MMaviza
Haj, umra va ro'zaТексерілген10 daq

Safo va Marva hikoyasi. Fiqh darslaridan.

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

Бұл тіл үшін аударма әлі жоқ. Төменде түпнұсқа (өзбекше) мәтін көрсетілген.
0:00
10:21
Өзгерістер тарихы

Bir yosh ayolingiz bilan chaqalog'ingizni cho'lga tashlab ketasiz. Birinchi so'raydigan narsangiz nima bo'ladi? Livo qiyin musola deydi, namozni qilishsin deydi. Va safo va marvoda bo'layotgan odam safo bilan marvoning qadimini o'tmishini, ya'ni uzoq o'tmishini. Yaqin o'tmishini va hozirini anglashga harakat qilish kerak. O'ylab ko'rish kerak. Nimaga biz safo bilan marvo'da sa'y qilamiz? Ibrohim alayhissalom. Alloh taoloning buyrug'i bilan ayoli va farzandini shu cho'lda tashlab ketishga buyurildi. Mana siz bilan biz turgan joyda. Tasavvur qilingki, Ibrohim alayhissalomning hayotda yagona bor odami shu amakisi edi. Endi ulamolar ixtiro qilishgan. Azar amakisi bo'lganmi, otasi bo'lganmi degan masalada. Alloh Taolo aytdi, u ilhqoli ibrohimul abihiy azaro dedi. Ibrohim o'zining otasi Azarga aytdi dedi. Lekin Azar ota emas, amake deyiladi. Amaki deb aytiladi, chunki arablar amakini ham ota deydi. Vali demaydi, lekin ab deydi. Ab desa amakini ham arablar aytadi va bu narsani misolari ko'p. Qur'onda ham buni misoli borki, Yaqub alayhissalom vafot qilayotgan paytda o'g'illaridan ma ta'buduna min badi, mendan keyin kimga iborat qilasizlar deganda, qol u nabudu ilahaka va ilaha abayika ibrohimova ismaila va ishaqo deb aytdi. Sizning otalaringiz Ibrohim, Ismoil, Is'hoqning robbisiga ibodat qilamiz, ilohiga ibodat qilib qilamiz dedi.

Vaholanki Ismoil otasi emas, amakisi, lekin otangiz deb aytadi Ismoilni. Bu oddiy o'shaning uchun arab tilida. Xullas, Ibrohimning hayoti faqat Azar bor edi. Ibrohimga sinov azarida keldi. Qachonki Ibrohim uylandi, sinov ayolida keldi, bir podshoh ayolini olib qo'ymoqchi bo'ldi. Keyin Ibrohim yana bir uylandi. Sinov farzandsizligida keluvdi. Keyin farzandli bo'ldi, endi sinov farzandda keldi. Keyin farzandingni olib borib tashlab ketish kerak bo'ldi cho'lda. Keyin farzandi kattaroq bo'lgan paytda sinov yana o'sha farzandiga so'yish kerak bo'ladi. Va shunaqa o'shancha xato aytdi, voy bi bitala, Ibrohim robb u bi kalimatun atan mahun dedi Alloh Taolo. Ibrohimni Alloh Taolo imtihon qildi va imtihonlarni mukammal o'tdi imtihonlardan Ibrohim. Alayhissalom.

Har bir imtihondan o'tdi va butun payg'ambarlarning hayoti shunday. Mana siz Qur'onni olib o'qing da. Yusufning hayoti, hammasi imtihon. O'zini akalari unga hasad qilyapti, u akalarni yaxshi ko'radi, akalar olib borib quduqqa tashlab ketyapti, keyin olib chiqib arzon pulga qul qilib sotib yuborishyapti, keyin o'sha qullikda endi bir mehr muhabbat topdim degan paytda zinoda ayblanyapti, keyin borib qamoqda qamalyapti, butun hayoti sinovlardan iborat. Mustonni hayotini o'rganing da, chaqaloqligidan uni ustiga armiya jo'natilyapti o'ldirish uchun. Keyin o'zini onasi olib borib, uni suvga otayapti, keyin suvdan qutqarilgandan keyin fir'avn oilasida bir masalan fitna oilada katta bo'lyapti. Undan keyin kimnidir o'ldirib qo'yishga to'g'ri kelyapti, kimnidir himoya qilib, yomon maqsadda emas. Undan keyin quvg'in bo'lyapti, undan keyin uni o'ldiraman deb quvlab yuribdi fir'avnni olib, undan keyin unga imtihon berish kerak, yana o'zi tildildi, dudug'lanishi bor edi. Ya'ni butun hayoti imtihondan iborat. Va rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng eng eng eng imtihoni og'ir bo'lgani. Shuning uchun rasululloh sollollohu alayhi vassalom aytdilar, eng musibati ko'p bo'ladigan payg'ambarlar dedilar. Sunma al an saluh va al an sal dedilar. Keyin payg'ambaralarga eng yaqin, eng yaqinlari bo'ladi. Musibati ko'pligi dedilar.

