MMaviza
Zakot va sadaqaПроверено10 daq

O‘limdan so'ng savobi kelib turadigan amallar

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

Перевод на этот язык пока недоступен. Ниже показан оригинальный (узбекский) текст.
0:00
9:37
История изменений

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sohib Muslimda kelgan hadisda, Sohib hadisda aytadilar, eda ma'ta, e, eda ma'tal abdu inqota amaluhu deydilar. Bir banda vafot qilsa, amallari kesiladi deydilar. Ya'ni odamning amallari yozilishi uning hayoti bilan bog'liq. Bu odamning hayoti juda ham qisqa. Shunchalik qisqaki, odamzod o'zi uni qiyomatda asiflagan paytda sa'a ta'minan nahar deb aytadi. Ertalabdan bir bir lahza deb aytadi. Sa'a degan lahza degan arab tilida. Bilsanglar ertalabki vaqt judayam tez o'tadi. Ertalab mana uyg'onasiz, soatga qaraysiz, masalan beshmi, olti, bir choy ichgan bo'lasiz, bir kiyimingizni olib kiyib qarasangiz yetti bo'lgan bo'ladi. Bir pastda o'tib ketib qoladi vaqt. O'shanga o'sha vaqtdagi bir lahzaga o'xshatadi odamlar vaqtiniki, juda tez o'tib ketib ketib qoladida vaqt.

Ertalabda. Hayot ham shunaqa. Hayot juda tez o'tadi. Va bir odam bir hayoti davomida qancha harakat qilsa ham, ya'ni xayrli amallari qilishi mumkin bo'lgan xayrli ammallarning ehtimoli cheklangan. O'ladi va o'sha xayrli amallar kesiladi. Lekin bir odam o'sha hayotini, demak, davomiyligini uzaytirmoqchi bo'lsa. Kim biladi oralaringda Imom Navoiy necha yil yashaganlar?

Ha. Kim? Qirq uch yil. Imom Navoiy qirq uch, qirq to'rt yil shunaqa taqriban yashaganlar, vallohu a'lam. Lekin agar kimda kim Imom Navoiy, qirq uch yechganlar desa, u juda katta xato qilgan bo'ladi. Imom Navoiy hozir ham hayotlar. Nima bilan hayotlar? Dunyoni qaysi masjidiga borsangiz, qirq hadis turgan bo'ladi? Dunyoni qayisi uyiga borsangiz masjidiga borsa, bir musulmonni uyiga borsangz, Riyozi Solihiy turgan bo'lardi. Qaysi shofiydan fiqhni qayoqdan o'qiding desa, Navoiydan, Navoiyning kitoblaridan, Minhajdan, boshqadan o'qiding deydi. Kim Sohibi Muslimni tushunmoqchi bo'lsa, Imom Navoiyning sharhiga qaytadi.

Keyingi yozilgan barcha sharhlar Navoiydan foydalanadi. Ya'ni Navoiy hayot, hozirgacha har bitta odam Riyozi Solihiyning o'qiydi, unga amal qiladi va Imom Navoiyga savob yozilib turiladi. Demak hali daftar yopilmadi. Tiriklik o'zi nima bilan o'lchanadi? Agar tiriklik odam yo'q bo'lib ketishi bilan o'lchanadigan bo'lsa, Imom Navoiy bor, qabrida tirik. U zotni ruhi bor, ne'matlanib turibdi, inshaalloh. Xo'p, agar tiriklik savoblar yozilishi bilan o'chanadigan bo'lsak, va shu to'g'riroq o'lchov, Imom Navo'iy tirik, chunki savob yozilib turibdi.

O'sha ma'noda Imom Navoiy bizni oramizda yo'q degan Imom Navoiy o'lik degani emas, Imom Navoiy tirik va u zotga savob yozilib kelib turibdi. Endi oramizda bitta odam mana shu narsaga havas qilsa, Imom Navoiyga o'xshamoqchi bo'lsa, boshqa uzoqdan oldin o'tgan sahobalar va tog'beklar va boshqa imomlarga, Imom Abu Hanifaga, Imom Shofiyga va boshqa imomlarimizga o'xshamoqchi bo'lsa. Uzoqdan keyin o'tgan boshqa olimlarga Ibn Hajar bo'lsin, Ibn Ayniy bo'lsin, boshqa olimlarga o'xshashmoqchi bo'lmasa, yoki mana yaqin tariximizdan Shayx Muhammad Sodiq bo'lmasa Rahmatullohga o'xshab, bu kishilarga o'xshar, o'zidan bir merosni qoldirmoqchi bo'lsa, u meros odamlarning qalbida va amallarida va hayotlarida bor va savoblar yozilib turibdi. Shu ishni qilmoqchi bo'lasiz. Qanday qilib qiladi? Shu hadis aytadiki, eda matl na adam yoki eda matl abdu amaluhu bandi vafot qilsa amallari kesiladi. Illa han ixdat salat. Endi uchta narsadan boshqa biror narsada bo'lsin, u amallari kesildi, kelmaydi unda. Boshqalarning harakati bilan kelishi mumkin, o'zining harakati bilan shu uchta narsalardan keladi. Nima shu uchtaarsa?

