Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad as soliqul va'dilamin. Allohum ala ilmala na ila ma'lam tana innakantal alimul hikm. Allohum alaylim na ma yonfauna va onfauna bi ma'lam tana vaziydna ilma. Va rina al haqqon va rizqu natibai, va rina al botila botilan va rizqu rojdiynaba. Hoja allam min mayyasida me'un al qovla fayadda biyonah husana, vodixin la birohimate kefiya ibodika solihiyin. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi taolo va barakatu.
Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlarini o'rganishlikdagi navbatdagi darsimiz, bugun alloh taoloning arrob, tarbiyalatgunanda, parvardigor, tarbiya qiluvchi ismi haqida dars qilgan bo'lamiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan abu hurrahi roziyallohu anhu marhamat qiladi, rasululloh aytganlar. Indalillahi tisa va tisayna isman, me'atan illa vohida man axsoha dahalol janna. Payg'ambarimiz aytadilar, albatta alloh taoloning to'qson to'qqizta, bir kam yuzta ismi bor. Kim ularni sanab, o'rganib, yod olsa, jannatga kiradi. Mana shu go'zal ismlarni yodlashlikni o'zi mo'min bandani jannatga kirishligiga kafolat bo'ladi. Valillah ila asma ul husna fado uhu biha. Allohning go'zal ismlari bor, bas uni o'sha ismlari bilan chorlanglar, yod etinglar.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam arrob ismi Alloh Taoloning ismul a'zami deganligi haqida rivoyat bor. Ismul a'zam mana shu to'qson to'qqizta ismining ichidagi eng buyuk ismi. Buni ayni mana bunisi aniq deb birov ayta olmaydi. Ana shu ulug' ismlar, ismul a'zam arbob ekanligi haqida rivoyatlar bor. Yana Al Hayyul Qoyyum ismi ham Alloh Taoloning ismul a'zami degan rivoyatlar bor edi. Yana bundan tashqari bir ma'qul ishtixodlar ham borki, ularda aytiladi, seni holatingga bog'liq bo'lgan Alloh Taoloning ismi ismul a'zam bo'ladi. Ya'ni kasal uchun eng, kasal uchun ismul a'zom ash shafiya, shifo berguvchi degani nima bo'ladi? Faqir uchun Alloh Taoloning istmul a'zomi al mug'niy, ya'ni behojat qiluvchi, boy badavlat qiluvchi degani bo'ladi. Mazlum uchun Alloh Teoloning ismul a'ziomi ala adil, odil. Maqhur, mag'lub inson uchun Allohning ismul a'zami bu an nasr, yordam beruvchi. Demak, kishini holati qanday turgan bo'lsa, shu holatiga munosib bo'lgan ism shu kishi uchun nima ekan? Ismul a'zam bo'lar ekan.
Alloh Taolo Qur'onda marhamat qiladi: la uqu siymu bi hadal balad va antahilum bi hadal balad, va validim va ma'valad. Ey Muhammad alayhissalom, mana shu shaharga, ya'ni Makkaga. Holbuki siz ham mana shu shaharda yashaysiz, hamda ota va undan bo'lgan bolalarga qasam yod qilurman. Alloh Taolo Makkai Mukarramaga qasam ichyapti va ota va undan bilgan narsalarga, bolalarga. Ota bolani o'rtasidagi munosabati. Otani o'zini farzandiga bo'lgan mehri birodarlar beqiyos bo'ladi. Kishini saodati farzandini saodatiga bog'liq bo'ladi. Xotirjamligi farzandlarini xotirjamligiga bog'liq biladi.
Kishi farzandi o'zidan o'zib ketishini xohlaydi. Ilmda, hunarda, xulqda, kasbi hunarda. Aytganman ku, eng yaqin oshnangiz sizni bir sport musobaqasini yutib olsa, eng yaqin og'ayningiz, baribir alam qilib qolasiz, ammo bolangiz yutib olsa mazza qilasiz. Bolasi bilan sport o'ynab yutqizib qo'yganlar bormi ichinglarda? Ha, otasini o'g'lida deb qo'yadi. Yutqizib turib ham mazza qiladi. Chunki u sizni bolangiz. Demak, kishining saodati farzandini saodatiga to'g'ridan to'g'ri bog'liq bo'ladi. Shuning uchun eng mehribon odam ota desak, farzandini nisbatan shunday mehrli bo'ladi. Katta bir muassasani tasavvur qilaylik, bir ish o'rnini bo'shadi.
Shu muassasani rahbari shu o'ringa bir ishchini oladi, sinov muddati bilan. Bir oymi, ikki oymi ishlaydi da. Sinov muddati tugagandan keyin uni yo'l qo'ygan xatolarini bir qator sanab chiqadi. Agar ko'payib ketgan bo'lsa, ishdan bo'shatadi, uni ishga olmay qovuradi. Endi shu rahbar, shu tashkilotning rahbari, shu o'ringa o'zini o'g'lini olmoqchi bo'lsa nima qiladi? Unga ham shu sinov muddatini beradi. Muddat tugagandan keyin uni ham xatolarini sanab chiqadi, lekin maqsad haydashmas. Ana shu xatolarni o'rtaga qo'yib turib malomat qiladi, koyida urishadi, nima uchun?
