MMaviza
Faqirlik manzilatiTekserilgen20 daq

72-QISM / FAQIRLIK MANZILATI (4/4) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

Būl til üşin audarma äli joq. Tömende tüpnūsqa (özbekşe) mätin körsetilgen.
0:00
19:55
Özgerister tarihı

Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu anastai inuhu anastav firuh va narudhu billahi min surur ya'nfusina. Va min sayyi'ati amalina, man yahdihillahi falah muhrillala, va man yuzli ilhuf falah hadiyala. Va nashxadvalloh ilohi illallohu vahidahul ash sharikala va nashxad anna muhammadan abduhu rasuluh. A mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi barakatuh.

Tazkiyatu nafs, nafsni poklash tilsilar darslarimizdan, faqirli manziladi. To'rtinchi qismi. Agar Alloh Taolo bir bandani faqir qilib qo'ygan bo'lsa, yoki qo'liga bir dunyo matohidan bermagan bo'lsa, bu shu bandani Alloh xor qilib qo'ydi degani emas. Kambag'allik, rizqni tangligi, qo'lni kaltaligi birodarlar, bu Allohni xor qilganligini belgisi emas.

Alloh Taolo kimgadir ato qilgan dunyo matohidan. Kimgadir bermagan. Astadibilla, fa ammal insanu ida mabitalaah robbuhu fa akromahuhu va na amahuh fayaqul robbih akromah. Bas endi inson. Qachon Parvardigori uni imtihon qilib, unga karam qilib, ne'mat ato qilsa, Parvardigori meni aziz qildi der.

Juda ko'p odamlarda tasavvurida shunaqa. Qo'lida dunyosi kattami? Demak, bu Alloh buni erkalatib qo'yibdi, Alloh buni yaxshi ko'ribdi. Endi kimnidir qo'lida bu dunyo bo'lmasa, kambag'al bo'lsa, demak Alloh buni siylamabdi. Alloh buni xor qipti. Ollohni tanimagan, iymonsiz johillarning tasavvuri ayni shunday. Oyatni qarang. Endi qachon Parvardigor uni imtihon qilib, rizqini tang qilib qo'ysa, Parvardigorim meni xor qildi deb. Alloh Taolo kalla deyapti. Yo'q, unaqa emas. Berganim mukofot, bermaganim jazo emas.

Boy qilib qo'yganim, ikrom ko'rsatganim, kambag'al qilib qo'yganim, jazolaganim emas. Ato qilishim sinov, man qilishim shifo. Alloh Taolo bergani, boy qilgani, bu sinov. Bermagani shifo. Nimadan shifo? Gunohdan. Puli ko'p bo'lmagan odam gunoh qilgani imkoniyati kaltaroq bo'ladi, boy odamdan ko'ra.

Endi, Alloh bir bandaga shu dunyo matohini katta qilib beribdi, boy qilibdi. Alloh senga ato qilgan bir narsani Allohning toatiga sarflayotgan bo'lsang, u ne'mat deyiladi. Alloh bergan narsani toatga sarf qilmasang, u ne'mati deyilmaydi. Tushunarli a? Boy qilib qo'ydi, boyligingiz Alloh rozi bo'ladigan joyga sarflanayotgan bo'lsa, bu ne'mat deyishadi. Boy qilib qo'ydi. Endi bu boyligingiz Alloh norozi bo'ladigan joyga sarflangan bo'lsa, bu ne'mat deymaydi, balki jazo deyiladi.

Birodarlar, bizni e'tiqodimizda boylik, mol u davlat sinov deyiladi. Qaytarib aytamiz. Allohni yo'lida, Allohni rozi bo'ladigan ishlarida boyligini sarflasang bu ne'mat mukofot, boyligingni Alloh norozi bo'ladigan gunoh ma'siyatga sarflasang, bu jazo bo'ladi. Xotin, mukofotmi, jazomi?

Xotin, mukovotmi, jazami? Agar xotinni Allohni toatiga boshlasangiz, u mukofot. Agar o'zini holiga tashlab qo'ysangiz, jazo. To'g'rimi? To'g'rimmi? Agar siz Allohni tanitib, Allohda qo'rqishlikka o'rgatsangiz, o'zingiz diniy diyonatingizda mahkam tursangiz, shuni sizni hayotingizda ko'rsa, xotin ham ergashib Allohda qo'shqaradi.

