MMaviza
Al-MuhsinПроверено28 daq

27-Dars AL-MUHSIN / Asma-ul-Husna

Abdulloh Domla · Asmoul husno

Перевод на этот язык пока недоступен. Ниже показан оригинальный (узбекский) текст.
0:00
27:35
История изменений

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil al amin. Vassolatu vassalomu ala saidina muhammad as sodiqil va adil amin. Allohum ala ilmalana illa ma'allam tana innaka antala alimul hakim. Allohum ma'allimna ma ya'nfauna g'onfa'nabi ma'allam tani vazidna ilma.

Allohumma arin al haqqi, haqqon orzuqnatiba, va arin al ba'tila, ba'tila va orzuqnat jutinaba. O'ja alina min mayyasida, miyaunul qovla fayadda biyuna husana, vodixin nabi rahmatika fiya ibodika solihin. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Alloh aziz va jalloning asmaul xusnosidagi navbatdagi darsimiz. Bugun o'tgan juma boshlaganimiz, alloh taoloning al muhsin ismi haqida darsni davom etkazamiz. Al muhsin.

Ehson qiluvchi. Chiroyli, go'zal amal qiluvchi. Mo'min banda robbisining mana shu Al Muhsin ismidan o'ziga ulush nasiba olishligi kerak. Har bitta ishini ehson bilan qilishligi kerak. Chiroyli qilishlik kerak, go'zal qilishlik keraks. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, innalloha azza va jalla katta bal ixsani ala kulli shay. Albatta Alloh subhanahu va taolo har bitta ishga ehsonni yozgan, ya'ni go'zallikni yozgan. Go'zallik.

Hatto zaharli hashorat, gazandalarni agar urib qatl qilishlik kerak bo'ladigan bo'lsa, bir urib qatl qilib ishlashlik kerak. Chunki ikki marta ursangiz u mashaqqat chekadi. Fal yoxidda ahadukum shafratahoo, fal yurih zabihatahoo. O'sha jonivorni bo'g'izlayotgan paytida musulmon kishi, qassob, pichog'ini o'tkir qilsin derdilar Rasululloh, jonivorga rohat bersin. Hatto mashaqqat azob bo'ladigan o'rnida ham chiroyli ish qilsinki, jonivor sezmay qolsin pichog'ini tortib yuborganini. Endi boshqa ishlarda qo'yaveraylik birodar.

Robbimiz Subhanah va Taolo muxsim bo'lgan zot, chiroyli ish qiladi, go'zal ish qiladi. Bizda ham mana shu narsa bo'lishligi kerak bo'ladi. Astayte biy la, fa amma man atovatdaqo va soddaqo bil husna, fasano yas seruhul il yusro. Ana endi kim? O'zini mol u davlatidan ato etsa va Allohdaan qo'rqsa. Hamda go'zal oqibatni jannatni bor ekanligini tasdiq etsa, bas biz uni oson yo'lga muyassar qilurmiz. Mana go'zal oqibat degani jannat degani. Jannat bu Alloh Taoloni ziyofatxonasi o'zining taqvodor bandalari uchun. Jannatmi? Demak, u ham ehson bilan qilingan. Qanday qilingan? Go'zal qilingan. Go'zal qilgan.

Bu dunyo hovlisi, birodarlar, mehnat, mashaqqat, qiyinchilik, tayyorgarlik hovlisi. Al husno oxiratdagi jannat esa mukofot va sharaflash hovlisi. La hum ma yasha'u na fii ha. Jannatinglar jannatga kirganida, ular uchun unda xohlagan narsalari bor.

Nimani xohlayapsiz? Aytishni ham hojati yo'q. Bunaqa bo'lsin, manaqa bo'lsin, manaqa bo'sinda ham keragi yo'q. Subhanaka allohumma deysiz, siz aytganday muhayyo bo'ladi. Zo'r a? Va da'vo xunfiy ha, subhanaka allohimma. Ularni jannatda qiladigan duolari, da'volari subhanaka allohu emma desangiz kelaveradi. Nima yeysiz deb keladi a?

