MMaviza
Al-AkromТексерілген28 daq

3-Dars Al-Akrom (Asma-ul-Husna)

Abdulloh Domla · Asmoul husno

Бұл тіл үшін аударма әлі жоқ. Төменде түпнұсқа (өзбекше) мәтін көрсетілген.
0:00
27:40
Өзгерістер тарихы

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbil a'lamin. Assalomu alayhi vas salamu ala saidina muhammad as sodiqul va adil amin. Allohum ala ilmalana illa ma'allam tana innaka antana alimul hakim. Allohum alayhim na ma'yam fauna va anfa'nabiy ma'allam tani vazidna ilma. Allohum alina al haqqa haqqon va zuhnat i ba'a. Va orin al botila botinam orzuq nashdina va vajalina minma yasta me'omnal qovli fayad tabiunah sana. Vodixin la bi rahmatika fiya ibodika solihin. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatu. Alloh aziz va jallarning go'zal ismlari. Asmon, al husno darslarini davom etkazamiz. Bugun biz ana shu ismlarni birinchisi, al akrom, o'ta karamli al akrom ismi haqida dars qilgan bo'lamiz, inshaalloh.

Alloh Taolo Qur'onda yuz o'n to'rtta surani ozil qildi. Ana shu suralarning eng avvalgisi Alaq surasi. Ana shu birinchi nozil bo'lgan surani birinchi so'zi Iqro, o'qi kalimasi bo'ldi. Astaydu billa, iqro, bismillah robbika alladiy xoloq, xolaqol insana min alaq, iqro, robbuka lakrom, alladiy allama bil qalam, allamal insana ma'lam ya'lam. Ey Muhammad, barcha mavjudotni yaratgan zot bo'lmish parvardigoringiz nomi bilan boshlab o'qing. U insonni lahda qondan yaratgan zotdir. O'qing. Sizning parvardigoringiz insoniyatga qalamni o'rgatgan o'ta karamli zotdir. U zot insonga uning bilmagan narsalarni o'rgatdi. Alloh azza va jalla siz bilan bizga juda ko'p buyruqlarni buyuradi. Namoz o'qi, ro'za tutib, sadaqa qil, ko'zingni tiy. Mana shu buyruqlarnin ichida eng birinchi siz bilan bizga yuborgani, buyurgani o'qi. O'qi. Har bir insonni ehtiyoji bor. Yerga bog'liq ehtiyoji ham bor, samoga bog'liq ehrat bor. Inson ikkita narsadan iborat.

Ruh va jasad. Jasad yerdan chiqdi. Demakki, buni ehtiyojlari ham yerdan bo'ladi. Jasad uchun kerak bo'lgan narsa yerda bor. Meva cheva, oziq ovqat, havo, suv va hokazolar. Endi ruhi u yuqoridan keldi. Endi uni ozuqasi ham yuqoridan bo'ladi. Demak, oliy ehtiyojlar bor va quyi ehtiyojlar ham bor. Farishta shahvatsiz, aqldan tarkib topdi. Hayvon aqlsiz, shahvatdan tarkib topdi. Endi odam bolasi ham aqldan, ham shahvatdan tarkiblab topdi. Agar mana shu inson uni shahvati aqlidan ustun keladigan bo'lsa, shahvati a qlidan ustun kelayotgan bo'lsa, hayvonlardan ham past darajaga tushib ketadi.

Agar aqli ustun kelsa shahvatidan, malolikalardan ham oliy martabada bo'ladi. Kecha yangiliklarda Avstraliyada bir nima bo'ldi, bayram bo'ldi. Nima xursandchilik desa, odnapoli brakka ruxsat berdi qonunan. Xalqni oltmish besh foizi qo'llabdi, bir jinsdagi odamlarni turmush qurishligi qonun bilan nima qilib berildi, quvvatlantirib berildi. Xursand yurishibdi. Xursand.

Bularni shahvatlari aqllardan ustun keldi. Yana qaytaramiz. Agar insonning shahvati jasadining ehtiyojlari, shahvati aqlidan ustun keladigan bo'lsa, hayvondan past darajaga tushib ketadi. Mana iymon keltirganlar, iymoni, aqli, shahvatidan ustun bo'lgan kimsalar. Bular kimlar? Astaydubilla? Innalladina amonu amilus solihati, ula ikah muhoyirul bariye. Albatta iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar, ana o'shalar yaralmish jonzotlarning eng yaxshisidir. Iymon keltiradigan, yaxshi amal qilganlar Alloh Taolo yaratgan maxluqotlarning eng yaxshilari deb aytyapti.

