Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassalat va assalomu ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabat, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh. Tazkiyatun nafs darslaridan birodarlar rozgo'ylik manzillatini qo'yayotgan edik. Davom etamiz. Ikkinchi oyel. Astaidu billa voqu robbiy adixilniy mudixala sidqin. Ayting, parvardigorim, meni haqqa rost, doxil qilgin. Ya'ni, niyatim to'g'ri, rost bo'lgan holimda doxil qilgan. Bu juda ham bir nozik va xatarli mavzuni o'z ichiga oladi. Darsimizni mavzusi rostgo'ylik. Avvalgi darslarimizda aytdik, inson hayotda erishmoqchi bo'lib, harakat qilib, nimani qo'lga kiritgan bo'lsa, buni orqasida rostgo'ylik turadi.
Endi bir inson bir narsaga erishmoqchi bolib harakat qildi yu, lekin qo'lga kirita olmadi. Demak, shu qo'lga krita olmasligini sababi, shu ishda u odamni rostgo'ymasligi. Rostgo'ylikk bu hamma narsa. As sidqu manja. Rostgo'ylik najotga yetaylikni. Oyatni to'liq o'qiymiz. Astaydubilla, vo qur robbiy adixinli mudixala sidqin va axrijiniy muxraja sidqin vaji alli milla dunka sultona nasiro.
Va ayting, parvardigorim, meni haqqa rost, ya'ni niyatim to'g'ri, rost bo'lgan holimda doxil qilgin va haqqa rast niyatim to'g'ri, rost bo'lgan holimda chiqargin. Hamda men uchun o'z dargohingdan bir madadkor quvvat ato qilgin. Parvardigorim, meni haqqi rost, doxil qilgin. Bu nima degani? Bu oyatda nimani tushunamiz? Tijoratga kirishding, jome'yaga kirding, safarga chiqding, nikohlanding. Demak, shu ishlarni ichiga kirding. Sen shu ishlarni ichidasan.
Endi mana shu ishlarni ichiga kirayotganingda, shu ishga kirishayotgan paytingda aytginki, meni haqqa rost doxil qilgin. Mana shu ishga tirishda niyatim to'g'ri bo'lsin, rost bo'lsin. Shunday holatda kiray. Bu bir narsaga kirishlikda, haqqa rust kirishlik qanaqa bo'ladi? Ulamolar aytishadi, shu ishlarga kirishayotganing Alloh uchun bo'lsin. Mana shu ishga kirishlikdan maqsading Allohni roziligi bo'lsin. Allohdan madad tilagan holingda kir. Allohning amri bilan kir. Allohni buyruqlarini bajarish uchun kir. Xullas, Allohning roziligi uchun shu ishga kiritish.
Tijorat bo'lsin, sport bo'lsin, uylanish bo'lsin, ilm bo'lsin, shu ishga kiryapsanmi? Niyating haqqi rost bo'lsin. Alloh uchun bo'lsin. Mansabga o'tiryapsan, sapalga chiqish arafasidasan. Umuman qaysi ishga kirishma, niyating haqqa rost bo'lsun. Ya'ni Alloh uchun bosin.
Va adixilning, mudixala sidqing. Endi, mana shu ishga kirding, bu ishni ichidasan, endi bu ishdan chiqib ketish ham bor. Kirayotganingizda haqqa rost kirishingizni Alloh'dan so'raganingizdek, endi bu ishdan chiqib ketishligingiz ham haqqa rosh bo'lsin. Va axrijniy muxoraja sidqing.
Va haqqa ross, ya'ni niyatim to'g'ri, ross bo'lgan holimda bundan meni chiqargin. Buni ma'nosi qanaqa? Kirishingiz haqqa russ bo'ldi. Chiqishingizchi? Kirishingiz haqqi rost bo'lgan bo'lsa yu, chiqishingiz shunday bo'lmagan bo'lsa, demak bu ishda yuk uzibsiz. Chunki bir ishga qanday kirish muhim emas, muhimi qanday chiqish.
