# 28-Dars ASH-SHAFI: Asma-ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/kk-cyrl/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 31 of 110
- Section: Ash-Shofiy
- Duration: 25 min
- Original title: 28-Dars ASH-SHAFI / Asma-ul-Husna
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno/31
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/gvf0aOhL4b8.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=gvf0aOhL4b8
- In this course: [previous](https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno/30.md) · [next](https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno/32.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:07] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbilar a'lamin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqil va adil amin. Allohum ala ilmalana illa ma'lam tana innaka antala alimul hakim. Allohum al imna ma ya'nfa una vam fa'nabiy ma'lam tana vazifna ilma. Allohum alayhi ro'qqa haqqon orzuqnatibaa va arena'l ba'tila ba'tilan orzuqun ajdeenaba. Vaja anna mimay yesta me'onul qovla fayatda bi una husana. Va'dixinna bi rahmatika fiya ibadika solihiy. Mabard. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Alloh subhanahu va taoloning asmoli husno. Go'zal ismlaridan o'qiydigan navbatdagi darsimiz, bugun alloh azza va jalloning ash shafi, shifo beruvchi ismi haqida dars o'qiymiz.

[1:02] Alloh taoloning ushbu ash shafi ismi rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisida zikr qilingan. Bu hadisni Imom Buxoriy va Imom Muslimlar o'zining sahihlarida keltirganlar. Rasululloh sollollohu alayhi va sallam agar biror bir bemorni ziyorat qilgani bo'lsalar, aytadilar idha habilbas robbin nas ish fiy antash shafi la shifaa illa shifauk shifan la yuqodili saqoma.

[1:31] Mana shu duoda yodlab olsa yaxshi bo'ladi. Kasal ko'rgani borganda rostdan aytardilar, ey insonlarning robbisi, o'zing shifo ber. Albatta sen shifo beruvchisan. Seni shifoyingdan boshqa shifo yo'q. Seni shifoyi bironta dardni qoldirmaydigan shifodir. Ash shafiy. Demak Alloh taoloning mana shu ismi haqida bugun dars qilamiz.

[1:56] Alloh taoloning bu ismiga kirishlikdan oldin ozgina bir muqaddima kerak bo'ladi. Alloh subhanahu va taolo hayotimizni sobit, o'zgarmas qonunlar bilan o'rab qo'ygan. Ya'ni aniq, sobit qonunlar joriy bo'lib turadi. Agar shu qonunlar bo'lmasa, hayot davom etmas edi. Qanaqa qonunlar? Temir qattiq. Qonun, bu o'zgarmaydi. Suv pastga qarab oqadi, o'zgarmaydi.

[2:27] Shamol esadi. Bu qonunlar sobit. Yer aylanadi, kun bilan tun almashadi. Bandalarning fosi hojir bo'lishligi, taqvodor bo'lishligini bu narsalarga aloqasi yo'q. Odamlar hammasi kofir bo'lib ketsa ham, musulmon bo'lib ketsam ham temir qattiqligicha turaveradi. Shamol esaveradi, suv pastga qarab qolaveradi. Bu sobit qonunlar. Bu sobit qonunlar hayotni davom etishligini ta'minlaydi. Tushunarli a?

[2:55] Million yillardan beri kelayotgan milliardlagan sobit qonunalar. Demak, tartib intizom bo'lishligi uchun bu qonunlar o'zgarmaydi, sobit turadi. Faraz qiling, agar shu sobit qonunilar o'zgaradigan bo'lsa, bandalarni fe'liga qarab, masalan deylik, odamlar fojir fosu bo'lib ketsa, temir o'zini xususiyatini yo'qotib qo'ysa, o'o' baland qavatli imoratlar nima bo'lardi? Qulab ketar edi. Agar sement, bandalar oshiy, fosuq, munofiq bo'lib ketsa, o'zini xususiyatini yo'qotib qo'ysa, odamlar yaxshilik paytida qurilgan imorat nima bo'lardi? Demak, bu sobit qonunlar bandalarni fe'liga qarab nima qilmaydigan, o'zgarmay sobit turar ekan. Lekin, Alloh o'zi bilgan hikmat uchun ikkita narsaning qonuni sobit o'zgarmas qilmadi. Balki ularni o'zgarib turuvchi qildi. U rizq va sog'lik qonuni. Rizq va sog'lik qonuni sobit emas. U o'zgarib suradi. Bandalarni fe'li atvoriga qarab turib, o'zgaradi.

