Fiqhning dalillari nimalar? Fiqhning dalilllari Qur'on, Sunnat, ijmo va qiyos. Qur'on bu Alloh Taolo nozil qilgan kitob. Buni albatta har bir musulmon odam biladi. Sunnat bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga qoldirgan vahiy bo'lib, Sunnat ham vahiyning bir qismi hisoblanadi. Ijmo bu Qur'on va Sunnat asosida islomning ulamolarining barchalari biror narsaga ittifoq qilishlari ijmo deyiladi. Barcha ulamolar, masalan, namozlar besh mahal ekanligiga ijmo qilishgan, farz namozlar. Hech kim bunga xilof qilmaganlar, bu ijmo deyilar. Ba'zi ijmo'lar qovli bo'ladi, ba'zi ijmonlar sukutiy bo'ladi. Qovli degani barchalari mana shu narsa harom, mana shu narsa to'g'ri, bunaqa bu narsani yoki bunday deb aytadi. Sukutiy degani, hech kim unga xilof qilmagani uchun ijmo borligini o'z o'zidan bilasiz. Masalan, muayyan bir masala chiqadi da, ko'rasizki, hech bir islom olimi unga xilof bo'lmagan, o'z o'zi tushunasizki, demak bu barcha olimlarning bu masala bo'yicha, demak so'zlari bir. Masalan, deylik, hozirgi zamonaviy kompyuterlar yoki telefonlardan foydalanishni hech kim harom demagan. Harom degan fatvoni ko'rmadingiz. O'shanga ko'ra, ijmo bilan bu narsa halol desa yoki muboh desa bo'ladi vallohu a'lam. Qiyos nima degani? Qiyos degani, agar chuqurroq kirib sizlarga tushuntiradigan bo'lsak, biror bir hukm bo'lsa, hukmlar yo ta'budiy bo'ladi, yoki muallal bo'ladi. Ta'budiy degani bu hukmning sababini biz bilmaymiz degan.
Ya'ni Alloh Taolo shunday dedi, bo'ldi, shunga amal qilamiz. Sababini bilmaymiz. Masalan, Alloh Taolo Qur'onda namozni vojib farz qildi. Va sunnatda namozlar, masalan bomdod namozi ikrakat, ikrakat, farzi ikrakat bo'ldi, sunnat ikrakat bo'ladi. Peshin namozining oldin to'rakat sunnati bor, keyin peshin namozining o'zi to'rakat, keyin ikrakat sunnati bo. Nimaga xo'p shu to'rakat, nimaga undan oldingi to'rakat, nega undan keyin ikrakat? Alloh a'lam, biz bilmaymiz nimagaligini. Chunki bu ta'budiy. Bu ta'budiy degani, ya'ni buning illati qidirilmaydi. Sabab illat degani sababga o'xshagan narsa, ilmiy atama hisoblanadi. Buning illati qidirilmaydi. Ba'zi hukmlarning bo'lsa illati bor. Masalan, xamirning illati. Xamir ya'ni mast qiluvchi ichimlikning illati zikr qilingan. Buni ichimlikni harom qilingan, chunki bu odamning aqlini to'sar, aqlini to'zishi oqibatida uni odamlar faxshlarga chaqiradi. Shunga umul xobayev deyiladi, ya'ni hobbi narsalarning onasi deyiladi. Chunki u boshqa hobbiyslarni tug'ib, boshqa hobbiylarni paydo qiladi. Boshqa gunohlarni paydo qilar. Xuddi shunga o'xshab boshqa bir necha hukmlar borki, ularning sabablari zikr qilingan. Qaysiki hukmning, qaysiki hukimning illati, sababi, nima uchun o'sha hukm borligi zikr qilinadigan bo'lsa, faqih odam xuddi o'shanga o'xshagan bir narsani qidirib topadi da, unda ham o'sha illat topiladimi yo'qmi deb qaraydi.
Agar unda ham o'shanaqa illat topilsa, bu hukmni o'sha joyga ko'chiradi. Mana bu qiyos deyiladi. Men bir misol keltiraman. Masalan, qadimgi kitoblardan ko'rasizki, xamir harom. Xamir deganda vino degan. Mana vino harom. Vino harom bo'lgandan keyin siz aytasiz, vino harom bo'lsin, buni illati nima bo'lishi mumkin deysiz. Bitta vinoni tasavvur qilib ko'rsa odam, vinoni rangi deylik, masalan qizil bo'ladi deysiz. Ta'mi bemiza bo'ladi deymiz, achchiqroq bo'ladi deyish, masalan, mevadan olingan bo'ladi deydiz, mast qiladi deysiz, suyuq bo'ladi. Keyin ko'rasiz, tami qizillik uchun hayron bo'lishi mumkinmi deysiz. Mana kompotlarga qaraysiz, boshqaga qaraysiz. Yo'q, demak, ta'miga qaral rangi qizillik uchu hayron bo'lish mumkin emas. Chunki boshqa rangga qizil narsalarni ko'ryapmiz, hayron emas. Suyuq bo'lgani uchun hayron qilish mumkinmi? Yo'q, chunki suv ham suyuq, boshqa narsalar ham suyuq. Sut suyuq masalan, u hayron emas. Bu sababli. Demak suyuqligini ham aloqasi yo'q. Xo'p, shunga qarab aytasizki, masalan, mevadan olingan bo'lishiga harom bo'lishi mumkinmi? Masalan, kompotlar mevadan olinga, sharbatlar mevadan ovinga, demak bu uchun ham bo'lishi mumkina emas. Mast qilish uchun harom bo'lishiga mumkinmi? Ha, shuning uchun harombo'lishi mumkin deysiz. Shunaqa qilib illatini topasiz. Illatini topganingizdan keyin mana hozirgi zamonaviy birorta masalan metamfetaminlar mana, metamfetamin tabletkalar bo'ladi, odamlarni mast qiladi, aqlini to'sadi. Shu metamfetamin bitta tabletkani tasavvur qilib ko'rasiz. Unda ham shu mast qiluvchi sifat bormi?
Bo'ldi. Mast qiluvchi safat borligi uchun vino harom bo'ldi. Xuddi shu sifat borligi uchun metanofitamini ham harom deysiz. Mana bu qiyos deyiladi. Demak, fiqhning daylaridan biri qiyos ekan.