Islom moliyasini biz aytganimizdek torroq tushunish, ya'ni aynan bank bilan bog'liq qismini tushunishdan kelib chiqqan holda qurdik. Lekin odamlarning kundalik faoliyatlarida Islom moliyasining kengroq tushunchadagi ma'nosi ko'proq qo'llaniladi. Va mana shu nuqtada ham ba'zi bir islohotlarga albatta ehtiyoji bor. Masalan, shulardan biri O'zbekistonda Islom moliyasi va Islom demak moliya fiqhini o'rgatish va bu bo'yicha mutaxassislar yetishtirish va bu bo'yi alohida darslar qilishga ehtiyoj bor. Chunki bu darslar natijasida boshqa bir qonunchilikdagi ba'zi demak nuqtalarni ko'rib chiqishga ehtiyoji bo'lishi mumkin. Masalan mehnat qonunchiligida, mehnat qonuniychilikida bizda ma'lumki, bizning mehnat qonuchiligimizdagi umumiy qoidalarning ko'plari Islom moliyasining prinsiplariga va tamoyillariga muxolif emas. Lekin ba'zi nuqtalarni qayta ko'rib chiqishga ehtiyoj bo'lishi mumkin. Masalan deylik, bizda ko'p bo'ladigan shikoyatlardan biri tadbirkorlar aytadiki, biz o'zimizni deydi, biznesimizni, boshqamizni stabiligini, demak o'sha barqarorligini ta'minlashimiz uchun to'siq bo'layotgan muammolardan bittasi deydi, bizni muhim bo'lgan kadrlarimiz ikki hafta oldin ogohlantirish kerak yoki yangi qonunchilik, yangi mehnat kodeksiga ko'ra o'n to'rt kun oldin ogohlantirtirish bilan ishdan ketib qolishi mumkin deydi. Va biz masalan bir xil kadrni topamiz, o'zini yetishtiramiz, boshqa qilamiz, shu kadrga suyanamiz, ba'zida deydi, masalan, o'quv markazlarining faoliyati yoki ba'zi ishlab chiqarishda, boshqada kadrning ahamiyati juda ham yuqori ish beruvchi uchun.
Lekin qonunchilikda bizni qonunchiligimizda aytilgan mana nuqta shundaki, o'sha xodim ikki hafta oldin ogohlantirib, shartnomani bir tomonlama bekor qilib ketishi mumkin. Va bu o'z o'zidan biznesdagi stabilikka juda katta to'siq bo'ladi. Boshqa davlat qonunchiliklarini ko'radigan bo'lsangiz, ko'p davlat qonunchiligida mehnat shartnomasi xuddi ish beruvchi uchun majburiy bo'lgandek, xodim uchun ham majburiy bo'lar. Xodim uni bir tomonlama bekor qila olmaydi. Agar bekor qiladigan bo'lsa, u ish beruvchiga yetkazgan zararni qoplab berish kerak bo'ladi. Va bu shariatning demak, me'yorlarga ham mana shu to'g'ri keladi. Va ba'zida mana shu asosga ko'ra, masalan, ba'zida odamlarda shikoyat paydo bo'ladi. Yoki mana meros bilan bog'liq masalalar bor. Meros sababli bilan bog'liq masalalarda ham bizda odamlarning urfida shunaqa narsa shakllanib qolganki, ayollarga meros berilmaydi. Ko'pincha ayollar to'siq urishib chiqib ketdi, bo'ldi o'zini hayoti bor deyiladi da. Ko'pincha ya'ni ota onasi vafot qilgan paytda uylar, boshqalar, asosiy boylik o'g'illarga qolib ketadi. Bu natijada ayollarning shaxsiy mulki shakllanmasligi yoki kamroq bo'lishiga olib keladi va bu o'zidan ayollar huquqi bilan bog'liq boshqa muammolarga olib keladi. Lekin shariat bunga yechim bergan. Va bu narsalarni qonunga kiritishga, masalan, qonunga kirtish bu bir masala. Lekin oldin jamiyatda bu narsalarniy ta'limini berish alohida masalan. Shu ma'noda agar jamiyatda bu ta'limni beradigan tashkilotlar bo'lsa yoki odamlarga mana shu kabi nuqtalarda islomning asoslarini va tamoyillini o'rgatadigan, demak, me'yorlar, kitoblar va boshqalar bo'lsa, bu ham juda ijobiy narsa bo'ladi va bu narsani taxminan, bu yo'nalishni taxminan uchga bo'lsa bo'ladi.
