Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalatu vassalamu ala shirofil mursalin va ala aliyhi va sadiyhi ajma'in. Ammavahd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Tazkiyatun nafs darslarimizdan birodarlar, sekinat manzilatini o'qiyotgan edik, davom etamiz. Nafs uch xil bo'ladi deb aytdik, avvalgi darslarimizdan. Nafsun ammora, nafsun lavvoma, nafsun mutmainna. Alloh azza va jalla nafsun lavvomani moqtadi.
La uqsimu biya umbil qiyama va la uqsimu binavsul lavvama. Qiyomat so'rasida alloh aytadi men qiyomat kuniga qasam ichurman va men malomatgo'y nafsga qasam ichurmen. Ya'ni malomat qiluvchi nafs o'zini egasini doim malomat qilib turadi, tergab turadi. Nima uchun bunday deding? Nima uchun munday qilding? Nimaga falonchini masxara qilding? Nimiga falonchini dilini og'ritding? Nimaga g'iybat qilding? Mu'min banda imoni qachon komil bo'ladi uni? Mana shunday doimiy suratda o'zini hisob kitob qilib turadigan bo'lsa, sodiq muammo shunday bo'ladi. Hisobing oxiratda yengil bo'lishi uchun, birodar, dunyoda o'zingni hisob qilib tur nafsingni. Agar kim o'zini bu dunyoda nafsini qattiq hisob kitob qib tursa, qiyomatda bu odamni hisobi yengil bo'ladi. Endi kim buni aksini qilib, dunyoda o'zini hisob kitob qilmasa, yoki hisob kitob qilsa ham yengil qiladigan bo'lsa, qiyomatda hisob og'ir bo'ladi.
Bu dunyoda inson xavotirda, qo'rquvda yasharkan, qiyomat kunida xotirjam bo'ladi. Aksincha, bu dunyoda xotirjam, hech narsadan qo'rqmay yashagan bo'lsa, quyomatda albatta xavotirda bo'ladi. Chunki Alloh Taolo bir bandani ustida ikkita xotirjamlikni ham jamlamaydi, ikkita qo'rquvni ham jamlamaydu. Dunyoda xavotir bilan, qo'rquvu bilan yashagan bo'lsa, oxiratga xotirjamlik qoladi. Agar dunyoda xotirjam yashab qo'ygan bo'lsa, endi qo'rquvo oxiratga qoladi.
Alloh aziz va jalla hadis quddusida shunday marhamat qiladi. Vo izzating la ajmau ala abdiy xaufayni va annain. Azizligimga, ulug'ligimga qasamki, bir bandamni ustida ikkita qo'rquvni ham, ikkita xotirjamligini ham jamlamayman. Agar dunyoda mendan qo'rqsa, qiyomat kunida uni xotirjam qilaman. Agar dunyodi mendan qo'rtmasa, qiyomat kuni uni qo'rqitaman. Bu hadis xudusiyda. Endi payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam nima deganlar? La yajidami yo xavfan yo amnam. Ikkita qo'rquv bilan ikkita xotirjamlik jamlanmaydi. In xif ta hufiy dunya tam anaka yomal qiyama. Agar dunyoda undan qo'rqsang, kimdan? Allohdan. Alloh seni qiyomatda xotirjam qiladi. Agar dunyodan undan qo'ryapmasang, kimdan? Allohni. Qiyomat kunida qo'rqitadi.
Birodarlar, molimizni zakoti bor. Zakotni bersangiz molimiz poklanadi, o'sadi. Nafsning ham zakoti bor. Nafs nima bilan poklanadi desa, muhosaba bilan. O'zini hisob kitob qilib turishligi bilan. Mana o'n besh kun ramazon o'tdi. La ilaha illallohni necha ming marta aytdim.
Salovatni necha ming martada aytdim. Qancha ehson qildim. Talabani qanchasida turdim, qanchasida chiqib ketdim? Mana shu muhosaba. Bir qator nima qilib turish o'zini? Reviza qilib turish. Hasan vasriy marhamat qilib aytadiki, vallohi mo'min bandani o'zining nafsi ustida qoyim ekanini ko'rasan.