Va sahhor alakum man fiss samavati va man fil ardi jamiyam milh. Ilm talab qilishlik har bir musulmonga farzi ayindir. Demak Alloh Taolo nozil qilgan birinchi surasida, birinchi oyatida, hatto birinchi karimasida siz bilan bizni o'qishlikka, ilmga buyurdi. Endi savol. Qaysi ilmga buyuridi? Ilmni turi ko'p. Iqrobbi ismi robbika. Robbingni ismi bilan o'qitadi Alloh Taolo. Ya'ni robbingni senga tanitadigan ilmni o'qi. Ha, qolgan ilmlar ham ilm, fizika, matematika, hammasi ilm. Lekin birinchi o'qilishi kerak bo'lgan ilm Robbimizni bizga tanitadigan ilm bo'lishligi kerak.

Kishini robbisiga yetaklamagan ilm birodarlar ilm emas. Kishini robbesiga tomon yetalab bormagan ilm ilm emas. Uni toatiga boshlagan, unga yaqin bo'lishiga yetaklagan, vujudini sirini bildirgan, dunyoga nimaga kelganligini tushuntirgan ilm haqiqiy ilm. Chunki birodarlar, biz aytgan mana shu oxiratni, imonni, jannat do'zaxni, Allohni bizga tanitmagan ilm bizda bo'lsin. Ya'ni Allohda tanitmaydigan ilmdan o'nta diplomimiz bo'lsin, o'lganimizda ilmlarda bittasi bizga foydasi tegmaydi. Yerni betida qoladi diplomlar, unvonlar, u nimalar? Podchotniy gramatalar. Haqiqiy ilm nima? Ollohni bizga tanitgan ilm. Mana Alloh Taolo o'qi dedi. Lekin nimani ekanligini aytmadi. Nimani o'qishimizni aytmadi. O'qi, ammo o'qilishi lozim bo'lgan narsa maxzur. Nimani o'qiishni Alloh Taolo boyatda aytmadi. Endi, maf'ul mavzu bo'lsa, fe'l mutloq bo'ladi. O'qi. Hamma yog'ida o'qi. Koinotni o'qi. Koanotni o'qi, qara, fikr qil, Allohni tanitadi.

Chunki koinot jim turgan Qur'on. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotini o'qi, bas u tirik Qur'on. Ilm talab qil. Agar inson ilm talab qilsa, uni insoniyligi yuzaga chiqmaydi. Chunki dunyoni istasak ham ilm kerak. Oxiratni istasak ham ilim kerak. Ikkalasini qo'shib istasak ham nima kerak? Ilm kerak. Ilmni xususiyati shunaqa ekanki, ilmga hamma yog'ingizni bersangiz, butun borlig'ingizni, ilm sizga o'zidan ozgina bir narsani beradi. Agar hayotingizdan ozgina bir nasani bersangiz, ilm sizga hech narsasini bermaydi. Iqrobiy, smirobiy kalla di xoloq.

Ilmning iymonga bog'liqligi. Mana Alloh Taolo o'qi degan ilmni bir necha qismlarga bo'lamiz. O'qi bu qiroat. Birinchi qiroat, birinchi o'qishlik bu bahs va iymon qiroati deb atasiga bo'ladi. Birinchi o'qi shunday o'qishki, bahs qilamiz, istaymiz, va Allohni taniganimizdan keyin iymon keltiramiz. Bahs va iymon keltirishlik qiroat.

Aytiladiki, hamma hushyor odam ham oqil emas. Hamma hushyorodam ham oqil ham emas. Bir odam aql hushi joyida, nozik narsalarni tushunadi. Biron bir biron bir sohada, nodir sohada mutaxassis bo'lib yetishadi. Uni mana shu o'rgangan ilmi katta daromad keltiradi. Bu kishi hushyor inson deyiladi. Hali oqil emas.

Lekin uni o'rgangan mana shu ilmi, unga Allohni tanitmasa, oxiratni tanitmasa, bu odamda oqil deb bo'lmaydi. Oqil Allohni tanigan inson, oqil Allohga muhabbat qo'ygan inson. Muhabbatimiz qanchalar bo'lsa, aqlimiz shunchalar pishib yetilibdi. Payg'ambarimiz aytganlar, Allohga muhabbati qattirog'inglar, aqli rojirog'inglar. Ya'ni aqli pishganrog'inglar.

