# An-Nasir 1-bo'lim 9-dars (Asma-ul-Husna yangi 2020)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/ru/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/ru/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 10 of 110
- Section: An-Nosir
- Duration: 23 min
- Original title: An-Nasir 1-bo'lim 9-dars (Asma-ul-Husna yangi 2020)
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/ru/kurslar/asmaul-husno/10
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/jlZseo1reMY.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=jlZseo1reMY
- In this course: [previous](https://mawiza.me/ru/kurslar/asmaul-husno/9.md) · [next](https://mawiza.me/ru/kurslar/asmaul-husno/11.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah, robbina alamin. Vassalotu vassalomu ala saidina muhammad as sodiqun va adil amin. Allohum ala ilmalana illa ma'allam tana innaka antala alimul hakim. Allohumma allimnama yonfauna van fa'nabi ma'allam tani vazidna ilma. Allohumma arenal haqqa haqqon va rizqu na'tibai va arenal ba'tila ba'tilan va rizqu na ish dinaba va ja'alla minma yasda me'un al qavli fayetta biunah husana va adhixin la bi rohamatika fii ibodika solihin.

[0:36] Siz bilan bizni aqidamizga tegishli bo'lgan, aqidamizni bir muhim qismlaridan bo'lgan darslarni o'qiyapmiz. Bu Alloh azza va jallaning go'zal ismlari haqidagi, asmo ul husno haqidagi darslar. Bugungi o'qiydigan darsimiz Alloh taoloning go'zal ismlaridan annosir. Yordam beruvchi, yordamchi, nusrat, g'alaba beruvchi. Annosir. Dushman har qancha ko'p bo'lsin, har qancha kuchli bo'lsin, yordam beruvchisi annosir, Alloh subhanahu va taolo. Alloh Taolo Qur'onda marhamat qiladi: Astaydu billah. Va intavalloh fa'lamu anna allohu ma'lakum. Ne amal mavla va ne amal nasir. Agar kofirlar iymondan yuz o'girsalar, ba'zi imomlar bilingizki, shubhasiz Alloh hojangizdir. U Zot naqadar yaxshi hoja va naqadar yaxi yordamchidir. An nasir, yordam beruvchi.

[1:34] Va otasi mubillar huva mavla kun fa ne amal mavla, ne amal nasir va Allohga bog'laningiz u sizlarning xojangizdir, bas uzor naqadar yaxshi xoja va naqadar yaxi madadkordir. Yordam. Nusrat. Yordam, g'alaba. Biz Alloh Taolodan doim mana shu nusratni, yordamni so'raymiz. Alloh Taolo albatta yordam beradi mu'minlarga. Qur'onda bir qancha oyatlar bor bu haqida. Ammo so'rayapmiz nusratni Alloh'dan. Alloh Taolo nusrati kelavermayapti. Musulmonlarni yer yuzida qanchalar xor bo'layotganligini ko'rib turibmiz. O'zini yurtida ham xor, musofirchilikda ham xor, o'ngda ham xor, chapda ham xor, tevada ham xor, pastda ham xor.

[2:19] Achchiq bo'lmasin, har qancha bu haqiqat. Nima qilsak bizga Alloh Taoloning nusrati, yordami, madadi keladi? Mana shu haqida dars qilamiz. Shu kunlarimizda musulmonlar mana shu yordamga naqadar muhtoj. Ammo mana shu nusratga ega bo'lishlikni, a nosir bo'lgan robbimizning nusrati, yordami kelishligi uchun shartlar bor. Shu shartlarda biz agar qoyim qilsak, paydo qilsak, albatta Alloh Taoloning nusrati keladi.

[2:48] Va man nasru illa min angdulla ila azizil hakin. Va man nasru ir la min angdulla. G'alaba, yordam faqat Alloh tomonidan bo'ladi. E in yansur ku umullohu falah g'olib alakum. Agar Alloh sizlarga yordam bersa, hech kim sizlardan g'olib bo'lmas. Endi musulmonlar mag'lub bo'lib turibdimi? Demak Alloh yordam bermayapti.

