Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbilen a'lamin. Vassalatu vassalomu ala ashrafil mursalin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'rvi va barakatuh. Agar bandani qalbiga sekinot o'rnashadigan bo'lsa, tilni gapirtiradi. Til nimani gapiradi? Hikmatni, haqiqatni, chiroyli ma'ruzani. Abdulloh ibn abbos aytganidek, umarning tilida va qalbida sakinat gapirar edi der edik. Ya'ni bu kishini tilini mana shu sakinat gapirtirar edi. Karomat. Payg'ambarlar uchun mo'jiza berilsa, iymoni bor, allohga yaqin bo'lgan taqvoli bandalarga, valiylarga karomat beriladi. Karomat bu g'ayrioddiy ishlar, tabiat qonunlariga to'g'ri kelmaydigan holatlar. Mana shu biz aytayotgan sakinatning ham karomati bor. Alloh bandaga sakinat bergan bo'lsa, undagi karomatlardan bittasi shu bo'ladiki, tayyorlanmagan bo'ladi. O'qimagan bo'ladi, yozib olmagan bo'ladi, yodlamagan bo'ladi, biron joydan eshitmagan bo'ladi. O'zini ichidan shunday bir so'zni, bir gapni aytadi, u aytgan gapi naq hikmatni o'zi bo'ladi.
To'satdan tilidan chiqadi, haqiqatdan bir ma'nosi chuqur, hikmatli so'z bo'ladi. Qayoqdan oldi bu narsani? Bu nimani alomati? Bu mana shu odamning qalbiga Alloh Taolo sakinadni joylab qo'yganligini belgisi. Shunaqa chiroyli gapni gapiradi da, vallohi deydi, qayerdan keldi bu gap menga? Deydi. Men aytdimmi shuni? Deydi. Keyin shunga o'xshagan bir so'zni aytay desa, qaytara olmaydi. Bu uni qalbida sakinat borligini bitta belgisi. Bu Alloh tomonidan berilgan bir fath, g'alaba. Bu sakinatni alomati. O'zidan kutmaydi odam bunaqa gapni. Boshqalar ham kutmagan bo'ladi. Mana shu ishroq, ochilish, iqbol va sakinat lahzalari bo'lib qoladi. Mana shu paytda haq bo'lgan so'zni gapiradi. Hikmat bilan gapiradi, dalili bor so'z bo'ladi bu, hujjati bor bo'ladi va odamlarga ta'sir qiladi.
Mana shu o'rinda bir muhim bir narsa bor. Bir odam gapiradi, terib, chizib qo'yib, shunaqa chiroyli gapiradi, hech qanaqa ta'siri yo'q. Yana bitta odam oddiy gapirib qo'yadi, haligi gap qalbingizda tak tagiga o'tib ketadi. Titrab ketasiz haligi gapini eshitib. Farq nimada? Aytilgan so'zlarni qanaqasi odamlarga ta'sir qiladi?
Biroq ishonch bilan gapiradi. Tayyorlanib gapiradi. Mutolaa qilib gapiradi. Yodlab olgan bo'ladi. Juda ham chiroyli so'zlar. Agar mana shunaqa so'zlarniyam hattoki, agar Alloh o'zi tomonidan bo'lgan bir ruh bilan quvvatlamasa, ularni ta'siri bo'lmaydi. Ammo, Alloh bir bandani qalbiga sakinatni joylab qo'ygan bo'lsa, mana shu sakinat bilan gapirsa, bu sakinat unga Alloh tomonidan berilgan mukofot edi. Istiqomasini, taqvosini, ixlosini, fidoiyligini samarasi edi.
Bunaqa bandani so'zlarini Alloh o'zi tomonidan bo'lgan bir ruh bilan quvvatlaydiki, ta'sir qilishi qattiq bo'ladi. Haqiqatdan shunaqada. Bir unaqa savodiyo bir dehqon odam bo'ladi, oddiy bir usta hunar odam bo'lardi. Shu sizni haqqa chaqirib ikki og'iz nasihat qiladi. Qalbingizni teshib o'tib ketadi haligi gapi. Endi shunaqa bir odamlar bor. Endi shuna qilib bir keltiradi, hech qanaqa ta'siri yo'q.
Boyagi odamni so'zi nimaga ta'sir qildi? Alloh tomonidan ruh berildi bunga. Alloh taoloning ruhi bilan quvvatlandi. Qalbida sakinati bor. Alloh taoloning ushbu oyatini ulamolar shu biz aytayotgan narsaga dalil deyishadi. Astaydubillah, ulaika kataba fiy qulu bihimul imana va ayyadahumi bi rohi min. Ana o'shalarning dillariga Alloh iymonni bitib qo'ygandir va ularni o'z tomonidan bo'lgan ruh bilan quvvatlantirgandir. Ana shu gap ta'sir qilyaptimi, demak qalbida sakinati bor. O'sha gap ta'sir qilayaptimi sizga? Demak Alloh shu so'zlarni o'zi tomonidan bo'lgan ruh bilan quvvatlantirib qo'ygan. Tushundingizmi? Tilingizni buramang, chiroyli so'zlarnini termang, Allohda taqvo qilib, ixlos bilan, istiqoma bilan gapiring, o'tadi gapingiz.