Shuning uchun duoda aytiladi, ey Robbim, seni topgan banda nimani yo'qotdi? Seni yo'qotgan banda nimani topdi? Agar Alloh sen bilan birga bo'lsa, senga kimni kuchi yetadi? Agar Alloh senga qarshi bo'lsa, kimni senga foydasi teyadi? Ey odam bo'lasiz a deyapti Alloh Taolo, meni izla topasan. Agar meni topsang, hamma narsani topding. Agar meni yo'qotsang, hamma narsa yo'qotding.

Shuning uchun inson past quyi hojatlarni qondirish bilan ham yuradi, faqat qornini g'ami bilan yoki oliy yuqori bo'lgan hojatini qondiradi, nimasini? Iymonini, e'tiqodini mustahkam qilishligi bilan. Va la asr innal inson alafi husr. Asrga qasamki, barcha inson ziyon baxtsizlikdadir. Alloh taolo qasam ichib aytyapti. Odam bolasi borki, dunyoga kirdimi, ziyonda. Haqiqiy ziyonkor kim? Ollohni tanimagan, uni manhashi bilan yashamagan inson. Chunki ollohni tanimagan bo'lsa, robbisini ko'rsatmasi bilan yashamaganing bo'lsa, o'zi bilganidaqa yashagan bo'lsa. Bu bilgan narsalarni hammasi o'lganda yerda betda qolib ketadi.

Bir kishini bir kunlik daromadi million dollar deb tasavvur qilaylik. Bir kunda bir million dollar pul topadi. Agar shu odam Allohni tanimagan bo'lsa, mana shu oyatni so'zi bilan, oyatni dalili bilan bu odam haqiqiy ziyonkor. Kuniga million dollar topib ham zarar ko'radimi odam? Ha, zarar ko'radi. Agar Allohni tanimasa. Chunki birodarlar, o'lim shunaqa narsaki, insonni hayotidagi hamma narsani tugatadi. Insonni o'zini tugatmaydi.

Boyni boyligini ketkazadi. Kambag'alni kambag'alligini ketkazadi. Kasalni kasalligini ketkizadi. Xotirjamni xotirjamligini ketkazadi, xavotirdagi odamni qo'rquvini tugatadi. Ammo insonni o'zini tugatmaydi. Inson o'ldi, shu bilan tugadimi? Yo'q, birodarlar. O'lib, insonni hayoti ulardagi bitta bekat. Uni totib ko'radi, yana davom etadi inson. Agar shuni bilmagan bo'lsa haqiqatdan, eng katta ziyonni ko'rgan odam mana shu inson bo'ladi.

Shuning uchun oqil inson har kuni o'ziga shu savolni berishi kerak. Mana shu qilayotgan ishim oxiratimga foydasi bormi, yo'qmi? Aytaylik da, menga kerakmi shu narsa? Oqil odam o'ziga sh u savolni bersin. Shu qilayotsa ishim, gapirayotgan gapim menga kerakmi, kerak emasmi?

Ikki kun umringiz qoldi, nima qilasiz? Haqlarni berasiz, qarzlarni to'laysiz. Kimni xafa qilgan bo'lsangiz, yugurib borib nima qilasiz? Soatga qarab turib uxlamaysiz ham daje, chunki qancha qoldi? Qirq sakkiz soat qoldi bor yo'g'i. Ana shu paytda qilasiz eng kerak narsani. O'sha paytda qilgan ishingiz eng to'g'ri ish bo'ladi. O'sha paytda gapirgan gapingiz eng kerak gap bo'ladi. Ungacha muammo nimada? Bizga qancha qolganligini birov aytmaydi da bizga.

Oqil odam o'ziga shu savolni berish kerak. Menga oxiratimga shu narsa kerakmi yoki yo'qmi? Lavkanat ad duniya taqdilo indallohi janahi ba'udatin, ma saqa kafirin minha sharbataman. Payg'ambarimiz aytganlar, agar bu dunyo ichidagi hamma zebi ziynatlari bilan Alloh Taoloning nazdida chivinni qanatishchalik qadri bo'lganida, bu dunyodan bu kofirga, bitta kofirga bir ho'plam suvni ham bermagan bo'lar edi.