[3:12] Nusrat, yordam. Ulamolar Alloh tomonidan beriladigan nusratda uch turligini aytishibdi. Birinchisi istiqhoqiy nusrat, ikkinchisi tafodli nusrat, uchinchisi mabdayiy nusrat. Birinchisini ko'ramiz. Istixoqiy nusrat. Soddaroq qilib ochsak, bu shunday nusratki, bandalar loyiqligi uchun berilgan nusrat. Ya'ni banda loyiq Alloh yordam berishiga, shunaqa paytida kelgan yordam istixoqiy, banda haqli bo'lgan nusrat deyiladi.

[3:45] Valaqodin asroraqumullohu bi badri va anutum adilna. Alloh Taolo aytadi, axir Alloh Badr kunida kuchsiz bo'lsangizda sizlarni g'olib qildi ku. Mana musulmonlar Badr g'azotida uch yuz o'n to'rtta. Ulushiliklar mingta. Uch barobar ko'p. Lekin musulmonlar Alloh Taoloning mana shunday bir nusratiga haqli edilar. Oz edi, quvvatsiz edi, kambag'al edi, lekin shu nusratga haqli edi, Alloh Taolo beraverdi g'alabani.

[4:14] Chunki voman nasru illa min angdelloh deyapmiz. G'alaba faqat Alloh tomonidan keladi. Mana endi shu istixoqing, nusrat uchun bizda nima bo'lishligi kerak? Ikkita narsa bo'lishligi keldi. Iymon va tayyorgarlik. Iymon. Qanaqa iymon? Bu shunday iymonki, seni Allohni toatiga yetaylaydi. Seni taqvoga yetaylaydi. Sen istiqomatga yetaylaydi. Mana shunday iymon bo'lishligi keladi. Ikkinchi qismi tayyorgarlik. Qo'limizdan kelgancha tayyorgarlik. Bu sabab xolos. Demak, siz bilan bizni taqvoga, amalga chaqirgan iymon va sabablari. Alloh Taolo aytadi: "Vakani haqqona alayna nasrul mu'miniy" va iymon keltirgan zotlarni g'olib qilish bizning zimmamizda haq bo'lgan. Nima degani bu? Iymon keltirilganlar, agar Alloh aytayotgandek banda bo'lishsa, ularga yordam berishlik Meni ustimdagi haq deyapti.

[5:16] Agar bandalar Allohni shu nusratiga haqli bo'lsa, Alloh Taolo yordam berishligi kerak ekan. Alloh Taolo yordam beraman deb aytyapti. Birodarlar, koinotni yaratuvchisini so'zi bu. Alloh Taoloni musulmonlarga bergan va'dasini bajarilmay qolishidan ko'ra, bu koinotni zavolga yuz tutib yetishi osonroq bo'ladi. Allohni va'dasi haq.

[5:38] Keyingi oyatni o'qiymiz. Inna alana unsuru rusulana va ladina a manufil hayati dunya. Albatta biz payg'ambarlarimizga va iymon keltirgan zotlarga hayotda dunyoda ham, qiyomat kunida ham yordam beramiz. Payg'ambarimga yordam beraman, mo'minlarga ham yordam beraman. Dunyoda ham, oxiratda ham. Bu Allohning va'dasi.

[6:05] Iymon taqvoga da'vat qiladigan, amalga chorlaydigan va sabablar. Endi tayyorgarlik. Va aytdulahum masdati otun min quva. Alloh Taolo aytadi, ey mo'minlar, ular uchun, ya'ni dushmaninglarga qarshi imkoningiz boricha kuchni tayyorlab qo'yingiz. Bu imkoninglarda boricha masdati otun degani siz bilan bizga Allohning rahmati bo'ldi. Dushmanga bas keladigan, shularga to'g'ri keladiganchasini emas, qo'lingdan kelganini. Qaranglarda, mana Payg'ambarlarni hissasiga murojaat qiladigan bo'lsak, javotni Davud alayhissalom qatl qildi. O'n olti yashar yigit. Sakkiz ming tadan daryoda kelsa o'tgandan keyin uch yuzta qoldi. Uch yuzta tizzasi qaltiradi ro'paradagi Amaliy qabilasini oldida, lekin sababli qilib kelishdi. Sanog'i ham oz, quvvati ham oz, o minglagan kilometr bosib kelgan, narigi Amaliy qabilasi qo'shini bilan chiqdi, butun bu jabar o'ti bilan. Jussalari ham katta, qo'shini ham katta. Joli chiqdi, yakkama yakka yorilish oladigan bormi deb. Hech kim chiqmadi, uch marta talab qilinganda ham. O'n olti yashar Dovud alayhissalom chiqdi. Kuchi yetmasligi aniq, u bo'yi ham baland, bu kichkina, quvvotsiz. Lekin yerdan uchta toshni oldida, o'sha miqyosiga soplar aylanib turib, bitta otib qo'ydi.

