Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalotu vassalamu ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatu. Rostgo'ylikni haq bilan aloqasi. Haq o'zi nima? Astaydubilla? Voma xolaqunas samavati val ardu va ma baynahuma illa bil haq. Alloh taolo shunday marhamat qiladi. Biz osmonlar va yerni hamda ularning orasidagi narsalarni faqat haq bilan yaratdik. Haq qonun qoida bilan yaratdiz. Haq birodarlar bu maqsad qilinadigan narsa. Haq sobit turadigan narsa. Xalq boqiy qolish uchun yaratilgan narsa.
Alloh taolo aytadi, voma xolaqunas sama avval ardo bama ba'inahuma baqila. Biz osmon va yerni hamda ularning o'rtasidagi bor narsalarni behuda yaratmaganmiz. Birinchi oyatda haq bilan yaratdik. Ikkinchi oyatda behuda yaratmadik. Demak, bu borliq behuda yaralmagan. Bir maqsad uchun yaralgan. Botil bilan emas, haq bilan. Botil, botil nima? Botil yo'q bo'lib ketadigan narsa. Innal ba'tilakana zahhuqo. Zero botil yo'qbo'lib ketadigannarsa. Birodarlar, botil avjiga chiqqanda, rasa bir cho'qqisiga chiqqanda juda ham katta narsa, haq narsa, chiroyli narsa bo'lib ko'zimizga ko'rinaveradi. Lekin u botil bo'lganligi uchun albatta bir kun kelib yo'q bo'lib ketadi. Haq doim turadigan narsa, botil kelib ketadigan narsa.
Demak, haq sobit turadigan narsa botil yo'q bo'p ketadigan narsa . Boshqa oyatda Alloh Taolo aytadi: Astay deb bila. Vama xola qunas sama avval arda va ma baynahuma la'ibin. Biz osmon va yerni hamda ularning orasidagi narsalarni o'ynab, behuda yaratganimiz yo'q. Haq bu botinning ziddi. Haq bekorchilikning aksi.
Haq rozgo'ylik bilan birga bo'ladi. Mana bizni suhbatimizni mavzusi rozgo'ylikmidi? Haq rozgo'yli bilan birga bo'ladi. Haq doim bor bo'ladi. Haq doim foyda beradi, zarar bermaydi. Doim qoyim va foydali. Xo'p, rozgo'y bo'lish, sodiq bo'lish deb aytyapmiz. Agar bir inson sodiq bo'lsa, rozgo'ybo'lsa, unga nima bor?
Birinchidan, uni qalbida xotirjamlik bo'ladi. Haqda bo'lgan, sodiq bo'lgan, rozgo'y bo'lgan odam qalbida xotirjamlik bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar da ma yuriybuk, ila ma la yuriybuk. Seni shubhaga solgan narsani tark qilgin da, shubhasiz narsani olgin. Fa inna sidqo tumoniynatun. Chunki rozgo'ylik xotirjamlikdir. Chunki rozgo'ylik xotirjamlikdir. Roz gapirgan odam, to'g'ri gapirgan odam , sodiq bo'lgan odam xavotir olmaydi. Bir gapni gapirib qo'yib, ish qilib nargilar kelib aytib qo'ymasa edi, deb xavotir olmay edi. Haqmi? Haq. Tamom.
Va rasululloh aytadilar va imnal kadiba ri'batun. Albatta yolg'on bu shubaha va xavotirdir. Shuning uchun yolg'onchi odam, munofiq odam doim xavotirda turadi. Shubha ha degumonda yashaydi, doim shakda yashaydi. Rozgo'ylik haqida aytilgan so'zlar. Ulamolar aytishadi, rozgo'ylik amalda allohga vafo qilish.
Amalda Allohka vafo qilish, siz bilan biz musulmonlarni hayotimizdagi eng bir nozik xatolik narsalardan bitta narsa shuki, qilayotgan amalimizdan ko'ra, aytayotgan so'zimizni hajmi katta bo'lib ketishi. Qilayotganamalimizdan ko'r, aytayotkan so'zimizning hajmi katta o'lib ketishi. Nima degani bu?
O'n deb gapirayotgan bo'lsak, o'zi amalimiz bir bo'ladi. O'zi ikki degan narsani qilgan bo'lsa, yigirma deb gapiramiz. Bor a bu narsa? Yuz marta aytdim senga deydi. Yolg'on. Nimaga shunaqa yolg'on qo'shib gapiramiz? Nimaga bo'rttiramiz? Ukalar. O'ylab ko'rganmisizlar?
Nimaga yolg'on qochamiz? Nimaga bo'shttiramiz? Qilganimizni ko'p etibroq aytamiz. Nima uchun? Nima bu? Mo'xtanish. Mo'xtanishdan maqsad nima? Ha, dalshe ketaylik. Biz hozir qalb tarbiyasi, nafs tarbiyasi bilan shug'ullanyapmizmi? Nimaga mo'xtanamiz?