Ta'lim olishligi uchun. Shu ishlarni qilma deb, uni o'rgatishlik uchun shu ishga, uni boya aytayotgandek imtihonga soladi. Haydab yuborishligi uchun emas. Alloh taoloning arrab tarbiyalovchi, murabbiy, tarbiyat kunanda ismi. Buni tushunishligimiz uchun otani farzandlarga qilayotgan muomalasiga bir qarashimiz kerak, shunda tushunishimiz oson bo'ladi. Ota o'zini oilasi uchun uy barpo qiladi. Uy uchun kerak bo'lgan barcha jihozlarni muhayyo qiladi. Farzandi betob bo'lsa, tabibga yuguradi. Biror ehtiyoji bo'ladigan bo'lsa, uni ro'yobga chiqarishga intiladi. Xato qilsa nasihat qiladi, bilmaganni o'rgatadi, xatoni takrorlayversa jazolaydi. Mana shu jazolayotgan paytda, jazolayotkan paytda, yomon ko'rib jazolayotgandir bo'ladimi?
Yo'q. Modomiki murabbiymi farzandiga, o'sha bergan jazosi ham yaxshi ko'rganligi uchun bo'ladi. Toki shu xatosini nima qilmasin? Takrorlamasin. Demak, arrob kalimasini soddaroq qilib tushunmoqchi bo'ladigan bo'lsak, mehribon, ilmli, shafqatli otani o'zini farzandiga qiladigan muomalasiga qaraymiz. Alloh taolo o'zining oyatlari bilan siz bilan bizni tarbiya qiladi. Shuning uchun biz uchun eng yaqin ism birodarlar arrob, tarbiyalovchi, murabbiy, tarbiyalanganimda ismi. Chunki har kuni Alloh Taolo siz bilan bizni tarbiya qiladi. Mana Qur'onda Alloh Taolo mana shu ismi haqida aytadi, istadibilla. Salamun qavla merrobbir rohim. Ularga mehribon Parvardigori tomonidan salom aytilur. Ya'ni mehribon, tarbiya qiluvchi Parvardigor. Baldatun toyyi batun va robbun g'ofur. Pokiza shahar va mag'firat qiluvchi Parvardigor. Tarbiyalat ko'nanda rob.
Alloh Taolo siz bilan bizni tarbiya qiladi. Aqlimizni, jasadimizni, nafslarimizni. Alloh Taolo tarbiyasini agar bizni ustimizdan bir lahzaga olib qo'yadigan bo'lsa, biz halok bo'lib ketamiz. Men ko'p aytaman u, o'sha bir osh ham oshni oldingizda, yutdingiz. Ba'zida bir dona guruch o'tib ketib qoladi, qirib tortganda. Qayerdan tushadi? Adabiyizni aytsangiz a? Ya'ni Alloh Taolo mana shu joyda, boyagi ma'dagi klapaningizni tarbiya qilib turadi, o'zi idora qilib turib boshqarib turadi, adashmaydi. Tonnalab gurish yeysiz umringiz davomida. Ammo nima bo'lmaydi? Qoqib ketmaysiz, adashib ketmaysiz. Suv ichayotib, o'sha boya aytgandek, o'tib ketib qoladi. Nima bo'ladi? Adavezyeysiz.
Arb. Bu simning nozik ma'nosi. Alloh Taolo parvardigorimiz barcha narsaga o'zini xilqatini, shaklini ato etdi va uni to'g'ri yo'lga solib qo'ydi. Mana Fir'avnning huzuriga Muso alayhissalom kirganida, Fir'avn so'radi. Qola, faman robbukumi, ya Muso? Ey Muso, sizlarda robbinglar kim? Horun va Muso alayhissa salom ikkalasi kirganida, sizlarni ikkovinglarda robbinglar kim dedi. Shunda Muso alayhissalom robbisini tanishdi. Qola robbuna la diya ato kun la sha in hol qahhu simma hada. Muso aytdi, parvardigorimiz, ya'ni bizni robbimiz, barcha narsaga o'z xilqatini, shaklini ato etib, so'ngra uni to'g'rilab yo'lga solib qo'ygan zotdir. Shaklini berdi va to'g'ri yo'liga solib qo'ydi. Munosib shaklni berdi. Munosib sur'atni berdi, munosib his qilish organlarini berdi, munosab xususiyatlarni berdi.
