# 4-Dars Al-Akrom (Asma-ul-Husna)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/kk-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/kk-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 4 of 110
- Section: Al-Akrom
- Duration: 30 min
- Original title: 4-Dars Al-Akrom (Asma-ul-Husna)
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/kk-latn/kurslar/asmaul-husno/4
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/W_D3L3EcBSw.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=W_D3L3EcBSw
- In this course: [previous](https://mawiza.me/kk-latn/kurslar/asmaul-husno/3.md) · [next](https://mawiza.me/kk-latn/kurslar/asmaul-husno/5.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:11] Mana shu ismini davom ettirgan bo'lamiz. Astayirivilla, iqrob ismi robbiy kalla di xalaq, xalaqal insa anamin alaq, iqro varob bukal akrom. Ey Muhammad alayhissalom, barcha mavjudotni yaratgan zot bo'lmish Parvardigoringiz nomi bilan boshlab o'qing. U insonni lahda qondan yaratgan zotdir. O'qing, sizni Parvardigoringiz o'ta karamli zotdir. O'ta karamlik, o'ta saxovatlik. Saxiy Robbimiz bor.

[0:45] O'tgan darsimizda aytdik, Alloh Taolo bizni o'qitadi. Mana shu birinchi o'qishligimiz siz bilan bizga bahs va Allohga bo'lgan iymonni berishligi kerak. Bahs qilamiz, Allohni tanib iymon keltiramiz. Ikkinchi qiroat, taniymiz, shukur keltiramiz. Uchinchi qirot, amal qilamiz va itoat qilamiz. Mana shu uchta qirotni aytib o'tdik.

[1:12] Al akrom, o'ta karamli bo'lgan robbimiz Alloh subhanahu va taolo o'zining kalomida hamma narsani xabarini berdi. Maxluqotlarni yaratilishidan avvalgi holatdan kelajakda bo'ladigan hamma ishlarni xabarini berd. Nimaga keldik dunyoga? Qayoqdan keldik, qayoqqa ketamiz, boradigan joyimizda nima bor? Mana shularni hammasini mana shu karamli Al akrom robbimiz bildirdi.

[1:43] Bugungi darsimizda bitta savolga javob topamiz. Kimdir savol berishi mumkin, agar Alloh taolo o'ta karamli bo'lsa, o'ta saxovatli, saxiy bo'lsa, nimaga hamma musulmonlarni boy badavlat qilib qo'ymaydi? Shu savol kelganmi kallanglarga? Nimaga kofirlarga bergan dunyoni zebi ziynatlari, hashamatlari, qulayliklari hamma musulmonlarni ustida bir xil emas. Axir Alloh Al akrom o'ta karamli, saxiy zot ekan u. Shu savolni javobini topamiz bugun.

[2:18] Ehtimol ba'zi ma'nolar takror takror aytilar, lekin mana shu savolnijavobini yaxshilab tushunib olsak, qalbimizga sakinat, qalbimizgahotirjamlik keladi. Mushtdek keladigan ko'mir necha gramm chiqadi? Olti yuz yigirma bir grammga rozimisizlar? Olti yuz gramm. Mushtdek keladigan almaz qancha bo'ladi narxi?

[2:44] Demak, savol, nima uchun Alloh Taolo hamma mu'min bandalarini boy badavlat, sog' salomat, yegani oldida yemagani ketida qilib zo'r qilib qo'ymadi? Degan savol keladi kallaga. Axir al akrom o'ta karamli ekan u. Birodarlar, din ishi uchta doirani ichida bo'ladi. Diqqat qilinglar. Birinchisi, his qilinadigan ishlar. Ya'ni, mana shu his qiladigan a'zolaringiz beshtami? Shu jasadingiz bilan his qiladigan narsalar. Bu issiq sovuq, shirin, achchiq, yumshoq, qattiq, xushbo'y va badbo'y. Jasadingiz bilan his qiladigan, his qilish a'zolaringiz bilan his qila oladigan ishlar, hissiy ishlar. Ikkinchi ishlar, aql bilan taniladigan ishlar. Ya'ni bu shunday ishlarki, o'zi g'oyib, ko'rinmaydi. Lekin u shu narsani asari bor.

[3:38] Masalan, inson shu asarlarga qarab turib aqlini ishlatadi da, topib oladi. Ya'ni koinotni qaraydi, fikr qiladi, tadabbur qiladi, uni yaratgan zotni borligini taniydi. Tushunarli ekanmi? Birinchi ish his qiladigan ishlarimiz. Ikkinchisi, aqlimiz bilan fikr qilib topib oladigan ishlar. Uchinchisi, bu shunday turdagi ishlarki, o'zi ham ko'rinmaydi.

