MMaviza
Daʼvatda Asmoul husnoning oʻrniTekserilgen27 daq

1-Dars Davatda Asma-ul-Husnaaning o'rni (Asma-ul-Husna) 2020

Abdulloh Domla · Asmoul husno

Būl til üşin audarma äli joq. Tömende tüpnūsqa (özbekşe) mätin körsetilgen.
0:00
27:25
Özgerister tarihı

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbilar alamin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqul va'diyil amin. Allohum ala ilmalana illa ma'allam tana innaka antala alimul hakim. Allohum al linnama yonfauna vam fan bi ma'allam tani vazidna ilma.

Vo arin al haqqa haqqon orzuquna tiba'a, vo arin al botila botilan orzuquna jiddiyna ba, va ja'anla min mayyasda me'un al qovli fayatda beunah sana. Vodixin la bi rahmat aka fii ibodika solihiyin. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Inshaalloh, birodarlar, bugundan boshlab bir yangi silsila darslarini boshlamoqchimiz. Asmaullohila husna. Alloh azza va jallaning go'zal ism va sifatlari haqidagi dars. Alloh azza va jallani o'zidan ixlosni va madadni so'ragan holda, asmaulloh ila husna, alloh taoloning go'zal ismlari va sifatlari haqidagi darslarimizni boshlaymiz. Bu darslar orqali biz Alloh Subhanahu va Taoloni taniymiz.

Agar biz Alloh Azza va Jalarni tanisak, buyruqlarini tanisak, Uni toatida bo'lishimiz to'g'ri bo'ladi. Kishi buyruqni tanishi mumkin, lekin buyruqchini tanimaydigan bo'lsa, bu buyruqqa Uni parvosi bo'lmaydi. Yoki shu buyruqni bajarmaslikka yo'lini qidiradi, xullas, beparvo bo'ladi. Ammo qachonki shu buyruqchini kim ekanligini bilsa, kim unga biru ekanligini idrok qilsa, buyruqlariga e'tibor ham shunga yarasha bo'ladi.

Alloh Subhanahu va Taolo odam bolasiga idrok qilishlik quvvatini berdi. Va mana shu quvvati bilan Uni boshqa mahluqotlardan ajratdi. Bu quvvat, idrok qilishlik quvvati insonni haqiqatni izlashga undaydi. Alloh Taolo insonni tabiatida ma'rifatga, bilimga bo'lgan ehtiyojni paydo qildi. Agar u mana shu ehtiyojni qondirishga harakat qilmasa, haqiqatni nima ekanligini izlamasa, dunyoga nimaga kelganligini bilmasa, qanday yashash kerakligini bilmasa. Dunyodan chiqib ketayotganda nima uchun chiqib ketaykanini bilmaydigan bo'lsa, haqni izlamasa, demak bu inson dunyoga nima maqsadda yaratilgan edi? O'sha maqsadda amalga oshirilmabdi.

Agar inson mana shu haqiqatni idrok qilishlik, uni topishlikka harakat qilar ekan, o'zini insoniylik, insoniylik martabasini, darajasini qoyim qilgan bo'ladi. Agar kimdir shu narsaga intilmasa, endi oliy insoniylik darajasidan pastroq bo'lgan bir daraja ham bor. Bu nima bu? Yeyish, ichish, uxlash, dam olish. Agar faqat shu bilan o'tayotgan bo'lsa, inson o'zini insoniyni insoniyligini yuzaga chiqarmabdi. Alloh azza va jala insonga idrok qilishlik quvvati nima uchun bu yerda? Aql yurgizishlik uchun, fikr yurgizishliku uchun, dunyoga nimaga kelganligini idrok qilishlik uchun. Alloh taolo Qur'onda yuzlagan oyatlarda siz bilan bizni aql ishlatishlikka, fikr yutishimizga, tadabbur va tafakkur qilishlikka chaqiradi.

Allohni tanishlik, birodarlar, dinning asli. Allohni taniish, odamlarni taniish. Buni o'rtasidagi farq, buni o'rtasidagidek fazilat Allohnin bandalarini ustidagi fazilatiga o'xshaydi. Allohni qadri bilan, bandani qadrini o'rtasida qanchalar katta bir tafovut bor. Endi xuddi shunga o'xshagandek, odamlarda tanishlik bir narsa bo'lsa, Allohni tanishlik umuman boshqa narsa.