Bir hayvonda bor xususiyat, ikkinchisida yo'q. Chunki birinchisiga kerak bo'lgan bu xususiyat ikkinchisiga kerak emas da. Sutayda yashaydigan jonivorlar bor. Uni xususiyatlari qurug'ida yashaydiganga to'g'ri kelmaydi. Hayvonlarda shunday bir xususiyat bor, insonga to'g'ri kamaydi bu narsa. Mana ana shu Alloh Taoloning maxluqotlaridan bitta eng haqir pashani ko'rib chiqamiz. Ayrim misollarda aytamiz. Mana kichkinagina mitti jussasi bor. Alloh Taolo bunga shunday bir xususiyatlarni joylab qo'yganki, Parvardigor, birinchisi, u unda haroratni his qilishlik degan narsa bor.
Qarang, kichkinagina, mana shu boshida yuz dona ko'zi bor. Tasavvur qiling, odamni boshida yuzta ko'z o'zi. Chashka joy qoladimi? Yuzta ko'zi bor. Yana qirq sakkizta tishi bor. Yuragi nechta? Bitta emas. Har bitta qonotiga bittadan yurak. Ya'ni mana shu kichkinagina mitti jussasiga Alloh Taolo shuncha narsani nima qilib qo'ydi? Sig'dirib qo'ydi. Birodarlar, haligi kichkina bunday jihoz ovoz yozishini o'ylab ko'rib turib, mana shu ovoz yozar ekan, qara, qoyil qolish kerak deysiz da, bir odamni aqliga qoyil qolasiz. Ozgina shu tirnoqdagi narsa, fleshkani oling mana, kichkina fleshkani. Shunga shunchalik ssig'adi ya deysiz. Bu odam bolasi aqli bilan o'ylab topgan narsa shunchalik qoyil qoldiryapti. Siz pashani tasavvur qiling bir odamlar. Pashani. Og'zi nimaga tegsa, shuni eritar ekan, suyuqlikni aylantirib tashlaydi bu narsa. Pasha birodarlar narsalarni rangi, hajmi, shakli bilan ko'rmaydi. Harorati bilan ko'radi. Radar deb qo'yinglar. Shuning uchun Alloh Taolo unga mana shu haroratni his qilishlik xususiyatini berdi. Mehribon Parvardigor. Ikkinchisi, keyingisi, qon navini ajratadi pasha.
Bitta xonada ikkita akuga yotadi, bittasini pasha chaqmagan joyi qolmaydi badanida. Ikkinchisiga pasha tegmagan. Demak pasha chaqishdan avval, uni qonini so'rashdan avval, u qonunni nima qiladi? Tahlil qiladi. Diagnoz qiladi, analiz qiladi. To'g'ri kelsa ichadi, to'g'ri kemasa ichmaydi. Guvoh bo'lgansizlar, o'ylab ko'rganmizmi shu kichkina biz g'ashimizga aytadigan pashani jussasi shuncha bir mo'jizalar borligini?
Aytdik ku, Parvardigorimiz barcha narsaga o'z xilqatini, shaklini ato etib, so'ngra to'g'ri yo'lga yo'llab qo'ygan zotdir. Bu pashada shuncha bir mo'jiza turibdi. Yana bitta xususiyati, anesteziya deydimi, nima deydi, doktorlar bo'lsa to'lab qo'yinglar. Anesteziolog deydi a? Qonningizni yorib, apenditsidni chiqarishdan olib ol, tomirdan qo'yadi haligi narkozini, hidlatadi. Og'rig'ini his qilib medikon qilib qo'yadi. Keyin qonningizni yo'radi. Pashada shu xususiyat bor ekan, birodarlar. Chaqadigan joyini olib ol, shu yerda og'riq desangiz medikon qilib turib, keyin chaqar ekan. Chaqib ketdi. Haligi suyuqligining ta'siri yo'qolgandan keyin qichishni boshlaydi, pasha bor deb uraverasiz. Pasha tushib ketib bo'lgan allaqachon. Birodarim, mana shu kichkina mitti pashshaga Alloh Taolo munosib shaklni, munosib xususiyatni berdi va o'zini yo'liga yo'llab qo'ydi. Parvardigorimiz barcha narsaga o'z xilqatini, shaklini ato etib, so'ngra uni to'g'ri yo'lga solib qo'ygan Zotdir. Laqoda xoloq nal insana fiy axsanay taqvim. Darhaqiqat biz insonni eng go'zal suratni yaratdik. Endi insonni qo'yavering endi. Agar insonni jasadidagi bor bo'lgan Alloh Taoloni mo'jizalari, Alloh Taolo insonga bergan, jasadiga bergan xususiyatlarni sanasak, birodarlar ancha vaqt ketadi.
O'shanda ham oxirigacha yetkaza olmaymiz seni. Alloh Taoloning buyukligini birodarlar mana shu homilani yaralishida ko'ramiz. Mana homila paydo bo'ldi, o'zi mo'jiza u. Tug'ildi. Mana biz atrofimizdagi birodarlar narsalarini yuzaki sadqi bilamiz xolos. Agar chuqurroq qarab, mana shu narsalarga, chuqurroq fikr qilib ko'radigan bo'lsak, biz robbimiz nimalarni ato etganligini ko'rib, qalbimiz Alloh Taolo'ga shukur keltirishlik bilan erib ketishligi kerak. Allohga hamd aytishimiz kerak bo'ladi.