[4:05] Gohida somoqdan serob bo'lib suv keladi. Gohida yomg'ir yog'maydi, qurg'oqchilik bo'lib ketadi. Samoadan tushgan suv bu rizqida, bandalarni fe'liga qarab turib, bu ko'payib ozgina ishi bor. Birinchi narsani tushundik a? Hayotimizda qonunlar ikki xil. Sobit o'zgarmas va o'zgaruvchi. Sobit o'rganmay turadigan qonunlar, bu koinotga qo'yilgan boshqa hamma qonunlar, lekin ikkita qonun o'zgaradi, bandani fe'li atvoriga qarab.

[4:37] Alloh taoloning qonunlari odob berish qonuni, ojizlik qonuni emas. Alloh taolo insonni kasal bo'lmaydigan qilib yaratib qo'yishlikka qodirmasmidi? Qodir edi. Alloh ojizmidi? Alloh saqlasin. Alloh qodir ham nasaga. Mehmonxonada turgan stol.

[5:02] Mehmonlar kelganda ustiga dasturxon bezemiz. O'n kishi mehmon bo'lsa, ularni judayam chiroyli suratda mehmon qilaman deb dasturxon tuzasangiz, shu xontaxtani ustiga necha kilo yuk tushadi? Yigirma kilo, o'ttiz kilo, endi cho'ntakka qarab. Yuz kilo bo'lmaydi da. Xo'p. Lekin shu stol mehmonlarni ziyofati uchun qo'yilgan narsani ko'tarib turishlikka qo'yilganku, u yigirma kilo o'ttiz kilo bo'lishi mumkin. Lekin shu stol ikki yuz kiloda ham ko'tara oladi.

[5:36] Nima uchun o'sha oshishchasi qo'yildi? Ehtiyot uchun. Bizni tilda zapasi uchun. Ikki yuz kilo yubkataradigan stolni ustiga bor yog'i yig'ma kilo qo'yamiz. Ana shu ortiqcha quvvat ehtiyot uchin. Agar insonni har bir a'zosida bor bo'lgan quvvatdan Alloh Taolo yuz barobar ko'proq quvvatni berib qo'yganida, inson kasal bo'lmas edi.

[6:01] Demak, Alloh Taolo shu jasadimizda bor bo'lgan quvvatdan oshishchasini qo'ymadi, o'zi bilgan hikmat uchun. Agar kasal bo'lmay qo'ysa, inson Alloh deyishlikka sabab bo'lmay qoladi da. Agar inson boy, badavlat bo'lib, hech qanday iqtisodiy muammosi bo'lmasa, Alloh deyishligiga sabab bo'lmasa qoladi da. Boshqa qonunlarda Alloh Taolo sobit o'zgarmas qilibdi, ammo rizq bilan sog'liqni qonuni o'zgaruvchi qilibdi.

[6:31] Allohni ayrim maxluqotlarga bergan oshishcha quvvat, oshishcha ehtiyot quvvat haqida ozgina aytib beraman. Bir ming to'qqiz yuz oltmishinchi yilda Fransiya u paytda o'zini mustamlakasi bo'lgan Jazoirni sahrosida atom qurolini sinovdan o'tkazgan. Atom bombani portlatdi va mana shu portlatgan joyda bo'lgan o'zgarishlarni tabiiy olimlar borib tekshirib turadi. Bu atom portlashi, yadro portlashi tuproqqa qanday ta'sir qildi? O'simliklarga. Portlatilgandan keyin olimlar borganda shu yadro quroli portlatilgan joyda chayonni tirik yurganligini ko'rishgan.

[7:14] Chayon tirik, boshqa hamma janoblar o'lib ketgan, hech narsa yo'q, chayon tirik. Shunda ulamolarni, ana shu olimlarni chayonni ustida ilmiy izlanish olib borishlikka shu qiziqish uyg'ongan. Chayonda olishgan, o'n yil ustida ilmiy islanish olib borishi. Natijalar aqllarni lol qoldiradigan darajada bo'ldi. Chayon uch yil ovqatsiz, suvsiz, tirik yashayverar ekan.