Siz bilan biz intilib o'lib qolayotgan, kelsa quvonib, topa olmasak siqilayotgan mana shu dunyoni matohi, shu dunyoni zebi ziynati Allohnin nazdida chivinni qonatishalik qadri bo'lganida, kofirlarga bir ho'plom suv ichirganchalik ham bermas edi. Chunki bu narsalarni maqsad qilib yugurishlik to'g'ri emas edi musulmonga. Rizqinga yozgan bandi, janobul.

Onasini qorniga joylashib, yuz yigirma birinchi kunga to'lgan kuni, Alloh Taolo uni rizqini yozib qo'ygan. Siz uni g'am qilsangiz ham o'sha keladi, g'am qilmasangiz ham o'shi keladi. Siz nafaqat mehnat qilib qo'yayiz, sababini qilib qo'yyishlik. Lekin shu narsani maqsad qili boshimizga kiyib olganmiz. Topayotganlar endi topa olmayapmizda, bo'lmayapti desa, topayotganlarga ham yetmayapti, ishonaveringlar. To'g'rimi? Topayotgandan so'ra endi. Avvaliga daqa emas deydi.

Demak, Alloh Taolo bizga o'qi dedi, birinchi o'qish bu bahs va iymon o'qishi. Bahs qilamiz, Allohni izlab topamiz va unga iymon keltiramiz. Istaydi dedilar. Hal yasta villada ina ya'lamun, avallada ina la ya'lamun. Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo'lurmi? Bilgan zotlar bilan bildirgan kimsalar hech qachon teng bo'lmaydi. Endi nimani biladigan odam, nimani bilmaydigan odam bilan teng bo'lmaydigan. Alloh bizdan qaysi ilmni talab qilyapti bu yerda? Allohni tanitishga olib boradigan ilmni.

Mana shu birinchi o'rindagi qirg'oq to'ladi. Alloh taolo odam bolasiga ikrom ko'rsatdi. Iqro bi ismi robbikalla de holaq. Holaqal insana men alaq. Iqro robbukal akrom. O'ta karamli zot bizga nimani berdi? Nima bor bizda? Hayvonlarda yo'q. Aql bor va nutq bor, bayon bor.

Alloh taolo siz bilan bizga bayonni berdi, birodarlar. Bir o'ylab ko'ringlarda. Tishingiz og'rib yoki og'zingizda bir sabab bilan bir kun, bir kun gapira olmagan paytingizni eslangda bo'lsa. Yuragimni qashib qo'y deyapsiz. Osonini aytyapsiz. Endi shuni tilsiz aytib ko'ringda. Deysiz.

Shunda, shunda bayonni, bayonni nima ekanligi, qanaqa ne'matligini his qilasiz. Ammo bu bayon bizda turar ekan, boyagidek ekanday ko'nikib qolganmizda. Shu kunni keltirishni ham bilmaymiz. Ar rahman, allamal quran, xolaqal insan, allamahul bayan. Mehribon Alloh, Muhammad alayhissalom va uning ummatlariga Qur'onni berdi. U zot insonni yaratib, unga bayonni ta'lim berdi. Bayon. Nutq. Gapirishlik, so'zlashlik. Bayon nima? Boshqa odamlar bilan bog'lanishlikning eng oliy ko'rinishi. Gapirib qo'yish qo'liga, mana shuni ne'matligini his qilamizmi, birodarlar? O'shaning uchun o'qishlik, Allohni tanitadigan o'qishlik bo'lsin, iymon keltirtiradigan o'qishi bo'lsin dedik. Mana o'qiyapmiz, nutqni nima ekanligini o'quvdik.

Tanidik Allohni, bahs qilib, keyin nima qilamiz? Iymon keltiramiz. Bayon bog'lanishdir. Kishi bayon bilan o'zini fikrlarini, his tuyg'ularini, shu o'g'rilarni boshqalarga yetkazadi. Bayon bilan bir insondan ikkinchi insonga ilm o'tadi. Yozib qo'yishlik bilan bir avloddan keyingisiga ilm ko'chadi. Endi tarjima bilan bir ummatdan ikkinchi ummatga ilm nima oladi? Boradi, yetib boradi. Shu yerdagi yozish ham bayon. Gapirish ham bayon birodarlar. Tarjima qilish ham bayon. Alloh bizga yana meni ta'lim beribdi.

