# Eng zolim shaxs fir'avnmi? | Ustoz Mahmud Usmondan musulmon yoshlarga nasihat!

- Teacher: [Mahmud Usmon](https://mawiza.me/kk-latn/ustozlar/mahmud-usmon.md)
- Course: [Fiqh, moliya va tarbiya darslari](https://mawiza.me/kk-latn/kurslar/mahmud-usmon.md), lecture 128 of 152
- Section: Qalb va tarbiya
- Duration: 5 min
- Original title: Eng zolim shaxs fir'avnmi? | Ustoz Mahmud Usmondan musulmon yoshlarga nasihat!
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/kk-latn/kurslar/mahmud-usmon/128
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/9k-2wdokGs0.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=9k-2wdokGs0
- In this course: [previous](https://mawiza.me/kk-latn/kurslar/mahmud-usmon/127.md) · [next](https://mawiza.me/kk-latn/kurslar/mahmud-usmon/129.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Endi yoshlarga nasihat masalasida men birinchi aytmoqchi bo'lgan narsam, bu va bu narsa birinchi o'rinda dindor birodarlarimga, Alloh'dan qo'rqadigan, farzlarini bajaradigan, haromlardan tiyiladigan birodarlarga, men birinchi ta'kidlaydigan narsam, bu birinchi o'ringa Alloh'dan qo'shib, iloji boricha birlashishga harakat qilish. Iloji boricha birlashishga harakat qilish. Biz davrimizdagi odamlarni birlashtirmaslikka harakat qiladigan shiorlardan saqlanish. Mana shu shiorlar, bularni turlari ko'p, afsuski bu shiorlar. Masalan, shu shiorlardan bitta mashhurlardan bittasi aytadiki, birlashish deydi, bir toifa bilan bo'ladi yoki bir bir aqida bilan bo'lada deydi da. U bir aqida bila birlashish aqida asosida bo'ladi deydi, masalan. Birlashish aqidi asosida bo'ladigan gap to'g'ri gap. Birlashish ta'kid asosida bo'lar. Lekin birlashish aqid asosida bo'lladi deganda u aqida deb musulmonlarni tahdidlar, ilaha, itilloh degan aqidasini nazarda tutmayapti. U aqidani bitta kichkina bir masalasini nazarda tutyapti. O'sha yerda ham agar birlashdik, keyin birlashamiz deyapti. Vaholanki o'sha masalada birlashib turib nechta toifaga bo'lingan odamlarimizni ko'rdik. Shunga men aytamanki, birinchi aytadigan narsani birlashish kerak. Birlashish degani nima bilan bo'ladi? Birlashish deganini bu aynan farqlarni zikr qilmaslik yoki farqlarni kechiktirish bilan bo'lardi. Ya'ni sizni o'zingizni bir nuqtai nazaringiz bor, meni o'zimni nuqtai nazarim bor.

[1:17] Shuni hozir muhokama qilaman desa, u birlashish bo'lmaydi. Qachonki o'sha nuqtai nazarlarni kechiktirib, hozir birlamchi, birgalikda qilishimiz mumkin bo'lgan ishlarni muhokama qilsak, nima hozir birga qila olamiz biz? Yelkama yelka turib nimani o'zgartira olamiz biz, nimani isloh qila olamiz? Mana shu birlashish bo'ladida. Shu yerda men aytamanki, birinchi o'rinda Allohdan qo'rqib, birlashishga harakat qilish kerak. Bu juda ham muhim nuqta. Ikkinchidan, men doim ta'kidlayman, biror narsani isloh qilishni xohlasa, o'sha narsani o'zi isloh qilishi harakat qilish kerak. Va ichkaridan isloh qilishing harakat qilishga. Ya'ni muxolif bir nuqtaga aytib turib olib turib, o'sha yerdan isloh qilaman deb emas, shu narsani ichidan hozir men qanaqa qilib isloh qila olaman degan narsani odam o'ylashi kerak. Mana Qur'onda agar ko'rsangiz, eng zolim, Qur'ondagi eng zolim kishi kim? Fir'avn. Fir'avn a? Ya'ni insoniy tarixidagi zulmni ramzi hisoblangan, zolimlikni ramzi hisoblangani Fir'avn. Vaholanki agar Qur'onni siz tadabbur bilan o'qiydigan bo'lsangiz, Qur'onda Fir'avnni atrofidagi ayyonlari Fir'avnnga nima deyapti? Muso alayhissalom Fir'avnni islomga da'vat qildi. Fir'avn Muso alayhissa romga sehrgarlarni olib kelib, u kishini go'yoki demak mot qilmoqchi bo'ldi. Sehrgarlar islomga kirdi. Keyin sehrgarlarni jazoliman deb tahdid qildi va Allohlarini jazoladi. Keyin Fir'avn Musog'iga ketaverdi edi go'yoki.

[2:34] Va shunda ayyonlari kelib Fir'avnga nima deyaptilar? At tazarum musavva qovmahu, lyuf sidufil arduvay yazar aka vali haqiqatda. Ha. Muso bilan deyapti, qovmini tashlab qo'yaverasizmi shunaqa deyapti Fir'avn ayonlari kelib. Qarang, biz eng zolim shaxs kim desa Fir'avn deymiz, vaholanki uni ayonlari undan zolimroq. Chunki u hali tashlab qo'shgan paytda ayonlari kelyapti, tashlab qo'taverasizmi, bir narsa qilmaysizmi deb. O'shanga aytamizki, kim mana shu zulmni yaratdi? O'sha atrofidagilar yaratdi. Agar Fir'avn atrofida solih odamlar bo'lgan, aytdi chi? O'shanga, ha, o'shanga qadimdan ulamolar, ulamolar, amirlar, bir mas'ul shaxslarni duo qilgan paytda, Allohum arzu qilib betonatan solih deydi. Atrofida deydi bir o'sha bir solih do'stlar, bir solih sheriklar, unga bir rizq qilib bergin deydi. O'sha o'shaning uchun biz aytamizki, yoshlar qalbida o'sha islohini xohlagan, yaxshilikni xohlagan odamlar iloji boricha mas'ul lavozimlardan qochmaslik kerak. O'sha lavozimlar uchun harakat qilish kerak va birorta mas'ul lavozamga harakat qilish ayb hisoblanmaydi. Yusuf alayhissalom meni dedi, yerdagi xazinalarga mas'ul qiling deb aytdi. O'shaning uchun bir shu narsalarga harakat qilish kerak, kurashish kerak, yaxshi o'qish kerak. Toki o'sha demak mas'ul lavozimlarda va ularni atroflarida solih odamlar bo'lsa, inshaalloh islohotlar ichkarida. O'zi layoqat bo'lsa degan qo'shimchani kiritib keladigan ahli bo'lsa shu ishni?

[3:51] Ha, avvalo o'sha layoqatni kasb qilish kerak. Ha, kasb. Ha, odam hech kim layoqat bilan tug'ilmaydi. Lekin bu narsani kasb qiladi. Agar layoqat bo'lmasa, kurashish kerak. Chunki odam o'zida har bitta odamda bir layoqat bor. O'tirib shuni tahlil qilib, bolaligilarni men nima qila olaman, nimani men shunday qila olamanki, boshqasi mendek qila olmaydi degan narsani topib, o'sha narsani isloh qilishga harakat qilish kerak. O'shanda o'ylaymanki, inshaalloh ko'p islohotlar bo'ladi. Va eng muhimi o'sha boya aytganingizdek ijtimoiy tarmoqlar, yana o'sha o'yinlar, boshqalardan chalg'imaslik uchun ota onalarga birinchi o'rinda buni tavsiyam, ota onalarga, qolaversa yoshlarni o'ziga ham, lekin birinchi o'rinni ota onalarga. Bolalarni kichkina analigidan jiddiy narsalari bilan qalbini mashg'ul qilib qo'yish kerak. Qabr azobi bilan, oxirat bilan, hisob kitob bilan, tavhid bilan, din bilan, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam olib kelgan bu nurli da'vat bilan, yoki boshqa bir muammolar bilan. Ummatni muammolarini qarang. Afrikada bo'layotgan muammolar, osiyoda bo'layotgan ma'lumotlar, yevropada bo'layotkan muammolar, insoniyatni o'zi umuman bo'layotgan mablag'lar, ekologiya muammosi bo'lsin, ijtimoiy muammolar bo'lsin, siyosiy muammolar bo'sin, jiddiy narsalar bilan mashg'ul bo'lgan odam endi o'tirib olib qo'liga haligi o'yinchoqni olib paq paq qilib o'tirmaydi, o'ynab o'tirmaydi. Chunki uni qalbi jiddiy narsa bilan mashg'u. Chunki uni dardi bor endi. O'sha dardni o'ylab jiddiyroq bo'ladi. Shunga aytamanki, farzandni tarbiyalamoqchi bo'lsangiz, siz farzandni doimiy nazorat qila olmaysiz, doimiy chapga yur, o'ngga yur deya olmaysiz.