[7:23] Shuni sabab undan talab qilingan. Shu toshbor peshonasiga tegdi, o'ldi. Fahaza muhim bi iznillah. Bas mana shu ozgina yahudlar jamoati amaliy qabilasini Allohnin izni bilan mag'lub qilishdi. G'alaba kim tomonidan ekan? Bular keldi, iymoni bor. Payg'ambarni orqasidan elchib keldi. Podshohni orqasiga o'tib keldi. Sababini qildi, Alloh Taolo g'alabani berdi. Shuning uchun dushmaninglarga bas keladiganchalik quvvat to'playlar demayapti Alloh Taolo. Nima deyapti? Toqatinglar yetganicha, imkoninglar boricha.

[7:57] Demak, istehqoqiy nusrat, bandalar haqli bo'lgan nusratni kelishiga shart ikkita o'ldi. Sizni taqvoga amalga chorlaydigan iymon va qo'lingizdan kelgan nima? Tayyorgarlik. Biz birodarlar Robbimiz bilan qilayotgan muomalamiz Qur'on keltirib bergan qoidalar asosida bo'lishi kerak. Shundan nusrat keladi bizga. Agar o'zimiz xohlagandaqa muomala qiladigan bo'lsak Robbimiz bilan, bundan nusrat kelmaydi birodarlar. Mana Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotidan ikkita misolni olamiz. Uxudda musulmonlar mag'lub bo'lishdi. Xunaynda ham mag'lub bo'lishdi. Sabablarni ko'rib chiqamiz. Nima sababdan Uxuddan mag'lub bo'lishdi? Vaholanki, jangda avvalida birodarlar musulmonlar bayrog'ini yetti, sakkiz, ehtimol to'qqiz marta og'darib bo'lgan edi. Yengib bo'lganida. Nima sababdan mag'lub qo'yishdi? Rasulullohga itoatsizlik qilishganligi uchun. Demak, suluki yettida, fe'lida xatoga yo'l qo'yuvdi, naqd turgan g'alaba mag'lubiyatga aylandi. Ichida Muhammad ali sallalloh bor bo'lsa ham. Istaydi billa. Avvalam man asobatqu musibatum qod asobdum mislayha qurdum anna ha da qul huomin indi an fusikum.

[9:13] Ey mo'minlar, agar sizlarga uxudda bir musibat yetsa, holbuki sizlar unga ikki barobar musibat yetkazgan edingiz. Mag'lub bo'lganingizdan keyin aytyapsizlar, bu balo qayerdan keldi? Robbimiz aytyapti. Bu balo qaydan keldi deysizmi? E Muhammad alayhissalom, ularga ayting, bu musibat, mag'lubiyat o'z qilmishlaringiz sababli.

[9:39] Sababni tark qilishdi, g'alaba mag'lubiyatga aylandi. Kimga osiylik qilishdi? Muhammad alayhi assalomga. Agar birodarlar, Muhammad alayha assalomga osiy bo'lgandan keyin ham Alloh bu mo'minlarni g'olib qilganida, a? Muhammad alaihi assalomga osiylik qilsa ham g'alaba kelaveradi degan tushuncha bo'lib qolarmidi? Darsmi? Darsmi? Hozirgi kunda musulmonlarning xorligini, mag'lub bo'layotganligining sabablaridan bittasi shu. Amallarimizda Robbimizga osiyolik qilyapmiz.

