MMaviza
Islom moliyasi va savdoПроверено13 daq

Qonun loyihasiga takliflar

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

Перевод на этот язык пока недоступен. Ниже показан оригинальный (узбекский) текст.
0:00
12:45
История изменений

Ha, qonun loyihasini biz bir guruh huquqshunoslar bilan, iqtisodchilar bilan va vapshe sohada mutaxassis bo'lgan kishilar bilan ko'rib chiqdik. Va aynan hozirgi paytda O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan bank boshqaruvidagi demak, shaxslar bilan ham bu qonun loyhasi haqida ba'zi fikr almashgan bo'ldik. Qonun loyihadagi ba'zi nuqtalar haqida umumiy shaklda aytish kerakki, qonun loyiha asosining borligi, bu masala ustida ishlab chiqil. Ishlanayotgani, bu masalaga alohida pul va e'tibor ajratilgani bu katta narsa. Bu qonun loyihani biz umid qilamizki, O'zbekistonda islom banklari paydo bo'lishi uchun hali juda yaxshi bir zamin yaratadi. Shu bilan birgalikda qonun loyihasi hali qonunga almash. Aylanishidan oldin undagi ba'zi nuqtalarni biz o'ylaymanki, muhokama qilib, ham islomiy yoki umuman an'anaviy banklar faoliyati, banklarda faoliyat olib borayotgan kishilar, ham shu sohada mutaxassis bo'lgan kishilar bilan maslahatlashgan holda ba'zi o'zgarishlar kiritilsak yaxshiroq bo'ladi deb o'ylayman. Masalan, qonun loyihasida men e'tiborim tortgan narsalardan biri litsenziya masalasi. Qonun loyihasida aytilganki, islomiy banklarga islomiy bank litsenziyasi berilishi kerak. Bu litsenziya uchta faoliyat uchun talab qilinadi. Islomiy bankalar uchun, islomiy darchalar uchun, ya'ni o'zi an'anaviy bank, lekin islomiy dachasi bo'lsa, yoki islomiy an'anaviybank bo'lsa ham islomiy moliya shartnomalari tuzmoqchi bo'lsa.

Mana shu uchala holda litsenziya olish talab qilingan va mana shu litsenziyani Markaziy bank beradi deb yozib qo'yilgan qonun loyihasi da. Va bu ba'zi bir mulohazalar paydo qilish mumkin odamda. Avvalo bu soha Markaziy bank tomonidan nazorat qilinishi mutlaqo salbiy narsa emas. Albatta bu ijobiy narsa, chunki Markaziy bank boshqa banklarning faoliyatini nazorat qilish kerak. Lekin bir nuqtani inobatga olish kerakki, bankning banklik bilan bog'liq faoliyati bor va uning islomiylik sifati bor, o'lchovi bor. Va uning islomniylik o'lchovini agar Markaziy bank belgilaydigan bo'lsa, Markaziy bank ana shu o'lchovni belgilashga, demak, layoqatli bo'lgan kadrlari va o'sha o'lchovnni belgilashga demak, asos bo'ladigan me'yor idorlarni oldin ishlab chiqishga to'g'ri, ishlab chiqishingga to'g'ir keladi. Bo'lmasa, masalan, Markaziy bankdagi bank bilan bog'liq faoliyatga mas'ul bo'lgan kishi biror narsani islomiy yoki islomiy emasligini qaror qilishi to'g'ri bo'lmay qolishi mumkin. Shu ma'noda, masalan, agar hozir xuddi shu islomiy banklarni oddiy, masalan, ishlab chiqaruvchi restoranlar, boshqalarga bir qiyos qiladigan bo'lsangiz, birorta restoran o'zining faoliyati to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini davlat organlari belgilab bersa, uning mahsuloti halol yoki halol emasligini davlat organarining nazorati ostida bo'lsa ham, lekin mana shu halollikni belgilashga mutaxassis bo'lgan kishilar belgilab beradi. Ha, qiyoslaydigan bo'lsak, shunday. Xuddi shunga o'xshab, agar deylikki, islomiy bank biz tashkil qiladigan bo'sak u, islomiy banking uning bank o'laroq faoliyati to'g'ri ekanligi, uning shartnomalari va uning faoliyati O'zbekistondagi bankchilikka muvofiq ekanligini islomiy Markaziy banki belgilab bersa yu, lekin uning shartnomalar islomiy yoki islomiy emasligini, aynan islomiy yokiy islomiy emaskligini o'lchaydigan qanaqadir shariat bilan bog'liq kengash belgilab bersa, o'ylaymanki, shunday to'g'riroq bo'lgan bo'lardi.