Dunyoda qanday yashaganligingiz muhim emas, dunyodan chiqib ketayotganda qanday chiqishingiz muhim. Chunki bir inson umrini katta qismida iymon, e'tiqod, taqvoda yashab turib, dunyodan chiqib ketayotganda fisqu fujurda chiqib ketishi mumkinmi? Mumkin. Yoki aksincha, umrini katta kismida fisqu fujur gunoh ma'siyatda o'tadi da, dunyodan chiquv degan payt kelganda, umrini bir yili olti oy qolganda taqvoda, ibodatda, masjidda, zikrda bo'lib qoladi. Ha mana bu odam yutdi. Shuning uchun parvardigor meni haqqiroz holimda kirgizgin va haqqiroz holda nima qilgin? Chiqaring.
Bir odam Alloh bilan bir ishni boshladi. Alloh uchun boshladi, Allohning rizosi uchun boshladi. Yaxshi bo'ldi. Vaqt o'tdi, ishi yurdi, hurmati oshdi, qo'lida katta boylik yig'ildi. Endi qanaqa bo'ladi? Endi niyat qanaqa bo'ladi? Bu ishga kirishayotgan paytdagi niyati bilan turadimi? Yo unutib qo'yadimi? Demak, agar unutib qo'ysa, nima deydi, bir mansabga o'tirayotganda yaxshi niyat bilan o'tiradi, mana shu xalqimga foydam tegadi, xalqni qiyinini yengillashtiraman, og'irini yengil qilaman, mashaqqatini bir oson qilaman deb kirishadi-da, mansabga o'tilgandan keyin, kursiga o'tilgandan keyingi, qo'lida avval bo'lmagan dunyo, qo'lida avval bo'lmagan mansab yig'ilgandan keyin esdan chiqarib qo'yadi.
Demak, ishiga rostgo'y holatda kirdi, endi undan kazzo'b holatda chiqdi. O'shaning uchun aytdik da, bu eng xatarli o'rin deb. Bu oyatda muhim va xatarli mavzu ko'tarilyapti. Kirayotganda qanday pokiza niyat bilan kirgan bo'lsangiz, rostgo'y bo'lib, chiqayotganda ham shunday chiqing. Demak, ulug'vorlik, rostgo'ylik bir ishga qanday holda kirishing emas, balki undan qanday holda chiqishingda ekan.
Arablarni daholaridan hisoblangan ikkita sahoba. Muoviyatubnabu so'fiyon va amr ibn os, radiallohu anhuma. Ikkalasini ham arablar daholardan deb sanashgan. Ikkalasi suhbatlashib o'tirarkan, muoviyatubnabi so'fiyon mana xalifa bo'ldi keyin. Ey amr dedi. Seni daholiging qay darajada? Amr ibn os javob berdi. Vallohi men qaysi bir ishga kirishgan bo'lmay, agar undan chiqib ketishiga majbur bo'lib qolsam, albatta chiroyli suratda yo'l topib chiqib keta olaman.
Bir ishga kirishdim, endi chiqib ketishga majbur bo'lib oldim. Chiqib ketishimni chiroyli qilganman. Muoviyatun nobuddin sufiyon, ey Amr, sen daho emas ekansan. Men va Allohi chiqib ketishi majbur bo'lib oladigan bironta ishga kirishmanglar qo'yganman. Aytamiz u, aqlli odam bir muammoga kirsa, shu muammodan chiroyli chiqib keta oladi.
Bu aqlli odam. Endi dono odam qanaqa bo'lardi? Ana shu muammoga, ana shu qiyin ishga kirmanglar qo'yadi. Ma'qulmi? Demak, boshlash, kirishish oson, yaxshi niyat bilan. Ammo yaxshi niyat bilan kirishgan ishingizni, yaxshi niyati bilan chiroyli suratda haqqiroz tugatishlik qiyinroq bo'ladi.
Bir fosiq kishini tasavvur qiling, fisq fujurda, ma'siyatda yurar edi. Keyin tavba qildi. Solih odamlarga qo'shildi. Ilm majlisiga qatnadi. Bir oy, ikki oy qalbi yayrab, yashnab, tozalanib, to'g'ri yo'lga qaytganidan bir terisiga sig'may quvonib yurdi.