O'zining nafsini ustida qoyim ekanni ko'rasan. Ya'ni o'zi bilan ovora u. U birovlar bilan ishi yo'q uni. O'zini tuzatish bilan ovora, o'zini kamchiliklarini, ayblarini to'g'irlash bilan ovora bo'ladi. Savolga tutadi, nafsini. Nafs haqida yomon gumonda bo'ladi. Boyagi aytayotganimizdek, nimaga unday qildim, nimaga bunday qilmadim? O'zini maromat qilib turadi. Agar inson Hasan Basriy aytgandek, o'zini nafsi bilan ovora bo'lsa, o'zini muhosaba qilib turadigan bo'lsa, keyin ayblarini ko'rishni boshlaydi, o'zini.
Inson o'zini muhosoba qilsa, keyin ayblarni ko'rishni boshlaydi. Endi inson o'zining aybini ko'rmasdan, faqat boshqalarda aybini ko'rayotganlarga ahmoqligini belgisi. O'zini aybsiz deb bilib, o'zini komil deb bilishligini o'zi jazo bu odam uchun. O'zingizni kamchiligingizni ko'rmasdan, aksincha o'zingizni komil deb bilishligingizni o'zi siz uchun yetarli ayb bo'ladi. Komil yo'l qanaqa bo'ladi? Boshqalarni fazilatini ko'rasiz, o'zingizni kam chiligingizni ko'tarasiz. Komil yo'r qanaqa bo'tar edi? Boshqalarning sizga bo'lgan yaxshiligini hech ham unutmaysiz, ammo o'zingizni bir oyga agar yaxshiligingiz bor bo'lgan bo'lsa, uni unutasiz.
Sakinatning shartlaridan, lavozimlaridan bu muhosaba, hushyorlik. Uchinchisi, mulotafatul xalq. Sakinatni yana lavozimlarida xaloyiq bilan lutf ila muomala qilish. Xaloyiqqa muloyim bo'lishlik. Bag'ri keng bo'lishlik. Mana shu eng to'g'ri o'lchov, eng to'g'ru miqyos. Bu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ko'rsatuv nazari. Agar odamlarda mana shu lutf bilan muomala qilsa, bir biri bilan, bag'ri keng bo'lsa, ishonavering, juda ham ko'p qozixonalar, suxodlarni ishlari kamayib qolgan bo'lar edi, balki qozixonalarda eshigi yopilib ketgan bo'lar eda. Payg'ambarlarimiz aytadilar, amili in nasa kamatuhibbo an yu amiluk. Odamlar sen bilan qanaqa muomalada bo'lishlarini xohlaysan? Sen ham ular bilan shunday muomalada bo'.
Odamlar sizga qanaqa muomala qilishini xohlaysiz? Siz ham shunaqa muomala qiling. Qo'lingizdagi ishchingiz bor. Sizga qanaqqa munosabatda bo'lishini xohlaysiz. Unaqa bo'lishi uchun siz ham unga shunaqa muomala qiling. Keliningiz, o'g'lingizga qanaqa munosabatta bo'lishini xolaysiz? Qizingiz ham kuyoviga nima bo'lsin? O'shaqa muomalada bo'lsin. Odamlarni o'rtasidagi muomalalardagi nozik narsa shu.
Bir yigit kelib Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga dedi, yo Rasululloh, menga zino qilishlikka ruxsat bering. Ya'ni kabira bo'lgan gunohga ruxsat so'rayapti. Sahobalar g'azablanib jirkib berishdi. Payg'ambarimiz ularni tinchlantirdilar da, haligi yigitga beki dedilar. Yoniga kelganida yumshoq muomala qilib aytdilarki, shu ishni, zinoni, onangga ravo ko'rasanmi? Boyagi yigitni g'azabi keldi. Yo'q, dedi. Odamlar ham, dedilar, rasululloh, onalarga bu narsani ravo ko'rishmaydi. Mana shu ishni qizingga, singlingga, ayolingga ravo ko'rasanmi? Haligi yigit yo'q, dedi, dedi.
Keyin payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qo'lini muborak, qo'llarini ko'ksiga qo'yib duo qildilar haqqiga. Keyin bu yigit aytadiki, vallohi rasulullohning huzuriga kirganimda men uchun zinodan ko'ra yoqimliroq narsa yo'q edi. Endi rasulullohining huzuridan chiqqanimda men uchunzinovdan ko'ra yomonroq narsa qolmadi. Ana, rasululloh sollallohu alalayhi vasallam muloyimlik bilan muomala qildilar.
