MMaviza
Haj, umra va ro'zaПроверено10 daq

Haj - umraga kelganlar uchun 10 eslatma. 1- qism.

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

Перевод на этот язык пока недоступен. Ниже показан оригинальный (узбекский) текст.
0:00
9:58
История изменений

Va atim mulhajjavalloh umrattalillah. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassolatu vassalamu ala saidina va nabina, muhammadin va alayhi va sohibi hikmat.

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Biz bugun bu birinchi marta uyimizda video olish uchun test o'laroq bu videoni olyapmiz. Lekin shu test o'laro q olinsa ham savobli ish bo'lsin. Birorta foydali narsa aytib qolaylik degan ma'noda. Endi yaxshiroq tayyorgarliksiz bo'lsa ham, ba'zi bir muhim nuqtalarni zikr qilishga harakat qildik. Va ushbu videoni umraga va hajga kelgan ziyoratchilar uchun o'nta foydali eslatma deb ataymiz. Umid qilamizki, o'ntaga yetib boradi va undan oshib ketmaydi.

Va bu eslatmalarni tartib bilan qo'ymadik. Men hozir o'tirib o'zimcha qog'ozga yozib chiqqan bo'ldim. O'nta narsani. Va shuni bir chekkadan sizlarga o'zim demak ko'p uchragan narsalarni eslaganimcha hozir yozdim. Shularni bayon qilib beraman. Inshaalloh foydali bo'lsa kerak. Birinchi nuqta bu bizni bolaligimizda agar kimda kim meni yoshimda yoki yuqoriroq bo'lsa, o'ttiz to'rt o'ttiz besh yoshdan yuqorirog'i bo'lsa yaxshi eslasa kerak. Bizni bolaligimda ishdan olar shimlar kindigidan bo'lardi. Kindikdan boshlab kelar edi, ishdan olar edi. Musulmonda kofirda shunaqa bo'lar edi. Keyinchalik shu to'qson beshinchi yillardanmi, ikki minginchi yillardanmi shunaqa odat bo'ldiki, ishtonlar kindikdan emas, ancha pastroqdan haligi belni ikkita ushlab turadigan suyagi bor, o'sha joydan kiyiladigan bo'lib qoldi. Hamma shimlar hozir shunaqa chiqadi. Hatto o'zimiz oladigan shimlar ham shunaqa bo'ladi. Bu odamlar nimagadir pastda kiyiladigan kiyimlar shunaqa kiyilishi kerak degan tushunchaga ega bo'lib qold. Va ehrom libosini o'ragan paytda sizda ikkita parcha bo'ladi. Pastdagisi izor deyiladi, tepadagisi rado deyiladi. Izorni o'ragan payti ko'p musulmon olib o'sha joydan o'rab oladi. O'rab oladi da, keyin ustidan ridosini tashlaydi. Rido endi ochiladi, harakat qiladi, izoh pastda turadi. Natijada kindigi bilan o'sha suyagigacha bo'lgan joy odatda ochilib qoladi, juda ko'p odamlarda. O'sha joy avrat hisoblanadi, ulamolarni ijmosi bilan. Ya'ni men kindikdan past bo'lgan o'sha mana shuncha joyni avrat emas degan birorta qovulni bilmayman.