Alloh azza va jalla hadis hududida marhamat qiladi. Ibn adam, ut ulubniy tajiduniy. Odam bolasi, meni izla, meni qidir, meni topasan. Fayda vajat tani, vajatda kunlashay. Agar meni topsang, hamma narsani topding. Agar meni topmasang, hech narsani topmading. Agar meniopmasang, hamma narni yo'qotding. Bu so'zni siz bilan bizga kim aytyapti? Agar meni topseng, hamma narsanotopding. Kim aytayotganiga e'tibor beraylik. Qarang, bir yosh bola menda katta pul bor desa, necha pulda tasavvur qilasiz? Yuz so'mdir, boring besh ming so'mdir.

Bu kichkina bolani gapiga bo'la ekan e'tibor. Endi bir ulkan bir katta bir mamlakatni rahbari yurtimizni iqtisodini ko'tarishlik uchun juda katta bir mablag' to'pladik desa, unda qancha pulni tasavvur qildi? Milliardlar, ehtimol trillionlar. Alloh taolo aytyapti, meni topmasang hech narsani topmading. Meni topsang hamma narsani topding. Birodarlar, biz Allohni tanisak, Alloh Subhanahu va Taoloni tanisak, o'zimizni keyin taniymiz. Hayotni keyin tushunamiz nimaligini. Unda bo'layotgan xursandchilik nima uchun? Unda kelayotgan kasalliklar, bemorliklar, mashaqqatlarni orqasidagi hukumatini tushunamiz va osudalikni, xotirjamlikni topamiz. Demak, birodarlar, agar meni yo'qotsang, ya'ni meni topmasang, hech narsani topmading. Hamma narsani yo'qotding. Vo allam aka ma'lam takun ta'lim va ka'na fathullohi alayka fihma. Zero Alloh sizga bilmagan narsalaringizni bildirdi, Allohning sizga qilgan fazli marhamati ulug' bo'ldi.

Ilm martabasidan ko'ra oliyroq martaba bo'lmaydi. Dunyo istasangiz, ilm o'rganish kerak. Oxiratni istasangiz, ilm o'rganishi kerak. Ham dunyoni, ham oxiratni istasaangiz, baribir ilm o'rganishlik kerak. Ko'ring da. Ilm shunday narsaki, borlig'ingizni bersangiz ilmga, u o'zini ozgina bir qismini beradi. Agar ilmga ozgina qismingizni bersangz, ozgina vaqtingizni bersangiz, ilm sizga hech narsasini bermaydi. Qoida.

Kishi. Ilm talabida yurar ekan, u ilmli. Agar u bildim, o'rgandim, ilmli bo'ldim desa, shubhasiz johillardan sanaladi. Qaytaramiz. Kishi ilm talabida yurarkan, u ilmli o'rgandin, bildim, ilmli boldim dedi, endi u johillar qatorida bo'ladi.

O'rniga kelganda aytamizki, ilm bandani oxiratni dunyodan afzal bilishlikka yetaylik edi. Qaytaramiz. Ilm bandani oxiratni dunyoda afzal bilishligiga yetaylik edi? Ilmsizlikchi? Ilmsizlik, dunyoni oxiratdan afzal bilishlika yetaylik edi, aytaylik. Ilm o'rgangan odam oxiratni dunyo dan afzal biladi va ikkalasida ham muvaffaqiyatga erishadi. Ilmsiz odam dunyoni oxiratan afzal deb biladi, ikkalasida ham muvaffaqiyatsizlikka, mag'lubiyatga duchor bo'ladi. Demak, nima kerak ekan bizga? Hal yastavel la dinaya alamun, avall la dina la ya'namun. Alloh Taolo aytyapti, ha bilgan zotlar bilan bilmagan kimsalar barobar bo'lurmi? Ilmli odam bilan ilmsiz odam barobar bo'rmaydi hech qachon.

Buyruqni tanishdan avval buyruqchini tanishlik. Buyruqni tanishdan avval, buyruqchini tanishlik. Mana bilamiz, odamlarda aksariyati biladi aroqda haromligini. Zinoda haromligini hamma biladi. Yolg'on gapirish mumkin emasligini ham, buyruqni hamma biladi. Namoz o'qish kerak, ro'za tutish kerak. Lekin hamma bilib turib, nimaga amal qilmayapti? Javob shuki, buyruqchuni tanimaydi hamma. Agar buyruqni bilganlar, buyruqchini ham taniganida, buyruqqa beparvo bo'lmasin.

