# 6-Dars Ar-Robb (Asma-ul-Husna)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/kk-cyrl/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 6 of 110
- Section: Ar-Robb
- Duration: 31 min
- Original title: 6-Dars Ar-Robb (Asma-ul-Husna)
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno/6
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/HgmyRzaRzDI.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=HgmyRzaRzDI
- In this course: [previous](https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno/5.md) · [next](https://mawiza.me/kk-cyrl/kurslar/asmaul-husno/7.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:10] Navbatdagisi. O'tgan darsimizda Alloh azza va jallaning go'zal ismlaridan Arrob, Parvardigor, Murabbiy, Tarbiyat kunanda ismini boshlagan edik, bugun davom etkazamiz. Arrob, Parvardiyor, Tarbiyatkunanda, Murabbiy. Alloh azza va jalala siz bilan bizni musulmonlarni tarbiya qiladi. O'tgan darsda musibatlar haqida so'z boshladik va musibatlar siz bilan bizni tarbiyamiz uch ekanligini aytdik, inshaalloh davom etkazgan bo'lamiz. Alloh taoloning Arrob ismi haqida gap ketganda, albatta musibatda gapirishligimiz kerak. Chunki mana shu ismni bizni ustimizga kelayotgan musibatlarga juda ham katta aloqasi bor.

[0:52] Musibatlar. Alloh taolo insonlarni ustiga yuboradigan musibatlar uch xil bo'ladi. Birinchisi, mo'min musulmonlarni ustiga yo'qoladigan musibati, haqdan toyilgan fojir fosiqlarga yuboradigan musiqati va anbiolarga yuborilgan musibati. Mana endi ko'rib chiqamiz ularni. Mo'minni ustiga kelayotgan mashaqqat musibatlar bu bu bandani Allohni eshigi olib kelishligi uchun va martabasini ko'tarishligi uchun berilgan musibat. Qaytaraman. Sizni ustingizga kelgan musulmon kishi musibat Allohni eshigiga qaytarishlik uchun keldi va darajangizni ko'tarishlik uchun keldi. Alloh Taolo bizni o'zini eshigini oldiga olib kelishlikni, tavba eshigiga olib kelishligini xohlaydi. Biron bir xato ish qilsak, Alloh Taolo musibat beradi, tavba qilaylik. Allohni eshigi qaytaylik. Ta ba alayhim li yatu bu. Taoba qilishlari uchun ularga taoba yo'lini ochishdi.

[1:54] Musibat keluvdi, Alloh deb qoldingiz. Tavba qildim Parvardigor dedingiz. Demak, tavba yo'li musibat orqali keldi. Alloh Taolo bir bandadan, musulmon bandadan xato kamchilik bo'lsa, musibat beradi, uni azoblaydi. O'zi Alloh Taologa bandani azoblash kerakmi? Yo'q. Robbimiz azza va jalla, Robb Subhanah va Taolo, siz bilan bizni azoblashlikdan behojat. Lekin nimaga u azoblaydi? Nimaga musibat yuboradi? Gunohini kechirish uchun, martabasini ko'tarishlik uchun. Mana, masjidda katta jamoat o'tiribmiz. Ehtimol ishimizdan ayrimlarimiz mana shunday bir ilohiy muolajadan keyin kelganmiz masjidga.

[2:37] Bir katta xatoga yo'l qo'yganmiz. Alloh tomonidan bir muolaja keldi, musibat keldi. Mana shu qilgan xatoyimiz uchun kelganligini tushundik. Tavba qildik, masjidga keldik. Ehtimol shunaqalar ham bordir oramizda. Endi Alloh Taolo o'zini mo'min bandasiga musibat berar ekan, qaysi bandasiga, qanaqa musibat berish kerakligini o'zi yaxshi biladi.

[3:01] Kimdir, masalan boy badavlat odam bo'lsa, pulini bir yarim qismi ketib qolsa, yana yarim qismi turibdi, unga ko'p ham ta'sir qilmaydi. Ammo kambag'al odamni moliga ozgina talofat yetkazsa, qattiq ta'sir qiladi. O'zini izzat nafsi, hurmatini baland ushlab yuradigan, o'zini bir etyot qiladigan odamga ozgina hurmatiga gap tegib qoladigan bo'lsa, ko'tara olmaydi. Bir xilga odam boradi, bezbet oladi. Mingta odamda oldida sharmanda bo'lsa ham tekkis ketaveradi. Kimga qanaqa musibat berishni kim biladi? Robbimiz Subhanah va Taolo beradi.

[3:34] Birodarlar, demak, mu'min bandaga berilgan musibat, u shu bandani Alloh Taolo o'zining eshigini oldiga olib kelmoqchi va darajasini ko'tarmoqchi. Alloh Taolo bir mu'min bandasiga bir martabani bermoqchi, lekin amallari yetmayapti. Amallari yetmayapdi. Shunda musibatni berar ekanda, boyagi musibat bilan nima qilib qo'yar ekan? Darajasini ko'tarib qo'yar ekkan. Agar nima qilsa, banda?

