MMaviza
Al-Mavlo, Al-ValiyПроверено30 daq

Abdulloh domla | 8-dars Al-Mavlaa Al-Valiy (Asma-ul-Husna)

Abdulloh Domla · Asmoul husno

Перевод на этот язык пока недоступен. Ниже показан оригинальный (узбекский) текст.
0:00
30:29
История изменений

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulilloh robbilar a'lamin. Vassalatu vassalama ala saidina muhammad as sodiqul va'dilamin. Allohumma la ilmalana illa ma'lam tana innaka antal alimul hakim. Allohumma allim na'ma yonfauna va fa'nabi ma'lam tana vasidna ilma. Allohumma arena al haqqa haqqon va rizqu natibaba va arena al ba'tila ba'tilan va rizqu natijde naaba. Vaja anna min mayyasida me'unul qovula fayatda me'una axsana. Va adhixin la bi rohmatika fii ibodaka solihin. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'alibu birakatuh. Alloh subhanah va taoloning go'zal ismlarini o'qishligidagi navbatdagi darsimiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar. Albatta alloh taoloning to'qson to'qqizta ismi bor, bir kam yuzta. Kim ularni sanasa, yodlasa, o'rgansa, jannatga kiradi. Demak, aqidamizdagi muhim bo'lgan ishlardan Alloh Taoloni siz bilan bizga tanitadigan darslarni, Asmaul Husna darslarini o'qiyapmiz. O'tgan darsimizda alloh taoloning al mavla, hoja, sayyid ismini o'qigan edik. Inshaalloh bugun nihoyasiga yetkazamiz va mana shu al mavloga yaqin bo'lgan ikkinchi ismi alvaliy, do'st, homiy degan ismini ham o'qigan bo'lamiz.

Alloh Taolo Qur'onda marhamat qiladi: Astayiduvilla. Allohu aliyulladingna amanu yuxri juhun minab zulmat ila nur. Alloh muomillarning do'sti, valisi, ularni zulmatlardan nurga chiqaradi. Muhammad surasida aytadi: Valika bi anna alloha mavlanladina amanu va anna kafiriina la mavlanlahum. Bunga sabab, ya'ni Alloh Taolo mo'minlarga yordam berishligiga sabab, Alloh iymon keltirgan zotlarning do'sti, homiysi ekanligi va kofirlar uchun esa hech qanday homiy yo'q ekanligidir. Demak, Alloh Taolo siz bilan bizning mavloniyimiz, xojamiz va valiymiz, bizning do'stimiz. Alloh Taolo bandasini, mo'min bandasini yaxshi ko'radi. U bilan birga bo'ladi. Banda bilan Alloh Taoloni birga bo'lishligi xos suratda bo'ladi yoki umumiy suratda bo'ladimi? Xos xususiy surat va umumiy ko'rinishda. Alloh Taolo Qur'onda marhamat qiladi va huva ma'qum aynama kun tun. U Alloh sizlar bilan birgadir qayerda bo'lsanglar ham. Bu umumiy birga bo'lishlik. Bu umumiybirga bo'lish shundayki, alloh taolo muomala bilan birga kofiri ham birga.

Osmonda bo'lsa ham birga, yerda bo'lsa hambirga. Alloh Taolo o'zini ilmi bilan, o'zini qudrati bilan, o'zi xohishi bilan. Bu umumiy birgalik. Banda qayerda bo'lmasin, kim bo'lmasin? Qaysi yurtda, qaysi zamonda bo'lmasin. Alloh u bilan birga. Bu umumiy ko'rinishi. Endi xos ko'rinishchi? Istaydi bilar? Va annallohu ma'lum u'miniy. Albatta Alloh muo'minlar bilan birga. Endi bu birgalik xos birgalik bo'ladi. Hamma bilan birga bo'layotgan unaqa emas, bu xosroq. Alloh Taolo bunda muo'min bandasi bilan birga bolishi nima bilan bo'ladi? Yordam berishi bilan. Qo'llab quvvatlashi bilan. Saqlashi bilan, tavfiq berishligi bilan. Demak, Alloh bandasi bilan birgalikda bo'lishi ikki xil bo'ldi. Umumiy ko'rinishda va xususiy ko'rinishdan. Alloh taolo muovinlar bilan mana shunday xususiy ko'rinishda, xususiy xos birga bo'ladi. Agar Alloh biz bilan birga bo'lsa, bizga hech kimni kuchi yetmaydi. Agar allohimizni yaxshi ko'rsa, qolgan hammani yomon ko'rgani hech narsa emas. Allohni topgan banda hech narsani yo'qotmabdi. Allohni topkan banda hech narsa yo'qotmadi, ammo Allohni topmagan banda hech narsaga ega bo'lmabdi.

