MMaviza
SakinatTekserilgen18 daq

56-QISM / SAKINAT (2/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

Būl til üşin audarma äli joq. Tömende tüpnūsqa (özbekşe) mätin körsetilgen.
0:00
18:18
Özgerister tarihı

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalatu vassalomu ala shirofil mursalin. Va ala alixiy va ashabih ajma'in. Allabato assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatu. Tazkiyatun nafs, nafsni poklash darslarimizdan birodarlar. Sakinat manzillatini boshlagan edik, davom etamiz. Uchinchi oyat. Astaidubillah. Hu vallaviy anzalas sakinata fii qulu bil mumining li yazdatu imanam ma'a imanihim. Valillahi junu dush samavati val art va kan allohu alayhi man hakima. Mana alloh azza va jalloh qur'onda bir qancha oyatlarda sakinat haqida siz bilan bizga xabar berdi. Sakinat bu qalbning xotirjamligi. Sakinat mavohiblardan dedik, makosiplardan emas. Makosib banda o'zi mehnat qilib, harakat qilib qo'lga kiritadigan narsa bo'lsa, makosib undan balandroq narsa. Bandaning qilgan mana shu sa'y harakati uchun Alloh Taolo mukofot tariqasida beradigan narsa mavohim deyiladi. Sakinat ana shu makosiblarning samarasi.

U Alloh o'z iymon ishonchlariga yana ishonch qo'shishlari uchun mo'minlarning dillariga sakinat, orom tushirgan zotdir. Osmonlar va yer qo'shinlari yolg'iz Allohnikidir, Alloh bilim va hikmat egasi bo'lgan zot. To'rtinchi g'oya. Istadvillar laqodaro deya allohu anil mo'minina id yubaya unaka taxtash shajara. Fa alima mafi qulubihim, fa anzalas sakinata alihim va atha bahum fathan qoriyman. Fatih surasi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga mana sahobalar xudoybek kunida daraxt ostida bay'at berishdi. Mana ular haqida Alloh Taolo xabar berib aytadi. Ey Muhammad (alayhissalom), darhaqiqat Alloh, mo'minlardan, ular daraxt ostida sizga bay'at qilayotgan vaqtlarida rozi bo'ldi. Bas, u zot ularning dillaridagi narsa, sadoqat va vafoni bilib, ularga sakinat va orom tushirdi. Va ularni yaqin g'alaba va o'zlarigina oladigan ko'pdan ko'p o'ljalar bilan mukofotladi. Alloh qudrat va hikmat sohibi bo'lgan zot.

Sahobalarni qalblaridagi sadoqat vafoni Alloh ko'rdi, ularni qalbilariga sakinatni tushirdi. Mana ko'ring. Ana shu Payg'ambarga bo'lgan vafosi va sadoqatiga mukofot qilib Alloh sakinatni tushirdi. Aytyapmiz ku, banda u sakinatni o'zi harakat qilib, sa'y harakati bilan, mehnati bilan qo'lga kirita olmas ekan. Sakinat Alloh tomonidan beriladigan mukofot. Kechagi darsimizda sodda qilib tushuntirdik. Bandani qilgan amallariga Alloh Taolo beradigan savob, ajr, bu ishchini ishlagan oliy maoshi bo'lsa, endi mavohib o'sha ishchini ishlagan oyligidan tashqari ustiga beriladigan mukofoti, premyasi o'zbekcha qilib aytganda. Demak, mavohib bu makosib emas. Beshinchi oyat. Astadibillah. Fan zal allohu sakinatahu ala rasulih va ala al mu'miniy.

Alloh o'z payg'ambarining va mo'minlarning ustiga o'z sakinat olomini tushirdi. Demak, sakinat Alloh tomonidan keladigan mukofot bo'ladi. Bu oyatlarda hammasida sakinat haqida so'z ketdi. Simma anzal allohu sakinatahhu ala rasulih va ala mu'minin. Fa anzal allohi sakinatahhu aliih va ayyadahhu bijunudin lam taravha.

Huvalladiy anzalas sakinata fi qulub il muminina liyazdadu iymanam ma'a iymanixin. Qur'oni Karimda bir mavzu haqida so'z ketdimi? Demak, bu mavzu hazilaka mavzu bo'lmaydi. Sakinat haqida bir qancha oyatlar tushdimi? Demak bu hazilaka mavzumas. Bu oyatlar hammasi qanday holatda nozil bo'ldi? Qanaqa shart sharoitda? Rasululloh va mo'minlarni ustlariga qo'rquv, iztirob, xavotir, mashaqqat yog'ilib turgan paytda.