[4:00] Sabr qilsa, agar jazoga tushsa chi? Ey Xudo, men Senga nima yozuvdim. Ey Xudo, qaysi qilgan gunohim uchun. Ooo. Bu umuman gunoh yo'q da buni. Demak, gohida bir bandani, musulmon bandani Robbisini huzurida, martabasi baland bo'lishligini Alloh xohlaydi, lekin bandani amali yetmayapti. Musibatni beradi, sabr qilsa, Allohga qaytsa, darajasi nima bo'lar ekan? Ko'tarilar ekan. Alloh Taolo aytadi. Bu oyat faqat musulmonlar uchun. Astaytibilla, vala nabluvannakun bishay immenal xavfi val jo'ay va naqsi immenal ammuali val amfusi va samarot va basheris sobiri.

[4:44] Va albatta sizlarni xavfi xatar bilan ochlik bilan, mol u jon va meva chevalarni kamaytirishlik kabi narsalar bilan imtihon qilamiz. Balolaymiz, musibatga uchratamiz. Bog'ing quriydi, dehqonchiliging qurib ketadi, dard yetadi, kambag'al bo'lsan, xavotir keladi hayotingga, bu sinov. Biron musibat qilganida, albatta biz Allohninng bandalarimiz va albatta biz U Zotga qaytguvchilarmiz deydigan sobirlarga xushxabar bering. Inna alillahi va innil ilayhi rojiun deydiganlarga xushxabar beringki, ular kimlar?

[5:22] Ular eka alayhim salavotun min robbixin va rahmat va ular eka humul muhtadun. Shunaqa deydiganlar, ana o'shalarga Parvardigani tomonidan salovat, mag'firat va rahmat bordur. Ana o'shalar haq yo'lini topguchidurlar. Musibat kelganda, innalillahi va innalilhi rojiyun deb sabr qilib rozi bo'ldimi? Mana shu odam to'g'ri yo'lda deyapti alloh taolo. Qaysi qilgan gunohim uchun deyotgan emas.

[5:50] Innalillahi va indan ilayhi rojiyun. Insonlarni ustiga keladigan musibatda birinchisi, mo'minlarni ustiga keladigan musibat. Bu musibat bandani Allohnin eshigiga olib kelishlik uchun, martabasini ko'tarish uchun berildi. Ikkinchi musibat. Allohnin yo'lidan chiqqan, haqdan toyilgan, fojillarga beriladigan musibat, bu ularni yo Allohnin qaytarish, yo vayron qilish uchun berildi musibat. Bu endi boshqa toifa, bu musulmon emas. Bu bu iymondan uzoq odamlar.

[6:21] Musibatni uchinchi turi ambiyoroga beriladigan musilibatki, bu ularning, ularni kamolotga yetkazishligi uchun berilgan musibat. Ulardagi mana shu komillikni kashf qilishlik uchun berilgan musibat. Ambiyolar iymon e'tiqodda. Ular haqda. Endi bularga nimaga sinov keladi? Xato qilmasa ham. Bularni darajasini ko'tarish uchun, komilligini kashf qilishi uchun. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam habibul haq, Haq subhanahmatollohning eng yaxshi ko'rgan bandasi, Toifga chiqdilar piyoda.

[6:56] Toif ahli Rasulullohni masxara qildi. Haqorat qildi, toshbo'ron qildi. Muborak tomonlardan qoniqdi. Nima uchun edi bu? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning kamolotini ko'rsatishligi uchun. U zotni nafsini, u zotni zotini komillikka yetaklashligi uchun'. Mana, o'sha toshbo'ron bo'lib haydalganlaridan keyin o'tirib duo qildilar. Robbiy illam biyakun bika g'odabuni alay falavu bali. Mana shu musibatda turibman, lekin menga g'azab qo'ymayotgan bo'lsang bo'ldi. Ya'ni sen, sendan bo'lgan qo'rquvim hamma narsadan ustun. Bu narsalarga parvo qilmayman. Rasulullohni kamolotini ko'rsatishmasmi shu.

[7:43] Lekin afiyat aka, afzallik. Lekin ofiyating, saqlashing menga kengroq da. Endi qarab turing. Musibat kelganda sabr qildi, komilligini ko'rsatdi payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Endi intiqom olishlikka alloh taolo imkon berdi. Tog' farishtalari keldi. Ey rasululloh, agar xohlasangiz mana shu shahar ahlini ikkita tog'ni orasiga shunday bostirib tashlayman dedi.

[8:06] Sabr qilishlikda komilligini ko'rsatdi, endi avf qilishlikda ham komil ekanligini ko'rsattilar, sollallohu alayhi vasallam. Bal arju an yug'rija allohu min asla behin man ya'budullohu vahdahu la yuzhniku behishayam dedilar. Allohdan ularning zurriyotlaridan Allohnin yolg'iz o'ziga ibodat qiladigan insonlarni chiqarishni umid qilaman dedilar. Payg'ambarlarning musibatlari ochish, kashf qilishlik, fojil fosiqlarni musibati qaytarishlik yoki vayron qilishlik, mo'minlarga kelgan musibat Allohnin eshigiga olib kelishlik va darajasini. Qarang, musibatda nima ekanligini tushunganingizdan keyin, musibat ham sizni foydangizga ekanmi? Shuning uchun bilgan zotlar bilan bilmagan kimsalar barobar bo'lavermaydi deyapti alloh taolo. Biz bildik, endi musibatni ham Allohnin hamd aytib qabul qilib olamiz. Musibat kelganda insult olmaymiz. Pulimizdan ayrilib qolsak, mansabimizdan ketib qolsak, o'zimizni o'ninchi etajdan tashlab yubormaymiz. Mo'min odam bunday qilmaydi. Mo'min odams bunday qilmayd.