Demak, bahs qildik, Allohni tanidik, endi nima qilamiz Allohga? Iymon keltiramiz. Bir inson tijorat qiladi, pulini yarmi kuyib ketadi, ziyon qildim deydi. Zarar ko'rdim deydi. Yana kimdir pulini hammasini o'g'ri urib ketadi, nima qildim deydi? Zarar ko'rdum deydi. Haqiqiy ziyonkor, haqiqiy zarar ko'rgan inson kim? Mana shu dunyosini uch to'rt so'mini yo'qotgan odammi? Yo'q. Kim oxiratini boy berib qo'ygan bo'lsa, oxiratini yutkazib qo'yib qo'yadigan bo'lsa, mana shu inson haqiqiy ziyonkor odam. Va asr inn al insana ala fih sur. Alloh taolo bandasiga bor bo'lishlik ne'matini berdi.

Yo'g'idek bor qildi. Ne'matmi? Ne'mat. Endi inson o'ladi. Bu insonning nihoyasi tugashimi? Yo'q. O'lim, hozir aytib o'tdik. Uning hayot yo'lidagi bitta bekat xolos. Uyga bir to'xtaydi, o'limni ichadi, sharbatini, keyin yo'lini davom etkazadi.

Inson bir marta o'lib, qaytib o'lmasligiga dalil, Alloh taolo do'zaxiylarni, do'zax farishtasi bo'lgan, Molikka qilgan nidosini Qur'ondasi bilan bizga bayon qiladi. Astaydibillah, va na dav yeya maliku liyaqul diya alayna robbuk. Qoli innakun maki sun. Do'zaxlar aytadiki, azobda ko'p. O'lmaydi. Bu dunyodagi har qancha azob bo'lsin, har qancha qiyinchilik, har qancha dard bo'lsin, o'lim bilan qutiladi. Dunyoda hamma ishini o'lim to'xtatadi. Rohatini ham, azobini ham. Boyligini ham, kambag'alligini ham. Sog'ligini ham, kasalligini ham. Tinchligini ham, xotirjamligini ham yoki xavotirini ham. Endi do'zaxdagilar aytadiki, ular. Ey Molik, parvardigorning bizlarga hukmini qilsin, ya'ni bizni o'ldirsin.

O'ldirsin bizni. Deb nido qilganlarida u Molik aytadi. Albatta sizlar mana shu azobdan mangu turgu tushuntirsizlar. Bir marta o'ladi inson, qaytib o'lmaydi. Demak inson abadiylikka qolish uchun yaratilgan. Inson abadiylikka qolish uchun yaratilgan. Yo keyingi osmonlar yerdan keyin bo'lgan jannat uchun abadiy qoladi. Yoki azobi bitmas tuganmas, jahannamda abadiy qolad. Biz abadiylik uchun yaratib kelganmiz. Endi Alloh Taolo aytyapti, haqiqiy ziyonkorlarni kimligini aytadi. Astaytibillah. Qul innal hosiringna la dina hosiru anfusahum va hli himyomal qiyama. Haqiqiy ziyon Alloh aytgan ziyon. Odamlar aytayotgan ziyon unaqa katta ziyon emas. Ayting. Albatta, ziyonkorlar qiyomat kuni o'zlariga ham, ahli oilalarga ham ziyon qilguvchi kimsalardir. Ogoh bo'lingiz kim? Ana shugina ochiq ziyonkorlikdir. Oxiratini boy bergan odam haqiqiy ziyonkor odam bo'ladi.

Har bitta inson o'qishi kerak. Nimani o'qish kerak? O'zini kimligini unga bildiradigan ilmda o'qish keraks. Qayerdan kelganligini unga birga o'rgatadigan, bildiradigan ilmlarda o'qishlik kerak va qayoqqa ketishligini o'rgatayotgan ilmda o'quvchilik kerak. Endi inson uchun eng yaqin bo'lgan, u o'qish keragi bo'lgan narsa nima?

Inson uchuneng yaqin bo'gan va u o'qishkerak bo'gan narsa nima. Bu o'zining jasadi. Inson man arafa nafsaxu, arafa rabbaxu. Kim o'zini tanisa, kimligini nimaligini robbisini tanitdi. Biz o'zimizni, o'zimizni jasadimiz haqida ozgina fikr qilib ko'raylik, o'zimizning jasadimizni o'qiylik. Agar siz o'zingizni jasadingizni ko'ra olmasangiz, mo'jizaligini, bolangiz yoki nabirangizni qarang da. Bolangizni qarag'ing o'sishligini. Men devoladir. Demak, inson o'qish kerak bo'lgan va o'ziga eng yaqin bo'lgan kitob qaysi kitob ekan?

