MMaviza
Al-HayiyyПроверено23 daq

23.04.2021 - AL-HAYIIY / ASMA-UL-HUSNA

Abdulloh Domla · Asmoul husno

Перевод на этот язык пока недоступен. Ниже показан оригинальный (узбекский) текст.
0:00
22:34
История изменений

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbilar alamin. Vassolat va salomu ala saidina muhammad as sodiqil va adilamin. Allohum ala ilmalana illa ma'allam ta'na inna kamtala alayh murhakin. Allohum alayh imna ma'yon fauna. Va'n fa'n bi ma'l la'm ta'na vaziydina ilma. Allohum alai inna al haqqa haqqon orzu qimmatiba.

Va arinal botila botina orzu onashtinaba va ja'annami mayestami unal qovli fayadda biyuna husana. Va dihinnami rahmataki fii aibadika solihin. Ammabot, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Alloh subhanah, xato aluh, shu biz saidul ayyom kuni barchamizga muborak qilgan bo'lsin. Duolarimizni ijobat qilsin. Gunohlarimizni manfiyat qilsin.

Asmon xusno silsilasidan bugun allohni fazli bilan, allohni madadi bilan go'zal ismlaridan al hayi ismini dars qilamiz. Alloh subhanah va taolo al hayi bo'lgan zot. Al hayi. Alloh Taoloning bu ismi Payg'ambarimiz Sollallohu Alayhi Vasallamning hadislarda zikr qilingan. Qur'onda zikr qilinmagan. Payg'ambarim sollallohu alalayhi vasallam o'zini robbisini al hayi deb atadi.

Abu Dovuddan keltirilgan hadisda Payg'ambarimiz aytadilar. An nabiy sollallohu alayhi vasallam ro rojulan yig'itasiz lyubila izarin. Yig'itasiz liubila izarin, fasoidal minbaro fahmida Alloh va atna alayhi simmaqol. Innalloha azza va jalla hayyun siddiy rum yuhib bul hayya va sitro. Fayda' ta saloha dukun falyas ta'tir. Fayda'ta saloha dukun falyas ta'tir. Bir kishi qip yalang'och bo'lib yuvinayotganligini Rasululloh ko'rib qoldilar.

Minbarga ko'tarilib, Allohga ham o'ziga salovat aytib, aytdilarki, albatta Alloh hayi va sittiriy bo'lgan zotdir. Albatta Alloh ha'i va sittirdir. Hayo va sitrni yaxshi ko'radi. Agar birortangiz yuvinsa, bas o'zini satrga olsin. Agar birortangi yuvinsa bas o'zini. Satrga olsin! Satr degani bu inson o'zini to'sishligi. Avratini to'sishligiga.

Mana shu hadisda Alloh Taoloning al hay'iy ekanligi aytilindi. Ya'ni hayoliy. Hayoliy. Banda qo'lini ko'tarib, Robbisiga duo qilib, hojatini aytib, yolvorib olar ekan. Alloh azza va jalla al hayy bo'lgan zot bandani qo'lini quruq qaytargani hayo qiladi.

Innou robbakum tabaraka vatan ala hayyun karimun yastahi min abdihi ida rofa yada ilayhi an yorotdohu mas sifron. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar. Albatta sizlarning robbingiz taboraki va taolo hayy va karimdir. Agar banda ikki qo'lini ko'tarib, unga duo qilsa, uning qo'llarini quruq qaytargani hayo qiladi. Demak, birodarlar, banda yolvorib qo'liniko'tararkan, labbay demaslikka alloh uyaladi. Istig'for so'rasa, mag'firatini bermaslikka hayo qiladi, tavba qilsa banda duo qilib, tavbasini qabul qilmagani hayo qiladi. Robbimiz bizni kechirishni xohladi, shuning uchun istig'for aytinglar dedi.

Robbimiz bizni tavbamizni qabul qilishni xohladi. Shuning uchun tavba qilinglar dedi. Robbimiz ijobat qilishligini xohladi, shuni uchun duo qilinglar dedi. Vo qol aro bu kunu du'umi as tajjubla kun. Duo qilinglar ijobat qilaman deydi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, imom ahmaddan keltiriladi bu hadis. Abu Hurayra roziyallohu anhudan. Ida akana sul sul laylil axir, nazar robb qum ila samail dunya fayoqul hal min ta ibn fathu bu alayhi, hal min sa' ilin fa autihi, hal min mustag'firin fa ofirullohu, hal min tolibi hajating faofihaluhu, xatta yattal ya'l fajr.