[10:10] Ikkinchi g'azod. Xunaynda nimaga mag'lub bo', ishda? Uyg'otda amalida, suluviyatida xatoga yo'l qo'ygan bo'lsa, Xunaynda birodalar, aqidasida xato ketishdi. Maxfiy shirkka kirib qolishdi. Alloh Taolo aytadi: Astay deb billa, voyo'ma hunayn. It'a ajabatkum katxaratukum, falam tug'ni ankum shaya. Hunayn kunini eslanglar. O'shanda sizlarni ko'p ekanligingiz mag'rur qilib qo'ygan edi.

[10:39] Ammo u sanog'inglarni kattaligi sizlarni hech narsadan behojat qila olmadi. Hatto Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu: Ya Rasululloh, la nug'lom min qillatib yuborgan edi. Makkani fad qilgan qo'shin o'n ming. Yangi musulmonlar ham kelib qo'shilgan o'n mingni ichidan. Makkadan iymon keltirib qo'shilib chiqqanlar yana ikki ming qo'shildi. Demak o'n ikki ming odam. Shu ko'pchiligi yangi musulmonalar. Shunda adadini kattaligiga suyanib qo'yishdi. Bugun sanog'imiz katta, qo'shinni adadi katta, bugun mag'lub bo'lmaymiz deyishdi. Lekin mag'lub bolishaverdimi? Mag'lub bo'llishaverdi. Xulosa.

[11:18] Uxudda. Amalida, surukiyatida xatoga yo'l qo'yuvdi, mag'lub bo'ldi. Xunaynda e'tiqodida adashdik bo'ldi. Allohga suyanish olmadi, balki o'zini sanog'iga suyanish bo'ldi, Alloh Taoloning nusrati kelmadi. Garchi Muhammad alayhissalom ularni ichida bo'lsa ham, garchi ular sahobalar bo'lsa ham. Mana shu ikkita g'azoddan olinadigan ulkan dars shuki, agar banda men desa, o'zim desa, Alloh uni o'zini holiga tashlab qo'yadi. Agar banda Alloh desa, Alloh o'zini rioyasiga albatta oladi. Mana shu darsga birodarlar har kuni, har soatda muhtojmiz.

[11:58] Bo'ldi deydi, falonchi usta kelding, ishlarimiz tekkiza oladi. Qayoqdan bilasan birodar? Shuning uchun birodar, men hunarim bilan, ilmim bilan, harakatim bilan, tajribam bilan, molim bilan desangiz, Alloh tashlab qo'shadi. Aksincha, hamma ishimizni Alloh deyishimiz kerak. Ilmimizda ham, hunarimizda ham, tarbiyamizda ham, oilamizda ham. Shunda Alloh bizni g'oyasiga olsin bir odamlar. Chunki nusrat kim tomondan keladi? Kim Alloh'dan emas, nusratni, panohni, yordamni, maxluqdan tilayotgan bo'lsa, bu odamni holiga voy. Hamma yechim eshiklarni Alloh Taolo yoqib qo'yadi. Agar Alloh desa chi, unga dushmanlik qilayotganlarni mana shu kishiga xizmatga solib qo'yadi. Kim? Chunki Robbimiz Annasir, yordam beruvchi bo'lgan zot. Mo'minlarga yordam beraman deb Alloh Taolo va'da bergan. Faqat bandalar shu yordamga nima olsin?

[12:52] Loyiq bo'lsin. Endi loyiqligimiz qadam bo'ladi, birodarlar? Halol halol deb farqiga borishimiz kerak. Farz rivojlantiradi, bajarishimiz kerak. Robbimiz bizni buyurgan joyda topsin. Robbimiz qaytargan joyda bizni ko'rmasin. Shunda biz Alloh Taoloning munosabatiga loyiq bo'lamiz. Umariddin xattob roziyallohu anhub bir kun ko'chada ketyapsan, bir kishi terisiga bir kasal toshgan tuyasiga qarab o'tiribdi. Nima qilyapsan? Dedi. Allohdan shifo so'rab o'tiribman, dedi. Dedi. A, ustiga bir narsa surkab turib, keyin duo qilmabsan da. Ya'ni duoga qo'shib, ustiga bir narsani surtmabsan da, dedi. Ana sabab. Biz quruq o'tirib parvardigan musulmonlarda g'olib qil, musulmonlarda aziz qil desak, azizlikka sabab bo'ladigan fe'lni amalda qilmasak, qayoqdan bo'lsin? Hajda yurar ekan Umarul muhtaro roziyallohu anhu tilamchi odamlarni ko'rib kimsizlar sizlar degandi. Biz Allohga tavakkal qilgan mutavakkillarmiz dedi. Allohga tavakkal qiluvchilarmiz degandi. Yolg'on gapirdinglar dedi. Tavakkalchi kim? Donni yerga ekib, keyin Allohga duo qiladigan odam dedi. Otni bayrab, keyin Allohga tavakkal qilur degan. Hech narsa yo'q, tavakkal Allohga, bir gap bo'lar bu yoqqa. Hech narsa, qaytarib aytaman, tavakkal, bir gap bo'ladi deydi.

