# 10-Dars Ar-Rofiq: Asma-ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/ru/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/ru/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 13 of 110
- Section: Ar-Rofiq
- Duration: 25 min
- Original title: 10-Dars Ar-Rofiq / Asma-ul-Husna
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/ru/kurslar/asmaul-husno/13
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/EvTpA7B2rFs.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=EvTpA7B2rFs
- In this course: [previous](https://mawiza.me/ru/kurslar/asmaul-husno/12.md) · [next](https://mawiza.me/ru/kurslar/asmaul-husno/14.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohiym. Alhamdulillah, herob bilan a'lamin. Vassalatu vassalamu ala sayyidina muhammad as sodiqul va adil amin. Allohum ala ilmalana illa ma'lam tana innaka antara alayhul hokim. Allohim ma'lim na'magan, fa'unaban, fa'na bi ma'lum tanavasi na'ilma. Allohim ma'rin al haqqi, haqqon va zuqunati ba'i, va arina al ba'tila, ba'tilan va zuqunashdi na'ba. Va ja'allamin mayyasida me'un al qovli, fayetta be'un a husana va adhinna bi rahmatika fiya ibodika solihin. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim og'ir ekan. Bismillahir rohmanir rohim.

[0:49] Alloh taoloning asmoli husno, go'zal ismlari, e, silsilasida olib borayotgan navbatdagi darsimiz. Bugun alloh taoloning go'zal ismalaridan, asmoli husnodan arrofiq, muloyim, yumshoq, rahmlik, lutflik ma'nolariga dalolat qiladigan arrofiq ismini o'qigan bo'lamiz. Arrif, muloyimlik, yumshoqlik, lutf.

[1:17] Imom Buxoriy va Muslimning sahihlarida keltiriladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zavjoy mutaxoralaridan Oysha roziyallohu anhodir. Oyshonimiz aytadilar, yahudlardan bir toifa Rasulullohning huzuriga kelib, assalomu alaykum deyishdi. Assam degani o'lim degani yoki zahar degani. Assalomu alaykum bo'lsa sizga, tinchlik salomatlik bo'lsin. Assalomu alaykumbo'lsa sizga o'lim bo'lsin. Demak yahudlar Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga assalomu alayhum sizlarga o'lim bo'sin deyishdi. Oishonimiz roziyallohu anhu ularni so'zini tushunib qolib, va alaykumussam va la'na o'zinglarga o'lim bosin, la'nat bosin deb turib, qattiqlik qilib yubordi. Qo'pol muomala qilib yubordik. Shunda Payg'ambarim sollallohu alalayhi vasallam Oishonamizga qarab, mahlan ya aisha. Alayki ber rivq. Va iyaki val un fa val fuxsh. Ey Aisha, sekinroq. Qo'pollik va fahshani uzoq bo'ling, dedilar. Men, yo Rasululloh, nima deganini eshitmadingizmi? Ya'ni bizga o'lim tilayapti ular, deganida Payg'ambarimiz ularga vo alaykum deb qo'ygandilar. Siz ham eshitdingiz ku nima deganini. Sizlarga ham deb qo'ydim. Ya'ni o'ziga yarasha javob berdi, lekin muloyimiylik bilan, rivq bilan.

[2:33] Bugungi darsimiz muloyimlik haqida bo'ladi. Anaqa muhtoj bo'lyapmiz shu zamonimizda muloyimlikka, birodarlar. Mashina minayotganda muloyimlikka ayniqsa muhtoj o'lyapmiz. A? Boshqa joyda bilinmasa ham. Sal narsaga nima bo'lib ketyapmiz? Jazavomiz tutib ketyapti, jahlimiz chiqib ketyapti. Psix bo'lib qolyapmiz. Nimadan? Muloyimlikni yo'qligidan.

[3:00] Rasululloh yana dedilar. Ya, Aisha. Innallohu rafiqun, yuhibur rivqo. Fayyuti va yuti alam rivqi, ma'la yuti alal unuf va ma'la yuti a la ma'siva. Ey Aisha, albatta Alloh muloyim zot. U zot muloyimlikni yaxshi ko'radi va muloyimlik uchun qo'pollikka hamda undan boshqaga bermagan narsani beradi. Muloyimlikka Alloh Taolo bergan narsani boshqa hech qaysi sifatga bermaydi. Qo'pollikka ham, undan boshqa sifatlarga ham. Alloh taoloning ar rofiq ismi haqida suhbat qilamiz. Ar rofiq. Yumshoq, muloyim, mehribon, yumshoqlik bilan, mehribonlik bilan, lutf bilan muomala qilishlik degani. Ar rifq.

