MMaviza
Al-MuhsinТексерілген22 daq

26-Dars AL-MUHSIN / Asma-ul-Husna

Abdulloh Domla · Asmoul husno

Бұл тіл үшін аударма әлі жоқ. Төменде түпнұсқа (өзбекше) мәтін көрсетілген.
0:00
22:23
Өзгерістер тарихы

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbila a'lamin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqul va adil amin. Allohum ala ilmalana illa ma'lam tana innaka antala alimul hakim. Allohum allim na ma ya'mfauna vamfa' anabi ma'lam tana vazibna ilma. Allohum arina al haqqa haqqon orzuqna tiba' va arina al ba'tina ba'tina orzuqna jdi naba. Vo ja'anna me'man yestamiyaunal qovla fayetta bi una husana. Va'dihinna bi rahmatika fiya ibadika solihiy. Amma baxt, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh.

Bismillahir rohmanir rohim. Alloh subhanah va taoloning asmonu husno. Go'zal ismlari haqida olib borayotgan navbatdagi darsimiz. Bugun alloh azza va jallaning al muhsin ismi haqida dars qilamiz. Al muhsin. Ehson qiluvchi, yaxshilik qiluvchi, chiroyli ish qiluvchi. Mana shu uchta ma'noda bilamiz. Go'zal ish qiluvchi, ehson qiluvchi, chiroyli ish qiluvchi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Jome' u sahifadan keltirilgan hadisda marhamat qiladilar. Izzat hakam tum fag'dilun. Agar hukm qiladigan bo'lsanglar, qozi bo'lsanglar chiroyli, adolatli hukm qilinglar.

Agar hukm qilsanglar, hukm chiqarsanglar, adolat bilan hukm chiqaringlar. Fayda qotaltun fa axsinun. Agar qatl qiladigan bo'lsalar jang maydonida, qatl qilishinglar ham chiroyli bo'lsin. Faynna Alloh azza va jalla Muhsinun yuhaybul ehsan. Chunki Alloh Taolo muhsindir, ya'ni chiroyli ish qiladigan Zot va muhsin bandani ehsonni, chiroyli ishni yaxshi ko'radi.

Islom dini birodarlar ehsonga buyuradi. Ehson degani faqat to'rtta osnovol chaqirib dasturxon solishni tushunmaylik, jon akalar. Ehson degan so'z chiroyli ish qilish degani. Go'zal ish qilish tegani. Professional bo'lish degani. Mana o'zbekchasini aytaymi? Nima ish qilsang ham, go'zal ishlash qilsang, demak sen muhsinsan. Demak sen ehson bilan ish qilding. Robbin shuni yaxshi ko'radi. Biz qachon muhsin bo'lamiz. Qachon ehson bilan chiroyli ish qilamiz, shunda ummat, xalq sifatida o'samiz. Eplamachi bo'lmasak.

Ta'sir, aksar ishimiz nima bo'lib ketgan? Eplamachilik bo'lib ketgan. To'g'rimi? O'shaning uchun muhsin ustani doim klienti tayyor turadi. Yillar napryod yozib turgan bo'ladi daftari. Men bo'sha olmayman deydi. Muhsin bo'lgan tabibni orqasida o'chirib turadi, chunki muhsinda chiroyli ish qiladi u, eplamachi emas u. Dinimiz birodarlar ehsonga, chiroyli ish tutishlikka buyuradi. Hatto birodarlar mana zarar yetadigan gazandalar bor, chayon bor, ilon bor, o'rgimchak bor. Mana shularni qatl qilishlikka buyuradida shariatimiz. Endi mana shu chayonni qatl qilishingda ham chiroyli ish tuzishlik kerak. Bir zarbada urib o'ldirish kerak uni. Ikki marta urib, uni jonini qiynamaslik kerak. Shaddodinda avs roziyallohuning hadisi zavorat bo'lganki, u kishi aytadi, payg'ambarimizdan ushbu hadisni yodlab qolganman. Astag'firulloh, innalloha katta bal ixsani ala kunli shay, faida qotaltun faxsilun qitlata, faida dabaxtun faxsilun zibha, fal yuhidda hadakum shafratahoo, val yurix zabihatahoo.