Onasini ustida yosh bola uchun temir moddasi yo'q. Ikki yasharga yetmasdan turib ovqat yeya olmaydi. To ikkiga kirib, ovqatlarni mustaqil yeb, shu yegan ovqatidan temir moddasini o'ziga jamlagunicha onani ustida temir moddasi yog'dedik. Mana shu chaqaloqni o'tiga Alloh Taolo ikki yilga yetadigan temir moddasini joylab qo'ygan bo'ladi.
Aytyapman ku, innama yaxshi Alloh, meni aybadi h al ulama. Allohdan olim bandalar ko'proq qo'rqadi. Ya'ni olim kim? Allohni azamatini ko'rgan, Allohni azamatin haqida tafakkur qilgan, tushungan odam. Bo'lmasam qarab qo'yib pashshada o'tib ketaverasiz da. Tug'ildi bola. Onasini ko'ylagini yemadi. Solishiga yemadi. Kim berdi bu ilhomni? Hali ko'zi ochilgani yo'q, hali aql idrok hech narsa yo'q. Shu xususiyatni kim berdi? Alloh taolo. Demak, birodarlar, Parvardigorimiz barcha narsaga o'zini xilqatini, shaklini berdi va uni to'g'ri yo'lga yo'llab qo'ydi. Parvardigorimiz azza va jalla. Robbisini mana shunday bir nozik oyatlarni tushungan odam uni urug'lashidan boshlash orasi qolmaydi. Mana osmonlar va yer haqida tafakkur qilish Alloh taologa siz bilan biz yetkaza oladigan eng yaqin yo'l. Mana hozir pashani gapirdik. Mana endi ketdi gapiramiz. Yuz ellik tonna. Ellik tonna yog'. Ellik, ellik tonna suvik, ellik tonna go'sht.
Shu kit o'zini bolasini kunda uch marta emizar ekan, har emizganda uch yuz litrdan sut berar ekan. Bir kunda bir tonna, salkam bir tonna sut ishlab chiqaradi. Pashshani o'ziga yarasha xususiyatlarini berdi, kitga o'ziga yarashi. Demak, bir xitoylar shu pashshadan boshlab, kitgacha bo'lgan maxluqotlar haqida ozgina fikr qilib ko'raylik da. Haqiqatdan Parvardigorimiz har bitta narsaga o'zini xilqatini ato qildi va uni to'g'ri yo'lga nima qildi? Yo'llab qo'ydi.
Qolaro buni ato kullashain xol qohi summa hada. Parvardigorimiz barcha narsaga o'zi xilqatini, shaklini ato etib, so'ngra uni to'g'ru yo'lga solib qo'ygan zotdir. Arb, Parvardigor. Tarbiyat kunanda. Mana har kuni biz alhamdulillahi robbila a'lamin deymiz. Olamlarning tarbiya, tarbiya kunandasi, olamlarni tarbiya qiluvchi Allohga hamdu sano bo'lsin. Necha marta qaytaramiz bir kunda robbilar a'lamini rob so'zini? Ismini.
Va boshqa hech qaysi ismini bunchalik takrorlamaymiz, e'tibor beringlar da. To'g'rimi? Komil, Olim, Rahm shafqatli Ota, bolalarini doim nazorat qiladi. Qayerga ketdi, qachon keldi, kim bilan yuribdi, do'stlari kim, nimalar bilan mashg'ul. Mana shu mutoaba, kuzatuv xususida Robbimiz nima deydi, Aziz va Jalol? Astaytibillah, afaman huva qo imun ala kulli nafsin bima kasabat.
Axir u Alloh har bir jonning qilgan amali ustida kuzatib turguchi zot emasmi? Ya'ni bu so'rog'iga bu o'zi asli darak gap ma'nosida, darak gap ma'osida. Men kuzatib turaman har bitta narsani deyapti. Bemor tabibni oldiga borar ekan, shu balnitsasiga yotar ekan. Tabib uni ko'radi da, qon bosimini tekshiradi, temperaturasini tekshiradi. Saxrini tekshiradi shunga qarab tavsiya beradi. Va nazorat qilib turadi. Agar hamma narsa tabib aytgandaqa bo'lsa, natija ijobiy bo'ladi. Agar tabibni ko'rsatmasiga teskarish qilsa, natija salbiy bo'lgandan keyin, bu mehribon tabib nima qiladi? Operatsiyaga yotqizadi da endi. Ha? Endi qarang, qonun yorayotganda, unga yaxshilik qilyaptimi, yomonlik qilyaptimi tabib?