Butun payg'ambarlarning hayoti musibatlardan iborat. Xursandchilik, baxtlar emas, qiyinchiliklardan, mehnatlardan, musibatlardan, og'riqlardan iborat. Va Ibrohim alayhissalomning musibatlaridan biri shu bo'ldiki, ayoli bilan chaqalog'ini tashlab ketish kerak bo'ldi cho'lga. Hech bir bir narsa yo'q cho'lga tashlab ketishga kerak bo'ld. Va tashlab ketarkan, endi tasavvur qiling, qalbi otani, haligi chaqalog'iga va ayoliga bir cho'lda tashlab ketyapti. Odami yo'q, hech kim yashamaydi u paytda Makkada. Suv yo'q, suv, ovqat yo'q. Bir cho'lga shunday tashlab ketyapdi. Allohning buyrug'i bilan. Aytdiki, ey Robbim dedi, hech bir narsa yo'q, bir zarur narsa yo'q bir joyga dedi, men dedi, zurriyotimni tashlab ketyapman dedi. Va uchta narsani zurriyot uchun xohladi. Siz zurriyotingizni hech kim yo'q bir cho'lga, bo'ri yeb ketishi mumkin, ayiq yeb ketishi mumkin, ovqat topayman, ochdan o'lishim mumkin, suv topolmay o'lishim mumkin, birov hujum qilishi mumkin. Bir yosh ayolingiz bilan chaqalog'ingiz cho'lga tashlab ketasiz. Birinchi so'raydigan narsangiz nima bo'ladi? Livo qiyinmiz, soladi, namozda qavm qilishsin dedi.

Birinchi so'raydigan ibodat bo'ldi, uyqu misol. Odamlarning qalbini ularga muhabbatli qilgin dedi, ikkinchi so'raydiga. U arzu qon dedi. Rizq bergin dedi, uchinchi so'raydagi. O'zi rizq birlamchi masala bo'lishi kerak, u joyda bundoq o'ylab qarasangiz mantiqan, chunki u joyda suv yo'q, ovqat yo'q. Hozir nima yeydi, nima ichadi degan masala turibdi u yoqda. Birinchi namoz, keyin ijtimoiy masala, vaholanki jamiyatni o'zi yo'q u yoqda, hech kim yo'q u yoda. U rizq bergin ularga dedi. U deb shu oilasini duo qildi, tashladi, ketdi. Allohning irodasi edi. Bu sinovning ustida va bu odamning aqli qabul qilib bo'lmaydigan bir imtihonning ortida qanchadan qancha ne'matlar, hikmatlar, yaxshiliklar bor edi ku. Shu yaxshiliklardan bittasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Shu yaxshi yillardan bittasi mana shu din. Mana shu tavohid, mana shu buyuk din, shu yaxshiliklardan bittasi, mana shu fiqh siz bilan o'qiyotgan narsa. Shu yaxshiliklardan bittasi siz bilan biz yashab turgan shu Makkaning borligi va shu yaxshiklardan million, million, millionlarni sanasangiz bo'ladi. Qanchadan qancha hajlar, qanchadan qan cha namozlar, qanchadan quancha ibodatlar, qanchadan gancha saodatlar, qancha qancha insonning shu islom sababli oila qurishi, farzandlar ko'rishi, baxt topishi dunyoda va oxiratda. Mana shuning hammasi mana shuning boshlanish nuqtasi bo'ldiki, mana shu sinov. O'sha sinovga rozi bo'ldi, oilasini tashlab ketdi shu duolar bilan. Ona chaqalog'i bilan qoldi. Ovqat yo'q, suv yo'q, cho'l, jazirama.

