MMaviza
Haj, umra va ro'zaTekserilgen39 daq

Bir yillik gunohlarga kafforat ro‘za | Ashuro kuni

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

Būl til üşin audarma äli joq. Tömende tüpnūsqa (özbekşe) mätin körsetilgen.
0:00
39:01
Özgerister tarihı

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbil a'lamin. Vassolat vassalamu ala sayyidina unabina muhammading va ala alihi va sohibi ajmai. Allohumma ilmdan mayin, fa una vaun fa'na bi ma'allamtana. O'ziydin a'lman va amlanin. Ya arhamar rohimin. Alloh taolo o'ziga ma'lum bo'lgan hikmat va sabablarga ko'ra, ba'zi joylarni boshqa joylardan ko'ra muborak qildi. Masalan Makkani, Madinani dunyodagi eng muqaddas joylardan biriga aylantirdi. Baytul maqlisni, shunga o'xshab ba'zi vaqtlarni boshqa vaqtlardan ko'ra xoslab qo'ydi. Masalan Ramazon oyini boshqa oylardan ko'ra fazl va barakotlar ko'proq oyga aylantirdi. Xuddi mana shunday muborak va muqaddas kunlardan biri bo'lgan Ashoro kuniga Allohga hamdlar bo'lsin, sanoqli kunlar qoldi. Ashoro kuni, Muharram oyining o'ninchi kuni bo'lib, Ashoro kuni haqida kelgan hadislarni hozir o'rganamiz va u kunda qanday ibodatlar qilishimiz, u kunni qanday o'tkazishimiz kerakligi haqida ba'zida fiqhiy va boshqa tarbiyaviy masalalarni muhokama qilgan bo'lamiz.

Imom Buxoriy va Imom Muslim rohima mohiddin o'zlarining sahihlarida rivoyat qilgan hadisda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelganlari aytiladi. Aytiladiki, farru al yahudat asumi yavma ashura. Rasululloh sollollohu alayhi va sallam yahudlar, Madinadagi yahudlar ashura kuni ro'za tutayotganlarini ko'rdilar. Ma ha da, bu qanday ro'za deb so'radilar, bu eshiklar nima deb so'radilar. Qoluv, ha da yo'mun najjallohu bani isroil min aduvihim fasonahu musa. Bu shunday kungi unda Alloh Taolo Bani Isroilni ularning dushmanlaridan demak qutqardi. Bani Isroilga Alloh Taolo najot berdi. Shuning uchun Muso alayhissalom bu kunda ro'za tutardilar. Deb aytishdi, ya'ni Muso alayhissalom ro'za tutardilar, shunga biz ham tutamiz deyishdi. Qoli alayhissalotu vassalom, fana haqqubiy muso ming kum fason mahu va amru bis gamihi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam men Musoga sizlardan ko'ra haqliroqman dedilar. Va o'sha kuni ro'za tutdilar va ro'zaga sahobalarini buyurdilar. Imom Muslimni rivoyatlaridan, mana avla bemus aminkum deb keladi. Va demak, ma'nosi bir o'sha men musoaga sizlardan ko'ra haqliroqman, sizlardan ko'ra yaqinroqman deb, o'sha kuni ro'za tutadilar.

O'sha kuni. Ro'za tutishga. Buyuradilar. Ulamolar aytadiki, ashura kuni ro'za tuzish islomni boshida. Farz bo'lgan, vojib bo'lgan. Va o'sha kun ro'za tutishga buyurilgan musulmonlar keyinchalik ramazon ro'zasi vojib qilingandan keyin ashu'aro ro'zasida kim xohlasa tutsin, kim xohlasa tushmasin deganlar o'sha bilan ashu'aro ro'dasi mustahab o'laroq qolgan va sunnat ro'zalaridan hisoblanadi. Ashu'aro kuni qaysi kun degan savol paydo bo'ladi.

E, aksar ulamolar, to'rt mazhab ulamolari va aksar jumhur ulamolar ashura kuni muharram oyining o'ninchi kuni deb aytishadi. Bunday deyilishining sabablaridan biri o'sha ibn abbos roziyallohu anhu dan rivoyat qilingan hadisda rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan aytiladiki, amr rasulullohi sollallohu alayh va salama besavumiy yo'mi ash'uroq, yo'mil ash'ir deb keladi. Amr rasulullohni sollallohu aleyhi vasallamma besavumiy yo'm i ash'uroq, yov'mil ash'ir. Deb keladi. Imom Termiziy bu hadisni rivoyat qilganlar va hadis, hadis hasanun sohih deganlar. Hasan sohih hadisi, endi sohih hadis deb aytganlar mana shu hadisda o'ninchi kuni ro'zani tutishga buyuradilar va ulamolar va hadisni sohih deganlarlar. Lekin ba'zi xiloflar bo'lgan, xiloflarning sababi shu Imom Termiziy rivoyat qilganda boshqa bir rivoyatda Nabiy roziyallohu anhu ashuroq kunini ro'zasi to'qqizinchi kuni, o'ninchi kun emas ya'ni, deb aytadilar. Buni ham Imom Termiziy rioya qilganlar, lekin lug'at jihatdan ham o'zi ashura degani shu o'ninchi kun ma'nosida bo'lib, o'shanga ashura kunining ro'zasi o'ninchi kun bo'lishi to'g'riroq bo'ladi.

Ashura kunining fazli o'zi aslida oldindan musulmonlar uchun ma'lum bo'lgan. Ashura kunini Quraysh ahli o'sha kunda ham ro'za tutadigan bo'lgan. Va har yili ashura kuni bo'lganda Ka'batullohni kisvasini, o'sha ustiga yopiladigan yopinchig'ini almashtiradigan bo'lganda Quraysh uchun shunaqa odati bo'lgan. Lekin Qurayshliklar buni bilmagan, nimaga bunday qilishayotganini. Ular faqat odat o'laroq Ibrohim alayhissalomdan, eskidan davrdan qolib ketgan odat o'larog' o'sha kunni ulug'lashgan. O'sha kunni ro'za tutishgani va o'sha kuni ya'ni mushriklar, mushriklar, ya'ni Quraysh mushriklari hali islomdan oldin o'sha kunni rozasi tutishgani va shu kuni gapini yopinchig'ini almashtirishgan va o'sha kuni ulug'lashgan, lekin o'zlari bilishmagan. Madinaga kelishgandan keyin yahudlardan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so'rab, o'shandan keyin bu kunni demak, ibodat qilib ibodat kuni o'laroq beklab qo'yganlar. Shu joyda savol paydo bo'ladi. Xo'p, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu kunning fazlini yahudlardan o'rganganmilar degan. Albatta, Rasululloh sallallohu alayh vasallam bu kunining fazlini o'rganish uchun yahudlardan so'raganlari. Bu qaysidir ma'noda buni ortida bir hikmat borku, bu hikmat isroiliyatlar bilan muomala qilish degan hikmat. Biz buni inshaalloh mana shu majlisimizni oxirida muhokama qilamiz. Mana shu hikmat sababli ham Alloh ta'ala muloq aytyaptiki, Rasululloh allohu alayhi vassalom oldin yahudlardan buni bildilar.

