# 30-Dars ASH-SHAFI: Asma-ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/kk-cyrl/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 33 of 110
- Section: Ash-Shofiy
- Duration: 27 min
- Original title: 30-Dars ASH-SHAFI / Asma-ul-Husna
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno/33
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/9hD_i10i2YU.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=9hD_i10i2YU
- In this course: [previous](https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno/32.md) · [next](https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno/34.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen amin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqul va adil amin. Allohum ala ilmalana illa ma'allam tana innaka antala alimul hakim. Allohumma al imna ma'yam fauna va mfanabiy ma'lam tana va zidna ilma. Allohumma arenal haqqa haqqon va rizqu na tibaa va arenal botila botila va rizqu na jdi na ba.

[0:31] Vo ja'anna min ma'yasida me'onal qovli fayetdabi uni ahsana. Vodixin la bi rahmatika fii ibodika solihin. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'alib va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Alloh subhanah va taoloning go'zal ismlari xususida olib borayotgan navbatdagi darsimiz. Asmon xusno. O'tgan ikki juma da alloh subhanahu va taoloning ash shafi shifo beruvchi ismini dars qilayotgan edik. Payg'ambarimiz Sollallohu Alayhi Vasallam biron bemorni, kasalni ziyoratiga borsalar, aytardilar Ivihib ilbas robbinnas ishfi antashshafi la shifa'a illa shifauk, shifa'an la yu'g'odiru saqomat der edilar. Mana shunday deyish sunnat. Shu duoni yodlab olaylik. Ma'nosi, ey insonlarning Robbisi, shifo ber. Albatta sen shifo beruvchisan. Sening shifoyingdan boshqa shifo yo'qdir. Sening shifoing bironta dardni qoldirmaydigan shifodir. Alloh ash shafiy shifo berguvchi bo'lgan zot. Banda kasal bo'larkan, uni kasalligini simptomlari bor. Belgilari, alomatlari.

[1:49] Kasallikni belgilari. Inson kasal bo'ladi, uni simptomlari bo'ladi. Mana shu simptomni borligi Alloh Taoloni bizga bergan rahmati. Eng yomon kasal qaysi? Shu simptomi bo'lmagan kasal. Ozib ketyapti, holi qurib ketyapti, hech qanday alomati yo'q. Hamma yog'i yeyishi joyida, nafas olishi joyida, uxlashi joyida, lekin yudab ketyapti. Nimadanligini bilmaslik, shu kasallikni sababini bilmaslik, bu juda ham bir xatarli narsa.

[2:18] Oridingiz simptomlar. Ichi o'tyapti, demak oshqozon buzilgan. Masalan, ko'zi xiralashib qoldi, demak ma'no narsasi kamayib ketgan. Simptomlarni borligi Alloh Taoloning marhamati. Alloh azza va jalla insonlarni yaratdi, har bittasi o'zichasiga alohida.

[2:40] Ko'zi, rangi, bo'yi, tabiati, hidi, ko'zini setchatkasi, bu narsalar har bitta insonda o'ziga xos berilgan, individual hammasi. Ammo jasad tuzilishi, ichki a'zolari, oshqozon ichagi, suvek sistemasi, bular bir xil. Albatta, bu Alloh Taoloning azamatiga va tavhidiga dalolat qiladi. Birodalar, agar odamlarni fiziologiyasi, jasad tuzilishi ichki a'zolari har xil bo'lganidan, nima bo'lar edi?

[3:14] Tabobatni g'arbda o'rgangan odam sharqqa borganda u ilmi hech narsaga yaramay qolar edi. Yoki sharqda meditsinani o'rgangan olim g'arbga borsa, bu ilmi foyda qilmay qolar edi. Ha, boyagi insonni bir biriga o'xshamaydigan holatlari bor, lekin umumiy suratda jasad bir xil bo'ladi. Bu ham Alloh Aziz va Jallani siz bilan bizga bergan marhamati.