Ya'ni islomiy banklarga islomiy degan sifatni beruvchi litsenziyani berish Markaziy bankning faqat vakolati emas, balki yo Markaziy bankdan tashqari qanaqadir shar'iy kengashning yoki shar'iy kengashi bilan Markaziy bankning birgalikda olib boradigan izlanishning natijasi bo'lishi kerak deb o'ylayman. Qonunchilikda yana bitta odam o'ylab ko'rishi kerak bo'lgan hozir yana mana hozir shariat kengashlari haqida gapirib o'tirib, qonunchilikda yana bir, demak, u mulohazaga chaqiradigan nuqtalardan biri, bu shariat kengashining a'zolari, ya'ni bank o'zi tuzgan shariat kuzatuv kengashining a'solari Markaziy bank tomonidan tasdiqlanishi shart degan, demak, demak, qoida belgilab qo'yilgan. Bu narsa ham ba'zi muammolarga sabab bo'lishi mumkin deb o'ylayman. Birinchi, o'zi umuman bizga hammamizga ma'lumki, banklar bu aksionerlik jamiyatlari. Ya'ni bu banklar bu qonunda ham aksionerlik jinoyati shaklida tashkil topilgan. Endi banklarga qo'yilgan qonundagi shart bu o'sha banklar aksionerlik jamoat sifatida tuzilishi kerak. Xo'p, aksionerlik janoblarida hissadorlarning majlisi bu jamiyatning asosiy boshqaruv tashkiloti bo'lishi kerak. Va mana shu majlis tomonidan tashkil qilingan qarorlar modomiki shu qarorlar qonunga muvofiq ekan, shu aksiyadorlik jamiyatining ichida hukm hukm suruvchi asosiy, ya'ni mustaqil qarorlar bo'lishi keraks.

Va mana shu qoida, bu qoidaning borligi qaysidir ma'noda aksiyadorlik jinoyatlarining mustaqilligini ta'minlaydi. O'zining mustaqil korporativ boshqaruv borligini ta'minlaydi. Va hozirgi paytda agar mana biz bank, turli bank vakillari bilan bu masalani aynan maslahatlashib ko'rdik. Hozirgi payti har bir bankda kuzatuv kengashlari bor. Shu kuzatuv kentgashlarini a'zolarini tayinlashda yoki bankdagi boshqa bir muhim lavozimlarini tayinlashdi. Aksar banklar ayniqsa men e'tibor qaratmoqchi edim, xususiy banklar bilan men bu masalada gaplashib ko'rdim. Xususiy bankalar o'zi mustaqil qaror qabul qiladi. Ya'ni bu uchun borib, demak markaziy bankdan ruxsat olmaydi. Endi, endi, endi shu joyda shunaqa savol paydo bo'ladiki, yo banklar o'zining har bir kuzatuv kengashining har bir a'zosini, o'zida kuzatuv kenga bor ku, shuni a'zolarini markaziy bankdan tasdiqlash kerak bo'ladi. Bu narsa ham qonunchilikning ba'zi moddalari ko'rsatilgan. Agar lekin amaliyotda bunaqa bo'lmayapti hozir. Agar shunaqa deb aytadigan bo'lsak, unda agar o'zining boshqa an'anaviy bank ham o'zining kuzatuv kengashining har bir a'zosini markaziy bankdan tasdiqlash kerak bo'lsa yu, keyin islomiy bank ham o'zinining shar'iy kuzatuv kentgacha a'zosini markazi bank tomonidan tasdiqlashi kerak bo'lmasa, unda muammo yo'q. Unda tenglik bo'ladi. Lekin bu yana bir muammo paydo qiladiki, mana shu moliyaviy muassasalarning mustaqil korporativ boshqaruviga bu halal bo'ladi, ya'ni korporativ bosh qaruviga qanaqadir to'siq bo'ladi, ha.