Allohu xoliqu kull shay. Alloh barcha narsaning yaratguvchisidir. Va huva a'la kull shay vakil. Va u barcha narsani ustida vakil, homiydir. Rob azza va jalloh, tarbiya qiluvchi, murabbiy, tarbiyat kunanda. Ibrohim alayhissalom, Ibrohim alayhi assalom mana Namrud bilan turar ekan, o'zini qomini da'vat qilar ekan, shunday dedi. Astaytubillah. Qola, afaroy tunma kun tun ta'budun, an tun va a ba ukun mul aqdamun, fa innahum adun li ila robbala a'lamin. Ila robbal a'lamin. Ibrohim aytdi. Sizlar o'zingiz ham, qadim qadim ota bobolaringiz ham ibodat qilguvchi bo'lgan butlaringiz haqida hech o'ylab ko'rdinglarmi? Shak shubhasiz ular men uchun dushmandir. Faqat robbila alamin dushman emas.
Qarang, alladiy xolaqaniyev va huvoyahdin. Endi robbisini Ibrohim alayhissalom tanishtiryapti. U meni yaratgandir. Bas o'zi meni hidoyat qilur. Uning o'zigina meni to'ydirur va qondirur. Kasal bo'lgan vaqtimda uning o'zi menga shifo berur. U meni o'ldirur, so'ngra qiyomat kunida qayta tiriltirur. Ya'ni meni tarbiya qiladi. Hidoyat qiladigan ham o'zi, qornimni to'yg'izadigan ham o'z, kasal bo'lsam, shifo beradigan ham o'za. Qarang da.
Va idam marittuf ahvoyashfin, agar kasal bo'lib qolsam, shifoberadi deyapti. Endi o'ldirib tiriltiradi deyapti. O'lishlik meni ishim emas. Alloh o'ldiradi, ammo kasal qiladi demayapti. Alloh kasal qilmaydi, birodarlar. Banda Alloh chizgan manxajdan chiqib ketgandan keyin, banda kasal bo'shlik sababini qiladi, Alloh kasal yaratib beradi. O'zim kasal bo'lsam deyapti. Shunda nima qiladi meni? Endi Alloh bergan dardda deb qo'yadi. Alloh dard berar ekanmi? Berar ekan, qachon? Qachon berar ekan dardni? O'zimiz so'rab olganimizda.
Shuning uchun Alloh Taolo bergan shu dardi mehribonligi. Musulmon kishi aqidasini yaxshi bilishligi kerak. Ana shu aqidasini ya xshi bilishligi uchun Alloh Taoloning go'zal ismlarini, asmoli husnoni o'rganib chiqishligi kerak'. Payg'ambarimiz aytdilar ku, Alloh Taoloning to'qson to'qqizta, bir kam yuzta ismi bor. Kelib uni sanab, o'rganib, yod olsa, albatta jannatga kiradi. Alloh Taoloni ismlari siz bilan bizga yaqin birodarlar. Eng yaqini arrob, parvardigor ismi. Kasal uchun eng yaqin ismi ash shafi, shifo beruvchi. Faqir uchun eng ya qini ismi almug'niy, behojat qiluvchi, boy badavlat qiluvchi. Mazlum uchun Alloh Taoloning eng yaqin isimi ala adil. Demak, sizni holatingizga qaysi narsa munosib? Alloh Taoloning qaysi ismi sizga to'g'ri kelyapti? Mana shu ism sizga eng yaqin va mana shu ismiz uchun ismul a'zam bo'ladi.
Asmonu xursulonni o'rganishlik musulmon kishining aqidasini muhim qismi hisoblanadi. Arrob, parvardigor, tarbiyat kunanda, bu ism haqida gapiradigan bo'lsak, bir mavzuni tashlab o'tib ketishga haqqimiz yo'q. Bu musibatlar mavzusi. Musibatlar. Rob ismini o'rganarkanmiz, musibatni ham qo'shib o'tishligimiz kerak shu yerda.
Alloh taolo bandalariga musibatlarni yuborib turadi, sinovlarni yuborilib turadi, tavba qilishlari uchun. Tavba alayhim liyatu bu. Tavba qilishlari uchun ularga tavba yo'lini ochdi. Mana hozir ommaviy axborot vositalarining imkoniyati juda keng bo'lib ketgan. Avval bitta telekompaniya bo'lsa, bir mamlakatda bir boring bir beshta telekompaniya olardi. O'sha har bitta telekompanyani boringki bir o'n tadan kamerasi bor edi. Demak, beshta telekompaniyani o'n tadan kamerasi bo'lsa, butun davlatda ellikta kamera bo'lardi. Hozir nechta kamera bor?