[7:43] Chayon uchinchi kun suvga botirib qo'ysangiz, cho'ktirib qo'yibsiz, suv tagida uchinchi kun yashayverar ekkan. Atom nurlanishidan inson odam bolasi ko'tara oladigan darajadan uch yuz barobar ko'proq nurlanishni ko'tara olar ekan. Oltmish graduslik issiq sahrodan chayonni o'n gradus sovuq joyga olib borib qo'ysangiz, yetmish gradus raznitsa. Yetmish gradus farqli joyga olib borilib qo'ysangiz, chayon hech narsa olmasdan yashab ketaverar ekan.

[8:10] Bitta hashoratga, bitta gazandaga Alloh Taolo mana shunday quvvatni oshishchasi bilan, ehtiyot quvvati oshishchasi ham berib qo'yibdi. Endi savol tug'iladi. Bitta gazandaga zaharli hashoratga Alloh Taolo shuncha oshish uchun quvvatni berib qo'ibdi. Odam bolasiga berishlikka Alloh Taolo qodirmasmidi? Qodir edi. Qodir edi! Alloh xohlaganida inson bolasi mutloq kasal bo'lmasligi mumkin edi.

[8:37] Yana olimlarda aytishlaricha, biz bilgan bulutlardan boshqa bir bulutlarni turlari bo'lar ekan. Shular har kuni yer yuzidagi suv havzalarini oltmish marta tushuk suvga to'ldirib qo'yishlik imkoniyati bor ekan. Yana nimalar bor Alloh biladi? Alloh Taolo aytadi: astadibilla va immi shay in illa indana hozainuhu va man una ziluhu illa beqodarin ma'lum.

[9:04] Sizlarning rizq ro'zingiz bo'lmish, har bir narsaning asli manbai bizning dargohimizdadir. Biz u narsalarni aniq o'lchov bilan sizlarga tushuruvmiz. Birinchi masalamiz hal bo'ldi. Koinotdagi qonunlar o'zgarmas ekan, ikkita qonun o'zgarar ekan. Rizq va sog'lik. Alloh Taolo xohlaganida, ikkinchi xulosamiz, odam bolasiga mana shunday quvvatni ziyodasini berib, zapas proshlisni oshchasini berib turib, umuman kasal bo'lmaydigan qilib qo'yishligi mumkin edi. Lekin Alloh Taolo unday qilmadi.

[9:41] Inson qachon kasal bo'ladi? Inson Allohda g'ofil qolgan paytda, Alloh Taolodan g'ofil bo'lgan paytda, mana shu xatosi uchun juda ham qimmat narxni to'laydi. Alloh Taolo unga dard beradi. Oxiratdan avval mana shu xatosi uchun shu dunyoni o'zida mukofot beradi. Odam bolasi o'zini rizqi va sog'ligiga o'ta ham xalis bo'ladi. Rizqini tor yeb qolishini xohlamaydi, sog'ligini ketishligini xohlamayadi. Odam bolasa jannat uchun yaratilgan. Jannat amallarini, jannatga olib borilishiga, jannatga kelishiga sabab bo'ladigan amallarni qilishlikka dunyoga kelgan. Inson zotida shahvat istaklar bor.

[10:29] Shariat uni shahvat istaklarni mutloq inkor qilmaydi. Mutloq dunyodagi xayriyalarni mahrum qilmaydi. Balki shariat uni shahvit istaklarini tartibga keltirib qo'yadi. Ramkaga solib qo'yad. Yaxshi kiyinishi mumkin, yaxshi yeyish mumkin, yaxshiy mashina minishi mumkin, ya xshiy yashash mumkin. Faqat nima bor? Shariatni ramkasi bor.

[10:55] Bandadan xato sodir bo'ldi, osiy bo'ldi, Alloh'dan uzoq bo'ldi, Alloh odob beradi, tarbiya beradi, dard beradi. Buni misoli, avvalam aytganmiz bu misolimizni. Bir zavodda direktori yangi ishchini ishga olmoqchi. Bir oy sinov muddati belgiladi. Xatolaringni sanayman, mana shu bir oyning ichida mana buncha xatoga yo'l qo'ysang haydayman dedi. Qabul qilmayman ishga dedi. Endi bu rahbar haligi odamni faqat xatosini sanashliklar bilan olib boraveradi. Yetarli bo'lgandan keyin xatosi endi haydab boraveradi. Uni olib qolish niyati yo'q edi da. Endi o'zini o'g'lini ishga olsa chi shunaqa sinov muddati bilan? Xatosini faqat sanablar qo'yadimi? Yo'q, har bitta xato qilganda olib qolmoqchi da uni o'zi bilan. Har bitta xatosini ogohlantiradi. Unaqa emas deydi, bunday qil deydi. Alloh taolo mo'min bandasini yaxshi ko'rganligidan, undan xato bo'lganda, bitta dardni berib qo'yadi.