Uchta yo'nalishda buni o'rgansa bo'ladi. Birinchi yo'nalish bu aynan kitoblar va maqolalar yozish bilan bog'liq yo'nalish, ya'ni nazariy ilm berish bilan bog'lub. Husayn ishora qilib ketdilar. Biz o'sha islomda biznes huquqi yoki islomda tijorat huquqi degan bir darslik hozir yozib tayyorladik. Endi faqat yakuniy qismlari qoldi. Undan keyin islomda, masalan, islom huquqida marketing yoki islom huququqiga munosib bo'lgan marketing usullari haqida bir darslik yozmoqchimiz. Yoki zamonaviy yangi paydo bo'layotgan marketing usullarini islom qanday tartibga sol. Bo'yicha. Men oldin kriptovalyutalar haqida, o'sha kripto pullar haqida maqola yozgandim. Endi bu haqida yuqoriroq bir, masalan, kengroq o'rganilgan kitob yozishga ehtiyoj bo'lyapti va buni ko'pchilik so'rayapti. E nazariy soha birinchi yo'nalish. Ikkinchi yo'nalish aynan bu yo'nalishda har xil muassasa talab va markazlar va boshqalarning bo'lishi. Masalan, deylik, Islom akademiyasida yoki yuridik universiteti yoki bank moliya akademiyasida Islom moliyasiga oid markazlarning tashkil topishi, yoki mustaqil Islom moliyasidan shug'ullanadigan hay'atlarning tashkil topishi va bu hay'atlar demak o'zlarini faoliyati davomida Islom moliyasiga oid auditlar, maslahatlar va o'sha ta'lim va boshqa bilan shug'ullanishi, bunga ehtiyoj paydo bo'ladi. Va bu juda ham muhim va bu keng doirada qilish kerak bo'ladi. Toki o'sha banklar, masalan hozir Islomiy darschilar ochilyapti, banklarning xodimlarini Islomiy moliya bo'yicha o'qitish kerak bo'ladida.
O'tgan yili mana Jidda Islom moliyalari bo'yicha darslar uyushtirildi. Banklarning ko'plar xodimlari Jiddiy shahriga olib borib, o'sha joyda trening o'tkazishdi. Meni ham chaqirishdim, men bir kun o'sha treningga o'tib berdim. Lekin o'zidan savol paydo bo'ladi. Bunaqa darslarni ko'proq bu yoqda o'tkazsa ham arzonroq bo'ladi, ham ko'proq shaklda buni amalga oshsa bo'ladi. Shu ma'noda Islom moliyasiga oid turli dars beruvchi va o'sha maslahat beruvchi va mavjud qiluvchi institutlarni tashkil topishi masalasi va uchinchi masala aynan Islom moliyasi ga oid siltislaviy darslar tashkil qilish masalasi va masalan, u faqat masalan Islom uzda biz hozir darslar tashkil qilmoqchimiz yoki lekin boshqa platformalarda ham, balki kun uzda va boshqa o'sha demak, ommaviy axborot vositalari va Mediada Islom moliyasiga oid svetlaviy darslar va suhbatlar tashkil qildish, toki odamlar Islom moliyasi haqida tushunchaga ega bo'lishlari va masalan bankka murojaat qilgan paytlarida odamlarda xo'p bu o'zi aslida halolmi yo'qmi degan savoling paydo bo'lmasligi. Chunki oxirgi paytda O'zbekistonda mana lizing shartnomalari yo'lga qo'yildi va lizing shartnomalar yo'lga qoyil. Bo'lgandan keyin bizda juda ko'p savollar bo'ladi, odamlar bizga savol yuboradi. Mana bu bank islomiy lizingda shartnomasini e'lon qildi. Bu rostdan ham halolmi deb so'raydi odamlar. Ya'ni odamlarda baribir savol paydo bo'laveradi. To o'sha odamlarni o'qitadigan sizlarni darslar tashkil bo'lmaguncha baribir bu savollar chiqaveradi.
O'ylaymanki, mana shu uchta yo'nalishda agar biz qanaqadir faoliyat olib bora olganimizda, islom moliyasini O'zbekistonda rivojlanishi va vatanimiz va xalqimiz mana shu islom moliyasi bilan bog'liq o'zgarishlar va islohotlardan ko'proq foyda olish uchun biz ko'proq biroq, demak, hissa qo'shgan bo'lardik. Alloh.