MMaviza
—Tekserilgen49 daq

Abdulloh Domla - Yusuf alayhissalom 1/2 (Payg'ambarlar qissalari)

Abdulloh Domla · Paygʻambarlar qissalari

Būl til üşin audarma äli joq. Tömende tüpnūsqa (özbekşe) mätin körsetilgen.
0:00
49:23
Özgerister tarihı

Bismillahir rohmanir rohim. Inna alhamdulillahi mahkum va rahmanuhu anas la inuh va nas la of'iruh va navuhu billahi min ash'uruh, ya ofus inna va min sayyihati amaliy la. Man yahdihillahi falah mu'illala va man yurdi ilhufu falaha deyala. Va nashshirah la ilaha illalloh va ilahuhu va alash sharaf ikkala. Va nashhrat anna muhammadana abduhu va rasuluh hammazor. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'rug'u va barakatuh.

Alhamdulillah, alladiy bina ami hidatimus solihat. Alloh subhanah va taolo mana shu yerga bosib kelgan qadamlarimizga, Alloh Taolo har bittasiga ajr hasanotlar yozgan bo'lsin. Va Rasululloh sollalomning suhbatida jannatul firdavsda o'tirishimizni nasib qilsin. Amin. Payg'ambarlarning qissalarini davom ettirar ekanmiz. Mana bugun qissalarda eng ajibi va eng nodir bo'lgan Yusuf alayhissalomning qissasini boshlaymiz. Bu hissani boshlashlikdan burun, o'tgan suhbatimizdagi Lut alayhissalom va u kishining qavmi bo'lgan Salom qavmini ustida sodir bo'lgan ba'zi ishlarni qisqa takrorlab qo'yadigan bo'lsak, toki keyingi mavzularni kelishimiz osonroq bo'lsin. Mana payg'ambarlarni, Karim payg'ambarlardan bo'lgan Lut alayhissalom yer yuzida buzg'unchilikni cho'qqisiga chiqqan. Yer yuzida yashagan xalqlarning eng rasvosi bo'lgan Sadum qavmiga payg'ambar bo'lib yuborilganini ko'rdik. Va bu qavm payg'ambarlarni tarixida, insoniyat tarixida eng fosiq, pisqich yo'lga to'lgan kufr va faxshga botganligini ko'rdikki. Ulardan burungi qavmlar, albatta kafillari bo'lgan, mo'minlari bo'lgan, fosiqlari bo'lgank, lekin ifloslikda, razirlikda bularda tengi bo'lmagan.

Va u xavm mana sizlardan burun hech kim qilmagan ishni qilasizlarmi deb Lut alayhissalom to'la va alayhissalom bizga bayon qiladiki, ular ana shu ayollarni qo'yib, erkaklar bilan aloqa qilishlikni o'zlariga odat qilib olganlarida. Shuning uchun ana shu hisobdan shunday xulosalar oldikki, bu ifloslik bilan shug'ullanayotgan ba'zi odamlar bo'lsa, yer yuzida, bu bizni qonimizda, bizni genlarimizda, bizni yaralish tabiatimizda shunaqa bor degan paytda, nabrdubilla Allohga ular tuhmat qilarkan bo'ladi. Insonni tabiatidagi bor narsa, biz shunday bo'lib yaraladigan bo'lsak, tabiatimiz shunaqa bo'lsa, bizda nima ayb degan paytda Allohdaan qo'rqisin ki, agar insonni tabiatida bu narsa bor bo'ladigan bo'lsa, Sadum ham, odam buruniga qavmlar ham bu narsa bilan shug'ulangan bo'lishligi kerak edi. Balaqod anza rohim batshushshatana fadama robin nuzur. Darhaqiqat Lut alayhissalom ularda bizni azobimizdan ogohlantirdi, ular ogohlantirishga yolg'on deb yuzaga tushdi. Qavm uz payg'ambariga e'tiroz qilishdan bosh tortgandan keyin, Alloh Taolo tomonidan yuborilgan baloga ro'baro' bo'lishdi. Mana Jabr alayhissalom ana shu qishloqni ostiga qonotar bir uchini kirgizdi va ko'tardi osmonga. Ko'tardi.

Shunday rivoyatlar kelyaptiki, qishloqda yashaydigan it va xo'rozlarni tong sahardagi qichqirgan yoki hurganligini osmon ahli farishtalari eshitishdi. Va qishloq ahli esa osmon farishtalarini tasbihlarini eshitishdi. Ana shu joyda ularga Jabrila alayhissalom qichqirishlikdan burun, mustamomatan, har bitta kofirda, har bitta fosfida ism yozilgan toshlar kelib boshiga yog'ildi. So'ngra bitta qichqirdi, hammasi to'kilgan tutdek bo'lib qoldi. Va avvalgi qavmlarga balo kelgan bo'lsa, Samud yoki Ot qavmlariga o'xshash qavmlar yer yuzida bir vayron bo'lgan bo'lsa. Yerni ustida ularda asarlari qoldi. Mana Samud havo haqida gapirgan paytimizda. Madiynaning shimoliy g'arbida uch yuz sakson km uzoqlikda ana shularni maskanlari qolgan. Ba'zi bir asoratlari, alomatlari qolgan, ana shularni ko'rib ibratlanishligimiz uchun. Lekin bu qavmda asarlarini ham Alloh Taolo yer yuzida qoldirmadiki, ana shu qishloqni Jabr alayhissalom ko'targan holatda to'ntarib yerga tashladi.

Toki bunaqa fisk, bunaqa fujur, yerni ustida alomati ham qolmasin. Mana hammamiz bilamiz, hayvonlar yana shu bir vabo kasali tegadigan bo'lsa, sibirs, yazva deymizmi va boshqa kasallar. Ana shu kasallikka uchragan hayvonni o'ldirilib, kuydirilib, kulib, yetti sakkiz metr chuqur kavlab ko'mib ustun turib paxta otilinadi. Toki yerning betida qolmasin. Shunga o'xshamaydimi?

Lekin. Shayton degan layn bor ekan, insonlarni vasvasa qilishlikka, qiyomatgacha vasvasa qiliklikka Allohga va'da bergan ekan. Ana shu qavm yo'q bo'lib ketgandan keyin ham, mana uchta uchta davom etkazgan boshqa xalqlar bo'ldi. Mana hozirgi kunda ham dunyo miqyosida gapiradigan bo'lsak, bularni ham o'zlarini haq huquqlari bor. Tushundingmi? Inson haq huquqalari va hokazo, shunga o'xshagan chiroyli bir shiorlar bilan ba'zi o'lkalarda o'zlarini jamiyatlari bor. Ularda xalqlari ham himoya qilingan, lekin bizni islomimizda, qur'onimizda bu narsa juda bir razil ish ekanligini alloh taolo mana lut alayhissalomni qissasini bayon qilib bizga buni ko'rsatgan bo'ldi.

Halok bo'lganlarni ichida Lut alayhissalomni ayoli ham bor edi. Alloh Taolo Qur'oni Karimda yuhrujul hayya minal mayiti va yuhrujul mayita minal hay. Alloh tirikdan o'likni chiqaradigan, o'likdan tirikni chiqaradigon zot deb o'zini sifatlaydi. Ya'ni, yaxshi odamni bolasi albatta doim yaxshi bo'lavermas ekan.