Nima bor deysiz? Mana shu yerda ham mashaqqat o'zi. Qarang, siz ovqat tayyorlamaysiz, tayyor ovqatni olib kelib beradi, nima yeysiz deydi. Tovlash kerak. U ham mashaqqatladi. Endi jannatga borganda shu ham yo'q. Jannatda siz nimani tasavvur qilmang, u siz aytgandan ko'ra yaxshiroq. Qanaqa muammoni tasavvur qiling, jannatda shu muammoni oldi olib qo'yilingan.

Lahumma yashauna fixa. Ular uchun jannatda xohlagan narsa bor. Dunyo hayotining tabiati mashaqqat, mehnat, taklifotlar. Lekin inson dunyoda muxsing bo'ladimi? Muxsing bo'maydimi? Baribir o'ladi. Sizlar deb beringlar. Ye ayyuha l insanu innaka kadixun ila robbika kadham fomuraqiy. Ye inson. Albatta sen mehnat mashaqqat chekib, parvardigoringga albatta yo'li qurishsin.

Dunyoda mehnat mashaqquatni musulmon ham chekadi, kofir ham. Lekin musulmon mehnat mashaquqatni chiroyli suratda ehson bilan kechadi, oqibatda jannatga boradi. Endi oxiratdan umidi bo'lmagan kofir ham yashaydi, shu mehnat masha'qqatni chekadi, lekin bu abadur abad azobga, jahannamga qoladi. Demak, dunyo hovlisi, taklifotlar hovlisi, oxirat hovlisi, tashrif, hurmatlash hovlisi. Dunyo hayoti amal maydoni, oxirat maydoni, mukofot yoki jazo maydoni.

La humma yasha'u nafiha valada'ina maziyid. Ular uchun u yerda ular istagan narsa bor va bizning huzurimizdan yana ziyoda qilib berishlik bor. Alloh azza va jalla jannatinglarni jannatga kiritib, ularni ne'matlar bilan ikrom qilib turgan edi, Alloh Taolo ularga ana, ey bandalarim, rozimisizlar deydi. Parvardigor, qanday rozi bo'lmaylik? Yuzlarimizni nurli qilding, amallarimizni qabul qilding, jannatga kirgizding. Qanday rozi bilmaylik?

Ziyoda qilaymi? Deydi Alloh Taolo. Yana nima bor bundan oshishicha ziyoda bo'ladigan? Shunda Alloh Taolo pardani ko'taradi va ularga o'zini jamolini ko'rsatadi. Va ladayna maziyid. Bizda uni lilladiyna axsanul husna va ziyada oyati bor. Ishlarini go'zal qilgan, muhsin bo'lgan holda qilgan bandalarga husno jannat bor va ziyada. Ziyorasi nima? Jannatdan yana ziyoda nima bor? Allohni jamolini ko'rish bor.

Jannatda inson Alloh Taoloni ziyofatxonasida qilgan chiroyli amal uchun, ehson bilan qilgan amal uchun albatta taqdirlanadi. Alloh azza va jalla odam bolasini yer yuziga tushirdi va mana shu yer yuziga insonni nafsi xohlaydigan shahvatlarni qo'yib qo'ydi. U mana shu shahvatlarni yengib o'tib, nafsi xohlamasa ham Allohni buyruqlarini bajardi. Muhsin bo'ldi, go'zal ish qildi. Nafsini tarbiyaladi. Shuning uchun nima bo'ldi? Jannatga kirdi. Endi qarab turinglar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar, hech qaysi biringizda amalingiz Jannatga sizlarni olib kirib ketishlikka kifoya qilmaydi.

Va antay, yo Rasululloh, sizni amalingiz ham yetmaydimi Jannatga kirib ketishlikga? Meni amalim ham yetmaydi dedilar Rasululloh. Illa ay yatag'on madaniyallohu birahmatihi. Faqat Alloh meni o'zini rahmati bilan o'rab olganda keyin Jannatga kiraman dedi. Unda amallar chi? Amallar Jannatdagi darajamizni belgilashda ishlaydi.

