MMaviza
Al-MubiynПроверено29 daq

31-Dars AL-MUBIN / Asma-ul-Husna

Abdulloh Domla · Asmoul husno

Перевод на этот язык пока недоступен. Ниже показан оригинальный (узбекский) текст.
0:00
28:52
История изменений

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbilar alamin. Vassalatu vassalomu ala saidina muhammad as sodiqul va adil amin. Allohum ala ilmalana illa ma'lamtana innaka antala alimul hakim. Allohumma al imnama ya'mfauna va ma'nafiy ma'lamtana vazidna ilma. Allohum arina al haqqa haqqon vorzuqnatdibaa va arina al botila botila vorzuqnatishdina ba. Vaja anna minman yesta me'un al qovla fayetta be'una axsana. Vodixin nabi rahmatika fii aybadika solihiyin. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh.

Bismillahir rohmanir rohing. Alloh subhanah va taoloning asmoli husno. Go'zal ismlari haqida olib borayotgan navbatdagi darsimiz, bugun Alloh Taoloning Al-Mubin ismi haqida dars qilamiz. Alloh azza va jallaning bu ismi Qur'onda bir marta zikr qilingan. Astaydu billah. Ya'v ma'idi yuvafihumullohu dinahumul haq va ya'lamuna annallohu huval haqqul mubin. O'sha kunda, qiyomat kunida, Alloh ularning haqiqiy jazolarini komil qilib berur. Va ular Allohning aniq haq ekanini biluvdilar. Almubin, aniq haq bo'lgan zot, Alloh subhanahu va taolo. Mana bu ism Almubin aliflon bilan keldi. Arab tilida ma'rifa ismlar bor, nakra ismlar bor. Ya'ni ma'rifa so'z, nakra. Ma'rifa ismi degani bu aniq tanish so'z. Nakra noaniq bo'lgan so'z. Masalan, Roshid keldi deyilsa, Rashid ismli kishi keldi. Ismi Rashid. Ya'ni rashid degani to'g'ri yo'ldagi odam deyilsa, u ismi rashid, lekin to'g'riyo'lda bo'lmasligi mumkin. Endi agar aliflon bilan Ar-Rashid keldi deyilsa, to'g'ri yo'dagi odam keldi degani bo'ladi.

Alloh Taoloni ismi Al-Mubin keldi. Demak, Alloh azza va jalla mana shu sifat bilan sifatlanadi. Tushunarli ekan? Komil keldi desa, Komil ismli kishi keldi. O'zi komil emas u. Endi al komil keldi deb turib aliflon bilan aytilsa, haqiqiy komil inson degan ma'noda bo'ladi. Komil ismi al kamil sifati. Demak Alloh Taolo mana shu aniq haq degan sifat bilan sifatlangan bo'ladi.

Voy alamuna anna Allohi huval Haqqul Mubin va ular Alloh Taoloning aniq haq ekanligini bilurlar. Masalan, poytaxt deyilsa, bu nakra so'z. Qaysi poytaxtligi aniq emas. Ammo agar Qohira deyilsa, bo' endi aniq ma'rifa kalima. Qohira qayerda poytaxtda? Misrda.

Al Mubin ismi, aniq haq Al Mubin ismi madh va sano uchun ishlatilinadi. Bandani ishi bandalik, Allohni ishi maqtalish. Banda robbisiga muhtojligini izhor qilib turishligi kerak. Robning ishi maqtalash, unga sanoatini ishlaydi.