Tunning uchinchi qismi bo'lganida, har kecha, tunning uchinchi kismi bo'lgunida, Robbimiz subhanahu va taolo dunyo osmoniga tushib kelib, tong otgunicha tavba qiluvchi bormi? Tavbasini qabul qilay. Istig'for so'raydigan bormi? Kechiray. Hojatini so'raydigan odam bormi? So'raganini beray deydi, tong otgunga qadar. Ana, tunni uchinchi qismida turib banda shularni so'rar ekan, Alloh bermagani hayo qiladi. Endi Alloh Taolo dunyo osmoniga tushligi, o'ziga loyiq bo'lgan, o'ziga munosib bo'lgan suratda, uni kayfiyati qanaqa bo'lishligini bilmaymiz. Lay sa kamit lixi sha'yun vo xvossam yo'l bosir. Inson bolasi mushkulaga kirib qoladi. Shubha, gumonlar orasida qolib ketadi. Har tomondan xavotir, har tomondan muammo o'raydi. Mana shu paytda banda robbisiga duo qilishlik kerak. Alloh Taolo siz bilan bizga mana shu narsani buyuradi. Tavba qil, istig'for so'ra, hojatingni so'ra, men senga albatta beraman so'raganing deydi Alloh Taolo. Chunki qo'limizni ko'tarib, Parvardigor der ekanmiz, Allohim ahmas ekan, quruq qaytarmas ekan.

O'ttiz yildan beri namoz o'qiyman, o'ttiz yildan beri so'rayapman, bermayapti yu. Yuzta ja bul yo hadiku ma'lam yasta ajil. Rasululloh aytadilar, shoshiltirmasanglarlar, duoyinglarni ijobat bo'ladi. Dedilar. Shoshiltirmasanglarlar duoyilar ijobat bo'ladi. Qanaqa qilib shoshiltiramiz yo Rasululloh? Sizlardan bittanglar robbimga duo qildim, duo qildim, duoi qildim, ijobat qilmadi deydi. Mana shu shoshiltirgani bo'ladi. Endi ijobat bo'lsin.

Mana shu adiziy sharhida ulamolar aytadi, banda duo qilar ekan Allohga. To'rtta narsadan bittasi albatta beriladi unga. Birinchisi, so'ragani beriladi. Ikkinchisi, so'raga ni ikki barobar qilib beriladi. Yoki so'raganichalik musibatdan saqlab qo'yadi. Yoki oxiratga olib qo'yadi?

Qaysinisida yutqazyapsiz? Hech qaysisi. Qaysinisida yutyapsiz haqiqiy o'zi? Yashang. O'shaning uchun o'ttiz yildan beri duo qilayotgan bo'lsangiz, xursand bo'ling. Bersa xursand bo'lamiz. Lekin bermasa xafa bo'lmaydi, chunki kattarog'ini olib qo'yapti ekan oxiratga. Ma'qulmi? Albatta robbiylar hayy bo'lgan zot. Bandi qo'lini ko'tarib duo qilar ekan, uni ijobat qilmasdan quruq qaytargani uyaladi, hayo qiladi dedi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam. Duodan nima qilmaylik ekan? To'xtab qolmaydi yek.

Hayot rodalar iymondan bo'ladi. Ulug'lik Allohdan so'rashni chiroyli qilishlikdan. Ya'ni nimani so'rash kerak? Uni rozi qiladigan narsani so'rashlik kerak. Siz bilan biz unga yaqin qiladigan narsa so'rashlik. Dunyo oxirat saodatini so'rashlik, o'zini tanitishini so'rash kerak. Amrida mustaqil turishga tavfiq berishini so'rashi kerak. Solih amallarga muvaffaq qilishini so'rasha kerak va eng ulug' karomatni so'rash keraks. Ilmni so'rashadi Allohdan. Va qur robbi zidni ilma. Ayting, Parvardigor, ilmimni ziyoda qilgin deb.

