MMaviza
Fiqh asoslari va mazhablarПроверено16 daq

16-Dars. Zamonaviy dunyomizdagi fiqh. Ustoz Mahmud Usmon

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

Перевод на этот язык пока недоступен. Ниже показан оригинальный (узбекский) текст.
0:00
15:39
История изменений

Va men naxsal qovlamayman da'a ilohim va ominah soliham. Va ominah solih. Biz oldingi darsda to'rtta mazhab haqida gaplashdik, to'rtta mazzab tarixi haqida gaploshdik. Endi hozirgi demak oxirgi demak gaplashadigan bosqichimiz, agar biz shariatni demak rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlari deb o'rgandik. Mana shu demak shariatniy bino bo'lish davri. Undan keyin sahobalar davri, tog'beklar davrini bitta qilib, ba'zi misollar bilan biz mazhablargacha bo'lgan davr deb o'rgandi. Keyin biz mazhablar davri deb to'rtta mazkabni alohida alohida ko'rib chiqqan bo'ldik. Endi hozurgi davr haqida gaplashtik. Birinchi o'rinda hozirgi davr bu mazhablardan keyingi davr deb qaralmaydi, albatta. Chunki hozirgi davrdagi ham to'rtta mazhab bor va unga amal qilinadi. Lekin hozirgi davrinni to'rtta mazzhabga amal qilgan qilib kelingan bir ming ikki yuz yil yoki ming yildagi davrdan o'ziga xos bitta ajrab turadigan tomoni bor. O'sha tomonni biz muhokama qilamiz. Bu bu nima desak, biz fiqh haqida boshida gaplashganimizda nima dedik?

Fiqh bu odamlarning fe'llari, odamlarning harakatlari to'g'risidagi hukmlar majmuasi dedik, to'g'rimi? Odamlarning fe'llari bizni asrimizga kelib ancha murakkablashdi. O'sha globallashuv, boshqa, masalan o'sha zamonaviy texnologiyalarni paydo bo'lishi, odamlarni safar qilishi, ya'ni sayohat qilish osonlashishi, keyin bu internet, boshqa sababli, odamlar o'zaro bir biri bilan qiladigan munosabatlar, muammolar juda ham murakkablashdi. Bu faqat moliyaviy munosabatlar emas. Bu barcha sohadagi munosabatlar. Masalan deylik, tahorat bilan musafni ushlash kerak degan qoida, masalan, aksar bilan moliyaviy qoida. Lekin hozir telefon paydo bo'ldi. Telefonda agar Qur'onni ochib olsangiz, shuni tahorat bilan ushlaysizmi yo'qmi degan masala.

Tushunarli ku? Qiblaga qarab namoz o'qishni safar qiladigan bo'lsa, qiblarni bilmasa nima qilish, bo'lmasa, bu masala hammasi tushunarli. Lekin bizni asrimizda qiblarni bilasiz, lekin siz samolyotda ketyapsiz. Endi bunda qiblaga qarash yoki bunda namoz o'qishning shartlari qanaqa bo'ladi degan masala. Endi bu masalalar zamonamizning murakkablashishi natijasida, demak, fiqhning obyekti bo'lgan, fiqhning demak o'rganish mavzusi bo'lgan o'sha muxalliflarning fe'llari murakkablashib ketdi. Juda ham ko'paydi. Natijada masalalar juda ham ko'paya ketdi. Va biz zamonamizdagi o'sha holatni shunga qarab o'rganishga ehtiyoj paydo bo'ldi va bizni zamonamizdaki fiqhning holatini o'ziga xosligi nimada? Demak, birinchi o'ziga xolisligi aytganimdek, mizdek, mavzular ko'pligi, lavozimlarning juda ham ko'pligi. Masalan, oxirgi oxirgi ellik yilda fiqhda paydo bo'lgan yangi masalalarning soni undan oldingi besh yuz yilda paydo bo'lagan masalalardan ko'ra ko'proq desak, biz agar mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Tushunarli a? Yoki oxirgi besh yilda paydo bo'tgan masalalarning soni, undan oldingi ellik yilda paydo bo'dagan masalalardan ko'mproq desak, yana mubolag'o qilmagan bo'miz. Bitta hozirgi davrimizni o'zida mana bitkoinga o'xshagan masalani paydo bo'lishi. Tushunyapsizlarmi? Yangi yangi masala. Masalan deylik, hozir mana oldinlari qo'llarni bir qo'li kesilib ketgan odamni qo'lini qaytib joyiga qo'yib qo'yish imkonsiz narsa edi. Yoki boshqa bir odamni tanasini olib kelib, unga ulash.