Banda o'zini robbisiga muxtojligini izhori qilib turishlig kerak. Al Haqqul Mubin bo'lgan, aniq haq bo'lgan robbisiga doim muhtojligini zohir qilib turishligi kerak va his qilib turishligiga kerak. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotida bo'lib o'tgan ikkita g'azod. Badr g'azoti va Hunayn g'azoti. Mana shu ikkala g'azoddan siz bilan bizga bir ulug' bir dars bor. Bu darsga har kuni, har soatda, ehtimol, har lahzada muhtoj bo'lib turamiz. Payg'ambaringiz Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam. Alloh taoloning eng suygan bandasi, sayyidul xalq, habibul haq va u zotning sahobalari. Eng yaxshi insonlar Payg'ambarlardan keyin. Payg'ambarimiz aytadilar, innalloha ixtaroniy vaxtar oli as hadiy. Alloh meni tanlab oldi va men uchun sahobalarni tanlab berdi. Demak, Payg'ambarimiz ham tanlab olingan zot, sahobalar ham tanlanib olingan zotlar. Eng yaxshi insonlar.

Badr kunida mana shu ikki toifa, Badr kunida Payg'ambarimiz ham, tanlab olingan Payg'ambarimiz, tanlab olingan sahobalar ham Allohga muhtoj bo'lishdi, o'zlarini muhtojligini izhor qilishdi, Alloh ularni g'olib qildi. Valaqodinna sarokumullohu bi badri va anutum adil la. Alloh axir Badr kunida kuchsiz bo'lsangizda, sizlarni g'olib qildi ku. Qaytarib aytamiz, tollab olingan payg'ambarimiz va payg'ambariz uchun tollab berilgan sahobalar muhtoj bo'lishuvdi, Alloh g'olib qildi. Endi Hunayn kunida ham xuddi shu odamlar bor edi. Rasululloh bor edi, sahobalar bor edi. Hunayn kunida Alloh taologa payg'ambarimiz avvalgidek muhtoj, Allohni qo'llashiga muhtoj edi. Shunday turdilar Rasululloh. Ammo sahobalar o'zlarining adadiga suyanib qo'yishdi. Hattoki la nug'ulab minqilla deyishdi. Bugun yengilmaymiz deyishdi. Nima uchun? Adadimiz katta. Badrda Allohga suyanishdi, Alloh g'olib qildi. Endi Hunaynda Allohga suyanishmasdan, o'zlarining sanog'iga, adadiga suyanib qo'yishdi. Oqibat nima bo'ldi?

Astadibillah. Voy umuman Hunaym. Iz a ajabatkum katsirotukum, falam tug'ni ankum shay'a va voqata alaykumul ardubiy marahubat, summa vallaytum mudbiriyin. Xunang kunini eslanglar. O'shanda sizlarni ko'p ekanligingiz mag'rur qilib qo'ygan edi. Ammo u sizlarni ko'tiginglar, sizlarni hech narsadan behojat qila olmadi va sizlarga yer torlik qilib qoldi. So'ng yuz o'girgan holingizda chekindingiz. Mana ikkita g'azoddan dars. Birida Allohga muhtoj bo'ldi, Alloh g'olib qildi. Ikkinchisida Allohdan behojat bo'lib qoldi sahobalar. Sanog'iga suyanib qo'ydi sahobalar, Alloh ularni mag'lub qilib qo'ydi. Shuning uchun hech qachon birodarlar musulmon odam men demaydi. Biz demaydi. Menda, bizda, meniki, bizniki demaydi. Chunki men desangiz, Alloh sizni o'zingizni holingizga tashlab qo'yadi. Sahobalarni hunar kunida tashlab qo'shgan edik. Agar Alloh desangiz, Alloh sizni qo'llaydi. Xuddi Badr kunida qo'llagani kabi sahobalarni.

O'zimiz bilmay qolamiz men deb qo'yganimizni. Meni tajribam, men falonchini bolasiman, men endi bilimlisiman, bilimdoniman. Alloh o'zini holatiga tashlab qo'yadi. Mana, banda doim Alloh Taologa al haqqul mubin bo'lgan zotga muxtorchiligini izhor qilib turish kerak. Men deganlar. Menda deganlar, o'zimniki deganlar, nima bo'lgan tarixda?