[9:10] Mo'minning ustiga kelgan musibat robbisi tomonidan kelayotgan tarbiya. Rob suvbahalaho taolo musibat berar ekan, shu bandasiga bir maktub yo'llagan bo'ldi. Risola yo'llagan bo'ladi. Xabar yo'llagan bo'li. Shuning uchun birodarlar, musibat mo'minni tarbiyasi uchun. Mana, risola dedik musibatni. Davlatlarni o'rtasida bir biriga xabar, risola yuborishlik bor. Ba'zida bir mamlakat ikkinchi mamlakatga maktub ham jo'natmaydi yozib. So'zni ham gapirmaydi, lekin risola yuboradi. Qanaqa qilib? Qo'shni mamlakatdan noroziligini bildirishlik uchun elchilarni chaqirib oladi. Bu xat ham emas, gap ham emas. Lekin bu harakat shunday harakatki, bu risola deyiladi ularga, paslaniya ularga. Noroziliginibildirish bularga. Yoki bo'lmasam qo'shnimamlakatni chegarasiga qo'shnini olib kelib qo'yadi armiyasini. Bu ham so'z emas. Bu ham maktub emas, lekin bildiruv, risola bu, xabar bu. Demak, mo'min bandaga Alloh Taolo musibat berganda, Robbiz tomonidan nima ekan unga? Risoli ekan. Bir o'zingizga kelib oling, ey banda, to'xtang. Haddingizdan oshib ketyapsiz. Qarang, bir hadir ayg'ish qayrilayapti futbolda. Bu nima degani? To'xtang chi, mafazoni bosing.

[10:28] Nimaga unaqa bo'lyapti? Orqani qarang chi. Bir xato kamchilik ko'payib ketib qolmadimi? Chunki birodarlar, nima ish sodir bo'lgan bo'lsa, Alloh xohlagan bo'ldi. Alloh nimani xohlagan bo'lsa, o'sha narsa albatta bo'ladi. Allohning xohish irodasi mutloq, komil hikmatga bog'liq. Komil hikmat esa, mutloq yaxshilikka bog'liq.

[10:59] Oqil inson, oqil mo'min inson, uni boshiga kelgan musibatni hikmatini anglay oladi. Har narsada borurdi otangiz. Zashto deysiz da. U ota sizni yaxshi ko'radi. U nega zashto urmaydi? Urdimi, demak bir narsa bor.

[11:23] Kechgacha o'ylab yurasiz, nimaga urdi ekan? O'zi yomon ko'radi da, o'shaning uchun urdi da. Agar dushmaningiz sizni yomon ko'rganidan xursand, tushunasiz. Yomon ko'rgansiz. Endi otangiz urdi da sizni. Bir musibatni boshingizga solib qo'ydi. Shart mashinani olib qo'ydi qo'lingizdan. Kalitni ber dedi. Bor, piyada yurasan dedi. Bilasiz, otangiz sizni yaxshi ko'radi. Bilasiz, sizga yomonlikni ravo ko'rmaydi. Jazo keldi. Istaysiz a? Topsangiz, yutdingiz.

[11:52] Agar topib olsangiz, yuraverasiz. Bir yosh bola otasiga aytdi. Dada dedi. Men maktabda o'qimayman dedi. Ota qaradi da, bo'pti bilganingni qil dedi. Bola uchun bayram. Maktab yo'q, ertaman turish yo'q, dars tayyorlash yo'q, vazifa yo'q, mas'uliyat yo'q, kenglik, ozodlik. Har kuni o'yin kulgi, xohlaganni qiladi. Shunday bola ulug' edi.

[12:18] Shu ota. Shu bolani, shu gapi shuni jazolamasdan, o'z holiga tashlab qo'yib, unga yaxshilik qilgan bo'ldimi? Demak, kelayotgan musibat nima ekan biz uchun? Xat ekan, xabar ekan, risolat ekan, bildirish ekan. Endi boyagi bola ulug' edi. Katta o'ldi, na ilm bor. Na attestat diplom bor, na hunar bor, na uy bor, na xotin bor, na mashina bor, hech narsa yo'q. Endi mana shu bola alamda, norozilikdan otasiga nima deydi? Ey dada deydi, nimaga o'sha yosh bola paytimda, shu gapni men gapirgan paytimda, menga bir bir shapaloq urib yoki qandaydir bir jazoni berib turib o'qiysan demagan edingiz, desa, haqqi bo'ladimi, yo'qmi? Bo'ladi. Demak birodarlar bizni ustimizga kelayotgan musibatlar bu qanaqa ko'rinishda bo'lmasin? Iqtisodiy mushkulami, salomatchiligimizga bir dard yetdimi, yoki bir qandaydir ishimiz yurishmayaptimi? Bularni bari bizga berilayotgan tarbiya. Alloh xohlamaydi bandasini, mo'min bandasini azoblashdi, qiynashdi. Lekin banda shunga loyiq ish qilib qo'yganda, ta'lim bo'lish uchun nima qiladi? Beradi.