[14:10] Agar biz birodarlar taslim bo'lib, qo'limizdan hech narsa kelmaydi, tamommiz, desak bu ojiz, zaif, iymoni quvvotsiz bo'lgan kishining so'zi bo'ladi. Payg'ambarimiz aytadilar, innalloha yalumi alali aziz. Alloh Taolo ojizlikni malomat qiladi. Va lekin alayka bil keys, hushyor bo'l. Hushyorlikni lozim tut. Fayni g'olib aka amrun, agar hushyor bo'lding, sababini qilganingdan keyin ham ish sen aytganday chiqmaganda, shunda aytginki, hasbi allohu ne'mat vakil. Siz o'zingizga bog'liq bo'lgan hamma ishni qildingiz, endi hech narsa yo'q qo'lingizda. Shunda ham ish siz aytganday bo'lmayotgan bo'lsa, endi hasbi allohda. Hech narsani qilmasdan turib hasbi alloh demasdan.

[14:55] Vakana haqqon aylana nasrul mu'miniy. Alloh aytayapti, iymon keltirgan zotlarni g'olib qilish bizning zimmamizdagi haq. Men aziz qilaman deyapti. Agar mandalar loyiq bo'lsa. Ma lahum min dunixi min valiyin va la yushri kufih hukmihi ahada. Odamlar uchun Allohda o'ziga biron do'st, madadkor yo'q. U o'z hukmida hech kimni sherik qilmas. Alloh xohlaganini qiladi. Hech kim Alloh Taologa e'tiroz bildira olmaydi. Hech kim Allohga qarshi bo'la olmaydi. Va ilayhi yur javul amru kulluhu fa'buduhu va tavakkali alayhi. Hamma ish Allohga qaytadi. Ya'ni hamma ish Allohni qo'lida. Bas unga ibodat qil, unga tavakkal qil. Ya'ni Alloh Taolo taskin beryapti qalbimizga. Meni qo'limda hamma yo'q deyapti. Shuning uchun ibodat qilib menga suyan, men hal qilaman deyapti.

[15:48] Hu va ladiy fissama ila, hu va fil ardi ila. U zot shunday zotki, osmonda ham o'sha zot iloh, yerda ham o'sha zod iloh. A eng yaxshi ko'rgan, eng sizga podderzhka qiladigan odam. Doim yoningizda bo'ladimi? Bo'lmaydi. Siz ishongan odam telefon uchun qo'yib qoladi. Set yo'q joyga borib qolgan bo'ladi. Bitta telefon bilan anaqa qilib qo'yadi da hamma yoqda. Akamlar turib o'tirib qolgan bo'ladi, yoki bo'lmasa qarab turib deb ko'tarmay qo'yishi mumkin. Nusrat birodarlar allohdan bo'ladi. Biz qachon allohni o'ziga suyanishtirganimiz, sababni qilgandan keyin, shunda bizga nusrat keladi. Biz alloh taoloning annosir yordam beruvchi, nusrat beruvchi degan mana ismini o'qigan bo'lyapmiz.