Iblis. Men degan edi. Ana xoyrun minhu. Men undan yaxshiman. Meni olovdan yaratding, uni tuproqdan, loydan yaratding. Nima bo'ldi? Allohni rahmatidan quvildi. Qorun. Boy, badavlat odam edi. Qola innama uti tuhu ala ilmin indi. Mendagi bor mol dunyo davlatim o'zimdagi bilim sababli berildi, dedi.

Mendagi ilm sababli, dedi. Allohni fazli demadi. Nima bo'ldi? Allohni amri bilan yer uni, uyini ham, o'zini ham borib urdi, yutib tashladi. Fir'avn nima degan edi? Meniki, degan edi. Alay salimulkum isro, aytgan ediki: ey qavmim, Misr podshohligi va mana bu ostindan oqib turgan daryolar mening mulkim emasmi? Degan edi. Nima bo'ldi? Alloh Taoloni dengizga g'arq qildi. Demak, musulmon odamni lug'at kitobida men, biz, meniki, biziki degan so'zlar bo'lmaydi. Chunki bu so'zlar xatarli so'zlar. Operatsiya stolida yotgan bemorni ishi bo'yicha jarrohga boshqa tabiblar bilan bir maslahat qilib ko'rmaysizmi deyildi.

U jarroh tamomiy bir kibr bilan o'ziga baho berib, maslahatga hojat yo'q. Bu hojat bu sohadagi eng bilimli odam menman dedi. Men dedi. Operatsiyani natijasi ayanchli bo'ldi, bemor o'lib qoldi. Keyin bu tabibdan litsenziyasini olib qo'yishdi. Shuning uchun har qancha bilimli bo'ling, har qancha bir usta bo'ling, men, men hammadan oliman, mendaqasi yo'q deyish musulmonga umuman yarashmaydi.

Vafovuqa kulli di ilmin alim, har bir ilm sohibining ustida undanda bilimdorroq bor. Undanda bilimdorroq bor. Bir yosh yigit ilm ahlidan odamlarga dars aytadi. Qavm yaxshi ko'rib, uni atrofida jamlandi. Yana bir o'zini ahli ilmlardan deb hisoblagan odamga, odamlarda bu ishi yoqmadi da, darsni tugagandan keyin shu yigitni bir izza qilishligi uchun, ey falonchi, siz aytgan bu narsalarni biz o'qimaganmiz ham, eshitmaganmiz ham, dedi.

Yigit odob bilan ilmda hammasini o'rgandingizmi, birodar, dedi. Hali odam ha desa, yolg'onchi bo'ladi. Chunki voman uti tun minal ilmi ila qol ila yalloh. Sizlarga juda ham oz ilm berilgan. Ilmda hammasini o'rgandingizmi? Desa haligi kishi. Yo'q, yarmini dedi. Yigit aytdiki, o'sha siz eshitmaganmiz deb aytayotganingiz, ana shu ilmni siz bilmagan yarmidan dedi.

Siz bilmasangizlar buni yo'q degani emas bu. Ma'qulmi? Aytilinyapti yu, har bitta bilimdon ustida undan ko'ra bilimdonroq bo'lgan bor. Xususan mana shu ilm sohasida, ilm maydonida men degan kuni shu ilmni o'rganayotgan ilmli odam to'xtaydi. Men degan kuni, men ilmli bo'ldim, hamma narsani o'rgandim degan kuni johilga aylanadi. U tramplinni oxiriga kelib to'xtadi. Endi tolka siyg'alanadi endi. Harakat qilgan sari pastga tushib ketaveradi. Shuning uchun hech kim men olimman demaydi. Hatto mushtohid bo'lgan odam ham men tolib ilmman deydi. Ilm talabida yurgan odamman deydi. Chunki beshikdan qabrgacha ilm izlaylar degan, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam.

Men demaymiz, Allohni fazli marhamati bilan, Allohni madadi bilan, Allohniy qo'llashi bilan mana shu ishga muvaffaq bo'ldik desak, boyagi biz aytayotgan Allohga muhtojligimizni nima qilamiz? Izhor qilgan bo'lamiz. Shuning uchun biz bir narsa qilgan bo'lsak ham o'zimiz mabodo pulimiz bilan, mehnatimiz bilan Allohni fazli bilan deb qo'yish esdan chiqmasin. Shunda Al Haqqul Mubin bo'lgan, aniq haq bo'lgan Robbimizni o'ziga muhtojligimizni izhor qilgan bo'lamiz. Men qildim demaymiz. Ma'qulmi?

Bandaning ishi Robbizga muhtoj bo'lish. Robbning ishi, bandalar uni maqtashi, unga suyanishi. Uning fazliddinni umid qilishi, unga yorib yuborishi. Bizning ishimiz shu. Musulmon kishi hech qachon o'zini katta olmaydi. Musulmon odam kamtar bo'ladi. Yonidagi odamlarni qadrini biladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana sahobalari haqida nima deganlar? Vallohi yer yuzini Payg'ambarlardan keyin bosib yurgan eng yaxshi odam Abu Bakr Siddiq dedilar.

La ukana nabiyan ba'diy la ka'na umar. Umarimni xattop haqida, agar mendan keyin nabiy bor bo'lganida, u nabiy Umar bo'lar deganlar. Abu Ubaydu haqida, aminu harihil umma, bu ummatning eng ishonchli chisti deganlar. Rasululloh maqtayaptilarmi sahobalarini? Maqtayaptilarni?

Maddohlarni yuziga nima qilinglar degan Payg'ambarimiz? Tuproq sochinglar degan. O'zi maqtayapti yu. Shuning uchun bitta hadisda o'qigan bo'lsangiz, siz bitta hadisda yoqdingiz. Shu mavzuda aytilingan boshqa yigirmata hadisda o'qing, sharhini ko'ring, keyin xulosaga keling. Muhtoj mumkin ekanmi, mumkinmas ekanmi? Aytyapmiz ku, siz bitta hadislik, ikkita hadislik bilgan bo'lsangiz qirq ikkita hadis bor. Mendan boshqa birov bilmaydi demang. Rasululloh maqtayaptilar sahobalarini.

Agar mo'min kishi maqtalsa, uni qalbida iymoni o'sadi, quvvatlanadi. Agar u sodiq mo'min bo'lsa, maqtalgan vaqtida kamtarligi ziyoda bo'ladi. Shunday holatda maqtash mumkin bo'ladi va kerak bo'ladi. Allohga bo'lgan muhabbati ziyoda bo'lib, shu mo'min aytadiki, ey robbim, men o'zimni kuch quvvatim, ilmimga emas, yolg'iz o'zingga suyanaman. Hamma yaxshilik seni o'zingdan. Bu xayriyatlar, bu maqtovlar, seni menga bergan fazli marhamating, seni ato qilgan tavfiqing, meni qo'llashingdan boshqa narsa emas. Faqat kimdan? O'zingdan. Maqtov eshitgan paytda mo'min kamtarligi ziyoda bo'ladi. Allohga hokisorligi muhtojligi yana ham ziyoda bo'lad. Nima deb turadi? Adashtirib qo'ymagin, Parvardigor. Adashtirib qurmagin. Nima bo'lib qolmay, aldanib qolmay.

Demak, shunday holatda maqtashlik kerak ekan. Ammo shunaqa odamlar ham bo'ladi, agar maqtasa, o'zidan ketib qoladi. Ishonadi. Shunaqa ekanligiga, maqtalayotganday ekanligiga ishonadi. Va ki birga beriladi. Bunday holatda maqtashning mumkin emas. Payg'ambarimiz aytganlar, uxsut turo va fivujuxul maddahiyn. Maddohlarni yuziga tuproq sochinglar. Tushunarli ekan? Banda doim Allohga muhtoj. Al haqqul mubin bo'lgan robbisiga muhtoj. Uni maqtashgan paytda ham ko'proq muhtojligini his qiladi. Chunki adashtirib qo'ymagin deb turib robbisiga iltijo qiladi.

Demak qaraymiz, maqtashimiz uni qayoqqa olib ketyapti. Alloh azizavo'jalla insonga ikrom ko'rsatdi. Uni hurmatli qildi. O'zini tanitishlik uchun. Koinotni unga bo'yn sindirib berdi. Agar bir odam sizga oxirgi rusumdagi telefonni hadya qilsa, u telefon o'zini ixtirosi, o'zini kashfiyoti. U telefonni olganingizdan keyin qalbingizda ikkita narsa paydo bo'ladi. Bittasi, qoyil qolasiz, lol qolasiz, qilgan ishidan, ixtirosidan. Ikkinchisi, uni oldida o'zingizni minnatdor his qilasiz. Ya'ni o'zingizni qarzdor his qilas siz. Bitta telefon berib qo'yganiga. Qoyil qoldingiz va qarzdorsiz. Alloh subhanah va taolo siz bilan bizni u zotni tanishligimiz uchun, shuncha koinotni bo'yi sindirib berdi, iymon keltirishimiz uchun, shukur keltirishligimiz uchun. Alloh taolo mana payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yangi hilolni ko'rsalar, hilal u xoyrin va rushdin. Hilal u xoyyin va rushdin. Hilali, xoyri va rushdin deb qo'yardilar. Xayriyat va rushd hilola. Xayriyats va rushd hilola, xayriyatva rushd hilola.

Ya'ni, yangi oyki, undan foydalanaman. Rushdi oyiki robbimni rizosiga boshlaydi. Siz bilan bizdagi nimaki ne'mat bo'lsa, bu Alloh Taolo o'zini tanitish uchun va shukur keltirishimiz uchun berdi. Tinchlik tan sihatlik, ofiyat, taom sharob, oila farzand. Bularda bu yerda tanishimiz uchun va bizga ikrom ko'rsatishlik uchun. Endi bizdan javob qanday bo'lishi kerak? Iymon keltirishimiz kerak, shukur keltirishimiz kelik. Agar shunday qilsak, dunyoga kelishimizdagi asosiy maqsadni yuzaga chiqargan bo'lamiz.

Iymon keltirib, shukur kelsak, shu maqsadda biz dunyoga kirgizilgan edik. Alloh Taolo aytadi, astaydu billah. Ma yafalullohu bi adabikum in shakartum va amantum. Ey sizlar iymon keltirib, shukur keltirsanglar, Alloh nimaga azoblasin sizlarni? Qaytarib aytaman. Allohni taniding, shukur keldirding. Ya'ni shukur keltirish Allohni aytganidaqa yashash. Allohni tanib, u senga aytganidaq yashasang, nimaga azoblasa seni? Endi o'z o'zidan xulosa chiqyapti, insonga qachon azob keladi Alloh tomonidan? U kambag'allik bo'lsin, kasallik bo'lsin, tinchlik yo'qolishi bo'lsin, sizga yoqmaydigan narsaki, azob deyiladigan bo'lsa, qachon kelar ekan azob? Iymon keltirmaganida yoki iymon keltirib turib, shukur keltirmaganida. Shukur keltirish, Alloh aytgandaqa yashash. To'g'rida, farzandi berdi Alloh. Uni shukri nima bilan ado bo'lardi? Xudoga shukur bilanmi? Yo'q.

Uni shukri halol yegizishlik bilan, Allohni tanitishlik bilan. Agar siz halol yegizib, Allohni tanutib, farzand degan ne'matda shukrni ado qilsangiz, bolangiz kuydirgi bo'lmas edi. Siz farzand degan nematda shukrini ado qilmadingiz, Allohni tanimadingiz, halol yegizmadingiz, endi kuydirgi bo'mdi. Bu jazo bo'mdi. Robbimiz aytyapti, iymon keltirib shukur keltirsang, nima qilaman, mendan seni azoblab deyapti.