Ma'qulmi? Bir pora xurraklarga xurraklarga yotlagansiz, bir pora. Endi joningizni qiynab o'ttiz pora yotlaganmisiz? Endi mukofot darajasi o'sha Jannatga kirishlik Allohning rahmati bilan bo'ladi, amal bilan emas. Amallarimiz faqatgina darajamizni past balandini belgilashida qaraladigan narsa. Ma'qulmi? Shuning uchun hech kim qilgan amali bilan kekkayishlikka, o'zini boshqalardan katta olishlikka haqqi yo'q.

Al husna, Jannatni, oxiratni inkor qilgan kishi faqatgina shu dunyoga suyanadi. Oxiratga iymon keltiradigan odam bor, oxiratga iymon keltirmaydigan odam bor. Shu ikkisini o'rtasida farq qanaqa bo'ladi desa, javob quyidagicha bo'ladi. Oxiratga ishongan, Jannatdan umidi bor odam o'ziniki bo'lgan narsani ixtiyori bilan boshqalarga berib, mazza qiladi. Endi oxiratga ishonmagan odam, o'ziniki bo'magan, boshqalarni narsasini nohaqdan olib mazza qiladi, mana endi o'zingizga savol bering. Men oxirat ahlidan bo'lgan odammanmi yoki dunyo ahlidanmi? Shuning uchun anbiolar ato qilib yashashgan.

Oxiratni inkor qilgan boy badavlat, mansabdor podshohlar olib mazza qilishgan. Mo'min manda o'zini mana shu ehson degan sifat bilan. Ziynatlashlikni aytish kerak. Chunki uni robbisi al muhsin, chiroyli ish qiluvchi bo'lgan zon. Bir narsani berayotganda chiroyli ato qilib beradi. Bir narsani men qilayotganda ham chiroyli men qiladi. Birovni avf qilsa ham, jazolasa ham chiroyli suratda mana shu ishlarni qiladi. Chunki innalloh azza va jalla katta bal iqsan ala kulli shay. Har bitta ishga alloh taolo go'zallikni yozgan. Nima ish qilsak chiroyli qilishligimiz kerak? Hatto aytdik, gazantani qatl qilayotganda bir urib qatl qil, qiynalmasin. Hatto balig'ini tozalab pishirib yeyish kerak bo'lsa, o'lishini kutib turgin. Ayrim xalqlarga o'xshab tiriklay, shilmaydi ustini. Qimillab turgan, jonivorni qaynab turgan qozoqdagi yoqqa tashlamaydi. Chunki bu narigilarga jabr bo'ladi, zulm bo'ladi. Musulmon odam shu baliq o'lib, tamomiy harakatdan qolganligini ko'rib, inakini pishirishga yoki tozalashga kirishadi.

Ayrim xalqlarni ko'ryapmiz, aqllaringni bovar qilmaydi. Qimillab turibdi, qo'ng'iryapti. Qimillab suribdi, ketyapti bir chekkadan, to'rg'al. Alloh taolo aytadi, mana hojilar qurbonlik qiladi hajda. Fayza va jabat junuv bu ham. Endi qachon yonboshlari bilan tushganlarida, ya'ni so'ygan jonivorliklar bo'g'izlar deydilar, yonboshi bilan tushdi o'ldi. Shunda o'zinglar ham yeyinglar, boshqalarga ham yegizinglar deydi. Mana shu oyatda ma'lum bo'ladiki, musulmon odam o'sha so'yib yeyotgan jonivorda tamomiy joni chiqib bo'lganligini ko'rmasdan turib pishirishi yeyishi mumkin emas. Chunki chiroyli ish qilish mana shunday bo'ladi.

