inn al bala ala ya tahattos sadaqa. Sadaqani tezlashtiringlar, sadaqani shoshiltiringlar, zero balo sadaqadan o'zib keta olmaydi.

Balo deganda musibatni ham ayting, qarzni ham ayting, dardni ham ayting. Boshqa hadisda aytadilar Rasululloh: davu mardon kun biz sadaqa. Davu mardon kun we sadaqa. Bemorlaringizni, kasallaringizni sadaqa bilan davolanglar, dedilar. Qarang, kasal bo'lmagandan keyin ham sadaqa qil. Kasal bo'lmay turib ham, balo kelmay turib ham nima qil?

Yana qaytarib aytaman, info qilsak, ato qilsak faqat o'zimiz uchun qilamiz. Mani qilsak, faqat o' zimizdan man qilamiz. Keyin yuramiz endi ekan, yillab rejim ushlab, yillab mashaqqatga dori olib. Birodarlar, Robbimiz Al-Mavti ato qiluvchi bo'lgan Zot. Ato qilganni yaxshi ko'radi. Ato qiling, infiq qiling, musibat ham, dard ham, kasal ham o'zib ketmas ekan bu narsada.

Sadaqa bilan Alloh Taoloning roziligiga erishiladi. Bu musulmonlarda bor bo'lgan tajriba. Biror narsani Robbingizdan so'rasang banda, mana shu xohishingga yetish uchun bir sadaqani muqaddam qil. To'g'ri niyat bilan. Shunda Robbingiz sendan rozi bo'ladi va seni talabingni ato qiladi. Anfiq. Ya ibn adam anfiq, un fiqalik. Ey odam bolasi, infiq qil, men ham infiq qilaman. Ikki xil bo'ladi odam. Bor yo'g'i. O'zini turli millat, elat vakillari bo'lishi bilan, rangi har xil bo'lishi bilgan, yashagan zamonini, vatanini har xil bo'lishingi bilan bor yo'g'i ikkiga bo'linadi. Allohni tanib, uni manhajini mahkam tutgan, hayotini ato qilish ustiga qurgan va shu bilan o'zini saodatga olib kelgan mo'min kishilar. Ikkinchisi, Allohda g'ofil bo'lib, uning manhajini tanimay, maxluqotlarga yomonlik qilgan va shu bilan o'zini dunyoda ham, oxiratda ham baxtsiz qilgan kishilar. Ikki xil bola odam bor yo'g'i.

Va layliyda yog' sha, va nahariyda tajalla, va ma xolaqod zakara val unsa, innasa yakunla shatta. Fa amma man atovatdaqo va soddaqo bel husna, hasan u yassi ruhu lili yusro. Borliqni o'z zulmati bilan o'rab kelayotgan kechaga qasam. Yorishib ko'ringan kunduzga qasam. Erkak va ayolni yaratgan zotga qasamki, shak shubhasi sizlarning sayo harakatlaringiz xilma xildir. Ana endi kim o'z moli davlatidagi kambag'al bechoralarga berilishi lozim bo'lgan zakot va boshqa sadoqatlarni ato etsa va Allohda qo'rqsa, hamda go'zal oqibatni, ya'ni jannatni bor ekanini tasdiq etsa, mukofot qanday bo'ladi? Bas, biz uni oson yo'lga muyassar qilurmiz. Ana endi kim? Alloh yo'lida xayr saxovat ko'rsatishdan baxillik qilsa va o'zini Allohninng huzuridagi ajr mukofotlardan behojat bilsa, hamda go'zal oqibatni, jannatni yolg'on desa, buni ilohiy mukofoti qanday bo'ladimi? Biz biz uni dunyo va oxiratda baxtsiz bo'ladigan og'ir yo'lga muyassar qilurmiz va do'zaxda u halok bo'lgan vaqtida moli dunyosi unga asqatmas.

Robbimiz Subhanah va Taolo al motiy bo'lgan zot, siz bilan biz mana shu Alloh Taoloning shu go'zal sifatida o'zimizga urisha olaylik va hayotimizni ato qilishlik ustiga quraylik. Aquli qovli ha da va stavfirulloh.

Білімді тексеру

5 сұрақ. Әр дұрыс жауап — 10 ұпай.

Келесі дәріске өту үшін тестті тапсырыңыз

Тестсіз жалғастыру