Birinchisi sadaqa jariya. Birinchisi sadaqa jariya va sadaqa jariya, mana shu hadisni sharhida ulamolar aytadiki, sadaqa jariya bu vaqf deydi. Sadaqqa jamoani sharhlari ko'p, shulardan bittasi eng mashhuri sadaqqa jalriya bu vaqif deydi. Birinchisi bu vaqf, sadaqqo jariya. Yoki boshqa turdagi sadaqqa doriya. Shunga biz aytamizki, iloji boricha vaqf qoldirishga harakat qilish kerak. Iloji boricha vaqf qoldirishga harakat qilish kerak. Vaqf nima degani? Vaqf bu siz go'yoki un sadaqa qilmayapsiz da, tegirmon yasab qo'yapsiz da, tegilirmonni sadaqa qilyapsiz. Natijada doimiy ravishda undan un chiqib turadi va doimiy ravishdda odamlar undan foydalanadi. Va tegilirmon joyida qoladi. Mana bu vaqf degani. Shunga sadaqa joriyani vaqf deb nomer odamlar tushungani sababi u davomiy bo'ladi. Asrlar osha odamlarni oldida, odamlardan saqlanib qoladi. Qolgan ikkitasini ham vaqfga o'zi aslida bog'lasa bo'ladi. Ikkinchisi voladun solixun yadu'u lahu deb keladi. Ya'ni solih farzandiki, unga duo qiladi. Solih farzandni qolishi jamiyatning o'zi rasululloh sallallohu alayhi vasallamning farzandlari o'g'il, ya'ni farzandlari yo'q.

Lekin hammamiz sallallohu alayhi vasallamga farzand deymizki, hammamiz ota onamizdan ko'ra ko'proq o'z otimiz sallallohu aleyhi vasallam eslaymiz. O'shanga bu ikkinchi tomoni ham yaxshiki, vaqf qilib qoldirilgan narsa keyingi avlodni hayotiga ta'sir qiladi. Va ularni ma'rifatli bo'lishiga boshqaga yordam beradi. Masalan birov vaqfni ilm uchun qilishi mumkin. Birov vaqfini aynan ilmni yo'nalishlar uchun qilib qo'yishi mumkin. Masalan fiqh uchun vaqf qilib quvib qo'ysangiz bo'ladi. Kim fiqh o'qimoqchi bo'lsa, mana shu uyimda tursin deysiz masalan. Yoki shu uyim ijaraga berilsin da, uni foydasi kim fiqh o' qimoqchi bo'lsin, o'shanga yo'naltirilsin deysiz. Kim masalan deysiz, mana hamilini yoki fototurlarni yodlasa, o'shanga shu uyimni ijarasidan pul berilsin deysiz deysiz. Yoki uchinchisi, ilmun yuntaf a'rubiy, eng yaxshisi shu uchalasidan. Foydali ilm. Chunki ilm kesilmaydi.

Va foydali ilm, bu eng yaxshi qoldirishingiz mumkin bo'lgan narsa. Bu din saqlanib qolishi aniq qiyomatgacha, chunki bu narsa bizga bashorat qilingan. Va din saqlanib olishi nima bilan bo'ladi? Ilm bilan bo'lsa, chunki din o'zi ilm. Din o'zi ilmi, unga amal qilishi, undan boshqa narsa emas. Ya'ni din o'zi ilim va unga amal qilsa, amal e'tiqodiy bo'ladi, boshqa bo'ladi, shunga e'tiqod shuncha kiradi. Lekin din umumiy shaklda ilm va uning amali. Va dinning saqlanib qolinishi aniq. Demak, bu ilmning saqlanib olishi aniq va bizning vazifamiz o'sha ilm saqlanib qoilishi aniq bo'lgan ilmning zanjirida bitta xalqiga aylanib olish. U xalqaga aylanib olish doim ham ilm o'rganishga o'rgatish bilan bo'lmaydi. Bunga eng yaxshi misollardan biri bu Tatarxon degan kishi. Kim eshitgan Tatarxon degin odam?

Eshitmaganmiz Tatarxonni. Fatavo Tatarxoniya degan kitob eshitganmisizlar? Mana Fatavo Tatarxoniy eng eng eng yaxshi kitoblardan. Mutlaqo fiqh ilmida, qolaversa Hanafiylarda. Shu Fatavo Tatarxoniy, ya'ni yozgan zotni oldiga o'sha Tatarxon kelgan. Tatarxon bir katta podshoh bo'lmagan, sulton bo'lmagan , olim bo'lmagan. Oddiy bir hokim bo'lgan. Bir joyni kichkina bir mintaqani hokimi bo'lgan. Uning ustida podshoh bo'lgan. Lekin u bir mintaqaning hakimi bo'lgan. Tatarxon shu fatavo tatarxoniyasining sohibini oldiga kelib aytadi.