[3:50] Alloh taoloning mana shu ismini uning ishlarida ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Bandalarga bo'lgan yumshoqligida, lutfida, mehribonligida. Mana alloh taoloni maxluqotlarga ar raufik ekanligi, yumshoq, muloyim, marhamatli, lutf egasi ekanligiga dalillar. Mana yosh bolani tishi chiqadi.

[4:13] Tushi deyiladi. Keyin shu tish, katta tishlar chiqadigan payt boshlanganda bitta bitta tushishni boshlaydi. Bola shu tishlarni tushib ketayotganligini sezadimi? Biror bir mashaqqat, og'riqni his qiladimi? Ham elar o'tgansizlar o'sha etapdan. Sezganmisizlar? Yo'q. Bunday qayrilib tushib ketadi. Ovqat anaqa orasida chaynalib, ajralib qoladi. Endi tish doktori sizni tishingizni olmoqchi bo'lsa, albatta ukol qilish kerak. Aks holda tishingizni sug'urayotganda nima bo'ladi? Mashaqqatiga chidamaysiz a'zolarga. Endi o'sha ignani sayayotganda ham o'zi nima u? Mashaqqat. Lekin Alloh Taolodagi yumshoqligini, muloyimligini, lutfini ko'ringki, yosh bola sezmay ham qoladi. Nimani? Mana shu rifqga, yumshoqlikka dalil emasmi, birodarlar?

[5:03] Vahoo ma'qum va u sizlar bilan birgadir. Alloh Taolo doim biz bilan birga, o'zini yumshoqligi bilan, muloyimligi bilan. Qarang, havo yumshoq narsami? Yumshoq narsami? Yo qattiq narsami? Nima, hov, qanaqa? Bu shunaqa yumshoqki, shunaqa muloyimki, borligini his qilmaysiz ham. Qarang, u qushni ham ko'taradi, yuzlagan tonna vazni bor, samolyotni ham ko'taradimi. Mana hozir nafas olib o'tiribmiz, ichimizga havo kirib chiqib ketayotganda bir mashaqqatni his qilyapmizmi, yo'qmi? Mana shu Alloh Taoloning bizga arrofiy, yumshoq, muloyim muomala qilishiga taallik.

[5:47] Tomog'ingizdan ovqat o'tganda silliq o'tib ketadi, lekin sezasiz. Xohlaysiz, lekin havoda sezamizmi? Va havoda siz bilan bizga yoqimli qilib qo'yganini qarang. Masalan, tutun hidasi sizdan nima oladi srazi? Burnizdan chiqib ketadi, ko'zini yoqib chiqib ketadi. Tasavvur qiling, havoda hammasi shunaqa bo'lganda. Alloh taoloning rizqidan, Alloh taoloning muloyimligidan.

[6:10] Mana Alloh taolo bandalarga yumshoq muloyim muomala qiladi va o'zi ham bu narsani yaxshi ko'radi. Arog'ni Alloh taolo harom qildi. Muloyimlik bilan, yumshoqlik bilan, lutf bilan. To'g'rimi? Darrov haromdadimi? Yo'q. Uchta oyat tushdi arog'ni harom bo'lgunga qadar.

[6:32] Arog'da foyda ham bor, ziyon ham bor. Ziyoni foydasidan ko'proq dedi birinchi oyatda. Keyingi oyatda, ey iymon keltirganlar, namozga mast holatda yaqinlashmanglar dedi. Keyin Madinaga borgandan keyin harom qildi. Alloh birdaniga harom qilib qo'yishga qodir emasmidi? Qodir edi. Lekin mana shunday lutf bilan, bizga yumshoqlik bilan muomala qilganligi allohning ar rofiq ekanligiga dalil bo'ladi.

[6:57] Ey Oysha, albatta Alloh muloyimdir. U Zot muloyimlikni yaxshi ko'radi va muloyimlik uchun qo'pollik hamda undan boshqaga bermagan narsani beradi. Musulmon kishini robbisi ar rofiy muloyim ekan. Demak musulmon ham qanday bo'lishi kerak? Muloyim bo'lishligi kerak. Shuning uchun birodarlar halim bo'lish, yumshoq muloyim bo'lishingiz shunday bir ulug' sifatki, aytiladi, halim kishi nabiy bo'lishlikka yaqin bo'ladi. Ka dal halimo an yakuni nabiya. Halim kishi nabiy bo'lishlikka yaqin bo'ladi.