Shuning uchun qo'liga katta boylik berilgan insonni ko'rgan paytda, buni hayoti zo'r demang. Qarang, u boyligi nimaga sarflanyapti? Qayerdan topyapti va qayerga sarflayapti? Alloh halol degan joydan topib, halol degan joyga sababli ekan bo'lsa, yaxshi. Aks holda, bu xarob buni holi. Farzand mukofotmi, jazomi? Xuddi shu qoida. Agar Allohni tanitgan bo'lsangiz, Allohning tog'dida turgan bo'lsa, farzand mukofoti. Aks holda nima? Jazo. Mana shu asosiy qoida.

Dunyoning hamma yaxshiliklari, boylik, sog'lik, quvvat, farzand, ayol. Bularni hammasi Qur'oning o'lchoviga ko'ra, Allohning shariatiga ko'ra sinov, imtihondir. Bergani aziz qilgani emas, man qilgani xor qilgani emass. Berganim sinov, man qilganim shifo.

Alloh seni bir narsa bilan sinab bal olibdimi? Xorlandim dema. Menga bermadi, falonchiga berdi dema. Alloh onani yaxshi ko'rdi, meni yomon ko'rdi dema. Allohni seni sinovga soldimi? Nima dedi, bermadimi? Demak seni yaxshi ko'ribdi. Chunki Alloh yaxshi ko'rgan bandasini sinovga soladi. Agar yana ham yaxshiroq ko'rsa, shu sinovga sabrli qiladi, kuniga qanoatli qiladi.

Boylik va faqirlik haqida nima deyilgan? Al faqiru vala g'ina i bitela u minalloh ili abduhi. Boylik va kambag'allik Alloh tomonidan bo'lgan bir sinov. Xo'p. Boylik, kambag'allik sinov ekan. Endi Alloh Taoloning ikromi nima unda?

Alloh Taolo bir bandani erkalatib qo'yish qanaqa bo'ladi? Berganini mukofotmas deyapti Alloh. Bermay qo'yganini jazomas deyapti Alloh. Sizga yoqadigan narsani berishi azizlik ku, siz xohlagan narsani bermaslik, bu xorlikni belgisi emas. Endi Alloh ikrom qilgan bandasi qanaqa bo'ladi? Alloh yaxshi ko'rgan bandasi qana qa bo'ladi. Alloh erkalatib qo'ygan bandasi qana ga bo'ladi?

Mana, eshitinglar. Allohning nazdida ikrom nima? Allohning nazdida azizlik nima? Astaydu billa, valamma balag'a ashuddahu atayna hu hukma va ilma, va kadalika natzil muhsiniy. Bu oyat Yusuf alayhissalom haqida. Qachonki Yusuf voyaga yetgach, unga hikmat va bilim berdik. Biz chiroyli amal qilguvchi zotlarni mana shunday mukofotlaymiz.

Ana, Yusufni erkalatdik deyapti Alloh. Yusufga ikrom ko'rsatdik. Yusufni aziz qildik deyapti. Nima bilan? Hikmat berdi, bilim berdi. Agar Alloh Taolo sizga iymonni berib, taqvoni berib, ilm va hikmatni bergan bo'lsa, xursand bo'ling. Allohning nazdida bandaga ko'rsatilgan ikrom shunaqa bo'ladi.

Bizda endi qanaqa endi? Xudoga yoqqan joyi bor, o'shaning uchun nimasini katta uzgan? Nimasini katta uzgan? Zuolasini katta uzgan. Mana shu da tushuncha. Boymi, demak Allohga yoqqan. Kambag'almi, demak Allohni yoqmagan. Birodarlar, boylik, boylik, Alloh yaxshi ko'rgan bandasiga ham, yomon ko'rgan bandyasiga ham beraveradi. Ammo iymonni, taqvoni, ilm va hikmatni faqat o'zi yaxshi ko'rtgan bandalarga beradi.

Usmonim nafson juda katta boy odam bo'lgan. Abdullaxob ham boy bo'lgan. Abdurahmon ibnov juda katta badavlat odam bo'lgan. Abu jahl ham kambag'al bo'lmagan. Umayutubnixalaf ham mana kofir. Biz o'zaro munosabatlarimizda mana shu o'lchov bilan muomala qilishni boshlaymiz, keyin hayotimiz o'rniga tushadi.