[3:38] Jasad o'zini o'zi tuzatib olishi qudratiga ega. Alloh Azza va Jalla mana shu qonunni har bir jasadga sobit qilib joylab qo'ydi. Agar Alloh Azza va Jalala insonni jasadiga shu xususiyatni bermaganida, hech qachon tuzalmagan bo'lar edi. Aytdik, avvalgi darsimizda kasallik bandaga odob berishlikning bir yo'li. Banda kasal bo'ladi, Alloh deydi. Menda uxlamaydi kechasi bilan og'riqdan, Alloh deydi. Alloh demak qo'ydi, dard berib qo'ydi da. Demak shu dardni berishligi Alloh tomonidan berilgan bir odob bo'ldi. Masalan, inson o'zini o'zi tikkalab olishligi, tkani deydi mana. Insonni tkani. Insonni mana shu, masalan terisini olaylik. Yirtildi, kesildi, yorilib ketdi. Tabibning ishi o'sha yerda yuvib, tozalab mikroblardan olib kelib tikib tortib baylab qo'yadi. Tabibni ishi tugadi. Qolgan ishni jasad o'zi qiladi.

[4:39] Insonni terisiga, insonni jasadiga mana shunday xususiyatni kim berdi? Ash shafiy bo'lgan Alloh azza va jalla. Agar insonni jasadi o'zini o'zi tuzatishlik xususiyati bo'lmaganida, insonlar hech qachon shubha topib qolgan bo'lar edi. Masalan, suyak sindi. Ellik ga, oltmish ga kirgan odam. Suyak o'sishdan to'xtagan. Uni mana shu o'stiradigan, rivojlantiradigan hujayralar uxlagan. Lekin suyak singanda, ana shu hujayralar uyg'onadi da, suyakni bir biriga yopishtiradi. Xirurgni ishi nima?

[5:12] Terini kesib ochib, o'sha suyakni bir biri olib kelib qo'yib, gipslab, baylab qo'yadi. U yog'i kimning ishi? Alloh taoloning mana shu qonunning ishi. Albatta ash shafiy bo'lgan robbimiz insonni jasadiga mana shunday bir xususiyatni berdi. Endi ayrim narsalar bor insonni jasadi da u tuzalmaydi. O'zini o'zi tikkalay olmaydi. Va bu qaysidir narsaga dalil bo'ladi.

[5:44] Teri yirtilsa, yamalib ketar ekan. Go'sht kesilsa, butib tutilib ketar ekan. Suvek sinsa, ulanib ketar ekan, ammo qizli pardasi yirtilgandan keyin, u o'zi hech qachon o'zi tortilib ketmaydi. Bu mana shu qizni bokira ekanligini dalili. Butun jasadni o'zini o'zi tutib ketadigan, tutib ketadigan qilib qo'yibdi Alloh Taolo, ammo mana shu joyini Alloh Taolo o'zini tortadigan qilib qilib qo'ymabdi.

[6:11] Ash shafi ismidan olinadigan xulosalardan biri, demak Alloh Taolo ayrim a'zolarga keragidan ortiqcha quvvatni berib qo'ygan. Masalan insonda ikkita buyrak bor. O'zi asli bitta buyrak bilan ham inson yashashi mumkin. Ikkinchisi, ehtiyot. Ikkinchisi ehtiyot uchun, zafas uchun. Shuning uchun tavobat kuniyatida o'qiyotgan ukalarga aytadiganimiz, meditsinskiy fakultetda o'qiyotganda ukalarga aytayotganimiz, insonni jasadini o'rganayotganinglarda, aqllarni lol qoldiradigan belgilarni, oyatlarni ko'rganda, ularni yaratgan Alloh Taoloni qanchalari ulug' zot ekanligi haqida bir fikr qilib ko'ringlar. Chunki Alloh azza va jala bu mo'jizalarni bizga bayon qilyapti, Allohni azamat harlig'i fikr qilib, Alloh azza va jalalarga yaqin bo'lishligimiz uchun.

[7:03] Masalan, yurakni ko'chirishlik amaliyoti bor, operatsiyasi. Sovub turgan, o'lib turgan, qimirlamay turgan, qimirlamay turgan yurakni olib keladi jarroh. Kerak joyiga o'rnatadi, tikadi. Tokni bitta beradi, yuragi ishlab ketadi. Yurakka shu xususiyatni kim berdi? Ash shafi bo'lgan Robbimiz. Agar shu yurakni shunaqa xususiyati bo'lmaganida, yurak ko'chirishlik, yurak almashtirishlik degan operatsiyani esdan chiqarib qo'ysak ham bo'laverar edi. Robbimiz ash shafiy bo'lgan zon.