[7:31] Halimlik, yumshoqlik, muloyimlik birodarlar xulqlarning saida. Halimlik rifqdan. Avf qilishlik rifqdan, mag'firat qilishlik, kechirishlik ham muloyimlikdan rifqdan. Valillah hil asma ul husna fado ruh biha. Alloh taoloning go'zal ismlari bor, bas unga ular bilan duo qilinglar. Masalan, birov sizga ish buyuradi. Eh, ko'mir tashib qo'y.

[8:03] Birodar, ko'mir tishib qo'yasizmi? Qaysinisi yoqadi? Qaysinisi yog'adi? Arifq, muloyimlik, mo'minning sifati. Agar kishi o'zini mana shu sifat bilan sifatli olsa, Robbisiga yaqin bo'lishi oson bo'ladi. Robbisiga ya qim bo'lgandan keyin duosi ijobat bo'lishi osonga bo'ladi. Qaytaramiz. Muloyim bo'la olasiz, Allohga yaqin bo'lasiz. Allohga yaqim bo'lsangiz duolaringiz ijobat bo'ladi.

[8:35] Chunki Alloh Taolo ar rofiq va har bitta ishda riftni muloyimiy yaxshi ko'radi. Masalan, bola tarbiyasida muloyim bo'lsangz. Ayolingiz bilan qiladigan muomalada muloyim bo'lsangiz, tijoratingizda muloyim bo'lasiz, demak, musulmon kishi mashina minishida ham muloyim bo'lishi kerak, futbol o'ynashida ham muloyim bilish kerak, tijoratida ham, farzandlari bilan bo'lgan muomalasida ham muloyim. Ammo bu qiyin. Qiyin. Modomiki sizni duoyingizni ijobat bo'lishga olib boradigan ekanmi mana shu ish, demak bu ish oson bo'lmaydi. Ma'qulmi?

[9:07] Hech kim unga qo'pol muomala qilishini xohlamaydi. Ammo u hammaga xohlagan muammosini nima qilsa, qilaversin. Mana shu insofsizlik bo'ladi. Insof nima desa, senga qanaqa muomala qil ishlarni xohlaysan. Sen ham shunaqa muomala ol, shu insof bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar jobir imna abdulloh roziyallohu anhudan rohimallohu abdann samhan idaba, samhan idish taro. Alloh rahmat qilsin bir bandani. Kim u banda? Sotganda ham oliyjanob kechirimli bo'lgan. Olganda ham oliy janob kechirimli bilgan bandani.

[9:45] Sotayotganda ham muloyim, olayotganda ham muloim bandani Alloh nima qilsin deyapti Rasululloh? Rahmat qilsin. Bu duo ketdi. Agar safarga chiqqan hamrohingiz siz bilan chiqqan birodaringiz ar rofiq, muloyim, yumshoq bo'lsa, mazza qilasiz. U nima qilmaydi? Og'ir tegmaydi sizga, tanqid qilavermaydi, injiqlik qilavermaydi. Qo'pollik qilavermaydi da, hisob kitob qilavermaydi adab sizni. Nima uchun? U muloyim. Endi dag'al qo'pol odam bo'lsa chi? Bu odam safaringizni mashaqqatga aylantirib yuboradi. Mo'min odam muloyim bo'ladi. O'zi boshqalarga ulfat bo'la oladi va boshqalarni ham o'ziga ulfat qila oladi. Juda ham vajniy joy shu. O'ta muhim narsa. Ilmlimi u, pullimi u, mansablimi u, muhim emas. U odam o'zi ham boshqalarnini ichiga kira oladi, qalbidan joy ola oladi, ulfat bo'la oldi va boshqalar ham unga yaqin bo'lishlikka yo'l beradi. Birod ham bo'ladi, hamma qotirib yurgan bo'ladi, pul bo'lib qolsa yoki mansab qo'liga tegib qolsa nima bo'lib qoladi?

[10:58] Endi kelib qoladi da, uni yaqiniga kelolmay qolasiz. Musulmon odamga yarashmaydi bu narsa. Alloh taoloning qaysi ismi, qaysi sifatini o'rganmanglar birodarlar, shu sifatdan shu ismidan o'zimizga ulush olishingimiz kerak. Masalan, Alloh taoloning al afu kechiruvchi degan ismi sifatini o'rganar ekanmiz, o'zimizga mana shu kechiruvchilik degan sifatni ham haydo qilishligimiz kerak.