E, biz tushuninglar, biz boyni yomon, kambag'alni yaxshi demayapmiz, mana kommunistlarga o'xshab. Boyni yomon kambag'aldi yaxshi demayapsiz. Biz aytyapmiz, bergani ham, bermagani ham sinov deyapmiz. Chiqarib tashlaylar kallamizdan. Buni puli ko'pmi, demak mendan aziz. O'zi ham shunaqada, boy tursa indamay turib olasiz, gapira olmaysiz haligini oldida. Esimizdan chiqmasin, Payg'ambarimiz aytganlar, bir odam boyni oldida faqat uni boy bo'lganligi uchun qulluq qilib turgan bo'lsa, dinini uchdan ikkisi ketdi, uchdan biri qoldi. Faqat boy bo'lgani uchun qulni qilib turasiz.

Endi agar bu boy iymonli bo'lib, halol topib, yaxshi joyga pulni sarflab, musulmonlarga podasida ekan bo'lsa, shu yaxshi amal uchun hurmat qilamiz. Endi bunaqa amal yo'q, prosta boy. Shuning uchun quliq qilayotgan bo'lsangiz, diningizni uchdan ikkisi ketdi. Tushunarlimi? Endi Allohni nazdida eng hurmatli odam kim? Astaydi billa. Inna akrom akom ayn dallohi at qoqum. Sizlarni oralaringizda Allohga mag'bubroq bo'lganingiz, hurmatliroq bo'lmaganingiz, taqvodorrog'ingiz. Mana Qur'onning o'lchovi. Kim Allohdan ko'proq qo'rqayotgan bo'lsa, ko'proq amal qilayotgan bo'lsak, shu odam Allohga boshqalardan ko'ra mag'bubro'q.

Mana shu o'lchov tushunchalarni birodarlar tuzatishimiz kerak. Bu qachongacha g'arbdan, sharqdan kelayotgan fikrlar bilan yashaymiz. Bu boymi, Alloh siylabdi, kambag'almi, Alloh yomon ko'ribdi degan bu fikrlardan voz kechishligimiz kerak, lozim va lobud bo'ladi. Chunki dinimiz mana siz bilan bizga boylik bilan kambag'allikda nima ekanligini bayon qilib beryapti.

Allohni nazdida eng hurmatli bandani ko'rmoqchimisan? Allohni nazdida kim hurmatli ekanini bilmoqchimisan? Unda qara. Mustaqil bo'lgan, dinida mustahkam turgan odam mana shu banda Alloh uchun eng suyuli banda. Allohning valiysi, Allohning do'sti, Allohga yaqin bo'lgan banda. U qanaqa bo'ladi?

U havoda uchib yurgan odammi? Yoki suvni ustida yurgan odamimi? Yo'q. Allohning valisi Allohni buyruqlarini qoldirmay bajaradi. Man qilgan narsalarga yaqin kelmaydi. Mana shu odam Allohni balesi deyiladi. Darsimizni mavzusi faqirlik manziladi. Allohga muhtojlik manziladi.

Bir yaxshi ishga qudrat yetib, shunga muvaffaq bo'lib qo'ysa, Allohni tanimagan odam men qildim deydi. Men falonchi pulni sarflab qo'ydim. Anavi ishni men hal qilib qo'ydim. Allohni tanigan odam nima deydi? Allohni fazli bo'ldi. Mana shu mushkulani hal bo'lishini Alloh xohlagan ekan. Meni shunga nima qildi? Sabab qildi. Men demaydi musulmon odam.

G'asson arablaridan bo'lgan mana Jabalat. G'asson bu nasroniy arablar bo'lgan Payg'ambarimiz davrida. Juda katta qabila bo'lgan. Rum imperiyasini ittifoqchilaridan bo'lgan. Mana endi Umarun Xattob davrida bu G'assom iymoniga kelgan, iymoniga kelib bo'lishdi. Ana shu G'assomning amirligidan bo'lgan Jabala ismli kishi Makkaga haj qilgani keldi. Haj qilib ketar ekan, Islomni yanga qabul qilgan, lekin hali ham johillik tushunchalar bilan yashayapti. Tavof qilayotgan paytda bir sahroi yigit, kambag'al yigit etagini bosib oladi, beqasd. Haligi ridosi yelkasidan tushib ketadi. Shunday qaradi, qarasa bitta oddiy odam. Bir urib, burunini pachaqlab tashladi.