Yoki biz aytishimiz kerakki, ikkalasi ham demak bir xil faoliyat olib borish kerak deymiz, toki diskriminatsiya o'rtada bo'lmasligi kerak. Lekin biz aytsakki, an'anaviy banklar o'zining oddiy kuzatuv kengashlari a'zolarini markaziy bankdan tasdiqlash shart emas. Lekin islomiy banklar o'zining shar'iy kuzatuv kentgacha a'zolarinimarkaziy bankdan tasidqlash kerak desak, bu o'z o'zidan birinchidan qonunda ikkala demak bank bir xil faoliyat olib borayotgan ikkala bankning qoidalari bir biriga to'g'ri kelmasdan go'yoki bir diskriminatsiyaga o'xshagan narsa paydo bo'ladi. Bu birinchi nuqta. Ikkinchi nuqta bu o'sha islomiy bankning mustaqilligi va o'zining faoliyatini erkin olib borishiga qaysidir ma'noda to'siq bo'ladi. Va uchinchi yana bitta nuqta, bu qanaqadir qiyinchiliklar paydo qiladi. Masalan, ba'zida banklar o'zining ichalik kengashiga tashqaridan mutaxassislar yo'llashi mumkin. Bu ayniqsa bizni holatimizda voqelikda shu ya'ni to'g'riroq nimaga? Sababi ichkarida mutaxassislar yetarli emas. Ma'lumki shariy kengash a'zolariga qo'yilgan shartlardan biri, u aynan shariat sohasida mutaxassis bo'lishi kerak. Va bizda afsuski, islom bank, ya'ni islomiy bank degan tushuncha o'zi yangi bo'lgani uchun, shariat sohasida muhtojlarning ko'plari bankchilik sohasida mutaxassisi emas. Masalan bizda hozir O'zbekistondagi shariat bo'yicha mutaxassis bo'lgan universitetlar, institutlarni o'rganadigan bo'lsangiz, aksaridagi, masalan aynan islom huquqi yoki biz fiqh deb ataydigan, fiqh ilmini mutaxassislarini aksari, masalan hidoya va shunga o'xshagan qadimgi kitoblardan ilm oladi.

Va bu kitoblar albatta buyuk va bu kitoblardan albatta ilm olish kerak. Lekin shu bilan birgalikda qo'shimcha zamonaviy tranzaksiyalarni o'rgangan va zamonaviy islom bankchiligi bilan bog'liq, masalan deylik Ayo Finn shariat standartlari yoki Malayziya standartlari va boshqa zamonaviy demak islom moliyasiga oid hujjatlarni u o'quv yurtlarida talabalarga o'rgatilmaydi. Balki o'rgatuvchi mutaxassislarni o'zi yetarli emas. Shu ma'noda hozir siz shariat kengashini quraman desangiz, O'zbekistonni ichida shariat kengashni quradigan mutaxassislar sizga yetarli topilmay qolishi mumkin. Ayniqsa bizda hozir agar o'nlab banklar o'zlariga shariatarchilar ochaman desa, va har bir demak kengashda eng kamida uchta a'zo bo'lishi kerak qoida bo'yicha. Uchta a'zoni har bittasi uchta odam topishi kerak bo'lsa. Unda bizda hozir shunaqa holat paydo bo'ladiki, eng kamida bizga o'ttizta, qirqta, ellikta yoki undan ko'proq shariat kengashi a'zolari kerak. Yoki hamma balki bir xil odamni shariat kengashiga a'zo qilib chiqishi kerak bo'ladi. Va ikkala holatda ham baribir O'zbekistonni ichidagi mutaxassislar yetarli bo'lmasdan tashqaridan mutaxassis jalb qilishga to'g'ri keladi. Va tashqaridagi mutaxassislarni ham keyin olib borib, ularni masalan Markaziy bankdan o'tkazish va boshqalar yana ham demak, osonroq protsessni qiyinlashtirishi mumkin deb o'ylayman. Albatta. Tushunarli. Qonunchilikda yana ba'zi endi qo'shimcha qilishi mumkin bo'lgan nuqtalar bor. Bu nuqtalardan avvalo bilish kerakki, islom moliyasi deganda, men bu hozir aytadigan ba'zi tushunchalarimni va umuman bugungi suhbat hukumatimizni bilish uchun men har bir tinglovchiga aytib o'tmoqchi edimki, islom moliyasi, islom moliya bu taqiqlanmagan narsalar bor bo'lgan an'anaviy moliya.