Istadi billa, voman axsan dinam minman aslama vajahulillah vohimah muhsim. Haqiqiy musulmon bo'lgan holida o'zini Allohga topshirgan kishining dinidan ham go'zalroq din bormi? Qarang, haqiqiy muslimon bo'lgan holada o'zini Allohga topshirgan. Mo'min odamda har bitta ishi chiroyli bo'lishligi kerak. Chunki robbisi al muhsim. Hozir men bir gap aytaman, ko'pchiligimizda bor shu. Namozimizda xushu yo'q.

Namozimizda xusho'v yo'q. Xusho'v nima edi? Dunyo hamma yog'i uziladi kallangizdan, qalbingizdan, faqat oxirat bilan, faqat Alloh bilan bo'lishlik. Namozda ehson bilan o'qishlik, chiroyli o'qishlik bu faqatgina chiroyli tikka turib rikyu qilishida emas, balki qalb holatida.

Agar biz qilayotgan amallarimizda muxsin bo'lsak, namozimizda ham xushuv bo'ladi. Qilayotgan ehsonimizni samarasi namozimizda ko'rinadi. Va innahalakam iyrotun illa alal hoshiyin. Albatta u namoz, o'sha namozda xushuv topishlik qiyin ish, og'ir ish, faqat Allohdaan haqiqiy qo'rqadigan bandalarga qiyin emas. Muxsin bandalarga xushuv qiyin emas, mo'min kishi uchun xushu yengil bo'ladi, ruku yengil bo'lladi, chunki hamma amalini chiroyli suratda amalga oshiradi. Xulosa, namozimizda xushu yo'qmi? Demak, amallarimiz ehson bilan bo'lmayapti. Namozimizda qalbimiz erib, ko'zimizga yosh kelmayaptimi? Demak, amalimizda ehson yo'qmi? Amalimizda ehsan yo'q.

Ehson nima? An ta'budalloha ka annaka tarohi. Ehson Allohni ko'rib turganingda ibodat qilishing. Faraz qilinglar, uyingizga bir mehmon keldi. Jamiyatda o'ta hurmati baland, ilm ma'rifatli, nasl nasabi oliy, badavlat, fahm farosatli, axloqi go'zal. Shunaqa bir inson uyingizga keldi. Uni ro'parasida o'tirishingiz qanaqa bo'ladi?

O'sha uy kiyimingiz yoki rabochiy kiyimingizni kiyib, yuradigan kiyim bilan o'tirib, bitta ayqizni ikkinchi ayqizga tashlab, qo'lingizdagi yutuqni aylantirib, og'zida saqich, xohlagan gapingizni valdirab o'tirasizmi? Yo'q. Ro'parangizda turgan odamni qadr qiymatini, kimligini bilganligingiz uchun shunga yarasha o'tirasiz. O'ylab gapirasiz, chiroyli kiyimingizni kiyeb chiqib kutib olasiz. Endi oldingizda bitta odam tursa, odam turganda shunday o'zingizni tushishingiz kerak bo'lsa, robbi sizni ko'rib turganligini his qilsangiz, ehsonli bo'lsangiz, yurish turishingiz qanday bo'lishi kerak?

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar, istahyu minallohi haqqol hay'a. Sahobalarga qarab, allohdan chin ma'noda hayo qilinglar, dedilar rasululloh. Shunda sahobalar aytishdi, yo rasululloh, biz allohdan chinakamiga hayo qilamiz deyishdi. Payg'ambarlarimiz aytdilar, ley sadak, vala kindal istehya minalloh, haqqal hayayi antakhvada rosa va mava'a. Valibatna va mahava, vala tadkurul mavta val bila. Man arodal axirota tarakazinata dunya, fa man faoladali kafod istehya minallohni haqqal hayya.