Bir muddat. Keyin nima bo'ldi? Qalbidagi mana shu o't sovudi. Yana havo inabsiga berildi. Yana fisq yo'liga qaytib ketdi. Demak, yaxshi kirgan edi, haqqa rost kirgan edi, lekin haqqa rosh chiqa olmadi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, va anna axabbal a'mali ila allohi adwamuhi va inqalli.
Alloh taologa amallarni ichida eng mahbubi davomiy bo'lgani, garchi ozroq bo'lsa ham. Ozroq bo'sa ham, davomiy bo'gan ish alloh taologa ko'proq yoqadi. Bir marta ming so'm berib qo'yib, keyin to'xtab qolgandan ko'ra, har kuni o'n so'mdan berib turgani yaxshi. Ilm majlisiga kelding, niyat qilding, niyating yaxshi bo'ldi. Allohni rizosi uchun bo'ldi. Endi sobit bo'l, davomiy suratda kelib tur. Agar shunday qilsang, ilm majlisiga davomiy suratga kelib turadigan bo'lsang, Alloh seni ilm bilan siylaydi, ilm bilan ikrom qiladi.
Senga hikmatni beradi. Amalingga tavfiqini beradi. Fe'li atvoring, xulqing isloh bo'ladi. Bitta shart. Davomiy bo'l. Davomiy bo'l. Oilangga, molingga, umringga baraka beradi. Seni hamma ishlaring Alloh Taoloning zimmasida bo'ladi. Agar mana shu ilm majlisida nima bo'lsang, sobit bo'lsang.
Odam bolasi odatda bu dunyo hayotini oxirat hayotidan ustun qo'yadi. Chunki dunyo hayoti naqd turibdi da ko'zida. Oxirat hayoti nasiya. Oxirat hayotini nasiya, ko'rinmayapti da. Endi kim mana shunday e'tiqodda kun kechirsa, dunyo hayotini oxiratdan ustun deb bilsa, afzal deb bilsa, dunyo hayotin ham, oxirat hayotin ham boy beradi.
Ammo kim? Oxirat hayotini dunyodan ustun qo'ysa, ikkalasida ham saodatga erishadi. Oyatni bir o'qib qo'yamiz. Va ayting, Parvardigorim, meni haqqirost holda doxil qilgin va haqqirost holimda chiqargin. Hamda men uchun o'z dargohingdan bir madadkor quvvat apo qilgin.
Kelishayotganda haqqirost niyat bilan keling, Alloh'dan so'rang. Shu ishdan chiqib ketayotganda ham haqqaroq chiqishlikni Alloh'dan so'rang. Tarovaga kirayotganda, bir yil Xudo xohlasa, necha kun? O'ttiz kun to'liq tarovadan kanda qilmasdan qatnashaman deb niyat bilan kirdik. Mana turibmiz. Uchdan biri o'tdi. Mana endi uchdan ikkisi qoldi.
Kirayotganda haqqaroq niyat bilan kiraylik ekan. Chiqayotganda ham haqqaroz niyat bilan chiqaylik ekan. Bunga Alloh'dan tavfiq so'raylik. Agar Alloh tavfiq bermasa, eplay olmaymiz ekan. Uchinchi oyat. Astaydu billah voj ali lissana sidqin fil axirin. Ibrohim alayhissalomning duosi. Shu'aro surasida Alloh Taolo shunday deydi Ibrohim alayhi ssalomning tilidan. Voj ali lissani sidqin fil axiring. Yana men uchun keyin kelguvchi kishilar o'rtasida rost maqtovlar qilgin. Mana Ibrohim alayhissalomning shu duosi ijobat bo'ldi. Keyin kelgan musulmonlarni o'rtasida ros maqtovlarni Alloh Taolo berdi bu ulug' payg'ambarga.
Ismi shunaqa ko'p zikr qilinadi, Ibrohim alayhi salomga har kuni salovatimizda biror mana har namozimizda salovatimizni Ibrohim alayihissalomni ismi bor. Demak Alloh Taolo bu kishi uchun keng kelgan kishilarni tilida rost maqtovlarni qildi. Bir narsaga rostgo'y holda kirish bor, undan rostgo'y holatda chiqish bor. Tijoratga kirishdik. Sheriklik qildik, sheriklar bilan va'dalashdik.
