# 32-Dars AL-MUBIN: Asma-ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/ru/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/ru/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 35 of 110
- Section: Al-Mubiyn
- Duration: 37 min
- Original title: 32-Dars AL-MUBIN / Asma-ul-Husna
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/ru/kurslar/asmaul-husno/35
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/FLwYbaTu_xc.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=FLwYbaTu_xc
- In this course: [previous](https://mawiza.me/ru/kurslar/asmaul-husno/34.md) · [next](https://mawiza.me/ru/kurslar/asmaul-husno/36.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulilloh robbilar amin. Vassolatu vassalomu ala saidina muhammad as sodiqul va adil amin. Allohum ala ilmalana illa ma'lam tana innaka antala alimul hakim. Allohum ma'allimna ma yomfauna vam fa'nabi ma'lam tana vazidna ilma. Allohum arina al haqqa haqqon vorzuquna tibai va arina al ba'tila ba'tilan vorzuquna jiddiy nava. Vajalina minman yestamiyonun al qovli fayetta bi una husana, vodixinna bi rohmatika fiyin ibodika solihin. Mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Alloh subhanah va taoloning asmaul husno. Go'zal ismlari haqidagi navbatdagi darsimiz. O'tgan darsimizda Alloh subhanah u va taoloning almubin. Ismini boshlagan edik, bugun inshaalloh davom etkazgan bo'lamiz. Almubiy, aniq, chin, rost, ravshan. Almubiyning Alloh Taoloning zotining sifati va fe'llarining sifati. Alloh aniq va ravshan. Alloh azza va jalloh o'zini oyatlarini bandalarga aniq ravshan qilib bayon qiladi. Alloh azza vajallohning oyatlari.

[1:20] Istadibillar. Kadhalika yubayyinullohu lakumul ayyati la'allakum. Shunday qilib Alloh sizlarga o'zining oyatlarini bayon qiladi, shoyatki, la'allakum ta tafakkarun, shoyat fikr yurgizsanglar. La'allakum tahqilun, shoyat aql yurgizsangilar. La'allakun tahtadun, shoyat to'g'ri yo'lni topsanglar. La'llakum tattaqun. Shoyat taqvo qilsanglar, la allakum tashkurum, shoyat shukur keltirsanglar. Demak, Alloh Taolo aql yurgizsin, fikr yursin, to'g'ri yo'lni topsin, qo'rqsin, shukur keltirsin deb o'zining oyatlarini bandalariga ochiq ravshan, al mubin qilib bayon qiladi.

[2:08] Alloh Taoloni oyatlari deganda nimani tushunamiz? Birinchidan, Alloh Taoloning koinotdagi oyatlari. Koinotga qarab turib fikr yuzishlik. Ikkinchidan, takviniy oyatlar Alloh Taoloning ishlari, Alloh Taoloning fe'llari haqida fikr yuzishligi kerak. Uchinchisi Qur'oniy oyatlar. Qur'oniy oyoqlarni o'qib, tadabbur qilishimiz kerak. Bugun shu uchta narsa haqida gaplashamiz. Demak, koinotdagi oyoqlar, takviniy oyatlar, Alloh Taoloning fe'llari, ishlari va Qur'oniy oyatlar.

[2:46] Tafakkur qilish, birodarlar, insonni Allohga olib boradigan eng to'g'ri, eng yaqin yo'l. Tafakkur, birodarlar ibodatning eng oliy darajasi. Inson fikr qilib, aqli bilan topib, qalbi qanoatlanib turib qilayotgan ibodatini hamma qilayotganligi uchun qilayotgan ibodatidan farqi bor.

[3:08] Nimaga namoz o'qiyotganligini, nimaga aroq ichmayotganligini, nega saratonda ro'zasi to'yganligini tushunib, anglab, bilib turib qiladigan bo'lsa, buni huzuri boshqacha bo'ladi. Endi hamma tutyapti, biz ham tutamiz da. Hamma qilyapti, biz ham qilamiz deb turib, ko'r ko'rona qiladigan bo'lsa, bu ham ibodat. Lekin o'zi tushunib, anklab qilganchalik bo'lmaydi.

[3:31] Robbimiz subhanah va taolo marhamat qiladi astaydu billah. Innafi xolqi samavati va l ardi vaxti la fillayli va nahari la ayati li ulil al bab. Osmonlar va yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashib turishida aql egalari uchun oyat, alomatlar borligi shubhasiz.

[3:56] Biz yigirma birinchi asr odamlari o'sha haligi hozirgi doktorlar tilida sindrom menejeri degan kasal bor ekan. Menejer sindromi. Haligi vetnam sindromi deydi yu. Nima u desa, menejer bitta katta konsertni, shu ikki soatlik konsertni idora qilyapti da. Chaqirgan, xullas svetdayoq, odamlarga anaqa qil, manaqa qil. O'sha konsert tugaguncha suv qaynab turadi yuz yigirma gradus olib. Eson omon o'tib olsin deb. Tinim yo'q. Tinim yo'q, yuragida ham, aqlida ham. Bizda shu sindrom menejerlar bor hozir. Bir ikkita shoshib turamiz, bir ikkita potrab, o'zi bekorchi o'zi.

[4:36] Shoshib turgan, ulgurmayotgan, shoshilayotgan, asabiylashgan. Biz mana shunaqa bir menejerni sindromiga chalinib qolganligimiz uchun yigirma birinchi asrda odamlari. Qish kelganini ham bilmaymiz. Kuz kelganini ham bilaymiz. Yoz kelganini ham bilamiz. Yoshimiz ellikka borib qolganini ham bilmaymiz. Chunki nima bo'lib qolganmiz? Tafakkur qilishdan mahrum bo'lib qolib qolganmiz. To'g'ri aytyapmanmi?

[5:02] O'shaning uchun qo'y boqinglar akalar. To'rtta qo'yni haydab, polada yuringlar da, tafakkur qilib qilish ekan, zo'r vaqt. Endi u ham qaysi zormondan tashlab qo'ysanglar, tafakkur bo'ladi. Mana umuman tafakkur qildirmay qo'ydimiz. Ma minnabiyeen illa varo al g'onam deganlar rasululloh. Payg'ambarki bo'lgan, albatta qo'y boqqan. Chunki kishi tolada ketmon chopar ekan, yonida hech kim yo'q. Yo bir tolada suv qo'yar ekan, yo bog'bonchiligini qilar ekan, yo qo'y haydar ekan, tafakkur qilishlikka fursat bo'ladi. Mana yoshim qirq ga kiribdi.