Albatta deyaptilar rasululloh sollallohu alayhi vasallam, alloh har bir ishga ehsonni yozgan. Ehson nima ekan? Professionalizm. Go'zallik, chiroyli ish qilishlik. Har bitta ishga ehson ni yozgan. Agar qatl qilsanglar, chiroyli suratda qatl qilinglar. Ya'ni jang ma'noda dushmanni chopishlik kerak bo'lsa, bo'yniga qilichur deyapti, qiynama uni deyapti. Agar so'ysanglar bir jonivorni, chiroyli sur'atda so'yinglar. Qaysi ma'noda? Falyoxid da ahadakum shafratahoo. O'sha bo'g'izlaydigan pichog'ini so'yayotgan odam o'tkir qilsin, jonivorni rohatlantirsin.

Xulosa, musulmon odam nima ish qilmasin, uning robbisi muhsin, chiroyli ish qiluvchi, ehson bilan ish qiluvchiy bo'lgan robbisi uni mana shunday bo'lishlikka buyuradi. Mana mehmon chaqirishdagi ehsonda ko'ring. Ibrohim alayhissalomni uyiga farishtalar kelishdi. Is'hoq alayhissalomning tug'ilishligini bashoratini bergani. Lut qavmi, sadun qavmini vayron qilishligini xabarini bergani.

Ibrohim alayhissalomni uyiga boyagi farishtalar, inson suratida, yosh yigitlar suratiga kirib kelishdi. Alloh tariqa aytadi faro va ila ahlihi uyiga o'tkazib qo'yib, so'ng u asta oilasini oldiga chiqdi. Mehmonlarga bildirmadi. Qorninglar qanaqa? Ovqat povqat qilaymi demadi. Chunki mehmon uyaladi, hayo qiladi. U iffati bor uni. Demak, mehmondan so'ramasdan ovqatga urinishlik kamoli odobdan ekan.

Fama alabita an jabi ajlin hanif qarab turmay, bir buzoqni qovurib keltirdi. Endi bu yerda albatta bo'z es o'xshagan deb tushunmaylik, mehmon chaqirganda, har bitta odam cho'ntagiga qarab, imkoniyatiga qarab. Bu yerda aytilayotgan narsa ibrohim alayhissalomni saxovati va chiroyli ish qilganligi. Taomni tezda pishirib keldi, cho'zib o'tirmadi. Albatta bu kamol ahloqdan. Faqir robbaho ilayhim. Ovqatni ularga yaqin qo'ydi.

O'tkazdi uyga, darrov chiqib ovqatni tayyorladi, olib keldi da, ularga yaqin qo'ydi. Ba'zida bo'ladi, mehmondan ovqat uzoqroq bo'lib qoladi. Qo'lini cho'zgani uyaladi. Yoki bo'lmasam yoniga qo'yasiz da, oling demaysiz. Faqorro ilayhim qoli ala ta'kulun ovqatni qo'ydi, ularni oldiga yaqin qo'di va ovqatdan olmaysizlarmi dedi. Ana birodar. Ibrohim alayhissalom mehmon chaqirishlikdagi ehsonni qanaqa bo'lishini ko'rsatyapti. Alladiy ahsana kullashayin xolaxa hu. U zot barcha narsani chiroyli qilib berayotgan zotdir. Mana alloh azza va jalla nima ish qilgan bo'lsa, uni ishida albatta ehson bor. Uni ishida go'zallik bor. Endi mana shu ehson degan so'zning ma'nosi juda ham keng. Ehson ato qilish, ehson chiroyli ish qilish. Alloh taolo ikkita ko'zni ato qildi inson bolasiga. Agar bitta bo'lganda qanaqa bo'lardi? Atrofga bir baho berishlik qiyin bo'lar edi. Ikkita qulog'ni berdi. Agar bitta o'lganda nima bo'lardi? Mana aytdik, bitta qulog'ingiz ishlamasa, ovoz qayoqdan kelayotganini ajrata olmaysiz. Insonga miyani berdi va uni shunday bir joyga joyladiki, insonni jasadida eng mustahkam himoya qilingan joy mana shu miyani joyi.

Eng mustahkam qo'rg'on mana shu miyani qo'rg',oni bo'ladi. Alloh taolo yana nimani berdi? Chiroyli qilib, soch soqolni berdi. Uni go'zalligi nima deydi? Og'riq sezmasligida sochingizni. Aytdik, agar xuddi qo'lingizni yoki bo'lmasam qorningizga biror tiq tegizsa, og'rigandek, sochingizga ham tiq tegizisa, og'riydigan bo'lganda nima bo'lar edi?