[4:05] Asari ham yo'q. Uni qanaqa qilib bo'lib olamiz? Ya'ni his qilib ham uni bila olmaymiz, aqlimizni ishlatib ham topa olmaymiz. Bunday ishlar misoli farishtalar va jinnilarni borligi. Farishtani his qilasizmi? Ko'zingiz bilan ko'rasizmi? Qo'lingiz bilan ushlaysizmi? Yo'q, demak his qilib buni bilmaymiz. Aqlimiz bilan topa olamizmi farishtani? Chunki asari ham yo'qda uni topa olaylik desak. Yo'q. Endi bularni borligini qayerdan bilamiz desa, bizga kelgan sodiq xabarlarni qabul qilishimiz bilan, dinimizni yaxshi o'rganishlik bilan ularni bilib olamiz. Diqqat qilasizlar, mana shu uchta ishni uchinchi ustida ketadi gap. Demak, birinchi ishlarni anglashligida, bu his qilish a'zolarimiz asbob. Ikkinchi turdagi ishlarni bilib olishimizda aql asbob. Uchinchi ishlarnianglashligidagi asbob, sodiq, rost xabarlarni qabul qilishimiz, ya'ni iymonimiz. Biz jannat do'zoti ko'rmadik. His qilmayapmiz, aqlimiz bilan topa olmayapmiz. Lekin kitobi sunnatda jannat bor dedi, bo'ldi iymon keltiramiz. Do'zax bor dedi, iymon keltiramimiz. Mana shu sodiq xabarlarga ishongan odam mo'min bo'ladi, shunga ikkilangan odam kofir bo'ladi.

[5:23] Ikkita vahida, kitobi sunnatda xabar keldimi? Biz buni aniq bor deb ishonamiz. Shuning uchun mana shu narsani qabul qila olmagan odam bilan imoniy masalalarni bahs qilish hojati yo'q. Kim ko'rib kelibdi do'zaxni, jannatni deydi. Bilasizmi? Bironta odam o'lib tirilganmi deydi. Chunki u ikkita narsaga qaraydi. Hissiga va aqliga sig'masa qabul qilmay qovuradi. Shuning uchun bunaqa odam bilan siz iymon keltirgan narsani ustida nima qilmang, bahs qilmang. U o'zi umuman tan olmayapti shu narsani. Hissi bilan, aqli bilan. Topgan narsasiga ishonadigan odam bilan g'aybiy narsalar haqida bahs qilinmaydi. Alloh taolo kimga ne'matlarni, xayriyatlarni bergan bo'lsa va bu mana shu ne'matlarni bu kishi toatga sarf qilsa, bu ne'mat haqiqiy ne'matga aylanadi. Mana ko'pchiligimiz bilgan oyat. Astay deb yubinglar. Fa ammal insano idam abit ala hu robbuhu fa akromahuhu va na ammahuhu fayoqul robbih. Akromah. Bas endi inson, qachon parvardigori uni imtihon qilib, e'tibor berdilar, imtihon qilib, aziz qilib qo'ysa va unga ne'mat ato etsa, darhol parvardigorim meni aziz qildi der.

[6:52] Ne'matni berdi, sinab turib. Gunoh ma'siyatdan ich ham chiqmaydi. Toat ibodatdan mutloq uzoq. Shu odamni ustida ko'p xayriyatlar turgan bo'lsa, ayrim odamlar Alloh erkalatib qo'ygan odamda a? Allohga yoqqan joyi bor, qara shuning uchun hamma yog'ini zo'r qilib qo'ygan degan fikrga boradi. Bunaqa odam o'zi ham aytadiki, Allohga yoqgan joyim bor deb, o'shaning uchun men ibodat qilmasam ham nima qilyapti? Menga shuncha xayriyatni beryapti deydi. Oyatda nima dedi? Imtihon qilib turib bersa deyapti. Demak berishligi nima ekan?

[7:29] Savolni qaytarib qo'yinglar. Nima savolga javob topamiz dedik? Al Akrom bo'lgan Robbimiz o'ta karamli bo'lsa, nimaga hamma musulmonlarni ham yog'ini tekis qilib qo'ymadi? Shu savolni javobini qidiryapmiz. Endi xuddi shu odam haqida Alloh Taolo aytadi. Istaydi billa. Va ammo ida mabut ala hufaqodaro alayhi rishohu fayoqul robbiy, ahanan. Endi qachon Parvardigori uni imtihon qilib, rizqini tang qilib qo'ysa, darhol Parvardigori meni xor qildi der. Ya'ni bu odamni nazdida, qo'lida dunyoviy maishat, dunyoviy ne'matlarni ko'p bo'lishligi, Alloh uni aziz qilganligi bo'lyapti. Agar shu narsalarni olib, tang qilib qo'ygan bo'lsa, Alloh uni xor qilgani bo'lyapti. Hozirgi kundagi odamlarda aksariyatini kallasidagi o'lchov, tushunchasi shu emasmi? Odamlarni tushunchasida rizq katta bo'lsa, demak alloh aziz qildi, rizq tang bo'lsa,alloh xor qildi degan tushuncha bor. Alloh Taolo aytadi, yo'q e bandalarim, bunda emas. Ne'matni berishligim aziz qilganim emas. Ne'matlarni olib qo'yganim xor qilganim emass. Ato qilishim ibatilo sinov, man qilishim da'vo.