Allohni bir kishi tanishi mumkin, bu tanishi quvvatli yoki quvvatiz bo'ladi. Buyruqlarni tanishi mumkin. Bu buyruqlari haqidagi bilimi ham kuchli yoki zaif bo'lishi mumkin. Agar birodarlar biz buyruqchini kim ekanligini tanisak, uni buyruqlarga beparvo bo'lsak. Hozirgi kunda musulmonlarni birinchi raqamli mushkulasi haqida hozir so'zlashganday bo'ldik. Hamma buyruqni biladi, lekin buyruqchini tanimaydi. Shuning uchun buyrug'iga beparvo.

Sahobalarni hayotini qaraydigan bo'lsak, birodarlar, ular ozchilik bo'lgan. Ular kambag'al bo'lgan. Ularni zaif bo'lgan. Lekin ular buyruqchini ham tanigan. Buyrug'ini ham bilgan. Shuning uchun itoatda turdi, Alloh ularni aziz, mukarram qildi. Qaytaramiz, sahobalar oz bo'lgan, quvvatsiz bo'lgan, zaif bo'lgan, lekin buyruqni tanidi, buyruqchini ham tanidi, itoatda turdu, Alloh ularni aziz, mukarrom qildi. Yer yuzida ustozlarga aylantirdi.

Hozirchi? Musulmonlar ko'p. Musulmonlar boy. Musulmonlar buyruqlarni biladi deyarli hammasi. Lekin buyruqchini tanishlikda birodarlar, sahobalardan bizni nimamiz bor, farqimiz bor. Qoida, Allohni haqiqiy tanishlik bandani amalga chorlaydi. Qaytaramiz. Allohni haqiqi tanishlik bandaniamalga chorlaydi edi. Ko'chadagilar ibodatdan uzoqmi? Allohni taniyman deyayotgan gapi quruq da'vo. Agar taniganingda, bu ilming, bu biliming seni nimaga boshladi ekan?

Masalan, saratonda ro'za tutdik a birodarlar o'tgan yili. Nimaga ro'za tutduk? Chunki siz bilan bizni yo'g'dan bor qilgan parvardigorimiz buyruq edi. U zotni buyruqiga beparvo bo'lib bo'lmaydi. Kim allohni buyruqiga be parvo bo'lsa, albatta buni jazosini tortadi. Shuning uchun ro'za nima qilyapmiz? Tutyapmiz va mazza qilyapmiz. Allohni tanigan banda buyrug'iga itoat qilib, jasadi qiynalishi mumkin, lekin ruhi mazza qiladi. Endi Allohni tanimaganlar tashqaridan turib, sizga qarab hayron bo'ladi. E bu nimaga unaqa qilyapti deydi, o'n sakkiz soat, o'n yetti soatlab deydi, na suv ichmaydikan, na ovqat yemaydikan. Nimaga sizni tushuna olmayapti u? Chunki u bu buyruqni, buyruqchisini tanimaydi.

Qaytaramiz. Allohni haqiqiy tanishlik bandani amalga chorlaydi. Alloh zavodchalari Qur'onda shunday marhamat qiladi. Astaydu billah va adallohulladina a'man u ming kun va amin u solihat la yas taxlifan nahum fil ard. Kam a istahlafal la dinah min qoblihim va la yumakkina na lahum dinahumulloh der tado lahum va la yubaddil la nahum min ba'dih ofihim amna.

Alloh sizlardan iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o'tgan iymon e'tiqodli zotlarni yer yuziga xalifa hukmron qilganidek, ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun o'zi rozi bo'lgan islom dinini g'olib mustahkam qilishni hamda ularni xavfi xatolaridan so'ng tinchlik xotirjamlikka aylantirib qo'yishni va'da qildi. Avvalgilarda Alloh Taolo qanday aziz mukarram qilgan bo'lsa, keyingilarni ham ko'taradi aziz mukarram qurib. Agar Allohni tanisa, buyrug'ida turishsa.

Qoida. Har bir mo'minni hayoti, turmushi, farovonligi va xotirjamligi robbisini tanishligiga bog'liq. Endi hozirgi zamonda til bilan aytsak, har bitta odamni hayotini zo'r bo'lishligi faqatgina nimaga bog'liq? Pulga bog'liq. Alloh aytyapti, meni tanisang, hokimimda tursang zo'r bo'ladi hamma yog'ingda san. Nima deyapmiz?