So'zda hikmat bor, fasohat bor, bayon qilishda mahorat bor. Nutqda puxtalik bor, ammo ta'siri yo'q. Demak, bunaqa odamni qalbida sakinati yo'q. Alloh tomonidan uning so'zlari ruh bilan qurollantirilmagan. Ulamolar aytishadi, qattiq ehtiyoj holatida qalbda mana shu sakinat paydo bo'ladi.
Ya'ni boshiga bir balo keldi, musibat keldi, mashaqqat keldi, qiyinchilikka tushib qoldi. Mana shu paytda qilgan duosi sakinat bilan qilingan duo bo'ladi. Sidqidildan so'raydi. Shu paytda Alloh Taolo uni qalbiga tajalli qiladi. Shunda uni aytayotgan so'zlarda ruh bo'ladi. Bu Alloh Taoloning shu bandasini qalbiga qilgan tajallisi bo'ladi.
So'zlarning ta'sirini sababi shu. Sakinat. Sakinatning nozik ta'riflaridan. Sakinat nur, sakinat quvvat, sakinat ruh. Alloh Taolo mana shu sakinat orqali birodar senga bir nurni kashf qilib beradi. Ana shu nur seni qalbingga joylanganidan keyin, iymon dalolatlarni ko'rasan, haqiqatlarni ko'urasan. Mana shu nur qalbinga berilgandan keyin, haq bilan boltini ajrata oladigan bo'lasan. Hidoyat va zalolatni farqiga borasan. Egrilik yoki to'g'rilikni o'rtasidagi farqni ko'rasan. Ya'ni, sakinati bor odam qalbida, xotirjamligi qalbida oborib bo'lgan odam, uni o'zini fikri bo'ladi. O'zini nazari bo'ladi. E o'zini qarashi bo'ladi. U kim nima desa ergashib ketavermaydi.
Sakinat alloh tarafidan bandani qalbiga solib qo'yiladigan nur. Bu nur bilan hamma narsani o'zini boricha, holicha ko'radi. Shuning uchun, birodarlar, Allohtan qalbiga sakinat joylab qo'ygan banda bu hazakam odam emas. Bunaqa odam narsalarni zohirga qarab, ustidagi suratiga qarab oldinib qolmaydi. Qalbida sakinati bor odam narsalarning haqiqatini ko'radi.
Dunyo matohi qo'lida katta, uy joyi chiroyli, mashinasi yangi, katta puli bor. Ammo harom narsani tijorati bilan boyigan. Ana shu qalbida sakinati, nuri yo'q bo'lgan odamlar havas qiladi buni. Chunki zohiriga qarab aldanyapti da bular. Ammo qalbiga nur bergan, sakinat berilgan bandachi? Yo'q deydi. Xudo saqlasin bunaqa bo'lib qolishdan deydi. Chunki bu haqiqatini ko'radi.
Demak, sakinatni nima dedik? Nur, quvvat, ruh dedik. Ana shu ruh bo'lsa insonda qalbida, u hushyor bo'ladi, sergak bo'ladi. Demak, sakinat deyiladigan ruh insonni hushyor qilib qo'yadi. Sakinatning ma'nolaridan.
Sakinat mo'minning qalbidagi nur deyiladi. Hamma narsani asl suratini shu nuri bilan ko'radi. Sakinat mo'minning qalbini egallagan bir ruhoniyat. Ya'ni uni qalbi tirik bo'ladi. Qalbi uyg'oq, g'aflatda emas, allohdan uzoqlashmagan, shahvatlarga cho'kmagan, o'zini doim hisob kitob qilib turgan va kunidan rozi.
Sakinat to'g'ri ilmga asoslangan quvvat. Mana shu quvvati bilan banda o'zining shahvatlarini, chaqiriqlarini sindiradi. Sakinatning lavozimlaridan. Shahvatning chaqiriqlarini mag'lub qiladigan quvvat. Mana hozir aytdik ku, nafsangiz, shahvatingiz chiq turib ket deydi. Berma deydi. Uxla deydi. Namozga chiqma deydi. Qo'y, sendan boshqa odam yo'qmi deydi.
