MMaviza
Islom moliyasi va savdoTekserilgen4 daq

Islom moliyasi nima?

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

Būl til üşin audarma äli joq. Tömende tüpnūsqa (özbekşe) mätin körsetilgen.
0:00
3:45
Özgerister tarihı

Islom moliyasi degan atamani tushunish uchun avvalo biz bu atamada ishtirok etgan so'zlarni bilib olishimiz kerak. Moliya nima degani? Moliya o'zi arab tilida olingan. Arab tilida mal degani, har qanaqa qiymatga ega bo'lgan va ayirboshlash mumkin bo'lgan narsa degani. O'zbek tilida moliya deganda, o'zbek tilidagi yoki ingliz tilida finance deganda, odatda pullar yoki investitsiyalarni yaratish, ularni boshqarish, ularni o'rganish bilan bog'liq tushunchalar nazarda tutiladi. Lekin moliya deganida arab tilida yoki shariatda, fiqhda ancha kengroq tushunchalar narsalar tutiladi va unga mahsulotlar, unga har qanday qiymatga ega bo'lgan narsalarni ayirboshlash, saqlash va u narsalarni tasarruf qilishning huquqlarini vakolat sifatida boshqalarga berish bilan bog'lik barcha munosabatlar kiradi. Shu ma'noda moliya deganda islomiy nazardan qarash bilan bizda odatda urf bo'lgan qarash o'rtasida biroz ba'zi farqlarni ko'rasizki, islomdagi moliya deb atalgan narsa ancha kengroq bo'ladi. Va uning ichiga hatto meros bilan bog'liq masala kiradi. Uni ichiga har qanaqa qiymatga ega bo'lgan narsani ayirboshlash, uning mulk huquqini boshqasiga o'tkazish va uni boshqarish bilan bog'liq masalalar kiradi. Endi islomiy moliya nima degani desangiz, ana shu moliyaviy munosabatlarni va ana shu qiymatgaega bo'lgan narsa narsalarni ayirboshlashi va saqlashi bilan bog'liqi munosabatlarniy islomiy asoslarda amalga oshirish islom moliyasi deyiladi.

Shunga ko'ra islom moliyasini biz hozirgi paytda o'zimiz atamoyliroq o'rganayotganimizda, unga kengroq va torroq qarashimiz mumkin. Kengroq qaraganda islom moliyasiga bizning har qanaqa shirkatlar yoki jismoniy yoki yuridik shaxslarning qilayotgan har qanday moliyaviy munosabatlari, har qanday vakolat, kafolat va boshqa shartnomalari va boshqa har qanday pul bilan bog'liq va mahsulotlar bilan bog'liqu tranzaksiyalarga kiradi. Bularga oid barcha qoidalar Islom moliyasining umumiy tushunchasining ichida bo'ladi. Torroq ma'noda Islom moliyasi deganda biz aynan o'sha moliyaning juda ma'lum bo'lgan moliyaning Islomiy ekanligiga ishora qilgan bo'lamiz. Ya'ni torroq ma'no ma'noda Islom moliyasi degani bu aynan pul va investitsiyani yaratish uni boshqarish va o'sha yaratish va boshqarish bilan bog'liq munosabatlarni o'rganishga oid masalalarning Islomiy asoslarga muvofiq bo'lishini biz torroq ma'noda Islom moliyasi deb atagan bo'lardik. Yana bir nuqtaga men diqqatingizni qaratmoqchi edim. Islom moliyasisi bu qanaqadir alternativ bir muqobil yangi moliya tizimi emas. Va Islom dini bizga nozil qilingan paytda, bu din bizga mutlaqo bir yangi moliya munosabatlarini yoki yangi bir odamlar o'rtasidagi shartnomalarni olib kelmadi. Balki bor shartnomalarning orasida qanaqadir xatolar bo'lsa, shu xatolarni to'g'rilab ishga buyurdi xolos. Ya'ni masalan, odamlar o'urtasida qanaqa dir tijorat munosabati bo'lardi, shu tijorat munasabatida biz g'arar deb ataydigan nizoga olib keluvchi majburlik elementi bor edi.

Islom bizga mana shu elementni olib tashlab, uni yaxshiroq shaklda qilishni o'rgatdi. Yoki odamlar o'rtasida ribo bilan bog'liq munosabatlar bor edi. Islom ana shu munosabatni qanday qilib ribosiz qilishni o'rgatdi. Va buni hadisda ko'rishingiz mumkin, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam oldilariga bir xurmo olib kelishdi. Shunda aytdilarki, bu xurmoni qayerdan oldinglar? Ular aytishdi, ya'ni haybar xurmosi. Biz buni bir soatga ikki soat almashtirdik. Uzat sallallohu alayhi vasallam bu ish xato deb ketmadilar da. Undan ko'ra mana shu qo'linglardagi xurmonni sotib, uni puliga mana bu xurmonni s otib olinglar dedilar. Va mana shu hadisni agar tahlil qiladigan bo'lsangiz ko'rasizki, islom moliyasi yoki islom dini o'zi umuman bizga bir qanaqadir yangi narsani olib kelmadi da. O'sha odamlar o'rtasida bor shartnomani o'zini, qanaqa shaklda bo'lsa, o'rtada nizo paydo qilmaydigan, ribo yoki g'aror yoki boshqa taqiqlangan elementlardan mustaqil, demak, elementlardan tozalangan bo'ladigan bo'lishini bizga ko'rsatib berdi xolos. Shu ma'noda islom moliyasi degani bu qanaqadir yangi bir moliya tizimi emas. Bu bizda bor moliya tizimining yaxshilangan, to'g'irlangan va ba'zi o'sha kamchiliklardan, demak, ba'zi kamchiliklar bartaraf etilgan holdagi bir ko'rinishi xolos. Vallohu a'lam.

Bilimdi tekseru

2 sūraq. Är dūrıs jauap — 10 ūpay.

Kelesi däriske ötu üşin testti tapsırıñız

Testsiz jalğastıru