Yomon odamni bolasi ham doim yomon bo'lishligi shartmas ekan. Alloh aytyapti, tirikdan o'liyni chiqaraman deydi. Ya'ni, tirik jonivorni o'ldirsangiz o'lik bo'ladi. Endi o'likdan tirikni chiqaraman deganda, biz ko'raylik ana shu tuxumni, o'lik narsa edi. Lekin tirik bo'lib chiqmayaptimi? Ana shu mang'izni olaylik, daraxtni mang'izini. Agar shuni yeb yuborsangiz yo'q bo'lib ketadi, lekin ekib qo'ysangiz uni chiqmayaptimi. Ulamolar shunga yana bir ishora qilishar ekanki, Alloh o'likdan tirlikni chiqaradi degan oyatda, yaxshi odamda bolasi yomon ham bo'lib qolishi mumkin.

Yomon odamda bolasi yaxshi bo'lib qolishing ham mumkin. U kimni qo'lida? Alloh taoloni qo'lida. Farzandlarimizga Allohni ta'na ta'b tarbiya beramiz, lekin yana qo'rqamiz, Parvardigor, adashtirib qo'ymagin ular deb. Otasi kofir edi Ibrohim alayhissalomda. Bolasi Payg'ambar bo'ldi. Otasi Payg'ambor edi Muhojir alayhissalomni o'g'lini. Bolasi kofir bo'ldi. Qiyomat kunida Alloh taoloni huzurida hech kimga hech qanday bahona qolmas ekanki, meni otam yomon edi desa, bitta Payg'ambar keltirar ekan misol. Meni bolalarim yomon desa, yana bitta Payg'ambar misol keltirilarkan. Ayol kishiga meni erim zolim edi, erim fosig' edi, ibodat qilishlikka qo'ymasin desa, Fir'avnni ayoli Osiyo onani misol qilinar ekan. Seni ering Fir'avnchalik zolim edi. Bir odam xotinim yomon edi, xotinim meni yo'l bermasin desa, mana shu ikkita Payg'ambar keltirilar ekan. Lut alayhissalomda xotini nima edi? Kofir edi. Zaroballohu masalan lilladina kafaru mulota, nuhi va mulotalut, kanata taxta abu dayni min nubadina solihai va xonata huma. Alloh kofir bo'lgan kimsalarga Nuh va Lut alayhissalomlarni xotinlarini misol qilib keltirdi. U ikkala ayol Allohni solih bandalarini ostida edi.

Erlari payg'ambar edi, lekin xiyonat qilishdi. Bu xiyonat, izzat nafs sharaf xiyonati emas. Bu aqida xiyonati. Payg'ambarlarni hayotida, payg'ambarlarda nasli nasabida sharaf, or nomus xiyonati bo'lishi mumkin emas. Alloh Taolo bu narsani saqlagan. To'g'ri, Lut alayhissalomni ayoli kofir edi. Qomil fisk fujuriga Lut alayhissalomni silli natij qilib aytib, ularga yordam beradi, lekin o'zi zino, faxsh bilan shug'ullanmagan edi. Payg'ambarlarning nasli bu narsadan pokiza hisoblanadi. Demak, eri Payg'ambar bo'lsa ham, agar xotini ana shu Payg'ambar qilgan erni e'tiqodi bo'lmas ekan, hech qanday asqachilik bo'lmaydi. Rasululloh sallalloh qizi Fotimaga aytadi, ey qizim deydi, bitta xurma bilan bo'lsa ham sadaqa qilib, o'zingizni jahannamdan uzoqlashtirib oling. Chunki qiyomatda Muhammadni qizi ekan deb qarab o'tilinmaydi dedi. Otamiz qor oladimi, opa dadamiz ishonayotganmi bo'ladi yu bizda. Men falonchilardanman, to'kinchilardanman dedi. Hatto Rasulullohni farzandi aytyapti, o'zingni o'zing saqlab ol deyapti. Men hech narsa qila olmayman u kunda deyilyapti.

Andiyolar nasli faxshdan pok bo'ladi. Lut va Sadun qavmi o'rtasida bo'lgan ishlar mana Ibrohim alayhissalomni tiriklik paytida yuz berdi deb aytdik. Mana endi bugungi qissaga o'tamiz. Bu Yusuf alayhissalom qissasi. Alloh Taolo Qur'ondan marhamat qiladi. Naxnuna qiz so'alayka axsanal qasasi bima avhayna ilayka hadal quran va in kun ta'min qobili hilamin al g'ofili.

Bu qissada ikkita payg'ambar, Is'hoq, Yahud ibn Is'hoq va Yusuf ibn Yahud. Yusuf va Yahud alayhissalomni qissasi haqida so'z ketadi. Qur'ondagi eng go'zal, eng shirin qissa mana shu desak xato qilgan bo'lmaymiz. Bu qissa bitta surada boshlanadi, shu surada tugaydi. Hech qaysi Qur'ondagi boshqa payg'ambarlarni qistaladi, bunaqa kelgan emas.

Yusuf surasi Makkiy suralarda. Mana bilamiz Qur'ondagi suralar ikkiga bo'linadi. Makkiy va Madaniy suralar. Makkada nozir bo'lgan suralarda asosan qo'rqituv, vay, nazir, hushyorbar bo'lgan, iymon e'tiqodga dalolat qiluvchi bo'lgan oyatlar bilan to'lgan. Payg'ambarimiz o'n uch yil Makkada yashagan bo'lsa, iymonga da'vat qilgan. Hukmlar tushgan emas deyarli. Endi Madinaga ko'chib borgandan keyin hayotni tartibga keltirishlikka bo'lgan hukmlar tushgan. Makkiy suralarda asosan qattiqlik, oxiratdan qo'rqitishlik degan mavzular bor. Lekin bu sura Makkada tushlikka qaramasdan, bunda o'quvchi uchun bir rohat bor, halovat bor, huzur bor. Nimaga bunaqa?

Mana aytdik, boshqa suralar, boshqa sualar sochiq, boshqa payg'ambarlarni qissalari sochiq sochiq holatda kelgan. Mana masalan ana shu Muso alayhissalomni gapiradigan bo'lsak, Qur'onni yetmish uchta o'rinda bo'lingan yuz Muso alayhissa londonning qissasi. Agar uni bir chekkadan tafsir kitoblarni ko'p bo'lishiga qaramasdan, Muso alayhissonning qissasini jamlab bir narsa tayyorlayman degan odam qiynaladi. Chunki yetmish uch ta o'rinda kelgan. Qur'onni bir chekkasidan oladigan bo'lsangiz Baqara surasidan boshlanadigan bo'lsa, sigir voqeasidan boshlanadi. Alloh Taolo sigir sovushlikka buyurdi deydi. Sigir sovushgacha chakana ish bo'lganman. Ular qani?

Yigirma to'rtta, yigirma beshta suradan yig'ish kerak bo'ladi, yetmish uchta o'rinda. Bir sura keladi, beshta oyat Yunus alayhissalom haqida kelib turib, shart to'xtaydi da, Muso alayhissalomga o'tib ketadi. Shart to'xtaydida, shu oy alayhissalomgaga o'tib ketadi, lekin bu sura bir boshlandi, uzilmadi. Nimaga bunday sura nozil bo'ldi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkada odamlarni iymonga da'vat qilar ekan, Makka qurashidan kofirlardan juda ko'p aziyatlarni ko'rdi.

Payg'ambarimizni ana shu Makkani aziyatidan to'sib turgan kishisi bu amakisi Abu To'lib edi. Yoshligida shu kishinikida katta bo'lgan, Payg'ambarimizni yaxshi ko'rgan u kishi, Payg'amborimizni Abu To'libni yaxshi ko'targan, lekin kofirligicha o'lib ketgan. Rasululloh sollalluhu alayhi vas allam ana shu kurashdan himoyachisi bo'lgan Abu To'lib vafot etgandan keyin, suyangan, ishongan bitta odamni vafot etgardan keyin, uch kundan keyin Hadiyech onamiz vafot qiladi.