Alloh taolo bir bandasi bilan xos birga bo'lishligi, bu rabboniy do'stlikni lozim qiladi. Mana, Alloh taolo bir banda bilan xos bo'lsa, qanday bo'ladi? Ushbu hadis xususiy siz bilan bizga buni bayon qiladi. Bilasizlar, Qur'on oyati bor. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflari bor va hadis xususii bor. Qur'on bu Alloh taoloning kalomi, Jabroil alayhissalom orqali Payg'ambarimizga yuborilgan bu oyatlar, Qur'on oyatlari. Hadis, Payg'ambarimizni sollallohu alayhi vasallamning so'zlari. Qur'onni lafzi ham, ma'nosi ham allohdan. Hadisni lafzi ham ma'nosi ham payg'ambarizdan, ammo hadis qudusiy ma'nosi allohdan, lafzi so'zlari payg'ambar bizning tilidan. Mana hadis qudusiy Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam robbisidan bizga rivoyat qilib beradi. Bu juda ko'pchiligimiz bilgan va ko'p ko'p eshitgan hadis qudusiyki, mana o'rniga kelganda o'qiymiz. Alloh taolo bir bandasi bilan xos birga bo'lsa, alloh taolo shu bandasini o'ziga valiyda bilsa, allohga do'st bo'lsa, qanday holat bo'ladi?

Mana a dali valiyyan faqat a dan tahlil bil harf. Alloh Taolo aytyapti, kim? Mening biror do'stimga dushmanlik qilsa, men unga urush e'lon qilaman. Mening do'stimga deyapti. Allohni do'sti faqatgina mo'min kishi bo'ladi. Musulmon kishi bo'lardi. Al harf kalimasi mana Qur'onda keladi, ribo haqidagi oyat. Fayllam tafalu fa'zan u bi harbi minallohi va rasulih. Agar bizni farmonimizni mana shu riboni tarqilinglar degan, riboni qilmanglar degan buyrug'imizni bajarmasanglar, Alloh va Rasululloh tomonidan bo'lgan urushga tayyor turinglar. Al harb. Harb. Alloh Taolo urush qiladi kimga? Ribo bilan shug'ullangan kimsaga? Alloh Taolo kimga qarshi urush e'lon qiladi? Allohning do'stiga dushmanlik qilgan kimsaga. Endi Alloh unga qarshi urush e'lon qilsa, bu bandani holi nima oladi? Butun yer axir uni himoya qilaman desa ham, bu odamni holi vayron bo'lishiga shubha yo'q. Allohni do'stiga kim dushmanlik qilsa, Alloh bu bandaga o'zi urush e'lon quradi.

Chunki Allohni do'stuvi dushmanlik qilayotgan odam, haqqa dushmanlik qila olayotgan odam. Haqqa dushmanlik qila olayotgan odam kimga qarshi turganligini bir bilarmikin? Allohni kalomi, Allohni diniga dushmanlik qilganlarda ahvoli nima bo'ldi, birodarlar? Yetmish yil sovet hukumati dinni yo'q qilishga harakat qildi. Nima bo'ldiydi? A tarix g'ildiragini oldida yetmish yil hech narsa emas. Keldi, ketdi.

Bitta ikkita avlod ko'rdi shu hukumatni, keldi, ketdidi. Nima bo'ldi? Kim Allohni do'stiga dushmanlik hissa, bu insonga qarshi Alloh Taolo o'zi nima qiladi? Urush e'lon qiladi. Mana adaliy valiyan, faqat adan tuhu bil harf. Kim mening biron do'stimga dushmanlik qilsa, bas unga men urush e'lon qilaman. Mana endi valiy, do'st. Allohni valiysi.