[7:36] Shuning uchun inson o'zini jasadi haqida, koinot haqida fikr qiladigan bo'lsa, albatta Alloh Subhanah va Taoloni topadi. Har bitta mo'jiza Alloh Taoloning qudratiga dalolat qiladi. Masalan, bir tabib aytganidek, bir qaraganda insonni jasadida kerakmas narsalar borga o'xshaydi. Masalan, insonni boldirni ichida tomir bo'lar ekan. Undan qon yurmas ekan, prosta tomir turar ekan. Bir qaraganda kerakmas narsaga o'xshayda. Lekin u tomir ayni mana shu insonni bir halokatga uchragan paytda tomirini ulashlik kerak bo'lsa, shunda ishlar ekan. Zapaskiy ekan deb qo'ying chi.

[8:14] Masalan, odam bolasi ojiz aqli bilan o'ylab topgan mashinasida bagajni zapaskasi bo'ladi. Ema balon kerakmas ekan deb tashlab yuborsa nima bo'ladi? Odam bolasiki o'ylab topkan mashinada oshicha narsa bo'lmagandan keyin, insonni jasadida turibdimi shu a'zo? Demak u kerak. Chunki bu hakim bo'lgan, ash shafi bo'lgan robbimizni san'ati, robbimizning ishi. Laqodi xalaqinal in sanafi, ahsan taqvim. Darhaqiqat biz insonni eng go'zal shakli shamoyilida yaratdik. Va fiy anfu sikum, afalat obus erun. Ha bu Allohni tanitadigan oyat, alomatlar o'zingizda, jasadlaringizda ham turibdi yu, fikr qilmaysizlarmi?

[8:55] Aytdik ku, tirnoqizni olasiz, sochingizni olasiz. Soqolingizni qisqartirasiz. Alloh azza va jala mana shu a'zolarga og'riqni his qilishlik xususiyatini bermabdi. Agar qo'lingizni teringizni kesganda og'rigandek, tirnog'ingizni kesganda ham og'raydigan bo'lsa, nima bo'lar edi? Har safar narkoz olaverarmidik? Narkoz bilan tirnog'imni oldirib keldim. Narkoz bilan sochimni qisqartirib keldim, musibat bo'larmidi? Bu kimni fe'li? Alloh azza va jallaning fe'li.

[9:28] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, likulli dayin davaun. Imom Muslimdan bu hadis. Dard borki, uni davosi bor. Dard borki, uning davosi bor. Bu hadisni eshitgan bemor har qancha dardi og'ir bo'lmasin, qalbida umid paydo bo'ladi. Dard bormi? Davosi bor deyapti Rasululloh. Umidi paydo bo'lardi. Endi tabib bu hadisni eshittadi da, demak yaxshiroq ishlashim kerak ekan. O'zimni ilmimni o'stirishlikka harakat qilishim kerak ekan, chunki dard bormi, davosi bor. Harakat qilsam Alloh shu da'voni menga yo'lini ko'rsatadi deydi. Bemorga umid bag'ishlayapti bu hadis, tabibga mas'uliyatni ziyoda qilyapti. Ichayotgan dorilarimizni m bo'lsin deb qo'yadi a? M bo'lsin deydi, ya'ni shifo bo'lsin deydilar. Shu dorilarni bizga shifo bo'lishligini kim ta'minlab qo'ydi? E'tibor bering, tabibga borasiz, diagnizni to'g'ri qo'yadi, dorini beradi, tugadi tabibni ishi. U yog'i kimni ishi? Dorini ishimi? Kimni ishi? Allohni ishi. Siz bor yo'g'i sababini qildingiz, allohga tavakkal qildingiz, endi shifo topasiz.

[10:43] U siz falon minglagan pulingizni sarflab topa olmayotgan shifo, agar o'tingizda o'sayotgan bir ko'katda edi. Uni bilmas edingiz. Qayerdagi dorilarga pul sopa yuruvdingiz. Shuning uchun ishfiy antashafiy, parvardigor, shifo ber, sen shifo beruvchisan. Sen shifo beruvidisan. Tabib ham emas, dori ham emas, pul ham emas. Alloh xohlasa ichayotgan suvingizni shifo qilib qo'yadi. Ma'qulmi? Kallasiga bitta to'p tegadi, bo'ldi, joyiga keladi, bo'ldik, kalla zo'r bo'lib qoladi. O'zi amnistiya bo'lib qolgandiz. Bitta to'p tekadi yo bir mushuksiz yaxshi bo'lib qolasiz. Shuning uchun Alloh Taolo shifo qilsin. Agar Alloh shifo qilmasa, foydasi yo'q bularni hech qaysini.