[5:35] Yana bir yigirma yildan keyin oltmish ga kiraman ekan. Nima qildim? Tafakkur qilishlik, shuning uchun birodarlar ibodatni eng oliy darajasi. Mana shu tafakkurni qilishimizni Alloh Taolo buyuradi. Mana uchta oyatni aytdik. Nimalar edi u? Koinotdagi oyat alomatlar, Alloh Taoloning fe'li, takviniy oyatlari, Qur'oniy oyatlar. Koinotdagi oyatlari. Bir fikr qilib ko'ramiz.

[6:10] Yorug'lik tezligi. Alloh Taoloning mana shu koinotga qo'ygan oyatlaridan yorug'lik tezliga birodalar sekundiga uch yuz ming kilometr masofani bosib o'tadi. Bir o'ylab ko'ringlarda, bir, ikki desangiz, Yer sharini yetti yarim marta aylanib chiqadi. Bir, ikki deyishingizga. Bu qanaqa tezlik? Bu yana Alloh bizga bildirgan tezlik. Yana siz bilan biz bilmagan qanaqa tezlik bor?

[6:40] Bu yorug'lik tezligi uch yuz ming km yuradi, bir yilda to'qqiz trillion km masofani bosib o'tar ekan. Bir, ikki deyishingizga, Yer sharini ekvatori, belbog'i qirq ming km deyilsa, yetti yarim marta aylanadi.

[7:03] Fala uqsimu biy mavoaqiyn mujum va innahula qasamun lauta alamuna zhim. Robbimiz aytadi men yulduzlarning botir joylarga qasam tushurmanki, holbuki bu qasam, agar bilsangizlar, shak shubhasiz ulug' qasamdir. Bir yilda to'qqiz trilliondan ko'proq kilometr masofani bosib o'tadi. Va mana shu bir yilda to'qqiz trillion kilometrlikda yurib, million yillar shunaqa tezlikda uchsa, yorug'lik ketadigan bo'lsa tezligi, inson yetolmaydigan sayyoralar, yulduzlar borligini aytadi, astronomlar. Bir fikr qilib ko'ringlarda. Bu qanaqa katta masofa, bu qanaqa kattakir bir qudrat. Shuning uchun fikr qilsak, Alloh Taoloning qo'yib qo'ygan koinotdagi alomatlariga astaydu billah, innama yaxshi allohi meni ayb adixi al ulama. Allohdan bandalari orasidagi olim, bilimdonlargina qo'rqur. Fikr qiling da, endi sajdaga qo'yganingizda, yo Alloh deganingizda qalbingizga qanday bir huzur keladi.

[8:06] Shuning uchun aytiladi birodarlar, oxiratni istasang, ilmni lozim tut. Dunyoni istasang, ilmnni lozim tut, ikkalasini teng istasang, ilmlni lozim tut'. Bizni yerimiz birodarlar quyosh atrofida aylanadi. Quyosh bilan yerni o'rtasidagi masofa yuz ellik olti million km.

[8:30] Yorug'lik tezligi mana shu masofani sakkiz minutdan ozroq vaqtda bosib o'tadi. Oradagi yuz ellik oolti million kmda sakkiz minutni bosib o'tadi? Bir fikr qilib ko'raylik. Mana endi Alloh Taoloni koinotdagi alomatlari haqida gapiryapmiz. Yorug'lik tezligini va mana shu ulkan masofalarni gapirdik. Mana shu narsalar haqida fikr qilaylik va Alloh Taoloni qudratiga tan beraylik va ibodatni qilyapti mazza qilaylik. Shunaqa Robbning qo'li ekanligimizdan.

[9:06] Quyosh, Alloh Taoloni ulkan maxluqlaridan. Yerdaqa. Planetadan bir butun uch million donasi Quyoshni ichiga sig'ar ekan. Kattaligini tasavvur qilmaysizmi? Fikr qilmaysizimi? Va tan bermaysizmi Robbingizni qudratiga? Endi samo kelinglaridan yerimizga qaytamiz. Siz bilan bizni ko'zimizda juda bir haqqiy bo'lib ko'rinadigan chivin haqida gaplashamiz.

[9:34] Chivin. Insonni ko'zidagi eng haqiqiy jonivor. Alloh Taolo Qur'onda chivinning misolini keltirdi. Innalloh hala ayy astag'hiyan yadriba masalama va uddatan fama favqaha. Albatta, Alloh chivin yoki undan haqiqiy narsalar haqida masal aytishdan tortinmaydi.

[9:57] Endi chivinni vazni qancha deb o'ylaysizlar? O'ylab ko'rganmisizlar? Hozir men sizlarga mana shu chivinni jussasida, chivinni jasadida bor bo'lgan o'zgachaliklarda aytib beraman, yo Alloh, bir yoki uch mingligin ham keladigan hashorotda shuncha bir nabarot bormi deysizlar, bizni tilda.

[10:20] Chivin birodarlar uch ming xil turi bor ekan chivinni yer yuzida. Qorni ochib bo'lib turgan holatda bir yoki ikki milligram. Qorni to'yganda uch yoki besh milligramga teng kelar ekan vazni. Bir grammda o'ndan birichalik. Ana. Qorni toyganda yarim gram ekan. Endi, uzunligicha, uch millimetrdan olti millimetrgacha bo'lar ekan. Tasavvur qilyapsizlar a, chivinda?

[10:49] Shunchalik narsa. Endi ichidagi narsani ko'ring. E, birodarlar, nano texnologiya deyapti da, mana hozirgi kunda bunaqa nano texnologiyalar bo'yicha ishlangan futbolka, hech qachon terlatmaydi. Nano texnologicheskiy ishlangan narsa, moyka qilsangiz kir yuqmaydi mashinaga. Qarab turing, mana nano texnologiani. Uzunligi uch millimetr, og'irligi bir milligram bo'lgan. Shirinni birodarlar boshida yuzta ko'zi bor.

[11:20] Og'zida qirq sakkizta tishi bor. Ko'kragida uchta yuragi bor. O'rtadagi yurak, ikkita qonotiga bittadan yurak. Uchta motor. Tasavvur qilyapsizlar a? Biz hozir uch millimetrga sig'dirishimiz kerak shuncha narsani. Issiqligini aniqlovchi jihozi bor.

[11:42] Pasha bizga o'xshab narsalarni rangi bilan, shakli bilan ko'rmaydi, balki harorat orqali ko'radi. Haroratning mingdan bir qismini his qila olar ekan. Ya'ni bir gradusda mingga bo'lsangiz, o'sha har bitta qismini his qilar olar ekan. Uchib kelayotganda, sizdan chiqayotgan harorat, sizdan chiqqan hitga qarab turib, sizni qonangizni so'risa bo'ladimi, yo'qmi aniqlar ekan.