Alloh ta'lim uch to'rtta mazhabni qovuli va boshqa barcha ulamolarni qovuli men bilishimcha alloh ta'lim ijmo bilan. Ana shu joy avrat hisobalanadi va u joyni ochib yurish gunoh bo'ladi, harom bo'ladi, erkakka yo ayolga uni ko'rsatish harom bo'ladi. Haqqinaqa odamga ili odam o'zini ayoliga uni ko'rsatishi mumkin. Va buni agar ehromda qilsa va buni agar haromni hududida qilsa, u gunoh yana ham yuqoriroq va oliyroq bo'ladi. Demak, bu birinchi nuqta, bunga e'tibor berishimiz kerak. Xo'p, ikkinchi nuqta, ehrom kiygan paytingizda, tabiiyki avrat bu kindikdan tizzani pastigacha. Bizni mazhabimizda va boshqa jumhurlar mazhabida. Demak kindikdan tizzani pastgacha to'sdingizmi? Demak avratni to'sdingiz. Xo'p, o'z o'zidan savol paydo bo'ladi. Bu degani yuqorini ochib yursa bo'ladimi? Men eslayman, bundan sakkiz yillar oldin men birinchi marta shu Madinaga kelgan paytimda, bir ba'zi talabalar bilan hali endi talaba ilmini boshlagan ba'zi talabalar bilan birga umra qildik. Shunda talabalardan biri oshxonaga ovqatlangani o'tirdi. Oshxona endi bilasizlar, haramni oldidagi oshxonalar juda ham gavjum bo'ladi, ayollar, erkaklar. O'sha joyda tepasidagi ridosini yechdi da, yonidagi kursiga qo'yib qo'yib, shunaqa yalang'och badani bilan o'tirib ovqat yeydi. Keyin bir arab keldi da, men dedi, bu yoqda ayolim bilan, qizlarim bilan ovqatlanib o'tiribman. Farosatini ishlatgin, ustiga kiyib olgin desa, talaba aytyaptiki, sen fiqhni bilmaysan, mana avratimni to'sib turibman deyapti.

Mana shu ikkinchi nuqtada men aytmoqchimanki, fiqh bu bir narsa, oddiy farosat bu boshqa narsa. O'sha ma'noda hech qachon unutmaslik kerak. Fiqh jihatdan biror narsani harom emas degani, bu o'sha narsani qilsa bo'laveradi degani emas. Chunki urf bor, odat bor, farosat bor, insoniylik bor. O'sha ma'nodan, masalan, bitta misol bilan aytsam bo'ladiki, ko'p ulamolar, masalan, ko'p ulamolar aytadiki, ayol kishini yuzi avratmas deydi, lekin sfina bo'lmasin deb yopib yursin deydi, masalan. Yoki shunga o'xshab erkak kishini deydi, masalan, tanasini shu qismi avrat bo'lmasligi mumkin, lekin yopib yursun deydi. Chunki bu oddiy axloq. O'sha ma'noda aytamanki, ehrom o'ragan paytda, agar hozir masalan ehromingizni yuqorini, ridosini tashladingiz da, masalan. Sal bir tomonga uzoqroq qilib turib, bir bu tomonni kaltaroq qilib turib, kaltaroq tomonni belingizga qistirib, uzunroq tomonni ustingizga tashlasangiz, ehrom sizni to'liq yopadi da, sizni qanaqadir raqobat bilan bir chiroyli bir kiyimda bo'lasiz. Agar shuni ochib xuddi bitta ikkita buklab, yelkangizga bitta tashlab olsangiz, hammomdan chiqib kelayotgan odamga o'xshab. Unda kindigingiz ochilib, ko'kraglaringiz ochilib, ikkita tomoningizdan sochiq qo'ysa tepangizga turadi da, sizni ko'rgan odam bu deydi, hammomdan chi qib adashib qolib shekilli deb o'ylaydi. O'sha ma'noda ya'ni aytamizki, fiqh bir narsa, farosat boshqa narsa va iloji boricha ibodatlarni chiroyli namoyish qilish kerak. Va bu nuqta yana ham muhim bo'ladi.