[11:25] Alloh taolo o'zining ilmi bilan siz bilan biz bilan birga. Buni unutmasligimiz kerak. Biz, birodarlar, Allohni biz bilan ekanligini esdan chiqarmasdan doim turar ekanmiz. Siz bilan bizda ehson degan sifat tarbiya topadi. Yo Rasululloh, ehson nima? Deb so'ralganida Payg'ambarimiz javob berdilar. An ta'budallohi kan naka tarohi. Fayllantakun tarohi faynna hu yaroka. Allohga uni ko'rib turganingdek ibodat qilishing ehson. Allohga uni ko'rib turganingdek ibodat qilishing ehtimol. Endi garchi uni ko'ra olmayotgan bo'lsang ham, Alloh seni nima qilyapti? Ko'rib turib. Shu ko'rib turganini his qilishimiz kerak, birodarlar.

[12:06] Kishi ko'zlagan maqsadiga yetishligi uchun birodarlar muloyim bo'lishligi kerak. Mana hozir aytdik ku, ko'mirda tashib qo'y dedingiz, yoki ko'mir tashib qoyasizmi dedingiz. Qaysini sizni maqsadingizga osonlik yetkazadi? Qo'pollikmi, muloyimlikmi? Muloyimlik. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, oisha roziyallohu anhodan ham bu hadis. Innur rivqa la yakunu fi shay'in illa za'nahu. Va la yun zavmin shay'in illah sha'nah. Yumshoqlik, muloyimlik, qaysi ishda bo'lsa, shu yumshoqlik shu ishni go'zal qiladi.

[12:41] Va qaysi bir ishda, qaysi bir narsada yumshoqlik, muloimlik yo'q bo'lsa, o'sha muloyimidi yo'qligi bu ishni xunuk qiladi. Hozir aytyapmiz ku buyruq. Bitta buyruq, ikkinchisi ham buyruq. Bittasida yumshoqlik yo'q, ikkinchisida yumshoqligi bor. Shuning uchun birodar nima ish qilsak ham muloyim, yumshoq bo'lishni harakat qila olaylik. Bu zaiflikni belgisi emas. Taassuf odamlarni tushunchasida bir andishani oti qo'rqoq bo'lib qolgan. Rioya qilsangiz, ko'ngliga og'ir botmasin desangiz, muloyimlik, yumshoqlik qilsangiz nima deb o'ylaydi buni? Zaiflik, qo'rqolik, ojizlik deb o'ylaydi. Mana tushunchalarimizni ayniganini qarang. Endi qattiq gapirsa, qo'pol gapirsa, ilmlikka o'xshab ko'rinadi.

[13:25] A? Birodarlar? Udu oila sabili robbiki bila hakimati val ma'rufiyatil hasan. Robbini diniga hikmat bilan va chiroyli ma'ruza bilan da'vat qilgin. Rasululloh halim bo'lganlar da'vatda ham, qo'pol dag'al bo'lmaganlar. Qarang, o'shani bizdan bo'lgan rivoyat qilingan hadisda yumshoqlik bor bo'lgan joydagi ishlar, so'zlar chiroyli bo'ladi. Yumshoqlik muloyimlik bo'lmagan joydagi so'zlar va ishlar nima bo'ladi? Xuniy bo'ladi. Endi xohlash bizni ixtiyorimiz.

[13:58] Qalbi qattiq, dag'al inson bo'lmaslik kerak musulmon kishi. Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam. Habibul xalq. Odam bolasining eng afzali, vahiy egasi, Alloh Taoloning to'g'ridan to'g'ri qo'llovi ostida turgan, rioya asosida turgan, so'zi shirin, surati go'zal birodarlar, halim, kamtar, rahmli bo'lganlar. Mana shunday zotga Alloh Taolo aytdi. Fabima rahmatin minalloh ilin talahum va la vkunta fadhon g'olizal qolbi lan fadhum minhavlik. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam atrofida odamlar jamlangan. Rasululloh bilan bir marta muomala qilgan odam u zotga asir bo'lgan qalbi. Alloh taolo nima deyapti? Ey Muhammad alayhi vassalom, Alloh tomonidan bo'lgan bir marhamat sababli atrofingizdagilarga muloyim bo'ldingiz. Agar qo'pol, qattiq dil bo'lganingizda edi, albatta atrofingizdan tarqalib ketgan bo'lar edi. Qarang, Payg'ambarimiz atrofida odamlarni jamlanishiga sabab nima bo'ldi? Mansabimi? Quvvatimi? Yo'q, birodarlar, u zotning xulqi, u zotning halimligi, muloyimligi. Muloyim bo'lsak, odamlar atrofimizda jamlanadi. Qo'pol, dag'al bo'lsak,odamlar atrofizdan tarqab qochadi.