Tushunarlimi? Sakinat qachon tushar ekan? Mo'minni qalbida shu xotirjamlik yo'q bo'lib, qo'rquvo iztirob bo'lib turgan paytda Alloh tomonidan mukofot bo'lib tushar ekan. Bu oyatlarni birlashtiradigan bitta narsa, mo'minlarnni ustiga mehnat, mashaqqa, qiyinchilik yog'ilib turgan paytda Alloh ularga sakkina in'atini yuborishiga xabar berilyapti. Endi inson dunyoda yasharkan, albatta ustiga bir musibatlar keladi, qiyinchiliklar, mashaqqatlar. Mana shunday holatda inson o'zini yo'qotib qo'yadi. Iztirobga tushadi. Dovdirab qoladi. Mana shunday holda nima ish qilish kerakligini bilmay qoladi. Ammo mo'min mana shunday holatda Robbiz tomonidan yuboriladigan sakinatga ega bo'ladi, u xotirjam bo'ladi. Mana shunday bir mashaqqat, qo'rquv, xavotir, vahima kelgan paytda, mo'min banda Allohga qanchalar yaqin bo'lsa, islomida, iymonida qanchalar mustaqil bo'lsa, taqvosida qanchalar mustahkam bo'ladigan bo'lsa, shunga yarasha Alloh Taolo unga sakinatni tushuradi. Xotirjam bo'ladi. Kim aytgani bo'ladi deydi? Allohda aytgani bo'madi deydi.

Hammani boshini qo'tirib qo'ygan, hayron qoldirgan, aqllarini qulf bo'lib qo'yadigan balolar, musibat kelganda, musibatlar kelganda, Alloh o'zini mana shunday taqvoliy mo'min bandasini qalbiga sakinaytni tushiradi. Ana shu sakinayt sababli mo'min xotirjam turadi, dovdirab qolmaydi. Mana, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hijrat kunini eslaylik.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'ndan ortiq sababni qilib, es salomat Madinaga yetib olishlik uchun, o'ndan orta sababni qildilar, g'orda o'tiribdilar. Lekin bu sabablarni bittasi ham foyda qilmadi. Qurish o'sha g'orni oldiga bordi. Rasululloh sallallohu alayh va salam va Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu ularni oyoqlarini ko'rib turishar edi. Shunda Abu Bakr Siddiq xavotirga tushdi, yig'ladi. Nima, nimaga yig'layapsiz, Abu Bakr? Yo'q, Rasululloh, agar engishib, bittasi oyog'ini tagiga qaraganida bizni ko'rib qolar edi. Payg'ambarimiz nima dedilar? Mana Allohtan tomonidan tushirilgan sakinatki, id yaqulul sohibi la tahzan. Imnalloha ma'na. O'shanda o'zining sohibiga aytgan edi, mahzun bo'lmang, zero Allohtan biz bilan birgadir. Mana haqiqatdan qo'rquv holati. Xavotir.

O'nta odammi, yigirmata odammi, mushriklar chiqib g'orni oldiga kelishdi. Izlar shu g'orga kirib ketayotganligini ko'rishdi. Lekin bittasi engashib qaramadi. Mana shunday bir xatarli holatda qalbida sakinati bor payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam o'zini hamrohini nima qilyaptilar? Tinch deyaptilar. Xotirjam bo'ling. Ma vonuka ya abu bakr bi isnayn allohu salihuhu ma.

Uchinchi sherigi alloh bo'lgan ikkita odam haqida qanday gumondasiz, ey abu bakr? Ana sakinan. Qanday kuni? Xunayn kuni. Xudoybek kunlari. Bularni bari musulmonlar uchun mashaqqatli, iztirobli, qo'rquvli kunlar edi. Shiddatli kunlar edi! Alloh hammamizni o'zini ofiyatdan saqlasin, lekin bandamiz boshimizda har xil kunlar bor. Mabodo mana shunday bir mashaqqatniy, qo'rqulik yo'llar kelib qoladigan bo'lsa, agar biz mo'min bo'ladigan bo'lsak, chinakam mo'min bo'ladigan bo'lsak. Alloh tomonidan albatta sakinad keladi. Qalbimiz xotirjam bo'ladi.

Birodalar, biz namoz haqidagi ilmni bir o'rganamiz, bo'ldi. U o'zgarmaydigan ilm. Sard nah u arab tili grammatikasini o'rganamimiz, bo'ldi, qiyomatgacha bir xil turadi. Ro'zani fiqhini o'rgandik, zakyotni fiqhini o'gandik, tamom, bu o'zgarmay bir xil turadi . Ammo birodalar, nafs tarbiyasi. Qalb tarbiyasini ilmi juda ham muhim. Chunki qalb bir xil turmaydi hech qachon. Doim nima bo'lib turadi?