[5:08] Ayniqsa katta bo'lgandan keyin siz nazoratingizdan chiqib ketadi. Lekin qalbiga siz to'g'ri fikrni, to'g'ri dardni, to'g'ri bir muammoni solib qo'ysangiz, o'sha muammoni o'ylab, o'sha muammoni demak fikrini tafakkurni qilib katta bo'lsa, u o'sha bachkana ishlar bilan band bo'lmaydi. Iloji boricha jiddiyro maqsadlari, kattaroq orzular bilan katta bo'ladi. O'ylaymanki, shu farzand tarbiyasida ko'p yordam bo'ladi deb o'ylayman. Vallohu a'lam.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [2:38] Quran Al-A'raaf 7:127
  - Said in the lecture: “At tazarum musavva qovmahu, lyuf sidufil arduvay yazar aka vali”
  - Arabic: وَقَالَ ٱلْمَلَأُ مِن قَوْمِ فِرْعَوْنَ أَتَذَرُ مُوسَىٰ وَقَوْمَهُۥ لِيُفْسِدُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ وَيَذَرَكَ وَءَالِهَتَكَ ۚ قَالَ سَنُقَتِّلُ أَبْنَآءَهُمْ وَنَسْتَحْىِۦ نِسَآءَهُمْ وَإِنَّا فَوْقَهُمْ قَٰهِرُونَ
  - Uzbek translation: Firʼavn qavmidan boʻlgan zodagonlar: «Seni va xudolaringni tark qilsa ham, Muso va uning qavmini yer yuzida buzgʻunchilik qilishlariga yoʻl qoʻyib berasanmi?» dedilar. U: «Oʻgʻillarini oʻldiramiz va ayollarini tirik qoldiramiz va, albatta, biz ular ustidan qahr oʻtkazuvchimiz», dedi.

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz birlashishning asosiy sharti nima ekanini qanday ta'riflaydi?
   - a) Bitta toifa bilan aloqani uzish
   - b) Farqlarni kechiktirib, birgalikda ish qilish — correct
   - c) Aqida masalalarini to'liq muhokama qilish
   - d) Ichki islohotni kechiktirish
   - Why: Ustoz birlashishning asosiy sharti farqlarni zikr qilmaslik yoki kechiktirish va birgalikda ish qilish ekanini ta'kidlaydi. [0:00–1:17]

2. Ustoz yoshlarni mas'ul lavozimlardan qochmaslikka nima sabab bilan undaydi?
   - a) Atrofida solih odamlar bo'lsa islohot amalga oshadi — correct
   - b) Lavozimlar faqat boylik olish uchun kerak
   - c) Amaldorlar doimiy ravishda o'zgartiriladi
   - d) Mas'uliyat shaxsiy maqsadlarni qondiradi
   - Why: Ustoz mas'ul lavozimlarda solih odamlar bo'lsa, ichkarida islohotlar bo'lishini ta'kidlaydi. [2:34–3:51]

3. Ustoz farzandni o'yinlardan chalg'itish uchun qalbini nima bilan mashg'ul qilishni tavsiya qiladi?
   - a) Faqat o'qish bilan
   - b) Ommaviy o'yinlar bilan
   - c) Jiddiy muammolar va din bilan — correct
   - d) Raqamli texnologiyalar bilan
   - Why: Darsda ustoz bolalarni o'yinlardan chalg'itish uchun ularning qalbinni qabr azobi, oxirat va ummat muammolari kabi jiddiy narsalar bilan mashg'ul qilishni maslahat beradi. [3:51–5:08]