Endi yaxshiyu, baribir pul bo'lsa yaxshida. Yaxshi. Masalan, allohumma inniya an uzu biki minar kufri va faqir. Payg'ambarimiz aytganlar, duo qilganlar, parvardigor men sendan kufrdan va faqir bo'lib qolishingdan panoh tilayman degan. Faqir bo'lishing kerak emas. Musulmon boy bo'lishga intiladi. Lekin u hayotini maqsadi emas bu. Qaytaramiz. Har bir mo'minning hayoti, turmushi, farovonligi va xotirjamligi nimaga bog'liq ekan? Robbisini tanishligiga bino olib boril. Unga itoatda turishiga. Allohni qancha taniysiz, qancha buyrug'ida turasiz, shuncha hayotingiz zo'r bo'laveradi. Millatingiz qanaqa, qaysi yurtda yashaysiz, iqtisodingiz qanaqa? Bularni ahamiyati yo'q.

Endi hozirgi kundagi musulmonlarni hayoti ham robbisini tanishiga yarasha bo'lyapti da. Robbisini buyrug'ini tanishiga yarasha bolayapti da. Robbusini buyrug'ida turingan, turmagani yarasha bo'lyapdi da. Ma asobaku min musibating fabima kasabat aydiniku va yafron katir. Alloh taolo aytyapti, nima musibat yetsa, o'zinglar shu qo'llaringlar bilan qilgan ish tufayli yetti. Yana men hamma ishinglarga jazo bermayman, ko'pini kechirib turaman deyapti.

Shuning uchun musulmonni hayotida unga yoqmaydigan biror bir makru ish sodir bo'lsa hayotida, o'zidan ko'radi birinchi. O'zidan istaydi sababni. Alloh Taolo bir toifa mo'minlarni aziz mukarram qildi. Allohni tanishdi, buyrug'ini tanishdi, itoatida turishuvdi. Endi bulardan keyin bir toifa keldi deyapti Alloh Qur'onda. Astaydubillah, faholafa min ba'dixim xolfun ado uz sola, vattabaush sha'avad, fasavuf va yolqonni g'oyiya. So'ng ularning ortidan namozni zoyi qiladigan va shahvatlarga beriladigan kimsalar o'rinbosar bo'ldilar. Endi u o'rinbosarlar albatta yomonlikka, ya'ni yomon jazoga yo'liqurlar.

Tashqaridan aybdorni qidirmanglar birodarlar. Har kim o'zini kundalik hayotdagi musibatida, o'zini balolarida, kimlardadir, qayerdadir ayblashga harakat qiladi. Biz qachon o'zimizdan istashni boshlaymiz aybni? O'zimizni tuzatishga harakat qilamiz, shunda hayotimiz tuzaladi. Mana bo'lsa yaxshi bo'ladi, bunday qilsa yaxshi bo'ladimi, bunday qilsak hayotimiz yaxshi bo'lib ketadi. Yo'q, o'zingni tuzatasan. Innalloh alay yig'ay yurumi bi qovmin, hatta yug'ay yurumi biyam fosehim. Alloh bir qavmni isloh qilmaydi ichidagi narsalarini, to qavmlar o'zlarini ichidagi narsani isloh qilmagunicha. O'zimizdan qidiraylik gapni qisqasi.

Demak, ummatni avvalida bo'lgan sahobalar Allohni tanishdi, uni manhajida qoyim bo'lishdi. Shuning uchun Alloh Taoloning va'dasi ularning ustida haq bo'ldi. Endi Alloh Taolo va'da berdimi? Va'dasi amalga oshmay qo'ymaydi. Alloh Taolo muammolarga bergan va'dasini amalga oshay qolishidan ko'ra, bu koinotda vayron bo'lib ketgani yengilroq.

Bizni ustimizda ham Allohning va'dasi haq bo'ladi, Allohni nusrati keladi. Qachonki shunga loyiq bo'lsak. Qachonki, shunga loyi' bo'lsak. Demak siz bilan biz asmo alloh ilhushna darslarni boshlayapmiz. Alloh azza va jallarning go'zal ismlari haqidagi, ismi sifatlari haqidagidek darslar. Bu darslar siz bilan bizga robbimiz azza va jallarni tanitadi. Qancha yaxshi tanisak, shuncha uni itoatida sobit turamiz. Qancha itoatda sobit tursak, ikki dunyoni shunga yarasha obod bo'ladi.