Odamlarning qo'lida cho'ntagida ikkitadan kamera bor. Ya'ni sodir bo'lgan voqeani bir pastda syomka qiladi da, vlojit nada deydi, shart qo'yib qo'yadi. A? Shu musibat oldi, bilasizlarmi? Musibat oldi. Uxlayotgan joydan olib qo'yib bo'lyapti, olish kerak bo'lmagan joydan olib qochib qo'yapti. Akalar, sizlar suratga olib birga qo'yapsizlar, videoga olib qo'yyapsizlar, shu kishining roziligi bo'lmasa, xoronga ishni qilyapsizlar.
Haqqingiz yo'q da, haqqi yo'q da, sizdan so'ramadim. Sizlar nima qilyapsizlar? Uxlayotgan joyda otib qo'yib yuboryapsizlar. To'g'ri aytyapmanmi? Hozirgi kunda biror bir hodisa, voqea bo'lsa, bir pastda butun dunyoga tarqab ketyapti. Dunyo bir kichkina qishloq emas, bir mahallaga o'xshab qoldimi deb. Bu ish bo'p bo'lgandan keyin hamma tahlil qiladi. Nima uchun bunday bo'ldi? A bunday bunday bo'ldi. Fikrlar bildiriladi. Fikrlar bildirladi. Unday bo'lsa bunday bo'lardi, bunday qilsa bunday.
Va as baxalakum ne amah u zohiratan va botinan. Va sizlarga barcha zohiriy va botiniy ne'matlar komil qilib berdi. Ne'matlar bor birodarlar ustimizda. Zohir ko'rinib turganlar bor, ne'matlar bor, botin, ko'rinmaydi. Zohiriy ne'matlarda biror bundayda, bo'lib sodir bo'lgan bir voqeani tushunish, anglash qiyin emas, ammo nima uchun shunaqa bo'lganligini bilishlik qiyin. Qaytaraymi? Sodir bo'lkan voqea hodisani tushunish anglash, xabardor bo'lishlik qiyin emas. Xabarni bir pastda yetkazishyapti bizga. Ammo nimaga shunaqa bo'tganligini bilishligi qiyin. Agar nimaga shunaqa bo'lganligini bilsangiz, shu yomon voqeani takrorlanmasligiga siz nima qilasiz, sababini qilasiz.
Mufassalar aytishadi, ko'rinib turgan ne'matlar bu sog'lik, moli davlat, farzandlar, boshpana. Tushunarli. Endi ko'rinmay turgan ne'matilar esa chi? Botiniy ne'matlar chi? Botiniy nematlar bu musibatlar. Musibat ne'mat deyilyapti. Musibat ne'mat deyilyapti. Parvardigor boshimga musibat solmagin deb duo qilamiz.
To'g'rimi? Musibatdan panoh tilaymiz. Lekin musibat kelaveradi. Shu musibatda nima ekanligini tushunsa, mo'min banda hatto musibatida ham xayriyatga ega bo'ladi. Mana ko'rib chiqamiz. Bu musibatlar qanday qilib ne'mat bo'ladi bizga? Inson ijobiy narsalarni yaxshi ko'radi. Salomat bo'lishini, boy badavlat bo'lishini, muammolarni yo'q bo'lishini yaxshi ko'radi. Ammo faqir bo'lishini yomon ko'radi. Farzandsizlikdan alamlanadi. Mo'min banda zohiriy ne'matlarni anglab ko'rganidek, bilganidek, botiniy ne'matlarni ham anglashligi kerak. Qanday qilib anglaydi? Qanday qilib botiniy ne'matlarni anglaydi?
Ko'rgandan keyin, bir ish bo'lib bo'lganidan keyin u xabarni tekshirib qo'yishlik bir pastlik. Eshitdinglar, manaqa bo'pti, ha eshitdik. Undan bundan so'radingiz, yuvoqlikka o'tishdi. Ha bo'ldi, tushundim, demak bo'pti. Xabarni aniqlashlik oson. Ammo nima uchun shunday bo'lganligini bilishlik qiyin bo'ladi. Mo'min odamni qo'lida huzurida kitobi sunnat bor.
Va mana shu kitobi sunnatni bergan ilmi ma'rifati nuri bilan bo'lgan ishlarni tahlil qila oladi. Misol. Misol shuki, mashinangiz yurib ketyapsiz, yog' og'zayib ketdi da, qizil chiroq yonib qoldi. Ya'ni xabarni ko'rdingiz, aniq ravshan. Chiroq yonilib qoldi. Nimaga yongani bilmaysiz. Ketaverasiz.
Keyin nima bo'ladi? Motor stuk beradi, ushlab qoladi. Katta chiqimga tushasiz, saparingizdan qolasiz, maqsadingizga yeta olmaysiz. Demak, bu chiroq yonganini ko'rishlik bitta narsa. Nima uchun yonganligini bilishlik ikkinchi narsa. Ana shu hayotimizda bo'layotgan musibatlarni qizil chiroq deb qarasak, nima uchun bo'lganligini bilsak, motorimiz tug'ib bermaydi.