Biz haqiqiy uyalamiz Alloh Taolodan. Chin ma'noda hayo qilamiz deyishdi. Shunda Payg'ambarimiz aytdilar, unday emas. Endi eshitib turinglar. Allohdan hayo qilishlik nima degani? Allohdan haqiqiy hayo qilish lik, boshni saqlashlik, ya'ni o'ngga kelgan o'y fikrlardan saqlashlik. Qorinni va u xohlagan narsalardan saqlashlik hamda o'limni va balolarni eslashlik. Kim oxiratni istasa, xohlasa, dunyo ziynatlarini tark qiladi, kim shularni qila olsa, tahqiq Allohdan haqiqiy hayoni qilibdi.

Kallaga kelgan narsadan e'tibor olamiz, to'g'ri kelgan narsani o'ylayvermaymiz, to'g'ri kelgan narsamni gapiravermaymiz, turing kelgan narsani yeyavermaymiz. Mana shu Alloh Taolodan hayo qilishlik bo'ladi. Avval aytib o'tdik. Bir odam mashinasi bilan chorrahaga keldi. Qizil yonib turibdi svetofordan. Chorrahada bir mirshab turibdi. Nandarog'da mototsiklda turibdi mirshab. Yana kamera turibdi. Qoidani buzmaydi. Chunki o'rtada turgan mirshabga qaramasa, svetog'urga qaramasdan o'tib ketsa, narigi mototsikllarga quvib borib yetib jazolaydi. Agar u mototsiklchidan ham qochishni uddalasa, kamera turibdi. Hukumatni mana shu qoidani joriy qilgan hukumatni uni ustida quvvati, qudrati borligini bilganligi, shuni his qilganligi uni gunoh qilishdan, svetofordan o'tib ketishdan to'sadi. Endi Allohni kuzatib turish haqida nima deyishimiz kerak? Bu odam qoidani buzishi mumkin. Kechasi uchta. Mirshablari yo'q, kamera o'chirilgan, unda xohlaganini qiladi. Endi Robbimizni kuzatuvi o'chadimi? U farishtalar yozib turgan daftari to'lib qoladimi? Batareykasi o'tirib qoladimi? Yo'q. Shuning uchun aytiladi, ehson nima?

Eng chiroyli ish qilish nima desa, Alloh seni ko'rib turgandek ish qilishliging haqiqiy ehson dedi. Mana shu, birodarlar, Muroqibani kuzatuvda ekanligini his qilishligi insonni muxlisi bo'lishlikka olib boradi. Insonni muxsing bo'lishlikka olmaslikka olib borad. Bilasizmi? Magazingizga kirib, polingizni qilib yurdingiz, qarasangiz kamera turibdi. To'g'ri bo'lib qolasiz.

To'g'risini aytyapmanmi? Endi biz Alloh Taoloni kuzatib turganligini esdan chiqarib qo'ygan paytimizda, muhsinlikdan tushib qolamiz ekan. Ustalar, ishni egasi ustingizda turganda, yoqmaydi da sizlarga. Mana shu ustimda turib olgan, yomon ko'raman, mana shu ustani uy egasini deydi. Ha, unda ehson bilan ishlashga to'g'ri keladi da. Agar siz ehson bilan ish qiladigan bo'lsangiz, sizga nima farqi bor? Yoningizda turdimi, ustingizda turdimi yo boshingizda turdimi? Qilavering ishingizni.

O'sha ishingizni ehson bilan qilsangiz baraka topasiz. Shuning uchun Alloh Taoloni kuzatib turganligini his qilgan odam haqiqiy muhsin banda bo'ladi. Har bitta ishini ehson bilan, go'zallik bilan qiladi. Ya'lamu xo inatel a yuni vaman to'kfiz surur. Birodar, u kamera uyingizda yo'q. U kamera sizni kuzatib turgan kuzatuvchi doim ustingizda emas yigirma to'rt soat. Lekin robbimiz subhanah va taolo aytadi ya'lamu xo inatal ayyun. Alloh ko'zlarning xiyonatini ham biluvchi bo'lgan zot.