[11:53] Lillahi ilmatullal ala. Astag'firulloh, valav anna ahl al quro, a man u vattaqov, la fatahna alayhin barakati minas sama i wal art. Mana oyatga quloq solamiz. Agar u qishloqling ahli iymon keltirib, taqvodor bo'lishganida, osmonlar yerdan biz barakat eshigini ochib qo'ygan bo'lar edik. Mana shart. Qachon barakatli bo'ladi rizqimiz? Qachon sog'lom bo'lamiz? Qachoniki, taqvo qilganimizda. Keyingi oyat. Vo allavistaqo muallabtoley qotilasiz qoyna hun ma'an g'odaqol inaftina hun fil.

[12:33] Agar ular to'g'ri yo'lda ustuvor turganlaridan, albatta biz ularni imtihon qilish uchun mo'l yomg'ir bilan sug'organ bo'lar edik, ya'ni rizqini keng qilib qo'yar edik. Nima qilsa? Taqvo qilsa. Keyingi oyat. Istaduviylar. Valav annahum aqomut tavrotoval injil. Agar ular tavrotni injilni qoyim qilishganidan, va men unsila ilayhim. Yana ularga tushgan narsani qoyim qilishganida, ustlaridan ham, ostilardan ham rizqlangan bo'lar edilar.

[13:12] Jon akalar, ukalar, tirishchilik deb yuribmiz ku o'shalar. Bolachaqa deb yuribmz. Alloh taolo aytib turibdi. Taqvo qil, ustingdan ham, ostingdan ham barakani beraman deyapti. Meni aytganimdan chiqma, shariat doirasidan chiqma, rizqinga baraka beraman deyaptilar. Robbimiz bizga aniq ishlaydigan formulani aytib tursa, namozni qo'yib qo'yib do'konda tursak.

[13:37] Alloh taolo zakoti ber, taqvo qil desa, baraka beraman desa, ikki yarim foiz qizg'ansak. Ramazonda ro'za tut, taning sog'lom bo'ladi, rizqingga, umringga baraka beraman desak, issiq hozir desak. Haligi lillahi ilma salur ala karrani tablitsasida turibdi, qabul qilmaydigan odamga o'xshaymiz da. E, usiz ishimiz bitmaydi. Bu shunday bir formulalarki, tadbiq qilmay ilojimiz yo'q. O'shaning uchun qarang da. O'sha shariat ramkasida qo'lidan kelganicha harakat qilayotgan odamda topayotgan uch to'rt chaqasida baraka bo'ladi.

[14:14] O'shaning ustida eskilar bitta ota, bitta ketmoni bilan tirikchiligini nima qilavergan? O'tkazilavergan. Endi o'sha shariatni ramkasidan chiqib ketib qolgan paytimizda, to'qqiztamiz ketmon chopyapmiz, bitta baloni boqolmayapmiz. Topyapmiz, topyapmiz emas, bor ku, lekin yetmayapti. Nima yo'q? Kasallik insonni tarbiya qiladigan eng katta sabablardan. Kishi kasal bo'lganda Alloh deydi.

[14:46] Shifo ber deydi. Chunki yolg'iz holatda hech kim uyquz kelmay ekanda. Xotini ham uxlayapti, bolalari ham uxlayaptida, joni qiyin ekan deb nima deydi? O'zi o'sha kasallikni berganligi, Robbingizni sizga bo'lgan mehribonligi. Shu dard chekkanligingiz bilan, shu mashaqqat chekkanligingingiz bilan Alloh Taolo gunohlaringizni nima qilib yuboryapti? Yuvib yuboryapti. Robbingiz yaxshi ko'rgandan dard beryapti.