Vali, qanday inson? Qur'onda bu haqida nima deyiladi? Astayiduvillar? Ala innna avliya allohila xavfun alayhim, valahum yaxzanun, alladina amonu va kamu yattaqun. Valiy deganda nimani tushunamiz? Bir qanaqa fikr keladi valiy deganda? Valiy ham chi, siz bilan bizga o'xshagan odam bo'ladi. Uni qulog'i uchta o'maydi, boshi ikkita o'maydi. U ham yeydi, ichadi, u ham uxlaydi, u ham charchayadi, u ham siqiladi, u ham baqirligi tutadi. Hamma qator odam. Faqat valiy kim? Alloh Taolo aytadi, ogoh bo'lingiz kim? Albatta allohning do'stlariga oxiratda biron xavf u xatar yo'qdir va ular ham kim bo'lmaydilar. Endi kimlar bular Allohning valiylari? Alladina amanu va kanu yettaqum. Ular iymon keltirib, taqvo qilgan kimsalar. Mana mana shu odam valiy bo'ladi. Iymon keltirdi, taqvo qildi.

Endi kishini iymoni bilan taqvosi qancha kuchaygan sari, qancha kuchli bo'lgan sari, Allohga valiyligi shunchalik kuchli bo'lib boraveradi. Hammamiz iymon keltirdikmi? Alhamdulillah. Taqvo qilyapmizmi? Alhamdul. Demak valiymiz hammamiz. Faqat bu viloyatimiz, bu valiyligimiz, Allohga do'stligimiz ana shu iymonimizni quvvoti va qilayotgan taqvoyimizga bog'liq ekan. Mana shu masalada endi bir birimizdan nima qilamiz? Farq qilamiz.

Demak Allohga iymon keltirib taqvo qilgan kishi borki, u Allohning valiysi. Agar birodarlar dinni, Islomni, dinni hamma ma'nosini ikki og'iz so'zga sig'dirish kerak bo'ladigan bo'lsa, o'sha ikki og'izso'z shu bo'ladi. Iymon keltirdi, taqvo qildi. Shu din. Iymon keltirdi, taqvo qil. Payg'ambarlarda hammasi ayni mana shu narsani olib kelgan birodarlar. Astaydubillah, vama arusallamin qobleka mir rasul, illa inuhi ilayhi anna hula ilaha illa ana fabudu. Ey Muhammad ali assalom, biz sizdan ilgari yuborgan har bir payg'ambarga ham hech qanday iloh yo'q. Magar mengina bordirman, bas mengangina ibodat qilinglar deb vahiy yuborganmiz. Demak shu ekan. Vali shu ekan, iymon keltirgan va taqvo qilgan odam. Ulamolar aytishadi, nihayatul ilmiy at tavhid. Nihayatul amaliy at taqvo. Ilmni eng oxirgi nuqtasi, cho'qqisi bu tavhid. Amalning eng oxirgi yuqori cho'qqisi, bu taqvo. Inson bolasi dunyoga kelib ko'p ilmlarni o'rganadi. Inson bolasi o'rgangan ilmlarni eng oliysi, eng afzali bu tavhid, Allohnı yakkaligi.

Inson bolasi amal qiladi dunyoda, har xil amal qiladi. Lekin shu amallarni eng yaxshisi taqvo bo'ladi. Ilmni nihoyasi tavhid, amalni nihoyasi taqvo. Agar bir inson Allohni yakkada bilib, gunohdan tiyilgan bo'lsa, bu odam dinni mag'zini tushunibdi. Umarul Xattob roziyallohu anhur. Xalifa. Safarda ketib borar ekan yo'lda, qo'ylarni boqib yurgan bir shoponga ko'zi tushdi. Sinamoqchi bo'ldim. Qo'ylardan bittasini sotmaysanmi menga dedi.

Cho'pon aytdi, bu qo'ylar meniki emas. Saidimniki. Ha, o'ldi deb qo'yasan. Yo bo'ri yeb ketdi deb qo'yassan. Xalifani tanimayapti. Cho'pon aytdi. Vallohiy pul menga juda ham zarur hozir. Pul juda ham zarur. Agar o'ldi desam, bo'ri yeb kety desam, saidim ishonadi. Lekin Alloh chiydadi.

Mana dinda mag'z bor. Hammani oldi yaman, hammani uddalayman, lekin allohnichi? Mana shu odam dinni mag'zini tushunibdi. Dinni asliga qo'lini qo'yibdi. Allohchi? Iymon keltirdi va qo'rqdi. Inson Allohda tanidi. Valiylikka shu narsaniki o'zi kifoya qiladimi? Yo'q. Endi amal kerak. Aytdik ku, ishonish kerak, iymon keltirish kerak va qo'rqur kerak. Famanka nayyor juliqo robbixi faliy amal amalani soliha. Kim? Alloh taoloni diydoridan umidi bo'lsa, Alloh taoloni jamoliga boqishingdan umidi bo'lmasa, bas, solih amal qilsin. Demak, iymon keltirishingda o'zi kifoya qilmaydi. Endi nima kerak? Endi nima keraks? Solih amal kerak. Iymon va solih amal.