Tovhid mas'uliyatdan, javobgarlikdan ozod qilmaydi. Tovhid nima? Robbimiz Subhanahu va Taoloni haqiqiy tanishlik. Tovhid siz bilan bizga qazoyi qadarga iymon keltirishimizni buyuradi. Ma sha Alloh kani, omma lam yasha, lam yakun. Alloh nimani xohlagan bo'lsa, bo'ldi. Nimani xohlamagan bo'lsa, bo'lmadi. Alloh nimani xohlagan bo'lsa bo'ladi, nimani xohlamaganbo'lsa bo'lolmaydi. Mana shu siz bilan bizni qazoyi qadarga bo'lgan iymonimiz, mana shu tavhidni bizdan bo'lgan talabi. Endi qat? Tavhid mas'uliyatdan ozod qilmaydi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotida if hodisasi sodir bo'lgan. Munofiqlar Oisha onamiz roziyallohu anhoyni zinoda ayblashgan. Shu gap musulmonlarni o'rtasida tarqagan.

Safonun muattal roziyallohu anhu qo'shinni oxirida kelar ekan, Oshi onamiz qo'shindan qolib qolgandilar. Sirat dasturida aytganmiz. Tuyaga o'tkazib Madinaga olib kirdi, tezda. Gapirgani ham yo'q, qaragani ham yo'q. Shunda Ubaybni salul, munofiqlarni kattasi zavjatu sohibi kun. Ha, sohibiylarni, ya'ni Payg'ambaringlarni ayoli ma sofvam, sofvam bilan qolibdimi? Vallohi ma najaa minha va ma najat minhu. Vallohi u bundan, bu undan omon qolmadi dedi. Shu gapni gapirdi. Shu gapi shu fitnaga sabab bo'ldi. U zino qildi deb aytmadi, lekin ishora qilib qo'ydi. Shuni shu gapi zino qildi degan gapgacha yetib bordi. Shu so'zni paydo bo'lishiga Ubaybni Salim sabab bo'lding. Mana endi Alloh Taolo hodisa tul ifkni sodir bo'lishligiga izn berdi. Alloh xohlovdi, tarqadi. Alloh xohlamaganda tarqamas edi.

Endi hozir shu yerda Ubaybni Salul, shu gap tarqadi. Demak Alloh xohlagan ekanda tarqashini. Agar xohlamaganda, tarqamas edi, desa, Ubaybni Salol mas'uliyatdan ozod bo'lib qolishi kerakmi? Istaydu billah. Inna ladina javobil ifki usbatu minkum la tahsabuhu sharronla kun balhuvohayronla kun. Shak shubhasiz, bu bo'xtonni vujudga keltirgan kimsalar o'zlaringizdan bo'lgan bir to'dadir. Ya'ni Ubaybna Sal oldin shu so'zi shu fitnaga sabab bo'ldimi? Endi albatta javobgar bo'ladi. Endi Allohnı aytgani bo'ldi da. Men nima javobgar bolaman deb bo'lmaydi. Chunki shu gapga, shu ishni paydo bo'lishiga nima bo'lding sen?

Voqea bo'lgan har bitta narsa Allohnı irodasi bilan bo'ladi. Alloh nimani xohlagan bo'lsa u narsa bo'ladi. Endi Allohnı xohishi ulug' bir hikmatga bog'liq. Allohni hikmati esa, albatta, yaxshilikka bog'liq. Ammo inson qazoyi qadarga bo'lgan iymon uni mas'uliyatdan ozod qiladi deb o'ylamasin.

Va ladiy tavallu kib rohu minhum lahua adabun adin. Endi mana shu ishni hodisa til ifkni paydo bo'lishiga, ularning orasidagi gunohni kattasini ko'targan kimsa uchun ulug' azob bor. Shu gapni gapirdingmi? Endi javob berasan, qiyomatda azob bor. Buni tushunib olishim uchun bir misol aytamiz.