Alladiy axsana kunlasha in xalaqah. U barcha narsani chiroyli qilib yaratgan zotdir. Ko'zimizni olaylik, birodarlar. Jasadimizni hamma a'zosi sovuqni his qiladi, magar ko'z his qilmaydi. Agar ko'zingiz ham soqqotadigan bo'lganda nima bo'lar edi? Ko'zingizni ustidagi nam sovuqda muzlaydigan bo'lgandanda nima bo'ler edi? Minus haroratga chiqqanimizda ko'zimizni shunday pardasi muzlab qolardi da, hech narsani ko'rmasdan o'tirib yuborarmidik? Bu kimni chiroyli ishidan? Alloh subhanahotir. Al muhsin bo'lgan robbimizning go'zal ishidan. Mana shu insonni ko'zi haqida ko'p bir ma'lumotlarni kavlagan bo'ldim, xulosasi. Insonni ko'zda sakkiz millionga yaqin rangda farqlay olar ekan. Necha megapikselikin a, ko'z? O'n ikki megapiksel, qirq olti megapiksel. Voy o'lib qolamiz haligi falon pulga telefon. Insonda bitta ko'zini oldida dunyodagi hamma pikseli nima bo'lardi, hech narsa bo'lmaydi.

Haqiqatan ming haligi d desin, sem d desin kinohonasi, nimada ko'ring da. Baribir bitta palatnoda da u. Endi insonni ko'zini qarang. Agar bir xil rangni yuz xil tuslanishi bo'lsa, sog'lom ko'z shuni ham ajrata oladi. Albatta bu al muhsin bo'lgan robbimizning biz yig'gan ehsonidan go'zal ishidan. Alladiy ahsana kun lashain xoloqahhu. U zot barcha narsani go'zal qilib berayotgandir. Mana insonni jasadidagi ayrim bir a'zolarni ish haqida gapirib beraman. Yurak. Yurak.

Umri davomida insonni yuragi besh butun yetti million litr qonni aylantirar ekan bir odamlar. Besh million yetti yuz ming litr qonni aylantiradi. Agar shuncha qonni oshxonadagi jo'mrakdan oqizib qo'yishlik kerak bo'ladigan bo'lsa, qirq besh yil ochiq turishi kerak ekan shu qon. Yurak o'rtacha yetmish marta uradigan bo'lsa, bir kunda yuz ming martadan ko'proq uradi. Yiliga o'ttiz olti milliondan ko'proq marta uradi. Umri davomida ikki yarim milliard martadan ko'prog' urar ekan. Mana shu bir parcha go'sht. Sezasizlarmi shuni? Yo'q. Alloh taolo shunday qilib qo'ydi buni. Chunki Alloh taolo alladiy axsana kunla sha'in xolaqa hu. U zot har bitta narsani go'zal qilib beradigan zot. Onam bolasi o'sha insonni shakl shamoyli harakatlariga o'xshatib robotlar yasamoqchi o'lyapti. Yaqinda bir ko'rib qoldim, bitta robot bitta irg'ib turib, bir balandlik ustiga chiqdi. Yiqilib ketmadi. O! Chapni endi qarang, irg'ib nima qildi?

Yana bitta irg'ab yerga tushdi, yiqilib tushmadi. Dostijeniyani qarang kattaligini. Sizni o'sha oyoqqa turib, avval to'rt oyoqlab, uch oyoqlab yurgan bolangizni, rivojlanishlik jarayonini qarang da, mo'jiza emasmi? Yaponiyalik bir olim mana shu protezlar ishlaydigan shu tabib olim ekan. Kichkina qizchasini qo'lini harakatlarini ko'rib turib Allohda topgan ekan. Biz mo'jizalar ichida ko'milib turibmiz, qarab ham qo'ymaymiz, o'ylanib ham qo'ymaydik. Bularni baribir odamlar siz bilan bizni Robbimiz, Al Muhsino bo'lgan Robbimizning atoatlari ekanligini bildiradi.

Endi insonni jasadi haqida gapiradigan bo'lsak, birodarlar, bu juda ham uzoq so'z bo'lib ketadi. Pochkalar, paylar, teri, oshqozon, eshik, bularni hammasini aytadigan bo'lsangiz, vaqtimiz cho'zilib ketadi. Agar inson o'zini jasadidagi bo'lgan Allohning ehsonini fikr qiladigan bo'lsa, albatta Robbisiga hamdatchilikdan boshqa chorasi qolmaydi.

