MMaviza
Islom moliyasi va savdoТексерілген4 daq

Islom moliyasida kimlar haqiqiy mutaxassis bo'la oladi?

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

Бұл тіл үшін аударма әлі жоқ. Төменде түпнұсқа (өзбекше) мәтін көрсетілген.
0:00
4:25
Өзгерістер тарихы

Islom moliyasi yoki iqtisodiy deganda, bizning asrimizda afsuski o'zini shu sohadan mutaxassis deb hisoblaydigan odamlar ham o'sha mavzuning, o'sha demak, fanning obyektini xato tushunib olgan. Xato tushunib bo'lgani shundaki, iqtisodchilar o'zini islom moliyasidan mutaxassisiman deb o'ylaydi. Moliyachilar o'zini iqtisod moliyasidan muthaassisman deb o'ylayda. Va kim bu sohadan mutaxassis degan savol o'z o'zidan paydo bo'ladi. Bu savolni tushunishimiz uchun biz oldin sal tarixga qaytishimiz kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrida bozor juda ham oddiy bo'lgan. Va tranzaksiyalar juda ham oddiysi bo'lgan. Natijada har qanaqa bozorga borgan va tranzaksiyalarni ko'rgan odam o'sha bozor ishlari bo'yicha faqih bo'lavergan. Lekin bizlar asrimizga borib bozor, qarz va moliya va moliyaviy instrumentlarni yarat kontekst va ularni tranzaksiya qilish bilan bog'liq munosabatlar murakkablashib ketgani uchun, bozorni alohida o'rganish kerak, fiqhni alohida o'rtanish kerak bo'lib qoldi. Shunday ekan, o'z o'zidan bozorni o'rganish bo'yicha mutaxassis odamlar ozroq fiqhiy terminlarni o'qib turib, o'zini islom moliyasidan mutaxassis deb tanishtirishni boshlashdi. Fiqhni o'qigan odamlar bozorni oqib turib, bo'zini islomo moliyasidan mutaassisman deb tanishtirishi boshlashdi va natijada o'sha o'z o'zi sohaning egasi kim degan savolda hatto arab dunyosida ham o'zi chalg'ish bor. Sohaning egasi qanday degan savolga javob berishda, hatto arab dunyosi ham o'zi chalg'ish bor. Xo'p, bu savolga biz javob berib aytamizki, sohaning egasi mutlaqo iqtisodchilar va moliyachilar bo'lishi mumkin emas.

Iqtisodchi va moliyachilar o'zining iqtisod va moliya bilan bog'liq fanini orasida islom moliyasi bo'yicha kontraktlarni o'rganib, uni tadbiq qilishda ishlashi mumkin. Lekin to'g'ridan to'g'ri biror farz shartnomaning islomiy yoki islomiy emasligi qarorini aslo iqtisodchi yoki moliyachi bera olmaydi. U albatta, chunki bu narsa fatvo hisoblanadi va fatvo juda og'ir narsa, o'shaning uchun u albatta bu uchun fiqhdan ilmga ega bo'lishi shart. O'shaning uchu inqiroq im, rahima xulloh o'zlarining kitoblarida e'lamul muvaqqa qayin. An robbil alamin dedi. Ya'ni Alloh azza va jallaning olamlarining robbistan nomidan imzo qo'yuvchilar kitobi deb aytdi, imzo qo'uvchilar e'lami deb aytdi. Nimaga? Chunki fatvo berayotgan odam Allohning nomidan imzo qilib qo'yayotgan hisoblanadi. Buning mas'uliyati juda katta va bunga qo'yilgan shartlar juda og'ir va har bitta odam o'zi xohlagancha fatvo berishga, har bitta odam bo'lsa xohlagancha islom moliyasi yoki islom iqtisodida mana bu narsa to'g'ri yoki mana bu narsa xato deyishga mutlaqo haqqi bo'lmaydi. Bunga qo'yingan shartlar ko'p, bu shartlar birinchi bir Qur'ondan boshlanadi. Qur'onni yodlashni, tushunishni, fahmlashni, tafsirlarni o'qishi, nosiqni bilishi, mansuhni bilishi, muqoyyatni bilishi, mutloqni bilishi, amni bilishi, xosni bilishi, bularning hammasi Qur'on bilan bog'liq. Keyin hadisga o'tadi. Hadisda mustahdamlarni bilishi, hadislarning farqlarini bilishi, sohihni fillardan, hujjatni hujjatmasdan ajrata olishi, undan keyin hali qiyosga o'tadi, ijmoga o'tadi. Undan keyin hala ixtiro qilingan dalillar turlariga o'tadi. Usta isloh bo'lsin, istiqsan bo'lsin, nima soliqli mursalar bo'lsin.