[8:45] Berishim sinov imtihon, bermay qo'yishim sizlar uchun da'vo. Chunki o'sha narsani bersa nima bo'lishingizni bilmaysiz siz. Mol u davlat ne'matmi? Ha va yo'q. Sihat salomatlik ne'matmi? Yes va yo'q. Mansab, obro' e'tibor. Ne'matmi? Ha va yo'q. Buni qanday tushunamiz?

[9:10] Agar sizga berilgan shu narsa, toatga sarflanayotgan bo'lsa, bu ne'mat. Agar manziyatga sarflanayapman bo'lsa, buni jazo. Ma'qulmi? Biz qachonki mana shu tushuncha bilan hayot kechiramiz, hayotga mana shu o'lchov bilan qaraymiz, shunda zo'r bo'ladi hamma yog'imiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar badi ryu ilal amal solixa ma yantad ryu rohad hukminan dunya. Ey solih amallarga shoshilib qolinglar. Sizlar dunyodan nimani kutyapsizlar? Mana endi hadisda payg'ambarimiz aytyaptilar, xaltan taziruna illa faqiran musiyan. Nima? Hamma narsani esdan chiqargizib yuboradigan kambag'allikni kutayapsizlarmi? Kambag'al odamni g'ami faqat shu non topish bo'lib qoladi. Tirikchilik bo'lib qoladi. Hech narsaga oshirmay qoladi. Kambag'al bo'lib qolishilarni kutayapsizlarmi? Avg'ina mutg'iyan yoki tug'yonga boshlanadigan boylikni kutayapsizlar mi? Kambag'almisiz, boymisiz, amalda qilib qoling, shoshiling. Chunki kalla innal insa nalayatg'o arraakhustag'na. Robbimiz aytadi, darhaqiqat inson o'zini boy behojat ko'rgach, albatta tug'yonga tushar. Agar boylik sizni tug'yonga olib ketayotgan bo'lsa, bu jazo bo'ldi sizga.

[10:28] Ne'matmas. A u maradon mufusiydan? Yoki hamma yoqda fasodga uchratadigan kasallikni kutayapsizlarmi? Kasal bo'lib qolgan odamni g'ami nima? Faqat shu kasaldan qutilish. Hech narsa kallasiga kirmaydi. A u haroman muqayyidan? Yoki ko'p ishlarni qilishdan to'xtatib qo'yadigan, bog'lab qo'yadigon, o'tkazib qo'yayotgan qarilikni kutayapsizlarni? Qarilik akalar, qarilik. Bu mashaqqat agar Alloh yengil qilmasa. Xohlagan narsasini yeya olmaydi. Yesa hazm qila oladi yo qila olmaydi. O'tirsa tura olmaydi, tursa o'tira olmaydi. Ya'ni mana shu narsalar kelguncha solih amallarni qilib qolinglar.

[11:08] Mana shu Qur'on tilovatini doim qilgan, Qur'on tilavotida doim turgan kishini aqli qariganda ham aynimas ekan bir odam. Mana namoz o'qiydi a musulmon odam. Besh mahal namoz o'qaydi. Qiyomda turar ekan, shijoatli. Rukuvda shijoatli. O'tirganda turganda shijoatli. Mana shu poylari yaxshi ishlab turadi. Tipda shunday qonun bor ekan, meditsinada. Ishlab turgan poylar, ishlab turgan muskullar kishi emas ekan, zaiflashmas ekan.

[11:42] Tushunarlimi? Demak, Alloh unga namozni farz qilgan kundan boshlab qoldirmay namoz o'qigan odamni nima olar ekan? Sog'ligi zo'r bo'lar ekan. Shuning uchun aytilinadi. To'qson sakkiz yil umr ko'rdi bir jalil ulug' olimlardan bittasi. A'zolari hamma yoq o'rnida. E qanday qilib erishdingiz bu narsaga? E saidimiz bizga xabarini bering, Alloh sizga shunday bir salomatchilik deb beribdi. Siri nima? Deganida aytdi, ey bolam, bu a'zolarni Alloh yoshligimizda bizga omonat qilib qo'ydi. Haromdan saqladik, qariganimizni Alloh bizga saqlab berdi bularni.

[12:22] Ma asoba kun min musibating fa bima kasabat aydiku va yafon katir. Nima musibat yetsa, o'zinglar qilgan ish tufayli yetadi deyapti Alloh Taolo. O'tirib turgani qiynalyapsizmi? Qirqqa kirib kirmasdan? Nimaga qiynalyapsz? Semirib ketdingiz. Nimaga semirib ketdingiz? Harakatingiz yo'q. Yana nimangiz ko'p?

[12:46] Osh ko'p, go'sht ko'p, yeyish ko'p. Yana qaytarib aytamiz, nima musibat yetsa ustinglarga deyapti Alloh Taolo, o'zinglar shunga sababsizlar deyapti. Yana men ko'pini kechirib turaman deyapti. Demak, Alloh Taoloning bergan xayriyatlari, in'omlari, Allohning toatiga safarbar qilinsa, bular ne'mat bo'ladi. Shuning uchun moli davlat mutlaqo mukofot ham emas, mutlaqo jazo ham emas.