Shariatimizda mahram, nomahram degan narsa bor. Bir bemor ayol tabibni oldiga kirib ko'rinishini kerak. Endi boshqa ayol tabib bo'lmasa, endi hali erkak tabib ko'radi, ko'rganda ham faqatgina ana shu og'riyotgan a'zosini ko'rishligi mumkin. Ana shu badanini ochib turganda, boshqa yerga ana shu a'zosidan qarash kerak bo'lmagan, boshqa erga o'g'rincha qarab qo'yib qo'yib, qo'yib ko'rishini birov nazorat qila oladimi shu tabibni ustida? Yo'q, a? Hech kim ko'rmaydi a? Alloh Taolo shuni ham ko'rib turadi. Alloh azza va jalla ko'zlarning xiyonatini bilur. Ko'z bilan bunday qarab qo'ydi. U kamera uni olib ulgurmaydi. Kontroller qarab ulgurmaydi, shunday qarab qiladi. Shuni ham biladi. Agar his qilsangiz, robbingiz sizni kuzatib turganini his qilgan bo'lsangiz, ehson bilan chiroyli ish qilasiz. Chunki robbimiz aytyapti, Alloh ko'zlarning, xiyonatini hamda dillarning yashirgan narsalarini ham bilur. Birodalar, robbimiz Al Muhsin bo'lgan zot. U Zot Subhanah va Taoloni shu sifatidan biz o'zimizni o'zimizga ulushib olishimiz kerak, nasiba. Alloh chiroyli ish qiladi. Biz ham chiroyli ishni qilishimiz kerak.

Kuzatib turadi, ko'rib turadi, malokalar yozib turadi. Shuni his qilayotgan bo'lsangiz, demak, ehson maqomiga ko'tardingiz, birodar. Alloh taoloni go'zal ishlariga, ehson bilan qilgan ishlariga ayrim namunalar. Mana jo'ja tuxumni yorib chiqadi. Bir o'ylab ko'rganmisiz, qaysi kuch bilan yorib chiqdi? Jo'ja tuxumi ichida shu jo'ja bo'lib shakllanib bo'ldi. Tuxumni po'chog'ini teshib chiqishlik bu jo'ja uchun oson ish emas bu. Haqiqatan oson emas. Lekin Alloh taoloning ehsonini qarang. Mana shu jo'jaga tumshig'iga bir o'simtani berar ekan. Ignadek o'tkir, ignadek mustahkam. Teshib olib, tashqariga chiqishligi shu o'simta tortilib qurib yo'q bo'lib ketar ekan.

Bo'lmasam bittadan chaqa o'tirishga ko'raveradi inkubator degan akalar. Inkubator bo'lsanglar bittadan teshib chiqish kerak. Bor teshib chiq deydi. Nechta teshib chiqdi? O'nta teshib chiqdim. Boshiga urib qo'ymadingmi teshayotib? Yo'q. Ha, tochno ezib qo'yardik boshini. Biqinini teshib qo'yardi, gina bilan teshsak, lekin Allohni ehsonini ko'ring da. Biz o'ylab ham ko'rmaymiz a Alloh Taoloni bunaqa bir ehsoni borligini. Chaqaloq. Sut emadi. Sutda birodarlar temir moddasi bo'lmas ekan.

Shuning uchun chaqalog'ni o'tida unga ikki yilga kifo qiladigan temir moddasi bilan Alloh Taolo dunyoga keltirar ekan. Alloh Taoloni ehsoni emasmi? Alloh Taoloning ishini go'zal ekanligi dalil emasmi? Alladiy axsana kullasha'in xolaqa hu. U zot barcha narsani chiroyli qilib yaratgan zot. Lochin yoki burgut. U ham ko'radi, biz ham ko'ramiz. Ammo ularni ko'rishi bilan bizni ko'rishimizni farqi bor a? Agar lochin ham insonni unaqa ko'rganida, o'ttiz metr, yigirma metr havoda turib, qanaqa qilib ko'k atti orasidagi sichqonni ko'rardi. Allohni go'zal ishi yana bitta misol. O'rmondagi kiyikni oling. Cho'pini yerdan terib yeydi, shovqin suron baqir chaqir parvo qilmaydi, ammo tirs etsa shunday qaraydi. U kimni oyog'ini tagidan chiqdi tirs etgan? O'sha bir yirtqichni oyog'ini taydan chiqdi. Allohni qudratini ko'ring, Allohni ehsonini ko'ring. Shuncha ovozni ichidan ajratyapti. Kim berdi bu in'omni? Muhsin bo'lgan robbimiz Subhanah, avvalo.