Haligi yigit nima qiladi? Javob bera olmaydi. Xalifani oldiga bordi, Umarimni xat top. Mana bunday, mana bunday ish bo'ldi, bu nima pachaqladi? Uni chaqirtirdi xalifa. Keldi. Ha, beadabli qiluvdi. Nima qildim? Adamni berdim dedi. Haqqimni oldim dedi. Amiral mo'miniy nima dedi? Qarang, musulmonman deyapti. Makkaga kelib haj qilyapti. Lekin baribir tushuncha eskicha. Johiliy.

Modomiki, tirnoqlaringda uni qorni turar ekan, qoni turar ekan, uni rozi qilasan dedi. Jabal aytdiki, ey amiral mo'miniy dedi. Qanday qilib dedi? Men arshi toj bo'lsam, u ko'chadagi odam bo'lsa, qanday qilib yulduzni yerga sajda qilishiga rozi bo'lasiz dedi.

Amiral mo'miniy nima dedi? Oho. Bu johiliyatni injiqligi yu, kibr shamolimi dedi? Ha, biz bu narsani ko'mib tashlaganmiz, ustiga yangi imorat qurganmiz. Bunda qo'llar u xurlar barobar dedi. Jabalak ko'mmadi bunga. Men sizni oldingizga kelib iymon keltirsam, sizni oldingizda aziz mukarram bo'laman deb o'ylagan edim. Agar bunaqa bo'ladigan bo'lsa, meni shunga tenglab qo'yadigan bo'lsangiz, men diningizga murtadman dedi. Diningizdan chiqib ketaman dedi. Qani paytda unday bo'lsa bo'yniga qilich uriladi dedi.

Tushunarlimi? Bergani, mukofotlagani, bermay qo'ygani jazolagani emas. E kambag'allar, puli yo'qlar. U ham odam, siz ham odam. Sizni holatingiz qiyomatda unikidan ko'ra yengilroq bo'ladi. Chunki pulingiz yo'q. Imtihoningiz oson bo'ladi. Kambag'al faqat qiyomat kuni xursand bo'ladi kambag'al bo'lganiga. Boy faqat qiyomat kuni, pushaymon yeydi, qo'lida katta dunyo bo'lganiga, agar solihiy amallarga sarflamagan bo'lsa.

Agar birov o'zini mana shunaqa katta tutsa, boshqalardan bir baland tutadigan bo'lsa, kekkaysa, kibr qilsa, atrofdagilarga u aziz bo'lib, quvvatli bo'lib ko'rinadi. Musulmon unaqa bo'lmaydi. Musulmon odam doim o'zini Allohga muhtoj deb biladi. O'zini Allohni zo'r faqir ekanligini tanib turadi. Musulmon odami kamtar bo'ladi. Shuning uchun yaxshilab bilib olaylik. Allohni muhtoj bo'lgan, Allohni Allohni faqir bo'lgan banda kamtar bo'lgan. Kibr musulmon odamga yarashmaydi.

Yana aytilinadi. Alloh taologa faqirlik. Uning avvali bor, oxiri bor. Allohga bo'lgan muhtojlik, uning zohiri bor, botini bor. Uning avvalo Alloh uchun hokisorlik, oxiri esa Alloh bilan aziz bo'lishlik. Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam. Siz bilan bizga ibrat bo'lgan zon. Allohni eng suyukli bandasi.

Makkay Mukarramani fati qildilar, sakkizinchi hijriy yilda. O'n uch yil Makkada muxlilar aziyat berdi Payg'ambarimizga. Sakkiz yil ular bilan jang u jadallarda Payg'ambarlarimiz ko'p kurashdilar. Yigirma bir yil deganda Makkay Mukarramani fath qilib, g'olib, qo'mondon bo'lib, tuyasining ustida kelyaptilar Makkayga. Mana endi yigirma birinchi yillik mehnat mashaqqatdan keyin bu Makkani fath qilgan qo'mondon mana shunday to'shini ko'tarib, gavdasini ko'tarib kirmadilar.