Mana magazinga kirasiz, bir top ma'lumotni oldingiz, kassirni oldiga keldingiz. Qanaqa muomala qilishini xohlaysiz kassir sizga? Beparvolik qilsa yoqadimi sizga? Yo bir qo'pol gapirsa, tezroq qimirlamaysizmi deb shoshdirsa, yoqmaydi a? Yoqmaydi. Nimani xohlaysiz undan? Shirin gapirsin, kulib tursin, ishingizni tezroq bitkazib bersin. Ha, shuni xohlaysizmi? Endi siz ham shuni qiling.
Mana shu adolat bo'ladi da. Mana shu to'g'ri miqyos bo'ladi da! Bizda shunaqa da. Avval u tuzalsin, keyin men yaxshi muomala qilaman. Bor da shunaqa. Narigi ham xuddi shunaqada turadi. Ular shuni kutadi. Sen ham kutasan. Avval ular menga assalomu alaykum desin, keyin men vaalaykum assalom deyman. Ular ham xuddi shunaqa. Shuning uchun birinchi qadamni sen bos.
Alloh Qur'onda aytyapti: inna alloha la yug'ayiru ma'bu qavmin, xatta yug'ayiruu ma'bu yonfu sihin. Alloh Taolo insonlar o'zlarini ichlaridagi narsani tuzatmagunlaricha, ularning atroflarini tuzatmaydi deyapti. Hamma shuda ovorun salom bersin, keyin men nima qilaman? Alik olaman.
Mana Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning miqyosi qanaqa bo'lgan? Endi buni aksi bo'lishi mumkin emas. Astaytibilla fabi ma rohamatim minalloh ilin talahum. Ey Muhammad alayhissalom deyapti Alloh Taolo. Muhammad alayhi assalomga. Alloh tomonidan bo'lgan bir marhamat sababli sahobalaringizga yumshoq so'zli bo'ldingiz.
Bas, qarang. Agar qo'pol, qattiq dil bo'lganingizda edi, albatta atrofingizdan tarqab ketishgan bo'lar edi. Ko'ring, vahiy egasi bo'lgan, eng komil, go'zal xulq egasi bo'lagan Muhammad alayhissalom, Alloh Taoloning eng bir ulug' bandasi ki agar dag'al bo'lsa, qo'pol bo'lsa, atrofidan odamlar tarqab ketardi ekan.
Sakenatni shartlaridan, lavozimlaridan mulohatofatul xalq, odamlar bilan lutf ila muomala qilishlik. Qalbida sakenati bor odamgina muloyim muomala qila oladi, qila oladi. Mana shu lutf bilan, muloyimlik bilan muomala qiladigan bo'lsak, odamlarning qalblarini kasb qilamiz. Dag'alli qo'pollik odamlarni bizdan bezdiradi. Qarang, aytilgan bir og'iz qo'pol so'z bilan katta yomonliklar kelishi mumkin, yoki aytilgan shirin, muloyim so'z bilan o'rtadagi sog'liqlikni ko'tarishi mumkin.
Sakenatning lavozimlaridan, shartlaridan muhosaba va xaloyiqa muloyimlik bilan muomala qilishlik. Shu yerda bitta mulohaza bor. Bir otaki, farzandlariga qo'pol, dag'al qattiqqo'l. Ota bo'lganim uchun meni yaxshi ko'rishga majbur ular deb hisoblaydi. Bu noto'g'ri.
Sen ularni otasi bo'lganligingni o'zi, ular seni yaxshi ko'rinishligi uchun kifoya qilmaydi. Tushunarlimi? Komil bo'lishlik lozim. Farzandlaringni senga muhabbatli bo'lishligi ularni qo'lida emas. Sen ularni muhabbat qo'yishiga senga sabab bo'lishing kerak. Agar qattiqqo'l bo'lsang, odamlarni oldida ham hurmatini saqlamasang, zo'ravonlik qiladigan bo'lsang, otasi bo'lsang ham yaxshi ko'rishmaydi. Qo'rqar, haybatlanar, lekin yaxshi ko'lmaydi. Chunki seni bolang musulmon, senga oq bo'lib qolishidan qo'rqadi, ehtiyot bo'ladi, to'g'ri. Zohirida rozi bo'lib turishi mumkin sendan, ammo qalbida muhabbat bo'lmaydi.