Alloh taoloning maxluqotlari haqidagi ilm dunyoni tuzalishiga sabab, alloh taoloning buyruqlari haqidigi ilm ikki dunyoni tuzalisiga sabab. Mana birodarlar, alloh taoloni maxluqotlar haqida ilmi bor, alloh taoluning buyruqlari hoqida ilm bor. Fizika, matematika, astronomiya, bular dunyoyimizni salohiyatini belgilaydigan ilmlar. Musulmon odamlar bu narsani o'rganishligi kerak. Bu farzi kifoya. Endi, alloh taoloni buyruqlari haqidagi ilm bor, bu siz bilan bizni shariatimiz. Astaytibilla? Va ma xoloqatul jinna val innsa illa li abudun. Men jin va insni faqat o'zimga ibodat qilish uchun yaratdim. Demak, inson dunyoga nimaga kelgan ekan? Allohga ibodat qilish uchun. Ibodat nima o'zi?

Ibodatning ta'rifi quyidagicha. Ibodat bu abadiy saodatga yetaklovchi, asosi aniq ishonch ustiga qurilgan, qalbning muhabbati bilan aralashgan ixtiyoriy bo'yin sinish. Abadiy saodatga yetaklovchi bo'yin sinish, aniq ishonch asosida bo'layotgan bo'yin sinish, qalbni muhabbati bilan aralashgan bo'yin sinish va ixtiyoriy bo'yin sinish.

Alloh nasib qilsa, tinch qilsa, sog' bo'lsak, ro'zaga chiqamiz. Mana ro'za tutamiz. Shu narsa bormi? Qalbimizni muhabbati bo'yin bilan aralashish bo'yin sinishmi? Aniq ishonch ustida turib bo'yin sinishimi? Va ixtiyoriy bilan bo'yin sinish mi? Yo'q, hamma tutayotganligi uchun tutamiz muro'zani.

Hamma tutmay qolganda ham, agar ibodat sizda haqiqiy bo'la ekan bo'lsa, tutavorasiz oxirigacha. Maxluqotlar haqidagi ilmni o'rganishlik farzi kifoya dedik. Musulmonlarning bir jamoasi bu ilmlarni o'rgansa, qolganlardan soqit bo'ladi. Ammo shariat ilmlarini bilishlik har bitta musulmonga farzi ayn. Halol halomni bilishingiz farz, bilmasangiz gunohkor bo'lasiz. Endi bu haligi farzi kifoya qilib, onalar biladi, halol hamda yetadi bizga degan gap bo'lmaydi. Kasbingizda, tijoratingizda, muomalangizda nima mumkin, nima mumkin emas. Bilmasangiz gunohlikor bo'lasiz.

Birodarlar, hayotni qaysi javhasi bo'lmasin, ana shu javhada faqatgina yaratuvchini ta'limotiga amal qilish eng to'g'ri yo'l bo'ladi. Tijoratingizda nima qilish kerak? Shariat aytgan. Xotin bilan qanday muomala qilish kerak, shariat ko'rsatgan. Farzandlar bilan qanday ma'lum qilish kerak. Hammasiga shariatimizni ko'rsatma bor. Va bu shunaqa ko'rsatmaki, bir davrda ishlab, ikkinchi davrga to'g'ri kelmay qolmaydi. Tushunarlimi? Mana bu millatga to'g'rib kelib, narigisiga to'g'ri kemay qolmaydi, chunki Alloh Taolo aytyapti, ala ya'la umuman xolaqo vahuvalloh teyful xabir. Axir hamma narsani yo'g'idan bor qilgan Alloh o'zi bilmaydimi yaratgan maxluqlarini? Ularga nima foyda, nima zararligini?

Allohning buyruq va qaytarig'larini bilishlik har bir musulmonga farz. Qanday qilib ibodat qiladi? Ibodat qabul bo'lish uchun nima qilishlik kerak? Albatta, bu ilmlardan xabardor bo'lishlik kerak. Qoida. Banda o'zining hayotida Allohninng manhajiga amal qilsa, Alloh unga o'zining nuridan, ma'rifatidan in'om etadi. Diqqat qilinglar da shu qoidaga. Yana bir marta o'qib beraman. Banda o'zini hayotida Allohninng manhajiga amalloh qilsa, Allohni azza va jalloh unga o'zi ning nuridan, ma'rifatidan in'om etad. Boya aytdik ku. Siz saratonda ro'zini tutayotganingizda tushunmayotgan odam shu ma'rifatdan uzoq, o'shaning uchun tushunmayapti. Siz saharda turib tahorat qilib, masjidga qarab ketayotganingizdan, shuni ko'rib tushunmayotkan odam Alloh taoloning ma'rifatidan uzoq bo'lgan odam.

