MMaviza
Al-Mavlo, Al-ValiyTekserilgen20 daq

7-Dars (1-bo'lim) Al-Mavlaa Al-Valiy (Asma-ul-Husna) 2020

Abdulloh Domla · Asmoul husno

Būl til üşin audarma äli joq. Tömende tüpnūsqa (özbekşe) mätin körsetilgen.
0:00
20:01
Özgerister tarihı

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbilari ilamin. Vassolatu vassalomu ala saidina muhammad as sodiqul va adil amin. Allohumma la ilmalana illa ma'lam tana innaka antala alimul hakim. Allohumma alimna ma ya'nfauna va ma'nafiy ma'lam tana va zidna ilma. Allohumma arenal haqqa haqqon va rizqu natibaa va arenal ba'tila ba'tilan va rizqu natijdeenaba. Vo ja'anna min mayyasida me'un al qovla fayetta be'una husana. Va adhixin la bi rahmatika fii ibadika solihin. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatuh.

Alloh azza va jallaning go'zal ismlaridan, asmo ul husno darslar silsilasidan bugun al mavla, al valiy, alloh taoliy mana shu go'zal ismini dars qilgan bo'lasiz. Bu sim qur'oni karimda vorut bo'lgan, mutloq bo'lib ham, muzoq bo'lib ham. Astay debillar. Voyin tavallav, faylamu anna Alloha mavla kun, ni amal mavla va ni amal nasir. Agar kofirlar iymondan yuz o'girsalar, bas, ey mo'minlar, bilingizki, shubhasiz Alloh xojangizdir, mavloyingizdir. U zot naqadar yaxshi xoja va naqadar yaxi yordamchidir. Keyingi oyat. Astadbulla va atasiyu billahi huva mavlaqum fani amal mavla va ni'man nasir. U sizlarning hojangizdir, mavloyingizdir. U zot naqadar yaxshi hoja va naqadar ya xil madadkordir. Keyingi oyat. Muzoq bo'lib yuborilib bo'lgani, g'alika bi amnalloha mavlanladingna amanu va annal kafiringna la mavlanlahum. Bunga sabab, ya'ni Allohnı mo'minlarga yordam berishiga sabab, Alloh iymon keltirgan zotlarning do'sti, homiysi ekanligi, kafirlar uchun esa hech qanday homiy yo'q ekanligidir.

Qul lan yusi' mana illa ma kataballohu lana quva mavlana va alallohi falyat avakkalil muminun. Ayting, ey Muhammad alayhissalom. Bizga faqat Alloh biz uchun yozib qo'ygan narsagina yetur. U bizning xojamizdir, mavloimizdir. Bas iymonli kishilar faqat Allohga yana suyansinlar. Al mavla, al vali, do'st, xoja, homiy, yordamchi, madadkor. Al vali, al mavla.

Mavlo so'zi o'zi asli hojaga, sayyidga, rahbarga, boshliqqa nisbatan ham ishlatilinadi va uni aksi bo'lgan ikkinchi tomon, past tomonga ham ishlatiladi. Arab tilidagi bir ajib kalimalardan keyin ikki tomonga ham ishlavoradi. Bir kishi o'zini qo'lini ozod qilib, unga bir ozodlik hurriyat bergan bo'lsa, aytadiki, bu meni mavloim deydi. Demak, ozod bo'lgan qulga ham mavlo deb ishlatilinyapti. Endi boyagi ozod bo'lgan qul o'zini saidiga qarab turib, bu kishi bizni mavlonimiz deydi. Tushunarli ekan, ikki tomonga ham ishlar ekan bu kalima.