Keyin buni o'zlari demak iqror qildilar va shu bilan bu narsa bizning shariatimizning bir qismiga aylanib qoldi va bu tolib ilm kishilar shariy ilmlarni o'rganmoqchi bo'lgan talabalar yaxshi bilishadi. Bu usuli fiqhda hal sharomakan, anaqa oblana, sharomlana degan bir masala bor. Ya'ni bizdan oldingi ummatlarning shariatlari bizning shariatimiz hisoblanadimi yo'qmi degan masala bor. Ulamolar bunda ixtiro qilishgan. Va ulamolarni ixtiloflarini xulosasi shundaki, agar bizdan oldingilarning shariatlari bizning shariatimizda bekor qilingan bo'lsa, u bizning shariatimizdan hisoblanmaydi. Masalan bizdagi, bizdan oldingilarining shariatlaridagi ba'zi narsalar bizning shariatimizdek bekor qilingan. Masalan, Maryamni onalari Maryamni Alloh uchun nazr qiladi. Lekin farzandni nazar qilish bizning shariatimizda yo'q. Shuning uchun bu narsa bizning shariatimizdan bir qismi hisoblanmaydi. Yoki Davud alayhissalom davrlarida keladiki, bir odam opa singillarni ikkita opa singilga uylanib, bitta paytni o'zida ularni bir nikohda jamlashi mumkin degan qoida bo'lgan va bizning shariatimizda bu narsaga ruxsat berilmagan. Ya'ni nimaki oldingilarning shariatida bo'lsa yu, bizning shariatimizda u narsa bekor qilinsa, unda u bizning shariatimizdan hisoblanmaydi. Nimaki oldingilarining shariatida bo'lib, bizning shariatizda u narsa tasdig'ini topsa, unda u bizni shariatimizdan hisobialanadi, lekin oldingilarning shariyatidan bo'lgani uchun emas, lekin bizning shariatimizni tasdig'ini topgani uchun mana shu ashu'aro bunga eng yaxshi misol bo'ladi.

Ya'ni oldingilarning shariaida ashu'aroni, demak, oldingi ummatlarda ashu'aroni bir o'zini tutishi bo'lgan. Lekin Rasululloh sallalloh soha salom va so'mu antum deb Imom Muslimning rivoyatlarida, bu mus'al shariydan rivoyat qilingan hadisda aytadilar, sizlar ham ro'za tutinglar o'sha kuni deb aytadilar. Mana shu buyruqlari bilan bizning shariatimizda bu demak, ibodatga aylanib qoldi. Va endi uchinchi holat qoladiki, agar ularning shariatlarida bir narsa bo'lsa yu, bizning shariatimizda u yo inkor qilinmasa yo tasdiqlanmasa, unda u bizning shariatimiz bo'ladimi, yo'qmi degan masala. Bu demak usul ilmiy ilmida o'rganiladigan masalalardan biri. Biz unga hozir to'xtalib o'tirmaymiz.

Demak, shunga ko'ra ushbu masalada, demak yahudlardan so'rashlari, qaysidir ma'noda, demak yahudlaridan isroiliyatlar o'laroq voqealar, demak biror ma'lumotni o'rganishni bilishning zarari yo'qligi, faqat uning aslini bildirib qo'yish kerakligi va boshqa hikmatlar bor va hikmatlardan o'sha biri demak ilmni kimdan bo'lsa olishi mumkinligi va muhimi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hech bir ishni vahisiz aytmaydilar. Demak u zot sollallohu alayhi vasallam yahudlardan buni so'raganlardan keyin Alloh, Allohning vahiy vahiyligi bilan bu narsa tasdig'ini topgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ro'zaga buyurdilar va bu ro'zani o'zlari ham tutdilar. Xo'p, bu kuni ro'za tutishning nima fazli bor deyiladigan bo'lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Imom Muslim murojaat qilgan hadisda aytdilar: siyam u yomi ashu'ro, inniy ahdasi bi ala allohi an yukaf feruz sanat alillati qobla hu dedilar. Ya'ni ashu'ro kunida tutilgan ro'za, men Alloh Taolodan demak ixtisod qilamanki, Alloh Taolodani so'raymanki, o'sha kuni tutilgan ro'zada bir yil oldingi, bir yildan beri qilingan barcha demak gunohlarni demak ka'b uchun kafolat bo'ladi. Dedilar. Imom Navoiy, Imom Nahajari va ko'plab Imom Ayniy va ko'plab ulamolar ushbu hadisni sharhida va bu bilan bog'liq bunga o'xshash hadislarda aytishadiki, ya'ni gunohlarni kafolat qilishi.

Kafolat qilish degani o'zi asli o'chirish degani. Xo'p, gunohlarni o'chirish nima deganda, ulamolar aytadiki, bundagi gunohlarning o'chirilishi kichkina gunohlarning o'shirilishi, katta gunohlarni emas, deyishadi. Va bunaqa hadislar ko'p. Mana juma kuni qilingan ibodatlar, demak kafolat bo'ladi gunohlarga. Ashu o'ro kuni mana kafolat bo'ladi. Yana Zulhidjada Arafa kuni demak tutilgan ro'za gunohlariga, bir yil oldingi va bir yil keyingi gunohlarga kafolat bo'ladi. Mana hozir ko'rdik, Ashuroq bir yil oldinggi gunohlarga kaforat bo'ladi'. Bu kichkina gunohlar uchun demak kafolat bo'lishi nazarda tutilgan. Va kichkina gunohlarni uchun kafolat bo'lishingiz nazarda tutilganini eshitganimizda, biz ikkita nuqtani yaxshilab tushunib olishimiz kerak. Birinchi nuqta shundaki, bu katta gunohlarga emas, ya'ni gunoh kiberlarga emas, kichkina gunoqlargagina kafolat bo'ladigan buning fazli demak oddiyroq ekan degani emas. Emas. Chunki kichkina gunohlarning eng kichkina ko'ringani bilan odamzod qabrda azoblanishi mumkin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir qabrning oldidan o'tayotganlarida shu qabrning egalari azoblanayotganini aytdilar va ularni birlari shu bavuldan poklanmasdi dedilar. Va o'sha o'zi gunoh o'zi aslida kamera gunohlardan hisoblanmaydi, povoldan poklanmaslik. Lekin shuning uchun o'sha qabrning egasi qabrdan azoblanardi. Demak, gunohlarning o'zi aslidagi kichkinasi bo'lmaydi bu ma'noda oladigan bo'lsangiz va har qanaqa gunohning kechirilishi va kafolat qilinishi bu juda ham katta narsa.

Ayniqsa bir yil davomida odam qilgan barcha gunohning kecherilishi, bu albatta bu buyuk bir rahmat va buyuk fazil. O'sha o'sha uchun ham bu kunni ro'za tutishni albatta odam, demak bu bu kunni ro'zada tutishga albatta odam xaris bo'lishi kerak va bu kunni aslo o'tkazib yubormaslik kerak, g'animat bilish kerak. Endi katta gunohlardan ikkinchi nuqtani agar o'rganadigan bo'lsak, katta gunohlarni kechirmasligining sababi shundaki, katta gunohlar kabi yana gunohlar o'zining tabiatiga ko'ra odamdan tavbani talab qiladi. U gunohlar ulug' jinoyat bo'lgani uchun, u gunohlar uchun tavba qilish kerak bo'ladi.