U siz qanday huzul olayotganingiz, qanday bir rohatlanayotganingizni u bilmaydi. Chunki uni qalbi muhrlangan. Bu ma'rifatdan uzoq. Qanchalar Allohni manhajiga yaqin yuramiz, hayotimizda tadbiq qilamizmi bu marhajni? Alloh o'zini nuridan, ma'rifatdan ato etadi. Alloh Taoloni tanituvchi yo'llar.

Birinchisi, koinotdagi oyat, alomat belgilarga qarashlik. Birinchisi,koinotni kuzatishlik. Alloh Taolo Qur'onda oliy murodning suratida shunday marhamat qiladi: astaidu billah inna fii xol qish samavati val arti vaxtilar fillayli va nahariyla ayatili ulil al bab. Alladina yazquruna Alloha qiyama va qu'udan va ala junubihim va ya tafakkuruna fii xol qih samavati val art robbana ma xolaqutaha da ba'tila subhanika faqina adaban nar. Alloh Taolo o'zining solih bandalarini maqtab shunday deydi. Osmonlar va yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun oyat alomatlar bordir. Allohni qudratiga dalolat qiladigan belgilar bor. Kun bilan tunda almashishini qaranglarda, bu mo'jiza.

Oylarda almashib turishini ko'raylikda, bu mo'jiza. Yerda aylanib turishligini ko'raylik da, mo'jiza. Lekin bu mo'jizalar doimiy ustimizda turganligi uchun mo'jizaligini bilmay qoldik. Agar yerni tagida yashagan bir toifa odamlar bo'lsa, tasavvur qiling, yerni betiga olib chiqdingiz. Quyoshda chiqib, botayotganligini ko'rib turib, lol qolarmidi?

Yorug'likni ko'rmagan, shunaqa bir bo'lsa, bir svet bilan yashagan yerni tagida, tasavvur quling, qolib ketgan yerni tagida. Agar chiqib turib, yer yuzidagi ko'katlarni, xushbo'y hidlarni, ranglarni, suratlarni ko'rsa, qoyil qolarmidi? Biz shu ne'matni ichidamiz, fikr qilmay qo'ydik faqat. Biz bilasizlarmi? Tishimiz og'rib, bir joyimiz og'rib, kechasi bilan uxlolmasdan chiqqanda bilamiz tunni qanchalar uzunligini.

Bilasizmi, asabiz o'lib, nerviz tugab, uxlolmagan paytingizda bilasiz, uyquni qanaqa? Ne'matligini. Ne'mat to'li yotibdi birodarlar. Faqat qaramay qo'ydik. Ular turganda ham, o'tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar. Hamda osmonlar va yerni yaralish haqida tafakkur qilib deydilar, Parvardigor, bu borliqni behuda yaratganing yo'q. Sen behuda biron ish qilish aybidan poksan, o'zing bizni jahannam azobidan asragin. Allohni tanitadigan birinchi yo'l, koinotdagi oyat alomatlari haqida fikr yuritish, shular haqida mulohaza qilishlik.

Shuning uchun aytilinadi, koinot jim turuvchi Qur'ondir. Qur'on esa gapiruvchi koinotdir. Muhammad Mustazo sollallohu alayhi vasallam esa tirik Qur'ondir'. Demak, koinotni belgi oyatlarga qarashlik kerak, tafakkur qilishlik kerak. Koinotga qaraymiz, rahmatni ko'ramiz. Demak, buni yaratgan zot rahmatli zot ekan. Koinotni qaraymiz. Undagi ulug' bir hikmatni ko'ramiz. Demak, yaratgan zot hakim zot ekan. Bu koinotni qaraymiz, kuch quvvatni ko'ramiz. Demak, uni yaratgan zot quvvatli ekan. Bu koinotni kuzatar ekanmiz, boylikni ko'ramiz. Demak, yaratgan zot qanday zot ekan? Boy zot ekan. Demak, biz Allohni tanishligi uchun birinchi navbatda koinotdagi oyat alomatlariga qaraymiz. Qur'onda, birodarlar, mana shu koinot haqida so'z yuritadigan bir ming uch yuzta oyat bor. Bir ming uch uch yuzta.