[11:30] Alloh azza va jalla har bir bandaga o'zgachalikni ato qildi. Bu ham Alloh Taoloni bandalariga bo'lgan rahmat. Odam bolasini Allohni huzurida qadri qiymati borligi, karomati borligini dalili. Oriflardan biri aytadi, ey Robbim, agar zaytun daraxtining ikkita bargi bir biriga o'xshaydigan bo'lsa, Sen Al-Vosiya deb nomlanmagan bo'lar eding.

[11:59] Ey Robbim, if zaytun darakting ikkita bargi bitta bir biriga o'xiaydigan bo'lganida, Sen Al-Vosiya dem atalmagan bo'lar deding. Nechta daraxt bor yer yuzida? Nechta baki bor? Hech qaysi o'xshamas ekan bir biriga. Subhanalloh deyishlikdan boshqa choramiz yo'q. Qor uchquni hech qaysini shakli, surati, resumkasi bir biriga o'xshamas ekanda. Birodarlar, bir siqim qorning ichida qancha qoydaroq uchquni bor?

[12:30] Subhanalloh deydigan boshqa choromiz qolmaydi. Agar tafakkur qilsak, fikr yuritadigan bo'lsak. Hozir yer yuzida olti milliarddan ko'proq odam bor. Birontasi bir biriga o'xshamaydi. Mana shu narsani o'zi ham insonni Allohni huzurida karomati borligini dalili. Har bitta odam o'zgacha. Yuzini tuzilishi, ko'zi, qulog'i, burni, ovozi, hidi, vaholanki fiziologiyasi bir xil.

[13:02] A? Oyog'i, ichki tuzilishi, yaralishi, fiziologiyasi bir xil, shu vaqtni o'zida bir biriga umuman o'xshamaydi. Bironta odamni ko'zini setchatkasi boshqa bir odamga o'xshamaye. O'shaning uchun hozirgi kundagi eng zamonaviy qulflarga mana shu ko'zni, setchatkasini o'qiydigan lazerlarni qo'yib qo'ygan. Ko'zini tutadi, lazer o'tadi, ochiladi. Hech qaysi odamni tanasini hidi boshqa bir insonni tanasini hidiga o'xshamye. O'shaning ichida isitkovoy itlar nima qiladi?

[13:34] Subhanalloh. Itni hid bilishlik quvvati inson bolasini hid bilish quvvatidan yigirma ming barobar kuchli ekan. Hayvonlarni bilasizmi? Minglagan haligi zebralar yuradi millionlagan haligi antilopa gunu deydi. Hididan bilib oladi.

[13:57] U rangi bir xil boshidanalanib ketadi zebralarni haligi rangini ko'rib turib. Lekin hididan ajratib oladi. Kim berdi bu xususiyatni? Hech qaysi insonni ovozi boshqa bir insonni ovoziga o'xshamaydi. Chunki ovoz pardani alloh taolo bunday bo'lishingni xohlamadi. Insonni tuzilishi, fiziologiyasi bir xil, ammo shu vaqtni o'zida bir biriga hech qaysisi o'xshamaydimi? Albatta, bu ham alloh taoloning ash shafiya va alwasiya ekanligiga dalolat qiladi.

[14:28] Hozirgi kunda xuddi pul uchun bank bo'lganidek, qonning ham banklari bor ekan. Ma'lum bir odam boradi, ot familiyasini yozadi, qonni topshirib, shu bankka qo'yib qo'yadi. Keyinchalik biror bir dardga chalinsa, shu kletkalari tikkalanishlikka qiynalsa yoki tikkalanmay qolsa, shu qon olib kelib quyilsa, shu kletka tikkalanar ekan, birodarlar. Bu xususiyatini kim berdi bu qonga? Albatta ash shafiy bo'lgan robbimiz subhanahu va taolo. Agar Alloh Taolo mana shu qonunlarni joriy qilib qo'ymaganida, hech kim shubha topa olmagan bo'lar edi.

[15:05] Likun lidayin da'vaun. Har bir dardni davosi bor ekan. Mana tabobat ilmi Alloh Taoloning fazli bilan bandalarni qilgan harakati sababli juda ham bir taraqqiy topib ketdi. Tabobat ilmining taraqqiy topishligi insonni Allohni huzurida karomati, hurmati bor ekanligiga dalil. Tabibni ishi ikkita. Diagnozni to'g'ri qo'yish, dorini yozib berish. U yog'i Alloh Taoloning ishi.

