MMaviza
Fiqh asoslari va mazhablarТексерілген26 daq

18-Dars. Xiloflar masalasidagi muhim nuqtalar. Ruxsatlarga ergashish.

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

Бұл тіл үшін аударма әлі жоқ. Төменде түпнұсқа (өзбекше) мәтін көрсетілген.
0:00
25:47
Өзгерістер тарихы

Va men naxsal qovlamayman da'a ilohim va ominah soliham. Va ominah solih. Xiloflar masalasida eng, eng, eng muhim masalalardan bittasi, bizni asrimizda ayniqsa buni ta'kidlab aytish kerak bo'ladi va Shayx Muhammad avval yaqinda bu haqida bir risola yozgan ekanlar, menga yetib keldi, men o'qib juda xursand bo'ldim. Bu tatabbor ruhasi masalasi. Ruxsatlar qidirish masalasi.

O'sha bizni asrimizdagi bo'lgan balolardan bittasi, bu internet bor, ma'lumotlar yetarli, qo'lingizda hamma kitoblar, boshqalar bor ku. Har bitta masala uchragan paytda eng oson qovulni qidirib topmoqchi bo'ladi. Ba'zi ulamolar aytadiki, menda ta bari ruxsat, ta zandaq deydi. Agar kimda kim deydi, ruxsatlar qidirib yursa, zindiq bo'ladi endi. Zindiq degani kofir degan. Bo'ladi deydi. Nimaga desa, chunki ruxsatlarga qidirib yurgan odam eng oson yo'llarni, eng oson qovullarni topib yuraveradi da, oxiri din ham qolmaydi, hech narsa qolmaydi. Va bunga masalan, eng mashhur misollardan bittasi o'sha haligi nikohda keltiriladigan misol. Bir odam.

Ha, bir odam masalan Abu Hanifa rahimahulloh mazhablari bo'yicha aytadiki, agar deydi, vali bo'lmasa, nikoh qilsa bo'ladi deydi. Bu Abu Hanifa rahimahulloh va o'sha ularni qovullari, lekin muttaham axir ulamolar, Ibrohim al Xalabiyev va boshqa ko'p ulamolar, bu vali siz nikoh bo'lmaydi degan. Yo'q, bu mazhabni keyingi ulamolarini qovuli shu. Vali siz nikoh qilinmaydi. Lekin qadimgi ulamolarni qovuli bo'yicha o'sha demak vali siz nikohga qilinadi degan qovulni olsak.

Imom aboxonifadan shu qavolni olsak. Imom Malik rahimahulloh aytadiki, guvohlarsiz nikoh qilsa bo'ladi agar ma'lum bo'lsa deydi, masalan. Guvohlarsiz niko qilsa bo'ladida. Imom aboxonif imom molikdan guvohlarsiz nigoh bo'ladi degan qavolni olishingiz. Tushunarli ekan? Mana hozir valiy yo'q, guvohlar yo'q. Imom Ahmad aytadiki, nikohda e'lon qilish ma'lum qilish shart emas deydi masalan. U qavolni olib, hammasini jamlasangiz nima bo'ladi? Nikoh o'zi qolmaydi. Bo'ldi bitta ayol olib, o'sha ayol bilan borib, ya'ni subhanalloh nima nikohim bor deb yuraveradi.

Tushunyapsizmi? Va bu masala afsuski moliyaviy munosabatlarda ham ba'zida ko'rib qolasiz bu narsani. Masalan, ba'zi ulamolar aytadiki, ba'zi ular aytadiki, salamda masalan. Salam masalasida. Imom Shofi aytadi, salom hal mumkin deydi. Jumurulloh Muallimiddin salom al halil mumkin emas. Imom Shohida salom al halil ham mumkin. Aaa, ya'ni salom al halil nima degani? Shariatda, mana biz bir tovar bilan pulni almashtirmoqchi bo'lsak, bu bay, savdo deyiladi a? Bizda mana shu qog'ozni pul deb tasavvur qiling. Mana bu tovar. Almashtirmochimiz ikkalasi. Agar ikkalasini bitta vaqtda almashtirsak, bu oddiy bay. O'sha payt o'zida tugadi bay, bo'ldi. Mana shu oddiy haqiqiy bay. Endi biz bunda bir tomonini kechiktirsak bo'ladi. Agar biz pulni kechiktirsak, mana suvni hozir berdingiz, pulni menga bir oydan keyin berasiz. Bu ila ajal deyiladi, ha kechiktirib pulni beradigan bir. Yoki aksincha qilib, hozir pulni berdingiz, suvni bir oydan keyina beraman dedingiz masalan. Bu salam deyiladi. Tabiiyki suv mana shu suv bo'lmasligi kerak, shu turdagi suv bo'lishi kerak. Bir suvni mana shu suvni beraman deb tayinlab qo'ysangiz, bunday joyingiz emas. Tushunarli ekan a? Demak, pulni hozir berdingiz va mana shu shu masalan, eee, asu degan, bilmadim o'zi aytsak yaxshimi yo'qmi.