Ishonib qo'yish deydi o'zi. Alloh taologa iymon keltirib qo'yish deydi o'zi amalsiz. Sizni valiylikka yetaklamaydi. Chunki birodarlar iblis Allohni Rob ekanligini tan olgan. Aziz ekanligini tan ogan. Yaratuvchi ekanligini tan olmagan. Qaytda tiriltiruvchi ekanligi bilgan. Lekin amali bo'lmaganligi uchun, itoati bo'lmaganlik uchun u layin bo'lib ketaverdi.

Biz ham ishonamiz Allohga deydi. Lekin bironta xonamdan taqvo qilmaydi. Biz ham Allohga iymon keltirganmiz deydi. Bironta farzni bajarmaydi. Bu odamni iymoni, iblisiy iymon emasmikin? G'oyatni qarang. Astayl villa, hola, fabia izzat akalar ug'o'yannakhum ajma'iyin. Iblis aytdi. Endi sening qudratingga qasam, albatta ularning hammasini yo'ldan ozdiraman.

Anverniy ilayyav my yubosun. Qiyomat kunigacha meni tirik qoldirgin. Xoloq taniminar. Xoloq tanimininar. Meni olovdan yaratding. Yaratganini tan olyapti. Qiyomatda qayta tirilishini tan olyapti. Azizligini, robligini tan olyapti, lekin itoat qilmayapti, amal qilmayapti. Shuning uchun birodarlar, biz Alloh Taoloning valiylaridan bo'lishimiz uchun bizda ikkita narsa bo'lishligi kerak ekan. Iymon va taqvoliy amal. Shunda biz valiy bo'lishligimiz mumkin. Ishonishinglar o'zi kifoya qilmaydi.

Mana endi valiyda kimligini tushunib oldik. Demak hammamiz valiy bo'lishlikka imkoniyatimiz bor ekan a? Iymon keltirdik, amal qildik, taqvo qilaylik. Endi siz bilan bizni insonni valiylik manzillatiga olib boruvchi martabalar. Endi nima qilsak, valiylar qatorida bo'lamiz. Hadis hududini davom etkazamiz. Alloh Taolo aytadi: va man taqorru ba ilayya abdi vishain, ahabba ilayya minma iftoratu alih.

Bandam uning zimmasiga farz qilganimdan boshqa, men uchun sevimli bo'lgan biror narsa bilan menga suyukli bo'la olmaydi. Alloh Taologa, siz bilan bizni eng yaqin qiladigan amalni eng zo'ri bu farzlar. Undan keyin nafllar. Alloh Taologa yaqin bo'lmoqchimisiz, birinchi navbatda farzni bajaring.

Farzni qilganda Allohga banda tezroq yaqinlashadi. Avvalambor farz, keyin orqasidan nafn. Shuning uchun Robbimiz aytyaptiki, banda menga eng yaqin bo'ladigan men uchun eng sevimli bo'lgan amal, u qilishi mumkin bo'lgan. Nima ekan? Farzlar ekan. Agar banda Allohning amrida mustaqil bo'lsa, salomat bo'ladi. Agar amallarni qoyim qilsa, saodatli bo'ladi.

Yana qaytaramiz. Banda Allohni amrida musta'qim tursa, salomat bo'ladimi? Allohni amallarini, buyurgan amallarini bajarsa, saodatli bo'ladi. Endi salomat bo'lish bilan saodatli bo'lish farqi bor albatta. Har bitta odam ham salomat bo'lishni xohlaydi, ham saodatli bo'lishni xohlaydi. Bu narsa faqat iymon bilan, amal bilan bo'ladi. Iymon keltirdingiz, salomatsiz, amaldasiz, saodatlisiz.