[13:15] Alloh bir bandaga davlat bergan bo'lsa, qalbi shukurdan erib ketishligi kerak. Chunki shu puli bilan o'zini tirikchiligini, maishatini to'g'rilab oladi. Shu molini faqir miskinlarga bersa, faqirlarni qalbidan joy oladi. Shu molini oxiratga sarf qilsa, oxiratdagi manzilatini yuksaltiradi. Shuning uchun qo'lida uch to'rt chaqasi bor odam, boshqalardan ko'ra ko'proq shukur keltirishlik kerak. Chunki senga berdi shu narsani. Va toatga sarflashlikka imkoniyat berdi.

[13:46] La hasada illa fi ifnatain. Rostini aytdilar? Faqat ikkita odamga hasad qilsa bo'ladi. Bir boy kishiga va bir Qur'on egasiga. Bu boy shunday boyki, boyligini kecha yu kunduz Allohni itoatiga sarf qiladi. Ikkinchisi, Qur'on egasigaki, kecha yu konduz Qur'on tilovati bilan kunini o'tkazadi. Endi qarang, shu yerda boyda boyligi havas qilinmaydi. Qilayotgan, in'foq ehsoni, qilayotgan savobli amal havas qilinadi.

[14:18] Mol Allohga to'g'riga sarf qilinsa ne'mat, sog'lik. Allohni toatiga sarf qilinsa, demak u ne'mat. Yoshlik, Allohni ibodati bilan o'tayotgan bo'lsa, demak bu yoshlik ne'mat bo'ladi. Va amma idam abu talah faqat ala alixir iz qohir. Endi qachon Alloh Taolo sinab, rizqini tang qilib qo'ysa, Alloh meni nima qildi deydi? Xor qildi deb o'ylaydi. E bandalarim, meni bir narsani berishligim, ato qilishligim, bu aziz qilganim emas. O'sha narsani bermay qo'yishim xor qilganim emas. Unisi ham, bunisi ham sinov.

[14:56] Nasiba. Ulush. Dunyoga keldik, shu dunyoda bizni ulushimiz nasibamiz bor. Havoda nasibamiz bor, ovqatda, suvda ulushimiz bor. Shu dunyoga keldi, bizga ham ulush nasiba berilgan. Mol mulk, nasiba, ulush. Sog'lik, shunday. Zakovat, ulush nasiba. Endi mana shu ulushlar, mana shu nasibalar odamlarni o'rtasida har xil qilib berildi.

[15:27] Masalan, necha yil umr ko'rishingiz, topadigan pulingiz, huzur halovatingiz, nimaga har xil qilib belgilar? Mana endi boyagi savolimizga kelyapmiz a? Alloh Taolo al Akrom, o'ta karamli zot bo'lsa, nimaga musulmonlardan ham yog'ini tekis qilib qo'ymadi? Nimaga kambag'al, nimaga kasal, nimaga bechora, nimaga kamchilik yetarli? Nimaga unday?

[15:50] Sog'liq bormi? Imtihon. Davlat bormi? Imtihon. Faxrmisan? Imtihon, kasalmisan? Imtihon. Demak hammasi nima ekan? Imtihon ekan. Bir juda ham chiroyli duo bor ekan, eshitib turinglar da. Bu duo Imomni termizidan ketilgan ekan. Abdulloh ibn Yaziddan. Allohimma ma rozoqtani minma oxibbu faji aliqu quvvatan li fima tohibbu.

[16:20] Parvardigor, meni, men yaxshi ko'rgan narsa bilan rizqlantirgan bo'lsang, bas shu narsani menga, seni yaxshi ko'radigan narsalarni qilishga quvvat qilgin. Men yaxshi ko'targan narsalardan nimani bergan bo'lsang? O'sha narsalar seni itoatingga quvvat bo'lsin. Endi, sog'likni berdimi? Senga itoatga quvvat ursin. Boylikni berdimi, itoatga quvat bo'lsin! Jamiyatda bir mansab martaba berdimi, haqni yuzaga chiqarish, adolatni qoyim qilishlikka quvvat bo'lsin. Farzand berdimi? Seni rozi qiladigan ishlarga quvvat bo'sin.

[16:59] Voman zavayta anni minma oxibbu faji alhu farog'an li fiy ma tohibbu. Endi men yaxshi ko'rgan narsalardan nimani menga bermagan bo'lsang, men yaxshi ko'targan narsalardan menga nimani bermagan bo'lsak, o'zing yaxshi ko'rtgan narsa uchun meni undan forig' qilgan bo'lgin.

[17:21] Tushunarli bo'ldimi? Katta dunyo so'rovdi, bermading. Endi o'sha bermaganligini sababi o'zimga yaqin bo'lsin degan bo'lgan. Chunki o'sha dunyoni berib qo'ysa, chalg'ib ketib qolishingizni ehtimoli bor. O'sha mansabni berib qo'ysa, chalg'ib kelib qolishligingizni ehtim oli bor. Endi nimani men yaxshi ko'rgan narsadan, masalan ko'p narsa so'raymiz, to'g'rimi? So'rayotgan narsamizni bermayotgan bo'lsa, buni yomonlikda o'ylamaylik.