[15:11] Alloh azza va jalla ishi komil bo'lgan zot. Mahluqotlarni komil qilib yaratgan. Lekin bandalar o'zini xatosi tufayli dardga, kasalga chalinadi. Ibrohim alayhissalom robbisini namrutga tanishtirdi. Seni robbing qanaqa rob, ey ibrohim? Ibrohim alayhi assalom robbisini tanishtiryapti. Diqqat qilasizlar, juda ham bir hozirgi aytayotgan gaplarimizni xulosasi. Istadvillar alladiy xoloqoniy va huvayahdin. U shunaqa zotki, meni yaratdi, hidoyat qiladi. Va ladiy huva yut'aymuniy voyasqing. U shunday zotki, mena qornimni to'ydiradi va chanqog'imni qondiradi. Voida marittufa huvayashfiy va agar kasal bo'lsam, u menga shifo beradi. Kasal bo'lsang, shifo beradi! Kasal qilib turib shifo beradi demayapti.

[16:05] Ovqatni o'zi beradi, suvni o'zi beradi, hidoyatni o'zi bermaydi. Kasalni beradi demayapti. Men o'zim kasal bo'lib olganimdan keyin, Alloh menga nima qiladi? Shifo beradi. Darsimizni xulosasi shu. Asosiy aytmoqchi bo'lgan narsam shu. Bizni kim kasal qilar ekan? Havo inapsimiz, shariatni doirasidan chiqib ketganligimiz, ilohiy manhajga teskari yo'l tutganimiz. To'g'rimi?

[16:39] Oyatni siyohiga e'tibor bersak, ovqat beradi, suv beradi, hidoyat beradi deyapti, ammo kasal beradi demayapti. Xulosa, bandaga dard, kasal qachon keladi? Allohning manhajidan chiqib ketganidan. Ishonavering. Ishonaverin. U dard rakmi Alloh saqlasin. Oddiy tirnog'ingizni shilinib ketishimi, oyog'ingizni toyilib poyingizni cho'zilib qolishimi, dard degan kasal degan nomi bormi, bu sizga Alloh tomonidan berilgan qo'shtirnoq ichidagi mukofot.

[17:14] Manhajdan chiqib ketganligingiz uchun, shariatdan chiqib ketkanligingiz uchung. Ba'zida bu xatoyimiz, manhajdan chi qib ketishlikdagi xatoyimiz, ovqatlanishlikdagi shariatni ko'rsatmasiga xilof ish qilishda ko'rinadi. Ba'zida din talab qilayotgan poklikka rioya qilmaganligimizda ko'rinadi, ba'zida, ba'zida bu nuqsonimiz Allohni mahluqotlarini o'zgartirib yuborayotganimizda ko'rinad.

[17:43] Ovqat yeyishlikdagi sunnatni tark qildingiz, dard yetdi. Dinun nazofa deganlar Rasululloh, din poklik deganlar. Shatrul iymon, poklik iymonning yarmi deganlar. Poklikka rioya qilmadingiz, gigiyenikaga kasal yetdi. Ovqatni oshirib yuboruvdingiz, kasal yetdi. Endi Allohni mahluqotlarini o'zgartirib, o'zimizni kasal qilamiz. Qanaqa qilib?

[18:07] Tezroq semirsin deb turib, chorva hayvonlarimizga sun'iy ximikat yemlarini beryapmiz. Tezroq semilsin, og'irroq bo'lsin. Allohni mahluquni o'zgartirishmi, o'zgartirilishmasmi? Gohida hosilni tezroq olish kerak deb turib, shunga o'xshagan yo'l tutamiz. Tinmasdan ximikasini olamiz. To'g'rimi? Dehqonlar aytaylar, o'sha aytayotgan ximiyasini solmasanglar hosil bo'lmaydi da, to'g'rimmi? Avvalgi ota bobolarimizni ekkan torus qovni nimaga shirin bo'lgan? Ular tabiiy o'g'it solganda, avvalgi sabzalar suvli bo'lardi, shirin bo'lardi. Shuni g'ash g'ash qilib yeb ketaverardik maktabimizga. Suvli bo'larda, shirin bo'tarda, boshqacha bo'lishini tasavvur qila olmasdik, to'g'rimi domla? Hozir chemal suvli ekan deyapsiz. Ana qarang, suvli bo'lishiga interesno, suvli bo'shicha, bu shirin ekan deyapmiz.

[19:00] Demak, bizga yetayotgan kasal dard, Allohni manhashidan chiqib ketganimizda va Allohni mahluqotlarini o'zgartirganimizda yetar ekan. Gmo deyapmiz a? Genni modifitsirovanniy osi nima? Organizm. Tabiiy dori darmonga qanoatlanmasdan ximiyaga o'tirib oldikmi?