Ya'ni Payg'ambarimizga tirik bo'lib turgan ikkita odam uch kunda juda vafot etadi. Ko'ngli cho'kib, inson mahzun bo'lib turgan paytda, uni ko'nglini ko'taradigan bir ikki og'iz shirin gap gapiradigan birodari bo'lsa, qanaqa bir yaxshi narsa. Qo'ying endi o'tib ketadi bu kunlar ham. Sabr qiling deydigan bo'lsa, shu gapni eslatish kerak. Biladi sabr qilish kerakligini. Biladi o'tib ketishini, lekin shu gapni kimdir aytish kerak. Endi agar shu taskin berayotgan odam so'zga usta odam bo'lsa qanaqa bo'ladi taskina? Agar bu taskin berayotkan odam sizga haqiqatan yaxshilikni ravo ko'rib, so'zga usto bo'lib, Allohni ilmidan xavotir bo'lib turib taskin bersa, qanaqa taskin bo'ladi bu?

Payg'ambarimizga bu surat taskin bo'lib tushdi. Alloh Taolo Payg'ambarimizni ko'ngli cho'kib turgan paytda, ko'ngling yukashligi uchun, ko'ngling ko'tarishligi uchun dori qilib tushirdi bu surani. O'shaning uchun Makkada tushgan suralardan Yusuf surasini farqi shunda. Ato rahmatulloh aytadi, mahzun, bir qalbida g'ami bor odam Yusuf surasin o'qir ekan, albatta bir huzurni, rohatni topadi bundan.

Bu sura, biz hali kirishganimiz yo'q suraga. Biz bu surani boshqa suradan farqi, fazilati narxi haqida gaplashyapmiz. Ya'ni eshitishingizdan burun nimaligini tushunib olaylik. Toki mazzasini yaxshiroq tushunaylik. Toki u qishloqni o'tiringlar akalar. Xud surasidan keyin nozil bo'lgan. Xud surasida asosan mana Samod, Lut, Xud, ana shu qavmlarning hikoyalari keladi. Va bizga ma'lumki, Nuh alayhissalomni ham, xuddi alayhissalom, Solih alayhissalomlarni ham qavmlari vayron bo'lgan. Bir qavm keldi, payg'ambar yuborildi, iymon keltirib bo'ldi, vayron qildi. Payg'ambar keldi, qavmga obro' bo'ldi, va vayron bo'ldi. Ana shundan keyin tushgan sura, Yusuf surasi qalbga taskin beradigan, qalbga huzur bag'ishlaydigan sura bo'ldi.

Payg'ambarimizni himoyachisi Abu Tol vafot etdi. Orqasidan hadicha onamiz vafot etdi . Hadicha onamiz haqida Rasululloh sollalloh umrini oxirigacha yaxshi so'zlarni so'zlagan. Hadislarda keladi, Rasululloh sollolloh marhamat qilganlar kamula minan rejalih kafir, valam yakmul minan nisa ila arbar. Erkaklardan juda ko'pi deydi, kamolotlik darajasiga, komillik darajasiga yetdi. Ya'ni Allohni rozi yetishdi dunyoni o'zida. Payg'ambarlar, nabiylar, siddiqlar, shahidlar, avliyolar. Juda ko'p bo'ldi erkaklarda, lekin ayollardan faqat to'rttasi kamolot darajasiga yetishdi deydi. Ulardan Osiyo, Zaljuviy Fir'avn. Fir'avnning ayoli Osiyo. Va Maryam, binti Imron. Imronni qizi Maryam, Iso alayhissalomning onasi. Va Hadicha binti Huvayli va Fotima binti Muhammad. Mana shu to'rtta ayol mukammal, komila ayol bo'ldi deyildi. Ana shu Hadicha onamiz vafot etgandan keyin, Payg'ambarimiz har kuni bir eslab qo'yadi bu yoshlik bilan. Hattoki, mana Oyijonamiz Abu Bakrni qizi Payg'ambarimizni ayollari Rasulullohda deydi, xotinlarini ichidan faqat Hadichaga rashk qilardim deydi.

Kunlari birda Rasulullohu alayhi vasallam Hadicha bundog' edi, Hadicha bundog'i dedi deb zikr qilgan paytda, o'sha onamiz achchig'i kelib ketib, nima endi, bir qari kampir edi da. Ha Alloh sizga undan yaxshirog'ini berdi deganda, Rasululloh bu so'zidan qattiq bir achchig'lanib, yuzlar qizarib ketibdiki, yo'q dedi. Allohga qasam, hargiz undan yaxshisini bermadi. Odamlar menga kofir bo'lganda birinchi yo'l iymon keltirdi. Odamlar mendan o'zini mahrum qilganda moli bilan himoya qildi va Alloh faqat Xadichadan farzandlarni menga berdi dedi. Mana shu yaxshi ko'rgan ikkita odamidan ayrilib, Payg'ambarimizni ko'ngli cho'kib turgan paytda Alloh Taolo Yusuf surasini nozil qildi.

Va mana shu yil Amul xijin, qayg'u yili deb nomlandi. Ya'ni bu surat nozil bo'lib, go'yoki Alloh Taolo xafa bo'lmang, albatta g'am qayg'udan keyin yengillik keladi degandek edi. Fa indama al o'siri yuzroq. Albatta bitta qiyinchilikni yonida ko'p yengilchiliklar bo'ladi. Bu surada ibrat, dars va ma'ruzalar karvoni keldi. Imom Kurtubiydan Alloh Taolo Qur'onda bu qissalarni darajama daraja, go'zal suratda birin ketinlik bilan nozil qildi. Masalan, Ibrohim alayhissalomni hissasiga murojaat qiladigan bo'lsak, fama labi tan jabi ajlin hanir. Ya'ni uzoq turmadi da, semiz sigirni keltirdi. Boshqa surada farog' ila ahli hifat jabi ajlin samin oilasini oldiga chiqib ketdi da, semiz buzoqni olib keldi. Ya'ni ikkita oyat yig'sak, demak, Ibrohim alayhissalom semiz va pishirilgan, buzoqda olib kelib mehmonlarga qo'yilganligi ma'lum bo'ladi. Ya'ni yig'ish kerak buni. Mehnat qilish kerak, u ertaga qarash kerak, bu ertaga qarab qarash kerak. Lekin Yusuf alayhissalom surasini o'qisang, birodarlar, unaqa mashaqqat yo'q. Bir chekkadan ketadi bir hikoyadek.

Imom Qurto'be aytadi, Yusuf alayhi assalom qissasi Yusuf surasidan boshqa o'rinda kelmadi. Bilinmadi. Muxoliflar, ya'ni Qur'onda Allohni kitobi emas deyotgan muxoliflar ga bir hujjat bo'ldiki, agar qo'linglardan kelsa, uzuq uzuq qissalarni keltiringlar, Qur'onniki daqa bo'lsin. Yo unga yaramasanglar, biz biz butun bitta sura ham keltiringlar, hikoya keltiringlar,qur'on daqa bo'ling. Bu Alloh Taoloda chaqiruvi qiyomatgacha yashaydigan nafaqat insonlarga, balki jinlarga ham xitob bo'ldi. Alloh Taolo mana Qur'onda qullayin ish ta'matil in suvul jinnu ala an ya'tu bi misli hazil quran la ya'tuni bi misli vala ukana ba duximli ba'ning vohiro. Ayting. Agar insonlar ham, jinlar ham jamlansa, mana shu Qur'onga o'xshagan narsani bir keltiramiz deb, bir birimizga yordam berib turib, Qur'onga osha narsani keltiramiz desa ham, aytingki, ular hech qachon bu narsaga qodir bo'lmaydi. Bu chaqiruv qiyomatgacha turadi.