[17:49] Agar men yaxshi ko'targan narsani menga bermayotgan bo'sang, sen o'zing yaxshi ko'rgan narsalar uchun meni bu ishdan bo'shatib qo'ygan bo'gin. Kishi moli dunyoni so'raydi, orzu qiladi, lekin yeta olmaydi. Umri davomida qo'li kaltavoli o'tib ketadi. Buni yomonlikda o'ylamasin. Buni yomonligida o'ylamassin. Sabrdan boshqa hamma amalni mukofoti birodarlar cheklab, o'lchab beriladi. Faqat sabrni mukofoti hisoblamasdan beriladi. Sodiq mo'min banda turmush tarzini tuzatishligi uchun hamma sababni qiladi. Yuguradi, yeladi, mehnatni qiladi, lekin natija u xohlaganaqa bo'lmaydi.

[18:32] Mo'min banda sodiq mo'min banda, turmush holini, turmush tarzining yaxshilashligi uchun mehnat qiladi, yuguradi, eladi, lekin natijasi u aytgandaqa bo'ladi. Shunda nima qiladi? Taqdiriga rozi bo'ladi. Sabr qiladi. Shuning uchun ajri katta bo'ladi. Biz bu yerda hech narsa qilmasdan Allohda aytgani bo'ladi deb o'tirib olgan odamni gapirmayapmiz. Tinmaydi, bechora tinmaydi. Kecha yu kunduz yuguradi, qishin yozin yuguradi, lekin bo'lmayapti.

[19:00] Endi nima qilish kerak u? Biz o'sha harakat qilmayotganda malomat qilaylik. Agar shunaqa farzandimiz yotib olgan bo'lsa, urishib polashaylik, ishla, yugur, chiq deb. Ammo yugurib, yelib, harakat qilsa ham bo'lmayaptimi? Shu farzandni malomat qilmaylik. Nimaga sen topa olmayapsan Alloh topganda demaylik, chunki uni taqdiri u. Haqiqatdan kundu kunga, tundu tunga ulasam bo'lmaydi. Demak Alloh Taoloning taqdiri. Seni ishing tugadi. Seni ishing harakatida, buyog'i Allohda.

[19:31] Endi kufr olamidagi odamni holini qarang. Yuguradi, yeladi, harakatni qiladi, sababni qiladi, natija bo'lmasa tushkunlikka tushadi, o'zini o'ldirishlikkacha boradi. Ammo iymon olamidachi? Hamma sababni qilgandan keyin ham natija bo'lmasa, demak Alloh'dan ekan deydi, rozi bo'ladi, ajra oladi. Al akrom. O'ta karamli bo'lgan Robbizni shu narsani taqdir qilgan edi unga. Alloh qizg'anmagan edi. Alloh baxillik qilmagan edi. Men qildim u harakatni, nimaga bema'niddin demaydi? Chunki karamli, o'ta saxovatli bo'lgan Rabbiz shu kunda taqdir qilibdimi, demak shu sizga yaxshi ekan. Endi nima bo'ling? Rozi bo'ling.

[20:12] Innamayu vaffos sobirun ajrohim beg'oyirihisab. Hech shak shubha yo'qki, sabr toqat qilguvchilarning ajr mukofotlari hisob kitobsiz, to'la to'kis qilib berilur. Inna vajadinahu sobiro ni amal abdu innahu avvab. Alloh Taolo o'zining bandasi Ayyub alayhissalomni muhtab aytadiki, darhaqiqat biz Ayyub alayhi assalomni sabr qilguvchi holda topdik, u naqadar yaxshi bandadir. Nimasi uchun Alloh Taolo yaxshi deyapti? Sabr qilgani uchun.

[20:44] Birodarlar, ustimizda turgan kun, Alloh bizga taqdir qilgan kun. Sabr qilsangiz ham shu kunda turibsiz. Jazavaga tushsangiz ham shu kunida turibsiz. Rozi bo'lsangiz ham shukun. Norozi bo'lib shikoyat qilsangiz ham u shu kun. Keling birodar, haqiqiy muammo bo'laylik. Al Akrom, o'ta karamli robbimiz shu kunni bizga beribdimi? Demak shu kun yaxshi ekan, chunki robbimiz Al Akrom. Karamli izoh.