[12:07] Qonni tahlil qilish jihozi. Hamma qon to'g'ri kelavermaydi chivinga. O'shaning uchun ayrimlari chivin chaxmaydi ham. Yana shu chivinda og'riqni sezilmaydigan bir moddasi bor. Anesteziya deyiladi doktorlar, adashmayotgan bo'lsam. O'shaning uchun o'sha nishini sizga saygan paytda og'riqni siz sezmaysiz, shu moddasi bilan og'riqni u yopib turadi, bosib turadi. Kerakli qonni ichi bo'lib uchib ketgandan keyin nima bo'ladi?

[12:36] Yana mana shu chivinni jasadida qonni suyultiradigan moddasi bor. Agar shu modda bo'lmasa, insonni qoni uni xurtumidan o'ta olmas ekan. Yana mana shu xurtumi oltiga bo'linadi. Shu oltita bo'limni to'rttasi to'rtburchak qilib terini kelsa yorib beradi, ikkita xurtumini sayadi, shu bilan qonda ichadi.

[13:03] Bir yo uch milligram vazni uch millimetr uzunligi. Shu chivinni jussasiga alloh taolo mana shunday bir mo'jizalarni joylab qo'ydi. Endi nima deyish kerak? Subhanallohi ehsonul xoliqin, yaratuvchilarning eng go'zali bo'lgan Allohtao har qanday aybdan pok deyishimiz kerak. Biz o'ylab ham ko'rmaymiz a?

[13:29] Innalloh ala aya astaxiyan yadriba masalan man ba'udadam fan man favqaha. Alloh chivin yoki undan haqir narsalar haqida masala aytishdan hech tortinmaydi. Mana shu oyat, chivin haqida nozil qilingan oyat Qur'onning ilmiy mo'jizalariga dalolat qiladi. Qur'onning ilmiy mo'jizalari qatoriga kiradi. Qarang da, bu chivin yerda qanday xotirjam tursa, silliq shiftda ham, silliq devoldan shunday xotirjam turibveradi. Unga bu qudratni kim berdi? Mana shu kichkinagina mitti, hashoratni jasadida Alloh Taoloni shuncha bir qudratiga dalolat qiladigan, aqllarimizni lol qoldiradigan mo'jizalar turibdi.

[14:15] Alloh Taolo aytadi, astabiilla, qo'lingizda ro'mada fissama va tibalort. Osmonlar va yerdagi narsalarni kuzatinglar deydi. Inna fihol qish samavati val orde vaxtelah fillay li van nahar la ayatin li ulil al bab. Osmonlar bilan yerni yaralishida, kun bilan tun almashtirib turishida, aql egalari uchun Allohni tanitadigan oyatlar borligi shubhasiz.

[14:43] Ilm haqida, tafakkur va aql haqida so'zlaydigan oyatlar insonni Robbisi sari yetaylaydi. Uni Allohning ulug'ligini fikr qilishlikka boshlaydi. Robbimiz Subhanahu va Taolo aytadi, istadibilla fabia ya hadiy tim ba'dallohi va ayati hi minum. Bas, ular, mushriylar, Alloh va uning oyatlarini qo'yib, qaysi so'zga iymon keltirurlar? Robbimiz subhanahua taolo almubin, aniq, almubin, zohir. Koinotdagi har bitta narsa uni yakkaligiga, uni qudratligiga, uni kamoliga, uni azamatiga dalolat qiladigan oyatlar, alomatlar bilan to'lib tashgan.

[15:31] Alloh Taoloning oyatlari uchga bo'ldik. Birinchi oyat bu koinotdagi oyatlar. Ular haqida tafakkur qilishimiz kerak. Ikkinchi oyat, Alloh Taoloning takviniy oyatlari, ya'ni Alloh Taoloning qilgan ishlari, fe'llari. Uchinchisi Qur'oniy oyatlar. Mana shu oyatlarni siz bilan biz tadabbur, tafakkur qilar ekanmiz, Alloh Taologa olib boradigan yo'lning o'n dan to'qqiz qismini bosib o'tgan bo'lamiz. Tushunarlimi? To'qson foiz ish tafakkurda.

[16:05] Koinotga qarang. Allohni ishiga qarang, Qur'on oyatiga qarang, fikr qiling, tadabbur qiling, to'qson foiz ishni bajardingiz. Biz o'tgan darsimizda Alloh Taoloning koinotdagi oyat alomatlari haqida suhbat qildik, yorug'lik tezligini gapirdik. Yana nimani gapirdik? Chivinni gapirdik. Mana endi, endi Alloh Taoloning ishlari. Fe'llari haqidagi taklifiy oyatlar haqida bahs qilamiz.

[16:39] Demak, Alloh Taoloning koinotga qo'yib qo'ygan oyat alomatlari haqida fikr qilishligimiz kerak. Endi taklifiy ishlari. Fir'avn. Yer yuzida yashab o'tgan zolimlarning eng kattalaridan. Fajama'a faa faqoli ana robbukumul a'la. Men sizlarning eng oliy parvardigoringizman, dedi Fir'avn. Ya'ni xudoman dedi. Xudoman dedi.

[17:08] Ya'ni Qur'on qissalariga qararkanmiz, bironta kofir, bironta zolim, bironta fosiq munofiq, men xudoman demagan. Ammo Fir'avn xudoman dedi. O'zini jabborligi, quvvati, kibri, zulmi, qattiqqo'lligi bilan tanildi. O'zini zamonasidagi eng qudratli podshoh. Muso alayhissalom va Banu Isroil. Bir necha yuz yillab Banu Isroil Misrda qulchilikda yashadi.

[17:37] Ikkinchi sort odam bo'lib yashadi. Mana endi Alloh Taolo Muso alayhissalom orqali ularni Banu Isroildan chiqardi. Olti yuz mingga yaqin yahudiy Muso alayhissalom bilan chiqib Misrdan dengizni bo'yiga keldi. Fir'avn ularda chiqib ketganligini bildi, g'azablandi va ularni qirib, yakson qilib, yo'q qilib tashlashligi uchun ularni orqasidan qo'shin bilan chiqdi. Qissani bilamiz. Mana endi Alloh Taoloni ishini ko'rib qo'yaylik. Alloh Taoloning takviniy oyatlarini ko'raylik va nima qilaylik? Tafakkur tadabbur qilaylik.