Fikrni tushundinglarmi? Bizni ustimizga kelgan shiddat, makruh va mashaqqatli ish, bu qizil chirok. Qayerdadir xato ketdik, shu narsa bizga belgi bo'ldi. Ha, yonib qolibdi deb ketavermaydi. Nimaga bunaqa bo'ldi deb deb tahlil qiladi? Mo'minni boshqalardan farqi shunda. Kitobi, sunnatni nuri bilan mana shu ishlarni sababini, hikmatini anglaydi.
Shuning uchun aytilinadiki, bir kishini ustiga musibat kelsa, shu musibat, shu odamga dars bo'lmagan bo'lsa, bu odamni bu holati boyagi musibatdan ko'ra yomonroq musibat. Tushunarli yo'lda? Bir marta qoqildi. Shu qoqilishda dars bo'lmadimi? Demak, bu odamni musibati shunday kattaki, bu qoqilish hech narsa emas da.
Ko'r hassasini. Ey, men bu narsalarni ko'raverma. Telefonda har xil odamlarga beraverma, har xil narsani ochib ko'raverma deydi, xo'p deydi, bir marta qoqildi adamini edi. Kerakmas narsani ko'tarib ushlab qolib muammo bo'ldi. Keyin nima qilaveradi? Demak, yaxshi otga, ya'ni kelgan musibatni banda to'g'ri tushunmasa, Alloh Taolo unga bir risolat, belgi qilib yuborgan edi. Agar musibati Alloh undan kutgan narsada tushunmasa, albatta bu katta balo bo'ladi.
Robbimiz bizni tarbiya qiladi, chunki Robbul a'lamin, arbob tarbiya qiluvchi. Mana shu musibatlar siz bilan biz uchun tarbiya. Alloh Taolo bandalariga qiladigan muomalasi. Birinchisi, bayoniy hidoyat. Alloh Taolo hidoyatini bildiradi, payg'ambarlar orqali, o'zini kalomi orqali. Manda uchun shuni qabul qilish yaxshi. Alloh taolo aytadi, ya ayyuha'lla dina a manu, istaji bu lillahi va li ro'sul, ida da'akum lima yuhiykum. Mana da'vat. Ey mo'minlar, Alloh va uning payg'ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga, dinga da'vat qilarkan, uni qabul qiling. Mana bayon. Payg'ambar sizlarga ikki dunyo saodatini beradigan narsani olib keldi, qabul qilinglar. Qabul qildi, manda yutdi.
Agar qabul qilmasa, Alloh tomonidan tarbiya berishlik boshlanadi. La nuridiyqon nahum minal adabil adna dunal adabil akbar la allahum yarji'u. Hidoyat kelgandi, qabul qilmadi. Endi keyingi bosqich. Nima u? Albatta biz ular kufr isyonlaridan qaytishlari uchun ularga ulug' azobdan ilgari yaqin azobni, dunyo azobini toptiravermiz. Allohda ko'rsatmasini qabul qilmadi, Alloh Taolodan sinov imtihonlar keladi.
Boya mana aytdik, oshqozonini davolayotgan bemor balnitsada tabibni ko'rsatmasiga rioya qilsa yaxshi bo'lib qoladi. Rioya qilmadi. Yema degan narsani yedi. Xo'p, bu bayoniy ko'rsatma edi. Muammo narsalarda qiling, ma'no narsalarda qilgin degan edi. Qimovdi, oshqozoni yorilib ketdi. Endi nima bo'ladi?
Endi nima bo'lladi? Operatsiya stolga yotqizadi da, qonini yoradi endi. Yaxshi lishi, qimovdingizmi, endi nima boldi? Endi buyog'iga mashaqqat. Robbimiz ham birodarlar, mana shunday munosabat qiladi siz bilan bizga. Oyatni qarang da. Ma yaf'alullohu biya adabikum insha kartun va aman tun. Ey bandalar, agar sizlar shukur keltirib, imomni qabul qilsanglar, nima qiladi Alloh sizlarni azoblab? Nima, Alloh Taoloni azoblashligi Allohga, Robbimizga kerakmi? Azoblashi bizga kerak bo'lyapti. Chunki nima qilmayapmiz? Nima qilmayapsiz? Sovuq suv ichma, bolam, deysiz. Karantin boricha shunday ichib olib oladi a? Sovuq suvuq ichma, deysiz. Bayon qildingiz, hidoyat qildingiz. Ammo ishda, keyin nima qilasiz? Endi ukolga olib borasiz. Ichmada ekaningiz ham mehribonligida. Endi ukolga oborishingiz ham nima bo'ldi? Bu ham mehribonlik bo'ldi.