Otasi bo'ladigan bo'lsang ham, ularni muhabbatini qozonishliging xulqing bilan, go'zal muomiling bilan bo'ladi. Har qancha kuchli bo'lma, har qancha haybatli bo'lma. Bu sifatlar ularni muhabbatingni olib kelmaydi senga. Agar komil inson bo'ladigan bo'sang, ularni qalbiga ega bo'lasan. Qalb faqat muloyimlik bilan, yumshoqlik bilan kasb qilinadi.
Mana, dunyoda yashagan podshohlar, tog'iy zolimlar, mansabdorlar, qo'lida quvvati bo'lgan, qo'lidagi hukmi bo'lgan. Odamlar qo'rqishgan ulardan. Yaxshi ko'rishmagan. Bo'yin sinishgan, lekin muhabbat bo'lmagan. Buyrug'idan chiqishmagan. Ehtiyot bo'lishardi ulardan, jazosidan qo'rqib. Shuning uchun bunga o'xshagan tog'iylar, zolimlar, odamlarning bo'yinlariga ega bo'lgan bo'lsa, payg'ambarlar odamlarning qalblariga ega bo'lgan.
Zavodni direktori, katta bir zavodni direktiri. Qo'lida bir ikki yuzta, uch yuzta odam ishlaydi. Ishchilarni ishi uni qo'lida. Xohlasa haydab yuboradi, xohlasa ko'taradi, xohlasa oyligini ko'tarib tushiradi. Shuning uchun ishchilar qo'rqishadi. So'zsiz itoat qilishadi gapiga. Majburda. Majbur bo'lgani uchun itoat qiladi.
Endi, o'sha direktor shu zavodda direktorligidan ketgandan keyinchi, ana shu qo'lidagi ikki yuzta, uch yuzta ishchi yana qo'rqib yuborarmi undan? Uni so'ziga xulosa olaveradimi? Yo'q. Faraz qiling. Hech kimni jamiyatda hech qanaqa bir o'rni bo'lmagan bir odam. Ilmi ham yo'q, puli ham yo'q, quvvati ham yo'q, hech narsasi yo'q.
Qo'liga to'pponchani olib turib, birovni qorniga taqab turib, nima desa qiladi nariga. To'g'rimi? Hech kim emas boyagi to'pponchanini ushlagan odam. Xo'p, o'sha pistoletni taqab turibdi. Ro'parasida turgan odam nima desa qilsa qiladi. Aytingchi. Unga muhabbatdan bo'yingiz sinayaptimi? Qalbi bilan yaxshi ko'ryaptimi? Yo'q. Boyagi to'pponchani, pistoletni quvvoti bilan bo'yingiz sindiryapti. Bunaqa quvvatni qanchalar davomiyligi bor. O'sha qo'lida to'pponchasi yo'q bo'lgandan keyin bo'ldi.
Shuning uchun, birodarlar, biz farzandlarimizga dag'allik, qo'pollik qilib, otalik maqomida turganimiz uchun, uni qimchiqlarini to'layotganligimiz uchun bizga bo'ynisini ushayotgan bo'lsa, bu nuqson akalar. Chunki bu bola ham ertaga katta bo'ladi, quvvatga kiradi, pul topadi. Shunda ko'rasiz in ekan sizni kimligingizni unga.
U hech kim emas, siz baland bo'lib turgan paytda muhabbatini qozonib qo'ying. Mana sakinatni shartlaridan bittasi nima ekan? Molotofatul xalq. Xaloyiq bilan, lutf bilan muomala qilishlik. Endi boyagi mansabdor odam ishdan ketgandan keyin u ham muloyim bo'lib qoladi. Xalq bilan bir yumshoq, chiroyli muomala qiladigan bo'lib qoladida. Endi u ham majburlikdan qilyapti da endi. O'shanaqa qilmasa kun yo'q unga odamlarni orasida.