[18:12] Ikki jamoa bir birini ko'rdi. Eng qudratli qo'shin ojiz, notavon bo'lgan yahudlarni qirib tashlashligi uchun kelishyapti. Ikkala jamoa bir birini ko'rdi. Shunda Banu Isroil Muso alayhissalomga qola ashabu Muso inna alamudrakovn. Musoning hamrohlari bizlar aniq tutildik dedilar. Haqiqatdan qutulib ketishlikka hech qanday imkoniyat yo'q. Shans nol.

[18:41] Fir'avn kelyapti qo'shni bilan. Shunda Mo'soning hamrohlari biz aniq tutildik dedilar. Qola, kalla, innama ayy robbi sayyahdin. Mo'so alayhissalom nima dedi? Yo'q. Albatta Parvardiyorim men bilan birgadir, albatta meni najotga boshlaydi. Yo'l ko'rsatadi. Mana endi Allohni qilgan ishini ko'rib turaylik.

[19:05] Yuz foiz Fir'avn ustun. Yuz foiz bamus ro'yli xor. Yutqazishi yo'q, qirilib ketishi aniq. Lekin birodarlar, Alloh Taoloni xohishi har qanday xohishni ustida turadi. Qissadan xabarimiz bor. Muso alayhissalom asosi bilan dengizni urdi. Dengiz ikkiga bo'lindi. Dengizni yeri qurib turdi. Mana shu olti yuz ming yahudiy dengizni kesib o'tib ketdi. Ular oxirgisi dengizdan chiqqanida, shiramni qo'shini dengizni o'rtasiga kirgan edi. Alloh Taolo suvni shunday yopdi. Banu Isroildan bironta odam bitta toshni olib ular tomonga otmadi. Lekin kim aytgani bo'ldi? Mana Alloh Taoloni ishiga fe'li bo'lgan bitta misol. Mana shuni fikr qilib qo'yaylik. Alloh xohlasa, birodarlar, dengiz bo'linib turadi. Alloh xohlamasa, bitta kesilni ko'tarib otmaydi. Alloh xohlansa, Ibrohim alayhissalomni o'tga yudirmaydi. Alloh xohlansa, Ismoil alayhissalomning pichoq kesmaydi. Ana Alloh Taoloning ishi. Siz bilan biz birodarlar, noumid bo'lmasligimiz uchun musulmonlar, Allohga ishonishimiz uchun, Alloh o'zini mo'min bandalarini hech qachon tashlab qo'ymasligiga aniq iymon keltirishimiz uchun birodarlar, mana shu oyat alomatlarini siz bilan bizga bayon qiladi.

[20:24] Tushunarlimi? Vala tahinu vala tahzana va an tumul a'laun in kun tum umining. Mana hozir musulmonlardan xorroq bir toifa yo'q yeryuzida. O'layotgan ham musulmon, talon taroj bo'layotgan ham mu musulmon, qoni to'kalar ekkan ham musulmon, yurti vayron bo'layotgan am musulmon, terrorist ham kim? Yana musulmon. Tushkunlikka tushmay, nima bo'ladi? Tushkunlikka uchib ketasiz da. Alloh Taolo aytyapti, sudlashmangiz va g'amgin bo'lmangiz. Agar haqiqiy iymon egalari bo'lsangizlar, sizlar ustun bo'lguvchidir sizlar. Shart haqiqiy iymon egasi bo'lishligi kerak. Haqiqiy iymo.

[21:11] Demak, Muso alayhissalom va Fir'avn o'rtasidagi bo'lgan qissa, Yunus alayhissalomni baliqni qorniga tushib ketganidagi qissa, bular Alloh Taoloning fe'liga, ishiga dalolat qiladigan oyatlar, takviniy oyatlar. Allohning ishlariga qaraylik da, tadabbur qilaylik, tafakkur qilaylik. Shuning uchun Robbimiz Subhanah va Taolo siz bilan bizga xitob qilib aytadi astaydu billah. Qulsiru fil art, sunman zuru kayfakana aqibatul mukaddimin. Yer yuzida aylanib sayri sayohat qilinglar deb ayting. So'ngra payg'ambarlarni yolg'onchi qilguvchilarning oqibati qandoq bo'lganini ko'ringlar.

[21:52] Aylaninglar, ko'ringlar, nima bo'ldi? Muhammad alayhissalomga dushmanlik qilganlar. Qani hozir? Abu Jahl, Abu Lahab, Umayya, Utba. Muhammad alayhissalomni yonida yordamchi bo'lib turgan kishilar qani? Abu bakr siddiq, umariddin xatto, boshqa sahobalar. Alloh Taolo aytyapti: ayting, yer yuzini sayru sayohat qilinglar va ko'ringlar. Qaranglar, ibrat olinglar.

[22:22] Abu Jahl, Abu Lahablar qani? Tarixning axlatxonasida. Ism zikr qilinsa, Allohni la'nati bo'lsin ularga deymiz. Endi abu bakr siddiq umarini xattof, ali ibn avidorov deyilsa, rodiyallohu anhun majmua'in deymiz. Bular oliy illiy yinda. Mana ko'raylik, mana shu ham Allohni ishi. Muhammad alayhissalomni abitar deyishdi, ya'ni o'g'il farzandlari yoshligida o'lib ketganligi uchun, o'g'il faxri farzandlari qolmaganligi uchun uni o'g'li yo'q, shuning uchun orqasi uzilgan deyishdi.

[22:54] O'n talab, yigirma talab o'g'illari bor bo'lgan, mushirlar shunday deyishdi. Lekin Allohni ishi qanday bo'ldi? Innashaniya aka huval abitar. Sizni dushmanlaringiz orqasi uzilgandi dedi. Kimning ishi bu? Allohni ishi va mana shu haqida fikr qilaylik. Mana shu haqda fikr qilay lik. Demak, Alloh Taoloning oyatlaridan koinotdagi oyatlar, tafakkur qilishimiz kerak bular haqida.

[23:19] Takviniy oyatlar, Alloh Taoloni fe'llari, ishlari, bularga qarashimiz kerak. Va endi uchinchi oyat, bu Qur'oniy oyatlar. Endi Qur'oniy alomatlar, oyatlar qoldi. Ular haqida ham tadabbur, tafakkur qurilishga buyurilganmiz. Avvalambor Qur'on haqida tafakkur tadabbur qilishlik uchun Qur'oni avval to'g'ri o'qishni o'rganish kerak. To'g'ri bo'lishni o'rganishi kerak. Arab tili qoidalariga muvofiq ravishda, ana shu maxraj bilan, tajvid qoidalari bilan o'qishlik kerak. Avval to'g'dir o'qishlikkerak. Qaytaramiz. Tafakkur tadabbr qilishlik uchu Qur'oni ovval to'g'ir o'qishni bo'lish kerak.