[16:35] Demak, birinchi turini gaplashdik, nusratni. Taxaqqiy nusrat. Bandalar loyiq bo'lgan nusrat. Endi ikkinchi turi. Bu tafazzuliy nusrat. Bu tafazzulli nusrat shunaqaki, banda shu g'alabaga, shu yordamga loyiq bo'lamasa ham Alloh Taolo fazl ko'rsatib berib qo'ygan nusratni. Alif la mim g'ulibati rum. Fi adnal av va hun minba adi g'olabihim sayg'ilibun, fi bi dha isinin lillahi il amru min qobili va minbad va yomon edin yafrohi il mo'minun. Payg'ambarimiz sallalloh makkai mukarramada turganlarida Fors bilan Rum saltanati urushdi. Fors yengib qo'ydi. Fors majus, bular mushrik. Rum ahli kitob, nasoro. Alloh Taolo aytadi: juda yaqin joyda Rum mag'lub bo'ldi. Lekin ular bu mag'lubiyatlaridan so'ng bir necha yil ichida g'alaba qilajaklar. Mana Alloh Taolo Rumga keyin g'alaba berdi. Birinchi turdagi nusrat bu bandalar haqli bo'lgan nusrat edi. Mo'min bo'lishi kerak, sabab bo'lishi keraks. Rumlilar mo'min emas edi, yu u. Endi bu oyga berilgan g'alabani turi tafazzuliy deyiladi nusrat. Tafazzuliy, Alloh Taolo fazl qilib qo'ydi. Garchi loyiq bo'lmasa ham.

[17:49] Alloh Taolodan nusratni so'rayotganimizda birinchisiga harakat qilamiz. Iymonimiz zo'r bo'ladi, sababni qilamiz, shundan keyin nusrat kelsa nima deyishimiz kerak? Bizga haqli bo'lgan nusrat keldi deb kelishimiz kerakmi? Biz birinchi nusratni kelishiga sababni qilib, sababni qilib ishonamiz, kelganda aytamiz Allohda fazli bo'lib qoldi bizga deymiz. Qo'limizdan nima yaxshi ish chiqdi? Bir to'rtta bolani qori qilib o'qitdingmi? Biz o'zi shu taxaqqiy nusratga loyiq edik da biz o'zi. Biz ishondik, mehnatni qildik deb kekkaymaymiz. Agar bu Allohni bizga fazli bo'ldi desak, hech qachon kibrga ketmaymiz. Men demaymiz o'shanda.

[18:31] Uchinchi turi nusratni. Bu mabdayi nusrat. Taxaqqiy, nusrat, tafoddiy nusrat va mabdayi nussrat. Bu nusratda odamlar ni odatiga ko'ra o'lchasangiz mag'lubiyatga o'xshaydi. O'zi asli g'alaba, asli Allohni yordami, lekin bandalarni o'lchov bilan o'lchasang siz mag'lubiyatsga o'xshaysiz. Astanaidin billa, qud ila asxobil hudud, anna rizatil va qud, ilhum alayha qurud, vahum alama yaf'aluni bil mulmuminingna shuhud. Chuqur egalari. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan avvalgi zamonlarda bir zolim podshoh iymon keltirgan kishilarni katta katta chuqurlarni kavlab, ichiga o'tin to'ldirib, olov yoqib, bittadan tashlab ularni halok qildi. Mana shu haqida Alloh Taolo aytadi. O'tinli olov, choh egalari la'nat qilingaylar. O'shanda ular chohining ustida o'tirib olgan va mo'minlarga qilayotgan ishlariga o'zlari guvoh bo'lgan edilar. Nozik nuqta. Mana shu zolim podshoh mo'minlarni chuqurga tashlab kuydirdi.

[19:45] Zohirida mo'minlar mag'lub bo'ldi. Chunki ular o'ldi da. Zohirida podshoh, zolim podshoho g'olib bo'ldi. Bu zohirida. Lekin haqiqatidachi? Kim yengdi? Bu mabdaiy deyiladi, nusratni turi. Musaylim akazom. Rasulullohni sahobalardan ikkitasini tutib olib, meni allohni rasuli ekanligimga ishonasanmi dedi. Haligi sahobani bittasi hech narsani eshitmayapman dedi. Qatl qildi. Ikkinchisiga, meni allohniy rasuli ekanligiimga ishonasanmidi dedi. U ha dedi. Chunki jonini saqlab qolishlik uchun uzr bor edi unga, uzrda qabul qildi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nima dedilar mana shu ikki kishi haqida? Birinchisi dedilar. Allohning dinini aziz qildi, bas Alloh ham uni aziz qildi. O'lgan kishini Payg'ambarimiz g'olib deyaptilar. Chunki iymonida o'tib oldi da. E, qancha yashadi diniy deng?