Yolg'on bo'lmaydi. Riboga aralashmaymiz. Aldash yo'q. Go'zal. Chiroyli suratda, haqqiroz niyat bilan kirdik. Keyinchi, tijoratimiz kengaydi, foyda ko'paydi. Endi boshqa mamlakatlar bilan aloqa qilish kerak bo'ldi. Safar qilishni boshladik. Hashamatdor otellar, bog' rog'lar, o'yin kulgular boshlandi.
Hoyu havasga, kayfu safoga berildik, halol haromga e'tibor bermay qo'ydik. Tijoratga yaxshi niyat bilan kiruvdik, endi chiqishimizda unday bo'lmay qoldi. Tolib ilm. O'zini do'stiga aytyapti. Birodar, men ilm talabida safarga chiqaman. Falon mamlakatga boraman, g'ayridinlarni yurtiga. Musulmonlarda bo'lmagan, yo'q bo'lgan ilmni olib kelaman. Shu ilmni olib kelaman da, musulmonlarga foydam tegadi dedi. Barakalla. Yaxshi niyati bilan kirishyapti. Rozgo'y holatda safarga ketyapti. Ammo yillar o'tgandan keyin qaytib kelishi qanaqa bo'ldi? U ham haqqi rost bo'ldimi? Yo'q, unaqa bo'lmadi. Boshqacha odam bo'lib keldi. Dindan foyda yo'q, bu ummat qoloq, narigilar yaxshi degan xulosalar bilan keldi. Ona ular taraqqiy topgan, peshqadam har sohada. Musulmonlardan hamma tomondan ustun deb ularni maqtab, o'zini ummatini yomonlay boshladi. Ketayotganda yaxshi niyat bilan ketdi, qaytishi boshqacha bo'ldi.
Ana shu maqtayotganlarni haqiqiy ahvolini unutib qo'ydi. U yurtlarda zino yoyilganligi esdan chiqdi. Haromiyati ko'pligi, erkak bilan xotinni farqi bo'lmay qolgani, erkak o'zini ayol deb, ayol o'zini erkak deyakkani, jinsini o'zgartirayotgani, nasl nasablarda aralashib ketgani, bularni unutib qo'ydi. Uni ko'ziga faqatgina baland imoratlar, tekis yo'llar, qimmat mashinalar, katta maoshlargina ko'rinadigan bo'lib qoldi. Ketayotganida bir xil odam edi, qaytayotganda boshqa odam bo'lib qoldik. Ilm olish niyatida ketuvdimi? Mana endi musulmonlarga qarshi bo'lib keldi. Ketishida rostgo'y edi, qaytishida kassob bo'lib keldi.
Ustoziga aytyapti bir tolib ilm, safarga ketyapman, duo qiling. Falon mamlakatga borib, bizda yo'q ilmni olib kelib, ummatga foydam tegadi, dedi. Ustozi nima deb duo qildi? Alloh seni sobit qilsin dedi. Nimaga bu duoni qildi? Nimaga boshqa so'zlarni aytmadi? Chunki bu ustozi bunaqa holatdan ko'plariga avval ham guvoh bo'lgan. Mana shunaqa niyat bilan ketib, qanchalari holi o'zgarib ketganligini ko'rgan. Shuning uchun nima dedi? Alloh seni sobit qilsin dedi. Bu talabani qanday holda ketishi muhim emas. Qanday holda qaytib kelishi muhim.
Demak, birodarlar, bizda rostgo'ylik kirishi bor, rostgo'ylikka chiqishi bor. Rozgo'li kirishi Alloh uchun, Allohning amri bilan, Allohni roziligi uchun. Qaytishi ham shu bilan bo'lishligi kerak. Tijorati ham, uylanishi ham, safari ham, harakati, sakaroti ham, hammasi Alloh uchun.
Aquli qovli ha da va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohu va malakati huysalluni ala labi. Ya ayyu hallatina amanu sollu alayhi va sallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.