[15:17] Bilingki, bir odam atrofida odamlar davomiy suratda jamlanib to'planyaptimi? Bu halimlikda belgisi, to'g'ri yo'l tanlanganligini belgisi. Qani endi, bu ustiga vahiy kelib turgan, Allohni to'g'ridan to'g'ri ro'yosida turgan tishiga Alloh Taolo aytyapti. Muloyim bo'lganligi uchun atrofingizda odam jamlandi. Endi, Rasululloh muloyim bo'lishi kerak ekan atrofida odom jamlanishi uchun. Endi biz qanaqa bo'lishimiz kerak? Biz vahiy egasi emasmiz. Biz Alloh Taolo maqtayotgani yo'q.

[15:52] Demak, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam atrofida sahobalarni jamlanishiga sabab u zotning quvvati, mansabi, puli bo'lmagan, balki xulqi va muloyimligi bo'lgan. Payg'ambarlarimiz aytadilar, fainnalloha yuhib bu rivqofil amri kunlihi. Bas, albatta, Alloh Taolo har bir ishda muloyimlikni yaxshi ko'radi. Da'vat muloyim bo'lishi kerak.

[16:16] Odamlar bilan qilayotgan tijoratdagi muomala muloyim bo'lishi kerak. Sport bilan shug'ullanishlik muloyim bo'lishingiz kerak. Bu albatta musulmonga aytilinayotgan narsa. Endi kelib qolganda nima qilasiz? Kelib qolgandan ham muloyim bo'lasiz. Agar kelib qolganday qaytara olmasdan, tepib, yoki bo'lmasam baqir ekan bo'lsangiz, demak, kamchilik qancha ekan hali? Hali ko'p ekan. Shuning uchun birodarlar uyimizga kirayotganda muloyimlar bilan assalomu alaykum deb kelaylik. Toki bu Payg'ambarimizni sunnati shayton qayerda qolsin? Tashqarida qolsin. Mana shu hadis birodarlar hayotimizdagi muhim hadislardan bo'lishligi kerak. Muloyimlik bor uyda mehr muhabbat oladi. A? Bunday xonadonda ulg'aygan bolalar, birodarlar, nafsiy jihatdan komil bo'lib o'sadi. Er xotin bir biriga muloyimlar muomala qilar ekan, bolalarga ham bu narsa albatta yuqadi. Endi shu muloyimlik bo'lmasa chi, arrifq, yumshoqlik bo'lmasachi? Baqir chaqir, qo'pol muomala. Albatta bunaqa xonadonda o'sgan odamni, bolani qalbida boyagi yumshoqlik degan narsa, unis degan narsa yo'g'roq bo'ladi.

[17:21] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni alloh taolo maqtovaga loyiq sifatlarini maqtab, va innakala ala xulqiyn al dim. Albatta siz go'zal xun. Ustadirsiz dedi. Ar rafiq. Mana shu so'zning ma'nolari. Ar rafiq, muloyim, latif, lutf ko'rsatuvchi degan ma'no bor. Alloh taolo bandalariga muloyim, ularga lutf ko'rsata oladi. Mana endi Alloh Taoloni bizga bo'lgan lutflarni bir qator sanab chiqamiz, kulganimizcha.

[17:48] Alloh Taolo siz bilan bizga yaqin. Biz o'ylagandan ko'ra yaqinroq. Mana shu bo'yin tomirimizdan ko'ra bizga yaqinroq, hatto o'y hayollarimizdan ko'ra bizga yaqinroq. Faqat bu narsani esimizdan chiqarib qo'yamiz gohida. Har qanday odam bolasiga ishi tushib borsangiz, xizmat qilsa haqqini oladi. Yurist bo'ladimi, tish doktor bo'ladimi, yo bir usta bo'ladimi, qilgan ishiga haqqini olad. Va bu to'g'ri. Odamlar o'rtasida bo'ladigan muammo shunday. Lekin Alloh Taolo bizga shuncha bir lutf marhamatini, ehsonini to'kib qo'yib turib, yumshoqlikni ko'rsatib qo'yub turib, bizdan haq olmaydi. Qarang. Lutfi. Ovqat aynagan bo'lsa, burningiz uni aynaganini bildiradi da, yedirmaydi. Allohni lutfimi shu?