Alloh Taolo nimani farz qilgan bo'lsa bizga, mana aytyapmiz, banda farzni bajarsa, Allohga eng oson yo'l ekan yaqin bo'lishdi. Va bu farzlar bizni mutlaqo hayotimizga, tabiatimizga, fitratimizga to'g'ri keladi. Masalan, ovqat yeyish farz. Bu narsa uni fitratiga, tabiatiga muvofiq keladi. Havo olish farz, chunki havo olmasa o'lib qoladi. Havo osh ham uni fitratiga, tagiatiga to'g'ri keldi. Suv ichish ham shunaqa. Endi birodarlar, siz bilan biz qiladigan farz amallari ham xuddi suv, havo, ovqat bizga muvofiq kelgandek vujudimizga. Farzlar shunday muvofiq keladimi? Hamma qila oladi. Hamma zamonda qila oladi. Shuning uchun farz.

Agar kishi farzni nimaligini tushunsa, haromni nimaligini tuzunsa, shunda din uni ozodligini, hurriyatini cheklaydigan to'siq emas, balki uni saodatini kafillaydigan sabab ekanligini tushunadi. Qaytaraman. Farzni nimaligini tushunsa, haromni nimaligini anglasa, din uni hurligini, ozodligini cheklaydigon to'siq ems, balki buni saodatini ta'minlaydigan sabab ekan ligini tushunadi?

Agar shuni tushungan bo'lsak, biz zo'r dindor ekanmiz. Dindan ibodatdan uzoq yurgan aka ukalarimizni qarasangiz, nimaga masjidga kirishdan o'zini tiyadi? Chunki mana bu mana ishni qila olmay qolaman deydi. Yo'q. U seni to'sming, aksincha, seni saodatingga sabab bo'ladi. Birinchisi farz bo'ldi. Allohga vali bo'lishligi uchun qilishimiz kerak bo'lgan ish. Ikkinchisi nafn.

Vama ya zalu abdi yataqor robbi ilayya bin navofil xatta uhibba. Bandam nafl ibodatlarini bajarish bilan menga suyukli bo'ladi. Alloh taolo siz bilan bizni bandam deyapti. Nafl amalda allohni bandasi qilar ekan. Boshqalar emas. Allohni bandasi farzi bajaradi da. O'shaning uchun naflni ham qiladi. Allohni bandazi naflni qiladi.

Alloh taolo bilan qiladigan muomalamiz birodarlari aniq ravishadi. Chunki Alloh taolo nima qilsak rozi bo'ladi, nima qilsak norozi bo'ladi? Buni o'zini kitobida bayon qilib qo'ygan. Ammo odamlar bilan qiladigan muomalamizda aniqlik ravshani yo'q. Chunki bitta odam qiziqqon, bittasi og'ir bosiq. Bittasi injih, bittasi bag'rikeng. Bittasi baxil, bittasi saxovatli. Ular bilan muomala qilayotganingizda muayyan andoza, shablon yo'q. Masalan, qiziqqon odam bilan muomala qilyapsiz, pelik kelib qolgan paytda shart bilgan ishini qilib qo'yishi mumkin. Odamlar bilan qilayotgan muomalamizda aniq bir andoza bo'lmaydi. Doim hushyor turish kerak. Ammo Robbimiz bilan qiladigan muomala aniq. Chunki, innallohu yuhayb bulmutavakkiliy. Alloh tavakkal qiladiganlarni yaxshi ko'radi. Innallohu yukhayb bul muhsiniy. Alloh yaxshilik qiluvchilarni yaxshi ko'radi. Va yuhayb bulmuto tohiriyn. O'zini doim pok tutishni yaxshi ko'radiganlarni yaxshi ko'radi. Innallohu yahayt buttawobin. Alloh tavba qiluvchilarni yaxshi ko'radi. Alloh bilan qiladigan muomalamiz birodarlar aniq ravshan va o'zgarmaydi bu. Shunaqa bo'lsak, Alloh yaxshi ko'raveradi. Ammo odamlarchi?

Bu yerda bir juda ham bir nozik nuqta bor. Agar banda Alloh tomonga qarab bir qadam bossa, Alloh u tarafga qarab bir necha qadam bosadi. Banda Alloh Taologa qaytay, bo'ldi endi tavba qilay degan fikrni kallasiga olib kelishligi bilan hali hech narsa qilmadi, qaranglar. Bo'ldi, endi bugundan ichmayman dedi.

Bo'ldi bugundan boshlab namozni boshlayman dedi. Shu fikr kallasiga kelishligi bilan Alloh Taolo shu manbani qalbiga saodatni berib qo'yadi. Xotirjamlik berib qo'yardi, taskim berib qo'ydi. Shu etapdan o'tganmiz ko'pchiligimiz. Bo'ldi. Ertadan namozni boshlayman deganingizda bilasizmi qanaqa mazza qilgansiz? Eslang da. Bo'ldi, sigaretni tashladim bugundan boshlab dedingiz.