[13:32] Beshga kirgan bola sariq o'ldi, enasini ushlab turibdi. O'zi uxlamay, uxlatar edi. Yemay, yedirar edi. Kiymay, kiydirar edi. Shunaqa mehribon enasi doktorga olib borib ushlab turibdi, haligi doktor opa ham nima qilyapti, tomirini topa olmay, sayoq o'rnayapti, sayoq o'tiribdi, dod deyapti, tushunmayapti bola. Insonga kelayotgan musibat ham shunga o'xshar ekan.

[13:57] Tushunmaydi. Lekin shuni qilmasa sariq o'lib o'ladi, jigar ishi o'ladi, sariq kasalga uchragani bor bola. Shuning uchun murodalar Alloh, Robbimiz, Rob Subhanillah va Taolo bizni yaxshi ko'radi. Bizga musibat berishni xohlamaydi. Allohga keragi ham yo'q buni. Bu musibat biz uchun, chunki rob tarbiyalar ekan. Alhamdulillahi robbila alamin. Necha marta aytamiz bir kunda? O'ttiz marta aytamimiz, murodalar. Endi bundan keyin alhamdulillahi rodbila alamin de ekanda, rob karimasini ma'nosini tushunib olaylik endi.

[14:32] Yo'q, musibat keldi bir bandaga. Musibat to'g'ri kelgan musibat kelib qolmaydi. Qaysi ko'chada gunoh qilgan bo'lsangiz, shu ko'chadan musibat keladi sizga. Kibr qildingizmi? Alloh xor qiladi sizni. Xorondan pul topdingizmi? Shu xoram muxlis tomondan sizga musibat keladi. Farzandlarni tarbiyalab, Allohni tanitib, haqqini bermadingizmi? Farzand, farzandlar tomonidan keladi. Ya'ni qaysi ko'chada gunohga xato yo'l qo'ygan bo'lsangiz, musibat xuddi shu ko'chadan keladi.

[15:06] Aytdik, Robbimiz kimga qanaqa musibat berishni o'zi yaxshi biladi. Afahasi butun anna man xolaqunaqum abatham va annakum ilaynala turjaun. Alloh Taolo bizdan so'rayapti. Yoki sizlarning gumoningizcha, biz sizlarni behuda yaratdik u, biz sizlar bizning huzurimizga qaytarmaysizlarmi? Bekarga keldik deb o'ylayapsizlarmi? Ikkinchi oyatni qarang. Ma asobi min musibatin fil al di vala fiy an fuz ikun, illa fi ikki ta'bin min qobli an nabrohi.

[15:42] Na yerga, va na o'zlaringizga biror musibat yetmas, magali yetsa, biz uni paydo qilishimizdan ilgari kitobda lavxul mafuzda bitilgan bo'lur. Agar inson mana biz hozir eshitdik, bu kelayotgan musibatlar biz uchun risolat ekan, bildiruv ekan. Agar shu musibatni nimaligini tushungan bo'lsa, shu musibatidan ham foyda chiqara oladi o'ziga. Tushunarlimi? Musibatidan o'ziga nima chiqaradi? Foyda chiqaradi.

[16:16] Boshimizga nima kun kelsa, birodarlar, biz musulmon sifatida nima deymiz? Albatta buni hikmati bor deymiz. Shu falonchi mashinani olaman dedingiz, sotilib ketib qolibdi. Ho'kinchi mashina olamiz dedingiz, ulgurmay qopsiz. Jazavaga tushmaysiz. Nima deysiz musulmon sifati da? Nima deysizlar? Ha, olganimda zo'r bo'lardi. Menimcha klientim bor edi. Yeta olmadingizmi? Aytingki, buni hikmati bor orqasidan. Qalbingiz nima bo'lmaydi? Jazavaga tushmaydi, qalbingiz xotirjam turadi. Bu faqat mominda bor bu narsachi. Ish yurishib kelsa ham xotirjam, ish yurishmasa ham xotirjam.

[16:56] Boy bola yashasa ham yutaveradi musulmon, kambag'al bola yashasa ham yetaveradi musulmon. Sog' bola yashasa ham, chunki har bitta kuniga nima deydi? Alhamdulillah deydi. Bu ishni orqasida nima bor? Hikmati bor deydi. Ha? Muso alayhissalom bilan Xizr alayhissalomni qissasiga qaytaylik. Xizr alayhi assalom teshib qo'ydi. Muso alayhissalom nimaga teshding dedi. Hikmatini aytdi keyin. Bu kema, miskin odamlarni kemasi edi. Tirikchiligini shu bilan o'tkazib yuruvdi. Narigi sohilga borganda shu sohilda podshohi kemalarni hammasini nima qilyotgan edi? Kemalarni tortib qo'yayotgan edi. Endi kemani tortib qo'yganda keluvdi podshohni odamlari, kema teshik ekan. A teshik yeyman, nima qilamiz dedi? Bu musibat foydasiga bo'ldimi? Shuning uchun birodarlar, musulmon odam, qanaqa ish bo'lsa uni ustida, albatta buni nimasi bor, hikmati bor deydi, xotirjam bo'ladi. Insult ham bo'lmaydi, davleniya ham bo'lmaydi.

