MMaviza
XushuʼПроверено18 daq

46-QISM / HUSHUʼ (4/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

Перевод на этот язык пока недоступен. Ниже показан оригинальный (узбекский) текст.
0:00
17:30
История изменений

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbil alamin. Vassalatu vassalamu ala shirofil nursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Tasavvuf darslaridan birodarlar, xushu manzilatini o'qiyotgan edik, davom etamiz. O'zingni Allohga qanchalar xor qilsang, azizliging ziyoda bo'ladi. Mahluqotlarga o'zingni qanchalar xor qilsang, faqatgina xorliging ziyoda bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Alloh azza va jallaning eng suygan bandasi, habibur rahman, Muhammad sollallohu alalayhi vasallam. Makkay mukarramani fath qilganlaridan keyin, shaharga g'olib, muzaffar qo'mondon bo'lib kirib kelar ekanlar, shunday bir to'shini ko'tarib gerdayib kirmadilar. Balki tuyasini ustida o'tirib, boshini shunday bir engishtirib keldilarki, hokisor tutib, o'zini Allohga uchun xor qilib, hatto tuyasining o'lkachiga soqoli tayyor degan darajada yoki sallasi tayyor degan daraja da engishib kirdilar. Ana hokisonlik. Allohga o'zini hokisor qildi, xushu bilan bo'ldi, Alloh aziz qildi. Ana Umarimni Xattobi roziyallohu anhu.

Baytul Maqdisni, Quddusni kalitini olgani kelar ekan, o'zini xizmatkori bilan tuyani navbatlashib minib kelayotgan edi. Shaharga kirishlikka to'g'ri kelganda, tuyani minishlik navbati xizmatchisiga to'g'ri keldi. Ey, Amir al-Mo'minin, siz minib oling. Odamlar sizni kutib turibdi. Siz tuyani ustida kiring deganda yo'q. Adolat bunday bo'lmaydi. Minish navbati senga keldimi? Minasan dedi. Xizmatchisini tuyaga o'tkazib, o'zi tuyani yetaklab kirdi. Ana hokisorlik. Ana Allohni oldida o'zini xor tutishlik. Alloh qanday azizmi karam qildi bunday bandalarini.

Agar inson o'zini azizligini Robbisi bilan deb bilsa, bu odamning azizligi qaror topadi, sobit bo'ladi. Agar o'zini azizligini, izzatini o'ziga o'xshagan o'ladigan odamlar deb biladigan bo'lsa, shular bilan deb biladigan bo'lsa, bu odamni izzati ham bo'ladi. Aytdik ku. Sizni mansabingiz bor, sizni quvvatingiz bor, sizni pulingiz bor. Siz shu bilan quvvatlaysiz. Yoki puldor akangiz bor, mansabdor tanishingiz bor, sizni qovvatingiz desa, ana shular. Endi ular yo'q bo'lsa chi, demak siz ham quvvatsiz bo'lib qolasiz. Shuning uchun o'zini azizligini odamlar bilan deb bilgan odam xor bo'ladi. O'zini izzatini, azizligini Alloh bilan deb bilgan odam, albatta aziz bo'ladi.

Mo'min banda o'zini azizligini Allohni deb biladi. Sajda qiladi, yig'laydi, murojaat qiladi, yalinadi, yorib yuboradi, yordam so'raydi, madad so'raydi, o'zini ojizligini, Robbining ham nasiga qodirligini tan oladi, hamd aytadi, sanoat etadi. Mana shu bilan aziz bo'lardi. Va mana shu odamning shunday qilgan ibodati to'g'ri ibodat bo'ladi, xushuvli bo'ladi.

Bu xushuv so'zining lug'aviy ma'nolari edi. Mana endi xushuv so'zinining shar'iy ma'nolari. Xushuv qalbni xor bo'lgan holda Allohni huzurida qoyim turishi. Qalbni Allohga iltifot qilishi, egilishi, bo'yin sinishi va Allohda umid qilishi. Ya'ni yana xushu haqqa bo'yi sinish ham deyiladi.