Mana shu ziyoda qil degan kalima pulga nisbatan aytilmagan Qur'onda. Mansabga deb aytilinmagan. Faqat ilm deganda ziyoda qil deb so'ragan. Ma'qulmi? Ilmni ziyoda qil degan so'rayapti. Istedbillah. Vo allamaka ma'lam takun ta'lam, vakana fadulullohi alayka fiyman. Va siz bilmagan narsalarni sizga ta'lim berdi, Allohni sizga qilgan fazli marhamati ulug' bo'ldi.

Hamma so'raydigan bitta narsa bor. Nima u? Boylik, mol u dunyo. Musulmon ham so'raydi uni, kofir ham so'raydi. Endi mana shu mol u dunyoni musulmonga ham berib yuboradi Alloh, kofirga ham berib yuboraveradi. Ammo mana shu mol u kuniyo har doim ham bandani Allohga yaqin qilaveradimi? Yo'q, ba'zida uzoqlashtirib yuboradi.

Haqiqiy mo'min nimani so'raydi unda? Ha, u ham mol u dunyoni so'raydi, harom emas. So'rashi o'zi ibodat, so'rashi ibodat. Haqiqiy mo'min odam iymonni so'raydi. Shukrni so'raydi, rizoni so'raydi. Allohga bo'lgan muhabbatni so'raydi va mana shularni hammasini unga yo'lini o'rgatadigan ilmni so'raydi . Va qurrobbi zidniy ilma. Parvardigor ilmimni ziyoda qilgin deb duo qiling deyapti.

Ilm nima edi o'zi? Ilm? Voqelik haqida kelgan to'g'ri xabar. Ilm, tire, voqelik haqiga kelgan to'g'ri xabar. Al Hayy ma'nolaridan Alloh Taolo hayo bilan sifatlangan. Demak, Alloh Taolo bandasini qo'lini quruq qaytargani hayo qilar ekan. Astag'firulloh. Valil la ilahil asma ul husna fadohu biha. Alloh Taoloning go'zal ismlari bordir. Bas uni o'sha ismlaringlar chorlanglar, yod etinglar. Musulmon odam robbisining go'zal ismlaridan o'ziga ulush nasiba olishligi kerak. Robbisini Al Karim, saxiy zot ekanligini biladi da, saxovat degan sifatni o'zida paydo qilishga harakat qiladi. Musulmon od ham robbisini al hay'iy, hayoliy zot ekanigini bildi va mana shu hayo degan sifatdan o'ziga ulish olishligi keraks.

Hayo latif, go'zal xulq. U o'zini egasini qabih ishlarini qilishdan to'sib turadi. Behayo deb qo'yadi. Ya'ni qabih ishlarni qilishlikdan to'sadigan sifati yo'q odam. Behayo. Har bir insonning tabiati, birodarlar, fitrati Alloh Taoloning manhajiga muvofiq keladi, mos keladi, to'g'ri keladi. Fitrat. Fitrat nima? Insonning tabiati. Mana amru ma'ruf, nahi munkar degan so'zni bilasizlar. Amru ma'ruf va nahi munkarni bilasizlar. Ammo ma'ruf yaxshilikka buyurish, nahi munkor yomonlikdan qaytarish. Ma'ruf ya xilik, munkor yomon lik. Bilasizmi nimaga yaxshi ishlar ma'ruf deyiladi? Nima uchun yomon ishlar munkor deyiladi?