O'nta so'ra degan Alloh. Yaramaganda bitta sura degan. Bitta oyatni ham keltira olmaydi insonlar. Chunki bu robbil azizazizavajalni kalimalari hisoblanadi. Xo'p, qissani boshlaymiz endi. Qissani boshidan boshlaymiz. Eng go'zal qissani boshlamaymiz. Alloh taolo boshlaganday boshlaymiz, aslida aybulla alif la'mro telka aya tul ketabil mubin inna anzallaha quran ana arabiyan la allakum ta'qilun nax nu naqul so'alayka ax sanal qasos.

Alif la'mro bu ochiq kitobning oyatlaridir. Albatta biz Qur'onni ochiq arab tilida tushurdik, shoir aql yurgizishligilar uchun. Qur'onni arab tili haqida, arab tilida nozil bo'lganligi haqida yettita oyat keladi. Ya'ni arab tilini boshqa tillardan ustunligi ham shundan. Avvalambor Qur'onni tili, jannatinglarni tili bu. Til o'rganish yilga agar rag'batimiz bo'lsa, Qur'on tilini o'rganaylik, arab tilini. Chunki Alloh taolo arab tilida tushirdi Qur'onni. Jabr alayhissalom arab tilida yetkazib berdi. Payg'ambarimiz arab tilida o'qib berdi. Jannatga kirganlarni tili ham arab tili bo'ladi.

Biz sizga bu qissalarni ichidan eng go'zalni so'zlar beramiz. Qissa degan so'z, asos degani bir xabarni orqasidan boshqa xabarda kelishligi. Mana Muso alayhissalomda onasi ana shu seyvatga solib suvga oqizib yuborgan paytda, vaqolatli o'qdixiy qussiy deydi. Onasi qiziga aytadi, ya'ni kuzatib borgin deydi, orqasidan borib qarab ketgin deydi. Ya'ni bitta xabarni orkasidan ikkinchi xabarni kelishi qissa deydi.

Naqmuna quddus alayka axsanal qosasi bima, ohayna ilayka hadal quran, va in kun ta'min qobli hilar minal g'ofili. Biz sizga qissalarni eng go'zalini so'zlab beramiz, mana shu Qur'onda, vaholanki siz bu narsalardan g'ofil edingiz. G'ofil degan sifat, mana shu qissadan bexabar edingiz deyapti Alloh Taolo. Allohning zikridan g'ofil emas bu yerda. Siz mana shu qissada g'ofil ediz.

Idqola yusuf li abixiya abati imni ro'aytu ahada ashara kavkaban va sham savol qamar ro'aytuxum li sajiding. Vaqtiki Yusuf otasiga aytdi ey otajon, men o'n bitta yulduz, oy va quyoshni menga sajda qilayotganini tushimda ko'rdim. Qola ya buna yalatib ssr uya ka ala ixvotika fayaki lula ka kayda inna shaytona livin zaniya abu umbil. Bu tushingizni akalaringizga aytmang, sizga bir hiyla makr qilib yomonlik qilib qo'ymasin, chunki insonga albatta shayton ochiq dushmandir. Ru'ya degan so'z bu insonni tushida ko'radigan narsasi. Endi ru'ya bo'lib turib qisqa tog' bilan, tashniya bilan keladigan bo'lsa, toy tanisi bilan keladigan bolsa, kishi uyg'oqligida ko'radigan natijasi. Bu yerda ru'ya kada turib tushingizda deyilyapti. O'ngida ko'rgani yo'q.

Demak, Yusuf alayhissalom tushida ko'rgan edi o'n bitta yulduzli oy va quyoshli uyga sajda qilganini. Yo'qub alayhissalom, tushlarda ta'birini bilmasdi. Xuddi biz siz bilan bilmagandek. Tushlar haqida nima deymiz? Rasululloh shu restoranda hadislarda keladi, yaxshi tushdi, yaxshi odamlarga aytinglar, yomon tushdi, birovga aytmay qo'yinglar deydi. Ya'ni tushdi, yaxtisi bo'lsa aytilinib, yomonni aytmaslikka yurilganmiz biz.

Tushlarni ta'birini biladigan Yusuf alayhissalom edi. Undan keyin boshqa hech kimga berilgan emas bu yil. Shuning uchun bitta odam tush topshirib, olib turib, tushlarni taqbir qiladigan hunarga ega bo'lgan bo'lsa, bu odamni jicha roj ko'rmasligida shubha qilmasang bo'laveradi. Yusuf alayhi salomni o'n bitta aka ukasi bor edi. Binyamin o'zini bitta onadan tug'ilgan ukasi edi. Oltitasi boshqa aka ukadan va to'rttasi Yoqub alayhissalomning ikkita cho'risidan farzandlari edi. Ya'ni o'n bitta aka ukasi bor edi.

Yoqub alayhi shto ham farzandlarini ichidan Yusufni boshqalardan ko'ra ko'proq yaxshi ko'rardi. Va akalariga bu narsa yoqmas edi. Binyaminni ham yomon ko'rishadi yu, lekin yoshi kichkinaroq bo'lganligi uchun Yusufni yomon ko'rganda yomon ko'rishi emas edi. O'zi bir odamni bir nechta ayoli bo'lsa, yoki bir nechta farzandi bo'lsa, bittasini boshqalardan ko'proq yaxshi ko'rishligi aybmas. Ayb nima? Buni bildirib qo'yishlik. Albatta to'rtta bolangiz bor, beshta bolangiz bor, bittasini ko'proq ya xshi ko'rasiz. Bu haligi xalqni bu boshqara olmaysiz bu narsani. Bittani ko'proq yaxo'rishingiz haq. Lekin buni bildirmaslik kerakki, to boshqa farzandlarni o'rtasida bir biriga nisbatan adovat degan hissi uyg'otib qo'ymasin. Lekin Yoqub alayhissalom bu narsani oshkor qilar edi. Ya'ni bir soatdan yonidan ketishligini xohlashmadi, xohlamasligini xohlaydi alayhissalom.

Va kasaliki yetish tabiiyki robbuka. Va yu'arlik mukamminta vilil ahadiy. Yahyoqub alayhissalom mana shu tushdi ta'birni aytib, davom ettiradiki, Alloh sizni dedi, tanlab olar ekan dedi. Akalaringizni ichidan, butun yer yuzlashayotgan hozirgi davrdagi odamlarni hammasini ichidan tanlab yuboradi, sizga tushlar ta'bilini o'rgatadi. Va otalaringiz Ibrohim is'hoqqa bergan ne'matini, otangizga bergan payg'ambarning ne'matini sizga to'liq qilib beradi.

Ya'ni tushlarni ta'birini o'rgatsa. Bu qissada Alloh Taolo yahudlarga javob berdi. Yahudlarda Yusuf alayhissalom haqidagi qissalar bor edi. Lekin to'liq emas edi. Chora bo'lsa ham orasiga ko'p inqirozlar, o'zgarishlarni kirgizib yuborgan edi. Va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan kelib, Yusuf alayhi vassalomni qissasini yahudlar so'raganda Alloh Taolo mana shu surani javob qilib tushirdi. Laqod ikkani fil yusuf alayihvat ihi a'ratun li saylin. Yusuf va akalarni hissasida so'rovchilar uchun belgilar, javoblar bor. Iddiqol u la yusuf va ahfu hu ahabba ila abina minna va naqna usba. Inna abana la fiy dala alay mubin. Aka ukalar to'planib aytishdiki, Yusuf bizdan ko'ra otamizga mag'lubroq. Vaholanki biz usbamiz. Usba o'n tadan oshroq jamoat, arab tilida usba deyiladi.