[17:52] Zamon ikki kun der ekan odamlar. Ayrim odamlar zamon ikki kun. Bir kun seni foydangga, bir kun seni zararingga. O'zi hayot shunaqa ekan. Bu noto'g'ri tushuncha. Chunki seni ustingga kelgan foyda Allohni fazli bo'ldi, senga kelgan mukofot Allohni tarbiyasi bo'ldi. O'zi hayot shunaqa. O'n besh kundek bo'lsa, o'n besh yil bundek. Sen hayotda shunaqa bo'lishini kutma. O'n beshinchi kun emas, o'ttiz kunini yorug' bo'lishiga harakat qil.

[18:21] Sen o'zi o'ttiz kunni zulmat bo'lishiga sabab ishladi qilib yuribsan, yana ham Alloh Taolo o'n besh kun yorug'ini nima qilyapti ekan. Agar Alloh Taolo, qoronda shunday mazmunda oyat bor, bandalarni qilgan gunohlarga o'rnida jazo bersa, yer yuzida hech narsani qoldirmas edi. Bandalar o'ttiz bir kun emas, o'ttiz ikki kun qorong'iga, zulmatga haqli o'zi. O'n besh yorug' bo'lsa, o'n besh qorong'i deb turib, shu qorong'ini yoriq qilishlikka sizni harakat qildirish o'rniga to'sadi. Sen u deganing bilan, bu deganing bilan baribir nima bo'ladi? O'n besh u qorong'i, o'n beshi. Unaqa emas. Ustimizga yorug' kim kelayotgan bo'lsa, Allohni fazli, ustimizga qorong'i ko'ngil ekan bo'lsa, bizga bergan tarbiyasi. Shu gunoh maqsadini aytyap olaylik, oyda o'ttizni bizga nima olaveradi? Yorug' bo'laveradi.

[19:07] Demak o'zimni qo'limda ekan bu narsa. Endi hamma yog'i zo'r bo'lsa ham musibat kelsa, boyagi daraja, birinchi musibatda aytdik ku, o'zini eshigini oldiga olib kelish xato bo'layotgan edi va nima edi? Ko'tarish edi. Alloh taoloning Arrob ismi bizga mana shu narsani ta'lim beradi. Musulmon kishi musibatlarini, hikmatini anglashda Qur'on tafsiriga suyanadi.

[19:35] Mutaxassislarni fikriga, tahlilchilarning fikriga, professionallarda maslahatiga emas. Musibat bo'ldi, buni tushunishlikda Qur'onga qaytadi. Bir ish bo'lgandan keyin, u bu bo'lgandan ke, hamma esli. O'zi bunday qilishlik kerak edi. Agar bunday qilganimizda bunaqa bo'lmas edi. O'zi bunday qilsak, bunday bo'lar edi. O'z. Bu bo'lgandan keyin hamma eslaydi, haligi dushman qochsa botir ko'payadi degandaqa.

[20:02] Endi ularni fikri, tahlillari yo to'g'ri yo noto'g'ri. Ammo bo'layotgan musibatda tahlil qilishlik, tushunishlikda Qur'onga suyansak, bizning xulosamiz to'g'ri bo'ladi. Voqea hodisalarni hikmatini tushunishda. Sirini anglashda, ulardan ibrat olishda Robbining kitobiga suyanadi va mana shu narsa musulmonni boshqalardan ajratadi. Astayduviylar, vodoroballohu matalan qoryatan kanat aminatan mutumainna. Ya'tiha rizqu ha rog'adan min kun limakan, faka farod bi an omin lahi fa adoqu ahallohu libo sal jo'iy val xavf bi makanu yasunani. Mana, musibat keldi bir qavmga, o'zi zo'r edi hayot.

[20:43] Keyin musibat keldi. Alloh Taolo aytyapti nimaga kelganini. Alloh bir shaharni misol keltiraver. U tinch, sokin shahar edi. Har tomondan rizqu ro'zi, bekami ko'st kelib turar edi. Bas, qachonki u qavm, u xalq Allohning ne'matiga noshukurlik qilgach, Alloh u shahar aholisiga bu hunarlari, kufr isyonlari sababli ocharchilik va notinchlik balosini toptirib qo'ydi. Ana.

[21:12] Zo'r edi. Yomon bo'ldi. Nimaga yomon bo'ldi? Ollohga nonko'rlik qilganligi uchun. Noshukurlik qilgani uchun. Ollohni ne'matlariga nonko'rli qilganligi shu. Mana, bo'ldi, tushunarli. Demak, biz ham shunaqa. Hayotimiz zo'rmi? Noshukurlikni qilgan paytimizga biz musibat keladi. Chunki Rob subhanah va taolo bizni shu bilan tarbiyalaydi.

[21:36] Ajibki, Qur'oni Karimda lavz va ma'no jihatidan musibat haqida so'z ketadigan oyatlarni soni bitta emas, ikkita emas, yuzta. Chunki musibat hayotimizda borda hammamizda. Qaysidir darajada musibat bor. Shu haqida Qur'on bizga oyatlar nozil qildi, undan xulosa olishligimiz uchun.