Endi biz Alloh taoloning almavla, alvali, hoja, do'st, madadkor, yordamchi, mana shu ismini dars qilamiz inshaalloh. Insonni tabiatida dinga bo'lgan ehtiyoj bor. Xuddi suvga, ovqatga yoki havoga bo'lgan ehtiyoj kabi. Alloh taoloning mana shu go'zal ismi bizni bir mavzuga teglaydi. Bu mavzu dindor bo'lishlik. Inson dindor bo'lmay iloji yo'q. Chunki inson zaif qilib yaratilgan, tabiatida ojizlik, zaiflik bor. Kimgadir yoki nimagadir suyanish kerak, kimgadir nimagadir sig'inish kerak, kimdandir yoki nimadandir yordam talab qilishlik kerak. Inson zaif.

Alloh azza va jala insonni mana shunday zaif bo'lib yaralishini xohladi. Insonni zaif qilib yaratishini xohladi. Mana shu insonni zotidagi zaiflik nuqtalari. Birinchisi, zaiflik. Inson zaif. Va xul qal insanu doifa. Inson zaif qilib yaratildi. Mana shu zaifligi uni foydasiga. Hammamizga ma'lum, bir qimmatbaho bir stanokni tasavvur qilaylik, falon pulga kelgan, kuchli, o'ta qimmat, juda ko'p bir, a a, ishlarni bajaradigan stanokni tasavr qilaylik, toker stanokini. Shuni elektr toki bilan ishlaydi, bilamiz hammamiz. Shu elektr toki keladigan joyida kichkinagina bir zaifroq bir, a a, qismni qo'yib qo'yadi, detalni, bizni tilda aytganda. Bu predaxnitel deyiladi. Xullas, agar elektr toki birdaniga kuchayib ketsa, tok birdaniga ko'tarilib ketganda, kuch shu pridaxnitelga keladida, shu kuyib qoladi va mana shu zaif joyi stanokni sog' qolishligini ta'minlaydi.

Demak, shu pridaxnatel, shu stanokdagi eng zaif qismi va mana shu zaf qismi bo'lishligi kerak, stanok sog'lom qolishligi uchun. Xuddi shunga o'xshagandek. Alloh subhanahu va taolo insonni tabiatiga mana shu zaiflikni joyladi, halok bo'lib ketmasligi uchun. Shu zaifligi uni Allohga muhtoj qiladi, Allohga yetaylik deb. Agar inson bolasi kuchli quvvatli qilib yaratilganida, o'zini shu quvvatiga suyanib, o'zini behojat his qilardi, shu behojat his qilib ishlashiga uni halokatga, baxtsizlikka yetaylanadi. Endi zaif bo'lsa chi? Mashaqqat kelganda, musibat kelganda mana shu zaifligi ishlaydi da, Robbisiga qaytadi. Va mana shu qaytishligi bilan, shu zaiflig bilan saodatga erishadi.

Ya ayyuhannasu an tumul fuqaro ila Alloh. Alloh Taolo aytyapti, ey insonlar, sizlar Allohga muhtojsizlar. Ya'ni sizlar Allohga faqirsizlar. Sizlar zaifsizlar. Odam bolasi zaif, demak Allohga muhtoj bo'ladi. Agar quvvatli bo'lganda o'zini behojat qisib qolardi. To'rt tomoni qibla bo'lgan, qayoqqa qo'l uzatsa yetayotgan bir boy badavlat, sog'lom odam. Mansabi ham bor, puli ham bor, sog'ligi ham bor, hamma yog'i bor. Shu odamni Alloh deyishi ko'proqmi? Yoki kasal, kambag'al, notavon, hojati ko'p odamni Allohdeyishi ko'prog'mi?

Kalla indal insa analayot g'o arraah ustag'na. Robbimiz aytadi, darhaqiqat kofir inson o'zini boy behojat ko'rgach, albatta tug'yonga tushar, haddidan oshar. Demak, siz bilan bizdagi nuqson kamchilik, yetishmovchilik, ojizlik, bu o'zimizni foydamizga ekan. Toki nima qilaylik? Ollohga bo'lgan muhtojligimizni esdan chiqarib qo'ymaylik. Insonni jasadidagi bitta a'zosi ishlamay qolsa, bo'ldi, hayoti turgan bitgan azon mashaqqat bo'lib qoladi. Pochkasi to'xtab qoldi ishlashni, ikkalasini. Nima bo'ladi? Ish chiqib ketadi. Oshqozoni hazm qilmay qo'ydi. Nima bo'ldi? Tugaydi. Inson mana shunday oji zaif qilib yaratildi va bu narsa uni foydasiga bo'ldi.