O'zgarib turadi. E o'zi chi, bu nafs tarbiyasi bilan, qalb tarbiyasi bilan jiddiy shug'ullanaman degan odamga juda ham oson retsepti bor. Nafs xohlayotgan narsani qilmaysiz, xohlamayotgan narsani qildirasiz. Bo'ldi. Nafs nima deyapti hozir? Sakkiz yil rakatdan keyin.

Ha, endi bunday kirtakdan shunday ushlasangiz, o'lib qolmaydi. Bir joyi uzilib tushmaydi. Endi o'sha kirtakdan usha olmagan, nafsini gapiga kirgan odam shart turib chiqib ketaveradi. Lekin urishmayapmiz, kelganlarga rahmat, sakkiz rakatga bo'lsa ham. Kecha ham aytdim bu narsani. Faqat endi o'sha sakkiz rakatiga loyiq ekansizlar, u yog'iga tura olmayapsizlar.

Endi yigirma rakat turganlar, shunga loyiq bo'lganligi uchun turibmiz emas, yo'q. Alloh bizni shu yerga turgizib qo'yyapti. Alloh shu yerda turadigan quvvatni beryapti, sakinatni beryapti turibmiz. Tushundinglarmi ukalar? Nafsni tarbiyasini, formulasi juda ham oson. Agar ikki og'iz gap bilan gapirish kerak bo'lsa, u xohlayotgan ishni qilmaysiz. Xohlamayotgan ishga majbur qilasiz. Bo'ldi. Bir kun qiynalasiz, ikki kun olishasiz nafsingiz bilan, uch kun olishasiz shaytoningiz bilan, keyin nafs ko'nikib qoladi. To'g'rimi? Sigaretni tashlagan akalar? Uch kun, to'rt kun qiynalgansizlar, keyin nima bo'ldi?

Ana shu sakinat, birodarlar, bizni Allohga bo'lgan iymonimiz, ixlosimiz va istiqomimizga bog'liq bo'ladi. Shuni unutmaslik kerak. Qanchalar Alloh yaxshi ko'rgan, taqvoliy banda bo'lasiz, shu sakinat shuncha ko'proq tushadi sizga. U sakinat kimga beriladi? Rohatli, yengil, oson kunlarida Allohni tanigan mo'minlarga.

Yengil, farog'atli kunlarda Allohni tanigan bandalar bunaqa bandalarni ustiga mashaqqat kelsa, shu kunlarda Alloh Taolo ularni taniydi, biz ataykan sakinatni beradi. Hadis sharifda aytilganidek, yengil kunlaringda Allohni tanigin, yengil kunlarinda Allohni tanigun, yaxshi kunlaringda, mashaqqatli, qiyin kunlaringda Alloh seni taniydi.

Allohga inobat qilish degani Allohga qaytish degani. Allohga iltijo qilish degana. Allohga yolvorish degani, inobat. Inobat ikki xil bo'lar ekan. Rububiyat inobati, ulug'iyat inobati. Rububiyat, inobatini hamma qilar ekan. Mo'minmi, kofirmi? Erkakmi, ayolmi? Olimmi, ommimi? Boymi, kambag'almi? Millati, irqi. Qanaqa bo'lishidan qat'iy nazar, odam zoti borki, rububiyat inobatini qiladi, iltijosini. Qachon qiladi? Samolyot silkinishni boshlaganda, ateist ham nima deydi? E rob deydi. Kemaga chiqib, katta to'lqinlarga kema urilib, chaqalib, to'ntalib ketishga xavotir bo'lganda, e xudo deydi. Ateistlik ham esdan chiqib qoladi, mulxidligi ham yoki dinsizligi ham. Bu majburiyatdan da. Ollohni tanimaydi, lekin boshiga musibat tushganda Alloh deydi. Endi ulug'iyat inobat qanaqa bo'ladi? Yengil kunlarda ham Allohni taniydi, yengil kunlarda Allohni hukmida, yengil kunlarni Alloh taologa yaxshi ko'rib ibodat qiladi. Endi bunaqa bandasini Alloh qiynalgan kunida albatta o'zini holga tashlab qo'ymaydi. Tushunarlimi?

Yengil kunlaringda Allohni eslagin, Allohni tanigin, Alloh ham seni nima qiladi? Taniydi, eslaydi. Ulamolardan biri aytadi. Ustimga mashaqqat kunlari keladigan bo'lsa, sakinat haqidagi oyatlarni o'qiyman. Ana shu narsani o'qirkan, ustimga qiyinchilik kelganda, shu sakinat oyatlarni oqib, uni ta'sirini hayotimda his qildim deydi.

