MMaviza
NifoqТексерілген18 daq

42-QISM / NIFOQ (5/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

Бұл тіл үшін аударма әлі жоқ. Төменде түпнұсқа (өзбекше) мәтін көрсетілген.
0:00
17:54
Өзгерістер тарихы

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir rohmatullohi ilhom. Assalomu alayhi vas salomu alayhi va assalomu alaykum. Assalomu ala alaykum va alaykum va ala alixiy va ashabixiy ajma'in. Ammavot, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh. Tashkiyatun nafs darslaridan birodarlar nifoq mavzusini o'qiyotganda bitta dars qolgan edi. Munofiqlik, nifoq, o'ta xatarli kasal. Bu kasalga har qanday mo'min odam chalinib qolishi mumkin. O'zi sezmagan holda. Hasan basri aytdi, munofiqlikdan, nifoxdan faqatgina munofiq odam xotirjam bo'ladi. Nifoxdan, munofiqligidan faqatgina mo'min odam xavotir olib turadi. Faqat mo'min odamxavotir olibturadi. Inson doimiy suratda qo'rqib turishligi kerak. Chunki umariddin xattob roziyallohu anhuh ham xavotir olgan ekan. Tirikligida, Jannatiyligini Rasulullohdan eshitgan bo'lishiga qaramasdan.

Biz mulohillikni bir qancha belgilarni o'qidik. Takrorlab qo'yamiz. Birinchidan, qasamxo'r bo'ladi ular. Ikkinchisi, yer yuzida fasod tarqatadi. Uchinchisi, odamlarni o'rtasidagi aloqalarni buzadi. To'rtinchisi, qalbi maraz bo'lib turgan holida so'zlari asaldan shirin bo'ladi. Beshinchisi, musulmonlarga yomonlik yetishiga ko'z tutib turadi. Oltinchisi, bir tarafda tura olmaydi. Riyokor bo'ladi ular. Yettinchisi, Alloh va uning Rasulini hukmidan to'sadi. Sakkizinchisi, ikkiyuzlamachilik bo'ladi. To'qqizinchisi, bular bir tarafda tura olmaydi. Sargardon bo'ladi. O'ninchisi, namozga yalqovlik qiladi. Riyo uchun amal qiladi va Allohni juda kam zikr qiladi. O'n birinchisi, ortiga qaytishlik, gapida turmaslik. O'n ikkinchisi, ularni belgilardan bittasi shakl shamoyliga qarab turib haybatlanasiz, lekin qalbi maraz bo'ladi. O'n uchinchisi, namozni oxirgi vaqtga surishadi. O'n to'rtinchi si Qur'on oyatlari ular uchun og'ir bo'ladi. O'n beshinchi si musulmonlarga bir yaxshilik yetadigan bo'lsa, bu narsani yaxshi ko'rmaydi.

O'n oltinchi si ularni so'zlarini ohangidan tanib olishi mumkin bo'ladi. Yuz yettinchi si ularning oqibati juda ham achinarli bo'ladi. Alloh azza va jala Qur'onda innal munofiqiyna fiddar kel asfali minannarni deb marhamat qildi. Albatta munofiqlar jahannamning eng tubida bo'lishadi. Kofirlardan ham, mushriylardan ham, majusiylardan ham, ateistlardan ham, eng pastda munofiqlar turadi. Ularning oqibati mana shunday bir achinarli bo'ladi.

Biz alhamdulillah mo'minman deymiz va bularni xursand bo'lamiz. Biz o'zimizni mo'minligimizga hamda aytamiz, men qiyin zamonda dinimni mahkam ushlab turibman, meni amalim sahobalarning yetmish tasini amalga barobar. Men dinini ushlab turgan odamni holati, cho'g'ni ushlab turgan holatdagi kabiman, deb xotirjam bo'lib qolsak, birodarlar, bu xatarli holat. Mana shuni o'zi nifoqni borligiga bitta belgi bo'ladi. Chunki biz hech qachon xotirjam bo'lishlikka haqqimiz yo'q. Hasan Basrning so'zi nifo'qdan faqat munofiq xotirjam turadi, nifo'qtan faqatgina mo'min odam xavotirda yashaydi. Sahobalarni shunday duosi bor edi. Allohimma inniy audhu bika min xushu in nifaaq. Parvardigor, men sendan nifoq xushusidan panoh tilayman. Hushyu nima? Namozni hushyu bilan o'qishlik kerak. Ya'ni qalbingiz hozir Allohda qo'rqib, hayolingiz xayolga chalg'imasdan, butun vujudingiz bilan namoz o'qishlik. Ham jasad bilan, ham qalbingiz bilan.