O'sha momentni eslang da. Alloh taolo bandasini tavbasiga shunaqa bir mujtoq bo'lib turadi. Alloh taolobandasini tavba qilishini shunaqa yaxshi ko'radi, hali hech narsa qilmadi ye. Nima qildi faqat? Bo'ldi. Ertadan bomdodga chiqib, namozni boshlayman deyishiga bilasizmi qanaqa xotirjam bo'ladi qalbi? Demak Alloh tomonidan ijobat, Alloh taolo tomonidan javob nima bo'larkan? Juda ham tez bo'larkan.

Asarlarda keltiriladi. La uya alamul ma'ruzu na inti zor ilahum va shavqi ila tarkima sihim lataqattat av saluhi min hibbiy va la ma'tu shavqin ilay ha dihi irodati bil mauridin, fakafi bil muqbilin. Asarlarda keltirilyapti, lekin eshiting qanaqa ajib.

Agar deydi Alloh Taolo, agar mendan yuz o'girganlar meni ularga bo'lgan intizorligimni, ma'siyatlarni tark qilishlariga bo'lgan shovqinni bilishsa edi, ularning qalblari menga bo'lgan muhabbatdan uzilib ketgan bo'lar. Hamda menga bo'lgan shavqlaridan vafot etgan bo'lardilar. Mendan yuz o'girayotganlarni menga qaytishligi qanchalar mushtoqligimi, qanchalar shuni yaxshi ko'rishimni bilganida o'lib qolardi qalbi erim.

Mendan yuz ogirganlarga bo'lgan irodam shunday. Endi menga iqbol qilayotganlarga nisbatan irodam qanday bo'lardi? Birodarlar, bizdan Alloh tomonga bir qadam bo'lsa, Robbimiz qalbimizga xotirjamlikni beradi. Taskinni beradi. Manda Alloh tomonga bir qadam bossa, Allohni valiyni qatorda bo'lishini xohlasa, farzi bajarsa, naqlda bajarsa. Robbizni qanaqa xursand bo'ladi, bilasizmi?

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Imom Muslimning sahihlarida ushbu hadisni keltiradilar. La allohi ashaddu faroxon bi tavbati abdihi hina yotuv ilayhi min ahadikum ka'na ala rohilatihi bi aldifulat. Alloh bir bandasi tavba qilganda shunaqa xursand bo'ladiki, qanday xursand bo'ladi? Rostini aytyaptilar. Sizlardan bir kishi safarga chiqdi. Tuyasini ustiga hamma ozuqasi, suvi, hamma tadorigini uyla olgan. Sahroda ketayotganda tuyasi qochib ketdi.

Quvuni yeta olmadi. Hech narsa yo'q. Sahro o'rtasida. Endi nimani kutish qoldi xolos? O'zi shuni. Qalay odam o'tirdi, uxlab qoldi. Uyg'onsa, tuyasi ustida turibdi. Shart turib ushladi tuyani. Buni xursandchiligi qanaqa bo'ladi? Alloh bandasi tavba qilganda, shu qadar xursand bo'ladiki, sizlardan biringizning minib turgan tuyasi cho'l yerda, qo'lidan chiqib qochsa, taomi va ishimligi tuyasida bo'lsa, u kishi tuyasidan umidini uzib, daraxt soyasi yotganida, qarasaki tuyasi oldida turgan bo'lsa, uning tizginidan ushlab, qattiq xursand bo'lganidan, shunaqa xursand bo'lib ketdiki, Allohim, sen mening bandamsan, men seni robbiman deb yuboradi.

Nimadan? Xursandchiligidan. O'zi nima demoqchi edi? Allohim, sen meni robbimsan, men seni bandayman demoqchi edi, lekin xursandchiligi dan shu darajada bir to'lqinlanib ketganidan, sen meni bandamsan, men sen robbiman deb yuvoryapti. Allohni xursand bo'lishligi, birodarlar, bundan ham ko'proq bo'ladi. Agar banda nima qilsa Alloh tomonga? O'zi kerakmi bandasini tavba qilishi Allohga?