Masalan, bir hafta chiqib masjidda ozon aytasan, bu yerda men bomdodga adasa. Nima deydi nafsimiz? Lekin so'pakalarimiz nima bo'lgan? Uje ko'nikib ketgansizlarda, to'g'rimi bunga? Oddiy ish bular uchun. Nafs uxla degan vasvasani qilmay qo'ygan. Chunki bu quvvat bilan, boyagi biz aytayotgan qalbdagi quvvat bilan nafsni sindirib bo'lgan. O'sha turib chiqib ozonni aytish oddiy narsa unga.
Demak, sakinatning lavozimlaridan shahvatning chaqiriqlarini sindiradigan quvvat. Gohida shahvatlar insonni yengib qo'yadi. Shunda shayton mag'lub bo'lding deydi. Shu yerda gunohga kirib qoladi. Gunohga kirgan odam ikki xil bo'ladi birodarlar. Bittasi osiy, bittasi fojir.
Osiy kim? Fojir kim? Osiy odam ana shu gunohni qilib qo'yib, shu gunohga qo'l urib qo'yib turib, keyin yig'laydi. Istig'for aytadi. Bu osiy. Endi fojir kim? U ham xuddi shu gunohni quradi da, uyalmaydi. Bezre tururadi. Nima bo'libdi deydi.
Aksincha, faxrlanib ham qo'yadi. Bunaqa odam fojir deyiladi. Demak, gunohga qo'l urib, xijolat bo'lib, uyalib, istiqpor etgan odam osiy ekan, gunohni qilib qo'yib turib, shunday turgan, hech narsa olmagandek. Bu odam fojir ekan. Biz band ekanmiz, tirik ekanmiz, ichimizda birodarlar, shahvat, nafs, shayton doim bizni gunoh qilishlikka undab turadi. Ichimizda doim kurash ketadi. Aqlimiz bilan shahvatimiz turadi, kurashadi. Insonni ichida malokalardan bo'lgan ilhom bo'ladi, yoki shaytondan bo'lgan vasvasa bo'ladi. Asli tuproqdanmi insonni? Jasadi tuproqdan mi? Endi ruhi samoqdan kelganmi? Mana shu tuproq tomoni bilan samoviy tomoni doim kurashib turadi. Kimdir umuman mana shu shaytonga, nafsga yengilgan, uni ichida kurash bo'lmaydi ham. Endi, mo'minchi, gohida shahvatini sindiradi, gohida mag'lub bo'lib qoladi.
Agar mo'min bandani qalbida biz aytayotgan shu sakinat bor bo'ladigan bo'lsa, u shahvatni sindirishlik quvvatiga ega bo'ladi. Sakinatning nuroniy tarafi bor, ruhoniy tarafi bor hamda quvvat tomoni bor. Ana shu bilan shaytonni va nafsini shahvatlarini sindiradi.
Sakinat nur, hayot va ruh. Nur bilan ko'radi, hayot bilan saodatli bo'ladi, quvvat bilan sindiradi. Demak, sakinat ichimizdagi nur, hayot va ruhingiz ekan. Astaydubillah, anzal allohu sakinatahu ala rasulihu ala mu'minin. Alloh o'z payg'ambarining va mo'minlarning ustiga o'z sakinat oromini tushirdi.
Agar Alloh bandani qalbiga shu ne'matini ato qiladigan bo'lsa, hatto osiy bo'lgan inson Allohga tavba, nasuh tavba qilsa, Alloh unga ham sakinatni beradi. Ana shu sakinati tufayli endi qalbida quvvat paydo bo'ladi. Shu quvvati bilan endi shahvatlarni sindira oladi. Mag'lub edi. G'olib bo'ldi. Bo'yin singan edi nafsiga, shahvatiga. Endi bo'yin sindiruvchi bo'ldi. Zaif edi, endi kuchli bo'ldi. Havoyi nafs uni yetaklardi. Endi bu sakinatni bergandan keyin u havoyi nafsini o'zi yetaklaydi.
Ikkinchisi, muhosabatu nafs. Bu juda ham muhim nuqta. Nafsni hisob kitob qilib turishlik. Hasi bu ampusakom qoblan tu hasa bu va zin u amalakom qoblan tusana alaykum, deydi umariddin xattob roziyallohu anhu. Hayotdagi bir muhim qoidalardan qilib olsak yaxshi bo'ladi.
U kishi aytadiki, hisob kitob qilinishinglardan avval o'zlaringizni hisob kitob qilib turinglar. Sizlarni zararlaringizga o'lchangunga qadar, amallaringizni o'lchab olinglar. Agar inson o'zini hisob kitob qilib tursa, ancha tartibga kelib qoladi. Agar o'zini amallarini hisoblab tursa, amallari ham tuzalib qolganligini ko'radi.
Agar biz o'zimizni amallarimizni o'zimiz hisob kitob qib tursak, nafsimizni hisob kitob qip turadigan bo'lsak, ancha, ancha insofga kelib qolamiz. Aql qovli ha'da, va astag'firullohu alayhi va alakum, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.