Endi qo'l kesilsa, o'zi tirik holda kesilgan narsa, maktab hukmida bo'ladi. Uni endi joyiga qaytarsa bo'ladimi yo'qmi degan masala. Bu masalaga oldin ehtiyoj bo'lmagan bo'lsa, hozir ehtiyoj bor. Tushunarli ekan. Ya'ni meditsinani rivojlanishi, yoki masalan hozirgi paytda mana meditsina rivojlanish oqibatida homilador ayolni ichidagi homilani genetik kasalliklarga uchragan uchramagani, tug'ilsa ertaga yashab ketish keta olmasligi, tug'ilish davomida onaga xavfli bo'lish bo'lmasligi masalalarni aniq ayta oladigan holatga yetib keldi. Tibbiyot. Va tibbiyot sizga musulmon, ishonchli bo'lgan doktor sizga ayta oladi, mana shu bola quyidagi genetik kasallarga chalingan, masalan miyasini yarmi yoki sakson foiz rivojlanmagan, tug'ilsa bunaqa holatda bo'ladi. Sizga aniq bu narsalarni ayta oladi. Ammo davomiki shunaqa ekan. Endi u bolani demak tug'ilishdan oldin olib tashlasa bo'ladimi yo'qmi degan masala. Bu masalalar tabiiyki yuz yil oldin, ikki yuz yil olin tasavvur qilib bo'lmaydigan yo'q masalalar edi. Hozir bizda zamonimizda meditsina rivojlanishi, bu masalani paydo bo'lishiga demak olib keldi. Tushunarli ekan a? Ya'ni zamonning murakkablashishi yangi yangi holatlarni yuziga keltiradi. Yoki masalan o'sha ramazonda oyini belgilash masalasi. Oldinlari ulamolar qadimdan oyni ko'rardi, oyni ko'rmay qolsa o'ttiz kundek belgilardi. Lekin hozir texnologiyani rivojlanishi sizga minutlar, sekundlar bilan aytib beradigan darajaga yetdi.

O'z o'zidan ulamolarga savol paydo bo'ldi. Biz shuni qabul qilamizmi, yo'qmi? Aksar ulamolar aytdiki, oyni ko'rmaslikni yuz foiz texnologiyalari tasdiqlab tursa va bir toifa ko'rdim deb da'vo qilsa, biz o'sha texnologiyalarini qabul qilamiz dedi masalan. Ya'ni falakiy hisob. Sizga aniq hisob bilan oyi ko'rmasligini aytib turibdi. Ko'rinmaydi oydek turibdi. Falakiy sohadagi hisob. Lekin bir toifa odam men ko'rdim deb aytyapti. Shunda nima qilamiz desa, o'sha yetmish to'qqiz, sakson to'qqizinchi yilda Jiddada bo'lgan o'sha mo'tamarda shunaqa qarorga kelindiki, yo'q, unda biz o'sha falakka hisobni olamiz, toki bir toifa, ya'ni qovli zaif bo'lgani uchun, agar u qovlini biz mana shunday jiddiy narsa bilan inkor qila olsak degan ma'noda. Xo'p, tasdiqlashda olamizmi yo'qmi degan masala. Tushunarlimi? Yoki masalan, yoki masalan, birorta odam o'g'irlik qilib qilsa, o'sha o'g'irligini isbotlash uchun ikkita guvoh talab qilinardi. Shu ikkita guvoh bilan qabul qilardik. Lekin hozirgi paytda kameralar, Dna deydi, o'sha Dnk bilan tekshirishlar. Masalan bir odam keldi da, bir do'konga o'g'irlikka tushdi. O'g'irlikka tushdi, do'konni kamerasi, ko'chani boshqa tomonidagi kamera va boshqa bitta ko'chadagi do'kondagi kamera, uchta to'rtta kamera o'sha odamni oldi masalan videoga. U kameralarni hammasidagi videolarni siz ko'rib chiqa olasiz, qanchalik haqiqiy, haqiqiy emasligi.