Albatta bularni barasi Alloh Taoloning muhsin ekanligiga dalil. Adolat bilan ehson bilan ish tutishlik lozim bo'ladi. Imnallohu ya'muru biyla adival ihsam. Alloh siz bilan bizga odil bo'lishlikka va chiroyli ish qilishlikka buyuradi. Ehson mavzusi chiroyli yo'l tutish, chiroyli ishqilish mavzusi insonni umri davomida u bilan birga bo'lib boradi.

Qayerga bormasa musulmon odam, ehsonli bo'lar ekan. Chiroyli ish qilar ekan, albatta odamlarni qalbida muhabbatdan ulush oladi. Bir shayx aytadi, birovni ziyoratiga borsam, sharoiti juda ham og'ir ekan. Bir dona xonada yashar ekan. Tor. Mehmon o'tiradigan joy, juda ham qiyin sharoiti. Uyda egasi hijolat oldi. Shunda nima dedi u shayx? Hijolat olmang. Olamlar uchun rahmat bo'lib yuborilgan Muhammad alayhissalomning hujjasi bundan ham tor edi.

Rasululloh namoz o'qimoqchi bo'lsalar, nafir qiyom namozini o'qimoqchibosalar, yotgan uxlayotgan osh olamiz, chekkaga surilib turish kerak edi. Shu darajada tor bo'lgan edi. Boyagi odam xursand bo'ldi bu gapdan. Singlisini, opasini ziyoratiga borgan badavlat o'g'il bola kuyov bolani qo'li kalta olsa, bu kuyovimga ham odam bo'lmadi. Qachon qolasan shu ish yurishmagan, yurishmagan. Odam bo'lishi juda qiyin bo'ldi deb, singlingizni ko'nglini, opangizni ko'ngli cho'ktirmasdan, o'sha kuyovingizni yaxshi huquqlarini ayting. Allohga shukur qil, singlim. Halol odam, besh mahal namozda, birovni haqqini yemaydi, yaxshi odamni qo'liga tushgansan deb, fazilatini gapirib qo'yish ham bor. Yo bo'lmasam boya aytayotgandek bu odam bo'lmaydi bu. Men o'zi dam o otganman o'zi. Ayamga aytganman bemeylar deb. Mana be chunki xotin kishi uchun eng yaqin inson bu uni eri bo'ladi.

Otasi ham emas, onasi ham emas, endi eri eng yaqin odam bo'ladi. Hali bilgan topib gapiradi, bilmagan qopib degandaqada. Mana shu gapni agar bilmasangiz gapirmang, yaxshi indamay turing. To'g'rimi? Gapirishni bilmasangiz indamay turing. Istadibilla xolah assama va teval ardabel haq va savvoraqum va aqsanah suvoraqum va ilahim as sa'yirni. U osmonlar va yerni haq qonun bilan yaratdi. Va sizlarga surat shakl berdi, suratlaringizni go'zal qildi. Yolg'iz unga qaytishingiz bordir.

Insonga qilgan chiroyli ishini ko'ring. Odamni qonini tinimsiz tozalab turadigan ikki dona pochkasi bor. Shu pochka ishdan chiqsa, insonni qonuni tozalashlik uchun haftasiga uch marta olti soatdan o'sha iskusstvenniy apparatga o'tkazadi. O'ylab ko'ringlar. Haftasiga uch matda olti soat dan iskusstvenniyshchiy tozalashlikka o'tkaziladi. Har safar yengina sayish kerak, har safar borish kerak, vaqt ketadi, asab ketadi, pul ketadi, mashaqqat bo'ladi. Ammo buni o'rniga Alloh Taolo bizga hajmi tuxumdek keladigan ikki dona buyrakni berib qo'ydi Alloh Taolo.