[21:59] Hikmatda aytilinadi rubba ma'ato aka va mana aka. Va rubba mana aka, faqat aka. Juda ham nozik narsa, diqqat qilinglar. Ehtimol senga bir narsani berib turib, mahrum qilib qo'ygandir. Ehtimol mahrum qilib, bir narsani berilib qo'ygadir. Ehtimolda berib turib, mahhrum qilib qochgandir. Ehtimos, bermasdan, mahrum qilib, bir narsani ato qilgandir. Masalan, ikkita odam biznes qiladi. Misol, tijorat qiladi ikkita odam. A. Falon mamlakatga borib biznes qilib kelish uchun vizaga topshiradi.

[22:34] Ungacha mana bu yerda tijorat turg'izib turadi, bittasini ishi yurishib ketib qoldi. Besh ming dollar pul topdi o'sha oyda. Bo'ldi men bormayman dedi, qoldi. Ikkinchisi ketdi. Ikki oy ishladi, ellik ming dollar ishlab keldi. Birinchisiga besh ming dollar berib turib, men qilib qo'yibdi o'zi asli. Ikkinchisiga shu besh ming dollarni ma'da bermasdan narigi o'n ming dollar beribdi. Shuning uchun bilmaysiz, sizga bergani u berganimi yo men qilganimi? Siz bilmaysiz, men qilgani bu men qilganimi yoki berganimi? E, yoshligim bo'lmaganim ey. Manaqa manaqa bo'libdi ey. Ha lekin o'sha vizani bermaganda nima qilgansiz?

[23:16] O'sha reysda men bor edim, o'sha samolyot deydi. Yomon kuyib ketibdi deydi. Lekin nima qilgansa bandasang? O'sha viza chiqmaganida, o'sha samolyotga chiqa olmaganingda, aytyapmiz ku. Nima ish bo'lsa biz ustimizda, nima deyishimiz kerak ekan? Bu ishni orqasida bir hikmati bor. Mana shu gap doim tursin tilimizda. Buni bir hikmati borda siz. Xotirjam siz. Aptekaga ham yurmaysiz, valakardin ham ishmaysiz, enapolin ham ishmays siz.

[23:48] Demak, ehtimol senga bir narsani berib turib mahrum qilib qo'ygandir robbing. Ehtimol mahrum qilib turib bir narsani nima qilgandir robbing? Berib qo'ygandur. Demak, mana shu mahrum bo'lganingni hikmatini anglasang, mana shu maharum bo'lganning bir narsaga ega bo'lganiga kelib chiqadi. O'z o'zidan siqilishdan, o'ylanishdan, tushkuniki tushlikda qutulasan, balki nima qilasan? Xursand bo'lasan.

[24:14] Alloh subhanahu va taolo bandalarni azoblashdan behojat. Sizlar aytyapsizlarmi? Avvalam man asobatqu musibatun, qoda asobtum mithlayha, qultum annaha da, qul huva men ayinda ham xusikum. Musulmonlar Badrda, Badr g'azotida ulkan g'alabaga erishishdi. Uch yuz o'n to'rtta musulmon mingta mushriyning ustidan g'olib bo'ldi. Yetmishta mushrik o'ldi, yetmishta mushrik asr tushdi, juda katta bir g'animalar qo'lga kirdi. Endi u huddi mag'lub bo'lishdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni ko'rsatmasiga xilof ish qilganliklari uchun. Jangda avvalida musulmonlar sakkiz marta, to'qqiz marta bayrog'ini yiqitdi, mushriklar qochib ketdi. Endi musulmonlarni orqa tarafini himoya qilib turish kerak bo'lgan kamonchilar tushib ketdi, itoatsizlik qildi, osiylik qildi, g'alaba mag'lubiyatga aylandi. Alloh taolo aytadi, ey mo'minlar, agar sizlarga bir musibat yetsa, uhud kunida, sizlar badr jangida unga ikki barobar musibat yetkazgan edingiz. Endi musibat kelgandan keyin, bu balo qayerdan keldi deysizmi? Ey Muhammad alayhissalom, ayting, bu musibat mag'lubiyat, o'z qilmishlaringizdandir.

[25:32] Qayerdan kelti musibat? O'zini qilgan ishidan. Demak, birodarlar, aniq ishonaylik. Bu koinotni xoliqi, robbimiz azza va jalla, bizni azoblashlikdan behojat. Alloh taologa hech narsani keragi yo'q. Alloh taologga bizni ibodatimizni ham keragi yo'q, bizni azoblashni ham kerak. Alloh bu narsalarda hammasidan behojat bo'lgan so'ng.