Nifoq hushyusi nima? Javob qalb hozir emas, qalb qo'rqmaydi, lekin badan qo'rqqanga o'shaveradi. Jasadi bilan yotib turadi, lekin qalbi yo'q bu ibodatda, namozda. Yana aytiladiki, nifoq ekiladi. Insonni qalbiga, undan ikkita novda unib chiqadi. Bittasi yolg'onchilik, bittasi riyo.

Munofiq odamni ko'zga ko'ringan sifatlarida aynan mana shular bor. Riyo bilan nima? Nifoq. Riyo bilannifoq. Yana aytiniladi, mana shu ikkita novda ikkita buloqdan sug'oriladi. Basirotning zaifligi, azimaning zaifligi. Basirot nima? Odamlar ko'rmayotgan narsani ko'radigan bo'lib qoladi inson. Agar Alloh Taolonga basirot bergan bo'lsa. Odamlar tushunmayotgan narsalarni tushunadigan bo'lib qoldi. Demak, birodarlar to'rtta ustuni bo'lyapti nifoni. Yolg'on, riyo, bosirotning zaifligi, azimaning zaifligi. Azima nima? Azma qororni yo'qligi.

Nima deydi? Bitta mavqifda tura olmaslik. Ikkilanib yuboradi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislari bor. Yutba ul muminu alal hilali kullihah illal xiyanati val kadiba. Musulmon odam xiyonat va yolg'ondan boshqa har qanday sifat bilan sifatlanib qolishi mumkin. Musulmon odam har qanday yomon sifat bilan sidqlanib qolishi ma'qul. Injir, baxil, isrofgar, sergab, qaysar, o'jar, bu yomon sifatlar. Mana shu sifatlarni har qaysisi bilan sifatlanib qolishi mumkin va shunday sifatlanganda mo'minligicha turaveradi u.

Ammo ikkita sifat hargiz mo'minni ichiga kirib, uni qalbini egallay olmaydi. Bu yolg'on bilan xiyonat. Bu munofiq odamni fikri, dunyoqarashi, hayot haqidagi tasavvurlari noto'g'ri bo'ladi. Azma qarori yo'q bo'ladi, yolg'onga suyanadi, riyoga e'timod qiladi. Demak, yolg'onchilik bilan xiyonat musulmon kishini tabiatida bo'lmaydigan narsa.

Mana shunday tabiatga ega bo'lgan munofiqlar haqiqat selini oqib kelganini ko'radi bir kuni. Sirlar boshkora bo'ladigan kunni ko'radi bir kunda. Qabrlardan odamlar tiriladigan kunni ko'rar edi. Qalblarida tagidagi narsalar zohir bo'ladigan kunni ko'radi. Qiyomat kunini ko'radi. Ana shu kunda o'zini haqiqiy narxini, haqiqiy bahosini biladi. Munofiqni ahvoli nima bo'lishligini ana shunda ko'riladi. Shuning uchun birodarlar, dunyoda o'zini mo'minman deb, boshqa mo'minlarda aldab yurishi mumkin. Ustas farang, til shirin, shakli shamoli zo'r, siz ishonasiz, uni ko'rganda haybatlanasiz, uni oldida hijolat olasiz, lekin qalbida bu narsa bo'lmaydi. U kunda Alloh Taolo hammani hisob kitobini tez qilib qo'yadi.

Xulosa. Nifohni alomati. Munofiq odam yolg'on gapiradi. Ahdida turmaydi. Va'dasiga vafo qilmaydi. Gapirsa yolg'on gaporadi. Agar Allohga toatga chaqirilsa, itoat qilmaydi. Agar Alloh va Rasul olib kelgan narsaga kelinglar desa, yuz o'giradi. Chunki havoyi nafsiga bular qul bo'lgan insonlar bo'ladi. Mana shu ularni o'zlarini ixtiyori, qiyomat kuni shunga yarasha jazosini olishadi. Alloh Taolo Qur'onda shunday marhamat qiladi. Astaydu billah va minhum man ahada alloha le in a ta na min fot li hi, le nas saddoquanna va le nakunan naminasi solihiy.

Ularning orasida qasamki, agar Alloh bizga o'z fazli karamidan mol u davlat ato qilsa, biz ham kambag'allarga sadoqatlar qilar edik, solih bandalardan bo'lar edik deb Allohga axtu paymon berganlari bor. Bizda ham qo'limizda bo'lsa qilardik, deyilgan bir paytlar. Yo'qligidan. Keyin beradi.