[20:47] O'ldirganlar qancha yashaydi? Mana shu turdagi mabdayi nusratga, mabdayi yordamga bo'lgan bir misol Fir'avnning qizini sochini taraydigan ayol. Hadislarda keladi bu qizsa. Bilasizlar Fir'avn ana robbukul mula ala degan. Men sizlarni eng oliy parvardigorilarman degan. O'zini iloh degan. Mana bu Fir'avnning qizi sochini tarayotgan ayol sochini tarayatib turib, tarog'i tushib ketdi. Shunda, yo Alloh deb yubordi. Fir'avnning qizi qarab turib, iye. Ha, seni meni otamdan boshqa ilohing bormi dedi. Alloh meni robbim. Seni va otangni ham robbisi dedi. Qiz borib fir'avnga aytdi. Hadislarda bor bu qizni.

[21:35] Bu ayolni Fir'avn olib keldi. Beshta bolasi bor edi oldiga, tizib qo'ydi. Katta doshqozonda olib keladi, yog'ni quydi ichiga, yog'ni qaynatib turib, birinchi farzandini ushlab, seni mendan boshqa robbing bormi dedi. Ayol shunday sabab bilan seni ham, meni ham robbim Alloh dedi. Birinchi bolasini yoqqa tashladi.

[21:59] Bir pastda go'sht yog'idan ajradi, ishi bitdi. Ikkinchi bolasini olib keldi. Seni mendan boshqa robbing bormi? Seni ham, meni am robbim Alloh, dedi ayol. Ikkinchisini tashladi, uchinchisini tashladi. To'rtinchisini ham tashladi. Endi beshinchi emizikli chaqaloqni olib kelishdi. Shunda ayol ikkilanib qoldi. Alloh Taoloni shu yerda in'omi bo'ldi. Nusrati bo'ldi oyog'iga. Chaqaloq gapirdi. Ey ona, siz haq ustidadirsiz, dedi. Ikkilanmang, dedi. Bolani ham tashladi, onani ham tashladi. Mana, yo'q bo'ldi. Zohiridan qaraganda Shiroun yengdi. Chunki bularda o'ldirib yubordi da. O'zi aslida kim yengdi? Aslida kim yengdi? Demak, iymon e'tiqodida sobit bo'lib o'ldirilgan kishilar, Alloh Taoloning yunus radga ega bo'lgan, Alloh Taoloni g'alabasiga erishgan kishilar bo'ladi. Garchi zohiridan mag'lub bo'lib ko'rinlsa ham.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [0:10] Quran Al-Baqara 2:32
  - Said in the lecture: “Allohum ala ilmalana illa ma'allam tana innaka antala alimul hakim.”
  - Arabic: قَالُوا۟ سُبْحَٰنَكَ لَا عِلْمَ لَنَآ إِلَّا مَا عَلَّمْتَنَآ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْحَكِيمُ
  - Uzbek translation: Ular:"Ey pok Parvardigor! Bizda Sen bildirgandan boshqa ilm yoʻq. Albatta, Sening Oʻzing biluvchisan va hikmatli zotsan", dedilar.
- [1:11] Quran Al-Anfaal 8:40
  - Said in the lecture: “intavalloh fa'lamu anna allohu ma'lakum. Ne amal mavla va ne amal nasir.”
  - Arabic: وَإِن تَوَلَّوْا۟ فَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ مَوْلَىٰكُمْ ۚ نِعْمَ ٱلْمَوْلَىٰ وَنِعْمَ ٱلنَّصِيرُ
  - Uzbek translation: Agar yuz oʻgirsalar, bas, bilginki, albatta, Alloh xojangizdir. U qanday ham yaxshi xoja va qanday ham yaxshi nusrat berguvchi!
- [15:27] Quran Hud 11:123
  - Said in the lecture: “Va ilayhi yur javul amru kulluhu fa'buduhu va tavakkali alayhi.”
  - Arabic: وَلِلَّهِ غَيْبُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَإِلَيْهِ يُرْجَعُ ٱلْأَمْرُ كُلُّهُۥ فَٱعْبُدْهُ وَتَوَكَّلْ عَلَيْهِ ۚ وَمَا رَبُّكَ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ
  - Uzbek translation: Osmonlaru yerning gʻaybi(ni bilmoq) Allohga xosdir. Ishning barchasi Unga qaytarilur. Bas, Unga ibodat qil va Ungagina tavakkal qil. Robbing qilayotganlaringizdan gʻofil emasdir. (Intizor boʻlib kutilayotgan narsa gʻaybdir. Gʻaybni esa, hech kim bilmaydi. Uni faqat Allohning Oʻzi biladi, xolos.)
- [16:57] Quran Ar-Room 30:3–4
  - Said in the lecture: “va hun minba adi g'olabihim sayg'ilibun, fi bi dha isinin lillahi il amru min qobili va minbad va”
  - Arabic: فِىٓ أَدْنَى ٱلْأَرْضِ وَهُم مِّنۢ بَعْدِ غَلَبِهِمْ سَيَغْلِبُونَ فِى بِضْعِ سِنِينَ ۗ لِلَّهِ ٱلْأَمْرُ مِن قَبْلُ وَمِنۢ بَعْدُ ۚ وَيَوْمَئِذٍۢ يَفْرَحُ ٱلْمُؤْمِنُونَ
  - Uzbek translation: (3) Yaqin yerda. Va ular magʻlubiyatlaridan keyin tezda gʻolib boʻlajaklar. (4) Sanoqli yillarda. Undan oldin ham, keyin ham barcha ish Allohdandir. Oʻsha kunda moʻminlar shodlanurlar.