Va chaqalog'ini endi emizish kerak, u uchun ham suv kerak, suv ichish kerak. O'sha paytda ona bechora borib Safoga chiqdi. Bir suv bo'lib qolarmikin deb. Keyin Safodan yurdi, Marvaga bordi. Keyin Marvadan Safoga bordi. Ya'ni bir ona bir narsa qidiryapti, yuribdi, sabablarini qilyapti. Safodan Marvaga yurish bu sababki bir quduq qidiryapti. Suv qidiryapti sabablarni qilyapti. Sabablarni qilarkan, Allohda so'rayapti, ey Alloh, ey Alloh, bergin bir narsa, bergin shu bolamga deb so'rayapti da. Shuni orasida yuribdi. Va mana shu yetti marta borib kelish yurishini barakasi bilan Alloh Taolo unga Zamzam berdi. Haligacha o'sha Zamzam oqib turadi. Tasavvur qiling, hajda umrida necha million odam shu Zamzandan ichadi va olib ketadi o'zi bilan. Agar bitta odam ichishi yu, olib ketishi yu, bir litr bo'lsa ham necha million litr zamzam o'sha yerdan chiqib keladi. To'xtamaydi. O'sha asrdan, bilmadim, Ibrohim alayhissalom necha ming yil oldin yashagan, tasavvur qiling. Hozirgacha shu zamzam mana shuncha minglab, millionlab, milliardlab odamga yetib, shu yerda suv bo'lib turibdi. Bir onaning bolasiga qilgan duosi. Ona payg'ambar emas. To'g'ri, bolasi kelajakda payg'ambar bo'ldi, to'g'ri, eri payg'ambar deydi, u ona, ona, ona, bitta ona.

Qarang, ya'ni, demak siz Safoga Maravaga borsangiz, sizda agar shunaqa ehtiyoj bo'ladigan bo'lsa va ehtiyoji qaysidir ma'noda dunyoviy ehtiyoj. Dunyoviy ehriyoj, ya'ni u suv so'rayaptimi, suv so'rash, qaysidir ma'no dunyo so'rayapsiz. Oxirat masalan jannat so'ramayapti ku, suv so'rayyapti ku. Tabiiyki jannatni ham xohlaydi. Lekin dunyoviy ehtiyoj va bu bir narsa tashrik masalasi, inshaalloh o'zini paytida keladi. Ya'ni bir odam umra qilsa da, umrasidan maqsadi bolam tuzalsin desa, bolam tuzalsa u dunyoviy maqsad, umri ibodat. Shunday jamlasa bo'ladimi yo'qmi degan tashrik degan masala, inshaalloh paytida keladi da. Bu shirk hisoblanmaydi. Bu niyatlarning bir biriga sherigi bo'lishi degani, hali ko'ramiz. Lekin bu joyda muhimi? Bir ona bolasi uchun, bolasi uchun o'zi uchun, o'sha bolani imzolash uchun suv so'rab qilgan ibodatining oqibatida berilgan suv minglab, millionlab, milliardlab odamlarga yetadigan, minglab yillarga yetadigan bir suv bo'lyaptiki, hozirgacha tushunish qiyin, qayerdan shuncha suv keladi? Zamzam. Endi subhanalloh bu mo'jizani qarang. Bu mo'jiza ortidagi barakotni qarangki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilarki, zamzam nima shur'iy balah u dedi. Nima uchinchisi o'sha bo'ladi zamzam dedi. Ovqat deb ichsangiz ovqat bo'ladi dedilar. Shifo deb ichsangiz shifo bo'ladi deyaptilar. Iymon taqvo deb ichsangiz, iymon taqvo bo'ladi, deptilar. Bir onaning bolasiga qilgan duosidan bo'layotgan barakotni qarang, shu barakotning bir nasibasidan, bir ulushidan, bir nasibador bo'lishimiz uchun Alloh Taolo shu Safo bilan Marvada yurishini keyin Haj bilan Umrada bizga qoldirdi.