Bittasi insonga keragidan o'n barobar ko'proq ishlar ekan. Endi bunaqadan ikkita. Shuning uchun bitta pochkani olib qo'ysa ham inson yashaveradi. Tabib ukalarimizdan shuni so'rab aniqladim. Bitta pochkani olib qo'ysa, ikkinchi pochka ozgina katta yer ekan. Ko'proq ishlashligi uchun. Bu Alloh Taoloning ehsoni emasmi? Bu Alloh Taoloni qilgan chiroyli ishi emasmi?

Alladiy ahsana kunlasha in xalqa. Mana eng oxirgi modeldagi fotoapparatni oling. Moncha mega piksel, o'ttiz mega piksel, qirq mega, insonni ko'zi bilan taqqoslab bo'ladimi buni? Taqqoslab bo'ladimi mana shu apparatlarda? Alloh taolo batta go'zal bo'lgan zot. Har bitta ishi go'zal. Mushtdek keladigan yurak insonni jasadida. Birodarlar, umri davomida ikki yarim milliard marta urar ekan.

O'ylab ko'ringlarda, bir parcha go'sht. Bu Alloh taoloni muhsin ekanligini dalili emasmi? Alloh taolo al muhsin bo'lgan zon. Uning har bitta qilgan ishlari. Ehson bilan, go'zallik bilan bo'ladi. Mo'min odam o'ziniga mana shu ismidan ulush nasib olishlik kerak bo'ladi. Qorunga qavmi nasihat qilib aytdim. Astag'firulloh. Vo butaqiy fiy ma ataka allohu dara'ul oxiru vala tansa nasiba kamina dunya. Alloh senga ato qilgan narsa bilan oxirat diyorini maqsad qilgin. Nima bergan edi unga, katta boylik bergan edi. Endi hammada boylik yo'q. Lekin Alloh nimadir bergandi bizga. Yoshlik berdi, umr berdi, tinchlik berdi, sog'lik berdi. Mana shu bilan oxiratni istagin va dunyodagi nasibangni unutmagin. Dunyodan oladigan nasiba nima insonda?

Ikki metr yer, yigirma metr suv. Agar u ham nasib qilsa. Shuning uchun inson dunyodan chiqib ketar ekan, faqat amallari bilan ketadi. Shuning uchun dunyoda yashashligi, amal qilishligi go'zal, ehson bilan bo'lishligi kerak. Shunda u Parvardigorining rahmatiga, inoyatiga ega bo'ladi. To'g'ri, to'g'ri. Agar ayolingiz namoz o'qimayotgan bo'lsa, fidoyatga yurishi qiyin bo'layotgan bo'lmasa, ehson qiling.

Ehson qiling. Qanday qilib? Sabr qilib. Nutf bilan muomala qilib, kechirib. Chunki Robbimiz ham siz bilan biz hidoyatga yurishimiz uchun sabr qildimi? Sabr qildimi. Zo'ravonlik qilmang. Muloyim gapiring. Farzandingizni tarbiyasidagi ehsonli, chiroyli yo'l tuting. Va axsimkami axsanallohu ilayk. Alloh senga qanaqa go'zal muomala qilgan bo'lsa, sen ham shunday muomala qilgin.

Musulmon bandar robbisining al muhsin ismidan o'ziga ulushnasi bo'lishligi kerak. Uni ham yog'i chiroyli bo'lishi kerak. So'zi, shakli, yurish turishi, gapiradigan gaplari, qiladigan ishlari. Chunki robbisi al muhsin bo'lgan zon. A qo'li qovli ha.

Проверка знаний

5 вопросов. За каждый верный ответ — 10 баллов.

Пройдите тест, чтобы перейти к следующей лекции

Продолжить без теста