Bilmadim, rostdan ko'rib chiqolasizmi? Balki o'shalarni ham soxtalashtirish imkoni bo'lar. O'g'irlikka kirgan odam o'g'irlikka kirayotgan paytda deylik, masalan, qo'lida sigaretasi bor edi. Uni tashladi. Siz o'shani topa oldingiz, o'shani olib borib ekspertiza qilib, undan so'ragan orqali dnsni aniqladingiz. Yoki ushlagan joydan barmoq izini aniqladingiz, sizda ikkita guvoh yo'q, lekin sizda shuncha hamma shu boshqa narsalar bor. Shunga ko'rasiz, endi hozir u odamni o'g'ri deb ayta olasizmi, yo'qmi degan masala.

Tushunarlimi? Ya'ni zamonaviy masalalarni murakkablashi, zamonaviy o'sha texnologiyalari va boshqa narsalar fiqhni, bizni asrimizdagi fiqhni ancha mehnat qilishga va faqihlarni ancha ko'proq ishtixod qilib, chuqurroq mulohaza qilib, fiqhni chuqurroq o'rganishga charxlashni boshladi. Bu bizni asrimizdagi fiqhni holatini o'ziga xosligi. Asrimizdagi fiyqhni o'ziga xolisligilardan bittasi, bu o'sha chop qilish, kitobni nashr qilish osonlashishi. Kitob nashr qilishi osonlashishi nimaga olib keldi? Kitoblar ko'payishiga olib keldi. Juda ham ko'p kitoblar chop qilindi. Oldingi paytda bitta odam birorta kitobga ega bo'lish uchun, unga juda katta pul to'lash kerak bo'lardi. Uni ko'chirish kerak bo'lardik, ko'chirish qiyin bo'lardi kitobni. Va kitoblar hammada ham bo'lmasdi. Hozir eng haligi, pachoqroq bir tolibi ilmda, qadimdan o'tgan eng katta olimdan ko'proq kitob bor. O'qimaydigan bo'lsa ham da, masalan. O'sha ma'noda shunaqa vaziyat keldiki, kitoblar ko'paydi. Va kitoblar ko'payishidan yana tashqari yana elektron kutubxonalar ko'payishi yuzaga keldi. Va elektron kutubxo'onalar ko'payishini yuzaga kelishiga o'zini buni murakkabliklari bor. O'zini murakkablaridan bittasi masalan, o'sha al maktabda shamila deganga o'xshagan dasturlar, yoki o'sha mavzu al elektroniya degan arab tilida mavsum va fiqh ensiklopediya yuzaga keldi. Elektron o'sha elektron fiqh ensikllopediya.