Inna safo va al marvoti min sha'a irillah. Uncha Allohning shiorlaridan bo'lib qoldi Safo bilan Marvo. Shu bir ona va shu bir bolaning holati sababli. Faman hajjal bayt, kimda kim o'sha baytni haj qilgan bo'lsa, avu umra ta, avu yata maro umra qilgan, umra niyat qilgan bo'lsin. Falajuna halayhanga tavo behima. Va men tatavvau hayron. Endi Alloh Taolo sizga bir qoida aytyaptiki, kimda kim yaxshilikni, yaxshilikni tatavvuf qiladigan bo'lsa, ya'ni kim ixtiyori bilan o'zi bir yaxshilikni yaxshi amalni qiladigan bo'sa, inna alloha shakirun alayh. Alloh Taolo shakir va Alloh Taolo alayh ikkita buyuk sifat. Yaxshilik qiling, Alloh shakir. Yaxshilik qiling, Alloh alim. Siz yaxshilik qilasiz, odamlar uni bilmaydi ba'zida.

Odamlar bilmaydi, yaxshilik qilsangiz bilmaydi yaxshiligingiz. Yaxshiligiz yomonlik deb o'ylashi mumkin. Yoki yaxshiligiga beparvo bo'lishi mumkin. Hech qanaqa yaxshilik qolmadi deb o'ylashi ham mumkin. Vaholanki siz unga yaxshilik qiyin bo'lasiz. Bilmaydi. Innallohu shakiruni alim, Alloh biladi. Yoki siz yaxshilik qilasiz, odamlar biladi yaxshiligingizni, to'g'ri menga yaxshilikka tekkan shuni deydi, to'g'rimi menga falon yili pul berib turgan yoki yordam bergan yoki ilm bergan yoki bir yaxshilik qigan deydi.

Lekin shukur qilmaydi. Ha nima qilganda deydi, nima bo'libdi deydi. Innallohu shakiruni aliyin. Alloh Taolo biladi va shukur qiladi. Va shukur qilib bilishni bilishdan oldin keltiradi, chunki Alloh Taoloning bilishi shundoq ham ma'lum. Hamma biladi ki, Alloh Taolo alil an ulug'i yu, hamma narsani biladi. Lekin shakirligini Alloh Taolo bu yerda taqdim qilyapti ki, Alloh Taoloni shukur qilad. Alloh Taolo shukur qiladi. Alloh Taolo biladi yaxshiligingizni va shukur qilasiz. Shuning uchun nimadir yaxshilik qiling, Alloh uchun qiling. Odamlar uchun qilmang. Alloh uchun quring, Alloh biladi va Alloh shukur qilad. Allohning shukri tabiiyki o'sha narsani mukofotini sizga berishi bilan bo'ladi. Va mana shu tushunchalarni, mana shu haqiqatlarni safo bilan marra sizga ochib beradi. O'sha uchun safo bilan maro o'rtasida yuradi. Safo bilan Maro o'rtasida turarkansiz. Bilingki, o'sha ona, o'sha bolasini qutqarish uchun, halokatdan qutqarish shu qilgan duosidek qalbingizda siz ilhaq bilan, bir qattiq Allohda so'rashingiz bilan, o'sha ibodatni siz qiling, o'sha onaga bergan narsasini xuddi shu shaklda sizga shu ibodat o'laroq qoldirdi, sizga beradi. Unga bergan Zamzami milliardlab odamga yetadigan darajadagi muborak Zamzami bo'lib, nafaqat oddiy suv, balki nima uchun ichilsa, o'sha bo'ladigan bir muborak suvga aylanganidek, Alloh Taolo sizga o'shanaqa so'ragan narsangizni shunday barakotli qilib, shunday ko'p qilib, o'shanday uning barakasini ko'paytirib beradi. Mana shu haqiqatni tushunib, keyin say qilasiz. O'shaning uchun sayga ketayotgan odam nima deydi? Inna sof avval marvotamin sha irillah deydi, shu oyatda o'qiydi.

Mana shu narsani tushunish uchun.

Білімді тексеру

5 сұрақ. Әр дұрыс жауап — 10 ұпай.

Келесі дәріске өту үшін тестті тапсырыңыз

Тестсіз жалғастыру