Insonni tabiatiga uyg'un bo'lgan, tabiatiga mos tushadigan yaxshi amallar ma'ruf amallar deyiladi. Ma'ruf degani tanish degani. Munkar degani notanish degani. Endi insonni tabiatiga ters bo'ladigan ishlar bu munkar deyiladi da. Ma'ruf, tanish ishlar, insonni tabiatiga mos tushadi tanish ishlar. Endi gunoh ishlar bor, bular insonni tabiatga tushmaydi. Nima deylar edi bu? Munkab. Masalan, yosh bolalar bir mushukni bolasini suvga tashlab qiynayapti. Haligini ko'rganda noto'g'ri deysiz. Qanaqa din vakili bo'lishingizdan qat'iy nazar. Qanaqa inson bo'lishingizdan qat'iy nazar bu noto'g'ringiz, chunki tabiatingizga to'g'ri kelmayapti da. Endi cho'kayotgan o'sha mushukni bolasini suvdan chiqarib qo'ydi. Nima deysiz? Yaxshi bo'ldi deysiz. Tushunyapsizlarmi mana terminlarda? Ma'ruf degani insonni tabiatga tushadigan ishlar, munkar unga tushmaydigan ishlar. O'shaning uchun aytyapmiz, amru ma'ruf nahim munkarda ekan paytimizda, Alloh Taoloning manhaji insonni tabiatiga yuz foiz to'g'ri keladi.

Demak, ma'ruf, fitratga tanish ma'lum so'zlar, ishlar, munkar, fitratga notanish begona bo'lgan so'zlar va ishlar. Ma'ruf qanaqa ma'ruf? Nafsingiz u bilan taskin topadi. Munkarchi? U bilan nafsingiz iztirobga tushadi. Siz dindan bexabar, shariy ilmlardan bexabar bo'lsangiz ham, ma'ruf ish qilgan paytingizda qalbingiz xursand bo'ladi da, yaxshi qildim deysiz. A? Endi noto'g'ri ish qilgan paytingizda o'zi mana oddiy misol sizlarga. Bir odam mashinasi bilan chiqolmay turibdi katta ko'chaga qo'shilib. Mana hozir bo'ladi a, mana. Ana shu chiqolmay turipdi a?

Bunday marg'it qilib qo'ydingiz, to'xtadingiz, o'tib ketdi. O'tib ketayotganda, o'zingizdan dovolniy bo'lasizmi? Mana shu mukofotni boshlanishi. Demak, savobli ma'ruf ishlarni qilganda insonni qalbi rohatlanadi. Yoki naoborot, qisib chiqarib oldingiz, tushib ketay dedi, to'g'irlanib oldi. Deb qo'yasiz ku.

Ichingiz nima deydi baribir? Ha, endi bu fitrati tabiati buzilmagan odamlar. Bekor qildim deb qo'yadi a? Xulosa, ma'ruf degani insonni tabiatiga tushadigan va u bilan rohatlanadigan amallar, munkir degani insonni tabiatiga tushmaydi, uni qilib qo'yib isrofga tushadigan amallar. Ya'ni robbimiz subhanahu va taolo bizga nimani buyurgan bo'lsa, tabiatimizga yuz foiz tushadi.

Ana shu narsani qilishligimiz bilan qalbimiz, nafsimiz orom oladi. Qaysi narsani shariatda qilma deb qaytarilgan bo'lsa. O'sha amalda qilishlik bilan birodarlar, biz. Qalbimiz taskin topmaydi, iztirobga tushadi. Shuning uchun pokiza amallar, ma'ruf amallar deyildi. Nopok bo'lgan amallar, munkir amallar deyiladi.

Dalil, faqih muvajj hakalit diniy hanifa. Bas, ey Muhammad alayhissalom, o'zingizni doimo to'g'ri bo'lgan hanif dinda, islomda tuting. Islomda yuring da. Islom shariatidan chiqmang da. Qalbingiz faqat huzur halovatda bo'ladi. Topsangiz ham qalbingiz huzur halovatida. Topa olmasangiz ham. Sog' bo'lsangiz ham, kasal bo'lsangiz am, shariatni ramkasidan chiqmaydigan bo'lsangiz, qalbingiz faxat huzur halovotda bo'ladi, chunki yoqmaydigan sizga bir ish keldimi? Pulingizni yo'qotdingiz, kasal bo'ldingiz, qandaydir aytasizki, Alloh Taolo shu bilan meni gunohlarimni yuvyapti deysiz.

Tushunarlimi? Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, qayerda qalbimiz iztirobga tushib, qayerda qiynalib, qayerda pachag'imiz chiqayotgan bo'lsa, bilinglarki, biz tabiatimizga to'g'ri kelmaydigan yo'lda turibmiz ekan. Vanafsing vomasa vaha, fa alhamaha fujuraha va taqvaha. Jongan va uni raso qilib yaratib qo'ygan unga fisq fujurini ham, taqvosini ham ilhom qilib qo'ygan, o'rgatib qo'ygan zotga qasam.