Agar sodda qilib aytadigan bo'lsak. Ya'ni siz kundalik qiladigan har qanaqa faoliyat islomiy bo'laveradi, unda ba'zi taqiqlangan belgilar bo'lmasa. Mana bu narsani biz o'sha islom huquqida yoki fiqhda asl degan qoidamiz bor bizda. Masalan aytamizki, masalan shu joyda choy bo'lsa, asl qoida shuki, shu choy halol. To kimdir kelib uning aksini isbotlamaguncha u halolligicha qilaveradi. Asl qoida islomiy qonuniyatda siz masalan birorta ayblovdan, demak, ayblovdan uzoqsiz. Sizga birorta ayblov qo'yib bo'lmaydi, to uni aksini isbotlama guncha. Xuddi shunga o'xshab asl qoida shundaki, moliyaviy munosabatlarning barchasi halol, to uning aksi isbotlanmaguncha. Bu shariatdagi muhim qoida. Shu qoidaga ko'ra, to biz birorta bir moliyaviy faoliyatda qanaqadir taqiqlangan element borligini isbotlamaganimizcha, u moliyaviy faoliyat halol bo'lib qolaveradi. Bu shariatning eng muhim qoidalaridan bittasi. Shunga ko'ra, har qanaqa odamlar o'rtasida bo'layotgan moliyaviy tranzaksiyalar, ya'ni oldi berdi va boshqa munosabatlar halol degan demak, umumiy hukmni ostida bo'ladi. To biz unda ba'zi elementlarni topmagunimizcha. U elementlar nimalar? Ribo, riboga olib boruvchi shartlar, g'arar, g'ararga olib boruvchi sharlar, va bu va bu narsalarni alohida mutaxassis sifatida hali masalan ba'zi darslarda, boshqalarda o'rganarimiz yoki bu bo'yicha kitoblarda, boshqalarga o'rganishimiz mumkin bizni tinglovchilar. Lekin bilingki, mana shu elementlar bo'lmadimi, demak moliyaviy munosabat islomiy bo'lib qolaveradi.