Va elektron fiqh insiklopediya va boshqa manbalarni yuzaga kelishi boshqa ba'zi bir muammolarni keltirib chiqardi. Shulardan bittasi masalan, siz hozir deylik, Imom Qorofiyning birorta bir masaladagi ishtixonini tekshirmoqchisiz. Siz o'tirasizda, mavsumal elektron yeyadi, masalan, fiqhiy o'sha ensiklopediyada, elektron fiqhiy ensiklopediyeda. Qorofiy deysiz, o'sha masalani yozasiz, qidirasiz. Qidirsa chiqib keladi. Qorofiydiydi, o'sha masala kelib chiqadi. Va siz bo'ldi, shuni iqtibos qilasiz, qo'yasiz mana Qorofiy falon kitobida, masalan, shu masalani shunaqa deb aytibdi deysiz. A vaholanki, agar o'tirib yaxshilab o'rganib chiqsangiz, Qorofiyni kimgadir iqtibos yiqilayotgan bo'ladi. Yoki raqibini qovli sifatida iqtibos qildirib, unga keyin to'rt beshta, to'rt besh betdan keyin yoki uch, to'rt beshta oldin, unga raddiya bergan bo'ladi qaror. Tushunyapsizmi? Shunaqa murakkabliklar, shunaqa muammolar paydo bo'lishni boshladi buni oqibatida. Ya'ni bu elektron qidiruvga e'tibor qilish oqibatida da. Shunaqalardan yana bitta misol o'sha bizni pastimizda Google degan sheyx paydo bo'ldi. U sheyxdan nima so'rasa, sizga javob beradi. Va nima so'rasangiz, sizdan so'raydi, qanaqa javob xohlaysan deydi. Xohlagan javobingizni beradi. Natijada, ya'ni, ta'bir joyingiz bo'lsa aytishim mumkinki, fiqh juda ham, demak, qo'l yet, qo'l cho'zsiz yetadigan holda bo'lib qoldi. Va har qanaqa odam o'zi o'tirib, fiqh bemalol Googledan bir narsa qidirib topadi, u yoqmay qolsa, keyingi, keyingi, uchinchi, to'rtinchi, beshinchi natijani qidirsa, o'ziga yoqadigan fatvo chiqadi, o'sha fatvoni olib ketaveradi.

Va unda bir dunyo ma'lumotlar berilgan. Ya'ni fiqh mana shunday holatga keldi. Bu hozirgi davrdagi fiqhni holatidagi o'ziga xosliklar. Hozirgi davardagi fiqhni holda bir o'ziga xolis tomonlardan biri va bu ijobiy, juda ham, juda ham ijobiy holatlardan biri, bu turli fiqh akademiyalari paydo bo'ldi. Majmualar deydi, Majmual Fiqh Islamiy, o'sha robotota'lim Islamiy qoshidagi, Majmual Fiqi o'sha Taunul Islamiy degan o'sha Jdd va Makkada ikkita asosiy eng mashhurlari bor. Fiqh akademyasi. Bu bu faoliyati juda ham yaxshi. Undan tashqari Pokistonda, Hindistonda mana Pokiston, Hindiston ulamolarini o'zini alohida fiqh akademiyasi bor, yig'ilishi. Misrda bunaqa yig'ilish bor, Qatarda va boshqa bir necha mamlakatlarda. Eng mashhurroqlari shu Makkadagi Jizadagilar va ularni qarorlari bor. Ikki yuz adashmasam, ikki yuz o'ttiz sakkizta bo'ldi hozir mana qarorlari. Ular qanaqa shaklda bo'ladi? Birorta bir masalani, masalan keyingi yig'ilishimizda shu masalani ko'rib chiqamiz deydi. Masalan keyingi ishimizda tavoruq masalasini ko'rib chiqadimiz deydi. Tavoruq masallasida keyin shu masalaga qiziqqan ulamolarga ilmiy izlanish qilish beriladi. Tavorix masalasida nima muammolarni ko'rib chiqmoqchimiz? Shuni hammasini ro'yxat qilinadi da, keyin shu masalalar o'sha mutaxassislarga berib chiqiladi. Mutaxassislar keyin o'tirib, buni ilmiy izlanish qiladi, yuzlab, ikki yuz, besh yuzlab kitobni bir biriga jamlab, ko'p izlanish qiladida. Keyin majlis yig'ilishgan paytda hamma o'zini qidirib o'sha izlanishini, ilmiy izlashini o'qib beradi.