[21:09] Insonni ustiga qanday kun kelmasin, Alloh unga nimani taqdir qilgan bo'lmasin, albatta buni orqasida hikmat bor. Zo'r gap tarqalib qoldi oralarimizda. Mana dedi, falon paytda manaqa qilganimizda, menimcha pulimizga kuyuvdik deydi da, aytadiki, albatta buning ham hikmati bo'lsa kerak deb qo'yapti bolalar. E'tibor beryapsizlarmi? Albatta buning hikmati bor deb qo'yibdi. Pulga kuydi, yigirma ming, o'ttiz ming dollarga kuydi. Lekin nima deyapti? Buni bir hikmati bor deyapti da, xotirjam. Mana kecha bitta ukamiz bilan mashinasida ketyapti, shuni aytyapti. Bir fura narsam deyapti, yo'q bo'lib ketdi. Olgan odam o'lib ketdi deyapti. Olgan nasiyaga, olib ketgan, o'lib qolgan. Bolalarga borsam tan olmayapti deyapti. Deyapti da, aytyaptiki, buni ham bir hikmati bo'lsa kerak deb qo'yapti.

[21:53] Eslaylarmi, Xizr alayhissalom, Muso alayhissalom bilan uchrashib, yurganida bir yosh bolani o'ldirib qo'yadi. I o'n ikki yosh bolani o'ldirib qo'yg'adi. Tushunmaydi, nimaga o'ldirding deydi. Ha bu katta olganda kufrga tug'yonga yetib, ota onasini ham kofir qilib yuborardi deydi. Ota onasini shu bolasini o'lganligi ota onasi uchun katta musibat. Lekin hikmati bor edi ekanmi?

[22:17] Va man faal tohu an amri men o'zboshimchalik qilib qilganim yo'q bu ishni, murobbi bu buyrug'i dedi. Shuning uchun birodarlar, qanaqa holatda turibmiz hozir? Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy ahvolda. Demak, shu turishimizni nimasi bor? Hikmati bor. Hikmati bor! Va ma'idam abdalaxuf faqodaro alixiris qohvoh. Endi robbisi uni sinab, rizqini tang qilib qo'ysa, nima deydi? Alloh meni xor qildi deydi.

[22:44] Ota onadan ko'ra farzandga mehribonroq odam bormi yer yuzida? Yo'g'a? O'sha ota ona bolasi yeyman desa, bir muayyan bir narsani yegizmaydi. Menga ham beringlar desa, bermaydi. Yig'laydi bola. Aytaylarchi, shu ota ona bolaga mehr shafqatlimi yoki shafqatsizmi? Bolasiga baxillik qiladimi shular shu yerda?

[23:07] Bola tushunmaydi buni. Hamma yeyapti, menga bermayapti, meni yomon ko'radi bular deydi. Lekin nimaga men qilyotuvdi? Bir kasali bor edi, shuni yesa qo'zib ketar edi. Allergiyasi bormidi, oshqozonida kasal bormidi, suyagida, terizda kasali bormidi? Ammo bola buni hikmatini tushunmaganligi uchun ota onani ishiga norozi bo'lib turaveradi. Xuddi shunga o'xshagandek, siz so'rayapsiz rizqingizni keng qilishini. Siz sababini ham qilyapsiz, o'lib tortib ishlayapsiz. Lekin natija siz aytgandayqa bo'lmayapti.

[23:40] Robbiz al akrom, o'ta karamli izoh. Demak nimasi bor buni? Bir hikmati bor. Demak ustimizda bo'layotgan ayrim ishlar bizga yoqmayotgan bo'lsa, buni tushunmayotgan bo'lsak, bu bizni ojizligimizdan. Lekin shubha yo'q, buni hikmati bor, qiyomatda albatta nima qilamiz? Ko'ramiz. Shuning uchun mo'minlarda oxirgi duosi nima bo'ladi? Va axiru da'vahum an ilahemdu lillah herobbila a'lamin. Qiyomat qoyim bo'lib, qilgan duolarini ijobat, dunyoda ijobat bo'lmaganligidan norozi bo'lgan. Qilgan harakatlari, qilgan duolarini, hammasini bu dunyoda bermagan bo'lsa, buni hikmatini oxiratga borganda ko'rib turib, nima deyishadi? Oxirgi tilaklari esa, butun olamlar parvardigori Allohga hamdu sano bo'lsin deydi. Qiyomatga borganda ko'taramiz, birodarlar, mana shu ustimizda ishladi hammasini hikmatini. Nimaga musulmonlar hozir kambag'al? Buni ham bir hikmati bor, birodarlar. Bejiz bo'lmayapti. Hammasini orqasida bir hikmati bor.

[24:44] Al akrom, o'ta karamli ulug' robbimiz aytadi, ey bandalarim, meni bir narsani sizlarga berishim, ikrom qilishim emas. O'sha narsani bermay qo'yishim, xorlashim emas. Ato qilishim sinov, man qilishim da'vo. Ato qilishim sinov, man qilishim shifo. Faqat hali yosh bolaga ovqatni bermasa shifo bo'lib yotgan edi yu.

[25:11] Ha, masalan o'sha qizil narsani esa allergiyasi qo'zib ketar edi. Bermayapti o'sha onorda. Unga bermayotganligi nima? Shifo, faqat tushunmayapti bola buni. Shuning uchun biz ham birodarlar al akrom robbimiz bergan kunga nima bo'laylik? Rozi bo'laylik. Alloh Taolo bir bandani yaxshi ko'rsa, uni ustiga sinovlarni yuboradi.