Va tavba bilan u gunohlar kechiriladi. Va inshaalloh tavba haqidagi darslarimizda, tavbaning qanday shaklda bo'lishi kerakligini hali batafsil o'rganamiz, inshaalloh. Keyin ulamolar aytadiki, ashuqroq kuni ro'zib tutgan odam to'qqizinchi kunni ham qo'shib tutishga harakat deydi. Buning dalili ibn abbos roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda aytiladiki, hayna so'ma rasulullohi sollallohu alayhi vasallam yo'qman ashuqroq va amma robbi suyamihi qolu ya rasululloh innahuu yavman tu'a'vvim hul yahud.

Innahu yo'mun ta'zim ul yahudva nasoro. Faqol rasululloh sollallohu alayhi vasallam fayda kam dal amul muqbil inshaalloh summnal yo'mul ta'sir. Rasululloh sollallohu alayhi va salam shu'ro kunni ro'za tutganlarida va sahobalariga ro'za tutishni buyurganlarida va sahabalar kelib aytishdi, e rasululloh, bu kunni yahudlar va nasroniylar ulug'lashadi deyishdi. Shunda rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar, keyingi yil bo'lsa, to'qqizinchi kuni ham tutamiz dedilar. Ushbu hadisni muhokama qilayotgan paytda, men bir foydaga ishora qilib o'tishni xohlardim. Hadisni davomida aytiladi falamga atil hamul muqbil hadda tuf ya rasulullohi sollallohu alihi vasallam. Imom muslim rivoyat qilgan hadis bu. Ya'ni keyingi yil bo'lguncha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot topdilar deb aytiladi. Ushbu hadisda bir foydaga ishora qilib o'tmoqchi edimki, agar e'tibor bersangiz, Rasululloh sollollohu alayhi vassalam hadisda aytadilar, sunnal yo'mit ta'sir deydilar. Keyingi yilbo'lsa to'qqizinchi kuni tamiz deydilar. Va hadisni ziyod oxiriga qaragan odam o'ylaydiki, demak o'rnini tutmaymizda, to'qqizlik tutamiz deb o'ylab qoladi. Hadisni matniga qarasangiz, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'ninchi kuni ro'za tutdilar va sahobalar kelib bu kunni yahudlar va nasroniylar ulug'lashadi deb aytishdi. Shunda Rasululloh sollollohu alayhi vassalom keyingi yil bo'lsa to'qqizinchi kuni tutamiz dedilar.

O'zi oxiriga qaragan odam, demak ashuroq to'qqizinchi kuni tutilarkan, chunki hadisda shunaqa deb keladi, degan xulosani oladi. Shuning uchun ham ulamolar va fuqaholar aytadiki, odam o'zidan o'zi bir hadisni o'qib, hadisdan hukm olib ketmasligi kerak. Balki hadisning zohiriga qarab hukm olgan odam adashib qoladi. Boyagi boshqa hadislarni jamlashi va bu haqida fuqaholar nima deganini ko'rish kerak. Bizning asrimizdagi odam, hatto kuchli olim bo'lsa ham, barcha hadislarnijamlashi va fiqh hukmlarini o'sha hadislarning o'zidan olishi juda ham qiyin. Shuning uchun u o'z o'zidan oldingi imomlarga, oldin qadimda o'tgan buyuk faqihlarga, Imom Abu Hanifa, Imom Shofi, Imom Molik, Imom Ahmad kabi buyuk ulamolarga ehtiyoji bo'ladi. Shuning uchun ham bizni asrimizda shu internetdan masalan birorta hadisni qidirib topib, saxiy ekan deb shunga amal qilib ketaveraman deydigan odam, albatta adashib ketadi. Mana hadisni zohirni aytyapti, keyingi yil bo'lsa to'qqizinchi kun tutamiz deyaptilar. Lekin agar shu hadisni olib, ulamolar demak to'qqizin chi kun tutamiz degan ekanmi desangiz, yo'q. Barcha ulamolar aytadiki, yo'q, o'n bilan to'qqiz tutiladi, deb aytishadi. Xo'p, u qayerdan oldinglar, o'n deb aytmayapti ku hadisda desangiz, u hadisni ular, ulamolar jamlashadi. Jamlashadiki, xuddi mana shu mazmundagi hadisni Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda aytadilar, rostdan ham, fosumu yovman qoblahu va yovman bag'dahu deydilar.

Au deb keladi imom ahmadda, ya'ni bir kun oldin yoki bir kun keyin tutinglar deb keladi. Imom Bhaqiy rivoyat qiladigan hadisda, bir kun oldin va bir kun keyin deb keladi. Tabiiyki bu hadislarni ba'zi ulamolar zaif ekan, lekin bu fadoiyl amal, ya'ni demak, yaxshi ishlar, xayrli ishlar, qo'shimcha bir ishlar bo'lgani uchun, bu yaxshi ishlarda, demak, harom, halol masalasidagi ishlar bo'lingani uchun, bu ishlarda zaif hadislarga ham amal qilinadi. O'shaning uchun aksar ulamolar mana bu hadisni boshqa hadislar bilan jamlangan holda hukm qilib aytishganki, to'qqizinchi kuni ham, o'ninchi kuni ham demak, tutiladi. Shunga ko'ra, asho'rakunni ro'za tutmoqchi bo'lgan odam, asho'rakuni o'ninchi kuni ekan muharramni, to'qqizinchi kuni ham tutadi, o'ninchi kuniyam tutadi, o'shanda sunnatga amal qilgan bo'ladi.

Xo'p, to'qqiz kunni qo'shishning ortida qanaqa hikmatlar bor? Va bunga o'tishdan oldin yana bir misol keltirmoqchi edim. Mana hadisda keladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: la yaqqi balo lahni folati, hay'ilun illa bihinur deb keladi. Ya'ni Alloh Taolo hay'izli, ha'il degani hay'izli degani. Alloh Taolo hayyizli ayolning ro'zasini qabul qilmaydi, ilo ro'mol bilan. Ro'mol hijob o'ragan holda deb keladi. Mana shu hadisni u zohirni o'qigan odam nima deb o'ylaydi? Demak odam hayz ko'rayotgan bo'lsa, hijob bilan ro'za namoz o'qish kerak ekan. Demak hayz ko'rmayotgan bo'lmasa, hijobsiz ro'za namozni o'qish kerakan degan ma'no chiqib qoladi. Agar zohirga qaraydigan bo'lsangiz da, tabiiyki unaqa ma'no emas. Chunki birinchidan hayzli ayol o'zi aslida namoz o'qimaydi. Ikkinchidan hayzsiz ayol ham hijob bilan namoz o'qishi kerak. Hijobsiz namozni aslida qabul bo'lmaydi. Xo'p, hadisni ma'nosi nima? Hadisni ma'no bu yerda ha'ildan maqsad bu balog'atga yetgan ayol degan. Lekin ha'il so'zini zohir zohir ma'nosi balog'atga yetgan ayol emas, zohir ma'nosida hayz ko'rayotgan ayol degan. Lekin mana shu hadisdagi ma'nosi baloqatga yetgan ayolda degan. Va agar kishi hadisni tushunish uchun faqihlarga, hadisni rioyasi bilan, uni fahmi bilan demak shug'ullangan ulamolarga, ularning fahmlariga qaytmasa, albatta mana hadisni zohirni o'qiydi va undan botir bir ma'noni tushunib oladi va albatta adashib ketadi va boshqalarni adashtirib qo'yadi.