Yoki boshqa dalillar turlari bo'lsin. Va mana bularning barchasini o'zlashtirib, arab tilini mukammal o'rganib, muayyan fiqhiy madrasaning o'sha madrasada qo'yilgan shartlari asosida fatvo kitoblarini mukammal o'tkazib chiqmaguncha, odam aslo fatvo beruvchi bo'la olmaydi. Shuning uchun ham har qanaqa islom iqtisodi va islom moliyasiga oid tashkilotlarning qaror beruvchi kengashi doim fatvo kengashi bo'ladi. Hozir ham shunaqa, iofini fatvo kengashi ham, boshqa fatvo kengashlari ham. To'g'ri, biror odam menga aytishi mumkin, o'sha fatvo kengashlarni o'zi corrupt deb. O'sha fatvo kegishlarini ba'zilarida dunyoviy odamlar, masalan, pulga fatvo sotuvchi odamlar bormi desa, tabiiyki, bu bor. Lekin odamlarning harakatlari diniy yo'nalishni belgilamaydi. Shu ma'noda islom iqtisodi yoki islom moliyasidan mutaxassis bo'lmoqchi bo'lsangiz, siz bilib olishingiz kerak. Sizning mutaxassisligingiz mavjud qoidalarni tadbiq qilishga chegaralanib qoladi, to fiqhni o'rganmaguningizcha. Qachondir fiqhni o'tgan bo'lsangiz ana undan keyin bemalol bu faoliyat bu faoliyat bilan shug'ullansangiz bo'ladi. Va bu ba'zi odamlar o'ylaydiganidek, dinni monopoliya qilish, dinni haligi sohani egallab olish, bosib olish deb tushunilmaydi. Chunki dinni o'rganish hamma uchun ochiq. Hamma uchun ochiq. Aksar islom universitetlari bepul bo'ladi. Vo Qur'on qo'lingizda turibdi, yodlayman desangiz, ana bugun yodlaysiz. Arab tili kurslarini as kichkina bepul bo'lad. Diniy manbalarchalik bepulga shunchalik ko'p qo'yib qo'yilgan manbalar dunyoda yo'q. O'shaning uchun mana marhamat o'rganing va harakat qiling. Va u uchun yosh o'z o'zidan talab qilinmaydi.

Men alhamdulillah faxrlanib ayta olamanki, islom moliyasi yoki umuman fiqh sohasida men katta odamman deyolmayman, men bir tog'li bilimman. Lekin faxrlanib ayta olmanki, men yigirma besh yoshimda boshladim. O'n yil shu bilan shug'ullandim va o'zim qaysidir ma'noda muayyan masalan kam bo'lsa ham, lekin muayyan narsaga erisha oldim. Shu ma'noda hech kimga kech emas. O'zimga o'ttiz yoshida boshlasangizmi, ellik yoshida boshlaysizmi, har qanaqa paytda boshlasangiz bo'ladi. Lekin boshlamasdan, harakat qilmasdan, bu sohaga kirishish, o'z o'zidan odamning avvalo o'ziga, qolaversa, boshqalarga zulm. Nima bo'ladi, Allohu a'lam.

Білімді тексеру

2 сұрақ. Әр дұрыс жауап — 10 ұпай.

Келесі дәріске өту үшін тестті тапсырыңыз

Тестсіз жалғастыру