[15:38] Mana shu o'rinda bir hadisda aytib o'tib ketamiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar Abdullohi Yunusuddin Imomiy Tavaroniy rivoyati da'vu mordokum biz sadaqa. Bemorlaringizni sadaqa bilan davolanglar. Bemorlaringizni sadoqa bilan davolanlar. Biz u sadaqani qachon qilamiz? Biz kasal yetgandan keyin info qilamiz, doktorga va doriga. Agar kishi info ehsonni vaqtida qilib tursa, Alloh Taolodan shifo so'rasa, boyagi ehsonini olgan kambag'al bechora, ojiz banda, Parvardigor, shu bandangni palohingda saqlagin, shifo bergin deb qo'ysin, shuni duosi bilan shifo topadi. Ib g'uni in do dva faykum degan Alloh Taolo hadis qudusiydan. Meni degan Alloh Taoloo, o'zinglarni oranglardagi zaiflarni orasidan qidiringlar. Kambag'al, bechora, yetim, ana shularni oldida Alloh Taoloning roziligi bor. Kasallarni nima bilan davolaymiz ekan? Sadaqa bilan.

[16:44] Oramizda tabiblarni bo'lishligi ham albatta Alloh Taoloning rahmati. Chunki tabiblar siz bilan biz shifo topishligimizning sababi. Dorilarni bor bo'lishiga Alloh Taoloning bizga bergan rahmati. Chunchaki dori ham bizni shifo topishlikimizni sababi. Lekin tabib ham bizni davolamaydi, dori ham davolamaydi. Ash shafiy bo'lgan robbimiz davolaydi.

[17:06] Kasal bor, davosi ham bor ekan. Mo'min bandani qiladigan ishi shu shifoni topishlik uchun ikkita narsa. Sabab va tavakkul. Sabab va tavakkulda qilasiz, Alloh xohlagan bo'lsa shifo beradi, bo'ladi. Dars yetganda, tabibni eng yaxshisini topamiz. Musulmon, ishonchli, taqvoli tabib. U sizga diagnozni to'g'ri qilib qo'yadi, dorini yozib beradi, ichasiz, bu birinchi ishidir. Bu sababi edi. Tabib va dori. Ikkinchi qiladigan ishimiz Allohga tavakkal qilamiz. Va bu o'ta muhim o'rni. Darddan shifo topishlikni o'ta muhimni o'rni, bu Allohga tavakmal qilishlik.

[17:46] Sababni qilib qo'yish oson. Ammo tavakkal qilishlik oson emas. G'arb olami sababni qilishlikda butun insoniyatga ibrat. Ammo ular tavakkal qilmaydi. Ular tavakkal qumaydi. Endi Alloh shifoni yozgan bo'lsa, yaxshi bo'lib qolaman deb qimillamay yotgan odam ko'rpasida og'rib, bu odam gunohkor odam. Chunki sababini qilishlik, birodarlar, dinni talabi. Kishi iymoni zaifligi tufayli sababini qiladi, tavakkal qilmaydi.

[18:21] Yoki tavakkal qiladi, sababini qilmaydi. Shifo topishlikda Allohga tavakkal qilmagan odam shirkga yaqin, shifo topishda sababini qilmagan odam osiyo gunohkor odam. Qaytaramiz. Shifo topishlikda allohga tavakkal qilmagan odamshirkka yaqin, shifo topishda zababini qilmayotgan odam qattiq gunohkor bo'ladi. Tushunarlimi?

[18:47] Mana Hunayn kunida musulmonlar adadi juda ham katta bo'ldi qo'shinini, o'zlarini sanog'ini kattaligiga suyanib qolishdi. La nug'ulamin qil la ya rasululloh. Hatto Abu Bakr Siddiq shunday dedi. Ya rasululloh, bugun mag'lub bo'lmaymiz. Mag'lub bo'sak ham adadimizni ozligi sababli mag'lub bo'maymiz. Boshqa sabab bilan yutqazishimiz mumkin dedi. Lekin Alloh Taologa tavakkuldan ko'ra sanog'iga bo'lgan suyanishi, tavakkuli qattiq bo'lib qoldi. Va Alloh Taolo mag'lub qildi ularni.

[19:21] Sabab bor, qo'shin katta, ammo tavakkal Allohga emas. Istadi billa. Voya umuman Hunayn. Idha ajabadkum kassirotukum, falam tug'ni ankum shay'a va voqoti alaykumul ardubima rohibat, summa vallaytum mudbirin. Hunayn kunini eslanglar. O'shanda sizlarni ko'p ekanligingiz mag'rur qilib qo'ygan edi. Adadi katta. Ammo u adadiylarni kattaligi. Sizlarni hech narsadan behojat qila olmadi va sizlarga keng yer torli qilib qoldi, so'ng yuz o'girgan holingizda chekindingiz.