Endi keyingi masalamizga o'tadigan bo'lsak, to'qqizinchi kunning, to'qqiz kunni qo'shishning ortagi hikmat nima? Undan oldin aytmoqchi edikki, o'n birinchi kunni ham qo'shish, aytganimizdek hadislarda kelgan, imom ahmad rivoyat qilgan hadisda aytganimizdeki, fosomu yovman qoblahu va yovman, a u yovman ba'dahuhu deb keladi. Yoki imom bayhaqiy rivoyat qiladigan hadisda so'mu yovman qablahu va yovaman ba'dahuhu de keladi. Bir kun oldin va bir kun keyingi kunlarni ham qo'shinglar deb keladi. Shunga ko'ra, demak, ro'za tutmoqchi bo'lgan odam to'qqizinchi kuni ham, o'ninchi kuni ham, bir ming birinchi kuni ham tutsa, eng yaxshi, eng komil holat mana shu holat bo'ladi. Xo'p, buni hikmatlari nima desa, bunda ko'p hikmatlar bor. Hikmatlardan biri, masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shanba kuni ro'za tutishdan qaytarganlar. Hadisda aytadilar: La aytasizumi yo'qmi sabdi deydilar. La aytasizum yo'qmi sabti, ila fimoqto lido alaykum deydilar. Ya'ni shanba kuni ruza tutmanglar, illo nimaki farq bo'lsa tutinglar deb aytadilar. Va uzr, sizdan savol paydo bo'ladi. Shanba kuni ro'za tutmanglar deb aytilyapti hadisda. Iloji ro'za farz bo'lgan narsa bo'lsa deb aytilyaptiki. Zohir ma'nosida. Shunga ko'ra va bu hadis sohib hadis, ya'ni Imom Ahmatov va Imom Hakim rivoyat qilganlar va Imom Hakim bu hadisni Imom Buxoriyning shartlariga ko'ra sohib ilgari qiladi. Xo'p, shu hadisga ko'ra hozir shanba kuni ro'za tutib bo'lmaydigan deb olsak, masalan, shu hadisni sahih deb, o'sha hadisga amal qilamiz deb olsak, unda ashukuro kuni shanbaga to'g'ri kelib qolsa, nima qilamiz desa, o'sha bir kun oldin tutilgan va bir kun keyin tutilgan, qo'shib tutilsa, chunki juma kuni ro'za tuzmanglar deyilgan hadisda aytiladiki, bir kun oldin, bir kun keyin qo'shinglar

Deb keladi. Shunga ko'ra bir kun oldin,bir kun keyin qo'shilsa, albatta mana shu hadisda qaytarilgan narsadan odam qaytgan bo'ladi. Umuman o'zi shanba kuni roza tutish, agar bir odamni odati bo'ladigan bo'lsa, masalan bir odam Davud alayhissalom rozasini tutsa, Davud alayhissalom ro'zasi bir kun tutardilar, bir kun tutmasdilar. Shunaqa roza tutsa, o'sha shanbaga to'g'ri kelsa. Yoki bir odam, demak, shavvol oyini rozalarini tutmoqchi bo'lsa, va shanbaga to'g'ri kesa. Yoki bir adam mana shu ashuaroq mana rozasini tutmoqchi bosib, va shanbiga to'g'ri ketsa, albatta ulamolar aytadiki, u odamning bu kunda roza tutishligidan mutlaqo zarari yo'q. Alloh hali.

Shunday qilib mana biz Ashura kunining fazlini o'rgandik, bugun roza tutish kerakligini o'rgandi. Ashura kuni Muharram oyi hisobida oyining demak o'ninchi kuni hisoblanadi. Muharram oya hijriy oilaning birinchi oyi hisoblanadi. Va demak Muharram oye kirdi degani bu yangi yil kirib keldi degani. Mana hozir biz bir ming to'rt yuz qirq beshinchi yilga kirib keldik. Va yillarni hisoblanishi islomda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hijratlari bilan bo'lgan. Qadimda arablarda yillarni hisoblashning biror bir tartibi bo'lmagan. Birorta kattaroq voqea bo'lsa, shu voqeadan kelib chiqib turib yillarni hisoblashgan. Masalan, fil voqeasidan oldin, besh yil oldin, fil voqeasi dan besh yil keyin, fil voqea yigirma yil keyin deb masalan mashhurroq voqea bo'tsa, yoki masalan kimdir vafot qilsa, masalan mudor vafot qildimi, mudorning o'limidan shuncha keyin, yoki masalan mashhurro jang bo'lsa, masalan, falon jangdan yigirma yillik keyin qilib hisoblashgan. Birorta mashhurroq voxiyani tanlab, o'sha voqea voqeadan keyin oldin qilib hisoblashgan, to undan mashhur qanaqa bitta voqea bo'lmaguncha. Shu voqea bo'lsin, undan hisoblashgan. Shu tartibda davom etgan. Va Umar roziyallohu anhu xalifalik davrlarida u zotga, u zotni oldiga biror bir hujjat olib keladi. Hujjatda bir qarz haqidagi hujjat bo'ladi yu, shabonda pulini berish kerak deb yozilgan bo'ladi. U zot so'raydilar, bu shabon, qaysi shabon deydilar. Oldingi yil shabonimi, bu yilgi shabonimi, keyingi yil shabonnimi?

Deydilar. Va shundan keyin ijdihod qilib, mana shu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hijriyatlaridan boshlab yillarni hisoblashni tartibini yo'lga qo'yiladi. Va shu tartib bo'yicha demak hijriy oylar bilan hisoblanadi. Hijriy oylarning o'ziga xosligi hijriy oylar bu qamariy oylar deyiladi. Qamariy oyilar deyilishini sababi bu oylar oyiga qarab eglanadi, oyning holatiga qarab. Har safar oy, demak, yangi oy shaklida, hilol shaklida paydo bo'lsa, yangi oy paydo bo'lgan bo'ladi. Yangi oy kirgan hisoblanadi. Va to o'sha oy, demak, to'lishib, to'lishib to'lishib borib to'liq bo'lganda oyning o'rtasi bo'ladi. U badr deyiladi. Yangi oy hilol deyiladi, keyin u badr deylar, to'lganda. Keyin qachonki oy tugagan paytda, yana shu kichkina bir, demak, qavs shaklida bo'lib, go'yoki shu bilan ko'rinmay qoladi, shu bilan oy tugagan hisoblanadi. Oy yo o'ttiz kun yo yigirma to'qqiz kun bo'ladi doim. Va qamariy oylarning o'ziga xos ajoyib tomonlaridan biri qamariy oyilar hisoblash, qamariy oilani hisoblash uchun qanaqadir alohida kalendarlar kerak emas. Masalan, kimda kim biz bizni diyorlarimizda mashhur bo'lgan o'sha milodiy oylar bilan, masalan grigoryan oylar deydimi, shu oylar bilan agar yashamoqchi bo'lsa va bir orolga tushib qolsa, masalan, u o'tirib oylarini hisoblashi kerak bo'ladi. Agar adashib ketsa bo'ldi, u bilmaydi qaysi kundaligini.