Lekin bu narsani hikmatini tushunmagan inson, nimaga shunaqa qiluvdi ekan? Shu ololmaydigan qilib qo'ysa nima bo'lardi ekan, Alloh Taolo. Nima keragi bor da shuncha dard mashaqqatni? Hammani boy badavlat qilib qo'ysa bo'lmasmikin degan johilona, befahm savollarni beradi. Lekin Alloh Taolo Hakimzod, u bizni Mavlonimiz, bizni do'stimiz, xo'jamiz, bizni yaxshi ko'radi, o'shaning uchun zaif qilib beradi da. Chunki aytyapmiz, inson agar behojat bo'lsa, tug'yonga ketadi.

Demak, bizni zaif bo'lganligimiz, birodarlar, Robbimizning bizga bo'lgan fazli marhamatidan bo'ldi. Mana Alloh Taolo Qur'onda aytadi astaydibilla. Valoqodi nasorah qumunullohu bi badring va an tun adida. Alloh, axir Alloh Badr jangida kuchsiz bo'lsangizda sizlarni g'olib qildi ku. Badr g'azotida uch yuz o'n to'rtta musulmon kishi qatnashdi musulmonlardan. Mushuklardan mingta keldi. Musulmonlarni adadi oz. Ular quvvatiga suyanadigan holatda emas, Robbisiga iltijo qilishdi. Sizlar zaif bo'lsanglar ham yordam berdimmi? Zaifligi Alloh deyishiga sabab bo'ldi. Endi Xunayn kunidachi? Xunayn jangida Makkani fath qilgan o'n ming qo'shin keldi. Ularga qo'shimcha Makka ahlidan yangi islomni qabul qilgan kishilardan ikki mingta qo'shildi. O'n ikki mingtaqo'shin havozim bilan jang qilgani Xunaynga chiqib ketyapti. Shunda musulmonlar o'zlarining adadini kattaligiga suyanib qolishdi. Quvvatiga, sanog'iga suyanib qolish. Hatto Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu, yo Rasululloh, la nug'lab min tilla deb yubordi. Yo Rasululloh agar mag'lub bo'lsak ham, adadimizni ozligidan, ozligi sababidan mag'lub bo'maymiz. Boshqa sabab bilan mag'lub bolishimiz mumkin. Lekin adadimiz katta deb turib, hatto Abu Bakir Siddiq o'zini qo'shinni, askarni sanog'iga suyani qo'ydi.

Behojat bo'lib qoldi da. Alloh Taolo aytadi. Istayduvilla. Voyo'ma xunayn. Idha a'jibat kun, kassiratu kun. Alloh sizlarni ko'p o'rinlarda g'olib qildi. Xunayn kunini eslanglar. O'shanda sizlarni ko'm ekanligingiz mag'rur qilib qolgan edi. Ammo u sanog'inglarni kattaligi sizlarni hech narsadan behojat qila olmadi. Badrda ozidi, Allohga ehtiyoji bor edi, zaifidi, foydasiga bo'ldi, g'alaba keldi. Hunaynda sanog'i katta bo'lib, o'zlarini quvvatiga, sanog'iga suyanib, Allohga muhtojligini ozroq ko'rib qolishuvdi, mag'lub bo'lib qolishdi.

Demak, birodarlar, biz zaif bo'lib yaralganmiz. Zaifligimiz bizni foydamizga. Insonni Alloh Taolo zaif qildi. Va xuliqol insonu doifat. Zotan inson ojiz, zaif qilib yaratilgandir. Mana qaranglarda, mana hozir qirq minut ma'ruza qilsam, o'ttiz minut o'tgandan keyin, u yoqqa yonboshlaysizlar, bu yoqqa yondoshlaysizlar. Nimaga?