O'zini jasadi ekan. Falyandur ili insano min maxluq. Inson nimadan yaralganiga qarasin. Nimadan yaraldi inson? Shuni o'qimaysanmi, banda? Nimadan yaralganingga qara inson deyapti Alloh Taolo. Billa bo'lgan paytda erkak kishidan nutfa chiqar ekan, mana shu nutfani ichida uch yuz millionga yaqin odam bo'lishlikka yaraydigan nuqta bo'lar ekan tirik. Uch yuz million.

Agar mana Qirg'iziston yetti million aholi shu bitta uy lotereyaga qo'ydi, pasporti yoki metrikasini seriyasi bo'yicha kimga tushsa, shunga chiqib qoladi shu uyda sal va sizga chiqib qolsa, bilasizmi qanaqa baxtli insonsiz? Menga chiqdi deysiz shu telefon yo mashina yo uy deysiz. Yetti millionni ichidan, bor yo'g'i bitta telefon yo uy, unga qanaqa bahtli his qilasiz o'zingizni? Birodar, uch yuz million bir marta chiqqanda, falyan dori inisan u menya maxluq. Inson nimadan yaralganiga qaramaydimi?

Demak, bu o'qish bizga, o'zimizni o'qishligimiz, mana shu o'zimizni jasadimizni o'qishiligimiz Allohni tanityapti va iymon keltiryapmiz. O'ylab ko'ringlarda, qolgani qani? Qolgani qan? Lekin bu oyat alomatlarini ko'rmaymiz ham, o'qimaymiz ham, bilmaymiz. Ishimiz ham yo'q. Pulim yo'q, mashinam baloni almashtirish kerak, tomni solish kerak, ishim yurishmayapti, qarzimiz olmayapman. E, inson bo'lib qolganing o'zi mo'jiza emasmi? Yaralib qolganing o'sha ne'mat emasmi?

Falyand durel insano ila ta'na. Inson yegan taomiga qaramaydimi? Alam najallohu aynain, vali sana va shafatain. Biz unga ikki ko'zni tilni bermadikmi? O'ylab ko'ringlar, birodarlar. Biz o'qishimiz kerak bo'lgan va bizga eng yaqin bo'lgan, eng yaqin bo'sgan birinchi alomat, birinchi kitob nima ekan? O'zimizni jasadimiz. O'qi. I Qur'on. Bu ilohiy buyruq, birodarlar, aytamiz. Bu o'qishing senga robbingni tanitsin. Bu o'qishing seni vujudga kelishingni sababini, hikmatini bildirsin. Shunda nima deysan? Subhanalloh deysin.

Demak, birinchi o'qishlik bu bahs va iymon keltirish o'qishi. Ikkinchi o'qish. Karamli robbimiz, al akrom robbimiz bizdan talab qilgan o'qishni ikkinchisi tanish va shukur keltirish. Tanish va shukr keltirishlik. Iqrob ismi robb kela di halau. Alloh Taolo insonga o'zini kitobini berdi.

Siz bilan biz hali yo'q paytimizda Allohning bu kalomi bor edi. Alloh Taoloning bu kalomi bor paytda biz kim edik? Nima edik? Biz hech kim emas edik va hech narsa emas edik. Biz uchun makon ham yo'q edi. Biz uchun zamon ham yo'q u edi. Hech narsa emass edik. Nafsimiz ham yo'q, jasadimiz ham yo'q. Oyoq qo'limiz ham yo'q, hech narsamiz yo'q. Demak, Alloh Taoloning bergan eng ulug' ne'mati nima bo'ldi? Bizni bor qildi. Bizni vujudga keltirdi. Jasadni berdi, aql xushni berdi, oyoq qo'llni berdi va mana shu koinotni bizga bo'yin sindirib berdi.

Inson bolasi Allohga iymon keltirishlik uchun yaralgan, inson bolasi Allohga shukur keltirishlikka uchun yaralga. Asal. Asal. Asl haqida bir kitobni o'qidingiz. O'zi bir marta ham totib ko'rmadingiz, tasavvur qiling. Nimaligini bilmaysiz, lekin o'qidingiz, asalaridan chiqadi. Asalari nima, qanaqa qilib ko'payadi? Ular qanaqa qila bir asalni yig'adi, qanaqa qulib saqlaydi, qanaqa quyib joylaydi? Xullas, asal haqida ma'lumotni o'qidingizda, tafakkur qilib qalbingiz erib ketishi kerak.