[18:38] Endi aynagan ovqatni yeb qo'ygan bo'lsangiz, hidini bilmasdan, oshqozoningiz uni chiqarib yuborishligi, Alloh Taoloni lutfimi? Agar aynigan ovqat oshqozondan chiqmasa, u yoqqa o'tib ketsa nima bo'ladi, bilasizmi? Yurib ketayotgan paytda ko'z uyquga kelsa, havozum degan, koordinatsiya degan jihozni ishga tushadi da, darrov cho'chib olib ketasiz. De, ketib, unaqa bo'lib ketadi, uxlayapsizlar a, ayrimlaringlar hozir mana. Devorga suyaganlaringlar uxlab qolmanglar, toratilar ketib qoladi. Buyoqdeklar uxlab yuringlar.

[19:10] Shu yiqilib tushmasanglar bo'ldi. Qarang, Allohni marhamati shu. Yonboshida aytganingizdek cho'chib uyg'onib ketasiz. Alloh Taoloning marhamati. Soqqotib ketsangiz, ichingizda mana shu sovuqni tashqariga chiqaradigan jihoz ishga tushadi. Isib ketsangiz nima bo'lasiz? Terlaysiz. Ajib, mana shu terlashimiz badanida sovushiga xizmat qilar ekan. Shu suv tomchilari, badanimizdagi suv shu haroratni o'ziga tortar ekan. Kim berdi buni? Alloh taoloning lutfidanmi? Alloh taoloni rizqidanmi? Uxlaganimizda birodarlar, biz o'ylab ham qo'ymaymiz. Chast surasini tafsirini o'tganimizda eslaysizlar a? Va nuqonli muhim datal, yaminiy va datashimal va kal muhim balsiy tun bidaray bilvosiy. Ular uxlar ekan, biz ularni o'ng va chap tomoniga og'darib turamiz dedi. Nima uchun desa, inson uxlayotganda, bir tomoni bosib yotar ekan, og'ir shu yoqqa tushganligi uchun qon kelishiga qiyin bo'ladi, ezilib turgani uchun. Agar shu holatda qolib ketsa, nima oladi aytaman menga shu odam? Bo'ladi a ba'zida. Mana bu yerda uxlab qolgansiz, ertadan tursangiz qo'lda nima qilib bo'lmaydi?

[20:17] Qatib qolibdi deysiz. Nimaga desa, o'sha to'ntarilmay qolgansiz da. O'zi biqinning ikkinchi tomonga yonboshlagisi kelyaptimi? Demak, signal ketyapti miyaga. To'ntariladi. Endi uxlayotganda inson o'chadimi? Lekin miya odamni uyg'otmasdan turib to'ntarib qo'yadi bu tomonga. Necha marta to'ntariladi bir kechada odam bolasi? O'ttiz martadan ko'proq ontarlik to'ntariladimi? Sezasizlarmi shuni? Bu ham Alloh Taoloni bizga lutfimi? Alloh Taoloni muloyimligimi birodar? Sanasak birodar, Alloh Taoloni ne'matini sanab tugata olmaymiz. Demak, Alloh Taolo bizga arrofiq muloyim ekan. Jasadimiz yaratishda, bizga qilayotgan muomalalarida. Ana birodarlar, tahorat olamiz a, mazza qilamiz.

[21:04] Tahorat oladigan a'zolarimiz, tez tez yuvilib turish kerak bo'lgan a'zolarimizdagi asab tolalari unchalik sezgir emas. Ammo belingizga o'sha tahorat qilayotganingizdagi muzdek suvni belingizga qo'ysa nima bo'lasiz? Seskanib ketasizmi? Mana shu ham Alloh Taoloni rivqi muloyimligi lutfidan emasmi? Agar betingizni uyganingizda xuddi qorningizga suv quygandek seskanolgan qilib qo'yganda, nima bo'lardi ahvolimiz? Birodarlar, Alloh Taolo bizga Arrofiq, muloyim, yumshoq, lutf ko'rsatuvchi bo'lgan Zot. Albatta, mana shunday bo'lishda hikmat katta. Birodarlar, mana bu chig'anog'imiz. Chig'anoq bo'lmaganda, hayotimiz nima bo'lardi?

[21:44] Shu somsani qanaqa qilib berdingiz? Birodarlar? Ikkala chig'anog'miz bukilmaganida. Qanaqa qilib ovqat berdik? Ollohni bizga yumshoqligi, lutfi, karami shunday ko'pki, sanasak oxiriga yetkaza olmaymiz. Torvoz birodarlar yerda o'sadi. Olma daraxtda o'sadi. Endi agar torvoz daraxtni ustida o'sganda nima bo'lardi?

