MMaviza
XushuʼTekserilgen17 daq

44-QISM / HUSHUʼ (2/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

Būl til üşin audarma äli joq. Tömende tüpnūsqa (özbekşe) mätin körsetilgen.
0:00
16:31
Özgerister tarihı

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassalatu vassalomu ala ashrofil musalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Alloh azza va jalla ramazoni shabni barchamizga barakotli qilgan bo'lsin. Bismillahir rohmana rohim. Nafs tarbiyasi. Silsila darslarimizdan, tasavvuf darslaridan birodarlar, xushu manzillatini o'qiyotgan edik, davom etamiz. Xushu va najot. Xushu manzilati birodarlar, najotni ichiga kiradi. Xushu. Qalbni allohga moyil bo'lishligi. Qalbni egilishligi. Xushu, qalbning Allohda qo'rqishligi. Namozimizda birodarlar xushu bo'lishligi kerak. Qod aflahal mo'minun alladina hun fisolatihim hoshiyaun. Namozlarida hoshiya bo'lganlar, namozlarda xushuda bo'lgan mo'minlar najot topdi. Shuning uchun ayrim ulamolar aytishadi, namozda xushu bilan turish, namozning fazilatlaridan emas, balki farzlaridan deyishadi. Ayrim ulamolar yo'q, bu fazilatidan deyishadi, hushu haqidagi birinchi oyat shu edi.

Qod aflahal mo'minun alladina hum fiy solatihim hoshiun. Ikkinchi oyat. Bugun bir qancha oyatlar o'qiymiz. Bu oyatlarda hushu haqida so'z ketadi. Modomiki Qur'onda bir mavzu haqida so'iz ketibdimi, demak, bu mavzu hazilakam mavzu emas. Biz hushu manzilatini, hushu mavzuni sizlar o'qiyapsiz. Astaydu billah. Alam ya'ni lilillatina, amanu an taqsha qulu buhimli dikri ilahi va ma nazra minal haq.

Iymon keltirgan zotlar uchun, dillari allohning zikriga va nozil bo'lgan haq qur'onga hoshi bo'lishi, moyil bo'lishi vaqti kelmadimi? Shuningdek, ular uchun ilgari kitob ato etilgan, so'ng muddat o'tgach, dillari qotib ketgan kimsalar, Yahudiy va Nasroniylar kabi bo'lib qolmaslik vaqti kelmadimi? Ulardan, Yahudiy va Nasroniylarning ko'proqlari fosiq itoatsizdir. Qur'onga va Payg'ambarimizga nozil qilingan narsaga, qalblarning hoshiya bo'lishdagi, xushuli bo'lishdagi egilishlik vaqti kelmadi mi?

Alloh Subhanah va Taolo ertayu kech tinimsiz zikr qilinadi. Ayniqsa musulmonlarni yurtlarida. Masjidlarda, ilm majlislarida, novizalarda, Ramazonda, Qur'on tilovatida. Birodarlar, bizni qilayotgan mana shu zikrlarimiz hayotimizda aksini ko'rsatishi kerak. O'qiyotgan namozimiz zikr. Tasbeh aytishligimiz zikr, namoz o'qishligimiz zikir. Mana shu qilayotgan amallarimiz hayotimizda ham ko'rinishligi kerak. Agar biz Allohni zikrida doim bo'lsak u, ammo yurish turishimiz, fe'l atvorimiz qilayotgan zikrimizni teskari bo'lib qolsa chi, unda bu zikr bo'lmaydi. Bor u qo'lida tasvirlasi bilan o'tib ketgan begona ayollarga qarab qo'yadi. Qo'lida tashbeh. Tilida zikr. Ha, shu yerda bu odam zikr aytyaptimi yoki ko'zi bilan gunoh qilyaptimi? Qaysi tomonda bu odam? Qilayotgan fe'li tomonida.

Qilayotgan ishimiz bilan aytayotgan so'zimiz ikki tomonni ko'rsatayotgan bo'lsa, biz qilayotgan tomonga qarayotgan bo'lamiz. Ma'qulmi? Agar sizni Allohni zikr qilishingiz xushu bo'ladigan bo'lsa, bu sizni amallaringizni ham isloh qilishligi kerak. Chunki Alloh Taolo aytyapti, iymon keltirgan zotlari uchun dillari Allohning zikriga va nozil bo'lgan haq Qur'onga hoshi, xushroli, moyil bo'lish vaqti kelmadimi?