Odam bolasi uni fitrati, nafsi, hozir aytdik, to'g'ri bilan noto'g'rini ajratadi. Agar tabiati aynamagan bo'lsa. Masalan, umuman din bilan ish yo'q, ibodat bilan ish yo't, to'g'rima to'g'ri yurgan odam, bachavozlikni paradini o'tkazamiz desa, bachavozlarni ham haq huquqi bor. Bachavozlikka yo'l berilsin desa, agar tabiati aynimagan bo'lsa, dindor bo'lmasa ham buni nima deydi, bu noto'g'ri ish deydi. Qanday erkak erkak aqlli qiladi deydi. Aqlga sig'maydi. Qanaqa qilib ko'payadi inson agar bu narsaga ko'payib ketadigan bo'lsa? Deydi da, dinni tushunmagan odam ham buni noto'g'rilikanligini tabiatan ajratadi. Yana bitta sharti bor, agar uni tabiati nima bo'lmagan bo'lsa? Aynimagan bo'lsa.

Odam bolasi gunoh qiladi. Ana shu ishni gunoh ekanligini birov unga aytishi, tushuntirishi shart emas. Chunki tabiati bilan o'zi nima qilib turadi? Ajratib farqiga borib turadi. Uni pokiza, fitrati bunday amallarni inkor qiladi. Shuning uchun islom dini birodarlar fitrat dini deyiladi. Alloh taoloni qaysi buyrug'ini bajarmaylik, qalbimiz orom oladi.

Bomdodga turish osonmi, qiyinmi? Bizga oson. Ha, uyqusi qochib ketgani uchun oson sizga. Men bu yerda uyqusi o'lmaganlar. Qiyin. Namozga turish qiyin. Lekin bilasizmi, bomdodni o'qib olganingizdan keyin, xursand bo'lib qolasiz. Yoki charchab turib, jamoat bilan kelinglar deb xuftonni o'qib oldingiz. Xursandsiz. Tushunyapsizlarmi? Ma'ruf ishni tabiat taniydi. Ma'ruf ishini qilib, insonni qalbi faqat huzur oladi. Qarang, odamlar olib mazza qilganda, Allohni tanigan bandda berib turib mazza qiladi. Birov urib qasosini olib pachag'ini chiqarib turib mazza qursa, Alloh uchun kechdim sizni deb qo'yib turib, kechirdim deb qo'yilib turib mazza qilar. Islom insonning tabiatiga yuz foiz tushadi birodarlar. Aynimagan tabiatlarga. Buzilmagan tabiiyatlarga.

Alloh taolo aytadi: astalibilla va hababa ilaykumul iyman va zayyanahufi qulu bikum va karra ilaykumul kufra val fusuqa val isyam. Alloh sizlarga iymonni suyukli qildi va uni dillaringizga chiroyli ko'rsatdi. Fitrati aynimagan odamga iymon suyukli bo'ladi. Va uni qalbida iymon chiroyli narsa bo'lib ko'rinadi. Endi Alloh nima deyapti yana? Va sizlarga hamda sizlarga kufrni va payg'ambarga Allohga itoatsizlikni yomon ko'rsatib qo'ydi. Savobli ishni ko'rganda qalbingiz xursand bo'lib rozi o'lyapti. Gunoh ishni ko'yganda qalbingiz norozi bo'lib iztirobga tushyaptimi? Demak siz mo'minsiz. Demak siz mo'min, siz qaytara olmayapsiz, kuchingiz yetmayapti, yuragingizni quvvati yetmayapti, ayta olmayapsiz, lekin munkarni ko'rganda norozi bo'ldingizmi? Mo'minlikni belgisi qo'llab tursin. Muborak bo'lsin. Endi sizga savob ish ham, gunoh ish ham bir xil bo'lar ekan bo'lsa, qalbingizni tekshirib qo'ying.