Qur'onni o'qir ekanmiz, Alloh Taoloning oyatlarini tilovat qilar ekanmiz. Buyruqlarni eshitamiz, itoat qilishimiz kerak. Qaytarlarni eshitimiz, to'xtashimiz kerak. Jannat ahllarini, sifatlarini eshitamiz, o'sha sifatni o'zimizda paydo qilishimiz keraksiz. Jahannam ahllarini, suhbatlarini eshitamimiz, shunaqa bo'lmaslikka harakat qilishimiz kerakt. Va Alloh Taolo halol qilgan qavmlarni qissalari keladiki, ular qilgan xatoni qilmaylik. Ular tushgan musibatga biz ham tushib qolmaydi deb harakat qilishimiz kerak.

Demak, osmonlar va yer yaralishi haqida fikr qilish bizlarga Alloh azza va jallani tanitadi. Demak, birinchisi shu. Ikkinchisi, Alloh Taoloning ishlariga nazar solishlik. Alloh Taoloning izhlariga nazar savol ishlaylik. Fasiru fil ar defanduru kayfakana, aqibatul mukaddibin. Bas yer yuzida sayru sayohat qilib, o'z payg'ambarlarni yolg'onchi qilgan qavmlarning oqibati qanday bo'lganini ko'ring. Alloh qilgan ishlarni ko'ringlar. Alloh taolo mana shu vayron qilgan xalqlarni yerlari bor, uylari bor.

Allohni tanishdagi ikkinchi yo'l, Allohni ishlariga, fe'llariga qarashlik. Allohni mana xohlagan bo'lsa, birodarlar, mutloq hikmatga bog'liq bo'ldi. Mutloq hikmam qayerda bo'lsa, bilingki, Alloh taoloni hukmi o'sha yerda bo'ladi. Birinchisi, koinot haqida fikr qilish, ikkinchisi, uning ishlari haqida fikr qurish, uchinchisi, Qur'on oyat haqida tadabbur qilishlik.

Ey odam bolasi, meni izlagin, topasan. Agar meni topsang, hamma narsani topding. Agar meni topmasang, hamma narsa yo'qotding. Men sen uchun hamma narsadan sevimliroqman. Insonni qalbida bir bo'shliq bo'ladi. Uni na mol to'ldiradi, na farzand to'ldiradi. Na mansab to'ldiradi na obro' to'ldiradi . U bo'shlig'ini faqat iymon to'ldiradi da. U bo'shliqni faqat Allohni zikri to'ldiradi. Ala bidikrillahi tatumain nul qulun. Ogoh bo'lingiz, kim? Qalblar faqatgina Allohning zikri bilan orom oladi. Agar shu zikr bo'lmasa, shu insonni qalbida iymon bo'lmasa. Uni qalbida mana shu bitta bo'shliq doim turaveradi va hech qachon hayotidan u xotirjam bo'lmaydi. Doim shikoyat oladi. Hamma yog'i zo'rav tursa ham shikoyat olaveradi. Chunki uni qondiradigan iymon, Allohni zikri yo'q.

Alloh Taolo bizga aytyapti: siz bilan biz yo'g'dan bor qilgan roppimiz. Va man a'rodan zikri, fa innallohu ma'i shatan donkav, va na hushruh u yomal qiyamati amal. Kim mening eslatmamdan yuz o'girsa, bas, u uchun tang, baxtsiz hayot bo'lur. Va biz uni qiyomat kunida ko'r holda tiriltiravermiz.

Dunyoda tang hayot bo'ladi unga. Nima uchun? Ollohni tanimaganligi uchun. Ollohni eslatmasidan yuz o'girgani uchun. Inson o'zini bor bo'lishini yaxshi ko'radi, buni fitrati, salomat bo'lishini, komil bo'lishini, o'zini vujudini davomiy bo'lishini ya xsh ko'radi. Bularni hammasi allohni tanish orqali yuzaga chiqadi.

Aqul u qovli hada va astag'firulloh ilay walakum, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimdi tekseru

5 sūraq. Är dūrıs jauap — 10 ūpay.

Kelesi däriske ötu üşin testti tapsırıñız

Testsiz jalğastıru