[25:57] Ba'zi bir odamlar dinga zo'r amal qilay, dinda bir yaxshi bo'lay deb turib, o'zini qiynaydi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam qaradilar. Bir qari odam ikkita yosh odamni yelkasiga osilib olib, zo'riq qadamini so'rab ketyapti. Rasululloh bu nima dedilar? Aytishdiki, bu kishi hajga piyoda yurib boraman deb nazr qilgan ekan. Payg'ambarimiz aytdilar, innalloh alag'honingyun an ta'adhibihi nafsahuu falyarkab. Ha alloh taologa bu o'zini qiynashini keragi yo'q. Buyuringlar bu narsani minbosini dedilar. Shuning uchun nafl ibodatlarida qilib, keyin kishi o'zini mashaqqatga qo'yayotgan bo'lsa, bu odam xato qilyapti. Alloh taolo sizni azoblashniydi, hargiz xohlamaydi.

[26:44] Qavhid oyatlari. Alloh taoloning rob ismi haqida dars qilgan bo'ldik. Rob, parvardigor, murabbiy, tarbiyat kunanda, tarbiya qiluvchi. Agar robbimizni kimligini tanisak, bizni qalbimizda har qanday musibat xotirjamlikda paydo qiladi. Xursand kunimizda ham xotirjammiz, musibatli kunda ham. Astaydi billa. Ma asoba min musibating illa bi ixning la. Kimga qanaqa musibat yetmas ekan? Albatta u allohni izni bilan yetdi. Alloh xohlovdi yetdi. Va ilayhi yur ja'ul amru kulluhu, fa'buduhu va tavakkal alih. Barcha ishlar uning o'ziga qaytarilur. Bas unga ibodat qiling va o'ziga suyaning. Bizni qalbimizni xotirjam qilyapti Alloh. Meni aytganim bo'ladi deyapti Alloh Taolo. Sen ibodatni qil, menga suyan deyapti. Qarang, buyurishdan, ibodatga buyurishdan avval bildiryapti, qalbimizga taskin beryapti. Sen o'yla mana shu narsani, meni aytgan ham bo'ladi deyapti Alloh Taolo. Shuning uchun xotirjam bo'lib ibodatingni qil, meni o'zimga suyan.

[27:50] Ma min dabbatin illa hu va al xidun bin al siyati ha. O'lmalagan narsa borki, barchasi u zotning qo'l ostidadir. Va ma tashqutumi varaqotin illa ya alamu ha, biron balki shohidan uzilib tushmas, magar u bo'lur. Birodarlar, bu faqatgina iymoni bor odam bu narsani idrok qiladi, iymoni bor od ham buni anglaydi. Qaytarib aytaman. Bu musibatni sizga foyda ekanligini, orqasida hikmati borligini, sizni manfaatingiz uchun ekanligini anglashlik, tushunishlik faqat iymoni bor odamga berilgan. Shuning uchun musulmonlarni Alloh yaxshi ko'rsa, nimaga xor bo'lyapti deb tushunmay ekanlar, sen namoz o'qil nimaga kambag'alsan deydi. Mana men namoz o'qimasam ham zo'rman deyapti. Tushunmayapsanmi shu nimaga kambag'lligini? Bu musibatni tushunmayapsizmi, demak iymoning yo'q seni? Chunki iymoni bor odam idrok qiladi bu narsani.

[28:43] Allohga iymon keltirgan kishigina o'zining ustiga kelgan musibatni hikmatini anglaydi. Har bir musibatni ortida hikmat bor. Agar u inson mana shu hikmatni anglasa, mahrum bo'lishlik u uchun ayni ato qilishga aylanadi. Agar ustiga kelgan musilibatda nimaligini tushunsa inson, mahrum bo'magan kuni o'zi asli bir narsaga ega bo'maganligini anglaydi. Va allavistaqomu alat toley qotilasiz qoyna hunman g'odaqom. Albatta, agar ular to'g'ri yo'lda ustuvor turganlarida, albatta biz ularni mo'l yomg'ir bilan sug'organ bo'laverdik. Endi qurg'oqchilik berdimi? Demak, haq yo'lda ustuvor turishmabdi. Qurg'o qchilik keldimi? Demak, Allohda uzoq bo'lib qolsalar. Endi nima qilinglar? Qaytinglar.