Xullas, kompaniyaningizni uni bir oydan keyin beraman desangiz, masalan bu salom bo'ladi. Tushunarli e? Salom nimaligi? Salamga ulamolar nimaga salam o'zi joyi desa, ulamolar aytadiki, salamni maqsadi deydi, hozir pul olasiz, chunki sizga hozir pul kerak va siz o'sha paytda tovarni yetishtirib bera olasiz. Dehqonlar, boshqalar ayniqsa, hozir ularga pul kerak bo'ladi, dehqonchiligini, bog'dorchiligini, boshqasini qilib olish uchun va qachonki tovar bo'lgan paytda ular tovarni bera oladi. Shu vaqtda salam odamlarga kerak bo'lgan. Shu sabab bilan salamga ruxsat berilgan, tushunarli a? Deydi ulamolar. Imom Shofiy aytadiki, bir oydan keyin bersa bo'ladigan bo'lsa, nimaga bugun berib bo'lmaydi deydi. Chunki salom u alhamdulillah joyingiz deydi Imom Shofiy. Pulni hozir olasiz, keyin bozordan borib bitta shunaqa sut olib kelib berasiz deydi. Jumhurulloh bo'lar, yo'q, u joyingiz emas deydi. Chunku salomni maqsadi bozordan borib olib kelish emas, salomni maqsaidi o'sha qachondir paydo bo'lganda berish, hozir pul beryapsiz, arzonroqqa siz foyda qilyapsiz, ertaroq pul berganingiz uchun arzonroqqga olyapsiz. Bu odam pulingizdan foydalanyapti. Shu sabab bilan, shu illat bilan bu narsaga ruxsat berildi. A bozordan olib kelib bersa, o'sha illat yo'q bo'lib ketadi.

Va Hakimiddin Xizrning hadisi, o'sha mashhur hadis, o'sha la tabiya malaysa indak degan hadis, ya'ni o'zingdek bor yo'q narsani sotma degan hadis. Shu hadis bilan jumhurlamolar bo'lmaydi deydi. Keyin Imom Shofiy bo'ladi deydi. Xo'p, salom haqidagi qovulda Imom Shofiy ham, boshqa imomlar ham pulni hozir naqd olishingiz kerak deydi. Lekin Imom Malik aytadilarki, uch kungacha kechiksa, o'sha naqd olgan bilan bir xil bo'laveradi deydi. Chunki bir ikki kun kech qolishi bu tabiiy holat savdoda deydilar Imom Malik rahmatulloh. Endi hozir ikkala qovunlar birlashtirsangiz nima bo'ladi? Puli ikki kun kechqolaversin va tovarni hozir bozordan olib kelavering. U salomligi ham qolmadi buni endi.

Tushunyapsizmi? Ya'ni mana shunaqa vaziyatlar istisno odam unga misol keltirsa bo'ladi. Istisno jumhur bilan bolalarni nazdida salom bilan bir xil. Xanafiylarda sizda salom bilan bir hil emas, xanafiylarda pulni kechiroq bersa bo'ladi. Xanafiyda pulni kechirog' bersa bo'lardi. Lekin xanafiylar sizni haqida gapirgan paytda pulni kechroq bersa bo'ldi, chunki maqsad puldan foydalanish emas deb.

A lekin siz pulni bir qismini hozir olib turib, bir qismini kechiroq bersangiz, u maqsad pullan foydalanish bo'lsa, endi mutlaqo qovunlar bir jamlashib ketdi degani. Men endi bu murakkablashtirmaslikka harakat qilaman, lekin umumiy tushunyapsizki, demak o'sha qovunlarni jamlash, mana bu suratda jamlash, bu o'sha demak qatorlarga olib kelishi mumkin. Ya'ni shunaqa jamlaysizki, hamma ulamolar o'tirganda hozir o'sha ibodatingizni ko'rsa, hammasi o'sha ibodatizni sohibi emas degan bo'lardi, masalan. Men bu o'zim hayotda bunga ko'rgan misolim, ya'ni misol jonli bo'lish uchun men sizlarga bitta misol keltiraman. Bir yigit bor edi, bizni tanishimiz. Har ramazon bo'lganda, ramazonda nima qiladi, uyida iftor qiladi da. Iftor qilgandan keyin xufton namoziga chiqa olmaydi.

Uyda qoladi, iftor qiladi, sal dam oladi, boshqa qiladi, xufton namozga kech qoladi. Keyin xuftonnamozni uyida taxminan, xufton namozi sal kech qolib turib, uydan chiqib keladi da. Biz xufton namozini masjidda o'qiymiz, keyin o'n rakat, o'n rakat nima o'qiymiz. Taroveh o'qiymiz keyin dam olamiz, keyin yana o'n rakat o'qiydigan bo'lsak, masalan, shunaqa dam olib turib o'qilardi o'sha paytlarda nima shunaqa o'qiladigan bo'lsak taroveh o'qiydiga bo'lsak, yoki qiyom ilayli o'qiydik bo'lsak, tunni oxirgi qismida yana sakkiz rakat, o'nta rakat qiyom ilaylab o'qiydikan bo'lsak, o'sha paytda bu yigit yetib keladi bizni oldimizga. Yetib keladi da, tarovih o'qiyotgan imomga ergashib, nimasini o'qib oladi, xufton namozini.

Chunki o'sha zamonaviy ulamolar bo'ladi degan, o'sha zamonavi ulamolarga, o'sha Saudiyadagi ba'zi ulamolarga ergashib qiladi da. Ya'ni o'sha imomni orqasida turib turib ikrakat o'qiydi da, imom salom bergandan keyin turib, ikrakatni o'zi o'qib turib, shunaqa xufton namozni o'qib oladilar. Shunaqa shaklda xufton namozovni, ya'ni farzni nafilga ergashib o'qish Imom Shohid mazhabida bo'ladi. Lekin Imom Shu narsaga ruxsat bergan Imom Shofiyni o'zi, agar birorta ayol kishiga qo'li tegsa, masalan tahorati buziladi deydi. Agar shu uydan kechib ketayotgan paytda ayoli bilan xayrlashib, masalan, ayoli bilan xayerlashib, qo'li boshqasi o'zini ayoliga tegib yoki boshqasiga tegib, masalan, chiqib turib borib shu namozni o'qisa, Imom Shofiynasida ham endi u namoz botir bo'ladi.

Tushunyapsizmi? U ayoli bilan xaydashib, bola chaqasi bilan xaydashab, boshqa qilib, masalan uydan chiqib keladi o'sha bola. Keyin men unda so'rayman masalan, sen hozir kelishingdan oldin ayoling bilan xayrlashding, o'sha paytda qo'ling tegib ketmadimi yoki tekkan bo'lsa tahorat qildingmi desa, aytadi ku, yo'q hammang dedi, Imom Shofiyni, u qovulini olmayman deydi. Men shaxmat bilan ushamadim ku deydi. Qo'lim tegib ketsa nima bo'pti deydi. Tushunyapsizmi?

Ya'ni bunaqa, bunaqa holatlar ko'p bo'ladi, o'sha fiqhga bunaqa e'tiborsizlik qarash. O'shaning uchun ulamolar aytadiki, bitta mazhabda qolsa, mana shunaqa holatga to'g'ri kelmaydi. Yana keyin bitta tabiiy ruh haq masalasida muhim nuqtalardan bittasi, bu o'sha ba'zi odamlarni xilofni dalil qilishi. Bu judayam, judayam, juda ham muhim nuqta. Buni eslab qoling. Ijmo dalil. Xilof dalil emas. Ijmo dalili. Aytasizki, ulamolar ijmo qilgandingiz. Ijmo dalill. Qur'on dalil, sunnat dalil, ijmo dalil, qiyos dalil, tushunarli, ijmo dalili. Xilof dalil emas. Qachonki birorta ish, biror ish qiladigan bo'lsa, e bunaqa qilsa bo'ladimi deysiz. Ha, ulamolar xilof qilgan ku deydi. Ulamolar xilof qilgan desa kerak, uni qilsa bo'laveradi degani emas. Chunki agar ulamolar xilof qilgani uchungina biror ish qilaveradigan bo'lsangiz, dinni sakson to'qson foizini siz bekor qilib yuborasiz. Din o'zi qolmaydi unda. Tushunarlimi? Shunga xilof dalil bo'lmaydi. Bu narsa mana bir bizni do'stimiz bor edi. Aytyapti, ya'ni, agar deydi, menga deydi, bir yarim ming, ikki ming dollardan ko'proq pul beradigan haj badal bo'lsa, haj qilaman deydi. Agar undan kam haj badal bo'masa, haj qilmayman deydi.

Men aytyapmanki, shunaqa shaklda haj qilsa bo'ladimi? Deb men e'tiroz bildiryapman. Endi bizni mazhabimizda aniq bo'lmaydi. Lekin boshqa mazhablarda ham, shu shaklda, haligi, shuncha pul bo'lsa qilaman, shuncha pul olmasa qilmayman deb hajni savdo qilib aytsa bo'ladimi desam, haq xalaqit bor ku masalada deyapti. Bu masala, bu, bu uslub, har xil bunday fikrlash, bunday yondashuv juda ham ko'payib ketgan. Qaysi masala, masalan, urg'un bilan savdo qilmoqchi? Zalokka pul oladi da, keyin o'sha aytilgan narsa bo'lib qolsa, zalok pulini o'ziga halol qilib, o'ziga olib oladi. Xohlagan kuni jumhur bilan bo'lar joyingiz emas degan. Hanafiylar emas, faqat hanafiylar, emas, hanafiylar shofiylar, molikiylar, aksil bilan bo'lar bunaqa qilib birovni pulini yeyishni harom degan.

Lekin hamma deylarda qabul bor ku deydi. Xuddi o'sha savdosida yana ozgina ish chiqib qolsa, ha bu bu masalada deydi, shofiylarda qabul bor ku deydimi masalan. O'sha salam bo'lib qolmasa masalan. Salamga kelishadi da, zalogka pul oladi masalan. Tushunarli a? Orbunga. Tushunyapsizlarmi masalalarni? Ya'ni shunaqa qilib u masaladan bu bu mazhabdan bunisini oladi, bu mazhabdan bu narsani oladi. Qachon o'ziga qulay bo'lib qolsa, xilof bor ku deb olaveradi. Ya'ni bunaqa yondashish xato. Filxga bunaqa yondashi xato. Ya'ni, chunki odam.

Modomiki Alloh Taologa bir mazhab bilan ibodat qilaman desa, yoki bir mazhab bilani demasa ham, bir usul bilan qolsa, o'sha usulga xiyonat qilmaslikka harakat qilish kerak. Endi xiloflarga, demak, munosabatdagi bitta muhim qoidalardan bittasi, bu muroatul xilof degan narsa. Ulamolarni ixtiro qilgan ekan. Biz o'sha ixtirofga bizni munosabatimiz qanaqa bo'larkan degan masalada, bizni munosabatingizda ko'rinishi kerak bo'lgan bitta muhim nuqtalardan biri bu muroa til xilof, ya'ni xilofdan rioya qilish. Xilofdan riaya qilish nima degani? Masalan, hadis, soha hadisida kelyaptiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eng oxirgi amr deyapti, nimaki go'shtga olov tekkan bo'lsa, o'sha go'shtni yegan odam tahorat qilish, tahoratni yangilash shart emas.

Deyilyapti hadisda. O'shalarga, jabr hadisida. Islomni boshida tozalikka rioya qilish unchalik yo'q edi odamda o'sha paytdagi johiliyat odamlarni da. Tozalikka riya qilish unchalikka yo'q edi. Ovqat yerdida masalan qo'llarida go'shtlarni, boshlarni, boshiqlarni, ya'ni izlari boshqasi bo'lishi mumkin. Shu bilan borib namoz ham o'qib ketaveradi, tushunyapsizlarmi? O'shaning uchun o'sha paytda Rasululloh aytdilarki, kimda kim go'sht yeydigan bo'lsa, tahoratni yangilasin dedilar.

Poklik boshqa bo'lishi uchun, tushunarli a? Keyinchalik bu hukm bekor bo'ldi. Lekin boshqa bitta hadisda, boshqa bittada hadisda, eee, qo'y go'shti, qo'ygo'shtidan yesam tahorat qilamanmi desa, yo'q deyaptilar. Tuya go'sht yesam tahorat qullamanmi desa, ha deyaptilar. Imom Muslimov sohalarida kelgan. Shu hadisni olib turib, imom rahmat rahimahulloh aytadilarki, eee, imom rahmat alixobod aytadilarkki, agar tuya go'sht yeysa deydilar, tahoratni yangilasin deydilar. Lekin jumhur ulamolar, hanafiylar, molikiylar, shofiylar aytadiki, bu hadis mansub deydi. Chunki bizni qo'limizda mana bu hadis turibdi. Rasululloh sallamdan kelgan oxirgi buyruq shu ediki, har qanaqa go'shtga olov teksa, biz uni biz undan tahorat yangilamaymiz. Tushunarli a? Bizni dalilimiz bor. Masalada bizni dalilimiz, hadisimiz bor. Shu hadisga ko'ra biz tuya go'shtdan tohir tangra emest. Va bizni qovulimiz jumhur ulamolarini qovuli. Aksar ulamolarni qovuli shu. Bu masalani muhokama qilib, zikr qilarkan, ulamolar aytadiki, bu deydi to'rtta xullafa roshidinni qovuli deydi. Abu bakr, umar, usman, ali rodiyallohning qovulari deydi. Ilm asfodning, ubaybning ka'bning qovuli deydi deydi. Ya'ni bor sahobalar, to'rt xullafa roshidiyni, ulardan keyin eng faqih sahobalar bo'lgan.