[23:59] Alloh Taolo Qur'onda, astaydubillah, yetlunnahu haqqot ila vathihi deb marhamat qilgan. Uni to'g'ri tilovat qiladigan kishilar bor. Mana shu to'g'ri tillovat qilishlikni ostiga, hozir aytayotganimizdek, to'g'ri o'qishlik birinchi navbatda keladi. Ikkinchi navbatda Qur'on oyatlarini tushunishimiz, tadbir qilishimiz uchun usul ilmiga muvofiq ravishda uni ma'nolarini tushunishim kerak. Juda ham nozik joy shu yerda.

[24:30] Aytib berdimmi, kecha bitta savol bilan keldi. Qur'onni o'qigan ekan, bilimdon oshnasi arabcha o'qishni bilar ekan. Sen Qur'onni ma'nolarini tushunmay o'qib, gunohkor bo'lyapsan, to'xtat bo'lishini to'xtatibdi. Keyin tafsir o'qigani kirishibdi. Mutaxassisni gapi bo'yichada, haligi olimni gapi bo'yiicha. O'qima degan ekan, endi tafsirga o'tibdi. Tafsir o'qishni boshlasa, yana ham problemasi katta bo'lib ketibdi. Nimaga desa? Qur'on bo'yicha biz yashamayapmiz ekanmiz deydi.

[25:01] Tarjimani o'qib turib, Qur'ondan hukm olishning quvvatiga ekanligiga ishonibdi. Chunki deydi Alloh Taolo Qur'onda tahorat haqidagi oyatni aytib turib, oyog'inglarni debdi. Yuzinglarni yuvinglar, chig'anog'igacha, qo'linglarni yuvinlar dedi, boshinglarga mast otinglar va oyog'inglorni degan. Oyog'inglarni deb turib yuvinglar demabdi, biz yuvamiz ekan, biz xato qilamiz ekan deb mushtohid bo'libdi uje. Bu ham mayli dedi. Men deydi, shu Qur'onda tafsilini o'qigandan beri nima yemay qo'ydim? Baliq yemay qo'ydi deydi. Nimaga desam, Qur'onda o'zi o'lganlarni xoram debdi Alloh.

[25:37] Sizlarda yangi tekkan joy, mana oyat bor, bular unga amal qilmaydi desa, sen o'qiblar, hukm chiqaradigan maqomdanmisan birodar? Yo'q. Baliq nima bo'lamish? O'zi o'lamish, demak o'zi o'rganasan. Xolam aka qayerda aytibdi buni? Shuning uchun Qur'on oyatlari haqida tadabbud, tafakkur qilishlik uchun, birinchi o'rinda uni to'g'ri o'qish kerak, tajribiy qoidalarga muvofiq. Arab tiliga to'g'ri keladigan qilib o'qishlik kerak va usul qoidalar bilan tushunishlik kerak. Men buni avvalam aytganman, qaytarib beraman uni kelganda.

[26:13] Qur'onda Alloh Taolo Baqara surasida qarz haqida oyat nozil qilgan. Ey iymon keltirganlar, ma'lum bir muddatgacha qarz olsanglar yozib qo'yinglar degan. Qur'ondagi buyruqni farz deymiz, qaytarilgan narsani harom deymiz. Namoz o'qinglar, ro'za tutinglar dedi, bu farz. Qilmagan odam gunohga ro'ladi. Aroq ichmanglar, zino qilmanglar dedi, bu harom. Mana shu buyruq doim ham farz bo'laveradimi degan savol bor. Muhammad alayhissalom Qur'onda hammamizdan yaxshi tushunganlar. Qur'onga hammamizdan ko'p amal qilganlar. Shundaymi? Yuz foiz amal qilgan Rasululloh, chunki oishonimiz aytganlaridek, ka'na xulquh al qur'an, Rasulullohni axloqi Qur'on edi. Hech kim Payg'ambarimizdaqa Qur'onga amal qila olmagan. Shu Zot, Alloh Qur'onda qarzni yozib qo'y desa, ba'zida yozdirib, ba'zidayozdirmaganlar. I agar pryamoy tushunsak, Alloh yoz desa, Muhammad alayhissalom ba'zida yozib, ba'zida yokmagan bo'lsa, demak, ba'zida amal qilib, ba'zida Qur'onga amal qilmagan bo'lib qolar ekanda. Bizni noqisq aqlimiz bo'yicha shunaqa. Shuning uchun ukalar, hadisni tarjimasini eshitib olib, oyatni tarjimasinieshitib olib, hukm chiqarmanglar.

[27:29] Qattiq adashasizlar, gunohga rolasizlar. Usulul fiqh degan ilm bor birodarlar, usul degan ilmlarimiz bor. Mana shu usul qoidalar bilan tushunsak, inay to'g'ri ketamiz. Umarun qattopayotgan man fassar al qur'anab royi faqat dolla. Kim Qur'oni oyatlarini o'zini rayi bilan tafsir qilsa, aniq adashadi.

[27:51] Tushunarlimi? Shu ilmni egalaridan borib so'rab aniqlanglar. Biz baliq yeymizmi, yemaymizmi? Iymizmi? O'laysa xorundoygan ekan u. Ko'ringlar mana, ilmsizlik qanchalar katta musibat. Qur'on oyatlari haqida tadabbu tafakkur qilishlik, hozir aytayotganimizdek, usuliylikka muvofiq, arab tili grammatikasiga muvofiq tajribat, qoidalarga muvofiq bo'lishligi kerak. Shunda Qur'ondan biz to'g'ri xulosa olamiz, to'g'ri natija olamiz.

[28:29] Alloh taoloning oyatlari haqida tafakkur qilish nima degani? Innalloha yuhibbul mutavakkili. Albatta Alloh uning o'ziga tafakkur qituvchilarni yaxshi ko'radi. Shu oyat haqida tafakkur qilish, tadabbur qilish qanday bo'ladi? O'ziga savol berasiz. Men Allohga tafakkur qilganlardanmanmi? Men yolg'iz Uni o'ziga suyanadiganlardanmanmi?

[28:53] Shu oyat haqiida tafakkur qurilish bo'ladi. Mana shunday qilsak, yatlu na hu haqqat ilovati oyatiga ostiga kirgan bo'lamiz. Demak, arab tili qoidalariga ko'ra, tajvid qoidalari asosida o'qish, uni fahmlash va usul ilmlari asosida Qur'onni nima qilish, anglashni tushunish. Tafakkur qilish bu Alloh Taoloning oyati, buyrug'i. Va bu ya tafakkuruna deb turib Alloh Taolo hozir va kelasi zamon fe'lida kelgan. Qilyaptilar yoki qiladilar. Fikr qilganlar deb aytmaydi, bir marta fikr qilib qo'yilmaydi. Doim fikr qilinadi. Ertayu kech yoshligimizda ham, qariganimizda ham.

[29:36] Va ya tafakkurona fihol qissama vati val al. Osmonlar va yerni yaratilishida tafakkur qiladigan odamlar deb aytadi. Mana endi bu oyat bizga nimani majbur qiladi? Biz jannatinglarni oyatlarini o'qisak, jannatinglarga o'xshashga harakat qilishimiz kerak. Do'zaxlar haqida xabar bergan oyatni o'qisak. Shularga o'xshab qolmaslikka harakat qilishim kerak. Buyruq oyatini o'qisang, itoat qilishga shoshilishimiz kerak, qaytarib oyatlarni o'qiydigan bo'lsak, ana shu ishlardan qaytishdek harakat qilishmiz kerak. Shunda Qur'on oyatini tafakkur qilgan bo'lamiz.

[30:12] Avvalgi o'tgan ummatlarda hayotini o'qisak, undan o'zimizga ibrat olishligimiz kerak bo'ladi. Birodarlar, tafakkur qilish bandani Allohga yetaklab olib boradigan eng yaqin to'g'ri oson yo'l. Agar biz tafakkur degan Alloh Taoloni buyrug'ini to'g'ri bajarsak, yo'lni o'ndan to'qqizini bosib o'tgan bo'lamiz. Hozirgi kundagi musulmonlarni mushkulasi ayni shunda. Ular ya'ni siz bilan biz. Buyruqni bilamiz. Namoz o'qish kerakligi buyruq bilamiz. Yolg'on gapirmaslik kerak bilamiz. Buyruqni taniymiz, ammo buyruqchini tanimaymiz. O'shaning uchun buyruqqa beparvomiz. Sahoba ikromlar, buyruqchini tanishgan, buyrug'ini tanishgan, amal qilishgan. Hozirgi kunda musulmonlar Allohnı tanishmadi. Haq so'radi da. Lekin buyruqdan xabari bor.

[31:09] Buyruqchini tanimagandan keyin buyruqqa beparvo bo'lishuvdi, Alloh Taolo ham bu musulmonlarga beparvo bo'ldi. Hozirgi kundagi musulmonlarni Allohnı buyruqlariga beparvoligiga ko'payib ketdi. Allohning oyatlarini qadri bo'lmayapti hozirgi musulmonlarning ko'pchiligiga. Shuning uchun bu musulmonlarning ham Alloh Taoloqaga qadri yo'qoldi. Avvalgilar buyruvchini ham, buyrug'ini ham bildi. Qadr qimmatli bo'ldi. Alloh ularni dunyodagi ustozlarga aylantirdi. Bu o'ta muhim nuqta. Buyruqni tanisangiz u, buyruvchini tanimasangiz, buyruqqa be'etibor bo'lasiz. Shuning uchun ko'chada yurgan qancha ibodatdan uzoq, fizx hujjida yurgan birodarlarimiz mana shu mushkula bilan ko'chada yurupti. Mana shu mushkular bilan gunohmas yerdan chiqa olmayapti. Qaysi mushkula?

[32:00] Ular buyruvchini tanimayapti. Buyruvchini sanamayapti. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni hayotiga qarasak, uzodning hayoti mana Makkada o'n uch yil o'tgan bo'lsa, mana shu o'n uch il, o'n uch xil muddat Qur'on oyatlari nozil bo'ldi. Bu oyatlarda asosiy narsa odamlarga Allohni tanitishlik bo'ldi. O'n uchx yil Allohni tanishdi. Taniganlaridan keyin, Madinaga borgandan keyin, mana endi hukmlar tushdi.

[32:31] Mana endi tushunyapsizlarmi nimaga namoz o'qi desangiz namoz o'qimaydi akangiz. Endi tushunayapsizlarmi nimagi arag'ingni tasha, bu biznes xoram desangiz tasha olmayapti. Biladi xoramligini arag'ini. Lekin nimaga tasha olmaydi? Buyruqchini tanimaydi. Koinotga qarab Allohni taniymiz, Qur'on bilan esa unga ibodat qilamiz.

[32:54] Maqsad, birodarlar, shariatni maqsadi bandalarni ikki dunyoda saodatga yetishlari. O'zi odam bolasini asosiy maqsadi ham shu emasmi? Ikki dunyoda saudatga yetishlik. Endi bu maqsadga faqatgina Allohga itoat qilishlik orqali erishiladi. Robbimiz aytadi, astadibillah, ma yaf'alullohu bi adabikum in shakartum va amantum. Ey, sizlar shukur keltirib, iymon keltirsanglar, ya'ni iymonli bo'lib turib shukur keltirsanglar Alloh nimaga azoblasin sizlarni.

[33:28] Musulmonlarni juda ko'pchiligini ustida mana shu Alloh Taoloning alamli azobi turibdi. Kimsida faqirlik, kimida kasallik, kimisida mushkulalarda hal bo'lmayotganligi, kimi qarzi ko'pligi, kimi ish yurishimayotgani, kimi yurtida fitna bo'layotgani, qaysi yurtda musulmonlar bir birini go'shtini yeyotganligi, qonini oqizayotganligi, mushkulami bu? Azobmi? Azob. Robbimiz aytyapti, men nima qilaman senlarda azoblab, agar iymonli bo'lib turib shukur keltirsang? Tushunarli a? Nima mushkula bo'lsa hayotimizda, mana shu ikkita narsa tufayli. Yo iymonimizda nuqson bor, yoki shukur ketilishini o'rniga qo'ymayapmiz.

[34:06] Iymon keltirsang, shukur keltirsang, seni azoblolmayman manda. Bu usuldan musulmon odam o'ziga qanday ulush nasiba olishligi kerak? Al bayan ya turu dush shayton. Robbimiz aniq, ravshan, haq, chinakam, rostakam bo'lgan zot. Aniq. U zotni hukmlari aniq. U zotning oyatlari aniq. Musulmon odam ham o'ziga ulush oladi. Ishini aniq, aniq, aniq qiladi.