[19:24] Ha endi nima qilaylik? Boyagi aytayotganimiz biz bitta qohirni bilan gripp tuzalmayapti da. O'sha ximiyani yeyishga majbur olyapmiz. Chunki o'sha kasal ham spitsani semirtirilib, rivojlantirilib jo'natilyapti, ovvolga dorilar ta'sir qilmayapti. To'g'rimi? Bir tillasiz yozilib ketadi, bir tillasiz yozilmayapsiz grippdan. Mana shularni bari Allohni mahluqotlarini o'zgartirganligimizga kirmaydimi?

[19:53] Kim andiyolar olib kelganida, sog'liq qoidalarga rioya qilsa, umri davomida sog'lik degan ne'matdan foydalanib yashaydi. Demak, kasal bo'lish odamlarni o'zini fe'lidan ekan, xatosi fe'li ekan. Kim Payg'ambarlarni olib kelgan risolatiga amal qilsa, faqat qadarda bitilgan kasallarga yel yo'riqadi bu odam. Mana yana shu o'rinda kasalni ikkiga bo'lamiz. Bizga yetadigan dard ikki xil bo'ladi.

[20:22] Qazoyi qadarda bitiladigan dard o'zimizni fe'limiz sababli kelgan dard. Qazoyiqadarda yozilgan kasallik bizni fe'li atvorimiz sababidan kelgan kasallik. Endi bizni boshimizda turgan kasalliklarni yuz foiz desak, necha foizi qadardan bo'lgan kasallik u, necha foizi o'zimizni fe'limizdan bo'lgan kasalik.

[20:46] Bir foiz yo ikki foiz qadardan. Qolgani? To'g'ri aytyapmanmi? Masalan, uuuuu bo'lyapti dedingiz, haligi narsani qilmay qo'ydingiz, yaxshi bo'lib qoldingiz. Demak o'zingizdan. O' bo'lib ketdi, qonini semirib ketdi. Haligi narsalarni qilib, mana narsalarni ham qilmadingiz, qorin joyiga kirdi. Demak, fe'lingizdan. Bizni ustimizga kelgan kasallik dardlarini salkam hammasi o'zimizni fe'limizdan.

[21:14] Germaniyada katta bir shifoxonasiga yozib qo'yibdi. Biz qornimiz ochmagunicha ovqat yemaydigan agar ovqatlansak, to'ygunimizcha yemaydigan qavmmiz. Sitatani egasi arab shoiri Muhammadun Abdulloh deb qo'yibdi. Subhanalloh. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ular shoir deb, lekin gapini olyapti ekan.

[21:41] Demak, ovqatlanishidagi sunnat nima edi? Payg'ambarim sallallohu aleyhi vasallamni ko'rsatgan narsasi. Mana endi kasalliklarni oldini olishlikda, profilaktika qilishlikdagi eng asosiy qoida shu ekan. Rostini aytganlar, oshqozon kasalliklarning uyi, al ma'idatu baytuda. Agar ovqatlanishingizda sunnatga rioya qilsak, shariatni talabini bajarsak, kasal bo'lmaymiz. Hozir men bir qancha hadislar aytaman va voqeligimizni taqqoslaymiz. Payg'ambarimiz aytganlar, mana hozir aytyapmiz, naqna qomin la nakulahat ta'na jo' biz qornimiz ochmaguncha ovqat yemaydigan qavmiz.

[22:19] Bizchi? Povod bo'lib qolsa yevoramiz. Rostini aytyaptilar, yesak, to'ymagunimizchi yeymiz deyapti. Biz nima deymiz? To'ymaguncha turmaymiz. Rostini aytayaptilar, oshqozonni uchdan biri ovqatga, uchdan biri suvga, uchdan beri havoga deyaptilar. Biz nima deyimiz? Biz uchdan bir, pishdan birini bilmaymiz biz. Biz to'lganda turamiz. Yana, rostroqlar aytganlar, idishlarni, inson bolasida to'ldiradigan idishlarni eng yomoni qorin desa, biz qorinni to'yg'izishlik hayotimizni mazmuniga aylanib qolmaganmi?

