MMaviza
Islom moliyasi va savdoТексерілген4 daq

Islom moliyasining afzalligi

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

Бұл тіл үшін аударма әлі жоқ. Төменде түпнұсқа (өзбекше) мәтін көрсетілген.
0:00
4:00
Өзгерістер тарихы

Islom moliyasi muassasalari, islomiy banklar bo'lsin yoki o'sha mikrobanklar bo'lsin, yoki islom moliyasi asosida faoliyat olib boruvchi har qanaqa moliyaviy yoki xususiy shirkatlarning o'ziga xosligi, bularning faoliyatdagi o'ziga xoss ajrab turadigan muhim nuqtasi, bular xatarni, ya'ni biznes uchun bo'ladigan xatarni, riskni boshqa tomon bilan bo'lishishi va riskni faqat masalan o'zining mijozlar bo'yniga qo'yib qo'ymasligi. Oddiy an'anaviy banklarda ko'pincha bizda bo'ladigan muammolardan bittasi biz o'sha huquqshunoslik tilida financial bubble degan narsa, ya'ni o'sha pufak degan narsa. Bu masalan, asosiy inqirozga sabab bo'lgan nuqtalardan bittasi bo'lgan narsa. Deylik, bir kishi bankdan pul oladi da, shu pul asosida bir uy sotib oladi. Uy sotib olishga o'zida pul yo'q. Lekin bank unga o'sha pulni beradi, shu uyni sotib olib, keyin sotish uchun. Keyin uyni sotaman degan paytda ikkinchi odam bankdan pul oladi, u uyni undan sotib oladi, uni ham maqsadi sotish. Va bu uchinchi odam undan oladi, to'rtinchi odam undan ola, natijada uy narxi oshib boraveradi va bu naqdning oshib borishi sun'iy. Bu narsa o'z o'zidan shu moliyaviy pufakni paydo qiladi. Va yo'q pul o'zi aslida bularni birortasida pul yo'q. Yo'q pul evaziga bir narsaning, mahsulotning narxi sun'iy ravishda oshilishi jamiyatda keyin ertaga qaysidir bosqichga kelganda o'sha uyni sotib sotib olish imkoniyatiga ega bo'lgan odam qolmaydi. Qolmagandan keyin hamma bir birini ustidan zarar ko'rishni boshlaydi, pullar qaytarmagani uchun va xuddi o'sha domino effekt bo'lib, ya'ni bir biridan zarar bir biriga ko'chib, oxir oqibat butun iqtisodiy inqirozga sabab bo'ladigan holatlar yuzaga keladi.

Islom esa, masalan, shu bitta shu misolni o'zini ol. Qiladigan bo'lsangiz islom, odam uyni sotib olib, o'ziniki qilib, keyingina sotishiga buyuradi. Va sun'iy ravishda narxini oshirish va sun'iy ravshda pufaklar hosil qilish bilan majburiy shartnomalar tuzishdan qaytaradi. Bu mana bitta nuqta bo'lishi mumkin. Bu kabi nuqtalari juda ham ko'p. Lekin umumiy agar xulosalab aytadigan bo'lsak, islom moliyasining inqirozlariga nisbatan, demak, immuniteti desak bo'ladi, immuniteti bo'lgan o'ziga xos tomoni, bu o'sha moliyaviy muassasaning o'zining mijozlari bilan xatarni bo'lishi. Muncha. Va agar mijoz mabodo qanaqadir, masalan, pandemiyaga o'xshagan covid paytidagi yoki boshqa bir muammolar bilan bir muammoga uchrab qolgan paytda, uni yog'iz tashlab qo'ymasligi. Masalan bir mijoz agar bankdan pul olib faoliyat olib bormoqchi bo'lsa, an'anaviy bankda agar mijoz bankdan pul oladigan bo'lsa yu, o'sha bankdagi olgan puli bilan u deylik o'sha olgan pulini yuz minglab barobar ko'paytiradigan bo'ladi, o'zini savdo faoliyatida. Bank faqat kichkina ulushni oladi xolos. Natijada mijoz ko'p aksar foydani o'ziga olib qoladi va bank kichkina ulushi oladi. Xuddi shunga o'xshab agar mijoz zarar ko'radigan bo'lsa va bunaqa mijozlarni ko'plari zarar ko'radagan bo'lsa, bank ulardan baribir o'zini pulini olib qoladi, va mijozlar zarar ko'radi. Natijada doim zarar ko'rgan yoki yutqazgan kambag'al bo'lgan tomon zarar ko'rib qolaveradi va boy tomon doim imkon topib, ya'ni ko'proq foydalanib qolaveradi.

Shu ma'noda jamiyatda qanaqadir muvozanatning bo'lmasligiga olib keladi. Islomiy bank tizimida esa, islomiy bank bo'yicha mutaxassislar doimo ta'kidlaydi, biz deymiz, musharakaga, ya'ni biznesda sheriklikka banklarni chaqiramiz. Va sheriklikning yaxshi tomoni shundaki, bank birinchidan mijozning holatini yaxshilab o'rganib chiqadi. Mijoz qilmoqchi bo'lgan tijorat faoliyati yaxshimi, yaxshimasmi o'rganibchi chiqadi. Agar yomon bo'lsa, mijozni o'zini ham ogohlantiradi, bu faoliyat yaxshi yo'lga qo'yish, demak, imkoniyati kam ekanligidan. Va qolaversa, keyin mijozning faoliyatida u faqat pul beruvchi kreditor bo'lib qolmasdan, investor o'laroq mijoz bilan birgalikda bitta faoliyat olib borib, uni yo'naltirib, unga huquqiy yoki iqtisodiy yoki moliyaviy boshqa maslahatlar bilan yordam berish oqibatida, ertaga mabodo mijoz foyda ko'radigan bo'lsa, bank u bilan tengma teng foyda ko'radi. Ya'ni u bilan bir xil nisbiy foyda ko'rar, teng bo'lmasligi mumkin u foyda, lekin nisbiy foya ko'radi, ya'ni bank ham ko'proq foyda ko'rat. Va agar mijoz muayyan muammoga uchraydigan bo'lsa bank o'sha muammoda unga sheriklik qiladi. Natijada jamiyatda bir toifaning kattaroq puli ikkinchi toifaga o'tib ketib qolishi va natijada muvozanatsizlik hosil bo'lishi degan demak ssenariylar islom moliyasi holatida juda ham kamchilik edi. Shu ma'noda islom moliyasi o'ylaymanki, inqirozlarga va shu kabi keskin, demak, moliyaviy o'zgarishlarga qarshi o'zining chidamliligi bilan ajrab turadi.

Alloh rahmat qilsin.

Білімді тексеру

2 сұрақ. Әр дұрыс жауап — 10 ұпай.

Келесі дәріске өту үшін тестті тапсырыңыз

Тестсіз жалғастыру