Bitta muhim muhim nuqta va bu aslida fiqhiy nuqta, lekin aynan biz lafzlarni muhokama qilayotganimiz uchun albatta qo'shib ketishimiz kerak bo'lgan nuqta, bu bizning devorlarda paydo bo'lgan eng yomon odatlardan biri, bu odamlar o'sha iqomatni aytishdan oldin iqomat takbiri yoki takbir yoki qomat deb qo'shib qo'yishi. Eshitganmisizlar shuni, eshitasizlarmi? Birov turadida, takbir aytmoqchi bo'lsa, qomat deydi. Allohu akbar, allohu akbar. Nima degani qomat deganini o'zi ham bilmaydi agar so'rasangiz. Bu beda'at bo'ladi. Nimaga? Chunki takbirning o'n yettita lafzi bor. U hadisniki ekan. Siz unga o'n sakkiz ni qo'shib qo'ya olmaysiz. Takbir allohu akbar bilan boshlanadi. Biz aytdik, alloh lafzi bilan boshlanadimi va alloh lafzi bo'lani tugaydi. Qanday go'zal. Siz unga o'sha bitta qomat degan so'zni qo'shib qoyolmaysiz. Chunki bu ibodat. Ibodatlarni odam o'zi xohlaganday shakllantirmaydi. Balki ularni Qur'ondan va sunnatdan fuqoxolarning fahmi bilan o'rganadi. Tushunarli a? Shuning uchun, demak, aytamizki, kimda kim, masjidda takbir aytadigan bo'lsa, hech qachon qomat yoki iqomat yoki takbir deb boshlanmasin. O'ylamasin bu hozir qilayotgan ishimga qanaqadir sarlavha kerak bo'lmasa odamlar meni tushunmay qiladi deb. Odamlar tushunadi nima qilayotganingizni. O'rnatib tursin u, allohu akbar, allohu akbars deb boshlab ketaversin. Tushunarli, a? Demak, bu bitta muhim, juda ham muhim nuqta va buni fiqh darslarida balki yana ham chuqurroq, balki muhokama qilarmiz.
NamozПроверено1 daq
Takbirga ortiqcha so‘z qo'shmang!
Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari
Перевод на этот язык пока недоступен. Ниже показан оригинальный (узбекский) текст.
0:00
1:21
Проверка знаний
1 вопросов. За каждый верный ответ — 10 баллов.
Пройдите тест, чтобы перейти к следующей лекции
Продолжить без теста