Hozir fevralmi, martmi, masalan, mart bo'lsa, o'ninchi martmi, o'n birinchi martmi, u bilolmaydi. Lekin qamariy oylar unaqa emas. Qamariy oyda bitta oyga qaraydi va yangi oy paydo bo'ldimi, biladiki, falonchi oy kirib keldi. O'shanga uni hisoblash ancha osonroq bo'ladi va Alloh Taolo xohladi, bandalarning ibodatlarini mana shu oylar bilan bog'lab qo'ydi. Va oylarning to'rttasini Alloh Taolo muharram oylar qildi. Inna idda ta shuhuri indallohi isna ashara shahron fi ita billahi yo maqola qilsa mavvati va arbo minha arba'tun hurun deydi Alloh Taolo Qur'onda. Ya'ni Alloh Taolo osmonlarni va yerni yaratgan paytda oylar o'n ikkita oy, undan to'rttasi demak muharram oylar deyiladi. Shu muharram oylardan biri shu nomi muharram bo'lgan oy bu birinchi oy. Bu bu oylar harom oylar deyilada. Harom oylar deylashining sababi nimada? Bizda harom degani nima degani? Harom so'zi, demak, uni tajovuz qilib bo'lmaydigan, unda bir uning ehtiromi, hurmati bo'lgan ma'nosida. Nimaga ba'zi narsalar harom deyiladi? Chunki o'sha Alloh Taoloning hududlari, uni tajovus qilib bo'lmaydi. O'sha hududlardan o'tib bo'lmaydi. Shuning uchun o'sha narsalar harom deb deyiladi. Shunga Makka va Madina ikkita harom deyiladi. Mana ikki harom deb aytiladi, haromayn deb aytiladi. Nimaga? Chunki Makka va Madinani hududlarida, demak, gunoh ishlar qilib bo'ladi. Demak, o'ziga birovlarga zulm qilib bo'lmaydi va u hududlarga musulmon bo'lmagan kishilar kirishi mumkin emas.

Shuning uchun shu hududlar haramlar deyiladi. Xuddi shunga o'xshab bu oylar to'rt oy, harom oylar yoki harom oylar deyiladi, harom oylar deylishining sababi, demak, harom oylar deb deyishining sababi bu oylarda jang qilish, odamlarga zulm qilish va boshqa gunohlardan qaytariladi. O'zi aslida bu urushlardan taqiqlash uchun paydo, demak, belgilangan. Harom oylar rajab oyi, zinqa'da zulhidcha va muharrom oyi. Mana shu to'rtta oy bo'ladi. Musulmonlarni oylarini eslab qolishimiz kerak. Demak, muharrom oye bu birinchi oy, keyin safar, keyin robiyul avval, keyin robiy ul axir, keyin jumaidul avval, keyina jumaidul axir. Mana bularni sherik qilib yodlab olsa bo'ladi. Muharrom safar ikkalasini bilib olsangiz, keyin robiyl avval, robiyul axir, jumaidul avv, jumaidul axr bo'ladi. Demak, bir biriga sherik. Keyin uchta ketma ket oy bo'ladi. Shahbon rajab, shahbon ramazon. Ramazon to'qqizinchi oy. Undan keyin demak shavvol ramazondan keyin, undan keyin zulqodi zulhidji. Shu bilan o'n ikkita oy bo'ladi. Mana shu o'n ikkata oydan to'rttasi harom oylar hisoblanadi. Harom oylar degani demak o'sha unda gunoh qilib bo'lmaydigan, unda jang qilib bo'lmaydigan, demak, boshqa oylarda ham o'zi aslida albatta gunoh qilib bo'maydi, lekin bu oylarda ayniqsa demak, bu oilani ehtiromi, hurmati baland bo'lgan va aynan jang qilishdan, urush qilishdan qaytarilgan oylar bo'lib, bu oilalar aytganimizdek, demak rajab oyi, keyin zinqa'da zulhidja va muharram oilalari.

Zinqa'dada zulhidja, muharram chunki hojilar demak shu oilada safar qilishadi va rajab oyi belgilangan. Va bu ko'proq o'sha paytdagi demak qurayishni va boshqa arablarni savdolari va boshqalari demak tinch holatda amalga oshishi uchun belgilangan oila. Va bu narsani ortida ko'plab hikmatlar bor. Agar buni hikmatlarini odam tadabbur qiladigan bo'lsa, son sanog'i yo'q. Shu hikmatlardan biri shundaki, o'sha paytda arab qabilalari bir biri bilan doimiy ravishda jangda bo'lgan. Bir biri bilan doimoiy ravishda j ang qiladigan, urushadigan bo'lgan. Va mana shu oila belgilab qo'yilganki, hech bo'lmasa shu oilada urushmay turinglar. Shu oilada savdo bo'lsin, boshqa bo'lsin, odamlarni faoliyati, demak, hayoti, ijtimoiy hayoti, iqtisodiy hayoti tartibda bo'lsin, birovlar qarindoshlarini tayyorat qila olsin, haj qilib ola olsin, degan ma'noda shu oilalar belgilangan. Va alloh taolo xohlaganki, mana shu din bilan mana shu arablarni bir biriga muhabbatli qilgan. Va nafaqat arablarni, keyin arablar ortidan boshqa millatlarni bu arablar bilan bir qavmga, bir millatga aylantirgan va bir biriga muhabbati qilgan. Va bu mana shu muhabbat sababli keyinchalik bu oilalarga o'zi aslida ehtiyoj qolmagan. Chunki bu oilasiz ham o'zi aslada bir biri bilan jang qilish harom bo'lib, bir biri bilan demak jang qilishni aslo musulmonlar tasavvur qilmaydigan holiga kelgan. Va bu oilalarning ehtiyojini hozir bizni asrimizda ham ko'rishingiz mumkin.