[20:04] Dorini olib keldi, endi aniq yaxshi bo'lib qoladi. Eng kuchli doktorga boruvdi, manaqa dedi. Eng qimmat dorini olib kelti, endi aniqi nima bo'ladi? Chunki seni doringing ham, duxting ham bor yo'g'i sabab edi. Shifo ash shafi bo'lgan Alloh Taolo odam edi. Badr kunida musulmonlarni adadi oz edi. Ikki barobar, uch barobar oz edi. Ammo ular tavakkulni Allohga qilishdi, Alloh ularni g'olib qildi.

[20:34] Endi dard yetti ash shafe bo'lgan robbingiz shifo berishi uchun siz sababini qilishligingiz kerak. Dalil. Dalil Rasulullohning quyidagi hadisi. Abu Dovuddan bu hadis. Innalloha yalu mu alali ajis. Albatta Alloh Taolo ojizlikni malomat qiladi. Va lekin alayka bil kayz, hushyorlikni o'zingga lozim tut. Fai da g'olibaka amrun, fa qul hasbi Allohu anin amal vakil. Agar seni bir ish yengib qo'ysa, agar bir ish g'olib kelsa sendan, hasbi Allohu va ne'mat vakil de. Endi Alloh shifo berar deb o'tiravergan odam gunohkor odam. U sababini qilishligi kerak. Hech bo'lmasa, hech bo'lmasa, o'sha suvni ichayotib Alloh shifo qilgin deb qo'ygin, hech bo'lmasam shu sababda. Shu sababda eng yaxshi tabibni oldiga boramiz, aytilgan muolajani aytilgan vaqtida qilamiz, dorini belgilaganda ichamiz, keyin Allohga nima qilamiz? Tavakkal qilamiz. Birodarlar, biz sababni shunaqa jiddiy qilamizki, xuddi sabab hamma narsadek. Sababni qilib bo'lganimizdan keyin, sabab hech narsa emasdek, Allohga tavakkul qilamiz.

[21:50] Alloh azza va jalla dard berib, kasal berib, bandani tarbiya qiladi. Banda gunoh ma'sulotlari ko'payib, istig'for aytmay, taubo qilmay, haqdan toyilishni boshlaganda, Alloh azza va jalla bitta dardni beradi. Shu bilan, shu chekkan dardi mashaqqatini evaziga gunohlarni kafolat qilib yuboradi. O'zida, o'zi aslida aytdik mana, Ibrohim alayhissalomdan Namrud so'radi da, seni robbing qanaqa? Menga tanit deganida, alladiy xoloqaning fahvah va yahdin. U zot meni yaratib, hidoyat qilgan zot. Va ladiyh va yut'aymuniy vayasi qiyin. U meni to'ydirib, chanqog'imni qoldiradigan zot. Fayida maridtu fahvaya shfiyin. Agar kasal bo'lib qolsam, shifo beradigan zot, dedi. Yaratdi, dedi, Alloh yaratdi. Hidoyat qildi, dedi, Alloh hidoyat qildi. To'ydiradi, dedi, Alloh to'ydiradi. Ichiradi, dedi,alloh ichirdi. Endi kasal qiladi demadi.

[22:54] Agar kasal bo'lsam, Alloh shifo beradi, dedi. Demak kasal bo'lish kimning fe'lidan ekan? Va kasal bo'lganligingiz Alloh Taoloningizga bergan nimasi bo'ldi? Marhamati bo'ldi. Endi rozi bo'lsangiz ham, rozi bo'lmasangiz ham kasal bo'ldingiz. Rozi bo'lib qo'yavering. Gunohlarimga kafolat deb qo'yavering. Gunohlaringizdan tozalaning, Allohga yaqin bo'ling.

[23:20] Alloh bir bandani sog'lig'ini olib qo'ydi. Sog'lig'ini olib qo'ydi. Bu katta ne'mat edi. Ofiyat, tansihatli katta ne'matidir. Shu ne'matni olib qo'yib dard berdi. Endi albatta buni evazini beradi. Evazi nima edi? Shu bandani o'ziga yaqin qiladi. Bemor odam Allohga yaqin odam. Biz mo'min haqida aytyapmiz. Biz iymoni bor, La ilaha illalloh, Muhammad rasululloh degan mo'min odam haqida gapiryapmiz.