Tabib o'zini hamshirasi bilan xushomadgolik qilib, laqillab o'tiruvdi choy ichib. Tez yordam mashinasi shu avariyaga uchragan bir og'ir bemorni olib keldi. Zudlik bilan qarashlik kerak. Shunda haligi tabib turib turinglar ozgina mochok choy ichib olay deb, laqillab, qonini to'yg'izib, vaqt cho'zuvdi, bemalol o'lib qoldi. Endi shu tabib chiqib turib, ha bechora, ajal da ajal. O'lib qolibdimi? Qarang, peshonasiga shu narsa yozilgan ekanda. Endi Allohda taqdiri, kichkina ayb yo'q deyishi to'g'ri bo'ladimi?

Taqdirni hujjat qilishlik bu yerda uni foydasiga emas, zarariga bo'ladi. U o'ziga bog'liq bo'lgan hamma ishni qilgandan keyin ham o'lib qolsa, shunda shu gapni aytsa, bu narsa uni foydasiga hujjat to'lar edi. Demak, qazoyi qadarga bo'lgan iymon. Tavhid insonni mas'uliyatda nima qilmaydi? Ozod qilmaydi.

Almubin so'zining ma'nosi. Almubin, aniq, haq, ravshan, rostakam, Muhammad aka alayhissalom sehrgarlar bilan ro'baroma ro'baro' turib asosini tashlaganida haqiqiy ilonga aylandi. Sehrgarlar qo'lidagi ipini, hassasini, kaltagini tashlab, odamlarni ko'zini sehrlashgan edi. O'zlarining ishi sehr ekanligini bilishar edi. Odamlarni kuziga ilonga o'xshab qimilladi ular. Lekin ularni ko'zida ipligicha turar edi. Sehr bu ko'z boylash.

Ammo Mo'liso alayhissalom tashlagan asoni sehr emas, ayni ilon ekanligini ko'rgandan keyin sajda qilishdi. Bu haqida Robbimiz aytadi, istaydi billa, fa alqo asohu, fa idahi yathva anum mubin. Mana mubin kalimasi keldi. Shunda Mo'liso asosini tashlagan edi, banogoh. U rostakam ilonga ajdarga aylandi. Demak, mubin kalimasa rostakam degan ma'nosi ham bor.

Yana bir ma'nosi. Alloh Taolo aytadi, astaydu billah. Fartaqib, ya'u ma ta'tis sama u bi duxoniy mubin. Mana mubin kalimasi kelyapti. Ya'ushha nasa hada adabun aliyin. Bas, ey Muhammad alayhissalom, siz osmon ochiq tutunni keltiradigan kunga ko'z tuting. Ya'ni ochiq deyilyapti. Mubin degan so'z naryadi aniq bo'ldi, ravshan bo'ldi, bu yerda ochiq deb berildi. Bu u tutun barcha odamlarni o'rab olaver, bu alamli azobdir.

Keyingi oyat. Dhalika huvol husronul mubin. Mubin kalimasi kelyapti. Ogoh bo'lingiz kim? Ana shugina ochiq ziyonkorlikdir. Ya'ni oxiratini boy berib qolishlik. Al mubin kalimati aniq, haq, ravshan, ochiq, rostakam degan ma'nolarni bizni tilimizda ifoda qilyapti. Alloh azza va jalla insonga bayon, nutq ne'matini berdi. Ya'ni bayon qilish, fikrini ochiq qilish, ravshan qilish, rostakam qilish, aniq qilish. Astaydubillah. Ar rahman, allamal quran, xolaqol inson, allamahul bayan. Mehribon Alloh Muhammad alayhissalomga Qur'onni ta'lim berdi. U zot insonni yaratib, unga bayonni ta'lim berdi, nutqni. Aniq qilish. Mubin. Mana maslari bo'ladigan bo'lsa, al bayan, abana.