Mana bizni asrimizdagi ko'rasizki, ba'zi joylarda urushlar boshlanadi, mana o'n yillab, besh yillab davom etadi. Va bir kunga, ikki kunga tinchlik koridorlari, bir tinchlik, demak, kunlari, soatlari belgilab turaylik, sal bir yordamlar kirsin, dori darmon, oziq ovqat kirsin desangiz, shunga erishish qanaqa qiyin bo'ladi. Va mana bunday oilalarning belgilangani o'sha paytda oldindan bu insonlarning ijtimoiy hayotini Alloh Taolo mana shu tartibda tartiblab berganiga dalolat qiladi. Va yuqoridagi hadislardan va umuman aksiyalarga oid hadislardan oladigan hikmatlarimiz va foydlarimiz juda ham ko'p. Ulardan ba'zilarini demak xulosalar og'ziga qiladigan bo'lsak, eng katta xulosalarimizdan biri, demak biz bildik, to'rtta harom oyi va Alloh Taolo ehtirom qilib, demak hurmat musulmonlarga hurmat va ehtirom qilish, o'sha oyda birovga zulm qilmaslik uchun belgilab qo'ygan to'rtta oyi borligini biz bildik. Shu oylardan biri muharrom oyi ekanini bildik va muharrom oyi hijriy oylarning birinchisi ekanligini bildik va uning o'ninchi kuni ashuvoro kuni eng muborak kunlardan, muqaddas kunlardan biri ekanligini bildiki va bu kunda ro'za tutish va bu kunni bir kun oldingi va bir kun keyingi kunlari bilan birga ro'za tutish dinimizni sunnatligini, oldingi va keyingi kunlar mustahab ekanligi shu kunlarda ro'za Tutish kerakligini bildik. Va bu kunda tutilgan ro'za bir yil oldingi barcha gunohlarni, demak, gunohlar uchun kafforat bo'lishini bildik.

Illo ka berak gunohlar uchungina biz tavba qilish kerak bo'ladi dedik. Undan tashqari hadisdan oladigan foydalarimiz ko'p. Bu foydalardan biri bu Alloh Taoloning ne'matlarini ulug'lash. E'tibor bering, Alloh Taolo Muso alayhissalomni va u zotning qavmini Fir'avnning zulmidan qaytardi, saqladi. Qanchadan qancha holat bo'ladiki, bir odamga kasallik keladi. Kasallik keladi, Alloh Taolodan shifo so'raydi. Alloh Taologa aytadi, menga shifo bergin, menga tuzalishim nasib qilgin deydi. Yoki boshiga bir qarzdorlik keladi, yo bir qiyinchilik keladi, Alloh'dan duo qilib so'raydi. Keyin Alloh Taolo unga qiyinchilikka yechim beradi. Voy kasallikdan tuzaladi, yoki o'sha kasodga uchragan tijorat yurib ketadi, holati joyiga tushib ketadi. Lekin u endi uni eslamaydi. Nafaqat o'sha kunni, balki Alloh Taolo unga qilgan yaxshiligini o'sha ehsonni eslamaydi. Muso alayhissalom qavmiga qilingan ehsonni unutmadilar va ro'za tutilar va nafaqat Muso, undan keyin qanchadan qancha uzoqqa ergan, shuning uchun qavmlar ro'zani tutdi. Va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muammolar tutdi va hozirgi kungacha o'sha ro'za tutiladi. Bunda bu bilan nimani ko'rasiz? Mana Fir'avn qachondir, nechidir, nechidir asrlar, asrlar oldin Muso alayhissalomga va uzoq bilan bo'lgan mo'minlarga ko'rsatgan fazli va marhamati sababli biz hozirgacha o'shaning uchun shukrini qilib uzatishga berilganmiz. Xo'p, bizning o'zimizga hayotimizda qilingan fazl marhamatni unutib qo'yishimiz to'g'ri bo'ladimi?

Shu ma'noda odam Alloh Taolo unga bir ne'matlar bersa, albatta bu ne'matlarni shukronasini qilish kerak. Albatta uchun ro'zalar tutishi, ibodatlarni ko'paytirishi, sadaqalar qilishi, Alloh Taoloning unga qilgan yaxshiligi, unga ko'rsatgan fazl va marhamatini aslo unutmasligi kerak. Yana bir hadisdan oladigan foydamiz, barcha muammolar bir ummat va bir millat ekan. E'tibor bering, Muso alayhissalom va Ban Isroilda Alloh Taolo Fir'avnning balosidan qutqardi. Ban Isroil bu yahudlar. Lekin ularning dini mo'minlar. Ular o'sha paytda Muso alayhissalom albatta mo'minlardan mo'minki, uzod la ilaha illalloh deganlar. Uzod Allohda boshqa iloh yo'q deganlar. Va hozirgi yahudlarni dinida bo'lmaganlar, balki uzod namoz o'qiganlar, Alloh taologa ibodat qilganlar va faqat Allohga iymon keltirganlar. Shirk qilmaganlar. Va yahudlar qanaqadir alohida millat, mo'min bo'lsa ham boshqa boshqa millatlar yahuddan past demaganlar. Shunga ko'ra u zot yahudiy yoki nasroniy bo'lmaganlar, balki tavhiy ahlidan, mo'minlardan bo'lganlar va u zot bilan bo'lganlar, mo'minlar bo'lganlar.

Va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam men Musoga sizlardan ko'ra haqliroqman deganlarida mana shu ma'no nazarda tutdilar. Barcha oldin o'tgan payg'ambarlar tavhid ahli bo'lganlar. La ilaha illallohning ahli bo'laganlar. Va shunga ko'ra Rasululloh sollollohu alayhi vassalam o'sha najot topgan Muso alayhissalom va u kishi bilan bo'lgan kishilarni bilan bir ummat deb o'zlarini ko'rdilar va shu sababli mana shu kunni ro'zasini tutdilar. Shunga ko'ga biz mana shu kunning ro'zasini tutamiz.

Sababi u o'sha millatlar bilan, o'sha qavm bilan, o'shani najot topgan qavm bilan va Muso alayhissalom bilan biz bir ummatmiz. Endi o'ylab ko'ring. Agar bir necha asr oldin najot topgan, Fir'avndan najot topgan, bir necha asroldin yashagan bir mo'minlar bilan biz bir ummat bo'lsak va bir millat bo'lsak va ularning najot topgani uchun biz ro'za tutadigan bo'lsak, qanday qilib, o'zingiz o'ylab ko'tring, qanday qili bugungi kunda, kunimizda, bizning asrimizda yashab turgan mo'minlar bilamiz bir millat, bir ummat bo'lmaymiz. Shuning uchun ham musulmon odam qayerda bo'lmasin, u Amerikada bo'lsin, u Britaniyada bo'lsin. U Xitoyda bo'lsin, o' Hindistonda bo'lsin, bu Tojikistonda bo'lsun, Qirg'izistonda bo'lsini, O'zbekistonda bo'lsina. Har qanaqa mo'minni o'zining birodari deb biladi. Uning quvonchini o'zining quvonchi deb biladi va uning qayg'usi o'zining qayg'usi deb biladi. Shuning uchun ham asrlar oldin yashagan bir mo'minlar ummatining najot topgani bizning najotimiz deb ko'rilyapti. Bizga berilgan ne'mat deb ko'ryapmiz. O'shaning uchun biz ro'za tutyapmiz. Shunday ekan, bizning asrimizda yashab turgan har bir mo'minning ko'rilgan, har bir quvonchi bizning quvonchimiz bo'ladi va ularning qayg'usi bizning qayg'umiz bo'ladi. Shuning uchun rasululloh sollallohu alayhi vasallam mo'minlar bir tana bir tan ekanliglarini bashorat qildilar. Shuning uchun ham Alloh Taolo barcha muammolar bir biri bilan aka ukadir, dedilar. Shunday ekan, bizning asrimizda boshqa kishi, boshqa millatlik uchun, sen masalan o'zbeksan, sen qoraqalpoqsan deb mana fitnalar qiladigan toifalar bor.

