MMaviza
Ad-DayyonПроверено37 daq

24-Dars AD-DAYYAN / Asma-ul-Husna

Abdulloh Domla · Asmoul husno

Перевод на этот язык пока недоступен. Ниже показан оригинальный (узбекский) текст.
0:00
37:05
История изменений

Allohimma la ilmalana illa ma'lam tana innaka antana alimul hakim. Allohimma allinna ma'yam fauna vam fa'na bi ma'lam tana vazibna ilma. Allohimma arenal haqqa haqqon varzuqna tibaa va arenal ba'tila ba'tilan varzuqna jdi navba. Va ja'annam minman yestami unal qovlu fayyatta bi una husana. Vodixinla bi rahmatika fiya ibodika solihin. Immabayet, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatu.

Alloh azza va jallaning asmoli husno. Go'zal ismlari xususida olib borayotgan navbatdagi darsimiz. Bugun Alloh Subhanahu va Taoloning asmoli husnosidan Addayan ismi haqida suhbat qilamiz. Addayan ismining Sunnati Nabaviyada zikr qilinishi. Abdullohi Mulla Anis roziyallohu anhudan u kishi aytadi: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deyotganlarini eshitdim. Yuxsharun nas u yomal qiyamati avqola ala ibadu o'rotan g'urlan buhman. Qiyomat kunida insonlar tiriladilar, yalang'och, xatna qilinmagan va buhman bo'lgan holda. Biz so'radik, yo Rasululloh, buhman nima? Qola laysa mahum shay. Yonida hech narsa bo'lmaydi ularda. Simmayunadiye himbi saudin yasimaxun bin qurbin an al malik, an addayyan. Rostlar aytadilar, ularning yonlarida hech narsa bo'lmaydi. So'ngra ular eshitadigan qilib, nido qiladi. Men podashohman, men addayyanman. Addayyan degan so'zni ma'nosi jazolovchi. Bizni o'zbek tilimizda jazo degani faqatgina bir odamni yomonlik bilan jazolashlik, urush, kaltaklash yoki bir jarima solishlik tushuniladi.

Lekin arab tilida al jaza degan so'z yaxshilik bilan mukofotlashlikka ham ishlatilinaveradi, yomonlik bilan jalolashlikka ham ishlatilinaveradi. Demak, bu kalima dana yadinu fe'lini olingan. Jazoladi, jazolaydi, mukofotladi, mukofotlaydi. Maliki yavmiddin. Mana shu din, ya'ni jazo kunining Parvardigor.

Biz har kuni o'ttiz martadan ko'proq o'qiydigan sura, Fotiha surasi. Astaydu billah, alhamdulillah hilob bilan alamin, ar rahmanir rohiym, maliki yavmiddin. Mana shu uchinchi oyatga e'tibor beraylik. Hamdu sano, butun olamlar xojasi, mehribon va rahmli jazo kunining egasi podshohi bo'lmish Alloh uchundir. Ya'ni yavmuddin jazo kuni. Ana shu qiyomat kuni. Bu shunday kunki, unda yaxshilar uchun mukofot bor, yomonlar uchun jazo iqob bor. Biz mana shu oxirat kuniga bo'lgan iymonimiz siz bilan bizni birovlarni haqqini yeyishlikdan, birovlarga zulm qilishdan to'silishligimizga sabab bo'ladi.

Oxiratga bo'lgan iymon, unga iymon keltirishi yo'li. Oldimizda uchta doira bor. His qilinadigan narsalar doirasi, aql yuritiladigan narsalardoirasi va xabarlari berilgan narsalar doiras. His qilinaydigan narsalar doirasi, bu narsalarga ishonchlilikni asbobi his qilish a'zolarimiz. Beshta his qilish organimiz. Aql yuritiladigan narsalarning asbobi, o'z o'zidan ma'lum bo'lib turibdi, bu aql. Xabarlar berilgan narsalarning ishonchlilikni asbobi bu ishonchli xabarlar. Agar mana shu har bir ishni o'zini masalani o'zini o'rniga qo'ya olsak, u haqida bahs qilishimiz, uni tushunishligimiz oson bo'ladi. Birinchi doira, his qilinadigan narsalar doirasi.

Ularni shundaylari borki, o'zi ham bor, asari ham bor. Ikkinchisi bor, yo o'zi bo'ladi shu narsani, yo izi asari bo'ladi. Uchinchisi, asari zohir bo'ladigan narsalar. Mana endi his qiladigan narsalarimiz. Yorug'lik bor, uni ko'z ko'radi. Ovoz bor, uni qulog'i eshitadi. Hid bor, uni burun his qiladi. Issiq, sovuq, qattiq, yumshoq degan narsa bor, uni jasadimiz his qiladi. Endi ta'm bor, uni mana shu og'zimiz biladi. Bu, bu o'zi ham asari ham zohir bo'lgan narsalar. Bularda beshta his qilish a'zoyimiz ishlaydi. Bu maydonda biz hayvonlar bilan sherikmiz. Chunki ularda ham mana shu beshta his qilishi a'zosi bor. Aql ishlamaydi bu yerda, faqat mana shu his qilamiz. Shuning uchun katta chuqurni ko'rganda odam ham to'xtaydi, hayvon ham to'xtayadi. Chunki ko'zi bilan ko'rib turibdi. Olov yonib turganligini ko'rib turib, odam ham qochadi undan, hayvon ham qochadi. Bu o'rinda mana shu birinchi doirada inson ham, hayvon ham mushtarak. Endi ikkinchi doiramiz, aql yuritiladigan narsalarni doirasi.