Diqqat, e'tiborni xohlaymiz. Odamlar bizga diqqat e'tibor qilishlarini xohlaymiz, vo deyishini xohlaymimiz. Qoyil qoldirishni xohlaymiz. Diqqat e'tiborni xohlaymiz. Tushunarli bo'ldimi? Endi insonni tabiatida bor. Bu g'ariza. Masalan, chanqaganda suvga muhtojligingiz g'ariza, charchaganda uxlashga muhtojligiz g'ariza. Qorningizni ochganda ovqat yeyishlik bu g'ariza, bu bor. Inson kimlarnidir kimlardir unga diqqat e'lon qilishini xohlaydi. Va bu insonni tabiatda bor.
Mo'min bu g'arizani to'g'ri qondiradi. Alloh bilsa bo'ldi deydi. Alloh e'tibor qilsa bo'ldim deydi. Birov bilmasa ham, mo'xtamasa ham bo'laveradi. Aksincha, bilmasligini xohlaydi. Bu diqqat, e'tibor degan g'arizani, to'g'ri, qondirgan mo'min, Alloh bilsa, bo'ldi deydida, odamlarda nima qiladi? Yashiradi.
Bizni kimligimizni Alloh bilsa bol. Moqtaydimi sizni, moqtamaydimi, yomonlaydimi, tuhmat qiladimi, nima deysiz? Alloh ko'rib turibdi yu deysiz. Ammo zo'r uribsiz devoldi ustida dedi. Yo bo'lmasa ehson turasida o'rniga qildingiz. Hoji aka juda muhtoj bo'lib turgan odam edi. Tushunyapsizmi? Hammamizda bor. Faqat buni mo'min odam to'g'ri qondiradi. Alloh bilsa bo'ldi deydi.
Mo'min kishini hayotidagi eng xatarli, nozik narsalardan bittasi, qilayotgan amalidan ko'ra, aytayotgan so'zining hajmini katta bo'lib ketishi. Agar amalingiz aytayotganso'zingizdan kattaroq bo'lsa, bu zo'r. Endi eng kamida amalimiz bilan so'zimiz bir xil bo'lsa, buyam yaxshi. Ammo so'zimiz amalimizdan kattaroq bolib ketayotgan bo'lsa chi?
Dunyoda mana musulmon mamlakatlarida qaraydigan bo'lsangiz, aholi jihatdan eng kattasi mana Indoneziya yuz ellik million deyiladi. Ana shu yuz ellik millionlik aholisi bor Indoneziya savdogarlarni axloqi, muomalasi, aytayotgan so'zi bilan qilayotgan ishi to'g'ri kelayotganligi, xulqi sabab bo'lgan islomiga. Demak, birodar, sen bilan meni aytayotgan so'zimizning hajmi qilayotgan amalimizdan nima bo'lib ketmasin? Katta yetib ketmasin.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, Abdullohiddin Abbos roziyallohu anhun moddani rivoyat qilingan hadisda, hoyrukum, hoyrukumli ahlihi va ana hoyrukumli ahl. Rasululloh aytadilar, sizlarning yaxshilaringiz o'zining ahli oilasiga yaxshi muomalada bo'lganingizdir.
Ichinglardagi eng yaxshi odam kim? O'zini ahliga, ayollariga, farzandlariga go'zal muomala qilgan. Va men sizlarning oralaringizda ahliga yaxshi muomala bo'lganlarning yaxshisiman. Bu hadisni yodlab qo'yish oson. Bu hadisni tushunib qo'yish ason. Odamlarga aytib berishlik juda ham qulay. Ammo amaldachi?
Mana endi uyimizga kirganimizda mana shu hadisga amal bormi, yo'qmi? Dag'al qo'pol so'z deymizmi, baqiramizmi, yo'qmi. Agar shunaqa bo'lsak, hadisni o'qiganimiz u, odamlarga rivoyat qilganimizni foydasi yo'q. Gapingni qiymati uni aytib qo'yishingda emas. Balki unga o'zing amal qilishingda.
Rostgo'ylikni ta'rifi. Amalda Allohga vafo qilish dedik. Ya'ni, boamal bo'lishlik. Gapirayotgan gapingga o'zing amol qilishliging. Imom A'zam rahmatulloh alayhga odamlar shu qulni ozod qilishlik haqida bizga ozgina bir nasihat qilsangiz, savobi, fazilati haqida deyishdi. Qirq kun o'tgandan keyin ana shu qulni olzod qilishligi haqida, bu amalning fazilati haqada gapirdi. Odamlar qirq kun ootgandan keyin gapirdingiz u, so'raganimizga faloncha kun bo'ldi, qirq kun bo'lur so'raganimizgadeydi. Abu Hanifani nima deb javob berdi?