Hamma ham o'sha ahdida turadimi keyin? Pul qayerdan bo'ladi? O'shaning uchun chiqish qiyin da. Sizlar deb aytinglar a? Falon ma'ata hum min fav lihi baqilubi va tavallau vahum mou rizun. Alloh Taolo aytyapti bunaqalar haqida. Endi qachonki Alloh ularga o'zining fazli karamidan moli davlat ato qilsa, unga baxtli qilurlar va yuz o'girgan hollarda ketaverlar.

Astabi billah. Fa aqobahum nifaqon fiyqulu bihim ila yavmi yalqovnahu bima axlofu'lloha ma va'duhu va bima kamu yakdi bum. Mana endi bizni ham qo'limizga bersa qilar edik. Bizda ham bo'lsa ehson qilardik dedi. Agar Alloh fazliddin bersa dedi. Mana shartni qo'yyapti. Bersa, shart, javobi shart, info qilardik. Endi bergandan keyin nima qilishdi? Baxillik qilishdi.

Bas, sadaqotlar beramiz deb Allohga bergan va'dalariga xilof qilganlari va iymon keltirganmiz deb, yolg'on gapiruvchi bo'lganlari sababli, Alloh ularga to uning o'ziga ro'baro' bo'ladigan kungacha, dillarida nifoq bo'lishini oqibat qilib qo'ydi. Bersa, men ham qilar edim, bo'lsa infoq qilar edim dedi. Alloh berdimi? Qilmadimi? Demak, nifoq bu.

Siyrat kitoblarida u kishini laqabi masjid kabutari edi. Payg'ambarimiz davri yashagan, rostdan ko'rib kalima keltirib musulmon bo'lgan, faqir bo'lgan, masjidda ko'p bo'lganligi uchun masjidning kaptari deb qo'yishar edi. Sa'laba ibn xotib. Sa'laba ibni xotib. U kishi doim Payg'ambarimizni masjidida, doim birinchi safda namozda qoyim bo'lar edi. Faqir inson edi.

Bir kuni yo Rasululloh, duo qiling, meni ham Alloh rizqimni keng qilsin, menga ham dunyo bersin, dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam basirot egasi edilar. Bu kishini tabiatini bilgan edilar. Ana shu tabiatini bilganlari bois aytdilarki, shukri ado qilinadigan oz narsa shukri ado qilinmaydigan ko'p narsadan yaxshi.

Qarang da, Alloh Taoloning taqdiri ilohiyasi. Xizr alayhissalom Muso alayhissalom bilan uchrashib, birga sayohat qilishdi. Keyin mana teshib qo'ydi. Muso alayhissalom nimaga teshdingiz deganida, men sababini aytmang uchun so'ramang dedi. Keyin bir o'n ikki o'n besh ga kirgan bolani o'ldirib qo'ydi, qatl qilib qo'ydi. Balog'atga yetmagan bolani qatl qildi. Nimaga o'ldirdingiz dedi, sababini so'ramang o'zim aytmagunimcha. Xullas, shu bolani umri qirqildir. Nima sabab edi bunga? Keyin aytib berdi Xizr alayhissalom, bu bola katta bo'lganida, kufr ma'siyat tug'yonga kelardi da, kofir bo'lib ketar edi va bu bolasini orqasidan oti emasi ham kofir bo'lib ketar edi. Shuning uchun Alloh Taolo buni to'xtatib qo'ydi va uni o'rniga boshqa yaxshi sog'liq farzand beradi dedi. Siz tushunmaysiz da, nimaga endi, nimaga bunaqa bo'ldi? Nimaga qo'lingizda dunyo ko'p past? Nimaga siz ham boymassiz? Nimaga to'planmayapti?

Siz o'sha faqirli yo'q bo'lishi uchun, qo'lingizda uch to'rt chaqa to'planish uchun sababni qilyapsiz, bo'lmayaptimi? Demak shu yaxshi sizga. Hech narsa qilmasdan o'tirib kambag'al bo'lishni yaxshi demayapmiz. Kambag'al bilishdan panoh tilaymiz Allohdan. Lekin shunday bo'lyaptimi, demak seni foydang. Rasul aytyaptilar bu, masjidni kaptaringga, Salaba ibn Xotibga.

Shukri, ado qilinadigan ozgina narsa, shukur, ado qilinmaydigan ko'p narsadan yaxshiroq. Ya'ni seni shu holating o'zinga yaxshi. Lekin u kishi turib oldi, yo Rasululloh, duo qiling. Meni ham Alloh rizqimni keng qilsin, dedi. Rasululloh ikkinchi marta aytdilar. Ey salaba, senga kifoya qiladigan oz narsa seni tug'yonga kiritib qo'yadigan ko'p narsa dan yaxshiroq, ikkinchi marta aytyaptilar rasululloh.