[23:52] Hadis quddusida shunday deyiladi. Ya ibna adam, marittu falam ta'udniy. Alloh taolo xitob qiladi. Ey odam bolasi, men bemor bo'ldim. Men kasal bo'ldim. Mene ziyorat qilmading. Qola, ya rob. Kayfa auduka, anta robbula alamin. Ey parvardigor, sen robbula alamin bo'lsang, qanday qilinmay seni ziyorat qilaman?

[24:17] Ya'ni Alloh og'rimaydi. Alloh taolo biz ziyorat qilolmaymiz. Qoli, amalimta, anna abdi fulani marido falam taodixu. Axir falon bandam, falonchi bandam, bemor bo'lganini eshiting, kasal bo'lganligini bilding, uni ziyorat qilmading. Amalimta annakala o'ttahu la vajattaniya indahu. Axir uni ziyorat qilganingda meni uni oldida topishligini bilmasmiding?

[24:48] Boshqa hadis hududida Alloh Taolo ib g'uni inna duofai kun. Meni oranglardagi zaiflarni oldidan qidiringlar dedi. Qari odam zaif. Yosh bola zaif. Kambag'al odam zaif. Nogiron odam zaif. Kasal odam zaif. Kasal ko'rgani boraylik. Uyida bo'lsin, banessasida bo'lsin. Vaqtim yo'q. Anaqam yo'q, manaqam yo'q. Sharoitim yo'q demaylik. Chunki shu kasalni ko'rishlikdan maqsadimiz, Allohni roziligi bo'lar ekan, o'sha kasalni oldiga borganimizda Alloh bizdan rozi bo'ladi.

[25:24] Alloh Taolo o'zini kasal bandasini yonida ekanligini mana shu hadisda bayon qildi. Qarangda boyagi kasal bo'lib turgan odamga qanaqa bir qalbiga bir taskin dalda bo'ladi a? Kasal bandami yonidaman deyapti. Shuning uchun bemor bo'lib yotgan, betob bo'lib yotib, og'ir dardga chalingan odam Alloh Taolo u bilan birga ekanligini esdan chiqarmasin. Hamdaysin, chunki har qancha uzoq bo'lsin, har qancha qattiq bo'lsin bir kun qutiladi kasaldan inson. O'lim degan narsa bilan qutiladi. Lekin Allohni huzuriga borganda, albatta ajri katta bo'ladi.

[25:59] Biz Alloh azza va jallaning ash shafi, ismi haqida dars qildik. Inson yaratilishidagi har bir narsa Alloh Taoloning ash shafiy shifo beruvchi ekanligiga dalolat qiladi. Bu usma haqida nima deyishimiz mumkin? Insonni yaralishidagi har bitta narsa ash shafiyga dalolat qiladi. Insonni atrofidagi har bitta rosa, jasadidagi har bitta a'zosi, a'zolarning vazifalari, har bitta dori darmon Alloh Taoloning shifo beruvchisi ash shafiy ekanligiga dalola qiladi. Alloh azza va jalla o'zining mana shu go'zal ismidan hammamizga ulush nasib olishligini nasib etgan bo'lsin. Aqulu qovli ha da v astag'firulloh.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [1:07] Hadith: Sahih al-Buxoriy, 5675 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “Ivihib ilbas robbinnas ishfi antashshafi la shifa'a illa shifauk, shifa'an la”
  - Arabic: أذهب الباس رب الناس، اشف وأنت الشافي لا شفاء إلا شفاؤك، شفاء لا يغادر سقما ". قال عمرو بن أبي قيس وإبراهيم بن طهمان عن منصور عن إبراهيم وأبي الضحى إذا أتي بالمريض، وقال جرير عن منصور عن أبي الضحى وحده، وقال إذا أتى مريضا
- [9:28] Hadith: Sahih Muslim, 2204 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, likulli dayin davaun. Imom Muslimdan bu hadis. Dard borki, uni davosi bor. Dard borki, uning davosi bor.”
  - Arabic: لكل داء دواء فإذا أصيب دواء الداء برأ بإذن الله عز وجل
- [19:29] Quran At-Tawba 9:25
  - Said in the lecture: “Idha ajabadkum kassirotukum, falam tug'ni ankum shay'a va voqoti alaykumul ardubima rohibat, summa vallaytum mudbirin.”
  - Arabic: لَقَدْ نَصَرَكُمُ ٱللَّهُ فِى مَوَاطِنَ كَثِيرَةٍۢ ۙ وَيَوْمَ حُنَيْنٍ ۙ إِذْ أَعْجَبَتْكُمْ كَثْرَتُكُمْ فَلَمْ تُغْنِ عَنكُمْ شَيْـًۭٔا وَضَاقَتْ عَلَيْكُمُ ٱلْأَرْضُ بِمَا رَحُبَتْ ثُمَّ وَلَّيْتُم مُّدْبِرِينَ
  - Uzbek translation: Batahqiq, Alloh sizlarga koʻp joylarda nusrat berdi. Hunayn kunida ham. Oʻshanda sizni koʻpligingiz magʻrur qilgan edi. Bas, sizga hech foyda bermadi va keng yer sizga torlik qilib qoldi. Soʻngra ortga qarab qochdingiz.
- [20:59] Hadith: Sunani Abu Dovud, 3627 (grade: Zaif (Albaniy))
  - Said in the lecture: “da g'olibaka amrun, fa qul hasbi Allohu anin”
  - Arabic: إن الله يلوم على العجز ولكن عليك بالكيس فإذا غلبك أمر فقل حسبي الله ونعم الوكيل
- [24:20] Hadith: Sahih Muslim, 2569 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “qilolmaymiz. Qoli, amalimta, anna abdi fulani marido falam taodixu. Axir”
  - Arabic: … عز وجل يقول يوم القيامة يا ابن آدم مرضت فلم تعدني . قال يا رب كيف أعودك وأنت رب العالمين . قال أما علمت أن عبدي فلانا مرض فلم تعده أما علمت أنك لو عدته لوجدتني عنده يا ابن آدم استطعمتك فلم تطعمني . قال يا رب وكيف أطعمك …