Va otamiz ochiq zalolatda dedi. Otasi kim edi? Kim edi u kishi? Payg'ambar bo'lgan otasiga zalolatni nisbatlashyapti. Ya'ni inson o'zini haq deb bilgandan keyin, ro'parasida turgan odam nima bo'lishi kerak albatta? Nohaq bo'lishligi kerak. O'qituvli Yusuf, Yusufni o'ldiringlar deyishdi. O'ldiradi Yusufni dedi. Yana qarang, ota bitta bolasini ko'proq yaxshi ko'rishini bildirib qo'yishligi, akani ukani o'ldirishnikacha fikrga olib boryapti. Shuning uchun farzandlarga bo'lgan muammoda bittani boshqalardan oshiq ko'rib bormaydi. Odamlarga ko'rsatib. Shunda ana shu aka ukalarni kattasidan bo'lgan Yahud aytdiki, yo'q o'ldirmanglar, o'ldirishlarga katta gunoh dedi. Av it rohi u hu ardoni. Yaxshisi dedi, adashtirib chiqarib yuboraylik yerimizdan. So'ngra yaqlu lakum vajibu avikum va takunum min ba'diy qomansolik. Chiroyli bir ma'nolar bor. Chiqarib yuboringlar Yusufni. Yusuf yo'q bo'lgandan keyin otanglarni yuzi sizlarga buriladi, sizlarni ham yaxshi ko'radi. Keyin to'ba qilib olasizlar.

Ya'ni kishi avval gunoh qilishni niyat qilib turib, orqasidan to'ba qilib yuboraman deyapti. Ya'ni qilib qo'yib turib, bilib bilmasdan majbur bo'lib qilib qo'ying qilingan, to bu boshqa. Lekin mo'ljallabdi, ommani qilib olay, bir rez qilib olay shuni. Keyin tavba qilib olaman. Shu kishini tavbasi qabul bo'ladimi desa, ulamolar aytadi, tavba eshigi har doim ochiq deyishadi.

Shoshilmay turaylik xulosaga. Lekin musibat nimada? Musibat ana shu tavba qilishlikka ulgurmikinsan degan savol turadi. Ikkita aka ukam mana shu suloladan rivoyatlarda keladi. Uka taqvodor ibodatxon, aka deylik, ana shu maishatga berilib ketgan fosiq, necha yil akasini da'vat qildi. Unamay, unamay yurib, Alloh bir kun qalbiga soldi da, bo'ldi ukamni oldiga borib men ham ibodat qilay, tavba tasavvur qilay, qarib qoplandi. Alloh tomonga qarab bitta qadam bosdi. Narigi uka, shuncha yil ibodat qildim, ancha o'zi kayf qilmaganim, kel bir kayf qilay dedi. Bu yoqqa qarab chiqdi. Alloh ikkalasini jonini oldi. Kim qayoqqa ketdi?

Sizlardan bir kishi dedi Rasululloh, bir umr jannat amalini qilib yuradi. Jannat bilan o'rtasida bir ziroq qoladi, dedi. Ana shu bir ziroqda bitta gunohni qilgan paytda Alloh jonini oladi, Jahannamga ketadi, deydi. Sizlardan bir kishi bir umr jahannam ishini qilib yuradi, u bilan jahannam o'rtasidabir ziroq qolada, bugun tavba qilay, bugundan bomdod o'qiyman deb tavlat qilib chiqadi, bummat emas yurib yuboradi. Qayerga ketdi u? Ya'ni, chuchvarani xom sanab bo'lmaydi. Innomal amru, bil xavotin. Ishlar oxiriga qarab o'lchanadi. Bu yerda o'tirganlar hech qaysimiz g'ururlanmaylik. Chunki ketayotgan soatimiz inobatga olinadi. Mana, Yusuf alayhissalomni hissasini keyingi safar tugatarmiz. Oxirida shuncha imtihon, shuncha barobardan muvaffaqiyatli chiqib, shuncha mashaqqatga sabr qilib, zo'r bo'lib chiqib turib ham, oxirida Parvardigor, oxirini yaxshi qilgin deb so'raydi. Shuncha ishni do'ndirib qo'ygandan keyin ham. Ya'ni bu hayotda qilayotgan ishimiz bizni g'ururlantirib qo'ymasin. Bu o'qiyotgan namozimiz, bu ko'zimizni tekkanimiz, bu Qur'onimiz, chunki oxiriga qaraladi.

Demak, ulamo aytadi, tavba eshiklari doim ochiq. Alloh Taolo kunduzi osiy bo'lganlarga gunohlarni kechirish uchun tunda qo'l uzatib turadi. Tunda gunoh qilganlarga kunduzi qo'l uzatsa turadi. Alloh kechiradi, faqat savol turadi. Ulg'aysanmi? Ulg'aysan. Demak, keyin to'g'ri olsak bo'laverar ekan degan xomtama bizni qalbimizdan o'tib qolmasin. Ulg'aymaysizligimiz bor.

Valqu mufi g'oyabatel jub biyal taqidqu ba'ru sayyora in kun tun fayli. Agar undan qutilmoqchi bo'lsanglar deyishdi, bir biriga karvonlarni yo'lida aytib yuborilgan bitta quduqqa tashlab yuboringlar, o'sha karvonlar olib ketib qoladi da, yurtinglardan chiqib ketadi. Mana shu ishni qasd qilishdi va otalarini oldiga kelishdi. Qoluv ya'bana, malakala ta'manna ala yusuf va innala hula la nasixon. Al sil hu ma'na g'odan gapdan voyal'at va innala hula hafig'un. Ey ota deyishdi, nimaga yusufni bizga ishonmaysiz? Biz yomonlikroq ko'rmaymiz ku. Biz bilan ter qo'yib yuboring, chiqib o'ynab, yayrab keladi, kalimatun roq. Yata'a degani yeb ichishda ziyodali degani. Mazza qilib dam olib keladi dedi.

Yoqub alayhissalom qo'yib yubormasligini ikkita sababini aytib aytadiki, istarbiya qola inni layax, zununiy an tadhaf u bihin va xofon ya quluhu zeb, one tuman qug'ofilun. Birinchidan, oldindan ketishi meni xafa qilib qo'yadi. Shuning uchun. Ikkinchidan, sizlar o'yin bilan ovora bo'lib ketsanglar, sizlar boradigan joyda bo'rilar bor. Bo'ri bolamni yeb qotib, yeb ketishingizdan qo'rqaman dedi. Ular aytishdiki, qorilaring akalaxo'r zeb, vanaxna usba, innna idan la hosirun.

Agar shu o'n tadan oshiq odam bo'lib turib, bitta ukamizni bo'riga oldirib yuborsak, haqiqatdan bir ziyonkorlardan bo'lamiz u. Xullas, talabida turib olishdi. Unosniy qo'ymasdan olib ketishdi. Ana shu yoqqa alayhissalomni ko'zidan uzoqlashishligi bilan so'kishdi, urushni boshlaydi. Chunki unga bo'lgan nafrat, adovat qattiq edi. O'ldirishni niyat qilishuvdi. Uni oldida so'kish yoki urushlik, hech narsa emas.