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz Davud alayhissalomning Goliyotni yengish misolida sababning ahamiyatini qanday ta'kidlaydi?
   - a) Sababni qilmagani uchun mag'lub bo'ldi
   - b) Sababni qilib, Alloh izni bilan g'alaba topildi — correct
   - c) G'alaba faqat son ko'pligidan keladi
   - d) Faqat kuchli qurol bilan g'alaba qozoniladi
   - Why: Darsda Davud alayhissalomning tosh otib (sabab qilib) va Alloh izni bilan g'alaba topgani misol keltirilgan. [6:05–7:22]

2. Ustoz Xunayndagi mag'lubiyatning asosiy sababi deb nimani ko'rsatadi?
   - a) O'z son-saroyiga suyanib, Allohga tawakkul qilmaslik — correct
   - b) Sahobalarning jang tajribasining yetishmasligi
   - c) Dushman qo'shiningining son jihatdan ustunligi
   - d) Jang maydonida taktik xatolarni qilish
   - Why: Darsda Xunayndagi mag'lubiyat sababi sifatida birodarlarning o'z son-saroyiga suyanib, Allohga suyanishdan (tawakkuldan) chetga chiqqanligi ta'kidlanadi. [10:10–10:38]

3. Ustoz haqiqiy tavakkalning asosiy sharti deb nimani ko'rsatadi?
   - a) Hech narsa qilmaslik
   - b) Sababni amal qilish — correct
   - c) O'z kuchiga tayanish
   - d) Faqat o'tirib duo qilish
   - Why: Ustoz Umar roziyallohu anhudan keltirilgan misolda donni ekib, keyin Allohga duo qilish haqiqiy tavakkal deb ta'riflanadi. [12:52–14:07]

4. Ustoz Rum saltanatiga berilgan g'alabani qaysi turdagi nusrat deb ta'riflaydi?
   - a) Tafazzuliy nusrat — correct
   - b) Mabdayi nusrat
   - c) Istixoqiy nusrat
   - d) Taxaqqiy nusrat
   - Why: Darsda Rumlarning mo'min emasligi sababli ularga berilgan g'alaba Allohning fazli bo'lgan tafazzuliy nusrat deb ta'riflanadi. [16:35–17:47]

5. Ustoz Musaylim akazomning sahobalarni o'ldirish misolida haqiqiy g'olib kim deb hisoblanadi?
   - a) Jonini saqlab qolgan sahobi
   - b) Musaylim akazom
   - c) Iymonida o'tib ketgan o'lgan sahobi — correct
   - d) Podshoh
   - Why: Ustoz Payg'ambarimizning o'lgan sahobini Alloh aziz qildi degan hadisi asosida uni haqiqiy g'olib deb ta'riflaydi. [19:45–20:45]