Demak, banda Allohni Payg'ambarning chaqirig'iga ijobat qilsa, shu musibatlardan omonda bo'ladi. Ikkinchisi. Tarbiyaviy ta'dib. Agar Allohni ko'rsatmasini qabul qilmagan bo'lsa, ikkinchi bosqichga o'tadi. Bu endi adabini berish bizni tilda. Adabini berishlik. Albatta biz ularni o'z kufr isyonlardan qaytishlari uchun ulug' azobdan ilgari yaqin, ya'ni shu dunyodagi azobni torttiramiz. Birinchisi bayon, ikkinchisi adabini berish, uchinchisi istidroj. Ya'ni vaqtincha nima qilish? Foydalantirib turishlik. Allohni ko'rsatmasi keldi, qabul qilmadi.
Musibat kelmaydi ayrimlarga, bilasizmi? Hech narsa bo'lmaydi. Tuxumat qilsa ham zo'r. Birodar haqqini yetsa ham bir joyi og'rimaydi. Bironta nimasi yo'q, muammosi yo'q. Bu istidroj deyiladi. Shuning uchun bir banda Allohni man qilgan ma'siyatlariga sho'ng'ib yotganida ham, ustiga hech qanday sinov, mashaqqat kelmayotganligini ko'rsa, hushyor bo'lsin bu odam. Bu istidroj deyiladi. Istidroj nima edi?
Ko'tarib turib, yerga chopish. Qancha baland ko'tarsa, shuncha qattiq tushasiz yerga. Falamma nas u ma'duki rubehi, fatah na alayhi mabvaba kun li shay. Alloh Taolo bir qavmda aytyapti. Endi ular o'zlari uchun eslatma qilib berilgan narsani o'tgan vaqtlarida ularga hamma narsani eshigini ochib qo'ydik. Qabul qilmadi, kufr isyonda turib oluvdi, Alloh Taolo hamma yaxshiliklarni eshigini ochishib qo'ydi. Bular zo'rligimiz uchun ochib qo'ydi deb o'ylaydi, lekin nima edi bu?
Demak, birinchisi, hidoyat bayoni, ikkinchisi, adabini berish, xatosiga jazo berishlik, uchinchisi, istidroj, to'rtinchisi, endi vayron qilish, halok qilishlik. Bayoniy hidoyat ijobat qilish uchun komil imkon edi. Adab berish, tavba qilish uchunga komil imkon eda. Istidroj, shukur keltirishlik uchun komil ham imkon edi, foydalanmadimi? Endi nima keladi? Endi vayron qilichlik keladi. Endi o'zlari uchun eslatma qilib berilgan narsani unutgan vaqtlarida, ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qo'ydik. Istirojida. Endi yerga urish. Endi chopishini ko'tarib. Qachonki o'zlariga berilgan narsalar bilan shod turganlarida ularni to'satdan ushladik. Alloh taoloning ilohiy adabiga duch kelish, Alloh taoloning illohiy adabidan uzoq bo'lishdan ko'ra yaxshiroq. Chunki musibat kelsa, tavba qilasiz. Musibat kelsa gunohingiz yuviladi. Musibat keltsa ko'zingizni ochasiz. Endi agar shu musibat kelmasa chi, qonning zo'risi Alloh deysiz. Pulingiz yo'q bo'lsa Alloh deysiz, qarzingiz bo'lsa Allohni deysiz. Demak, hech qanday muammosi, musibati bo'lmagan odamga Alloh deyishlikka nima yo'q?
Alloh arb, tarbiya kunanda, bandalarni tarbiya qiladi. Nima bilan? Musibatlarni berishlik bilan. Agar inson shu musibatda Alloh tomonidan kelgan risolat, xabar, bildiruv ekanligini tushunsa, albatta bundan foyda oladi. Agar beparvo endi o'n besh qorin qilib bo'lsa, o'n besh yorug', deydi yu. Bu noto'g'ri tushuncha. Mo'min odam unga bir musibat kelganda darrov orqaga qaraydi, qayerda xato ketuvdimikin, qaysi qilgan xatoyim uchun bu jazo bo'lyapti ekan. Orqani qaraydi.
Demak, mo'min odam, unga kelgan musibatni Robbisidan kelgan bir signal deb tushunadi. Qayoqqa qaraydi? Orqasiga qaraydi. Ehtimol onasini norozi qilib chiqqan. Ehtimol biror dildan ortib kelgan. Agar shu, shu nuqtai nazardan musibatlarga qarasa, musibat uchun mukofot oldi. Qaytib nima qilmasin? Onasini dildan ortmasin, qaytib birorda haqqini?
Demak, ilohiy adabga ro'baro' bo'lish, ilohiy adabsdan uzoq bo'lishdan ming marta afzal. Ilohiy adabiga itoat qilsak, bizni ikki dunyoda hayriyat kutadi. Ikki dunyoda. Demak, Alloh Taolo bandalarini gunohlarni yuvishlik uchun, ularga ta'lim berishlik uchun ularga odob ularga odob berishlik uchuncha nima qilar ekan? Musibatlarni berib turar ekan.
Aqlu qovli ha da, o astag'firullohu alayhi va alamu alaykum, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.