Shu odamni agar basiroti bo'lsa, Rasululloh ikki marta so'rasam ham ulamayaptilarmi? Demak bir narsa bor buni orqasidan. Rasululloh shuni menga ilinib ravo ko'ryaptilarmi, shu narsa yaxshi deya olmadi. Uchinchi marta aytdi, yo Rasululloh, duo qiling, meni ham rizqim keng bo'lsin, dedi. Rasululloh duo qildilar. Parvardigor, sen Alabani o'zing xohlaganday rizqlantirgin. Duo qildilar. Rasulullohni duosi ijobat.

Sahro bir bitta qo'y sotib oldi. Ko'paydi. Ko'paydi, g'ayrioddiy suratda ko'paydi. Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallamning duosi turibdi. Shu darajada ko'payib ketdiki, Madinada tura olmay qoldi. Sahroga haydab chiqib ketish kerak. Tog'u toshda haydab yurishligi kerak. Mana endi badavlat odamlar qatoriga qo'shilib qoldi. Madinaga kira olmay qoldi, qo'yini ko'pligidan. Rasulullohni orqasidan namoz o'qishdan ham ajralib qoldi.

Rasulullohniy majlisdan uzilib qoldi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam u haqida so'rasa, yo'q. Oramizda shunaqa bir holat ham bo'ladi, ishlari uyushmay, ana shu dunyosi yo'q, qo'li kalta, tirishligi qiyin bo'lib turgan paytda, masjidda, ilm majlislarida hozir bo'lib qoladi. Bir yil, ikki yil yuradi da, keyin ishlari yurishib ketgandan keyin, masjidga ham kirmay qo'yadi, darsxonaga ham kirmay qoladi. Bo'ladi a?

Muhammad alayhissalotu vassalom uni ana shu qo'ylaridan zakot olishligi uchun o'zining elchilarini yubordi da. Kelib, rasulullohni talabini aytganida, u sa'laba borib sohibinga aytdi. Islomda zakot yo'q dedi. Elchi uzod muhammad alayhissalom meni sohibim u, seni sohibing emasmi? Dedi. Zakot inkor qilishlik bilan allohga va rasuliga kofir bo'lishini xohladingmi? Dedi. Shunda mana bu oyat nozil bo'ldi. Ularning orasida qasamki, agar alloh bizga o'z fazli karamadan mol u davlat ato qilsa, albatta biz ham kambag'allarga sadaqa qilardik, solih bandalardan bo'lardik, deyishdi. Endi qachonki alloh ularga o'z fazni karamadan mol u da'vat ato qilsa. Unga baxillik qilurlar va yuz o'girgan hollarda ketaverlar. Biz sadoqatlar berurmiz deb Allohga bergan va'dalariga xilof qilganlari va iymon keltirganmiz deb yolg'on gapiruvchi bo'lganlari sababli, Alloh ularga to uning o'ziga ro'baro' bo'ladigan qiyomat kunigacha dillarida nifoq bo'lishini oqibat qilib qo'ydi.

Mana Sa'rab ibn Xotib haqida eshitdik. Ehtimol kimnidir xayolidan o'tdi. Men ish yurishib ketgan boylarni aytyapman. Ehtimol sizda ham o'shanaqa bir niyat bo'lgan bir paytlar. Yo'q bo'lgan, hech narsangiz qo'lingizda dunyoyingiz bo'lmagan, zo'rg'a tirikchilikdan o'tkazib yurgansiz, ulab orqasini orqasiga. Keyin sekin sekin ishingiz yurishdi da, besh olti so'm qo'lingizdan to'plangandan keyin, sizda ham shunga o'xshagan holat bo'lib qolmadimi?

Alloh Taolo aytyapti, mana shuni ahd qilib, va'da berib turib bajarmaganligi uchun, qiyomat kunigacha qalbiga ularni nifoq joylab qo'yamiz deydi. Shuning uchun uyga borib bugun boshqacha do'ppini menga qo'yib, ish yurishganlarga aytyapman buni. Shunaqa degan bo'lsangiz va ana shu nifoqni qilmayotgan bo'lsangiz, qo'rqing Allohda. Chunki qalbingizga nifoqni Alloh Taolo joylab qo'ygandir bo'lishi mumkin bo'ladi.

Alloh aziz va johli, mana shu nifoq degan kasaldan o'zi panoh bersin. Doimiy suratda shu munofiqlikdan, nifoqdan xavotir olib yashaydigan haqiqiy muxlis bandalardan bo'lishimizga tavfiq bergan bo'lsin. Aqul qovli hada va astag'firullohu livalakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.

Білімді тексеру

5 сұрақ. Әр дұрыс жауап — 10 ұпай.

Келесі дәріске өту үшін тестті тапсырыңыз

Тестсіз жалғастыру