[25:33] Imtihonlarda yuboradi. Baloli edi. Banda sabr qiladi, duo qiladi, sabr qiladi duo qiladi, Alloh Taolo gunohlarni yuvadi. Mushtdek ko'mir, mushtdek almaz. Agar hozir mushtdek almiz bo'lsa, to'qson to'rt tonna tillani qiymatiga teng bo'lar ekan. To'qson to'. Tonna tillani qiymatiga teng bo'lar ekan mushdek almaz bo'lsa.

[25:59] Mushdek ko'mirda narxi qancha? Mushdek almazni narxini aytdim. Olti yuz gramm, olti yuz gram. Almaz o'zi asli ko'mir. Uzoq yillar yerni tagida qattiq siquv, bosim ostida uzoq muddat turar ekan, ko'mir almazga aylanar ekan. Mo'min banda robbisini sinovlari, imtihonlari, mashaqqatlariga duchor bo'lar ekan, sabr qilar ekan, rozi bo'lar ekan duo qilar ekan, almazga aylanar ekan kunlar. Va shu sinovlar bilan Alloh Taolo o'zini bandasini o'ziga yana ham yaqinroq qilar ekan.

[26:39] Yubut alal maru ala qadaridinihi kishi iymonidagi salobatga qarab imtihonga duchor bo'ladi. Iymonida qanchalasi salobat katta bo'lsa, imtihon shuncha salobatli keladi. Imtihonning eng qiyini mashaqqatlisi Payg'ambarlarga kelgan. Chunki Allohga eng yaqin bandalar bo'lgan. Xursand bo'ling banda. Agar sizni robbingiz ilohiy muolajaga tortgan bo'lsa va bunga siz rozi bo'lgan bo'lsangiz, ko'mirligidan almazlikka o'tasiz, birodar. Norozi bo'lsangiz chi, ko'mirligicha qolib ketaverasiz. O'shanda ham sinov ustingizda turaveradi. Agar Alloh Taolo bir bandani yaxshi ko'rsa, birodarlar, koinotga nido qildiradi. Jabror alayhissalom orqali. E, Jabloil, men falonchini yaxshi ko'rdim, siz ham yaxshi ko'ring. Jabror alayhi assalom yaxshi ko'rar edi. Samo ahliga nido qilinadi, samo ahli yer ahliga nido qilar edi. Ey yer ahli, Alloh falon bandani yaxshi kurdi. Sizlar ham yaxshi koeringlar. Va odamlar o'zlari bilmagan holda shu odamni yaxshi ko'radilar. Odamlarni qalbida unga nisbatan qabuliyat ochiladi. Nimasi uchun? Al akrom bo'lgan robbisi bergan taqdiga rozi bo'lgani uchun, sinovlariga rozi bo'gani uchun Allohga shukur keltirgani uchun. Istanbuldagi Topqopi muzeyida tuxumdek keladigan almaz bor.

[27:58] Tuxumdek. Tuxumdek keladigan ko'mirdan qancha? Almazda asli nima ekan? Ko'mir ekan. Ko'mir mana shu siquv, yertaydagi bosimni ostida uzoq yillar turar ekan, almazga aylanar ekan birodarlar. Alloh Taoloni siz bilan bizni ustimizga berayotgan kuni, bu sinov, siz bilan bizni nima qilishlik uchun?

[28:20] O'ziga yaqin qilishlik uchu. Ilohiy muolajaga ro'baro' bo'lishlik ulug' ne'mat. Alloh Taolo bizni da'volar ekan mana shu salom musibatlar bilan, agar rozi bo'lsak, Robbimizga shunchalar yaqin bo'lar ekanmiz. Chunki falamma nasumi rukki robbihiy, fatah na alayhim abvav va kullishay, xattaida farixu bi ma'utu, aholini alhum bag'datan fahmub mulisum. Endi o'zlari uchun eslatma qilib berilgan narsani unutgan vaqtlarida, bir qavmga Alloh Taolo Payg'ambar yuborgandi, ular iymon keltirishmadi. Kofir bo'ladi, Alloh Taolo hamma dunyo, dunyodagi hamma ne'matlarni xayriyatlab ochib qo'ydi.

[29:01] Zo'r yashayapti ular. Allohga yoqqan joyimiz borki, zo'r yashyapmiz deyishdi. Hozirgi kundagi odamlarni juda ko'pchiligini kallasidagi fikrni aytishdi. Endi o'zlari uchun eslatma qilib berilgan narsani unutgan vaqtlarida, ularga hamma narsani eshiklarini ochib qo'ydik. Qachonki o'zlariga berilgan narsalar bilan shod u xurram turganlarida, ularni to'satdan ushladik, bas butunlay nomurod bo'ldilar.