Zaif sizlarda. Oyog'inglar tolib ketadi, belinglar qatib ketadi, uyushib ketadi. Mana shu zaifligimiz bizni foydamiz ekan. To'g'rimi? Esdan chiqaruvchiligimiz, bu nuqsonmi bizdagi? Nuqson. Bu foydamizgami, zararimizgami? Foydamizga Parvardigor esimdan chiqib qolmasin deb Qur'onni ko'proq takrorlaymiz.

Qarang, Robbini tanigan, Robbini tanagan mo'min banda, uni ustiga kelayotgan musibatlarni ham, uni ustiga keladigan bizni tilda minuslarni ham o'zi asli plyus ekanligini anglay olar ekan. Bu meni foydamga darak. Ammo Allohni tanimasa chi? Inson zaif qilib yaratildi. Zaifligini ikkinchi nuqtasi, inson shoshqaloq. Inson shoshqaloq. Astaydubilla, voyadu ala insanu bi shar'ri duaa ahu bil xoyr va ka'na al insanu ajula. Shoshqaloq! Inson Allohdan yaxshilik so'rab duoi xayr qilgani kabi, goho siqilgan paytlarida yomonlik tilab duoi badham qilur. Inson mana shunday shoshqaloqdir. Jonimni olib qo'yavermaysanmi deydi, ozgina qiynalib ketishsa. Dardidan. Qarzidan yoki boshqa ko'chadagi muammosidan siqilib, jonidan to'yib ketgan nima deydi? Zashtomniy eta deydi.

Qaysi qilgan gunohim uchun deydi. Shoshqaloq inson. Inson bolasi tezda bo'ladigan narsani yaxshi ko'radi. Tezroq pul topsa, tezroq bir maqsadiga yetsa, darrov bo'ladigan narsalarni xush ko'radi. Odamlarni aksariyati shunaqa. Shuning uchun oxiratni emas, shu dunyoninglar g'ami bilan yashaydi, odamlarni ko'pchiligi.

O'ttiz ga kirganingda o'sha pul seniki bo'ladi desa, o'ttiz ga kelishing juda ham qiyin bo'lib ketadi da. Masalan o'n sakkiz ga kirganingga deydi, bankdagi shotingga deydi, seni pulingga o'tadi deydi. Desa, hech o'n sakkizinchi ga kiravermaysan da. Chunki nima qilyapsan? Shoshib. Shosh qola olaylik. Bu yaxshi narsami, yomon narsami?

Yomon narsa. Bu insonni, insonni tabiatidagi zaif nuqtalardan bittasi. Qarang, mana oqil inson ertaga ustiga keladigan narsani tayyorgarligi bilan yashaydi. Masalan, bu dunyoda ellik yil, oltmish yil, yetmish yil yasharsiz, ketasiz. O'lim hammani ustiga kelishligi haq. Bunda nima yo'q? Shubhayu. Oqil odam ustiga aniq keladigan kunga tayyorgarlik ko'radi.

Bundan ko'ra oqaroq inson bo'lmaydi. Inson keng hovlini yaxshi ko'radi, qimmat mashinani yaxshi ko'rar, go'zal ayolni, naqd huzul halovatni tezroq aytishlikka harakat qiladi. Ehtimol bu narsa unga nima qilar? Zarar qilar. Hozirgilar, yoshlar, shunaqa bir ruhda tarbiya topyaptiki, ehtimol avvalom shunaqa bo'lgan bo'lsa kerak edi. Hamma narsani ziddik bilan bo'lishini xohlaydi. Unaqa bo'ladimi? Unaqa bo'lmaydi. Chunki Alloh azza va jalla bu olamni necha kunda yaratdi? Ha, nima Alloh Taolo qodir emasmidi, bo'ldi bo'ldirib qo'yishlikka. Lekin bosqichma bosqich qildi. Shundan ko'raylikki, hech qaysi narsa tez bo'lmaydi. Shuning uchun odam bolasi shu dunyoni o'ziga yengil emas, o'limidan keyingi narsani tanlasa, Allohni nazdida hurmati ziyoda bo'ladi. Chunki tabiatiga xilof ish qilyapti da u. O'zi shoshqalog'ida naqdni yaxshi ko'rardi, lekin naqd qo'yib oxiratnikini ustun qo'ygani uchun Allohni nazdiga hurmati ziyodi bo'ladi. Payg'ambarimiz aytganlar, o'zini nafsini sindirgan va o'limdan keyingi narsa uchun amal qilgan kishi haqiqiy hushyor kishidir. Endi ojiz kishi kim? Nafsini havosiga bo'yi sindirib turib, Allohda umid qilgan kishi.