Majlis a'zolariga. O'qib bergandan keyin oxirida majlis o'sha izlashlarni jamlagan holda va majlis yigirishdan oldin ham bir nusxa qo'liga berilgan bo'ladi. Bir qaror qabul qiladi keyin. Ikki uch kun, bir haftalik majlisdan keyin bir qaror qabul qiladi. Qaror nima matni qisqa bo'ladi. Keyin shu qaror nima nima o'sha Marjonov xristianini veb saytiga qo'yib qo'yiladi. Biz veb saytni mana shu videoni ostiga inshaalloh qo'yib quysanglar, odamlar ko'ra olish uchun. Ikki yuz o'ttiz sakkizta qaror bo'ldi hozircha.

Qarorni o'zi alohida kitob qilib yoki o'sha nima veb saytni o'ziga qo'yiladi da, yoki alohida kitob ham chop qilingan qarorni o'zida. Undan tashqari har bir qarorni ostida o'sha qaror qaysi majallarda berilgani keladi. Majallar bu jurnal. O'sha majlislarning o'zini jurnali bo'ladi. Jurnalida qarorni o'si emas, qarorni ortidagi o'sha ilmiy izlanishlarni ham chop qilishadi ular. Har bitta odam taqdim qilgan ilm izlanishni chop qiladi va o'sha tolib ilm xohlasa qarorni o'zini majmani qarorlarini ko'rib oladi, ikki yuz o'ttiz sakkizta qarorni. Xohlasa o'sha qarorni ostida ko'radi, majallarni nechinchi sonida, nechinchi nashrida, nechinchi yildagi nashrida ilm izlanishlar bor. Keyin u majallarga qaytadi da, majallar majmala hizratlanmaydi. O'sha majallarni ham men umid qilamanki, o'sha nimasini, ro'batini qo'yib qo'ysak, shu video ostiga, o'sha joyga qaytadi. O'sha joydan keyin ko'rib oladi. Kimlar izlanish qilgan, masalan aytadiki, falonchi sheyx izlanish qilgandan keyin deydi. Masalan o'ttiz sakkiz, o'ttiz bet, ellik bet, yuz bet, ikki yuz bet bo'ladi. Ba'zida bitta qaror bilan ortidagi ilmiy izlanishlar besh yuz betlab bo'ladi. Juda chuqur o'rganilgan bo'ladi va u juda ham foydali. Endi bizni asrimizdagi o'sha bunday izlan o'sha bunday o'zlanishlardan biri o'sha kuvaytda baytil baytil zakal baytilmal tomonidan o'sha zakotga oid konferensiyalar bo'lishi uyushtiriladigan bo'ldi.

Hozircha yigirma tacha, o'n to'qqiz tami yigirma ta konferensiya bo'ldi shu paytgacha va har bir konferensiya ortidan o'sha zakodga oid murakkab masalalarda bir nechta qarorlar qabul qilinadi. Shulardan bittasi mana iofi tashkiloti, mana bahreynida bu tashkilot tuzildi. Tashkilotda o'sha to'rtta masxapdan ulamolar jalb qilindi va maqsadi islomiy moliyaviy tashkilot muassasalarni faoliyati uchun standartlar ishlab chiqish. Chunki agar qarasangiz, islom ummati juda ham katta. Va biz siz bu ummatni bitta demak, bitta tashkilot yoki davlat tomonidan nazorat qila olmaysiz. Bu imkonsiz, biz juda ham kattamiz, ya'ni biz bir necha milliardlik mana katta ummatga aylandik, alhamdulillah. Va natijada bir tashkilot barcha islomiy banklar va barcha islomiya tashkilotlarini moliyaviy institutlarni nazorat qila olmaydi. Lekin biz nima qila olamiz? Iloji boricha ko'proq odam kelishib, bir standartlar ishlab chiqa olamiz, umumiy qoidalar va o'sha qoidalarga amal qilayotgan odam umumiy ma'noda, demak, halol biznes qilayotgan bo'ladi. O'sha qoidlarga amal qilmayotgan odam halol qilmayotgan bo'lardi. Xuddi shu standartlarni biz halollikda ishlab chiqdik. Ya'ni biz deganimiz, ya'ni biz ummat, musulmon ummati, biz o'tirdikda, nima qildik?