Yoki Qirg'izlar bilan tojiklar, yoki Qirg'izlar bilan o'zbeklar, boshqa milliard, ikkita millatga aylanib olib, bir biri bilan janjallashib qolishini, fitnalarini chiqaradigan toifalar ham bor. Vaholanki, qanday qilib biz agar munso salomning qavmi, asrlar oldin yashagan bir qavm, biz bilan bir ummat bo'lsa, bizning paytimizda yashab turgan bizning birodarlarimiz qanday qilib biz bilan bir millat, bir xalq, bir ummat bo'lolmaydi? Shunday ekan, mo'min odamlar barcha iymon ahlini o'zlarining aka ukalari deb biladilar, o'zlarining bir tani va bir joni deb biladilar. Ularning quvonchlari bilan quvonadilar, ularning qayg'ulari bilan qayg'uga qayg'u chekadilar. Yana hadisdan oladigan foydalarimizdan foydalarimizdan biri, bu shundaki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yahudlarga o'xshamasligi uchun bir kun oldin to'qqizinchi kuni ro'za tutishlarini aytdilar. Keyingi yilga agar qoladigan bo'lsa, to'qqizin chi kuni ham tutaman dedilar. Va u sulton sollallohu alayhi vasallam keyingi yilda vafot etdilar. U kunga yetib bormasdan. Va demak, bu ro'zani tuta olmadilar, lekin keyingi yilgacha kunga qolsam, ro'za tutaman, to'qqiz kuni ham tutaman, dedilar. Endi o'ylab ko'ring, agar yahudlarga biz mana shunday bir xayrli ibodatda o'xshamasak, qanday qilib biz boshqa narsalarda o'z toifalariga o'xshashimiz mumkin? Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshqa bir hadisda aytadilar, Imom Buxoriy va Imom Muslim rohat qilgan hadisda latta tabiunna sananam man qoblaqum shibron bi shibron, ziroan bi ziroan.

Ya'ni sizlardan oldingi qavmlar, ummatlarga sizlar ergashib yurasizlar va latta va latta tabiunno, ya'ni tahdid bilan. Ya'ni albatta ularga ergashasizlar. Qarichma qarich, ziroma ziror. Ya'ni qancha ular nima qilsa, o'shani orqasidan qilib yurasizlar. Qadamma qadam ergashib yurasizlar. Hattolavu daholavu yaklavu salaku jo'xorabobbin lasalak tumu ladahol tumu dedilar. Hatto agar ular bobning iniga kirib ketishsa, sizlar ham shuni orqasidan kirib borasizlar dedilar. Bob degani bu o'sha kaltak kesakdan sal kattaroq, o'zi ham kaltak kesakga o'xshagan bir arab diyorlarida bo'ladigan bir hayvon. Bir agar bob deb agar kimda kim qidirsa, yoki o'sha bir lizardni bir turi deydi, ingliz tilida. Mana shu hayvon agar ko'rsanglar bir kattaroq bo'ladi. Mana shuni iniga kirsa kirasizlar deb bir chiroyli tashbeh qiladilar. U tashbeh ham juda ajoyib tashbehki, bu demak, biologiya, bu zoologiya bo'yicha mutaxassis odamlar aytishadiki, bu dobni ini deydi judayam tor bo'ladi deydi. Va tor bo'lganda ham kirgan sari torayib torayib boraveradi deydi. Shu dobni zo'rg'a hamma yog'i tegib turadi inga deydi. Va uni orqasidan bittasi kiradigan bo'lsa, qaytib chiqishi ham imkonsiz bo'lib qoladi u yoqdan keyin deydi. Xo'p, qarang, qanchalik qiyin bo'lsa ham o'shalarga ergashasizlar demoqchilar da.

Ya'ni yahud bilan nasroniylar va boshqa bir qavmlar, musulmon bo'lmagan qavmlar bir to'ylar qiladi. Ularning to'ylariga endi taqlid qilish kerak bo'ladi. Ularning taqlidlariga er xotin rasmlariga tushib, irib qo'yadi masalan to'yxonasiga. Musulmon ham shu rasmga tushirib qo'ysa kerak bo'ladi. Ular bir dunyo pulga qanaqadir ochiq sochiq bir ko'ylaklar kiyib keladi. Musulmon ham o'shanaqa ko'ylak kiyish kerak bo'lardi. Ular bir musiqa qo'yadi, musulmon ham shunaqa musiqani qo'yish kerak bo'lar. Ular ya'ni nima ular qilsa, subhanalloh o'shani musulmonlar qaytarish kerak bo'ladilar hozir. Odamlarni ko'rasiz, bizni asrimizda ko'rasiz shu narsani. Shu narsani aytyaptilarki, o'shalar nima qilsa shunga ergishasizlar deyaptilar rasulullohu a'zam. Va sahobalar so'raydi o'sha paytda. Al yahudov va nasarro deb so'raydi. Ya'ni yahudlar va nasarroga shularga ergishamizmi deb so'rashadi. Masalan, men yig'aman deydilar. Bo'lmasam, aman deydilar. Bo'lmasa kim, kimga ham bo'lardi bo'lmasa deydilar. Endi mana bizni asrimizda shu narsani bugun ko'rasizlar mana nasroniylarga va boshqa umuman qavmlarga taqlidda, o'zini to'ylarida, o'zini odatlarida, o'zin ishida, har bir narsasida o'shalarga taqlid qilayotgan qavmlarni ko'rasiz. O'ziga taqlid qilib yotgan musulmonlarni ko'rasi. O'zi musulmon, namoz o'qiydi, la ilaha illalloh deydi. Lekin xatti harakatlarida, har bir ishida, tijoratida, ya'ni kiyinishda, yurish turishida hammasi o'shalarga tarqatilayotganini ko'rasiz. Albatta, ba'zi taqlidlar boshqachalik jiddiy qaralmaydi.

Ba'zi taqlidlarga ko'z yumiladi. Masalan, ba'zi kiyimlarda ularning ibodat kiyimi bo'lmasa, mana kiyimlarda ulamolar kenglik qiladi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Yamandan kelgan o'sha bir burdanikiy kelganlari keladi, bir Rumdan kelgan bir kiyimni kiyganlari keladi. Agar ularning ibodati kiyimlari bo'lmasa liboslarda masalan ko'z yumilada odatda. Lekin ba'zi liboslar bo'ladiki, mutlaqo mo'min odamni libosiga o'xshamaydi. Ko'rinishidan, haligi libosni kiyinishidan, ko'rinishidan yuz foiz o'shalarga taqlid bo'lgan. Masalan hozir mana Amerikalarda paydo bo'lgan keng kiyimlar bo'lsin, yoki ba'zi masalan shunaqa yosh bolalar kiyib oladigan, masalan, kiyimlarni ba'zida hatto Subhanalloh ahli ilmlar kiyib olganini ko'rib qolasiz hozir. Vaholanki, bu mutlaqo bizning musulmonlarning tabiatimizga, bizning odoblarimizga yarashmaydigan narsa.