[29:36] Valavanna ahlo qura'a manavattaqav, ular fatahna alixin barakati minas samai i val art. Darsimizning nihoyasi. Agar u qishloqlarning ahli iymon keltirib, haqvodor bo'lganlarida edi, albatta biz ularga osmon yerdan barakat darvozalarini ochib qo'ygan bo'lar edik. Xulosa, inson o'zining ustiga kelayotgan musibatlarni Alloh Taoloning Arrob ismiga bog'lay olsa, qalbiga kirgan Qur'oniyl nur bilan ular haqida fikr qilsa, shunda u kelayotgan musibatlarni hikmatini anglaydi, tushunadi, shunda mahrum bo'lishlik, ato qilishlik degan narsa ekanligini anglab yetadi. Alloh Subhanahu ato o'g'li siz bilan bizni o'zi tarbiya qilsin. Alhamdulillah, hirotbil, aylanay. Aqlu qovli ha'da va astag'firullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [4:34] Quran Al-Baqara 2:155
  - Said in the lecture: “Astaytibilla, vala nabluvannakun bishay immenal xavfi val jo'ay va naqsi immenal ammuali val amfusi va samarot va basheris sobiri.”
  - Arabic: وَلَنَبْلُوَنَّكُم بِشَىْءٍۢ مِّنَ ٱلْخَوْفِ وَٱلْجُوعِ وَنَقْصٍۢ مِّنَ ٱلْأَمْوَٰلِ وَٱلْأَنفُسِ وَٱلثَّمَرَٰتِ ۗ وَبَشِّرِ ٱلصَّٰبِرِينَ
  - Uzbek translation: Albata, Biz sizlarni bir oz qoʻrqinch va ochlik bilan, mol-mulkga, jonga mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber.
- [8:12] Hadith: Sahih al-Buxoriy, 3231 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “vasallam. Bal arju an yug'rija allohu min asla behin man ya'budullohu vahdahu”
  - Arabic: … قال يا محمد، فقال ذلك فيما شئت، إن شئت أن أطبق عليهم الأخشبين، فقال النبي صلى الله عليه وسلم بل أرجو أن يخرج الله من أصلابهم من يعبد الله وحده لا يشرك به شيئا
- [26:06] Hadith: Sunani Termiziy, 1536 (grade: Hasan sahih (Albaniy))
  - Said in the lecture: “Bir qari odam ikkita yosh odamni yelkasiga osilib olib, zo'riq qadamini so'rab ketyapti. Rasululloh bu nima dedilar? Aytishdiki, bu kishi hajga piyoda yurib boraman deb nazr qilgan ekan. Payg'ambarimiz aytdilar, innalloh alag'honingyun an ta'adhibihi nafsahuu falyarkab. Ha alloh taologa bu o'zini qiynashini keragi yo'q.”
  - Arabic: إن الله لغني عن مشيها مروها فلتركب " . قال
- [27:19] Quran Hud 11:123
  - Said in the lecture: “Va ilayhi yur ja'ul amru kulluhu, fa'buduhu va tavakkal alih.”
  - Arabic: وَلِلَّهِ غَيْبُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَإِلَيْهِ يُرْجَعُ ٱلْأَمْرُ كُلُّهُۥ فَٱعْبُدْهُ وَتَوَكَّلْ عَلَيْهِ ۚ وَمَا رَبُّكَ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ
  - Uzbek translation: Osmonlaru yerning gʻaybi(ni bilmoq) Allohga xosdir. Ishning barchasi Unga qaytarilur. Bas, Unga ibodat qil va Ungagina tavakkal qil. Robbing qilayotganlaringizdan gʻofil emasdir. (Intizor boʻlib kutilayotgan narsa gʻaybdir. Gʻaybni esa, hech kim bilmaydi. Uni faqat Allohning Oʻzi biladi, xolos.)

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz so'ziga ko'ra, Payg'ambarimiz (s.a.v.) Toifda qilingan toshbo'ron va haqoratga sabr qilishining asosiy sababi nima edi?
   - a) U zotning kamolotini va komilligini ko'rsatish — correct
   - b) O'z shaxsiy xatolarini yashirish
   - c) Toif ahlining qo'rqishini ta'minlash
   - d) Allohning g'azabini tezlashtirish
   - Why: Darsda ta'kidlanishicha, bu musibatlar Payg'ambarimizning nafsini va zotini komillikka yetkazish hamda uning kamolotini namoyish etish uchun bo'lgan. [6:56–7:41]

2. Ustoz so'ziga ko'ra, musibat qaysi yo'nalishdan keladi?
   - a) Boshqa odamlarning xatolaridan
   - b) Faqat tabiiy ofatlar orqali
   - c) Gunoh qilingan soha tomonidan — correct
   - d) Tasodifan har qanday joydan
   - Why: Darsda ta'kidlanishicha, qaysi sohadan gunoh qilingan bo'lsa, musibat aynan shu sohadan keladi. [14:32–15:05]

3. Ustoz so'ziga ko'ra, musibat yuzaga kelganda uning hikmatini anglash uchun qaysi manbaga suyanish lozim?
   - a) Tahlilchilarning maslahatiga
   - b) Mutaxassislarning fikriga
   - c) Professional kashshoflarga
   - d) Qur'on tafsiriga — correct
   - Why: Darsda musibatlarining hikmatini anglashda Qur'on tafsiriga suyanish, mutaxassislar yoki tahlilchilarga emas, degan ta'kidlanadi. [19:07–19:32]

4. Ustoz so'ziga ko'ra, Alloh Taolo bandaga bir narsani berib turib, boshqa bir narsadan mahrum qilishi mumkinligi qanday izohlanadi?
   - a) Alloh bandaga faqat o'z xohishiga ko'ra beradi, mahrum qilish yo'q
   - b) Alloh bandaning gunohlarini kechirish uchun shunday qiladi
   - c) Bu holatda bandaning nima qilgani yoki nima qilmasligi haqida aniq ma'lumot yo'q — correct
   - d) Bandaning shu narsani so'ramagani uchun Alloh bermaydi

5. Ustoz so'ziga ko'ra, musibat ortidagi hikmatni anglash va uni foydaga aylantirish qaysi xususiyatga ega odamga berilgan?
   - a) Boy odamga
   - b) Kuchli odamga
   - c) Iymoni bor odamga — correct
   - d) Bilimli odamga
   - Why: Darsda ta'kidlanishicha, musibatning foydasi va hikmatini anglash faqat iymoni bor odamga berilgan. [27:50–28:41]