Ana shu qasd qilingan quduqqa olib borildi va quduqqa tushirishdi. G'oyabati jub. Bu kishi tushganda ko'rinmay qolishlik darajadagi chuqurlik. Yusuf alayhissalom ipga osiltirib quduqqa tushirishdi. Quduqni ichida tosh bo'lar edi. Odamni tushirishgan payti ana shu toshni bosib turib, suv olib chiqaradi tepaga. Ana shu toshga o'tkazib qo'ydi Alloh Taolo. Ana shu tosni chiqarib qo'ydi. Agar suv quduqda ko'p boradigan bo'lsa, suvga tushar edi. Lekin Alloh Taolo suvni ham ozgartirib qo'ydi. Hali keladi bu Alloh Taoloni ko'rsatgan mehribonliklarni.

Eslab qolaylik shu yerda uni. Vo vahima ilayhila to'na bi annahum bi amrihim ha'da vahum la yosh urun. Hali quduqdan chiqasiz. Akalaringizga hali bu so'zni xabarini ham yetkazasiz. Lekin ular sezmaydi degan xotirjamlikni Alloh Taolo tushirdi. Shunda yoshi o'n ikki da bo'ladi. Yusuf alayhissalom.

Va ja u abahum ashanga bukun qol u ya abana inna dha habna nas tabi quvatorakna yusufa inna matayinna f a kalahum zeb va man an tabi mu'mininglarni valav kunna sodiqin. Subhanalloh. Gapirayotgan gapidan o'zi yolg'onchiligini aytib turishibdi. Uchta mahalda kech bo'lganda yig'lab kelishdi otasini oldiga. Yig'i bilan hech narsa hal qilinmaydi, muttahamlik bilan. Tarixda eng odil qozilardan bo'lgan shuhratni oldida bir ayol bilan bir erkak kishi bir masalani kelisha olmay kelishadi, qozini oldiga. Shunda ayol qattiq yig'laydi. Qattiq yig'dirgan paytda ana shu joyda turgan almosh otadiki, ey qozi deydi, bu yerda deydi, mana ayol kishi haqqa o'xshaydi deydi. Qarang qanaqa kuyib kishi yig'ilyapti deydi.

Esa shu oy aytadiki, yuzta akalari ham otasini oldiga kelgan paytda yig'lab kelishgan edi. Yig'i bilan hukm qilinmasin, adolat bilan hukm qulinsin. Agar yig'i bilgan, muttahamlik bilan hal bo'lib ketadigan bo'lsa, haligi usta odamlar, san'atkor odamlar, a? Haq bo'lib ketaveradi. Rosh kubozov ham aytganlar, ikkita odam muammo bilan kelsanglar, biringlar ikkinchilardan so'zga usta bo'lsanglar, narigi odam haq bo'lib turib, bu chiroyli bayon qilganligi uchun men insonman men ham. Bunga hukm qilib bermang, Allohdan qo'rqinglar, haqni gapiringlar degan. Demak hukm bu qo'shningizni, bu da, bu narigi mahallada edi. U qo'shni talabi olinmaydi.

E Otabek ishida biz bir birimiz bilan yugurib, musobaqa o'ynab ketib qolibmiz. Yusufni o'zi matolarimizni oldida qoldiribmiz, bo'r yeb ketibdi. Endi biz rost gapirsak ham ishonmaysizda bizga deyishyapti. So'zga qaranglar. Voma anta bemu'minilarni volovu kun na sodiq. Rost gapirsakam ishonmaysizlar baribir deyishyaptilar. Ya'ni nima degani bu? Biz hozir yog'ini gapiryapmiz degani.

Va ja u ala qolmaysiz dedi da menimcha deb. Ana shu ko'yligini qonga bo'lib olib kelishdi. Ibn Abbos aytadi, bir qo'zini so'rib, qoniga Yusuf alayhissalomni ko'yligini belashadi. Va ko'ynagini ko'rsatgan paytda hujjat qilib, Ya'qub alayhissalom aytadiki, bu bo'ri nihoyatda bir mehribon akami, bolani yeyishga yetdi yu, ko'ynagini yirtmabdi da.

Sizlarda nafsinglar o'zinglarga bir ishni chiroyli qilib ko'rsatdi. Endi meni ishim chiroyli sabr dedi. Mana shu fasobun jamil va Allohu musta'al alamato sifun. Yo'qub alayhissalomning shu gapi, boshiga musibat yetgan odam uchun dars bo'lishi kerak. Otasi o'lsa, mashinasini o'g'irlab ketsa, shu xabarni eshitgan lahzada sabr qilsa, shunga ajr bor. Bir yil, ikki yil aytgandan keyin nima qiladi? Ko'nikib qoladi. Musibat bo'lganligi, bolasi yo'qolganligini eshitishi bilan sobirun jamil, endi meni ishim chiroyli sabr qilish dedi. Tushunarlimi? Xulosa olaylik, faqat eshitib mazza qilib qo'ymaylik. Mashinangizni o'g'irlab ketishibdi. Laboyni sindirib ketishibdi. Ko'rdingiz, nima deysiz? Yaxshi bilasiz nima deyishingizni. Shunda sobirun jamil deyilsa, Alloh shunga ajr beradi. Ajr qilgani uchun mana shu musibatni ustidan ko'proq yaxshilikni beradi. Biz ikki kun, uch kun o'tgandan keyin nima qilamiz? Xohlasak xohlamasa ko'nikib qolamiz. Iymon mana shu lahzada bilinar ekan.

Vajat sayyaro, farsolu va ridahum fathulla dalol, qolaya bo'shrog'i ha'da g'ulam, vosor ruhi bido atan va allohu alayhi mumbin mayassinun. Endi qissa Yusuf alayhissalomni o'zini oldida qoladi. Ana shu Maryandan Misrga ketayotgan tijorat karvoni suv olib kelgani odamini quduqqa jo'natishdi.

Idishini tushirganda tortdi, suv ilashdi deb Yusuf alayhissalom osilib olgan edi. Og'ir, tortib chiqardi. Chiqqanda, ya Abushiroq dedi. Ya Abushiroq degani, inson xursand bo'lib ketganda chiqib ketadi yu og'zidan. O'sha. O'sh so'z, bizni tilimizda. Ya'ni, xursand bo'lib ketganligidan keyin, katta narsaga erishganligini belgilaysiz. Haligi chekkaga mashina chiqib qolsa nima deymiz?

O'shanaqa deyishdi. Bu bola ehtimol qochoq quldir, yo bir ota onasi yo'qotib qo'ygandir, deyishdi da, ana shu matolarni ichiga bekitib qo'yishdi. Chunki qulni savdosi muhatto bir yaxshi, rivoji bo'lgan savdo edi. Misrga olib borishdi va sharofu biy samaliyin baxsiy darohima ma'dudating va kamu fi himina zahiding. Misrga olib borib shdi va shoshilganlaricha arzimagan pulga sotishdi. Sharof sotdi, ixtiro sotib oldi.

Ya'ni Abdullohiddin Abbos aytgan ekanki, yigirma dirhamga sotdi degan ekan. Va kamu fi himino zahiding. O'zi muhtoj ham emas ku pulga ular deyapti. Insonni qo'ymasligi ishora berdi. Ana shu paytda Yusuf alayhissalomni yoshi o'n ikki da edi. Yusuf alayhi salomni Misrni vaziri, iqtisod vaziri sotib oladi. Aziz deyiladi mana. Aziz degan kalima u paytda podshohni vazirlariga beriladigan, xususan iqtisod bazasiga beriladigan nisbat bo'ladi. Va qolilladish tarohi ming isroillik murotiyhi akrimiy maqtova asra ungan fan anna audatda hidayu volada.