Allohga bir narsa kerakmi o'zi? Bu nimani belgisi? Alloh siz bilan bizni qanchalar yaxshi ko'rishligini belgisi. Mana shunday Robbimiz bor, birodarlar. Mana shunday Rabbimizga biz valiy bo'lishga intilishligimiz kerak bo'ladi. Agar Alloh bizni yaxshi ko'rsa birodarlar, qolganlarni yomon ko'rganligini bizga parvosi yo'q. Agar alloh taolo siz bilan bizni aziz qilgan bo'lsa, bandalarni xohlagani bizga qizig'i yo'q.agar alloh biz bilan birga bo'lgan bo'lsa. Hech kimni kuchi yetmaydi bizga. Agar Alloh bizga qarshi bo'lsa, bizga hech kimni foydasi tegmaydi.

Xo'p, mana Alloh Taoloni do'sti kim ekan? Iymon keltirgan, taqvo qilgan kishi ekan. Keyingi aytgan narsamiz, banda qanday qilsa Alloh Taoloning valiysiga aylanadi? Farzni bajarsa, naflni bajarsa. Xo'p, buni ham qildi deylik. Endi Alloh yaxshi ko'rdi shu bandasini. Vali qildi o'ziga. Endi buni qayerdan bilamiz? Vali bo'ldikmikin biz? Mana endi hadis xuddiysi davomini o'qiymiz.

Fayda ahbar tuh u kun tu samahulladi yas ma'udiy. Nafladi qilarkan, men uni yaxshi ko'rib qolaman dedi. Yaxshi ko'lib qoldi, o'ziga do'st qildi. Endi do'st bo'lganligini alomatini ko'ring. Bas, agar uni yaxshi ko'tarib qolsam, men uning eshitadigan qulog'i bo'laman. Qulog'ingizga faqat Allohnı rozi qiladigan narsa kirganda rozi bo'lasiz. Allohni norozi qiladigan nimasi qulog'ingizgaga kirsa, bundan norozi bo'lasiz, o'lchoviz bor endi sizni. To'g'ri kelgan narsani eshitib qo'yavermaysiz.

To'g'ri kelib gapga quloq tutib qo'yaversiz. Chunki Robbiz sizni yaxshi ko'rdi, qulog'ingizni isloh qildi. Qarang. Inson umri davomida millionlagan mavzuda suhbat quradi. Millionlagan temani eshitadi. Endi bularni ichida qaysinisi botil, qaysinisi haq, agar o'ziga qolsa ajrata olmaydi. Chunki birodarlar, botinni turi ko'p. Botinni turi katta. Agar Alloh Taolo o'zi qulog'ini ochmasa, o'zi qulog'ini isloh qilmasa, eshitgan narsasini to'g'ri deb ketaveradi. Hozir shunaqa zamon.

Hozir odamlarni hayotini, ongini, dunyoqarashini ommaviy axborot vositalari boshqaryapti. To'g'rimi? Bitta kanal ochasiz youtubega. Bitta odamni suratga olib, videoga olib turib, qo'yib tagiga bir narsalar yozasiz, tuhmat bo'xtonlini qilasiz, ketdi. Ketaveradi. Mana bu suratga tushgan ekan, montaj qilib bo'lganiga daxshat yetmaydi. Photoshop bor. Xullas ming xil programma bor.

Musulmon odam shunday bir narsani eshitgan paytda qabul qila olmaydi. Inja akun fasi hun, binaba in fataba in yonar ekan Qur'onda Alloh. Ey iymon keltirganlar, bir fosiq xabar olib kelsa, bir fosiq kishi xabar olib ketsa, tekshiringlar degan. Ishonmay tur bunga deydi. Hozir juda oson bo'lib qoldi odamlarni haqdan burib yuborishlik, kallasiga bir noto'g'ri fikrlarni kirgizib qo'yishlik. Ammo Alloh o'ziga do'st tutgan valiysini qulog'i bu narsalarni qabul qilavermaydi.