[29:27] Ey bandalarim, berishim, ato qilishim, izzat ikrom qilishim emas. Men qilishim xorlashim emas. Berishim, atov qilishim sinov, men qilishim da'vo, shifo. Alloh subhanahu va taolo o'zi ilohiy muolajaga kiritib, sabr qanoat berib, mana shu ko'mirlikdan alamizlikka olib chiqilgan bandalardan qilishini so'raymiz. Aqlu qovli ha'da va astag'firulloh ili valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [6:29] Quran Al-Fajr 89:15
  - Said in the lecture: “ammal insano idam abit ala hu robbuhu fa akromahuhu va na ammahuhu fayoqul robbih.”
  - Arabic: فَأَمَّا ٱلْإِنسَٰنُ إِذَا مَا ٱبْتَلَىٰهُ رَبُّهُۥ فَأَكْرَمَهُۥ وَنَعَّمَهُۥ فَيَقُولُ رَبِّىٓ أَكْرَمَنِ
  - Uzbek translation: Bas, qachon insonni Robbisi sinash uchun ikrom qilsa va neʼmat bersa: «Meni Robbim ikrom qildi», deydir.
- [28:36] Quran Al-An'aam 6:44
  - Said in the lecture: “falamma nasumi rukki robbihiy, fatah na alayhim abvav va kullishay, xattaida farixu bi ma'utu,”
  - Arabic: فَلَمَّا نَسُوا۟ مَا ذُكِّرُوا۟ بِهِۦ فَتَحْنَا عَلَيْهِمْ أَبْوَٰبَ كُلِّ شَىْءٍ حَتَّىٰٓ إِذَا فَرِحُوا۟ بِمَآ أُوتُوٓا۟ أَخَذْنَٰهُم بَغْتَةًۭ فَإِذَا هُم مُّبْلِسُونَ
  - Uzbek translation: Eslatilgan narsalarni unutgan chogʻlarida, ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qoʻydik. Oʻzlariga berilgan narsalardan xursand boʻlib turganlarida, ularni birdaniga tutdik. Bas, qarabsizki, butunlay noumid boʻldilar. (Yaʼni, ular istaganlaridan ham ortiq nozu neʼmatlarga koʻmib tashlanganlar. Ammo iymonsiz, tazarruʼsiz kelgan nozu neʼmat yaxshilikka olib bormasligi turgan gap. Kofir-mushriklarga bu narsalar berilsa, xususan, hamma narsaning eshigi ochib qoʻyilsa, orqasida boshqa gapi boʻladi. Bunday boʻlishini xayollariga ham keltirmagan edilar. Birdaniga Allohning azobi ularni tutdi. Endi tavba-tazarruʼ qilishga imkon qolmadi.)

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz din ishlari uchta doiraga bo'linishini ta'riflagan bo'lsa, uchinchi turdagi ishlarni anglash uchun qaysi asbob zarur?
   - a) Aql bilan tadabbur qilish
   - b) His qilish a'zolari
   - c) Ko'z bilan kuzatish
   - d) Sodiq xabarlarni qabul qilish (iymon) — correct
   - Why: Darsda uchinchi turdagi ishlarni (masalan, farishtalar) his yoki aql bilan emas, balki sodiq xabarlarga iymon keltirish orqali bilish mumkinligi aytilgan. [4:05–5:22]

2. Ustozga ko'ra, mol va davlat bandaga nima uchun beriladi?
   - a) Boshqalarni qo'rqitish uchun
   - b) O'z-o'zidan ortib ketishi uchun
   - c) Allohning toatiga sarflash uchun — correct
   - d) Faqat dunyoviy boylik uchun
   - Why: Darsda mol va davlat Allohning toatiga sarflanganda ne'mat bo'lishi va shukr keltirish uchun berilishi ta'kidlangan. [13:15–13:44]

3. Ustozga ko'ra, sabrning mukofoti boshqa amallardan farqli o'laroq qanday beriladi?
   - a) Hisoblanmasdan beriladi — correct
   - b) Shartli ravishda beriladi
   - c) Cheklangan miqdorda beriladi
   - d) O'lchab beriladi
   - Why: Darsda sabrning mukofoti hisoblanmasdan berilishi, boshqa amallar esa cheklangan va o'lchab berilishi ta'kidlangan. [17:49–18:30]

4. Ustozga ko'ra, Allohning bandaga narsa bermasligi (man qilishi) nimani anglatadi?
   - a) Jazo
   - b) Xorlik
   - c) Shifo — correct
   - d) Sinov
   - Why: Darsda Allohning ato qilishi sinov, man qilishi esa shifo ekanligi ta'kidlangan. [24:44–25:09]

5. Ustozga ko'ra, mo'min bandaning Allohning sinovlariga sabr bilan bardosh berishi uning maqomini qanday o'zgartiradi?
   - a) Sinovlar undan uzoqlashadi
   - b) Almazdan ko'mirga aylanadi
   - c) Ko'mir holatida qolaveradi
   - d) Ko'mirdan almazga aylanadi — correct
   - Why: Darsda ustoz mo'min bandaning sabr va roziyligi bilan Allohning sinovlariga bardosh berishi natijasida uning holati ko'mirdan almazga aylanishiga o'xshatgan. [25:59–26:37]