Biz oqilmizmi, ojiz bo'lamizmi? Qanaqa bo'lamiz? Biz oqil bo'lishligimiz kerak. Insondagi zaif nuqtalardan zaif, shoshqaloq, uchinchisi, betoqatlik. Besabrlik. Astaydu billa, innali insana xuliqo halu an. Darhaqiqat inson betoqat qilib yaratilgandir. Ida massa xushsharu jazua. Qachon unga yomonlik, kulfat yetib qolsa, o'ta besabrlik qilguchidir. Bir odam yomonroq kasalga gumon qilindi da, analiz topshirib keling dedi.

Analizni borib topshirdi, kechasi bilan uxlamaydi. Toqat qilmaydi. Nima bo'ldikin? Qanaqa bo'ldikin, bo'ladimikin, bo'lmasmikin? Inson shoshib ketadi. Savdogarlar, agar ishlab chiqarishga o'tsa, shoshqaloqligi ko'rinib qoladi. Chunki savdogarlar boradi, o'n ming dollarlik mol olib keladi da, bir oy, ikki oyda sotadi, darrov o'n ikki ming bo'ladi. Ishlab chiqaryotganlarda bu shoshqaloqlik bo'lmaydi. Chunki u ishlab chiqishni yo'lga qo'yish kerak, bir. Tovarni sifatli qilish kerak, ikki. Tarqatish kerak, uch. Xalqni orasida bir ommaviy bo'lishing kutish kerak. Uchinchi, to'rtinchi yilga borganda foydaga ulashadi. Savdogarlarda nima bo'ladi? Qancha pul topamiz deydi.

Shuning uchun ishlab chiqaruvchi bilan savdogarni farqlaridan bittasi shu bo'ladi. Savdogarlar ishlab chiqishda ham yo'lga qo'yishimiz kerak. Ko'p aytaman a. Olib kelib sotishni uddaladinglar yigirma besh yil, qoyil. Rahmat, buni epladinglar, uddasidan chiqdinglar. Endi ishlab chiqari. Qo'limizdan keladimi? A unga nima kerak? Bu ishlab chiqaringiz qilayotganlarga yomon yoqyapti shu gaplarim hozir. To'g'rimi? Mehnatda bu. Sabr toqat. Inson demak zaif. Inson shoshqaloq, inson betoq.

Kishi o'zini salomatligi haqida g'am qiladi. Rizq haqida g'ami qiladi. Mana shu ikkita narsasiga kimdir tajovuz qilsa yoki bo'lmasam zarar yetkazib qo'yishligi mumkinligini gumon qilsa, nima qiladi? Allohga yig'laydi. Men do'koningni yopib turib yuboraman seni deydi. Mana shu yerda do'konni yo'q qilaman desa, kimga yig'laysiz? Mansabdor aytdi da uni. Nima deydi? Kimga aytadi? O'zi asli uni ishini yurgizib oladigan odam aytyapti, yopaman do'koning deyapti. Kimga yig'laydi? Olloga yig'laydimi? Demak, mana shu shoshqaloqligi, besabrligi, zaifligi uni foydasiga bo'ldi. Olloh o'zining eshigini oldiga olib kelishini xohladi, mana shu uni zaif nuqtalari bilan.