Yusufni sotib olgan kishi Misrlik. Ayoliga aytdiki, bunga yaxshi muomala qilgin. Ajabmas bizga foydasi tegib qolsa yoki farzand qilib olsak. Bu vazir bepusht edi, yaramas edi ayollarga. O'shaning uchun farzand qilib qolamiz degan umidni ham qo'yib qo'ydi. Alloh taoloni Yusuf alayhissalomga ne'matlari mana shu musibatni ichida ham bo'ldi. Suvga tushirganda toshda o'tirib qolishi, qul bo'lib sotilgandan keyin ham xuddi vazirni uyida o'g'liday katta bo'lishligi. Hali Alloh Taolo minnat qiladimi ularni, qom olib qolgandan keyin?

Yusuf alayhi assalom vazirni uyida xuddi uni o'g'lidagidek katta bo'ldi. Qul bo'lishiga qaramasdan o'g'lidaqa yashadi. Vazirni uyidagi qasrni idorasini yusuf alayihissalom qo'liga oldi. Hunarligi ham bo'ldi, ilmligi ham bo'lmadi biz aytmoqchi. Lekin qulidi. Qullarga qanaqa muomala qilinadi? Vakadalika makkannali yusufa fil ardi vali nualli mahumin ta'viyveli ahadif, vallohu g'olibuni ala amrihi valaki nakfavill nas ilay alamun. Shunday qilib biz Yusufni yer yuzida makkannahu, zo'r joylashtirib qo'ydik. Va biz unga tushlar ta'vilini ilmini berdik. Alloh Taolo o'zini ichida g'olibdir, lekin insonlarni ko'pchiligi buni bilmaydi.

Havo issiqligiga mana yarim soatdan o'tib qoldi. Sal qimirlab yuborsak, qon aylanadi akalar. Sollallohu alayhi rasulillahi. Allohumma assalomu alayhi va sallamu alayhi va sayyidun muhammadun. Valamma balog'a ashudda hu, atayna hu hukma u a'ilma, vakadalika najzil muhsining. U balog'at yoshiga yetgandan keyin biz unga hikmatni va ilmni ato etdik, muhsing bo'lgan bandalarimizni mana shunday mukofotlaymiz. Bu qizlar oshcha yaxshida, o'shaning uchun yuksalashdagilarni xohlamayapman. Bu birorta bir jumlasini, birorta bir so'zini o'tkazib yuborishlikka, o'tkazib olishga xato bo'ladi.

Yusuf alayhissalom shirkdan, inqirozdan, zalolatdan, osiyodan, uzoqlikdan, poklikda yashadi. Poklikda ulg'aydi. Alloh taolo yusuf alayhissa alomga ilm, hikmatni ato etdi. O'zini zamonasida kishilarchida eng olimi, eng bilimdoni bo'ldi. Alloh taolo, yusuf alayhi salomni ana shu zino, fitnasi, bugunga qadar qanaqa sifatlar bilan sifatladi? Eshitib turaylik. G'ulom al aliym, bilimdon yigit. G'ulomun halim, halim yigit. A ataynaq hukman va ilma. Ilm va hikmatda ato etdik. Minal muxsiniy yaxshi yaxshilardan edi. Shunaqa sifatlarga ega bo'lgan yigit zinoga rag'bat qilishiga mumkinligi, aql bor odamga to'g'ri kelmasligi kerak. Ya'ni Yusuf palasulov ham o'zi ham xohladi, unga qarab qo'lini cho'zib tashlab qolgandi, endi ham mo'jizani ko'rib qaytib yubordi degan ba'zi noto'g'ri rivoyatlar ham yo'q emas ekan kitoblarda. Lekin payg'ambarlarni sha'nida gapirayotganimizda tilimizga ehtiyot bo'lishingimiz kerak. Kim edi endi, u ham bitta odam edi da ekanda, tilimizni tishlaylik. Chunki bu minglagan, millionlagan ehtimol hisobsiz bo'lgan bandalarcha avloddan avlod tanlab olgan bandalari. Ular haqida gapirgani, ehtiyot boleylik. Al ulama, u va ras tatul an biya degan rasululloh. Olimlar haqida gapiringani ham tilimizga aytyap qilaylik. Ko'p eshitib qolaman shu narsani.

U falonchi falonchi. Olimlar payg'ambarlarni meros qo'llari deyapti. Ana shu meros qo'llar bo'lgan olimlar haqida gapirganda ham ozgina hurmat saqlaylik birodar. Varo vadad xullat ihuva fii baytiha an nafsiya. Yusuf alayhissalom o'n yetti ga kirganda, necha yil o'tdi? Besh yil o'tdi. Alloh taolo xususiyga husn, chiroyga chiroy qo'shdi.

Yusuf alayhissalomni go'zal bo'lgani haqida juda ko'p eshitganmiz. Lekin bu go'zalligini biz tasavvurimizga sig'dira olmaymiz. Mana Payg'ambarimizdan bir hadislar keladi. Olimlarni ta'rifi keladi mana shu hadisga. Eshitib turib aql bovar qilmaydi. Ravotlarda shunday kelar ekanki, Yusuf alayhissalom o'n yetti ga kirganda bir devorni yonidan yursa, yorug'i, jamolini nuri devorda akslanadi deyiladi. Shu darajada chiroyli bo'lgan. Lekin nima bo'lganda ham Yusuf alayhi assalomda chiroyi hech kimga berilgan emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam merosiga ko'targanlarida Yusuf alayhissalom bilan uchrashgan ana shu osmonda. Vatyant Rasululloh laqodi o'tga shatror jamal, shatror jamal berilgan ekan u kishiga har yili.

Nima endi u shatror jamal? Mana shu shatror jamalni nufossirlar shunday ta'kidlasharkanki, Alloh Taolo go'zallikni chiroyli yaratib, ikkiga bo'ldi degan ekan. Yarmini mahluqotlarga tarqatdi. Odamlar, hayvonlar, qushlar, baliqlar, tabiat. Yarmini necha milliard milliardga bo'lib tashlanganda qanaqa chiroyli odamlar bor? Qanaqa chi. Chiroyli bir hayvonlar, chiroyli chiroyli bir tabiat manzaralari bor? O'sha chiroyli ko'rgani shahardan tashqariga chiqmayapmizmi sayil qilib?

Endi butun mahluqotlariga, qiyomatgacha yashaydigan odamlarga sochib qo'yilgan chiroyli, teng yamini o'zi olgan Yusuf qanchalik chiroyli bo'ladi? Subhanalloh. Endi u chiroyli yaratgan Alloh o'zi qanaqa chiroli ekan? Va fiyzalika falyata nafas ila mutanafisa on. Mana shu narsada musobaqa o'ynanglar, musobaqa qilsanglar deyapti Alloh Taolo. Nimada? Allohni diydorini ko'rishlikka bo'lgan musobaqada bir yil, ikkinchilardan o'zinglar deyapti. Biz nima qilyapmiz? Biz har qanday narsada musobaqa deb o'ynaymiz. Kiyimda, pulda, bilamiz endi. Lekin mana shu narsani nima qilmaymiz? Musobaqa qilmaymiz.