Al mubin bo'lgan robbimiz siz bilan bizga bayon degan ne'matni berdi. Ya'ni o'zimizni fikrimizni birovga yetkaza olishlik. Ana shu bayon orqali odamlar bir biri bilan aloqa qiladi. Bir davlatni tasavvur qilaylik, nutqi yo'q, gapirishni bilishmaydi. Qonun qoidalari bor, gapirishnibilishmaydi. Agar shu yurtni hokimi komendanskiy chas e'lon qilmoqchi bo'lsa, nima qiladi? Gapirishni bilishi mumkin. Har bitta eshik tagi bittadan mirshad qo'yib qo'yish kerak. Ko'chaga chiqaman desa, haydash kerak. Agar nutq bayon qilishlik bo'lsa chi, bitta buyruqni o'qib eshittirib qo'yadi. Mol soatdan mol olsoatgacha ko'chaga chiqishlik mumkin emas deydi, bo'ldi. Inson o'zini ichidagi fikrini, o'yini yetkazishlikda eng zo'r yo'li nima?

Bayon, nutq. Masalan, soqov odamda mana shu nutq yo'q. Ularda ham o'zini tili bor. Endi masalan, tilingiz og'rigan, tishingiz og'rigan va gapira olmagan bir kun, ikki kuningiz bo'lsa eslang da. Achchiq qilib bitta qoqirim qilib kel. Qanaqa qilib tushuntirasiz? Achchiq qilib, qoqirim qilib kel. Beshta so'z bilan fikringizni bayon qildingiz.

Yuragim siqilib ketdi desa, qanaqa qilib aytadi? Birodarlar, bayon bu shunaqa ne'matki, doim u bayon, u ne'mat biz bilan bo'lganligi uchun qadriga, demak, odamzotining o'zaro bir biri bilan aloqa qilishi, mana shu aloqaning eng oliy asbobi nutq. Qarang, og'zaki bayon to'g'ridan to'g'ri aloqa bu til va lab bilan bo'ladi. Ya'ni bevosita aloqa. Endi vosita orqali bo'ladigan aloqa yozishlik.

Endi mana shu yozishlik ham ne'mat. Iqrobiy ismi robbiy kalla deydi xolaq. Xolaqal insonamin alaq. Iqro vrobo kal akrom, allade allama bel qalam. Mana shu qalam ham ne'mat. Qalam ham ne'mati. Ey Muhammad, barcha mavjudotni yaratgan zot bo'lmish parvardigoringiz nomi bilan boshlab o'qing. U insonni lahda qondan yaratgan zotdir. O'qing. Sizning parvardigoringiz insoniyatga qalamni, ya'ni yozishni, xatni o'rgatgan o'ta karamli zotdir. Yozib aloqa qilishdek, birodarlar. Bir avlodni boshqa avlod bilan bo'ladigan aloqasi. To'g'rimi? Ming yillardan beri yozilgan kitoblar siz bilan bizga yetib keldi. Demak, ming yil burungi odamlarda biz bilan qilayotgan aloqasi yozish orqaligi. Bir zamonni ikkinchi zamon bilan qilaykan aloqasi. Agar kitoblar tarjima qilinsa, bir madaniyatni ikkinchi madaniyat bilan bo'lgan nimasi? Aloqasi. Inson zoti o'zini bayoni bilan boshqa mahluqotlardan afzal bo'ldi. Demak, bugungi darsimiz birodarlar alloh subhanahu va taoloning al mubin, aniq, haq, ochiq ravshan ma'nolarni ifoda qiladigan ismi haqida, almubin ismi haqida dars qildik.

Inshaalloh keyingi darsda davom etkazgan bo'lamiz. Aqul u qovli ha'da va astag'firulloh alayhi valakum.

Проверка знаний

5 вопросов. За каждый верный ответ — 10 баллов.

Пройдите тест, чтобы перейти к следующей лекции

Продолжить без теста