Agar siz ehrom bilan safar qilayotgan bo'lsangiz. Masalan, odamlar ehrom bilan safar qiladi da, deylik Dubayda ehromga kiradi. Dubayni, Dubayni aeroporti xalqaro aeroport. U yoqda butun dunyodan odamlar bo'ladi. U yoqda nemis bo'ladi, ingliz bo'ladi, fransuz bo'ladi, xitoy bo'ladi. G'ayratdin odamlar bo'lar. Va ular bitta musulmon odam, agar shunaqa men aytganimdek, ehromni chiroyli tanasini yopib turgan bir yoqqorda ko'rsa, qanaqa chiroyli din ekan deydi. Aksincha, agar siz hozir shunaqa qilib tepangizga radoangizni tashlab olsangiz, juda ham xunuk ko'rinsa, unda tabiiyki odamlarga bu balo keladi. Bu ikkinchi nuqta. Xo'p, uchinchi nuqta aytmoqchi bo'lganimiz, oppo'yla degan narsa, ya'ni yelkani ochib yurish. Bu tavofni sunnatlaridan bo'lib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, endi biz video uzun bo'lib ketmasligi uchun iloji bo'lsa qisqaroq qilishga harakat qilamiz. Rasululloh sollollohu alayhi va salam umraga kelgan paytlarida asboblar bilan Makkab uchliklar tog'larga chiqib, ularni kuzatib turishgan. Shunda ular musulmonlar zaif ekan, boshqa deb jur'at qilib, ularga tushib urush fitna boshlamasin degan ma'noda, Rasululloh sallallohu alayh va salam yelkalarini ochib, yugurib yuringlar deganlar. Pochtagi uchta tavofni, yetti tavof yettita bo'lsa, pochtagi uch ta tavofda o'shanga romil qilinadi. Ya'ni sal yugurish bilan yugurish o'rtasidagi harakat bilan sal sal yengil yuguriladi va o'sha yettita tavof davomida yelka ochiq bo'ladi. Bu narsani ko'pchilik musulmonlar biladi va qiladi. Lekin xato qayerda sodir bo'ladi ko'pincha? O'sha yelka ochiqi holda, undan keyin ikki rakat namoz bor ku, tavof namoz, shuni o'qiydi.

Bu mumkin emas. Bu makruh, ya'ni buni o'sha namoz o'qiyotgan payt yelkani yopib olish kerak. Qolaversa, saida ham yelka ochiqingizda turmaydi. Saidaganda bu o'sha Safo bilan Marv o'rtasida borib kelish yetti marta. Unda ham yelkani yopib olish kerak. Endi yelkani ochish, mana shu o'ng yelkani ochilish, bu faqat va faqat tavofga xos. Tavof tugadimi? Yelkani yopa, rekord nomer o'qiysiz, keyin borib say qilasiz, sayda yelka yopib turadi. Bu uchinchi nuqta. Xo'p, to'rtinchi aytmoqchi bo'lganimiz, ko'proq Madina bilan bog'liq. Madinada va astag'firulloh, bu aytmoqchi bo'lganim siz Makkada ham Madinada bo'ladigan nuqta ekan to'rtinchisi. Bu bitta muhim nuqta men aytmoqchi edimki, bizda bizni mazhab ulamolar va fuqarolar aytadiki, farz namozini o'qisangiz, farz namoziga salom bergandan keyin turib darrov sunnatni o'qib oling deydi. Lekin Saudiyada farz namozidan keyin janoza o'qiladi. Agar siz turib sunnatni boshlab yuborsangiz, u janoza namozi boshlanib qoladi, natijada siz janozadan qolib ketasiz. Mana shu muammo bo'lmasligi uchun men doim tavsiya qilaman. Agar farzandni o'qidingizmi, biroz kuting. O'sha tasbehlarni aytib, kutib turing, toki kuting, janoza bormi yo'qmi. Agar as solatu ala amu at yoki as solatu ala ma yetuk deb aytsa, bilingki janoza bor. Kutib turing. Janozani o'qib oling, keyin sunnatni o'qisangiz yaxshiroq. Janozani qilganingizdan keyin bir daqiqa poylasangiz, o'zi ketadiganlar ketdirmay bo'ladi. Sizni birov bezovta qilmaydi. Va shu ma'noda namoyingizni, sunnatingizni janoza bilan qarama qarshi bo'lib qolmaydi.