Endi komillik nimada? O'sha mansabda quvvatda turgan paytda yumshoq muomalada bo'lishligi. Otasiga osiy bo'lgan bir yigit bor edi. Otasi vaqti vaqti bilan aytib qo'yardi. Sen odam bo'lmaysan. Oylar o'tdi, yillar o'tdi. Allohni taqdiri bir katta savdo markaziga bir dirik turib qoldi. Allohni xohishi.
Otasining hurmatini joyi qo'ymaydi, otasiga osiy, otasiga qo'pol muomala qiladi. Sen odam bo'lmaysan degan gapi alam qilar edi unga. O'sha mansabga kelgandan keyin bir kun shunday bordi da, otasini qo'lidan sudrab yurib tortib, ko'nmasligiga ham qo'ymasdan mashinasiga o'tkazib turib olib keldi da, mana ko'ring dedi. Mana men yetgan martabamni ko'ring dedi. Otasi ko'rib turib, ha. Mansabga erishibsan u, lekin baribir odam bo'mabsan dedi.
Nimaga? Otaga shunaqa qo'pol muomala qiladimi? A? Xuddi ishchisini qo'lini qayirib biriga majbur olib borgandaqa sodirab kelyapti. Baribir odambo'mabsan dedi. Birodar, puling bo'lsa, kuching bo'lsa , mansabing bo'lsa odamlar seni hurmat qilayotganga o'xshab ko'rinadi. Seni o'sha mansabing yoki obro'yingiz uchun hurmat qilishyapti. Undan ketganingdan keyinchi, ambiyolarni birodarlar aksariyati zaif bo'lishgan.
Nima, Alloh qodir emasmidi ularni kuchli qilib qo'yishga? Ha, qodir edi. Agar kuchli, quvvatli, mansabni shunaqa qilib qo'ysa, odamlar qo'rqanidan ham bo'yin surishar edi. Lekin Alloh bunday bo'lishini xohlamadi. Payg'ambarni yaxshi ko'rib ergashishligini xohladi Alloh Taolo odamlarni. Nabini, Payg'ambarni kuchini, quvvati, nimada edi kuch quvvati? Uni komil insonligida edi. Nabiy bo'lgan odam ham o'zini qavmini eng zaif kishisi bo'lgan. Mana Alloh Taolo aytadi, istadibilla va yasna ul fulka va kullama marro alayhi malau min qovmixi saxiru minh. Qola in tasqarumi inna, fa inna nasqaru minqum, kamat tasqaru.
Nu alayhissalom kemani yasakan, qavm masxara qilar edi. U kemani yasar ekan, qachon oldidan o'z qavmidan bo'lgan kofir kimsalar o'tsalar, uni masxara qilib kuldilar. U dedi. Agar bugun sizlar bizning ustimizdan kulsangizlar, sizlar bizdan kulsangizilar, bas, xuddi sizlar kulganingiz kabi, biz ham sizlarning ustingizdan kulurmiz.
Demak Payg'ambar kuch quvvatli, mansabli bir odam bo'lmagan. Shu qavmni bir oddiy odami bo'lgan. Shuning uchun masxara qilishyapti, shuning uchun yolg'onchi qilishyaptir, shuning uchunga qarshilik qilishyaptur. Mana shuni tuhmat qilishyaptu. Summa tavallav anhu vaqol u mualla mun majnun. So'ngra undan yuz o'girdilar va o'rgatib qo'yilgan majnun deyishdi. Zaif bo'lgani uchun kohin deyapti, majnun deyapti, sehrgar deyishyapti. Payg'ambarni ulug'ligi nima de ekan?
Kuchliligi uchunmi? Odamlar ulardan qo'rqqani uchunmi? Ulardan bir narsani ta'ma qilishgani uchunmi? Payg'ambarlarning qo'lida hech narsa yo'q edi. Odamlar anbiolarni komil inson bo'lganligi uchun ergashishgan, iymon keltirgan. Avval boshdan agar payg'ambarlar kuchli, boy badavlat bo'lishganida, odamlarni ularga ergashishligi zohiriy bo'lib qolardi, shakliy bo'lib qolardilar. Bunaqa iymonni esa qadr qiymati bo'lmas edi. Aquvli qovli ha davos tufirullohu alayhi va lakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'alib va barakatuh.