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz inson jasadidagi zaxira a'zolar va tuzilmalarni nimaga misol qilib keltiradi?
   - a) Allohning qudrati va san'ati — correct
   - b) Tibbiyot texnologiyasi
   - c) Tabibning ilmiy kashfiyoti
   - d) Insonning tabiiy odati
   - Why: Ustoz inson jasadidagi zaxira tomirlar va boshqa a'zolar Allohning mukammal san'ati va qudratiga dalolat qilishini ta'kidlaydi. [7:36–8:11]

2. Ustoz shifo beruvchi kim ekanligini qanday izohlaydi?
   - a) Bemorning o'zi umid qilsa, dardi o'zi o'tadi
   - b) Dori ishlab chiqaruvchi kompaniyalar shifoni ta'minlaydi
   - c) Alloh xohlasa, oddiy suv ham shifo bo'ladi — correct
   - d) Tabib to'g'ri diagnoz qo'ysa, dori o'zi ishlaydi
   - Why: Darsda ta'kidlanishicha, shifoni faqat Alloh beradi, tabib yoki dori esa sabab bo'lib xizmat qiladi. [10:43–11:28]

3. Ustoz bemorlarni davolashda sadaqaning o'rnini qanday izohlaydi?
   - a) Sadaqa faqat kambag'allarga beriladi
   - b) Sadaqa dori o'rnini bosadi
   - c) Sadaqa shifoni topishning sababi hisoblanadi — correct
   - d) Sadaqa tabibning vazifasini o'taydi
   - Why: Darsda bemorlarni sadaqa bilan davolash kerakligi va sadaqaning shifo topishda muhim o'rin egallashi ta'kidlanadi. [15:38–16:41]

4. Ustoz shifo topishda sababni qilmagan odam haqida qanday hukm bildiradi?
   - a) U ibodatdan qoladi
   - b) U imoni zaif bo'ladi
   - c) U osiyo gunohkor bo'ladi — correct
   - d) U shirkga yaqin bo'ladi
   - Why: Darsda shifo topishda sababni qilmagan odam osiyo gunohkor ekanligi ta'kidlangan. [18:21–18:45]

5. Ustoz hadis quddus asosida Allohning bemor bandasini ziyorat qilishni talab sababini nimada ko'radi?
   - a) Bemor odamning mol-mulkini berishi kerak
   - b) Bemor odamning dardi tez davolanadi
   - c) Alloh o'zini bemor bandasi yonida ekanligini bildiradi — correct
   - d) Bemor odamning gunohlari kechiriladi
   - Why: Ustoz hadisda Allohning 'uni ziyorat qilganingda meni uni oldida topishligini bilmasmiding?' degan so'zini keltirib, ziyoratning maqsadi Allohni roziligi ekanligini ta'kidlaydi. [24:17–24:46]