Mana shu nasihat ko'rsatma, birodarlar. Agar ishlar og'irlashsa, qalb iztirobga tushsa, sakinat oyatlarini tilovat qiling. Bu sakinat Alloh Taolo mo'min bandalarga ato qilgan in'omi bo'ladi. U mo'minlarga xos bo'ladi. Sakinatning ta'rifi. Sakinatning asli xotirjamlik va viqor. Xotirjamlik, va viqor. Masalan, falonchi odamda sakinat bor desa, demak, uni qalbi xotirjam, ichi xotirjam, ustida viqor bor. Haybat bor, salobat bor.

Baqir chaqir qilish, qo'rqish, yig'i solish, asablarda buzilishi, bu birodarlar sakinatni zidda. Sakinatni nozik ta'rifi. Qalbda xotirjamlik, va a'zolarda sokinlikni bor bo'lishi. Insonning ichi ham osoyishda, tashqi ham osoyishda. Bilasizmi, shunday bir aktyor odamlar bor.

Asabi o'lgan, g'azabi qaynab turibdi. Ichida vulqon qaynab turilibdi yu, ammo tashqarisida xotirjam turoli edi. Biz bunaqa, bu aktyor bu. Biz bunaqa xotirjamlikda aytmayapmiz. Biz aytayotgan xotirjamlik sakinat, ustida qanday osudalik, viqor xotirjamlik bo'lsa, qalbida ham shu narsa bor.

Mo'min manda osoyishta bo'ladi. Sokin bo'ladi. Xuddi salobatli bir tog'dek. Mo'min jazavaga tushmaydi, vahimaga tushmaydi. Panika qilmaydi, yiqilib qolmaydi. O'zini yo'lidan chiqib ketmaydi. Idish tovoqni yerga urmaydi. Eshikni tepmaydi, so'kinmaydi. Xotirjam bo'ladi. Halim bo'ladi. Mana shu kishini muomalada, odamlar bilan qilayotgan muomalasida muloyim, halim bo'lib turganligi, uni qalbida sakinat borligiga bir ishora bo'ladi.

Birodarlar, bilasizmi, xulq go'zal xulqlarning saidi bu hilm deyiladi. Muloyimlik. Shuning uchun aytilinadi ka dal halimu an yakuna nabiyan. Halim odam, muloyim odam nabiy bo'lishiga sal sal qoladi. Nabiy bo'lmaydi, hech kim payg'ambar bo'la olmaydi. Ammo halim odam nabilikka yaqin bo'lib qolar ekan.

Endi hammamiz o'zimiz halim deb bilamiz da, to'g'rimi? Endi bu halimligi ham ikki xil bo'ladi birodarlar. Kimdir Alloh Taolo shu halim qilib yaratib qo'ygan, tabiati muloyim, yumshoq odam bo'ladi. Kimdir bunaqa emas. Nervi tez chiqadi, qo'pol, qattiq, dag'al. Endi ikkalasi halimlik qilsa, qaysinisini savobi ko'proq bo'ladi?

Muhim narsa. Agar qalbga sakinat o'rnashgan bo'lsa, kirgan bo'lsa uni xotirjam qilib qo'yadi. Tana a'zolari sokin bo'ladi, viqor bo'ladi, tili hikmat va haqni so'zlay boshlaydi. U bilan yolg'on, fahsh, botil, bekorchi so'zlar orasida to'silib qoladi. Abdullohiddin Abbos aytadi biz aytardik, Umarning tilida va qalbida sakinat gapirar edi.

Umar roziyallohu anhuning tilida va qalbida sakinat gapiradi deridek. Ya'ni qalbidagi sakinat uni tilini va qalbini gapirtirar edi. Birodarlar, sakinat nima desa, samarasiga qarab turib bilib olishimiz kerak bo'ladi. Sakinatning samarasi qalbdagi rozilik, ishonch, qalbdagi osoyishtalik, tabiatdagi bosiqlik.

Va Allohi mo'min banda, agar Allohga yaqin bo'lsa, agar Alloh unga sakinatni bergan bo'lsa, uni qalbida shunday bir xotirjamlik bor bo'ladiki, agar xavotir, qo'rquvda turgan butun bir shahar ahliga tarqatsa, mana shu undagi sakinatni, hammasini xotirjam qilib qo'yadi. Mana shular sakinatni ochiq ko'rinib turgan mevalari.

Sakinat mavohid, Allohning mukofoti. Sakinat Allohning bir bandani qalbiga tajalli qilishi, nazar solishi. Sakinat Allohning mo'min qalbiga yuborgan nuri. Sakinat qalbning xotirjamligi. Sakinat Allohni bir bandasiga bergan mukofoti.

Aqlu qovli ha'da, astag'firulloh ili valakum, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

Bilimdi tekseru

5 sūraq. Är dūrıs jauap — 10 ūpay.

Kelesi däriske ötu üşin testti tapsırıñız

Testsiz jalğastıru