Dedi mas'uddin ulug'bek ibn ka'bni qovli. Shunga qaramasdan, hanafiy kitoblardan masalan nuriddinxonni ochsangiz, sizga nima deydi nuriddinxon? Agar tuya go'sht yegan bo'lsang deydi, tahorat qilishing manduub deydi. Tushunyapsizmi? Tuya go'shtni yesangiz, tahorat qilsangiz shart emas. Lekin shunda ham manduub deydi, nimaga desa, chunki imom ahmadni rioya qilib yoki shohidingizni yoki imom ahmadni qovullaridan rioya qilib. Tushunarli ekan a? Va bu muhim qoida. Ya'ni sizni o'zingizni dalilingiz bor, sizni o'zingizin mazhabingiz bor va sizni mazhabingiz jumhur ulamolar, eng muhimi aksar sahobalar va sahobalarning eng faqihlarning qavli. Lekin shunga qaramasdan, siz tuyaqush yesangiz, bir tahoratni yangilab yuborasiz, imom ahmadni xiloflarini rioya qilib.

Tushunyapsizmi? Bu buni misolini boshqa mazhablarda ham ko'rasiz. Buni misolini masalan, boshqa bitta misol, Imom Shofiy rohimahullodan rivoyat qilinadi. Imom Shofiy rohimahulla o'sha umum kitoblarda ham hatto shu masalani nima muhokama qilganlarida, safar ikki kunlik safarda namozni qisqartiramanmi, uch kunlik safardanmi degan masalani muhokama qgan paytlar safar ikki kunmi, uch kunmi degan.

Hanafiylar qovul uch kun deb unga raddiya beradilar. Yo'q asli ikki kun bo'lishi kerak deb. Uzoq raddiya berib, masalani ko'tarib keladilar da, safar uch kunmi, ikki kunmi deganlar. Hanafiylarda uch kun bizda ikki kun deb rosa muhokama qilganlaridan keyin aytadilarki, baribir uch kundan ko'proq bo'lsa, qasr qilmayman deydilar. Shuni sharhini, shuni shu narsaga taalluq qilib yozayotganlarida, Imom Navoiy aytadilarkiy, qaranglar deydilar, Imom Shofiy o'zini daylarini keltirganlari bilan deydilar, hanafilarni qovulini rioya qilib, uch kundan kam bo'lsa men qilmayman deb aytyaptilar deydilar.

Tushunyapsizlarmi? Ya'ni ulamolarni xilofga munosabati shunaqa bo'lgan. Qadimdan ulamolar ixtilof bo'lsa yu, bu narsani Shayx hazratlari rohimahullo, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloni ba'zi fatvolarida ko'rasiz. Ular aytadilarki, masalan, tahorat qilishda, tartib bilan tahorat qilishi shartmi, shart emasmi? Shart emas bizning mazhabimizda. Bu bizning mazhabmiz va molikilar mazhabi adashmasam, yomon ko'ra shofilar, menimcha molikilar mazhamiz. Va boshqa ikkita mazhab, hambaliklar va shorfliklar allohu a'lam shart deydi, tartib. Ya'ni ikkita, ikkita tomondan ikkitadan mazhab bor. Lekin shu masalani, masalan shu savol so'ralgan paytda yoki shu masalani gapirgan paytlar aytadilarki, lekin albatta tartib bilan qilish kerak, toki xilof bo'lmasligi uchun deydi. Chunki sizni, siz uchun namozingiz ikkita imom qovli bo'yicha to'g'ri bo'lgani yaxshiroqmi, to'rtta imom qovli o'chada to'g'ri qovli bo'lgani yarashroqmi? A? To'rtta imom qo'li bo'yicha to'g'ri bo'lgani yaxshiroq. Xuddi shunga o'xshab valiy masalasini mana biz keltirdik. Valiysiz nikoh, bizning mazhabimizda sohib. Lekin jumhur ulamolar mazhabida sohib emas. Shuning uchun mutaxir ulamolar, ibrohim al xalabiya o'xshagan ko'p mutaxir ulamolalar, kibor ulamolar aytadiki, valiysiz nikohni bilmaymiz deydi. Chunki bizning nikohimiz sohib bo'lishi, jumhur ulamolar, aksar ulamolar nazd sohib bo'lishini yaxshiroq bir olim nazd sohib boqgandan ko'ra. Tushunarli ekan a? Mana bu bitta muhim masala.

Iloji boricha xilohlar rioya qilinadi, xilof rioya qilish mumkin bo'lgan nuqtalarda. Buni aksini hozir biz asrimizda ko'ramiz ba'zi odamlarda. Masalan jumhur ulamolar, aksar ulamolar paypoqqa masxit tortib bo'lmaydi deydi. Bir toif ulamolar paypo qa masxit tortsa bo'ladi deydi. Paypoqqa maqsad tortish kerak, go'yoki shu ibodatdek da'vat qilishmoqchi bo'ladi. Tushunyapsizmi? Yoki Imom Abu Hanifa, Imom Ahmadning nazdida, agar odamdan qon chiqsa, tahorati buziladi.

Bu Imom Abuxonimni mazhabi emas faqat, aytyapmanki, Imom Ahmadni ham mazhabi. O'zini paytidagi muhaddislarning eng katta imomlarida bo'lgan Imom Ahmadni mazhabi shu. Lekin sizga aytadiki, qon chiqmasa tahorat buzilmaydi, tahorat qilmay qo'yver deydi masalan odamlar. Ha Subhanalloh tahorat qil deb o'rgat undan ko'ra. Ayniqsa agar u o'sha sen fatvo berayotgan odamlar yashaydigan diyoridagi mazahat o'zi aslida taqrorat buziladi deydigan bo'lsa. Unda buzilmaydi deb o'sha odamlarga fatvo berishadi. Nima naf? Aksincha uni xilofini rioya qilishga chaqirish kerak emasmi aslida odamni da'vat qilayotgan odam? Tushunarlimi? O'shanga, demak, biz bu xiloflarga munosabatimizda yana bitta muhim nuqta, biz iloji boricha xiloflarni rioya qilishiga harakat qilamiz. Nizo chiqarishga emas. Tushunarli a? Demak oxirgi nuqta bu zallatul g'ulomlar masalasi. Ulamolarning adashishi masalasi. Bu masala judayam, judayam, juda ham muhim masaladan. Fiqh ilmiga kirib borar ekansiz, bir faqihni oldida o'tirib, fiqh o'rganishga o'rganishni boshlarkansiz. Faqih ustozingiz agar rabboniy olimlardan bo'lsa, sizga eng muhim o'rgatadigan darslardan bittasi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatidagi boshqa bir ahli ilmlar va fuqaholardan ajrab turishlari uchun Alloh Taolo u kishini ma'sum qildi va u kishidan boshqa har bitta odamni xato qiladigan qildi. Hamma xato qilgan, sahobalar ham xato qilgan.

Sahobalar xato qilgan deb aytyapti deyilmaydi. Sahobalar ham xato qilgan. Fiqhiy xatolar sahobalarda bo'lgan. Tobeylarda ham fiqhiy xatolar bo'lgan. Imomlarda ham fiqhiyxatolar bo'lgan. Mazhab imomlarda ham fiqihatolar bo'lgandi. Ya'ni mazhab madrasa imomlarida ham fiqh xatolar bo'lgangandi. Ya'ni fiqhiy xati odam hech kim salomat qolmaydi. Har bir olimni o'zini adashuvi bo'ladi. O'shaning uchun Zamaxshayr rahmatullohni mashhur baytlari aytadilar, ila sa alu an nima dhabi ilam abu hibbih va aktumi hu. Ketmano huli aslamu deydilar. Fa in hanofiyni qo'ltiqoli be'an'anavu behu tol aloh va sharobul muharramu deydilar. Agar menda mazhabimni so'rasa, men mazhabni aytmayman, yashirib qo'ya qolaman. Yashirsa men salomat qilaman, endi men ayblamaydi, menga hujum qilishmaydi deydi. Va in hanofiynini qo'yadi, shunda ba'zi mazhablardagi o'zlarini gaplarini aytib ketadilar. Fa in hanufiyni qo'tiqoli be'annannu. Agar hanofiyni desam aytishadi, ha sen nabiyingizda halol deb aytasanmi deb aytishadi deydilar. Chunki o'sha paytda kofani mazhabi, Abu Hanifani maz, undan oldingi ulamolarni mazhabi, e, nabizni halolligi bo'lgan. Shu yerda haligi va boshqa nabiz turlari. Bu o'sha Imom Ahmadni Musnadlarida keladi, muoiy radiyallohu anhu o'tirganlar.

Sahobiy. Chunki o'sha ularni nazdida mast qilmaydigan darajadagi shunaqa ichimliklar, ba'zi ichimliklar halol bo'lgan. Keyingi ulamolar, keyingi Hanafiy ulamolari o'sha vaziyatdagi hukmdan kelib chiqib, bularni harom degan. Lekin qadimgilarning masala. Voyin malikken qultiqol u biyannani u behu akla lahmil kalbi va hum humu voyin. Ya'ni agar Molikman desam, it go'shtini halol desan deb aytishadi deydi. Voyin sha'f degan qultiqol bu biyannani u biyxunikahr bintu va bintu taxrumu. Agar Shofiyman desam, qizga uylanish, o'zini qiziga uylanish halol deb aytadi. Qiz haromku deb aytadi. Ya'ni o'sha Shofiyilar degan mashhur emaslar aytdim sizlarga. Agar zinodan tug'ilgan bir odamni qizi bo'lsa, o'shanga uylansa bo'ladi degan qabul Imom Shohiga aytiladi, mazhablarida. Chunki zinoni shariatiga e'tibori yo'q deb. Shu haligi, tabiiyki shofilar bu gapni aytmaydi, zamonaviy shofilar va keyingi ulamolar bu gapni aytmadi. Voy endi hammalaring ham qo'ltiqqol u, be ananiy, ya'ni faqirun, hululun, bag'riddin mujassismun ketadi. Shuning uchun xullas har bir toifaga shunaqa qilib e'tirozlarni sanaydilar. Ya'ni shu shu bayt va boshqalardan bilasizki, endi qadimdan bu narsa har bir mazhabda, har bir olimda adashuv bo'ladi. Va mana shu adashuv aytganimdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mahsuq ekanliklarini va bizdan boshqa ekanliklarini ko'rsatib beradi, izohir qilib beradi. Va mana shu adashvuga bizning munosibatimiz nima bo'ladi desa, birinchidan, agar adashuv fiqhiy madrasalarda bo'lsa, hannafiy madrasasi, e, hanbaliy madrasasi, moliyki madrasasiga o'xshab, unda u adashuvlar allaqachon tahrir qilib, tahqiq qilib, to'g'irlab ketilgan bo'ladi, asrlar davomida.

Tushunarli da, chunki bu madrasalar kecha paydo bo'lib qilgan bitta odamni gapi emas. Bitta odamni mazhabi emas va biz buni boshidan tushuntirib kelyapmiz. Bu madrasalar sahobalar davridan meros qilib kelayotgan katta fiqhiy maktablar. Bu fiqhiy maktalardagi xatoliklar bo'lsa, u xatoliklar to'g'rilangan, tahqir qilingan, to'g'rilagan, e, tavsiya qilingan bo'ladi. Lekin agar odamlar bir shaxslarga ergashmoqchi bo'lsa, uni shaxslarda adashuvlar topiladi. Va mana shu joyda keyin biz uchun muhim qoida, bu o'sha shaxslarning adashuvlariga ergashilmaydi. Ulamolar qadrini aytadiki, ulamolarning zallasi, toyilishi bo'ladi, xatolari bo'ladi, hatolarga ergashilmaydi . Agar ulamolarning xatolariga ergashilib turib, ulamoni bitta olimni obro'sidan foydalanib, o'shani xatosini orqali ko'p narsani halol qilaman desangiz, ko'p narsalarni halol qilasiz. Bu narsani biz asrimizda ko'ryapmiz. Mana Yevropada ba'zi subhanalloh odamlar boradi da, Yevropada mortgage asosida o'sha bankdan pul olib, bankdan qarz olib turib uy sotib oladi. Ribo asosida.

A bu mumkin emas desangiz, mana shayx masalan Yusuf Qardoviy ruxsat bergan deydi. Yusuf Qardoviy buyuk olim. Biz Yusuf Qardoviyini asrimizda eng buyuk faxriylardan deb bilamiz. Lekin Yusuf Qardoviy adashmaydi degan qoida yo'q. Aytganimizdek mana shu qoidaga qaytaramiz. Har bir olim adashi mumkin. Har bir odamni o'zini bir qovli bor. O'sha olimni qovli. Agar boshqa aksar ulamolarni qovliga halok bo'ladigan bo'lsa, biz o'sha adashuvni olmaymiz. Tushunarlimi? O'sha ma'noda qachonki bir toifa ulamolardan shunaqa qovullar zikr qilinadigan bo'lsa. O'sha ulamolarni quvlariga emas, aksar ulamolar quvlariga qaraladi. O'sha ma'lada bizda ko'p paydo bo'ladigan savollardan biri emas, biz asrimizda, biz asrimizdagi fatvonni qayerdan olamiz degan savol. Biz doim aytamizki, asrimizda fatvo. Agar bir mazhab bo'yicha eskidan kelayotgan qabul bo'lsa, o'sha mazhabga ergashiladi. Ibodatlar, boshqalar oldindan. Agar zamonaviy masalalar bo'ladigan bo'lsa, uje mazhabda unga javob topilmaydigan, topiladigan bo'lsa alhamdulillah, shu mazhabdagi javob bilan qoladi. Agar mazhabda uncha javob topilmas degan bo'lsa yoki davrni murakkabligi va boshqa sababli ulamolar boshqa bitta qovalarni ma'qullashgan bo'lsa, unda aksar ulamolar yo'liga qaraladi. Hammasiga bitta misol keltiradigan bo'lsak, masalan, agar ibodatlardagi qovullar bo'lsa bo'ldi, hanafiy mazhabida oldindan bizda qovul bor, biz hanafiymiz, bo'ldi shu mazhabda ketaveramiz. Agar zamonaviy bir holatdagi bir masala bo'lsa yu, lekin mazhabda unga javob bo'lsa, masalan orbonga o'xshagan, orbun zamonaviy holatlarda ko'p uchraydi.

Lekin mazhabdan unga javob bor. Mumkin emas. Jumqurroq ma'navzda mumkin emas. Bo'ldi, o'sha mazhabda o'sha qovul bilan qoladi. O'sha yaxshiroq o'ngga. Tushunarli ekan. Chunki men haqiqatdan o'zim hayotda, ya'ni fiqhni tadbiq bilan ham o'rganasiz da. Tadbiqni haqiqatdan ko'rasizki, urg'un pulini zalog ya'ni. Masalan aytasizki, men deysiz, mana shu uyingizni sotib olaman deysiz. A? Uyni sotib olaman, hadid qilaman deysiz. Bir pulga kelishasiz. Masalan, yuz ming dollarga shu uyni sotib olaman deysiz, faqat bir oydan keyin kelib nima pulni beraman deysiz. Bir oydan keyinga qaror qilaman yoki bir haftadan keyin. Lekin hozir deysiz mana shu pulni olib turing deysiz. Besh ming dollar berasiz. Agar kelmasam pulni olib kela olmasam shu besh ming dollar sizniki deysiz. Tushunarli a? Uch kunda kelmasam, besh kunda kelmasam shu besh million dollar sizniki deydi. Mana shu orbon deyiladi. Arbun yoki orbon deyiladida sharoitni tushunarli. Agar men orbon deyilada shu sharoitda. Shu urg'ul, mana shu savdo, albatta Umar Odilovni o'sha voqealari, Makkada o'sha bir hibsni Umar Odilov uchun qilishlari, boshqa voqealar, bu mashhur, xullas hadis, hadisda xilof ko'p. Xullas bu savdo jumhurlamolarni nazarda soha emas.

Jumhur bilan boyagi nazarda soha emas, optionsga judayam o'xshaydi, zamonaviy optionsga judayam olib keladi bir tomondan ya'ni. Xullas zamonaviy ulamolar astag'firulloh mazhab ulamolari, Hanafiylar, Molikiylar, Shofiylar nazarda joyingiz emas. Imom Ahmadning nazarda joyi mana shu savdo. Lekin voqelikka qarasangiz, agar hozir bitta odamga kelib turib, shuncha pulni olib turing, mayli men sizga topib kelaman desa yu, keyin kechgacha topolmasdan qaytib kelib, uzr topolmadim desa, ha bergan pulingizni olib oldingizmi, bo'ldi, meniki desangiz, haligi odam rozi bo'ladimi aksar holda? Rozi bo'lmaydi. Nimaga oldingiz meni pulimni deydi. Agar rostdan zarari bo'lsa, u mayli, u tushunarli. Rostdan buni kutgani sababli u zarar qildi. Masalan deylik, shu uyni sotmoqchi edi. O'sha ikki ming dollar olib turing, mana sizga qolgan pulni topib, bir haftada topib kelaman dedi. Bir haftada topa olmadi, qaytib keldi. Topa olmadim pulni dedi. A bu hozir uyni sotsa, yana o'sha pulga sotadi baribir. U bir haftada hech narsa yo'qotmadi. Bir hafta ichida baribir u pulni olib, bir narsa qilmoqchi emasdi. Unga shu bir hafta zarari yo'q edi. Shu ikki ming dollar baribir olib qo'ydi cho'ntagida. Imom Ahmad Navaz haqlari bo'yicha shu sohibi bo'lishi mumkin. Jumhur la mazha, xususan bizning mazhamizda bu sohibi emas. Shunaqa holatda biz bu ishni qilmasdik, biz nimaga? Chunki nima asosga ko'ra u o'sha pulni olyapti? Tushunarlimi? Bitta qovul bor ekan deb olib ketavermaydi yu. Shu ma'noda biz aytdikki, demak bu ikkinchi nuqta. Uchinchi nuqta, lekin agar voqealar murakkab bo'lsa, boshqa bo'lsa, navozilar boshqalar bo'lsa, unda murakkab voqealarda, unda doim ikkita ixtiyor bor.

Yo bir olimning fikriga ergashadi, yoki shu majmualar, xalqaro fiqh akademiyalaridagi ko'pchilik ulamolarni birgalikda qilgan ishtixonalarga ergashadi. Shunda albatta ko'pchilikni ishtixodiga ergashish albatta yaxshiroq. Tushunarlimi ekan? Va man naxsal qovlam menman da'inallohi va ominat soliham, va ominat solihah.

Білімді тексеру

5 сұрақ. Әр дұрыс жауап — 10 ұпай.

Келесі дәріске өту үшін тестті тапсырыңыз

Тестсіз жалғастыру