Alloh Taolo aytadi Qur'onda, astabi binlar, innna kunnashain holaqunnahu biqadar. Albatta biz har bir narsani aniq o'lchov bilan yaratdik. Agar mana shu bir piyola suvni ichida qancha bakteriya borligini inson ko'ra olganida, suv ichmaylar qo'yar edi. Qancha qancha narsalari bor inson ko'zi ko'rmaydi. Alloh Taolo to'sib qo'ygan, ko'rmaydigan qilib qo'ygan.

Qancha qancha eshitiladigan narsalar bor. Alloh Taolo insonni qulog'idan to'sib qo'ygan, eshitmaydi. Albatta bu Alloh Taoloning ehsonidan, qilgan chiroyli ishidan. Alloh aziz va jalla har bitta ishida ehsonli, al muhsin, hikmatida, tartibida, ato qilgan a'zolarida, insonni borlig'ida. Til, nutq, bayon. Bu Alloh Taoloning bergan yana bitta bir in'omi, ehsoni, go'zal ishi. Tilingiz bo'lmasa, nutq bo'lmasa , bayon bo'lmasa fikrimizni qanaqa qilib bir birimizga bildira olardik. Qanaqa qilib birimiz o'rgangan ilmni ikkinchimiz o'rgata olardik, birodarlar? Alloh Taolo aytadi: Laqoda xolaqunal in'sa nafiy, ahsanai taqvim. Darhaqiqat biz insonni eng go'zal shakli shamoyilida yaratdik. Mana shu turishimiz birodarlar eng go'zal shakl. Ha ko'zing ma'da bo'lganda, qo'ling ma'dan o'sganda, qulog'ing ma'da bo' yo'q akalar. Alloh Taolo mana shu suratni berdimi va mana shu suratli go'zal deb aytyapti. U go'zal deb Alloh Taolo o'zi baho beryapti, demak go'zal birodarlar. Demak go'zals.

Alloh Aziz va Jalla o'zining mahluqotlariga mana qilgan go'zal ehsoni. Odam zotiga qilgan ehsoniga misollar. Avvalgi darslarimizda aytdik, terisi bo'lmasa inson qanaqa bo'lar edi? Sochi, tuki, qoshi, kiprigi bo'lmasa qanaqa bo'tar edi? Insonni jasadidagi tavozun asbobini aytdik, balansni. Mana shu qulog'ini ichida bir suyuqlik bo'ladi. Insonni tikka turishligini shu ta'minlaydi. Agar shu a'zo buziladigan bo'lsa, shu joyi ishlanmaydigan bo'lsa inson oyog'ida tik tura olmaydi. Agar mana shu tavozun balansi bo'lmaganida, inson to'g'ri turishligi uchun oyog'ini razmeri oltmish sm, yetmish sm bo'lishligi kerak edi. Tasavvur qiling qanaqa xunuk ko'rinish olardi. Lekin Alloh Taolo mana shunday qulog'iga shu jihozni joylab qo'ydi, tavozunni, balansni ushlab turadi. Meva chevalarni ko'ringlar birodarlar. Alloh Taoloni har bitta ishi go'zal. Sabzavot mevalarida pishishini qarang va tartibini qarang. Biri tugaydi ekanda, ikkinchisi pishadi. Ikkinchisi tugaydi, uchinchisi pishadi. Olma, nok, bexiga o'xshagan mevani shaklini ko'ring, hidini ko'ring va uni saqlashdek olishlikni qulayligini ko'ring. Torvuzni, qovunni kattaligi uchun uni ko'ring. Endi bug'doy, don, sholi, shunga o'xshagan mayda narsalar ham bittadan o'sganida olmani yoki qovunni singari.

Uni terish qanaqa mashaqqat bo'lib ketar edi? Bitta boshog'ini sindirasiz, ichida yuz dona bug'doy bor. Endi bitta tortishda unaqada nechtani yulasiz? Agar bittadan terganda nima bo'ladi holimiz? Alloh al muhsin bo'lgan zot. Har bitta ishi chiroyli, har bitta qilgan ishi go'zal. Sigirni olaylik. Agar sigir mana sut beradi, bir kunlik yegan, yemi, xashagina pulidan qimmatroq bo'lgan sutni berganligi uchun sigir boqadi odamlar.

Agar bergan sutni yegan yem hashagidan qiymati ozroq bo'lganida, birov sigir boqamidi? Sigir bollar bordirishimizda. Agar sutni yaxshi berib tursa, o'sha bitta mol tirikchilikni o'tkazib yuborar bitta uyda, to'g'rimi? Tovuqni oling. Kunda bitta tug'adi. Agar bir oyda bitta tug'adigan bo'lganda, birov tovuq boqamidi?