Sizlar menga shu savolni berib, shu talabni qo'yganinglarda qarasam, men o'zim hali bir marta ham qulni ozod qilmagan edim ekan. Sizlar aytgandan keyin o'sha kundan pul tashladim, pul tashladim. Qirq kunda bitta qulga yetadigan pul to'plandi. Haligi qulni sotib olib ozod qildim, shundan keyin sizlarga gapirdim deydi. Yoki umariddin xattob roziyallohu anhu. Bir kampir bolasini ertalab keldi. Shu bolam qovunni ko'p yeydi, qovunni ozroq yegin deb qo'ying, nasihat qilib qo'ying dedi. O'n barobar xatda olib, ertaga kelinglar dedi. Ertasi kuni kelishdi. Ey bola, qovunni osonroq yegin deb quydi. Haligi kampir, ha shu gapingizni kecha aytib qo'ysangiz bo'lmasmidi?
Amir al mo'mining nima dedi? Sizlar meni oldimga kirib, shu gapinglarni aytguninglardan, aytishinglardan avval qovun yeb turuvdim hali dedi. Hali og'zimda qovunda ta'mi ketmasdan turib, bu nasihatni qilsam o'tmasdi dedi. Demak birodar, seni gapingni qadri uni aytishingda emas, balki unga o'zing amal qilishingda.
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam uyiga kirganlarida tabassum bilan, ochiq yuz bilan, shirin so'z bilan kiradilar. Vaholanki, ummatning tashvishi zimmasida Alloh Taoloning omonati, risolatini yelkasida ko'tarib yurgan Rasululloh uyiga kirganida Nabiy sollallohu alayhi vasallamning aytgan so'zlari amallari bilan bir xil edi.
Balki amali ko'proq edi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni. Rasululloh aytadilar, ayollarni ikrom qilinglar. Va Allohi ularni faqatgina karim inson ikrom qiladi va ularni faqdatgina laim, pastkash inson xohlaydi. Davomini qarang. Ayollar karim insonni mag'lub qiladilar.
Ayollarni esa laim inson mag'lub qildi. Ya'ni karim inson xo'p deb qo'yadi. Xo'p deb quvvat. Bir kishi ayolini fe'lidan shikoyat qilib Umariddin Xattobni uyiga kelsa, bilamiz bu qizsan, birodarlar. Eshigini oldiga kelib, endi eshigini xohmoqchi bo'lib tursa, ichkaridan Umariddin Xatobning ayoli Umar roziyallohimga baqiryapti.
Kim bu Umariddin Xadtob roziyallohi? Bilasizlarmi? Mendan keyin nabiy bo'lsa, Umar bo'lardi deganlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Umarun Xattobni sahobalar ko'rganda shu o'zini yo'qotib qo'yishar edi. Dovdirab qolishar edi. Haybati, vajohati, siri qattiqligidan. Quloq solib tursa, Amirul Mu'miniyning xotini baqiryapti, baqiryapti. Amiril Mu'minning indamay turibdi.
Xulosani oldida sekin orqasiga qaytib ketyotgan edi, Umarun Xattob chiqib turib to'xtadi dedi. Nimaga kelding, nimaga ketyapsan dedi. Qissani bilasizlar, birodarlar. Shuning uchun ayollar karim insonni mag'lub qiladilar deyapti Rasululloh. Karim inson xo'p deb qo'yadi. Bo'pti da endi. Nima? Lekin insonmiz hammamiz. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qo'lidagi ovqatni Oysha onamiz nima qildilar, bir urib, yerga tushirib yubordilar. Sahobalarni ko'z o'ngida, ovqat yerga tushib sinib ketdi tovog'i. Rasululloh nima dedilar? Ha, onanglarni rashqi kelib ketdi da, rashqi, boshqa ayollardan bir ovqat chiqqan kun bo'ladi. Ana, Rasulullohning aytgan so'zi bilan qilgan fe'li bir xil bo'lgan. Bizda bu narsa kamroq. Aytayotgan gapimizga amal qilishimiz nochorroq.
Rasululloh aytadilar, ayollar karim insonni mag'lub qiladilar. Ayollarni esa laim inson mag'lub qiladi. Laim, pastkash inson ayollarni xorlaydi. Davomini qarang. Men deyaptilar, Rasululloh. G'olib, laim bo'lishdan ko'ra mag'lub, karim bo'lishni yaxshi ko'raman, dedilar.
Biz ham Nabiy sollalloh alayhi vasallam aytganlaridaqamizmi? Mana shu narsaga e'tibor qilishimiz kerak bo'ladi. So'zimiz bilan amalimiz nima bo'lsin? Bir xil bo'lsin. Agar ikkitasini mana shu so'zimiz bilan amalimiz o'rtasidagi farq katta bo'lib ketayotgan bo'lsa, bu albatta ayanchli holat. Eng kamida so'zimiz bilgan amalimiz bir xil bo'lssin. Sadaqa qilish kerak deb turib, o'zimiz qilyapmizmi? Yaxshi. Ko'zni tiyish kerak deb turi, o'zimiz tiyapmizmi? Yarshi. Halim bo'lishi kerak deb turib. O'zimiz halimmizmi? Yaxi. Haqiqiy ulug'vorlik birodarlar mana shunda bo'ladi. So'zingga amalingni muvofiq kelishi.
Aqlu qovli ha'da va astag'firullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh.