MMaviza
Islom moliyasi va savdoTekserilgen3 daq

O'zbekistonda Islom moliyasining holati

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

Būl til üşin audarma äli joq. Tömende tüpnūsqa (özbekşe) mätin körsetilgen.
0:00
3:19
Özgerister tarihı

Endi agar islom moliyasining O'zbekistondagi hozirgi holatini muhokama qiladigan bo'lsak, avvalo biz suhbatimiz boshida aytdik, islom moliyasi biz keng ma'noda yoki tor ma'noda tushunsak bo'ladi dedik. Keng ma'nodada islom moliyalari deganda har qanaqa jismoniy yoki yuridik shaxsning mol mulklarini tasarruf qilishda, uni masalan deylik, mol mulkning, mol mulkning mulk huquqini birovga ko'chirish, uni ayirboshlash, yoki mol mulkni tasarruf qilib bilan bog'liq huquqlarni birovga berish, yoki vakillik shartnomasi, boshqa shartnomalarda, har bir qoidalar islom moliyasining predmeti bo'ladi. Islom moliyasi agar keng ma'noda tushunadigan bo'lsak, shu ma'noda islom moliyasisiz hozirgi paytda O'zbekistonda bor. Ya'ni hozirgi paytda O'zbekistonda kishilar o'zining hayotlari davomida qilayotgan ishlarning aksari islomga qarshi emas, islom moliyasining umumiy shakldagi demak qoidalariga muvofiq bo'ladi. Shuning uchun ham aytib o'tish kerakki, islom moliasi bu O'zbekiston qonunchiligidan yoki odamlarning o'zlarining biznes urfidan mutlaqo bir begona bo'lgan alternativ qonunchilik emas. Balki odamlarning kundalik hayotda qilayotgan istalarning aksari islommiy qoidalarga muvofiq, islom qoidalariga tushadi. Shu ma'noda islom moliyasini agar keng ma'noda tushunib turib, keng ma'nodagi tushunchasi bilan agar biz tahlil qiladigan bo'lsak, biz qo'rqmasdan ayta olamizki, odamlarning hozirgi paytda qilayotgan kundalik faoliyatlarining aksari islom moliyasi qoidalariga muvofiq va islom moliyalari shu ma'noda O'zbekistonda ishlab turibdi hozirgi payti.

Va bu narsa alohida atamalar bilan shartnomalar berilishi yoki berilmasligi mumkin. Mana biz Qirg'iziston qonunchiligini muhokama qilganda aytdikki, Qirg'izistonda qonunchilikda qonunchilikka mudoraba, murobaha deb islom moliyasidagi, masalan, taqsid deb islom moliyaidagi shartnomalar nomlari va shartlari bilan keltirilgan. Lekin O'zbekiston qonunchiligida mana hozir ishlab chiqilayotgan loyihani ko'rsangiz ham, O'zbekiston qurunchiligida bu narsa, bu yo'lda yo'nalishdan borilmadi da. Lekin bizda o'sha fuqarolik kodeksida shartnomalarning erkinligi degan narsa bor. Shunga ko'ra, demak, agar shartnoma umumiy shaklda, agar masalan, ikkala tomon shunga rozi bo'ladigan bo'lsa, shartnoma mudoraba asosida yoki muroba asosida tuzilishi mumkin va bu O'zbekiston qonunchiligiga xalaqit bo'lmaydi. Ya'ni qonunchilikda u nom bilan atalmasa ham, tomonlar o'zlari erkin shartlarni belgilashi mumkin bo'lganini sababli, u shartnoma umumiy shaklda, demak O'zbekiston qonunchiligidan chiqmagan holda, Islom moliyasiga to'g'ri keladigan shartnomalarni tuzish tomonlarida imkoniyat tuzish imkoniyati tomonlari bor. Shu ma'noda Islom moliyasi o'zining keng ma'nosida O'zbekistonda ishlab turibdi. Lekin tor ma'noda Islom moliyasini faqat bankchilik va bank bilan bog'liq, aynan o'sha pullarni va investitsiyalarni yaratish va boshqarish bilan bog'li narsa deb qaraydigan bo'lsak, u ma'noda banklarning faoliyati ham ijtimoiy, ham siyosiy jihatdan muhim va demak hassos bo'lgani uchun, ya'ni nozik bir narsa bo'lgani shu, har bir davlatda bank faoliyatiga oid qonunchilik juda ham mustahkam va juda ham batafsil

Ishlab chiqiladi. Shu ma'noda Islomiy banklarni hozir O'zbekistonda joriy qilish uchun yangi qonun ishla ishlab chiqarishga ehtiyoj bor. Va mana shu qonun hozir ishlab chiqilyapti. Biz qonun loyihasini ham ko'rib chiqdik. Va biz qonun loyiha haqida ba'zi fikrlarni aytib o'tmoqchi edik. Lekin umumiy shaklda, demak, O'zbekistonda Islom hozirgi holatda Islom moliyasiga ehtiyoj bor, hozir biz keltirgan statistikadan buni bildikki, O'zbekistonning Islom moliyasi ehtiyoji bor. Islom moliyalari o'zining keng ma'nosida O'zbekistondan ishlab turibdi. To'g'ri ma'noda agar bank ma'nosida oladigan bo'lsak, bu uchun qonun loyha ishlab chiqarilyapti. O'sha ma'noda ya'ni ijobiy bir o'zgarishni va ijobiy bir holatni ko'rishimiz. Miz jim ketdi.

Bilimdi tekseru

1 sūraq. Är dūrıs jauap — 10 ūpay.

Kelesi däriske ötu üşin testti tapsırıñız

Testsiz jalğastıru