Va endi taqlid yomonroq ahvolga keladi, agar u marosimlarda taqlid bo'sa. Har xil bayramlarda, ularning bayram qiynaslarini bayram qilish, mana hozir Hellovingga o'xshagan, boshqaga o'xshagan mana yangi yilga o'xshagan, ularning bayrimlarini bayram qilib. Ularning marosimlariga o'xshab marosimlar qilish, mana to'ylarda hozir mana ularda bir ayol kishini bir erkak kishi olib yurib, olib borib qo'yishsa, hozir shu narsaga ham xato taqlid qilishlar boshlandi mana hozir. Mana to'ylarda, boshqa marosimlarda qilish. Bular endi yomonroq bo'lib boraveradi va e kim qaysi qavmga o'zini o'xshasa, u o'sha qavmdandir deydilar rohsupalloh. Assalomu alaykum alaykum alayhi vasallam. Shunday ekan, musulmon odam o'zining xatti harakatlarida yahudlar va nasroniylarga va boshqa ummatlarga va qavmlarga o'xshamaslikka harakat qilish kerak. Balki ulardan ajralib turishga harakat qilishkerak. Yo musulmon odam o'zining o'zi boshqalardan ajrab turadigan xususiyatlari bilan faxrlana olishi kerak. Chunki u tavhid ahli, chunki u Alloh Taoloning asl dini bo'lgan buyuk din, tavhid dini. La ilaha ilalloh degan dinning davomchisi va o'sha dinni bayrog'ini ushlab turgan kishi hisoblanadi. Endi qolaversa, hadisdan oladigan foydalarimizdan biri bu qadimgilarning demak, hikoyalaridan va qissalaridan, qadimda o'tgan, tarixda o'tgan qissalardan ibrat olish. Mana men O'zbekistondaligimda mendan birov savol so'rayapti, aytyaptiki, nimaga deydi, Bibliya deyilgan kitobda kelgan ba'zi voqealar Qur'onda ham kelgan deydi.

O'sha voqealar o'rtasidagi o'xshashlikning borligi, mushtaraklikning, bir xillikning borligi, Qur'on o'sha kitoblardan olganiga dalil bo'ladimi? Deb ba'zi dahliklar bizdan so'rayapti. Shunga nima deymiz? Deb bir kishi mendan so'radi. Bu voqealardagi ba'zi o'xshashliklarning borligi ikkala kitobning ham o'zi asli haqiqatda loqiylikda bo'lgan narsalar ekanligiga dalolat qiladi. Ya'ni Bibliyada ham Davud alayhissalomning hikoyasi kelgan, Qur'onda ham. Musoning hikoyasi kegan, qur'onida ham alayhissalom. Ibrohim alayhissalomni qissasi kelgan, Qur'onda ham. Va bu qissalarning bir biriga umumiy jihatdan o'xshashi, undagi ismlar, undagi voqealarning mushtaraklik nuqtalari borligi, ya'ni umumiy nuqtalari borlikni ikkalasini ham hayotda bo'lganiga dalolat qilib. Ha, mushtarak nuqtalar bo'lsa, alhamdulillah, bu aslida Qur'onning o'sha voqealarni hikoya qiluvchi haq bir kitob ekanligi va Alloh Taolodan nozik qilingan vahiy ekanligini davom et qiladi. Lekin siz mushtarak nuqtalarga e'tibor qaratmang. Men doim shunga chaqiramanki, siz farqli nuqtalarga e'tibor yarating. Muso alayhissalomning hikoyasini qissasini Qur'ondan oling va Muso alayhissalom qissasini o'sha Bibliya deyilgan kitobdan oling va taqqoslab ko'ring. Davudning qissasini u yoqdan oling va Davudning qissasi bu yoqdan oling. Lutning qissasini uyog'idan oling va lutning qissasining bu yoqdan olti va qiyoslab ko'ring qur'onda har safar nabiylarning qissalari kelgan payti u qissalarda tavhidga chaqiriladi.

Odobga, eng go'zal axloqlarga chaqiriladir. Va Alloh Taolodan qo'rqishga, yaxshiliklarga chaqirildi. Va ularning boshlariga tushgan ko'plab sinovlar va ular u sinovlarga bardosh berib, sabr bilan turganlari va oxirida o'sha sabrlari va bardoshlari va Alloh Taologa qilgan tavakkullari sababli mukofotlanganlari keladi. Bibliyada esa ba'zi Qur'ondan farqli nuqtalarida aqloqsiz voqealar, aslo nabiylarga nisbat berib bo'lmaydigan narsalar va boshqa xunuk xunuk voqealarni uchratasiz. Lut alayhissalomni qizlari deydi, Lut alayhissalomni mast qilib qo'yib, keyin otalari bilan zino qildi deydi masalan. Ana shu qanaqa qilib bu voqea bilan bu voqea bitta devlasi? Aslo unaqa emas. Biz Lut alayhissalomni qanday axloqli, qanday karim va Allohdaan qo'rqadigan va Allohning solih bandasi ekanligini aytamiz. Ular esa nima aytadi? Davud alayhissalom haqida xunuk qissalar aytishadi va boshqa payg'ambarlar haqida bir biridan xunuk narsalar voqealar aytishadi. Shunga biz aytamizki, siz mushtarak bir xil tomonlarga qaramang. Siz farqli tomonlarga qarang. Farqli tomonlarda qarang, qaysi biri nimaga chaqiryapti? Va qaysi biri qanday voqeani hikoya qilyapti? Va qay biri payg'ambarlarga va solih kishilarga yarashgan voqealar u, qaysi biri aslo oddiy odamga hatto munosib bo'lmagan voqealar? Shunda siz tushunib yetasizki, Qur'on o'sha qissalarni eng chiroyli shaklda, eng eng to'g'ri shaklda va odamlarga eng ibratli shaklda bizga yetkazib bergan haqiqiy chinni vohiy va Alloh Taoloning kitobidir.

Va Alloh Taoloning karomidir. Alloh Taolodan so'raymiz Alloh Taolo Muharram oyini. Va Muharram oyi bilan birgalikda kirib kelgan bir ming to'rt yuz qirq beshinchi ijriy yilni biz uchun barakotli qilsin. Ashu'ro kuni va undan oldingi va undan keyingi kunlarda ro'za tutishimizni biz uchun Alloh Taolo oson qilsin, xayrli qilsin. Va o'sha bu kunda tutadigan ro'zalarimiz sababli bizning oldingi yilda o'tkazilgan barcha gunohlarimiz kechirilishiga Alloh Taolo bizni muvaffaq qilsin va muyassar qilsin. Va Alloh Taolo oldingi yillar, oldingi Ashu'ro yilidan bu yilgacha yoki oldingi yillarda qilgan gunohlarimiz orasida kabira gunohlari bo'ladigan bo'lsa, o'sha gunohlardan tavba qilib, qutulib olishimizni bizga oson qilsin, xayrli qilsin. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimdi tekseru

5 sūraq. Är dūrıs jauap — 10 ūpay.

Kelesi däriske ötu üşin testti tapsırıñız

Testsiz jalğastıru