Xo'p, birinchisi, demak Alloh Taolo agar bir bandani o'ziga vali qilgan bo'lsa, nima qilar ekan? Uni qulog'ini isloh qilar ekan. Ikkinchisi, va basa ruhilladi yubilsa rubixiy. Agar Alloh do'st qilgan bo'lsin, uni ko'radigan ko'zi o'zim bo'laman deyapti Alloh Taolo. Ko'zimiz ko'rib turgan narsalarni birodarlar zohiri bor, botini bor. Tashqi ko'rinishi bor, orqasidagi haqiqati bor. Mo'min odam juda bir hashamatli baland imoratni ko'radi. Mana yerda bir katta pul sarflangan, lekin shu pulni sarflagan odam xorondan pul topgan. Giyohvand modda sotgan, tuhmat qilgan, bo'xton qilgan, riboga pul bergan. Bu imorat har qancha chiroyli bo'lmasin, bu mo'min, bu uyda egasini hurmat qilmaydi. Haqqiy ko'radi. Chunki uni ko'zida bu banda Allohni ko'zida haqqiy bo'lganligi uchun bu bandani ko'zida ham haqqiy. Endi oddiyroq solingan uy, egasi haloldan pul topgan, halollik bilan tirikchilik qilgan. Bu odamlar hurmat qiladi. Ko'zimiz ko'rgan narsani orqasida birodar haqiqati bor. Alloh do'st qilgan bo'lsa sizni, o'ziga, mana shu haqiqatni ko'radigan qilib qo'yadi. Demak Alloh sizni o'ziga vali qilgan bo'lsin, eshitadigan qulog'ingiz Alloh bo'ladi. Ko'radigan ko'zingiz Alloh bo'lar.

Keyingisi. Voyada xullatiy, ya byti ishu behal. Ushlaydigan qo'li ham o'zim bo'laman deydi Alloh Taolo. Alloh agar o'ziga valiq qilsa, qo'limiz xoron narsaga bormaydi. Tarozidan urmaydi. Birovda haqqi qolsa, olib borib beradi. To'rtinchisi, va rizh iz la xullati yamshi biha. Yuradigan oyog'i ham o'zim o'laman deyapti. Gunoh ma'siyatga yurmaydi. Harom ishga yurmaydi, chunki Allohni valisi.

O'zimizdan istaylik, ko'zimiz. Qulog'imiz, qo'limiz, oyog'imiz mana shunday turibdimi? Ha, shunday turibdi. Alhamdulillah. Endi nima bor bizga buni buyog'iga? Agar shunday bo'lsa, nima bor bizga? Va in saalaningla ul tiyanna. Endi shu bandan mendan so'rasa, albatta so'raganini beraman. Ya'ni duosi mustajob kishilardan. Duosi ijobat bo'ladigan kishilardan.

Allohu alaykum la dinan amin. Alloh iymon keltirganlarning do'sti. Birodar, iymon keltirdik, taqvo qildik. Alhamdulillah. Farzni bajardik, naflda ado qildik. Alhumdulillah. Alloh taolo ko'radigan ko'zimiz, eshitadigan qulog'imiz, ushlaydigan qo'limiz, bosadigan oyog'imiz bo'ldi. Alhumdulillah, duo qilsin deyapti Alloh Taolo. Ijobat qilaman. Duo qilgan paytimizda birodar, ijobat bo'lishigida shubhalanmaylik.

Vala inista a'adami la o'yindan na? Agar mendan panoh to'lasa, albatta unga panoh beraman. Alloh valiyulloh dini amin. Alloh mo'minlarning valisidir. Buni ma'nosi nima? Alloh o'zini do'stlarini, valiylarini qo'llaydi, nusrat beradi, himoya qiladi. Demak, Al Valid, Alloh Taoloning mana shu ismi, Al Valid ismi. Al Mavlo ismi odam bolasi uchun, mo'min kishi uchun eng yaqin ismlardir.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh Taolo dedi: Kim mening biror do'stimga dushmanlik qilsa, unga uy urish e'lon qilaman. Bandam uning zimmasiga farz qilganimdan boshqa, men uchun sevimli bo'lgan biror narsa bilan menga suyukli bo'la olmaydi. Bandam nafl ibodatlarni bajarish bilan menga suyukli bo'lib boraveradi, hatto uni yaxshi ko'rib qolaman. Agar uni yaxshi ko'tarib qolsam, uning eshitadigan qulog'i bo'laman. Ko'radigan ko'zi bo'laman, tutadigan qo'li bo'laman, yuradigan oyog'i bo'lamon. Agar mendan biror narsani so'rasa, albatta unga ato qilaman. Agar mendanbiror narsadan panoh tilasa, albatta ungga panoh beraman.

Aqlu qovli, ha'da va astag'firullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi va barakatuh.

Проверка знаний

5 вопросов. За каждый верный ответ — 10 баллов.

Пройдите тест, чтобы перейти к следующей лекции

Продолжить без теста