Bitta nuqta. Shu nuqtadan bu yoqqa qarab yursa inson zo'r yashaydi. Bu yoqqaqarab yursa, qiyin yashaydi. O'zidan xoli xaraproq bo'lgan odamlarga qarasa, zo'r yashaydilar. O'zidan holi tijorat, dunyo miqdorini ko'proq yordam odamga qarab yashasa, hayoti mashaqqatdan iborat bo'laveradi. Shunday emasmi? Musobaqa o'ynaydi odamlar. Alloh taolo mana shu narsada musobaqa o'tkazadilar deyapti.

Falonchi manaqa qipti, men buni qimadim. Falonchi bolasi manaqa qilib berdi, sen qilib bermading. A falonchini bolasi mancha Qur'on yodlabdi. Falonchini bolasini mancha bir hadis yodlabdi. Nimaga sen yodlamaysan demaymiz. Chunki farzandlarga qo'yayotgan o'lchovimiz ham qanaqa? Mana bu deydi, bolalarni ichida deydi, yaroqli bola chiqdi deydi. Nimasi uchun yaroqli ku? Toparmon bo'ldi da. Onasini o'zini sal qirqroq bo'ldi, chunki u toparmon emas. Bizda toparmon bola yaxshi.

Hali o'lganda ko'ramiz, qaysi bolamizdan ko'proq ajr borar ekanmizda. Vazirni ayoli Yusuf alayhissalomdan mana bu go'zalligini oldida tura olmadi. Qiyin bo'lgan u ayolga. Chunki bunaqa chiroyga ega bo'lgan yigitni uyida qul bo'lib turishligi kofir bo'lganlar uchun umuman musibat edi. Chida olmadi oldida. Va eshiklari berkitdi. Eriga tayyorgarlik ko'rganda yasab tutamdi, qildi. Eng chiroyli qimmatbaho kiyimlarni kiydi. Vazirni xotini u.

Va Yusuf alayhissalomdan rovada tutdi. Yumshoqlik, ulfatlikni talab qildi. Unga yaxshi muomalada erkalashlikni xohladi. Qo'lidan kelgan hamma maqsad yetkazadigan vositalarni qildi. Va hollohu aleykum va bop va qolat haydalak. Eshiklarni bekitib va yonimga ketadi. Yusuf alayhissalom ana shu so'zni eshitishligi bilan, shu vaqtni o'zi zudlik bilan qolaman, Abdulloh. In naho' robbi axsanam asvay, in naho'la yuxli huddi olimun. Alloh saqlasin. Axir Alloh xo'jayinim menga muomalani zo'r qilgan bo'lsa, o'zini o'g'liga katta qilgan bo'lsak, qanday qilib uni ayoli bilan zino qilaman? Zolimlar hech qachon najot ketmaydi dedi. Ya'ni ko'rmaymay emas edi Yusuf alayhissalom. Chopir bo'lsa ham xo'jayinini qilgan yaxshi muammosi nima qilyapti? Bilyapti.

Faxsh, zino, zulm. Insonda albatta halokatga olib boradi. Faxsh ko'paygan joyda, zino ko'paygan joyida o'lim ko'payadi degan rivoyatlar bor. Faxsh, zino faqrni keltiradi degan joylari bor. Ehtiyot bo'lishlik kerak ekan musulmon odam bu narsada. Ya'ni Alloh Taolo Yusuf alayhissalomga bergan shuncha fazldan u kishi bu ishga avvaladan qarshi bo'ldi. Xo'jayinini yaxshiligini unutmaganida. Qanday qilib bu narsalarni xabardor qilgan kishi, faxshga qo'l ursin. Va aloqada hamma bihi va hamma biha.

Mana lug'atdan xabari bor bo'lgan odamlar, itayana kalima bir xilga o'xshaydi. Hamma bihi. Unga tashlandi, unga qo'lini uzatdi. Va bu muammo jinsida kela ekan bo'lsa, hamma biha. Ham kalimasi bir arab tilida shunday bir nozik tilchi bitta so'z bir joyda oq ma'nosini bersa, yana bir joyda qora ma'nosini berishi mumkin. U qaysi kalimalarda o'rnida kelishligiga bog'liq. Arab tilini murakkabligi ham shunda. Bitta kalima kelyapti, u ham hamma deyapti, bu ham hamma deyapdi. Ham kalimasi qasd qilishlik, niyat qilishlik ma'nosi bor ekan. Va yana bitta hamni ma'nosi tezda fikr yuritishlik degan ma'nosi. Demak, vazirda xotini qasd qilib qo'l uzatdi, yusuf alayhissalom bu narsani faxshilar haqida fikr yurgizdi. Tezligi bilan fikr yurgizdim. Mana shu yerda aytsaki, agar ahmad ushlab qolmaganda nima olardim? Yiqilib tushardim. Demak nima bo'libdi? Yiqilmabmanmi?

Laqoda hamma bihi va hamma biha laula avva abu rhan robbihi. Agar robbisini hujjatini ko'rmaganda deyapti, ehtimol qasd qilishi mumkin edi. Demak, qasd qilgani yo'q. Tushuntira oldimmi misol bilan? Toyilib ketdim, shunday yiqilib ketyotudim, Ahmad ushlab qoldi meni. Demak men nima qilmabman? Agar Ahmad ushlab xolmaganda yiqilib tushardimmi? Agar Allohni mo'jizasini devoda ko'rmaganida, ehtimol qasd qilishi mumkin edi deyilyapti bu yerda.

Demak, qasd qilgan emas. Ba'zi mutaxassislar Yusuf va ana shu ayol bilan yotishga harakat qildi. Keyin Allohni mo'jizasini ko'rgandan keyin bundan qaytdi degan so'zlar bor, bu to'g'ri emas. Ro'zador odam kunduz sig'ida ko'chada oqayotgan suvni ko'rib turib, shunday ichsan degan xayol o'tadi kallasidan, shunday emasmi? Lekin ichmaydi. Ro'zador bo'lganligi uchun. Lekin xayolidan o'tadi. Yusuf alayhissalomni xayolidan o'chishlikka ham fursat bo'lmadi. Tashlangan paytda Alloh Taolo shunday mo'jizani ko'rsatib qo'ydi, orqaga qotishlikdan boshqa narsani topmadi. Alloh Taolo bandasini saqlasa, shunaqa qilar ekan. Qilsammi, qilmasammi degan fursat ham bo'lmadi. Alloh shart mo'jizani kirib turibdi, hayoliga kelib ham ulgurmadi bu narsa.

Yana qaytarib aytamiz, Alloh saqlaydi bizni. Biz Alloh tomonga qarab bitta qadamni bosamiz, Alloh ikki qadam bizga qarab bosadi. Allohga to'ng'ib, Allohga sodda o'sha namoz o'qiyman deyotgan odam, shuning uchun insof qilsin. Suvga bir qadam bossangiz, endi bir qadamga yaqinlashasiz. Turib olsangiz, turaveradi suv ham. Shuning uchun insondan birinchi qadam bo'ladi. Alloh Taolo u bandani hidoyat qiladi. Mana endi.

Hozirgi kelgan betimiz keyingi suhbatga tayyorlab qo'yilgan. Buni boshlasak yana kirishib ketishimizga to'g'ri keladi. Vaqtimiz poyoniga yetib qolgan bo'ldi. Inshaalloh, keyingi suhbatda Yusuf alayhissalomni ana shu devonda ko'rgan burxoni hujjati nima edi? Ana shu joydan to'xtatamiz va ana shu joydan keyingi suhbat inshaalloh davom ettirgan bo'lamiz. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimdi tekseru

5 sūraq. Är dūrıs jauap — 10 ūpay.

Kelesi däriske ötu üşin testti tapsırıñız

Testsiz jalğastıru