Men deydi, sizni pul bilan qo'llab quvvatlayman. Hamma hojatlaringizni men ko'taraman. Siz bitta kitob yozing, toki shu ummatga shu kitobingiz bilan bir xizmat qiling deydi. Va kitobning sohibi o'tiradi uyida, faqat shu kitob yozish bilan shug'ullanadi. Birorta fatavo tatarxoniyani o'qigan odam biladiki, u asosiy mohiyatni Samohidul Burhaniydan olgan. Samohidul Burhaniy unga kerakmi? Bu olib kelib beradi. U paytda kitob qimmat. Ayniqsa Samohidul Burhaniy o'sha eng katta kitoblar qimmat.

Qolaversa fatava tatarxoniga uch yuz dan oshiq kitobdan foydalangan, kitobga yozishda. Va har bittasini olib kelib beradi. Qodixondan foydalangan, uni olib kelib berad, ya'ni ko'p kitoblardan olib kelib berardi va undan u muallif o'tirib foydalanib, boshqa narsaga chalg'imasdan, rizqini, ro'zg'orini, boshqa rizqini o'ylamasdan yozadi kitobni. Va eng qizig'i, voqeani eng ajoyib tomoni, kitobni tugatmasdan hokim bo'lib vafot qiladi.

Hokim vafot qiladi. Va endi haligi kelayotgan rizq kesiladi. Kitobni bo'lsa shuhrati dunyoga tarqab ketishni boshlaydi. Hali kitob tugamagan, lekin mujalladlar tugagan kitob o'sha paytni o'lchovi bilan qirq mujalladdan ortiq. Hozirgi paytdagi chop qilingan nusxasi o'zi bir o'ttiz yigirma necha mujallad bo'lib chop qilingan Hindistonda, devmand olimlari tomonidan.

Ha, keyin sulton keladi oldiga. Men deydi, shu kitobga homiylik qilaylik dedi sulton. Meni ismimni qo'yginda men homiylik qillaylik dedi. Shu paytda kitobim muallifi yo'q deydi. Qiz kesilgan, hokim o'lib ketgan, yo'q deydi, men o'sha odamga va'da qilganman, shu odamga vafo bilan qolaman deydi va kitobni fatavot tatarxoniya deb atab, o'sha hokimga aytadi, men hozir to'g'risi fatavot tatarxxoniyani doim o'qib yuradigan odam, hozir kitobni muallifini ismini bilmayman, lekin tatarxxonni bilaman men.

Ismi esimdan chiqib qoldi ya'ni. Lekin tatarxonni esidan chiqmaydi, chunki tepasiga yozilgan. Mana bu odam o'sha ilmning bitta halqasiga ayrila olgan, o'zi olim bo'lmasa ham, chunki Tatarxon olim bo'lmagan. Hokim bo'lgan, siyosatchi bo'lgan. Xo'p, shu ma'noda siz mana shu uchala bosqichda ham agar tirik qolmoqchi bo'lsangiz, sadaqa joriya vaqf ekan. Foydali ilm qoldirishni eng yaxshi yo'llardan biri vaqf ekan, tabiiyki, yana bitta eng yaxshi yo'li bu ilm olib, ilm o'rgatib qoldirish, lekin u ancha ter to'kish kerak u uchun. Va hammani ham sohasi emas. Lekin bir odam bo'ladiki, bir foydali ilm bir maktabani vaqf qilib qoldira oladi. Men o'zimni madinada maktab ham bor, mingdan oshiq vaqf kitobim bor. Men qo'limni imkonim boricha kitob sotib olsam, yo vaqf qilaman, yo o'zimga qoldiraman. Aksar holda vaqf qilib ko'yaman, o'zimni nomimdan, boshqalar nomidan. Vaqf qoldiraman. Mana bitta kitob, maktab bilan vaqf qilib qoldirsangiz bo'ladi.

O'shanga, bu ma'noda, shu ma'noda o'sha hadisda aytilgan foydali ilm, orqangizdan qoladigan, duo qiladigan solih farzand, ba'zida u sizni farzandingiz bo'lmaydi, lekin ortingizdan duo qiladi. Va uchinchisi, sadaqa joriy. Uchalasi ham vaqfni atrofida jamlanadi, ya'ni vaqf uchalasini ham sizga ta'minlab bera oladi. Shuning uchun demak, biz targ'ib qilamiz, iloji boricha vaqf qoldirishga harakat qilish kerak.

Проверка знаний

4 вопросов. За каждый верный ответ — 10 баллов.

Пройдите тест, чтобы перейти к следующей лекции

Продолжить без теста