[34:37] Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam etikof o'tirganlarida u zotning ziyoratiga ayollardan bittasi, ummahotul mo'minun onalarimizdan bittasi keldi. Onamiz turib, ozgina o'tirib chiqib ketayotganidan keyin, rasululloh kuzatgani chiqdilarda, chiqib ketayotsa, ikkita sahoba kelib qoldi. Qorong'u payt. O'tib ketishgandan keyin Rasululloh, ey, to'xtanglar. To'xtanglar, bu meni ayolim sofiy a deb qo'ydilar.

[35:02] Mana shu ikkala sahobani qalbida shubha, gumon bo'lib qolmasligi uchun Rasululloh to'xtatib, aniq qilib qo'yaptilar ishini. Bu meni ayolum sofiy a deb qoyaptilar. Shuning uchun sheriklik tijoratda ishlaysiz birov bilan. Sherigingiz sizga yuz bir foiz ishonadi, yuz foiz ham emas. Shunaqa bo'lsa ham otchotda qilib ko'rsatib qo'ying. Safarga ketyapsiz, bir haftami, bir oymi uyda yo'q bo'lasiz, kelishdingiz, qaynukangiz kelib opasidan xabar olib turadi.

[35:30] Qo'shnilarga aytib qo'ying, qo'shnilar, men o'n besh kunga yoki bir oyga safarga ketyapman. Ayolimni ukasi kelib xabar olibturadi opasidan. Shundan xabardor bo'lib qolinglar deng. Agar shuni qilmasangiz nima bo'ladi? Endi nima deb o'ylasin qo'shnilar? Shuning uchun musulmon odam, uni robbisi al mubin. Uning mana shu ismidan o'ziga ulush nasiba olishligi kerak. Qilayotgan ishini aniq ravshan qilsin, shubhaga o'rin qoldirmasin, keyin o'zini va odamlarni malomat qilmasin.

[36:03] Xulosa, musulmon kishi ikki xil tushuniladigan ishlardan imkoni boricha uzoq bo'lishligi kerak, ikki xil tashkil qiladigan ishlardan uzoq bo'lishinglar kerak. Agar shunga zarurat bo'lib qoladigan bo'lsa, bayon qilib qo'ysin. Aniq qilib qo'ysin, chunki bu mo'minga yarasha oladigan sifat. Alloh subhanah va taolo almubin, aniq, ravshan, haq bo'lgan zot, musulmon bandi albatta o'ziga bu ismdan ulush nasiba olishlik kerak bo'ladi.

[36:32] Aquli hovli hayda, va astag'firulloh ilayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [0:13] Quran Al-Baqara 2:32
  - Said in the lecture: “Allohum ala ilmalana illa ma'lam tana innaka antala alimul hakim.”
  - Arabic: قَالُوا۟ سُبْحَٰنَكَ لَا عِلْمَ لَنَآ إِلَّا مَا عَلَّمْتَنَآ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْحَكِيمُ
  - Uzbek translation: Ular:"Ey pok Parvardigor! Bizda Sen bildirgandan boshqa ilm yoʻq. Albatta, Sening Oʻzing biluvchisan va hikmatli zotsan", dedilar.
- [3:35] Quran Al-Baqara 2:164
  - Said in the lecture: “Innafi xolqi samavati va l ardi vaxti la fillayli va nahari”
  - Arabic: إِنَّ فِى خَلْقِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَٱخْتِلَٰفِ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ وَٱلْفُلْكِ ٱلَّتِى تَجْرِى فِى ٱلْبَحْرِ بِمَا يَنفَعُ ٱلنَّاسَ وَمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مِن مَّآءٍۢ فَأَحْيَا بِهِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَبَثَّ فِيهَا مِن كُلِّ دَآبَّةٍۢ وَتَصْرِيفِ ٱلرِّيَٰحِ وَٱلسَّحَابِ ٱلْمُسَخَّرِ بَيْنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يَعْقِلُونَ
  - Uzbek translation: Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida, kechayu kunduzning almashib turishida, odamlarga manfaatli narsalari ila dengizda yurib turgan kemada, Allohning osmondan suv tushirib, u bilan oʻlgan yerni tiriltirishi va unda turli jondorlarni taratishida, shamollarni yoʻnaltirishida, osmonu yer orasidagi itoatgoʻy bulutda aql yurituvchi qavmlar uchun belgilar bor. (Ushbu oyatlarda zikr qilingan holatlarni doim koʻrib, ularning ichida yashab yuramiz. Shu qadar koʻnikib ketganmizki, alohida eʼtibor bermay qoʻyganmiz. Holbuki, bularning har biri Alloh taoloning borligiga katta bir dalildir. Darhaqiqat, insof bilan, aqlni joyiga qoʻyib, bir oʻylab koʻraylik-chi: osmonlaru yerni kim yaratgan? Osmonlarning chegarasini hali birov chegaralab bilgani yoʻq. Undagi bor narsalar, hamma-hammasini kim yaratgan? Allohning borligini inkor qilayotgan xudosizlarmi? Yoki boshqa birorta yaratuvchi bormi?)
- [7:03] Quran Al-Waaqia 56:75–76
  - Said in the lecture: “Fala uqsimu biy mavoaqiyn mujum va innahula qasamun lauta alamuna zhim.”
  - Arabic: ۞ فَلَآ أُقْسِمُ بِمَوَٰقِعِ ٱلنُّجُومِ وَإِنَّهُۥ لَقَسَمٌۭ لَّوْ تَعْلَمُونَ عَظِيمٌ
  - Uzbek translation: (75) Yulduzlarning manzillari bilan qasam ichaman. («Joylari» deganimiz - uning oʻrnashgan, chiqish va botish joylari - burjlaridir.) (76) Albatta, agar bilsangiz bu ulugʻ qasamdir. (Bu oyati karima oʻn toʻrt asrdan koʻproq muqaddam nozil boʻlganligi hammaga maʼlum. Oʻsha paytda odamlar yulduzlar haqida sodda tushunchaga ega edilar, ularning hajmi, soni, harakati haqida deyarli hech narsa bilmas edilar. Falakiyot ilmi rivojlanib, ular vositasida ochilgan juda koʻplab kulliyotlar Qurʼon oyatlarining ulugʻligini tasdiqladi.)
- [13:29] Quran Al-Baqara 2:26
  - Said in the lecture: “Innalloh ala aya astaxiyan yadriba masalan man ba'udadam fan”
  - Arabic: ۞ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَسْتَحْىِۦٓ أَن يَضْرِبَ مَثَلًۭا مَّا بَعُوضَةًۭ فَمَا فَوْقَهَا ۚ فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ فَيَعْلَمُونَ أَنَّهُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّهِمْ ۖ وَأَمَّا ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فَيَقُولُونَ مَاذَآ أَرَادَ ٱللَّهُ بِهَٰذَا مَثَلًۭا ۘ يُضِلُّ بِهِۦ كَثِيرًۭا وَيَهْدِى بِهِۦ كَثِيرًۭا ۚ وَمَا يُضِلُّ بِهِۦٓ إِلَّا ٱلْفَٰسِقِينَ
  - Uzbek translation: Albatta, Alloh chivin yoki undan ustunroq narsani misol keltirishdan uyalmas. Iymon keltirganlar, albatta, u Robbilaridan kelgan haqligini biladilar. Ammo kufr keltirganlar. Alloh bu misoldan nimani iroda qiladi, deyishadi. U bilan koʻpchilikni zalolatga ketkizadi va koʻpchilikni hidoyatga soladi. U bilan faqat fosiqlarnigina zalolatga ketkizadi.
- [14:25] Quran Al-Baqara 2:164
  - Said in the lecture: “Inna fihol qish samavati val orde vaxtelah fillay li van nahar”
  - Arabic: إِنَّ فِى خَلْقِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَٱخْتِلَٰفِ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ وَٱلْفُلْكِ ٱلَّتِى تَجْرِى فِى ٱلْبَحْرِ بِمَا يَنفَعُ ٱلنَّاسَ وَمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مِن مَّآءٍۢ فَأَحْيَا بِهِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَبَثَّ فِيهَا مِن كُلِّ دَآبَّةٍۢ وَتَصْرِيفِ ٱلرِّيَٰحِ وَٱلسَّحَابِ ٱلْمُسَخَّرِ بَيْنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يَعْقِلُونَ
  - Uzbek translation: Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida, kechayu kunduzning almashib turishida, odamlarga manfaatli narsalari ila dengizda yurib turgan kemada, Allohning osmondan suv tushirib, u bilan oʻlgan yerni tiriltirishi va unda turli jondorlarni taratishida, shamollarni yoʻnaltirishida, osmonu yer orasidagi itoatgoʻy bulutda aql yurituvchi qavmlar uchun belgilar bor. (Ushbu oyatlarda zikr qilingan holatlarni doim koʻrib, ularning ichida yashab yuramiz. Shu qadar koʻnikib ketganmizki, alohida eʼtibor bermay qoʻyganmiz. Holbuki, bularning har biri Alloh taoloning borligiga katta bir dalildir. Darhaqiqat, insof bilan, aqlni joyiga qoʻyib, bir oʻylab koʻraylik-chi: osmonlaru yerni kim yaratgan? Osmonlarning chegarasini hali birov chegaralab bilgani yoʻq. Undagi bor narsalar, hamma-hammasini kim yaratgan? Allohning borligini inkor qilayotgan xudosizlarmi? Yoki boshqa birorta yaratuvchi bormi?)
- [20:25] Quran Aal-i-Imraan 3:139
  - Said in the lecture: “Vala tahinu vala tahzana va an tumul a'laun in kun tum”
  - Arabic: وَلَا تَهِنُوا۟ وَلَا تَحْزَنُوا۟ وَأَنتُمُ ٱلْأَعْلَوْنَ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
  - Uzbek translation: Boʻshashmanglar! Xafa boʻlmanglar! Sizlar, agar moʻmin boʻlsalaringiz, ustunsizlar. (Ey musulmonlar! Hech boʻshashmanglar, zaiflashmanglar, sizga yetgan musibatlarga, boshingizga tushgan ogʻirliklarga xafa boʻlmanglar. Sizlar dunyoda hammani hidoyatga daʼvat qiluvchilarsiz. Ular zulmatga, zalolatga chaqiruvchilardir. Sizlar ikki dunyo saodatiga egasiz. Ular ikki dunyo badbaxtligiga egadirlar.)