Inson xojaga, mavloga muhtoj. Xojaga, mavloga. Astaydubilla, va in tavallav faylamu anna allohu mavlakum, ni amal mavla va ni amal nasir. Agar kofirlar iymondan yuz o'girsalar, ba'zi iymomlar, bilingizki, shubhasiz alloh xojangizdir. Bizni xojamiz alloh subhanahu va taolo. U naqadar yaxshi zot va naqadar yaxi yordamchidir.

Biz birodarlar mavluga, hojiga muhtojmiz, murabbiyga muhtojmiz. Suyanadigan zotga muhtojmimiz, taskin beradigan zotga nuhtojmiz. Musulmon kishi mana shu ehtiyojini to'g'ri qondiradi. Hamma ish o'zini hukmida, o'zini irodasida bo'lgan robbisiga suyanadi. U bugun mansabda bor, ertaga o'lib qoladigan odamga suyanmaydi. U puliga suyanmaydi, chunki bugun bor ertaga yo'qolib qolishi mumkin. Sog'ligiga suyanmaydi. Alloh bergan bo'lsa ertaga olib qo'yishi mumkin. Haqiqiy suyanilishi kerak bo'lgan zotga suyanadi. U mana shu ehtiyojini to'g'ri qondiradi.

Va ilayhi yur ja'ul amru kulluhu fa abduhu va tavakkal alik. Juda ham ajib narsa bor shu yerda. Barcha ishlar uning o'ziga qaytarilur, unga ibodat qiling va o'ziga suyaning. Ya'ni Alloh Taolo bizni o'ziga ibodat qilishga buyurishdan avval qalbimizga xotirjamlik berib qo'yyapti. Hamma ish, ey bandalar, meni qo'limda. Sen ibodatingni qil deyapti. Tushunarlimi? Kim aytgani bo'ladi? Kim aytgan bo'ladi? Allohni aytgani bo'lsa, Allohni aytganni siz qiling. Ibodatni zo'r qilib qilib qo'ying. Yana bir marta o'qib bering oyatda. Barcha ishlar uning o'ziga qaytarilur. Bas unga ibodat qiling va o'ziga suyaning. Allohni qulsugini zo'r qilib qo'y, g'am qilma, Allohga suyanover. Hamma muammoing, hamma mushkulang Alloh azizavajallani qo'lida. Seni muammoga kirgiza olgan ham robbing, o'zingni qilgan xatoyingni tufaylik va undan chiqaradigan ham kim?

Zo'r a? Sen deydi, indamay ishni qilaver deydi. Unisi, bunisi sasda indamaydi deydi. So'ysa xo'p deb qo'yaver, diriktirmang. Shu meni ishxonamda ishlayapsanmi? Men shu korxonani egasimanmi? Meni qo'limda maham yo'q. Xo'p deb ko'raver, men aytganim bo'ladi. Endi qarang, shu rahbar sizga shunaqa deb tursa, siz shu rahbarni dilini og'ritishlikka jur'at qilasizmi? Yo'q. Siz bu rahbarni emas, ustingizdagi kichikchalar bilan nachalnikni ko'nglini ovlashga kirishasizmi? Yo'. Chunki eng tvdagi nachalnik nima dedi? Xotirjam bo'ldi dedi. Mana yil oxirigacha turib tur, buni haydab.

Desa, bu kichkina nachalnik so'kadimi, sizni uradimi, indamay turasiz. Alloh Taolo aytyapti, hamma ish Meni qo'limda. Ey bandalar, Men mavlonoyilarman sizlarni. Men sizlarni yaxshi ko'raman. Meni qo'limda hamma narsa. Menga aytgan ibodatni qilinglar da, menga suyaninglar. Bundan ortiq xotirjamlik bo'ladimi? Bo'lmaydi a? Bizni Robbimiz, mavlu, subhanah va taolo, mana shunday iloh, mana shunday zot.

Bilimdi tekseru

5 sūraq. Är dūrıs jauap — 10 ūpay.

Kelesi däriske ötu üşin testti tapsırıñız

Testsiz jalğastıru