Albatta bularni bari Alloh azza va jalilning qudratiga dalolat qiladigan ko'rinishlar. Shuning uchun maxluqotlar haqida fikr qilishlik insonni Alloh Taoloni qulchiligiga yetaklab olib keladi. Astaydu billah. Innafi xolqis samavati val ardi vaxtilar fillayli va nahar la ayatin li ulil albab. Osmonlar va yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashib turishida aql egalari uchun oyat, alomatlar borligi shubhasizdir. Alladina yodgoruna alloha qiyama va quruda va ala junubihim va yetafakkarauna fihol qish samavati va al ard. Robbana ma xolaqutaha za ba'tila subhanaka faqina aza bannar. Ular turganda ham, o'tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydigan hamda osmonlar va yerning yaralish haqida tafakkur qilib aytishadiki, Parvardigor, bu borliqni behuda yaratganing yo'q. Sen behuda biron ish qilish aybidan poksan. O'zing bizni jahannam azobidan saqlagin. Mana fikr qilib ko'raylik. Subhanalloh deb olishimiz kerak. Yuragimizni taxt tagidan. Alhamdulillah deyishimiz kerak. Qalbimiz o chuqur chuqur joyidan.

Ustimizda turgan ne'matni ko'rmaymiz. Borimizni ko'rmaymiz, lekin yo'qimizni ko'raveramiz. Ishingiz yurishmayapti, pulingiz yo'q, qarzizni olmayapsizmi? Bir balnitsaga boring. Bir balnitsaga boring, qanaqa odamlar yotibdi, nima dardlar bilan? Ha, qorningiz og'riyapti, oyog'ingiz og'riyptimi? Ruhiy xastaliklar kasalxonasiga, shifoxonasiga boring. Tuppa tuzuk odamlarni Alloh Taolo aqliga bir musibatda berib qo'ygan. Qarasang, sopposhoq jismonan. Ko'rinishi juda ham chiroyli, lekin Alloh Taolo esini olib qo'ygan, aqlini olib qo'shgan.

O'zimizdagi bor narsani ko'rishni o'rganaylik birodarlar, yo'q narsani ko'ravermasdan. Laqoda xolaquna li inna na fii axsan i taqviim. Darhaqiqat biz insonni eng go'zal shakli shamoyilni yaratdik. Mana Alloh Taoloni inson suyaklariga bergan ehsoni, insonni suyagidagi qilgan go'zal ishi.

Insonni suyaklari. Paydo bo'lgan kundan boshlab ulib o'sadi. Komillikka yetishligi bilan o'sishdan to'xtaydi. Uxlaydi shu hujayralar. Endi ellik ikki oltmish ga kirgandan keyin oyoq poyog'i sinib qolsa, qo'l po'g'oni sinib qolsa. Boyagi hujayralar uyg'onadi da, shu suyaklar bir biriga ulashga kirishib ketadi. Sinib qolgan ruchkasi o'ziga o'zi yamalib qoladimi?

A? Yirtilib qolgan kiyimiz o'z o'zidan tikilib qoladimi? Suyagi sinib qoladi, doktorlar, to'g'irlar olib kelib qo'yadi xolos. U payka qilib qo'ymaydi ular. U yog'i kimni ishi? Alloh aziz va jallaning ehsonini ishi. Uxlaydi boyagi hujayra, lekin zarurat bo'lganda uyg'onadi, ulab qo'yib, yana uxlaydi. Tish emali.

Bu masalan eng pishiq material deb turib, almaz turadi. Undan keyingi o'rinda pishiqlik bo'yicha mana shu tish ne'mali ham turar ekan, birodarlar. Chakkana tishlar uzasimi bu narsani? Chakkana tonnalab narsani chaynaysizmi? Yeyilmaydi ya. Bu kimning ehsoni? Al muhsin bo'lgan robbimni subhanah va taolo. Xo'p, demak robbimiz muhsin bo'lgan zot ekan. Endi mo'min banda robbisining mana shu go'zal ismi, oliy sifatlaridan o'ziga yurish olishligi kerak. Alloh chiroyli ish qilar ekanmi? Ehsonli muhsin ekanmi? Demak banda ham, mo'min banda ham muhsin bo'lishi kerak. Nima bo'lishi keraks?