Shunga ko'ra endi savol paydo bo'ladi. Agar biz hozir birorta bankning faoliyatini islomiy yoki islomiy emasligi bo'yicha bir uning tranzaksiyalari uchun bir nizom qoida ishlab chiqmoqchi bo'lsak, u hozir qonunchilikda bo'ladimi yoki qonunosti hujjatlarda bo'ladimi? Qonunchilikda yoki qonun osti hujjatlarda boradigan bo'lsa, ikkala holatda ham, ana shu qoidalarni kim ishlab chiqadi? U qoidalarni muayyan markazlashtirilgan shariat kengashi ishlab chiqadimi? Yoki banklarning sharoit kengashi ishlab chiqadimi? Yoki markaziy bank yoki boshqa qonunchilik tashkilotlari ishlab chiqqadimi? Hozir masalan biz mana bu qonun loyihasida bitta juda yaxshi bir islohot taklif qilingan. Bu murobaha uchun berilgan bir imtiyoz. Murobaha degani, bu islomiy bank birorta tovarni sotib oladi, mahsulotni sotib oladi. Mahsulot uniki bo'lgandan keyin, uni mijozga sotadi. Va ba'zida ba'zi mahsulotlarni sotibolib, o'zini mulkiga aylantirib, keyin sotishida mulk huquqi oldin bankka keyin mijozga ko'chgani uchun ikki marta soliq solinishi mumkin bo'ladi va ikki marta solig' solish o'sha mahsulotni narxini oshirib yuboradi. Qonunchilikka shunga yechim taklif qilinganki, mana bu murobaha shartnomasi asosida mahsulot olib, keyin sotilgan paytda, mahsulotni olishdan maqsad unga egalik qilish emas, kelajakda sotish bo'lganini inobatga olib, mana shu joyda qonunchilikda soliqdan imtiyoz berilishi taklif qilingan. Va bu juda ham yaxshi qoida. Lekin mana shu joyda o'z o'zidan savol paydo bo'ladi.

Endi bu olib, mulkiga, o'zini mulkiga aylantirib, keyin sotshida, yana bitta shariatni qoida bor, qabz degan, ya'ni uning mahsulotning javobgarlik huquqiga ko'chishi kerak. Javobgarlik haqqi qay tarzda ko'chadi? Mahsulotni olish va uni rasmiylashtirish qay tarzda bo'ladi? Bu qoidalar shariy qoidalar hisoblanadi va bu qoidalar muhim. Shu qoidalar hozir qonunda belgilanadimi, qonun osti hujjatlarida belgilanadimi? O'ylaymanki, mana shu nuqtalarni aniqlash kerak bo'ladi. Lekin shu bilan birgalikda aytish kerakki, qonun loyihasida ba'zi bir juda ham muhim, juda ham ijobiy nuqtalar bor va bu nuqtalar ko'p, juda ham ko'p. Men bularni eng yaxshi, o'zimga yoqqan birini hozir aytib, shu bilan bu savolga javobini yakunlamoqchi edim va xususiy imkoniyat bermoqchi edim o'zlarini fikrlarini aytishlari uchun. Mana bu nuqta menga juda ham ma'qul bo'lgan nuqtalardan bittasi. Bu islomiy bank yoki islomiy degan atamani qo'llash uchun o'sha bankda yoki u muassasada litsenziya bo'lishi kerak degan qoida. Loyihada mana shu qoida taklif qilingan va bu juda ham muhim. Nimaga? Chunki bizni asrimizda, bizni hozirgi holatimizda o'zini islomiy deb ataydigan muassasalar juda ham ko'payib ketdi. Faoliyatini agar o'rganib chiqsangiz, faoliyati ribo yoki masalan islomda taqiqlangan faoliyat bo'ladi da, lekin o'zini masalan islom yoki islomiy yoki iymon yoki shunga o'xshagan nomlar bilan ataydi. Va bu natijada odamlarni qaysidir ma'noda mijozlarni aldashga o'xshab qoladi. Va tabiiyki davlat bu paytda shu mijozlarni himoya qilish uchun ana shu kompaniyalar rostdan ham o'zi qilayotgan da'voga muvofiqmi faoliyati deb bu narsani davlat o'rganib berishi kerak bo'ladi.

Va mana shu qonun agar demak amalga oshsa, bunda o'sha islomiy degan atamani olish uchun litsenziya talab qilinadi va litsenziyani qo'lga kiritish uchun uning faoliyati oldin o'rganib chiqiladi. O'sha ma'noda islomiy dekan atamani suiiste'mol qilish uchunga o'ta olinadi bu holat.

Проверка знаний

5 вопросов. За каждый верный ответ — 10 баллов.

Пройдите тест, чтобы перейти к следующей лекции

Продолжить без теста