[22:57] Nima yeymiz e hozir e, jumadan chiqib. Sizlardan eshitamiz. To'rttasi o'tirib bir kilo oshni yeb yuborardi deydi. Dushmanlik kerak yo'q ekan ularga. Osh oshib qolsa, mana shu mashaq qilib turib oshartir deydi, og'ziga to'ldirib yuborardi deydi. Payg'ambarimiz aytyaptilar, uchdan biri qorin ovqatga, uchdan biri suvga, uchdan bir hovoga havoni o'rnini taqab to'ldirgansizlar. Endi sizlar biz kasal olmay kim kasal bo'lsin?

[23:28] Aytdik, Alloh Taoloni fe'li komil. Bandani komil qilib yaratgan laqadahol ahnal insana fii ahsani taqviyn. Insonni eng go'zal suratda yaratdik deyapti. Endi inson o'zini o'zi tugatar ekan. Nima bilan? Shariatga xilof yo'l tutishlik bilan. Ovqatlanishimizni to'g'rilasak akalar, siz bilan bizga dard yetmas ekan. Yeyishimiz kuch. Harakatimiz yo'q. Endi siz bilan biz kasal olmay kim kasal o'sin?

[23:59] E, siz kam ovqat ekansiz, e, bo'lmaydi, deydi. Avvalgi davrlarda mardikorni olay ekanda, ishga. Ha. U mardikor ishlaydigan odam edi da. U ko'p yeyish kerak edi. Sizchi? Klaviaturada o'tirasiz. Siz kulturniy ish qilasiz. Siz bir besh kilo yuk ko'tarmaysiz, siz ko'p yeng birodar. O'shanda endi keyin aptakaga ishingiz tushmaydi. Qarang, ozroq yesangiz, cho'ntakka ham ekonom. Doridan ham ekonom. Figuradan ham ekonom.

[24:33] Endi siz ovqatni ozdirtirsangiz ham, harakatni ko'p qilsangiz ham ves turibdimi? Endi bu taqdirdan bu. Kamroq yeylik akalar. Kim o'zini oshqozonini uchdan birini biladi? Qo'l ko'tarmanglar. O'zingizga shu savolni bering da, bilasizmi uchdan biri to'lganini? Shuning uchun yoshi to'qson dan o'tgan bir ulug' olim oqsoqoldan so'rashdi. Ko'zlari o'rnida nuri, qulog'i o'rniga, tishlari o'rni o'rnida qaddi qomati kelishga hech qanday inqillagan joyi yo'q. Qanaqa qilib erishdingiz bu narsaga deganida, bolam, bu a'zolar Alloh Taoloni bizga bergan omonat edi. Omonatni yoshligimizga e'tiyot qilgandik, qariganimizni Alloh Taolo e'tiyot qilib saqlab berdi deydi.

[25:16] Men a ashata qilgan, a asha qov yegan. Qoida. Kim taqvodor bo'lib yashasa, quvvatli bo'lib yashaydi. Aql qovli, ha davo astag'firullohu alayhi va lakum.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [1:14] Hadith: Sunani Ibn Moja, 3520 (grade: Sahih (Albaniy))
  - Said in the lecture: “Rasululloh sollollohu alayhi va sallam agar biror bir bemorni ziyorat qilgani bo'lsalar, aytadilar idha habilbas robbin nas ish fiy antash shafi la shifaa illa shifauk shifan la yuqodili saqoma.”
  - Arabic: أذهب الباس رب الناس واشف أنت الشافي لا شفاء إلا شفاؤك شفاء لا يغادر سقما
- [8:57] Quran Al-Hijr 15:21
  - Said in the lecture: “immi shay in illa indana hozainuhu va man una ziluhu illa beqodarin”
  - Arabic: وَإِن مِّن شَىْءٍ إِلَّا عِندَنَا خَزَآئِنُهُۥ وَمَا نُنَزِّلُهُۥٓ إِلَّا بِقَدَرٍۢ مَّعْلُومٍۢ
  - Uzbek translation: Hech bir narsa yoʻqki, uning xazinalari Bizning huzurimizda boʻlmasa. Biz uni faqat maʼlum miqdorla nozil qilurmiz.
- [11:59] Quran Al-A'raaf 7:96
  - Said in the lecture: “man u vattaqov, la fatahna alayhin barakati minas sama i wal art.”
  - Arabic: وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ ٱلْقُرَىٰٓ ءَامَنُوا۟ وَٱتَّقَوْا۟ لَفَتَحْنَا عَلَيْهِم بَرَكَٰتٍۢ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ وَلَٰكِن كَذَّبُوا۟ فَأَخَذْنَٰهُم بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ
  - Uzbek translation: Agar qishloqlar ahllari iymon keltirganlarida va taqvo qilganlarida edi, Biz, albatta, ularga osmonu yerdan barakotlarni ochib qoʻyar edik. Lekin ular yolgʻonga chiqardilar, bas, ularni qilgan kasblari tufayli tutdik. (Ushbu oyati karimada bayon qilinayotgan oddiy va sodda haqiqatni insoniyat tushuna olmayotgani gʻoyatda ajablanarli hol. Inson uchun osmon va zamindan barakot eshiklari ochilishi uchun birgina shart kifoya, yaʼni, u iymonli va taqvoli boʻlishi lozim ekan. Ana oʻshanda insonga osmonu zamindan barakotlar eshigi lang ochib qoʻyiladi. Chunki iymon insonni barakotli hayot yoʻliga boshlaydi. Chunki taqvo insonni farovon hayot yoʻliga soladi. Iymon bilan taqvo bir-biriga chambarchas bogʻliq boʻlganidek, barakot ham ularga bogʻliqdir. Bu haqiqatga kattayu kichik har bir sohada guvoh boʻlishi mumkin.)