Endi bu doirada biz mana shu hayvonlardan ajralib turamiz. Chunki bu doira o'zi bo'lmasa ham, lekin belgisi, asari bo'lib turgan narsalar doirasi. Tartibli bo'lgan ishni ko'rib turib, shu ishni qilgan odamni tartibli ekanligini bilamiz. Mana shu ishni chiroyli suratda bajargan usta yo'q, lekin qilgan ishiga qarab turib, egasiga baho bera olamiz.

Ishdagi puxtalikni ko'rib, ustani puxtaligini bilamiz. Xuddi shunga o'xshagandek, maxluqotlarni ajib suratda yaratilganligini ko'rib turib, bu koinotni, insonni aqlini lol qoladigan darajada chiroyli qilib ibrat qilib qo'yilganini ko'rib, uni yaratuvchisi bo'lgan robbimizni taniymiz. Ikkinchi doira birodarlar, o'zi ko'rinmaydigan, ammo asari, alomatlari bor bo'lgan narsalar haqida.

Alloh taolo aytadi la tudrikuhul abusoru vahua yudrikul abusor. Ko'zlar uni idrok qilolmaydi. Ko'zlar uni ko'rmaydi, lekin Alloh ko'zlarini idrok qiladi, ko'radi. Koinot turibdimi? Demak, buni yaratuvchisi bor. O'sha oddiy bir omi, oddiy dehqonni iymoni qarang. Yerda ezilgan iz turibdimi tuproq, demak, uni ezgan sigir yoki ot bor. Yerda tezlik turibdimi? Demak uni tashlagan sigir yoki ot bor. Ana. Ot yoki sigir yo'q hozir, ammo asaridan uni borligi bilib olinyapti.

Birodarlar, topish bilan idrok qilishlikni farqi bor o'rtasida. Topish bilan idroki qilishlikni tarqi bor. Masalan, insonni ruhi, insonni aqli uni borligini topdi. Demak ruh bor. Lekin nima ekanligini idrok qila olmaydi. Ruh qanaqa?

Ruh bormi o'zi, bilasizlarmi? Bor. Qanaqa u? Qarang, aqlimiz borligini biladi, ammo qanday ekanligini idroki qila olmaydi. Xuddi shunga o'xshagandek, lillahi ilmas alul a'la koinotni ko'rib turib, uni yaratuvchisi borligini topdik. O'z o'zidan bo'lib qolishi mumkin emas bu narsalar. Endi shu zotni aqlimiz topdi borligini, endi qanday ekanligini idrok qila olmasligi mumkin ekanmi?

Ruhni nimaligini idrok qila olmaganingizdan keyin, qanday qilib uni yaratuvchisi bo'lgan Allohni qanaqaligini idrok qilolasiz? Buni yana soddaroq misoli, dengiz o'n ellik oltmish km narig'ida bo'lsa, mingan mashinangiz sizni dengizni oldiga olib boradi. Ammo u mashina bilan dengizga endi kira olmaysiz. Yana ham sodda bo'ldimi? Demak, aqllarimiz Alloh azza va jallani borligini bilishga bizni olib boradi. Agar fikr qilsak, ta'min qilsak. Inson aqlini ishlatib, iymonga kelishi mumkin. Chunki koinot haqida fikr qildi, Allohda topdi. Inson aqlini ishlatib Qur'on Allohning kalomi ekanligini topishligi mumkin. Chunki undagi aytilgan mo'jizalar, kelajakda bo'ladigan ishlar haqida xabar bor, o'tmish haqida xabari bor. Ximiyaga, fizika, biologiyaga taalluqli bo'lgan shunday bir oyatlar borki, bir yarim ming yil o'tgandan keyin insoniyat buni kashf qildi. Inson aqlini ishlab turib, Muhammad Mustofo sollallohu alayhi vasallam Allohning rasuli ekanligini topishligi mumkin. Chunki o'ylab ko'ring, aqlingizni ishlatib ko'ring. Bir ming to'rt yuz yil avval sahroda yashagan, savodsiz bo'lgan, o'qishni yozishni bilmaydigan bir odamni hatto yigirma birinchi asrda odamlarini ham aqlini lol qoldiradigan darajada bo'lgan bir kitobni olib kelishligi o'z o'zidan bo'lishi mumkinmi?

Demak, aqlimizni ishlatsak, Allohni borligini ham, Qur'on Allohni kalomi ekanligini ham, Muhammad alayhissalom Allohning rasuli ekanligini topishligimiz mumkin bo'ladi. Va mana shu joyda aqlni ishi to'xtaydi. Endi uni yog'idagi ishlar g'ayb ishlari. Agar aqlimizni g'aybiy ishlarga ishlatadigan bo'lsak, albatta adashamiz.

Demak, birinchi doirada his qilinadigan narsalar doirasi bo'ldi. Uni beshta his qilish a'zosi bilan bilamiz. Ikkinchi doira, aql yuritiladigan narsalar haqidagi doira, bularda aqlni ishlatib turib, ularni tushunamiz. Endi uchinchi doira, birodarlar, bu xabarlari berilgan, g'ayb ishlari. Aqlingiz olmaydigan joyini aytaymi? Qabrga olib kirib qo'ygansiz, men aytdim, ko'mildi. Sodiq xabarlarda aytilindi, munkanniker kiradi. Qayerga kiradi u jinday joy bo'lsa? Aql olmayaptimi? Olmayapti. O'tkazib qo'yadi deyapti. Voy qanaqa qilib o'tkazib quradi uni? U bir metr emasda o'tiradigan joy. Keyin savol beradi, gurjusi bilan bir uradi. Aqlga sig'adimi?

Aqlga sig'maydi. Aqlni ishi to'xtadi tepada. Dengizni oldiga keldi aql, bo'ldi u yog'iga kira olmaydi. Endi qarab turing misolda. Aqlni cheklangan ekanligini biz tan olishimiz kerak. Aqlimizni cheki chegarasi bor. Masalan, tarozi. Tarozini misolda tushuntiramiz.

Yuzlagan tonnalik yukni tortadigan tarozi ham tarozi. Bir milligramda tortadigan taroze ham tarozi. Agar mana shu bir milligramdan besh yuz grammgacha bo'lgan yukni tortadigan taroziga, o'sha besh yuz gramm gacha bo'lgan yupni qo'ysangiz, tarozi o'zini ishini chiroyli uddalaydi. Ma'qulmisizlar? Endi shu besh yuz grammdagacha torta oladigan taroziga besh yuz kilo yupni qo'yib qo'ysangz nima bo'ladi?

Buzilishi aniq, endi maydalani pachaqlanib ketishi ham ehtimoldan xoli emas. Xuddi shunga o'xshagandek, siz bilan bizni aqlimizni cheki chegarasi bor. Mana shu dunyo ishlari haqida fikr qilarkanmiz, u o'zini ishini chiroyli bajaradi. Ammo endi g'ayb ishlariga bu aqlimizni ishlatadigan bo'lsak, albatta adashamiz. Ma'qulmi?

Shuning uchun aqllarimiz nima ekan? Cheklanganligiga iymon keltirishimiz kerak bo'ladi. Aqlni doirasidan tashqarida bo'lgan ishlarni idrok qilishlikka agar aql ishlatilinadigan bo'lsa, aqlim bilan topaman bu narsani baribir deydigan bo'lsa inson, albatta adashadi. Mana endi uchinchi doiraga keldik. Uchinchi doira nima haqida edi? Xabarlari berilgan narsalar doirasi, g'ayb ishlari.

Siz bilan bizni aqlimiz g'ayb ishlarni idrok qilishligidan ojiz. Mana hozir aytdik ku, qabrdagi narsani aytsa, insonni ahli qabul qilmaydi. Jannat do'zax haqida gapirsa, insonni aqliga sig'maydi. Endi o'ylab ko'ring. Sizga beriladigan xo'rayinni ovozi musiqa bo'lsa. Kulasizlar a?

Jannatinglarni bir qush uchib ketayotganda shuni yeyishni ishtaha qilsa, subhanaka allohumma deyishigina bor. O'sha qush bir tomoni qovurilgan, bir tomoni qaynatilgan holda pishirib kelingan. Yeb bo'lganingizdan keyin yana pir etib uchib ketadi. Aqlingizni oladimi? Har bitta odamga xuroyndan mancha mancha beriladi. Yana har bitta xuroynda yuz tadan cho'risi bo'ladi. Ularda hammasini shu sohibini haqqi bo'ladi desa, sahobalar yo rasululloh kuchimiz yetamikin deyishgan ekan. Ha har bitta erkakda u kunda yuzta erkakni quvvati bo'ladi dedilar rasululloh. Aqlingiz oladimi u bularda? Aqlimiz olmaydi. Lekin u xabar olib kelayotgan zot, muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam, alloh tomonidan olib kelgan xabarlarni sodir deb qabul qilar ekanmiz, demak iymon keltirishimiz oson bo'ladi.

Uchta doira, his qilinadigan narsalar doirasi, ularga ishonishning asbobi beshta his qilish a'zosi. Aql yuritiladigan narsalardoirasi, buni idrok qilishlikni asbobi aql. Endi xabarlari berilgan narsalar doirasi, g'ayb ishlari, ularga ishonishning asbobi ishonchli xabarlar.

Demak, dinimizni anglashligimiz uchun har bitta narsani o'zini o'rniga qo'yishligimiz kerak bo'ladi. Shunda uni tushunishimiz oson bo'ladi, muomala qilishimiz yangi bo'ladi. Demak, qiyomat kuniga iymon keltirishlik nechinchi doir ekan? Uchinchi doir ekin. Shuning uchun birodarlar, iymoniyatdan uzoq bo'lgan inson bilan mana shu Qur'on, hadis xabarlarini aytib bahslashaman demang. Chunki u birinchi va ikkinchi doiradagina bahs qila oladi, ish yurita oladi. Chunki uchinchisi iymon keltirmaydi u. Kim ko'rib kelibdi jannatingni deydi.

A? U ko'zi ko'rgan narsaga, qo'li ushlagan narsagagina ishonadi. Ammo mo'min odam mo'min odam mana shu g'ayb xabarlariga iymon keltiradi. G'ayb haqida kelgan xabarlar, Jannat, Do'zax, Qiyomat kuni, Siroat, Tarozi, unda beriladigan mukofot yoki jazo, bular uchinchi doiraga kirdi. Yig'ib olaylik endi shuncha gapirganimizni. Uchta doira. Birinchisi, his qilinadigan narsalar doirasi. Asbobi his qilish a'zolari. Ikkinchisi, aql yuritiladigan narsalar doirasi. Uni asbobi aql. Uchinchisi, xabarlari kelgan narsalar doiras. Alloh azza va jalloh Qur'onda juda ko'p o'rinda Allohga bo'lgan iymonni ortidan oxirat kuniga bo'lgan iymo'nni zikr qiladi. Astaydubillah, yu'minuni billahi val yavmil axir. Yu'minuni millahi val yavmil oxir. Ya'ni ular Allohga iymon keltiradi va oxiratga iymon kelttiradi. Endi diqqat qilib turinglar. Mo'minman deydi, itoat qilmaydi. Iymon keltiraman deydi, bandalarga aziyat beradi. Bu qanaqa odam?

Iymon hukmlaridan mana shu ikkitasi Qur'onda juda ko'p o'rinda bir biriga bog'lanib keldi. Mana hozir savol berdimi? Iymonim bor deydi, itoatta emas. Iymonim bor deyd mahluqotlarga aziyat beradi. Bu qanaqa odam? Qoida. Allohga bo'lgan iymon bandani itoat qilishga undaydi. Oxiratga bo'lgan imon esa bandani mahluqotlarga ayb yetkazmaslikka undaydi.

Bandalarga ayb yetkazyapsizmi, demak qiyomatga ishonasiz, chunki jazo bor da. Endi Allohga itoatdamisiz, demak Allohga bo'lgan iymoningiz to'g'ri. Yana qaytarib o'qib beraman. Allohga bo'lgan iymon bandani itoat qilishga unday edi. Oxirat kuniga bo'lgan imon esa, bandani maxluqotlarga aziyat yetkazmaslikka unday edi. O'zimizdan so'raylik, itoatdamizmi? Alloh bizga farz qilgan ishlarni bajaryapmizmi? Harom ishdan tiyilyapmizmi? Demak, Allohga bo'lgan iymonimiz to'g'ri. Maxluqotlariga aziyat yetkizmayapmizmi? Demak oxiratga bo'lgan iymonimiz to'g'ri.

Savolimizga qaytamiz. Iymonim bor deb turib itoat qilmay ekan bo'lsa, iymonim bor deb topib odamlarga, maxluqotlarga aziyat yetkazayotgan bo'lsa, bu odamni iymoni komil iymon emas. Chunki iblis nima degan edi? Astaydu billa, fabia izzat ekan. Seni azizliging, ulug'ligingga qasam degan edi. Demak, iblis Alloh Taoloni aziz ekanligiga, Rob ekanligiga, yaratuvchi ekanligiga iymon keltirdi. Ammo itoat qilmadi. Shuning uchun uning iymonini foydasi bo'lmadi unga. Ma'qulmi? Iymoni foyda qilmadi. Chunki agar to'g'ri iymon bo'lsa, u itoat qilishlik kerak edi.

Oxiratga bo'lgan iymon nechinchi doirada dedik? Uchinchi doirada. Ikkinchi doiraga ham kirishi mumkinmi? Aql bilan topiladigan narsalar doirasiga kirishi mumkinmi oxiratga bo'lgan iymon? Ikkinchi doiragaga ham kirishi mumkinmi? Ayrim ulamolar ha, ikkinchi doirada ham kiradi deydi. Chunki bu borliqni yaratgan zot komil, odil, mehribon bo'lgan zot. Odamlarda ayrimlarini quvvatli, ayrimlarini zaif qilib yaratdi. Ba'zilarini boy qildi, ba'zilarini kambag'al qildi. Bu boy kambag'al kuchli zaif bo'lish insonni ixtiyoridan tashqariga tegish ma'qulmi? Endi quvvatli kishi zaifni haqqini yeb, zulm o'tkazib qo'yib ketib, tugab shu bilan ish bitib ketsa, aqlga sig'adimi shu?

Yo bir mansabdor, quvvati bor odam zaif bechora kambag'alni haqqini yemay, zulm qilib, shu bilan ishi bitib ketaversa, aql qabul qiladimi shuni? Shu yerda aql, buni davomi bo'lishi kerak. Bu tomoshani ikkinchi seriyasi ham bo'lishi keraksiz, degan narsani taqozo qiladimi? Demak, kambag'alni holatidan boydan foydalanib ketaverishi, zolim quvvatli kishi zaifga zulm qilib, jazosini ololmasdan ketaverishligini aql qabul qilmaydi. Aql bu ishlarni albatta hisobi bo'lishi kerek deydi.

Demak oxiratga bo'lgan iymon biz aytayotgan uchta dorani ikkinchisiga ham kelar ekan. Senga ham Alloh bor deb qo'yasiz ku. Shuning uchun Alloh Taolo Qur'onda astadibillah va im ming kum illa va riduha deb marhamat qildi. Maryam so'rasa da, sizlardan har biringiz undan jahannamdan o'tguvchidirsiz. Vurut kalimasi o'tish, u do'zaxga kirish degani emas. Mufassirlar shunday deyishadi. Chunki do'zaxga kelish jazo uchun bo'ladi. Hammanglar do'zaxdan o'tasizlar degani, do'zaxni ustidan o'tasizlar, degani. Ko'rasizlar degani.

Agar kirganida hamma jazolanishlikka to'g'ri kelib qolar edi. Demak, ulamolar vurut kalimasini do'zaxni ko'rsatish deb ta'sir qilishgan. Insonga do'zaxni ko'rsatish Alloh Taoloning adolatini yuzaga chiqarishlik uchun bo'ladi. Alloh azza va jallaning go'zal ismlaridan al a'del. Adolat, odillik. Mana shu ismi to'laligicha, komil sur'atda qiyomat kunida yuzaga chiqadi. Ha, dunyoda ham Alloh Taoloning advokati ko'zga ko'rinadi.

Lekin qisman. Komil adolat qiyomat kunida bo'ladi. Alloh Taolo shu dunyoda ayrim muhsino bandalarni yaxshi ishiga mukofot beradi adolat bilan. Boshqalarni shijoatlantirishlik uchun. Ayrim fosiq, fojir kishilarni qilgan ishiga yarasha jazoni beradi. Qisman. Zolimlarni yoki gunohkor fojilarni mana shu ishdan to'xtatishlik uchun, ammo Alloh Taoloning odil sifati faqat Qiyomat kunida to'laligicha yuzaga chiqadi.

Astaydubiylar. Vo innama tuvafovna uju rakum yomal qiyama. Va Qiyomat kunida hech shak shubhasiz ajr savoblaringizni komil suratda olaversiz. Ya'ni ba'zida birov yomon ish qiladi, xalqqa xaloyiqqa zulm qiladi, hech narsa bo'lmayotganga o'xshaydi. Shunda boyagi aql taqozo qiladi da, nimaga olmayapti jazosini? Demak, Qiyomatga qolibdi. Yoki bir odam muhsing bo'ladi, yaxshi inson bo'ladi, yaxshilik qiladi, hech kim bilmaydi yaxshiligini, hech kim taqdirlamaydi. Endi Qiyomat qoyim bo'lganda, ikkalasini ham hisobi nima bo'ladi? Komil bo'ladi. Biz Alloh Taoloning Addayan jazolovchi yoki mukofotlovchi ismi haqida bahs qilyapmiz. Mana endi qiyomat kuniga keldik.

Alloh Taolo aytadi, astadi billa. Afaxasi butun anna maholoqnakum abathan va annakum ilaynala turjavun. Yoki sizlarning gumoningizcha, biz sizlarni behuda yaratdik u, sizlar bizning huzurimizga qaytarilmaysizlarmi? Nima? Shunday kelib, shunday ketaveraman deb o'yladinglarmi? Alloh Taolo odil bo'lgan zot. Alloh Taolo Addayan jazolovchi, mukofotlovchi bo'lgan zod. Bu dunyo sinov dunyosi. Sinov hovlisi. Nima qilsak, shunga yarasha nima qilamiz? Mukofot yoki jazo olamiz. Endi har bitta ishi komil bo'lganzod insonni bekordan bekorga yaratib qo'ygan bo'lishligi bu aqlga sig'maydi.

Alloh Taolo Qur'onda marhamat qiladi. Astaydubillah. Qulinglar humma malikal mulkiy tuutil mulkamantasha, u vatan ziyul mulkamimman tasha, va toizzumantasha, u vatu zil lumantasha, u biyadekal xoyir. Bir insonga mulk saltanat davlatni berilishligi, albatta u uchun yaxshi. Endi undan tortib olib qo'yilishligi ham yaxshi.

Ayting, ey mulki davlat egasi bo'lgan Allohim, sen istagan kishingga mulk ato qilaversan va istagan kishingdan bu mulkni tortib olaversan. Istagan kishingni aziz qilaversan va istogan kishingni xor qilaversan, bor yaxshilik yolg'iz sening qo'lingdadir. Mulki saltanat bir odamga berildi. Albatta bu yaxshilik. Endi ba'zida olib qo'yganligi ham yaxshilik oladi. Bir sulton, bir podshohki, xalqqa zulm qilishlikni o'ziga kasb qilib oldi. Xalqqa jabr zulm qiladi. Shunda undan mulkni olib qo'yishlik yaxshilik bo'ladi. Kimga?

Avvalambor o'ziga. Keyin xalq xaloyiqqa. Demak, berilishlikni ham yaxshiligi bo'ldi, olib qo'yg'ichlikni ham yaxshiligi bo'ldi. Shuning uchun aytilinadiki, Allohni zarar beruvchi deyish joiz emas. Balki Alloh, dor, nafiya. Yaxshilik beruvchi ham, yomonlik beruvchi ham, foyda keltiruvchi ham, zarar keltiruvchi hammalloh deyishlik kerak. Shu ikkala ismni birla aytish kerak. Dor zarar beruvchi, nafiya foyda beruvchi. Demak Alloh Taolo zarar beradi, foydalantirishlik uchun. Alloh Muizz va Muzil. Muzil va Muizz. Alloh xor qiladi, keyin aziz qilishlik uchun. Tushunarli bo'ldimi? Demak Alloh Taolo ning qo'lida hamma yaxshilik. Nima ish qilsa, mo'min banda uchun yaxshilik. Mulk berdi, Alhamdulillah yaxshilik, qo'lidan mulkni olib qo'ydi. Demak bu ham yaxshilik. Chunki aytdik ku, ey bandam, berganim aziz qilganim, men qilganim xor qilganim emas.

Berganim sinov, men qilganam shifo. Shu yerda boyagi zolim podshohni qo'lidan mulk olib qo'yiladigan bo'lsa, unga shifo bo'ldi, unga yaxshilik bo'ldi. Addayyan, jazolovchi, mukofotlovchi. Bu mubolag'a sig'asidagi kalima. Sig'ay mubolag'i nima? Alloh taoloni bir ismida sig'ay mubolarg'a bo'ladigan bo'lsa. Bu ikkita narsani bildiradi. Sanoqdagi mubolag'a va navdagi mubolog'a. Ya'ni adayyan jazolovchi, mukofotlovchi har qancha ko'p bo'lsa ham, har qancha katta bo'lsa ham hisob kitob qiladi.

Har qancha gunoh ko'p bo'lamasin, ulkan bo'lamasin. Qilingan amal qanday bo'lishidan qat'iy nazar, albatta Alloh taolo hisob kitob qildi. Shuning uchun, fama ya'mal mifqolar zarroting, xoin on yarog'. Oyatni qiling go'zalligini. Kim zarra vaznicha, misqoli zarra yaxshilik qilsa ham uni ko'radi. Kim misqoli zarra yomonlik qilsa, uni ham ko'radi. Zarra nima o'zi? Mana bu havodagi changni ko'ringlar. Bunday quyosh nuri tushib turganda qarasangiz mayli, shuni tortadigan tarozi bormi odam qo'lida?

Yo'g'a? O'shaning uchun siyg'ayi mubolag'a deyapmiz. Alloh taolo mana shu changni og'irligichalik yaxshilik qilsa ham hisob kitob qiladi. Mana shu zarrani vaznichalik yomonlik qilsa ham, yaxshilik qilsa ham Alloh taolo albatta uni hisoblaydi. Xotirjam bo'laylik. Astadbillah, favarobbi kalanas alannahum ajma'ina amma ka'nu ya'malun. Parvardigoringiz nomiga qasamki, albatta ularning barchasidan qilib o'tgan ish amallari haqida so'rarmiz. Hasan ichib aytyapti, har bitta odamni qilgan ish haqida. Alloh Taolo mana Payg'ambarimizni hadisida keltirdi, aytdi, analmalik, anaddayyan. Men podshohman. Men dayyonman. Ya'ni jazolovchi, mukofotlovchi. Payg'ambarimni sollallohu alayhi vasallam aytadilar, valberru la yubila. Yaxshilik eskirmaydi. Va zambula yunsa. Gunoh eskirmaydi. Va dayyan ula yamut. Dayyon zot, hargiz o'lmaydi. Eg'mal kamashita. Xohlaganingdaqa amal qil. Kama tading, tudan. Nima qilsang, shuni ko'rasan. Nima qilasan, shuni ko'rasan.

Aqlli odam faqatgina mana shu kunini g'ami bilan yashamaydi. Oqil kishi ertangi kunni, qiyomat kunning g'ami bilan yashaydi. Kim faqat shu kunni g'ami bilan, shu kunni tirikchiligi bilan, rizqi bilangina matband bo'lib qolgan bo'lsa, oqil bo'lmaydi. Oqil odam ertaga yoki indinga keladigan qiyomat kunini hisobi bilan, g'ami bilan ishlaydi. Chunki Alloh Taolo aytyapti, Parvardigoringiz nomiga qasamki, ularning barchasidan qilib o'tgan ishlari haqida savol so'raladi.

Mana bir voqea hodisa sodir bo'lsa, uyda, jo'ralarni ichida, mahalla ko'yda, umuman jamiyatda, biz o'sha narsaga hammamiz o'zimizni fikrimizni bildirishni boshlaymiz bir chekkadan. Noto'g'ri qildimu u? O'zi manaqa qilish kerak edi. Bu o'zini ilmi dunyoqarashidan kelib chiqib hokim chiqaryapti. Bu o'zi o'sha qozi. Bu yoq unaqa emas, manaqa bo'lishi kerak edi. Bu ham o'zchasiga qozi. Musulmon odam nima deyish kerak edi? Shariatda nima deyilgan shu yerda?

Mana shu ish haqida, shariatda nimadeyilgan deyish kerakmidi? Yo o'zi hakam o'zi qozi bo'lishi kerakkmidi? Robbizga qasam, yo'q, bular haligisi iymoni komil bo'lmaydi, toki o'rtalarda chiqqan ishni hal qilishda sizni hakam qilmasa, ya'ni shariatni hakam qilma sa. Shuni aytyap olaylik.

O'shaning uchun oilalar buzila o'lyapti da. O'shaning ustida muammolar tugamayapti da, o'rtog'imizda bo'layotgan bir muammolardagi muammolar. Chunki hamma o'zini nuqtayi nazari bor, chiroyli qilib aytganda. O'zini pozitsiyasi bor, o'zini nimasi bor? P ketadi. Prinsipi bor. Fikr emas u, fikr bo'ladi u. Prinsipi bor. Meni prinsipimga to'g'ri kelmadi buni qilgan ishi. Seni prinsipini devoga uramiz. Mo'min odam aytadi, seni prinsiping chekkada turadi, shariatni gapi turganda. Shariatni hukmi turganda ham prinsipda turgan bo'lsangiz, musulmon odamni prinsipi islom bo'ladi.

Endi, mana qozilikka keldik a? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar, imom ahmaddan bu hadis. Osh onamiz roziyalloh rivoyat qiladilar. Rasululloh aytdilar deydi: osh onamiz layati yanna alal qodil adl, yavmal qiyamati sa'a, yatamanna anna ho'llam yaqidiy bayna sinayni fi tamratin qot. Rasululloh aytyaptilar, qiyomat kunida bir adolatli qozini ustida shunday bir soat keladiki, unda u ikki kishi o'rtasida bitta xurmo donasini ishida ham hech ham qozilik qilmagan bo'lishini orzu qiladi. U qaysi qozi? Qanaqa qozi? Odil qozi. Adolat bilan hokim yuritgan. Adolat bilon hokim yurutgan qozi qiyomatda e bekor qozi bo'lgin ekanman deb yuboradi. Nimani ishida? Birdan uni xurmoni ishida. Shuning uchun odamlarni ishini hal qilayotgan, o'rtasini ajrim qilib berayotgan, qozilikni ishini qilayotgan odamlar allohdan taqvo qilsinki, xurmoni ustida qozilik qilganiga pushaymon yeydigan kun keladi. Shuning uchun umarimni qattiq paytlarida roziyallohu anhhu.

Vallohi, agar iroqda u zot o'zi madinada turadi. Iroqda bir tuya yo'lni tekkisimasligidan qoqilib kessa, qo'rqaman. E, Umar, nimaga yo'lni tekislab qo'ymagan eding, deb Alloh mendan so'rashdi. O'zini mas'uliyati deb bilyapti. Chunki addayam bo'lganroq bizdan qo'rqyapti Umariddin Xattob.

Imtihondan eng yaxshi baholarni olib chiqqan tolibdan so'rashdi e, qanday erishding bunga? Hamma bahosi besh. Bu javob berdi. Yil bo'yi imtihon g'ami meni boshimni tark qilmadi deydi. Yil bo'yi imtihon g'omi kallamda turdi. Shuning uchun chiroyli natijaga erishdi. Biz birodarlar addayyan bo'lgan robbimizni oldida bir kun turishimiz bor. Shuning uchuncha biz berishdan yoki olishdan avval, aloqasini uzish yoki bog'lashdan avval, jazo qilish yoki avf qilishdan avval, biron narsani qilish qilmasdan avval shu ishim uchun Allohni oldida javobim tayyormi degan savolni berishimiz kerak. Alloh nima deydi shu ishim uchun? Chunki qiyomat kunida Alloh Taolo to'xtatib, bittama bitta so'raydi bizdan. Nima uchun bunday qilding? Nimaga ayolingni urding? Nimaga ayolinga taloq berding? Nimaga farzandingni tarbiyasini tashlab qo'yding beparvo? Nimaga tijoratda mana bunday ish qilding? Nima uchun umringni telefon bilan o'tkazding? Nima uchun sotsialniy setda o'tirding? Nima uchun televizorda o'tirding? Nima uchun qo'lingdan telefoning tushmadi? So'ranglar akalar.

La ta'zula qodama abdin. Payg'ambarimiz aytadilar, bandani qadami qiyomat kunida jilmaydi o'rnidan to umrini nimaga sarflagani so'ramagunicha. Pulini so'ramagunicho, sog'ligini, yoshligini so'ramaguningcha. Har bitta narsamizga javob bor, birodar. A dayyan, siyg'ayi mubolag'a qancha kichkina bo'lmasin, Allohni hisoblaydi. Qancha katta bo'lmasin, albatta hisoblaydi va mana shu ishimizga jazo mukofot beradi. Robbimiz addayyan bo'lgan zot.

Birodarlar, bu foniy dunyoda turarkanmiz, shu dunyoni o'zi bilan mashg'ul bo'lib qolmaylik. Abadiy hayotga, abadiy dunyoga tayyorgarlik ko'raylik. Chunki bu kunlarimizni har bittasiga albatta al malikidayyan bo'lgan zorotni oldida hisobga tutilamiz. Alhamdulillah, robbilen a'lamin. Ar rahman ir rohim maliki yavmiddin. Hamdu sano butun olamlar xojasi, mehribon va rahmli, jazo kunining egasi podshohi bo'lmish Alloh uchundir. Bir kunda besh mahal o'qiymiz namozimizda, Maliki Yavmiddini tushunib olaylik. Xulosa.

Jahannam ahlining mushkilasi, muammosi nimada edi? Do'zaxga tushib qolishiga sabab nima edi? Ilmsizligida. O'zi birodarlar, hamma muammoyimiz ilmsizlikdan. Xoh tabobatda bo'lsin, xoh handasada bo'lsin, xoh iqtisodda bo'lsin. Xoh bola tarbiyasida bo'lsin, khotin tarbiya qilishda bo'lsin , xoh ota ona bilan qilayotgan muomalada bo'lsin. Nimaki xatoga qoqilayotgan bo'lsak, nimaki bir nuqsonga yo'l qo'yayotgan bo'lsa, illati bitta. Nima ekan u? Ilmsizlik. Dalil. Astag'firulloh. Va qolular kunna nasma u avna aqilu ma kunna fi ashabi sa'ir.

Ular, kofirlar yana, agar bizlar Payg'ambar so'zini tinglab, aql yurgizguvchi bo'lganimizda, endi shu Payg'ambarni gapini eshitib, shuni ilmini o'rganib, aqlimizni yuzganimizda do'zax egalari qatorida bo'lmas edik. Shuning uchun ota onamiz bilan qilayotgan muomalada mushkula chiqayotgan bo'lsa, bilingki, o'sha muomaladagi ilmdan bexabarsiz. Imoratingiz yiqilib tushdi yoki devor yorilib ketdi. Bilingki, shu imorat ilmida siz xatoga yo'l qo'ygansiz. Musulmonlar bir birimiz bilan bo'linib, firqa firqa olib, uzoqlashib ketyapmiz, bitta mahallada, bitta ko'chada katta bo'lib turib. Bilingki, mana shu din deb o'rganayotgan narsamiz o'zi aslida ayrim jamoatlarni fikri emasmi ekan? Demak, dinni o'rganishlikda, ilmda xato qilyapmiz, shuning uchun dinni nomi bilan bo'linilib ketyapti ayrim odamlar. Sport birlashtiryapti.

Hm? Somovar birlashtiryapti. Choyxona. Hobbilar birlashtiryapti, hamma narsa birlashtiryaptida, ammo dinni mahkam ushladi degan ayrim odamlar bo'lini o'lyapti. O'zi bo'linishlik dinni tabiatiga mutlaqo to'g'ri kelmas edi yu. Demak shu bo'layotganlar dinni ushlagan emas. Ayrim jamoatlarda, ayrim guruhlarda, ayrim toifalarni zakazini bajarayotgan odamlar. Akalar, din bo'lmaydi, din nima qiladi?

Ha dindor emasdan, namoz o'qimasdan qing'ir qishga yurardi qarindosh urug'lar bilan ham bir edi. Ko'chada ulfatlari bilan ham bir eda. Din dushayon ekan bo'lib qoldi da. Din birlashtiradi akalar, din bo'lmaydi. Agar siz o'rganayotgan narsa bo'layotgan bo'lsa, siz boshqalardan, bilingki bu din emas bu. Xulosa. Agar, birodarlar, dunyoni istasak, ilmni lozim tutaylik. Oxiratni istasak, ilmni lozim tutaylik. Agar ikkalasini teng xohlasak, ilmni lazim tutaylik'. Agar biz ilmga ozgina qismimizni bersak, ilm bizga hech narsasini bermaydi. Agar borlig'imizni ilmga bersak, ilmimizga o'zini ozginasini beradi.

Kishi tolibi ilmman deb yurar ekan, u to'g'ri yo'lda bo'ladi. Ammo men ilmli bo'ldim dedimi, to'xtadi. Johillar qatorida bo'ladi. Tolibi ilm. Dunyosidan oxiratini ustun qo'yadi. Tolibi ilm, dunyodan oxiratni ustun qo'yardida, natijada ikkalasida ham yutadi. Endi, johil kishi esa, ilmdan uzoq bo'lgan odam, dunyosini oxiratidan ustun qo'ya, natijada ikalasida ham mag'lubiyatga uchraydi. Alloh azza va jalla al malika dayyan bo'lgan robbimiz subhanah va taoloning oldida turishlikdan qo'rqib, shu kunga tayyorgarlik ko'radigan solih bandalardan qilishligini so'raymiz.

Aqlu qovli, ha davos top.

Проверка знаний

5 вопросов. За каждый верный ответ — 10 баллов.

Пройдите тест, чтобы перейти к следующей лекции

Продолжить без теста