Hali asalni totiganingiz yo'q. Va demak, mana shu asalarini yaratgan, asalni paydo qilgan Alloh buyuk hikmat egasi ekan. Allohni tanit sizga asal. Garchi totimagan bo'lsangiz ham. Demak, asaldan ko'zlangan maqsad amalga oshdi. Asal sizga Allohni tanitish kerak edi. Asal o'zini ishini bajardi. Sizni o'qishingiz ishingiz o'zini ishinini bajardi. Endi bir odam bor, kecha kunduziyda asaldi. Lekin bir marta o'ylanib ham ko'rmagan. Demak, asaldan, ko'zlangan maksad amalga ochmadi.

Nimani bo'lsa qarang, fikr qilib ko'ring, Allohni topasiz. Boshqa javob yo'q. Subhanalloh deysiz. Agar bizni ustimizda Alloh Taoloni ne'matlari haqida fikr qiladigan bo'lsak birodarlar, Alloh Taolo berib qo'yibdi. Avval tanitibdi ne'matligini, keyin beribdi. Tanitib turib bermay qo'yish ham mumkinmidi? Bayon manaqa narsa deb Alloh Taolo bildirdi yu, bemalol. Qayoqqa borardik? Ham tanitdi, ham berdi.

Ha, masalan, jannat bor, manaqa bog'lari bor, insonlar unga boradi desa yu, qanaqa qilib borishini o'rgatmasa, foydasi bo'lamidi buni? Do'zax bor, odamlar kuyadida turib aytsa yu, lekin undan qutilish yo'lini bermasa, insonlar qayoqqa borar edi? Bir do'stingiz sizga, sizga eng yangi rusumdagi telefonda hadya qildi. O'z o'zidan qalbingizda ikkita bir sho'r paydo bo'ladi. Bittasi, yangiligidan, uni ichidagi bir funksiyalaridan hayratlanishlik, lol qolishlik va uni hadya ekanligini o'ylab turib xursand bo'lishlik. Lol qolasiz va xursand bo'lasiz. Bitta telefonga. Endi Alloh Taolo shuncha ne'matni beribdi, hayratlanib lol qolishimiz kerak va beribdi. Nima qilishimiz kerak? Xursand bo'lishingiz kerak, shukur keltirishingiz kerak.

Agar siz Allohda tanib, iymon keltirib, shukur keldirgan bo'lsangiz, sizdan ko'zlangan maqsadni yuzaga chiqaribsiz. Qanadingiz? Shukur keltirdingiz, duo qildingiz. Alloh sizdan shu narsani xohlagan edi. Endi Alloh Taolo aytadi. Ma yaf'alullohu di aday bekum in shakartum va aman tum. Agar shukur qilib, iymonli bo'lsanglar, Alloh sizlarni nimaga azoblasin.

Iymon keltirib shukur keltirsanglar nimaga azoblashsin Alloh sizlarni? Endi bir qavmlarda azoblayaptimi? Demak shu narsa ulardan bo'lmagan edi. Iymon keltirishmadi, shukur keltirishmada, azob keldi. Endi iymon keltirdi, shukur keldirdi, ne'mat nima bo'ladi? Ne'mat ziyoda bo'ladi. Demak, o'qi. Birinchi qiroat, bahs qilish va iymon keltirishi qiroati. Ikkinchi qiroat, tanishlik va shukur keltira o'ti.

Agar shuncha ne'matda ustimizda turgani ko'rib birodarlar qalbimiz shukur bilan to'lib toshmayotgan bo'lsa, demak bizni hali qalbimiz iymondan ancha uzoq ekan. Qaytaraman. Shuncha ne'matlarni ko'rib turib, qalbing erimayotgan bo'lmasa, shukur keltirib Allohga, demak qalbing hali nima ekan? Uzoq ekan? Aql u qovli ha da, astag'firullohu alayhi va alayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatuh.

Білімді тексеру

5 сұрақ. Әр дұрыс жауап — 10 ұпай.

Келесі дәріске өту үшін тестті тапсырыңыз

Тестсіз жалғастыру