Inson Allohni taniydi, iymon keltaradi, uni amrida mustaqil bo'ladi, namoz o'qiydi. Ammo mana shu namozda o'qiyotgan namozxonni ham ba'zida qalbi zanglab qoladi. Ibodatlari shunda faqat shaklli bo'lib qoladi. Namozda turadi, xayoli bozorda bo'ladi. Ya'ni qalb zanglab qolganligini alomatlaridan bittasi qalbi ibodatda emas, dunyosida bo'ladi. Qalbida xushu bo'lmaydi. Ibodat u uchun quruq harakatlarning yig'indisiga aylanib qoladi. Ro'za tutadi, ammo qalbida xushu yo'q. Hajga keladi, sayyohdek, sayohatchidek qalbida xushu yo'q. Shuning uchun, birodarlar, bilib qo'yaylik. Xushu ibodatning siri.

Xushudan, ya'ni ibodatdan, ibodatdan ko'zlangan maqsad xushu aytyapmiz ku, sizni qalbingiz hoshi bo'lsa, qalbingizda xushuv bo'lsa, namozda turganingizda bozor esingizga kelmasligi kerak. Hisob kitoblar kelmasligi keraksiz, muammolar kelmasligi kerakt. Siz namozda turib, o'sha narsalarga hayo ketyaptimi? Hayolingiz ketyaptimi? Demak, xushuv yo'q.

Faraz qiling, bir odamni o'limga hukm qilishdi. Hozir osishadi yoki kallasini osishadi. Ikki rakat namoz o'qib oldi da ruxsat berishadi. Ha, mana shu namozda hushuv bo'ladi. Chunki namozda o'quv bo'lishiga qatl bo'lishini biladi, dunyodan chiqib ketishini biladi, o'shaning uchun mana shu odamni namozida hushuv bo'lad.

Eslang, qachon shunaqa hushuv bilan namoz o'qigansiz? Bir o'n yil buyog'ini ista, endi orqani ista. Uyalib qolasiz. Aytyapmiz ku, ibodatlarda hammasini siri, orqasidan ko'zlangan maqsadi mana shu xushva edi. Xususiz qilingan ibodat ruhsiz jasadga o'xshaydi. Xususiz xilingan ibodat bu bor yo'g'i rasm rusumlar, yig'indisi bo'lib qoladi. Ana, mushriklarni ko'rmaysizmi? Ibodat deb o'zlaricha bir harakatlarni qiladi. O'tiradi, turadi, yuguradi, ammo ruhi yo'q.

Bizni namozimiz bilan ro'zamiz ham shunaqa bo'lib qolmasligi kerak. Mana xatmida turibmiz. Soatga qarab qarab qo'yamiz. Besh minutdan o'tib ketdi, mohir akada. Natijini cho'zib yubordi qori. Kanda yana qilib bo'lib ketdi. Exos ko'tarilib ketdi. Kishi yig'lab yubordi. Isib ketdi xona, sovub ketdi xona, subhanalloh. Boyagi qatlga hukm qilingan odam namoz o'qiy ekanda. Oyoqni tagi yumshoqmi, qattiqmi, issiqmi, sovuqmi, e'tibor qiladimi? Yo'q. Nima uchun? Qo'rquvi bor.

Bizni ibodatlarimiz birodarlar, marosimlar yig'indiga aylanib qolmasin. Marosim bilan ibodatni o'rtasida farq bormi? Bor. Marosimlarda maqsadi, g'oyasi va ma'nosi bo'lmaydi. Ha, u akalar, u marosimlar nodoniki shariatga zid bo'lmasa qilaversin. Urf odatga haqqi bor hamma xalqni. Ammo uni orqasida bir maqsad bilan bir ma'no bo'lmaydi da. To'g'rimi?