[22:10] Alloh taolo katta bo'lgan mevalarni yerda turadigan qildi. Oshqovog'ida, qovunida, torvozida. Endi mayda bo'lgan mevalarni daraxtga chiqarib qo'ydi. Endi undan ham ajib guruch yoki bug'doyni olinglar da. Bug'doyda bitta boshoqni yuz dona. Alloh taolo bandalarga lutf ko'rsatganidan, arrofiq bo'lganidan, mehribon bo'lganidan bir uzganingizda yuz dona donni uzasiz. Agar ular ham olmani singari, torni singari donalab o'sganida, bizni tilda shtushniy o'sganida, nima bo'lardi holimiz? Birodalar, robbimiz siz bilan bizga yumshoq, muloyim, lutf egasi. Robbimiz siz bilgan bizga ar rofiq bo'lgan zon.

[22:54] Alloh latif, alloh ar rofiq. Mo'min ham shunday bo'lishligi kerak. Boshqalarga ulfat bo'ladi, boshqalar ham unga ulfat bo'lad, birodarlarga lutf bilan muomala qiladi, yumshoqlik bilan nasihat qiladi va mana shu narsa uni boshqalardan ajratib turadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, muhadis Abu Dovuddan, Ibn Mojadan. Man yuhromul rivqo, yuhromul xoyra kunla. Man yuhromur rivqo, yukromil xoyra. Kim yumshoqlikdan, muloyimlikdan mahrum bo'lgan bo'lsa, hamma yaxshilikdan mahrum bo'mdi.

[23:33] Qarang da, Payg'ambarimizni sahobalarga yumshoq bo'lganligini rahmat deyapti. Demak, yumshoq bo'lgan odamni ustida Allohnin rahmati bor. Dag'al, qo'pol bo'lgan odamsizda Allohnin rahmadi yo'q. Nafs ilmini ulamolari xabar berishicha, psixologlar xabar berishcha, bolasini suymasdan, qo'pollik bilan emizgan ayolni bolasi qalbi qattiq bo'lib uyg'oyadi. Keyinchalik onasini qiynaydi bunday bola. Endi, onasini shu ustini emishlik davrida unga qilgan muomala albatta uni shaxsiyatiga ta'sir qiladi. Endi mehr shafqat, muhabbat, lutf bor uyda uyg'ongan bola bunaqa bo'lmaydi. Hatto aytilinadiki, onani qornidagi homiylar, agar u xohlangan homiylar bo'lsa, sezar ekan. Xohlanmagan homiylar bo'lsin, buni ham sezar ekan. Agar xohlangan homiy bo'lsa, homiyladorligi oson bo'ladi. U ko'zi yorishi onasini, oson bo'lardi. Agar xohlanmagan homiylar bo'lsa, ko'tarib yurishi ham mashaqqatli bo'ladi va ko'zi yorishi, dunyoga kelib uni tug'ishligi ham mashaqqati bo'ladi. Shuning uchun birodarlar, musulmon kishi alloh taoloning ar rofiy qismidan o'ziga ulush nasib olishligi kerak bo'ladi.

[24:42] Ey Oysha, dedilar Rasululloh. Albatta Alloh muloyimdir. U zot muloyimlikni yaxshi ko'radi va muloyimlik uchun qo'pollikka hamda undan boshqaga bermagan narsani beradi. Imom Muslim rivoyat. Inshaalloh. Alloh taoloning ar rofiy ismi haqidagi darsimizni keyingi juma davom etkazgan bo'lamiz. Aquli qovli ha davosat firullohu alaykum.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [9:23] Hadith: Sahih al-Buxoriy, 5460 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar jobir imna abdulloh roziyallohu anhudan rohimallohu abdann samhan idaba, samhan idish taro.”
  - Arabic: إذا أتى أحدكم خادمه بطعامه، فإن لم يجلسه معه فليناوله أكلة أو أكلتين، أو لقمة أو لقمتين، فإنه ولي حره وعلاجه
- [11:43] Hadith: Sahih al-Buxoriy, 50 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “An ta'budallohi kan naka tarohi. Fayllantakun tarohi faynna hu yaroka.”
  - Arabic: … الله ولا تشرك به، وتقيم الصلاة، وتؤدي الزكاة المفروضة، وتصوم رمضان ". قال ما الإحسان قال " أن تعبد الله كأنك تراه، فإن لم تكن تراه فإنه يراك ". قال متى الساعة قال " ما المسئول عنها بأعلم من السائل، وسأخبرك عن أشراطها إذا ولدت الأمة ربها، وإذا …
- [12:22] Hadith: Sunani Termiziy, 1974 (grade: Sahih (Albaniy))
  - Said in the lecture: “Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, oisha roziyallohu anhodan ham bu hadis. Innur rivqa la yakunu fi shay'in illa za'nahu. Va la yun zavmin shay'in illah sha'nah. Yumshoqlik, muloyimlik, qaysi ishda bo'lsa, shu yumshoqlik shu ishni go'zal qiladi.”
  - Arabic: ما كان الفحش في شيء إلا شانه وما كان الحياء في شيء إلا زانه
- [16:02] Hadith: Sunani Ibn Moja, 3689 (grade: Sahih (Albaniy))
  - Said in the lecture: “Payg'ambarlarimiz aytadilar, fainnalloha yuhib bu rivqofil amri kunlihi. Bas, albatta, Alloh Taolo har bir ishda muloyimlikni yaxshi ko'radi.”
  - Arabic: إن الله رفيق يحب الرفق في الأمر كله
- [23:16] Hadith: Sahih Muslim, 2592; Sunani Ibn Moja, 3687 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “Mojadan. Man yuhromul rivqo, yuhromul xoyra kunla. Man yuhromur rivqo, yukromil xoyra.”
  - Arabic: من يحرم الرفق يحرم الخير
- [24:46] Hadith: Sunani Abu Dovud, 4807 (grade: Sahih (Albaniy))
  - Said in the lecture: “U zot muloyimlikni yaxshi ko'radi va muloyimlik uchun qo'pollikka hamda undan boshqaga bermagan narsani beradi. Imom Muslim rivoyat.”
  - Arabic: إن الله رفيق يحب الرفق ويعطي عليه ما لا يعطي على العنف