Shuncha mehnat qildik, shungacha jangi jadal qildik. Mana endi biz g'olib bo'ldik deb kekkayib kirmadi, balki nima qildilar? Shunday engishib keldilarki, tuyasida o'tirib, soqoli yoki sallasi deyiladi, tuyasining o'rkachiga tegib turadi deydilar. Vaholanki, Muhammad alayhissalom erishgan, sharafga yer yuzida hech kim erishgan emas. Shunday bo'lsa ham, o'zini Allohga hokisor tutdi, o'zini faqir bildi.

Shuning uchun, agar siz o'zingizni Allohga hokislor tutsangiz, odamlarni ko'zida dardlikka o'xshab ko'rinasiz. To'g'ri. Agar Allohga o'zingizni muhtoj deb bilsangiz, o'zingizni faqir deb bilsangiz u uchun kamtar bo'lsangiz, avvalingiz odamlarni qo'ziga xor bo'lib ko'rinishi mumkin, lekin oxiri azizlik bo'ladi. Sha'ning ulug' bo'ladi birodar. Odamlarga mahobatli bo'lasan. Haybatli bo'lasan!

Kimdir qo'lida millionlari bo'ladi. Ammo doim faqir. Nima uchun faqir u? Millioni bor u. Sababi bor. Sababi nima edi? Kambag'al bo'lib qolishlik xavotiri bor. O'shaning uchun kambag'al u. Eslang, o'n ming dollar bo'lsa yetadi degansiz. O'n ming dollar bo'ldi. Yetdimi? Yo'q. Yana o'n ming yetmadi. Endi yigirma ming bo'ldi pulingiz. Endi ellik ming yetmadi?

A? Tanish manzarami? Eshitganmizmi shu gapni gapirganlardan? Qo'lida millionlagan puli bor odam, agar Allohga faqir, Allohga muhtojligini tan olmasa, doim faqir bo'ladi. Nima uchun? O'shaning uchun yetmay turaveradi da. Bunaqa odamlar. Kambag'al bo'lib qolmaydi degan g'am sababli kambag'al bo'ldi. Bunaqa odamlar kasal bo'lib qomaydi deb qo'rqqanidan, xavotir olganidan kasal bo'ladi.

Payg'ambarimiz aytganlar, anta min xofil faqri fiy faqriyn. Sen kambag'albo'lib qolish qo'rquvi sababli kambagsan. Kambag'albopqolishning qo'rquv bormi senda? Demak sen kambag'ali bo'laverasan. Demak birodarlar, Allohga faqirlik, Allohga muhtojlik. Avvali bor, oxiri bor. Albatta buni oxiri azizlik bo'ladi. Sen agar Allohga o'zingni muhtoj deb bilsang, nima bo'ladi?

Boshqa hamma narsadan behojat bo'lasan. Odamlarni eng boyiga aylanasan. Haqiqiy boy kim? Allohga haqiqiy muhtoj bo'lgan odam. Allohga haqiqiy muhtoj bo'lgan odam, haqiqiy boy odam. Shuning uchun Ali ibn Abit olib aytadi, boylik va faqirlik deb ozgina sukut qildi. Boylik va faqirlik ba'd al al al deya Alloh dedi. Allohga ro'baro' bo'lingandan keyin ma'lum bo'ladi.

Qiyomat kuniga Alloh Taoloning oldiga borganimizda, hisob kitob bo'lgandan keyin ko'ramiz kim haqiqiy boy bo'lgan, kim haqiqiy kambag'al bo'lgan. Birodarlar, bu dunyoni hayoti vaqtinchalik. Boyni boyligi ham bir necha yil xolos. Kambag'alni kambag'alligi ham bir necha yili xolos. Chunki unisi ham, bunisi ham nima bo'ladi? O'ladi. Qiyomat kunida Alloh Taologa ro'baro' bo'lgandan keyin bilinadi kimni boyligi, kimni kambag'al ekanligi.

Aqulu qovli ha'da va astag'firulloh ili valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'libu barakatu.

Bilimdi tekseru

5 sūraq. Är dūrıs jauap — 10 ūpay.

Kelesi däriske ötu üşin testti tapsırıñız

Testsiz jalğastıru