Lekin turib, agar darrov sunnatni boshlab yuborsangiz, unda siz sunnatni tugagunicha janoza boshlanib qoladi. Janoza boshlansa, keyin janozaga qo'shilsangiz, uni hukmlari bor. Inshaalloh fiqh darslarini bayon qilamiz. Masalan, imom Alloh akbar deb janozani boshladi. Alloh akbar dedi, boshladi. Undan keyin Alloh akbar deb ikkinchisiga o'tdi. Har bitta takbir janozada rukn hisoblanadi. Ikkinchisiga yotgandan keyin u odamlar qo'shiladi da janozaga, Alloh akbar, Alloh akbardan ikki uch marta aytib turib qo'shilavermoqchi bo'ladi. Arablar ham qiladi bu narsani, ko'pchilik xato qiladi. Bu fiqhni bilmaslikdan bo'ladi. Nimaga? Chunki sizni imomni ikkinchi takbir aytib bo'lgan bo'lsa, imom go'yoki janozani ikkinchi rakatida, ikkinchi ruknida turibdi, ya'ni ruknida. Va siz o'sha ikkinchi rukndan qo'shdingiz u, qo'shildingizmi? Endi birinchisini siz qazo qilishingiz kerak. Ikkinchida turgan holda bitta ikkita takbir aytib turib qo'shilib bo'lmaydi, ya'ni u poyga emas siz unga takbir aytib yetib oladigan. Xo'p, mana shu hukmlarni bilmasangiz, inshaalloh hali biz fi darslarda buni bayon qilamiz. Lekin sizga aytadiganimiz, iloji boricha sunnatni kechiktiring, oldin janozani o'qib oling, janozadan keyin sunnatni o'qing. O'shanda mana shu qarama qarshilik bo'lib qolmaydi, inshaalloh. Bu to'rtinchi nuqta. Beshinchi nuqta. Bu o'sha to'rtinchi bilan qaysidir ma'noda bog'liq biz aytdikki, o'sha janoza paytida yoki umuman shoshilib, sunnat o'qib yuborsa, odamlar, oldingizdan odamlar o'tadi deb. Oldingizdan odammlar o'tishi haramda bor narsa. Bunga ulamolar fatvo bergan. Chunki haramda tiqilinch bo'lgani uchun, odamlar ko'p bo'lgani shu, mana shu joydagi ulamolar shu zarurat o'laroq, demak, demak, bu narsaga ruxsat bergan. Abdururot, tubi xil maqdurot degan, ya'ni zarurat harom bo'lgan yoki taqiqlangan bo'lgan narsalarni ga aylantiradi degan qoidaga ko'ra.

Lekin bu qoidani doim bitta sharti bor. Shart nima? Zaruratlar o'zining hojati, o'zining o'sha miqdoridagina demak, muboh bo'ladi degan qoida. Adorat u qadar bi qadr ixa degan qoida bor. Shu qoidaga ko'ra, agar masalan, oldindan oldidan o'tishga fatvo berishgan bo'lsa, bu fatvo o'sha zarurat doirasida bo'ladi. Ba'zida shunaqa bo'ladiki, hech qayerda hech qanaqa oldingizda odam yo'q. Aslida hamma yo'q bemalol, haramda ham odam kamayib qolgan. Namoz payti emas da, siz namoz o'qish oldingizdan biri o'tadi. Mana shunaqa narsa bo'lsa, u mumkin emas. Lekin shunda ham sizning vazifangiz uni to'sish emas. Siz to'smaysiz, siz namoyingizni o'qiverasiz, iloji boricha oldingizda birorta to'siqroq, yopilganroq, stura bo'ladigan joy bo'lsa, o'sha yerda o'qisangiz, shu sunnat. Va oldingizdan birov o'tib qolsa, unda siz uni to'sishga harakat qilib, boshqa qilmaysiz. U o'tgan odam gunohkor bo'ladi. Siz bo'lmaysiz va siz o'zingiz iloji boricha birovni oldidan o'tmang. Sababi birovni oldidan otish gunoh bo'ladi. Bu ishni qilmaslik kerak. I iloji agar zarurat bo'lsa, aytganimdek, zarurati o'lamolar ruxsat bergan. Va tin mulhaj javallamu ro'talillah.

Проверка знаний

5 вопросов. За каждый верный ответ — 10 баллов.

Пройдите тест, чтобы перейти к следующей лекции

Продолжить без теста