Birinchidan, bizda agar odamlar o'rtasida o'zingiz mustaqil statistika o'tkazadigan bo'lsangiz, o'zingiz so'rovnoma qilib ko'radigan bo'lsang, bilasizki, odamlar qo'llarida ko'p hollarda pul bo'ladi va u pulni umumiy O'zbekistondagi bozorga jalb qilishning yangi instrumentlarga hojat borligi shubhasiz. Sababi ko'plab odamlar ko'rasizki, bankka pul qo'ymaydi. Va buni aksi ham borki, ba'zida banklarda pullar bo'ladi, u odamlar ulardan foydalanmayotganini ko'rasiz. Shu paytda mana shunday tashkilotlar o'zlarining faoliyatida hech bo'lmasa ikkita yo'nalish asosida qilib, islomiy moliya va islomiy huquq asosida demak faoliyat olib boruvchi kishilar uchun ham bir muqobil variantni yaratib qo'ysa, unda ko'proq mijozlar demak chaqirishga yana yana bir imkoniyat paydo bo'ladi. Bu narsani har bir demak yo'nalishlarda misol keltirishingiz mumkin. Shunga banklar agar masalan kredit yo'nalishidan tashqari, taksit yo'nalishini yo'lga qo'ya olsa va deylik masalan birorta bir mahsulot olmoqchi bo'lgan odam xohlasa bankdan pul olib o'shani foiz evaziga osib agar xohlasa uni e'tiqodi bunga yo'l qo'ymaydigan bo'lsa, unda bankka murojaat qilsin, bank u narsani unga olib bersin, masalan. Aynan bu islomiy jihatdan bunisi to'g'riroq bo'ladi. Bo'lib to'lash evaziga, masalan. Mana shunday demak, alternativ muqobil sifatida islom moliyasining borligi ham odamlarning bankka murojaati ko'paytiradi.
Va odamlar qo'llaridagi pullarni banklarga va umuman bozor iqtisodiy iqtisod tizimiga jalb qilishga yordam beradi. Ham banklardagi pullardan odamlar ko'proq foydalanishga chaqiradi odamlarni. Va o'sha ma'noda bu ham banklar faoliyati ga ijobiy ta'sir ko'rsatadi deb o'ylayman.