Ibodat birodarlar. Uni orqasida g'oya bor. Uni orqasidan hikmat bor. Uni orqyasida bir maqsadi bor. Mana, zakot, haj, sadaqa, namozlarni ko'rib chiqamiz. Bularni orqasidagi g'oya, maqsad nima ekanligini Alloh Qur'onda aytgan. Astadviloh, khud min amualihim sodaqotam to'tohiruhim va tuzakixim. Ey Muhammad alayhissalom, mana zakot bilan sadaqa haqida. Ey Muhammad ali assalom, siz ularning mollaridan bir qismini o'zlarini poklab, tozalaydigan sadaqa sifatida oling. Demak, zakot va sadaqadan maqsad molni poklash, nafsni poklash va fazilatlar bilan bezash. Ana. Maqsadi bor ekanmi? Zakot bilan sadaqadan ko'zlangan maqsad nafsni poklaymiz, molni poklaymiz. Nafsimizni fazilatlar bilani bezaymiz. Baxillik degan kasallikni chiqaramiz. Demak, zakot bilan sadoqaning maqsadi shu. Ro'za. Mana ro'za tutyapmiz. Nima edi? Stadi billa, ya yu halladina a manu, kutyuban alaykumussayam ukama, kutyuban alyalladina minqoblikkum la allakum. Tattaqun.

Taqvoli zotlar bo'lishinglar uchun, taqvodor bo'lishinglar uche, ey mo'minlar, avvalgilarga faz qilinganidek, sizlarga ham ro'za faz qilindi. Ro'zada maqsad nima ekan? Taqvo ekan. Qo'yingki, boshqa hamma amallarimizni qarasanglar, orqasida bir maqsad bor, birodarlar. G'oyasi bor, hikmati bor. Birodarlar, biz Alloh Taoloni tanisak, Alloh Taoloni hukmlarini, hikmatini tushunsak, dinni o'rgansak, Allohni tanisak, tamom. Hamma muammo hal bo'ladi.

Ishonasizlarmi? Bu mubolag'a emas. Bu mubolag'mas. Allohni tanidingmi? Chinakamiga tanidingmi? Muammolaring qolmadi. Hamma muammolaring yechiladi. Bu nima degani? Sen haqiqatan Allohni tanigan bo'lsang, Allohni Rob ekaniga, Yaratuvchi ekaniga, ko'rib bilib kuzatuvchi ekaniga. Har narsaga qodir ekaniga, Razzoq ekaniga, G'ofurur Rahim ekanligiga ishonching komil bo'lsa, sen gunoh qilmay qo'yasan.

Gunoh qilmay quvdingmi? Muammo yechildi. Nima uchun? Chunki ustimizga kelayotgan qanaqa muammo bo'lmasin, birodarlar, o'zimizni qilayotgan gunohimiz sababidan keladi. Man asobakum min musibating fabima kasabat aydikum va ya afoinkafir. Mana dalil. Nima musibat yetmasin deyapti Alloh Taolo. Qanaqa musibat yetmasun. Bima kasabat aydikum. O'zinglar xohishinglar bilan, ixtiyoringlar bilan qilgan ish sababidan keladi. Yana Alloh hamma gunohga jazo bermaydi. Ko'pini kechirib turadi.

Gunoh bormi? Musibatni kutavering. Gunohdan tiyildingizmi? Musibatlar, muammolar tugadi devering. Demak, Allohni taniganing aniq, alohida imoning komil, demak, osiy bo'la olmaysan. O'sha ko'chada osiylik qilib yurgan odamlarni qarasangiz, muammosi mana shu. Allohni tanimaydi ular. Allohni tanima edi.

Endi sen Allohni tanib, osiylikdan qutuvdingmi? Demak, xayriyatga kirding. Muammolaring birin ketin yechilishni boshlaydi. Chunki hozir aytdik, aksar muammolarimizning sababi nima ekan? Qiyin. Gunohlarimiz ekan. Qarang oyatni go'zalligini. Vo man yataqillaha yaji Allohux maxrojan. Voyarzu qumin hayzu la yaxtasib. Kim taqvo qilsa, Alloh Taolo unga har qanday muammodan chiqib ketadigan yo'lni, yechimni beradi. Orqasidan, kutmagan joyidan rizqni beradi. Taqvo qilsang, muammolaring yechiladi, kutmagan joydan rizqingni beradi. Davomini qarang. Va man ya tavakkal ala lohi fahva hasbuhu. Kim Allohga ishini topshirsa, Allohga suyansa, tavakkal qilsa, bu odamning ishi Allohni qo'lida bo'ladi. Qarang, taqvo qiluvdingiz, muammoni yechimini berdi, rizqingizni berdi. Tavakkal qiluvdingiz ishingizni qo'liga oldi. Endi sizga muammo qoladimi?