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz darsda Alloh taoloning qaysi ikki qonunini bandalarning fe'li va atvoriga qarab o'zgaruvchi deb ta'riflagan?
   - a) Rizq va sog'lik qonuni — correct
   - b) Suvning pastga oqishi qonuni
   - c) Temirning qattiqligi qonuni
   - d) Kun bilan tun almashinuvi qonuni
   - Why: Darsda Alloh rizq va sog'lik qonunini sobit emas, balki bandalarning fe'li va atvoriga qarab o'zgarib turuvchi qonunlar deb alohida ta'kidladi. [2:55–4:03]

2. Ustoz darsda Alloh taoloning mo'min bandasiga dard berishini qaysi maqsad bilan bog'lagan?
   - a) Bandasini tarbiyalash va odob berish uchun — correct
   - b) Bandasini dunyoviy rizqdan mahrum qilish uchun
   - c) Bandasining gunohlarini unutilib ketishi uchun
   - d) Bandasining ibodatlarini qisqartirish uchun
   - Why: Ustoz Alloh taoloning mo'min bandasini yaxshi ko'rganligi sababli, undan xato bo'lganda tarbiya va odob berish maqsadida dard berishini ta'kidlagan. [10:55–11:52]

3. Ustoz darsda bandaning kasal bo'lishining asosiy sababi nima ekanini qanday izohlagan?
   - a) Havo sharoitining yomonlashishi
   - b) Shariat doirasidan chiqib ketish — correct
   - c) Jismoniy mehnatning ortishi
   - d) Kam ovqatlanish yoki suvsiz qolish
   - Why: Ustoz darsda bandaning kasal bo'lishining asosiy sababi shariat doirasidan chiqib ketish va ilohiy manhajga teskari yo'l tutish ekanini ta'kidlagan. [16:05–16:35]

4. Ustoz darsda kasalliklarning qanchasi qadardan, qanchasi o'zimizning fe'limizdan kelib chiqqanini qanday ta'kidladi?
   - a) Hammasi qadardan bitilgan
   - b) Salkam hammasi o'zimizning fe'limizdan — correct
   - c) Yarim-yarim teng taqsimlangan
   - d) Asosiy sababi atrof-muhit
   - Why: Ustoz darsda bizning ustimizga kelgan kasalliklarning salkam hammasi o'zimizning fe'limizdan kelib chiqqanini ta'kidladi. [20:46–21:11]

5. Ustoz darsda ovqatlanishda qorinning qanday taqsimotini amalga oshirishni tavsiya qilgan?
   - a) To'liq qorin to'yguncha ovqat yeyish
   - b) Uchdan biri ovqat, uchdan biri suv, uchdan biri havo — correct
   - c) Faqat suv ichib, ovqat yemay turish
   - d) Kechki ovqatni ertalabga qoldirish
   - Why: Ustoz darsda qorinning uchdan birini ovqat, uchdan birini suv va uchdan birini havoga ajratish kerakligini ta'kidlagan. [22:19–22:55]