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz arog'ning harom qilingan jarayoni haqida qanday fikr bildiradi?
   - a) Arog' hech qachon harom qilinmagan
   - b) Arog' faqat Madinada harom qilingan
   - c) Alloh bir zumda darrov harom qildi
   - d) Alloh lutf bilan bosqichma-bosqich harom qildi — correct
   - Why: Darsda Alloh arog'ni darrov emas, balki uchta bosqich orqali, lutf va yumshoqlik bilan harom qilgani ta'kidlanadi. [6:32–6:55]

2. Ustoz muloyimlikning kishining maqsadiga yetishiga ta'siri haqida qanday fikr bildiradi?
   - a) Muloyimlik kishini zaif va qo'rqoq deb hisoblanadi
   - b) Muloyimlik ishni go'zal qiladi va maqsadga oson yetkazadi — correct
   - c) Muloyimlik ishni xunuk qiladi va maqsaddan uzoqlashtiradi
   - d) Muloyimlik faqat pul va mansab orttirish uchun kerak
   - Why: Ustoz muloyimlikning har qanday ishni go'zal qilishini va maqsadga oson yetkazishini ta'kidlaydi. [12:06–12:39]

3. Ustozga ko'ra, Payg'ambarimiz atrofida odamlarning jamlanishining asosiy sababi nima edi?
   - a) U zotning boylik va puli
   - b) U zotning quvvati va mansabi
   - c) U zotning xulqi va muloyimligi — correct
   - d) U zotning qo'pol va qattiqdilligi
   - Why: Darsda ta'kidlanishicha, sahobalarning Payg'ambarimiz atrofida jamlanishiga sabab uning quvvati yoki puli emas, balki xulqi va muloyimligi bo'lgan. [15:52–16:14]

4. Ustozga ko'ra, Alloh Taolo inson uxlayotganda qon aylanishini ta'minlash uchun qanday lutfni ko'rsatadi?
   - a) Jasadi og'irligi bilan bir tomonga yotib qoladi
   - b) Uxlash vaqtida qon aylanishi to'xtab qoladi
   - c) Miyasi orqali uni o'z-o'zidan to'ntarib qo'yadi — correct
   - d) Uxlash paytida miyasi to'liq o'chib qoladi
   - Why: Darsda ustoz inson uxlayotganda miyaning uni uyg'otmasdan turib to'ntarib qo'yishini Allohning lutfi deb ta'kidladi. [19:10–20:15]

5. Ustozga ko'ra, Alloh Taolo katta mevalarni yerda, kichiklarni esa daraxtda o'stirish orqali bandalariga qanday lutfni ko'rsatadi?
   - a) Katta mevalarni daraxtda o'stirish
   - b) Katta mevalarni yerda, kichiklarni daraxtda o'stirish — correct
   - c) Barcha mevalarni daraxtda o'stirish
   - d) Mevalarni faqat yerda o'stirish
   - Why: Darsda Alloh Taolo katta mevalarni yerda, kichiklarni daraxtda o'stirishini bandalarga ko'rsatilgan lutf va muloyimlik sifatida keltiradi. [22:10–22:53]