Halol standartlar ishlab chiqdik. Shu standartlar bo'yicha agar go'sht so'yilsa yoki shu standartlari bo'yicha ovqatlar tayyorlansa, o'sha ovqatlar halol bo'ladi dedik. Shu standartlar bo'lmasa halol bo'lmaydi dedik. Masalan, yahudiylar kosher degan narsa ularda xuddi bizda musulmonlarda halol bo'lgandek, yahudiylarda kosher bo'ladi. Kosherni yahudiylar bitta institut tomonidan nazorat qila oladi, chunki yahudiylar ko'p emas. Kimda kim o'sha yahudiylar yeyishi mumkin bo'lgan go'sht yoki boshqa mahsulot chiqarmoqchi bo'lsa, bitta tashkilotga boradi, shu kosherni beradigan tashkilot, shundan kosher litsenziyasini oladi, bo'ldi. Musulmonlarda bu qiyin. Chunki musulmonlarni bitta institutga birlashtirish qiyin, halol degan narsani. Eng oson nima? O'sha standartlar ishlab chiqish. To'rtta mazhab va butun ulamolar va butun dunyo musulmonlari qabul qiladigan umumiy standartlarga kelishib olish. Shu standartlar halolni belgilashda kelishib olingandek, shar'iy demak moliyaviy munosabatlarda ham shunaqa standartlarga kelishib olindi. Va bu standartlar bir nechta. Malayziya o'zini standartlari bor, chunki Malayziya standartlarini nisbatan ya'ni yumshoqroq bo'lishi mumkin, yo nisbatan shohifiy qiyin ko'proq e'tibor qilgan bo'lishi mumkina. Shunga o'xshab Bahraynda IOFI tashkiloti to'rtta maslahatga asoslanib, standartlar ishlab chiqdi. O'sha standartlarga amal qilib ishlagan, demak, islomiy moliya tashkilotlari, ya'ni islomiy banklarga IOFI aytadiki, mana bizni standartlar bo'yicha ishlaydi shu bank deb, go'yoki tazkiya bergan bo'ladi. Bu o'sha bizni asrimizdagi, demak, fiqhni o'ziga xosliklaridan yana bittasi.

Va bizni asrimizdagi o'sha fiqhning o'ziga xosligidan bittasi, biz aytganimizdek, bizni asrimizda mazhablarga qarshilik bir harakatlar va chaqiriqlar paydo bo'ldi. Va tabiiyki bu chaqiriqlarni biz demak salbiy baholadik va o'ylaymizki, bu chaqiriqlar keyinchalik o'z o'zidan yo'q bo'lib ketadi. Chunki u chaqiriqlar albatta, bu chaqiriqlarni egalari albatta o'sha fiqhni hayotlarda tatbiq qilmagan odamlar bo'ladi ko'pincha. Agar odam fiqhni hayoti tatbiq qilsa, tushunib yetadiki, fiqh degan bu buyuk meros, bu to'rtta mazhabning buyuk merosi, bizning asrimizda foydalanish kerak bo'lgan meros. Voz kechib o'chirib yuborish kerak bo'lkan meros emas. Albatta.

Va men naxsal qovlam, men mavda ilohim va ominah soliham, va ominah solihah.

Проверка знаний

5 вопросов. За каждый верный ответ — 10 баллов.

Пройдите тест, чтобы перейти к следующей лекции

Продолжить без теста