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz chivinning qanday xususiyati tufayli insonning qonini so'rish uchun uni aniqlay olishini aytadi?
   - a) Haroratning juda kichik farqlarini his qila olishi — correct
   - b) Rangi va shakli bo'yicha ko'rish qobiliyati
   - c) Yorug'lik tezligida uchish imkoniyati
   - d) Ovoz to'lqinlari orqali yo'l olishi
   - Why: Darsda ustoz chivinning rang yoki shakl emas, balki haroratning mingdan bir qismini his qila olishi orqali insonni aniqlay olishini ta'kidladi. [11:42–12:05]

2. Ustoz Alloh Taoloning oyatlarini nechta asosiy turga bo'lib, ular orasida takviniy oyatlarni qaysi ma'no bilan izohlaydi?
   - a) Insonning ichki his-tuyg'ulari
   - b) Koinotdagi tabiiy hodisalar
   - c) Allohning qilgan ishlari va fe'llari — correct
   - d) Qur'ondagi matnli oyatlar
   - Why: Ustoz Allohning takviniy oyatlarini uning qilgan ishlari va fe'llari deb ta'riflaydi. [15:31–16:03]

3. Ustoz Qur'oni Karim haqida tafakkur va tadabbur qilish uchun birinchi navbatda nima qilishni talab qiladi?
   - a) Qur'on tarjimasini yod olish
   - b) Arab tili grammatikasini chuqur bilish
   - c) Sahobalar hayotini o'rganish
   - d) Qur'oni to'g'ri o'qishni o'rganish — correct
   - Why: Darsda Qur'on haqida tafakkur qilish uchun avval to'g'ri o'qishni o'rganish zarurligi ta'kidlangan. [23:19–23:57]

4. Ustoz Qur'on oyatlarini o'z rayi bilan tafsir qilgan odam haqida qanday hukm bildiradi?
   - a) U to'g'ri xulosa qiladi
   - b) U ilmiy darajaga erishadi
   - c) U gunohga ro'ladi
   - d) U aniq adashadi — correct
   - Why: Darsda Qur'onni o'z rayi bilan tafsir qilgan kishi aniq adashadi degan hadis keltirilgan. [27:29–27:49]

5. Ustoz shariatning asosiy maqsadi nima ekanini aytadi?
   - a) Jamoat ichida o'z o'rnini saqlash
   - b) Faqat dunyoviy boylikka erishish
   - c) Qonunlarni qat'iy bajarish
   - d) Bandalarni ikki dunyoda saodatga yetkazish — correct
   - Why: Ustoz shariatning maqsadi bandalarni ikki dunyoda saodatga yetishlari ekanini ta'kidlaydi. [32:54–33:26]