Tushunyapsizlarmi? Muammo nimada? Katta savdo markazlarida ana shu sotuvchilarni nazorat qilib turishlik uchun ustilariga kamera qo'yib qo'yadi. Ko'rgansizlar. Kassalarni ustida kamera turadi. Ana shu kamera orqali shu sotuvchi har bitta harakati kuzatib turiladi. Har bitta qilgan harakati, har bitta aytgan so'z yozilib turadi. Shuning uchun u ish joyida uxlamaydi, telefon o'ynamaydi, gaplashib o'tirmaydi. Nima uchun?

Kuzatuvda ekanligini bilgani uchun. Agar odamlar ham, qarang, bitta kamera o'sha savdogarni tartib intizomli qilib qo'yyapti ham, bitta kamera ja oshib borsa ishdan haydab yuborar. Oyligini qisqartirib qo'yar, lekin bitta kamera uni kuzatib turganligini ko'rgani uchun ishini bilib qilganidek, agar odamlar ham hayotda Alloh ularning har bitta qilayotgan ishidan xabardor ekanligini bilishsa, uyidami, ko'chadami, safardami, hazardami va mana shu qilgan ish uchun Alloh Taolo unga jazo berilishiga aniq ishonsa, gunohga qo'laverarmidi?

Tushundinglarmi ukalar? Hayotinglarni zo'r bo'lishini xohlasanglar, kelajakda va hozir gunohdan aytyap olinglar. Siz bilan bizni qilayotgan bu ibodatlarimizdan ko'zlangan maqsad mana shu xushu, taqvo, qo'rquv edi. Agar biz namoz o'qisak, ro'za tutsak, zikr aytsak u, hayotda qilayotgan ishlarimiz, bu zikrimizga, namozimizga to'g'ri kelmasa, demak bizni bu amallarimiz faqat shaklli bo'lib qolibdi.

O'shaning uchun rizqingizda baraka yo'q. O'shaning uchungiz boshingiz qarzdan chiqmayapti. O'shaning ukamizda ishingiz yurishmayapti. Ming xil yo'lini qilib ko'ryapsiz. Har xil bir treninglarga borib, biznes trenerlardan eshityapsiz. Lekin hech ham bo'lavermayapti da muammo deyishimi? Sabab nima ekan? Sabab nima ekkan? Ana shu qilayotgan ishlarimiz bizni hayotimizda aksi ko'rinmayapti ibodatlarimizda.

Shuning uchun aytyapmiz, birodarlar, har bitta holatingda Alloh seni ko'zda tutib turishiga aniq ishonsang, mushkulalaring hal bo'ldi. Gunoh qilmaysan, mana shu mushkulalaringni hal bo'lgani bo'ladi. Namoz. Innos sola atat tanha an il fahshha i wal munkar. Namozdan ko'zlangan maqsad, demak, nima ekan? Fahsh va munkardan qaytarishi. Albatta namoz buzuqlik va yomonlikdan to'sadi. Namozda o'qiysan, ammo buzuqlik va faxsh ni to'xtatmayotgan bo'lsang, seni namozing namoz emas. Payg'ambarimiz aytganlar, kimning namozi uni faxsh va munkardan to'smasa, uning namozi namoz emas deganlar.

Endi namoz o'qib turib ham boloxonali so'kishdan to'xtamayaptimi? Uchta gapini to'rtinchisi so'kinishmi? Demak uni namozi namoz emas. Chunki namozdan ko'zlangan maqsad mana shu fahsh bilan mumkandan tegishli edi. Demak, birodarlar, namozdan ko'zdangan maqsad zikr edi, yaqinlik edi, nur edi. Dinimiz namozga, ro'zaga, hajga buyuradi. Lekin har bittasining orqasida hikmati bor, maqsadi bor. Bu narsani Qur'on bilan Sunnat bizga bayon qilgan. Har bitta ibodat uchun bandaga bir ulug' ajra harakatlar bor. Endi ana shu qilgan amaliga mukofot olish uchun u amallarida ruh bo'lishi kerak.

Amallardagi ruh ana shu xushuv bo'ladi. Aks holda, bizni qilayotgan amallarimiz xususiz bo'lsa, ruhsiz bo'lsa bu marosimlarga o'xshab qoladi. Ma'nosiz xatti harakatlarning yig'indisiga o'xshab qoladi. Aqlu qovli ha'da va astag'firullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi va barakatuh.

Bilimdi tekseru

5 sūraq. Är dūrıs jauap — 10 ūpay.

Kelesi däriske ötu üşin testti tapsırıñız

Testsiz jalğastıru