Hayot iymonning belgisi. Juda ham bir nozik nuqta bor. Gunohga botib qolgan bir odam agar Robbisi bilan kelishib olsa, tavba qilsa, bas u avval o'zini tabiati bilan kelishib olgan bo'ladi. O'ziga to'g'ri keladigan ishga o'tib oldi. Rohatlanadi mana shu holatidan va mana shu rohatni til bilan tasvirlab bo'lmaydi. Masalan, ichkilikka ruju qo'ygan odam, ichkilikka rujua qo'ygan u odam, ichkilikni tashlab yuborgandan keyin, bilasizmi qanaqa mazza qiladi? Qutuldim a shundan deydi. Yoki bir harom ishga kirib ketgan odam bor, qimorvoz edi, yana nima deymiz, tarozidan urar edi. Shu ishini tashlagandan keyin shunaqa huzulanadi, mazza qiladi. Nimaga? Chunki mana shu qilgan ishi qalbi bilan qalbiga uyg'unda, qalbiga to'g'ri keladida.

Tavba qilgandan keyin bunday odam xuddi yelkasidan tog' tushganday bo'ladi. O'zini yengil his qiladi. Qalbi osuda bo'lib qoladi. Demak birodarlar, hayo iymonni belgisi. Eng oxirgi rusumdagi eng qimmat mashinani oldingiz. Endi bu mashina bilan siz o'ydin chuqur, past baland, shpal, yami bo'lgan yo'lda ketyapsiz. Mashina shunaqa bir qiylanib yuradi, siz mashinani huzur, mashinani ichidagi bo'lgan, bizni tildagi navarotlardan foyda ololmaysiz. Taqir tuqur qizil qiyshi chang bo'sh mashina bo'lib yurdingizda, qiynalib, keyin birdaniga tekis asfaltga chiqib qoldingiz. Qanaqa ketadi mashina endi?

Mana endi tekis yo'lga chiqqandan keyin mashinani hamma imkoniyatlaridan foydalanishiga imkon paydo bo'ldi, yo'l ochildi, hamma navorotlarni ishlatishga ham imkon bo'ldi. Endi ana shu o'rindiqda o'tirib, xotirjam, huzulanib ketasiz. Mashinani hamma imkoniyatidan foydalanishlik tekkiz yo'lga chiqqanda bo'ldi.

Xuddi shunga o'xshagandek. Inson gunoh ma'siyatlar ko'chasiga kirib, o'ydim chuqurlarda, shpal chuqur yamaladi yurganda, o'zini nafsidan huzura ololmaydi. Mashina tekkiz yo'lda chiqib turib, imen o'zini imkoniyatidan faydalanilishiga yo'l ochilgandek, inson to'g'ri yo'lga, serotil mustaqimga, chiqib olsa, tavba qilsa, gunohlardan tiyilsa, i ine hayoti huzur halovatga aylanadi. Robbisi bilan kelishib olgandan keyin, gunohdan tiyilib olgandan keyin insonni qalbi shunday rohatni his qiladiki, til bilan tasvirlab bo'lmaydi.

Alloh taolo al ha'yi bo'lgan zot. Bu uning sifatlaridan biri. Bu uning ismlaridan biri. Demak, Alloh taolo o'zini zotida ham al ha'yi ekan, sifatlarida ham. Alloh aziz va jalla bizga, odam bolalariga, tabiatimizga hayoni joylab qo'ygan. Shuning uchun agar inson surbet bo'lsa, behayo, yuzsiz bo'lsa, bu odam boshqalarni ko'zida emas, avval o'zini ko'zida narxi tushib ketadi.

Demak, behayo bo'lgan, surbet yuzsiz bo'magan odam odamlarni ham ko'zida tushib ketadi qadri. O'zini kozida ham qadri tushib ketadi, bunaqa behayo odam, hayosiz odam fahosh bo'ladi. Fax so'zlarni so'zlaydi. Hayo Alloh Taoloning sifatlaridan, Al Hayi bo'lgan Robbimiz Subhanahu va Taolo siz bilan bizga hayoli bo'lishimizni buyuradi.

Aqulu qovli hada va astag'firullohu li valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi.

Проверка знаний

5 вопросов. За каждый верный ответ — 10 баллов.

Пройдите тест, чтобы перейти к следующей лекции

Продолжить без теста