Professional bo'lishi keraki. Nima ish qilasiz birodar? Qassobmisiz, duxtirmisiz, ustamisiz, moshikmisiz, betonshikmisiz, nimasiz? Professional bo'ling. Shunda robbingiz yaxshi ko'radi o'zi. Shunda Alloh Taolo qo'lingizga bergan uch to'rt chaqaga barakat beradi. Ha, umringdan baraka topgur. Ishingni ustasi ekansan dedi. O'sha uy egasi. Rozi bo'lganimi o'sha pulni beryapti turib?

Banda rahmli bo'ladi, ar rohiyin bo'lgan robbasi yaqin bo'lishi mumkin. Banda adolatli bo'lib, al adil bo'lgan robbisiga yaqin bo'lishi mumkin. Saxovatli bo'lib al karim robbisiga ya qin bo'lishi ham mumkin. Ehsonli bo'lib, chiroyli ish qilib, al muhsin bo'lgan robbiysiga yaqin bolishi ham mumkin'. Demak, Alloh Taolo bizga muhsin bo'rgani kabi, biz ham bandalarga muhsin bo'shligimiz kerak. Chunki robbimiz bizga mana shunday bitta bir xayr ehsonni, in'omlarni ato qildi.

Mo'min kishi muhsino bo'lishi kerak. So'zida, ishida, muomalasida, tasarrufotlarida. Birov bilan muomala qilganda uni maslahatlamaydi. Badiiy so'zlarni gapirmaydi. Odamlarga aziyat yetkazmaydi. Agarchi bizni muomalamiz ehsonli bo'lsa, muhsino muomala qiladigan bo'lsak, odamlar bizni oldimizdan ketmaydi bezi.

Valau kunda faddon g'olibidun. Agar emohammad alayhissalom siz sahobalaringizga dag'al qo'pol bo'lganingizda, birontasi atrofida jamlanmagan bo'lar edi. Rasululloh muomalasida ham muhsino bo'lganlar. Mo'min kishi har bitta ishida muhsino bolishligi kerak. Farzandlarini tarbiyasida, aloqasida, va'dasiga vafo qilishida. E mashina minishida ham muhsina bo'lishi kerak musulmon odam.

O'tgan safar aytdik, amru maru, nahim ukar, har bitta musulmonni yelkasidagi vojib ish. Mashinasini noto'g'ri qo'yib qo'ygan bo'lsa, jon akalar, Alloh uchun to'xtab, ey ukangiz shakar olib qo'ying mashinani devoringlar. Mana shu ham ehson, mana shu ham muhsinlik, mana shu ham chiroyli ish qilishlik. Jon akalar, jon ukalar, mashina minayotganimizda ham muhsin bo'lavering. Faqat masjidga kirgandaylar muhsin bo'lib ma'ruza eshitmasdan.

Farzand tarbiyasida muhsin. Ayollari bilan bo'lgan muomalada muhsin. Va ashir ruhunna bilmaruf. Alloh Taolo aytadi, ular bilan tinch, totuv yashanglar. Farzand tarbiyasi da muhsin bo'lishi kerak. Chiroyli yo'l tutishlik kerak. Payg'ambarimiz aytadilar, allimu valatu annifu. Fainnal muallima xoyrun minal muannifi.

O'rgatuvchi bo'linglar. Zo'ravonlik qiluvchi bo'lmanglar. Albatta muallim, ya'ni o'rgatuvchi odam, muallif, zulm zo'ravonlik qilib yurishidan ko'ra yaxshiroq bo'ladi. Uravermang farzandni, so'kavermang. O'rgating. Ishini bajarishligida muhsin bo'lishligi kerak. Hozir aytganimizdek, o'zini ishini ustasi bo'lsin. A bizga boraveradi, qop qilib qo'yaveradi. Unaqa bo'lmaydi.

Musulmon kishi robbisini go'zal ismlaridan o'ziga ulush nasiba oladi. Rahimli bo'lib ar rohim robbisi yaqin bo'ladi. Chiroyli ish qilib al muhsin robbisi yaqim bo'ladi. Inna alloha katta bal ehsona ala kulli shay. Alloh taolo har bitta ishga ehsonni, go'zallikni yozgan. Agar qatl qilsanglar, chiroyli sur'atda qatl qilinglar, agar jonliq so'raydigan bo'lsanglar, chiroylis so'yinglar, pishchag'ini o'tkirlab olsin, jonivorni rohatlantirsin.

Aqli qovli, ha davosat.

Білімді тексеру

5 сұрақ. Әр дұрыс жауап — 10 ұпай.

Келесі дәріске өту үшін тестті тапсырыңыз

Тестсіз жалғастыру