Endi siz bilan bizni qalbimizda xushu bormi yo'qmi? Namozimizda xushu bor mi yo'qmi? Bu qalbimizda hushu bor yoki yo'qligining alomatlari bor. Xushuning borligining alomatlaridan shahvat alangasini o'chishi va qalbni Allohning nuri bilan yorishishi. Birodarlar, siz bilan bizni qalbimiz ikkita narsani o'rtasida turadi. Shahvat olovi yoki Allohning nuri. Agar uni jasadida shahvat alangasi, olovi ustun kelsa, bu odam xushuvidan uzoq bo'lib qoladi. Agar Allohni nuri g'olib kelsa uni qalbida, bu qalbda xushu bo'ladi. Demak, xushu yana bitta ma'nosi, qalbda Allohning nurini g'olib kelishi.

Demak, birodarlar, bu ilohiy bir nur bo'lar ekan. Bu ilohiy nurni nima ekanligini uni totib ko'rgan odamgina biladi. Nafsini pokligi, qalbni Allohga iqbol qilishi, mustaqil bo'lish, Allohga itoatda turib huzurlanish. Diqqat qilinglar. Itoatda turib huzurlanish. Mana tarafida turibmiz.

Qur'on tilovati bo'lyapti. Robbimizni kalomini eshityapmiz. Mazza qilyapmizmi? Siz olayotganingizda mazza qilganingizdek, berayotganda ham mazza qilyapsizmi? Agar ha desangiz, demak xushov orqali bizda.

Bizda olganimiz foyda. Bizda olganimiz yutuq. Qanaqa qilib bo'lsang oldingmi shu foyda? Halolmi, harommi, birortagi suv qo'ydingmi, tarozidan urdingmi, muhimi olsang foyda. Ko'p aytaman buni, birodarlar, yoshlar, bizni olgan narsamiz boy qilmaydi. Bizni bergan narsamizni boy qiladi. Mana shu o'lchov, mana shu falsafa bilan yashashimiz kerak.

Demak, insonni qalbi ikki tanasi o'rtasida bo'ladi. Shahvat alangasi, shahvat olovi va Allohning nuri. Qarang, bir nur bo'ladiki, Alloh Taoloning nuri. U nurni Alloh Azza va Jalla faqat mo'min bandasining qalbiga joylaydi. Allohning bandani qalbiga joylab qo'yadigan nuri. Dalil. Birinchi oyim. Astaydubillah, ya ayyuhalladina a manu ittaqulloha va aminu bi rasulih, yutikum kiflaynimi rahmatih, yajiallakum nuron tamshunabihiy va yag'ferlakum vallohu g'ofuru rohim. Nur haqida. Alloh bandani qalbiga solib qo'yadigan nur haqida. Qarang, bormi shu nur sizda? Ey iymon keltirgan zotlar, Allohdaan qo'rqinglar va uning payg'ambariga ham iymon keltiringlar. Shunda u zot sizlarga o'z rahmatidan ikki hissa ato etur va sizlar uchun yuradigan nur paydo qilur. Hamda sizlarni mag'firat qilur, Alloh mag'firatli mehribondir. Allohga va Payg'ambarga iymon keltirib itoat qilsanglar, ajriylarni ikki barobar qilib beradi va qalbinglarga nurni beradi.

Shu nuri bilan yashaysizlar hayotda. Ana shu nur bo'lsa, in'iy tushunasiz, berganingiz yutuqligini, olganingiz emas. Agar mana shu nurni Alloh qalbingizga joylab qo'ygan bo'lsa, berganingiz foyda ekanligini ko'rasiz, olganingizmas. Nabiy sollallohu alayhi vasallam qo'y so'yib tarqatdilar. Tugatib, uylariga kelib, Oysha onamizga, o'zimizga ham bir narsa qoldimi? Qo'ydan, go'shtidan. Ha, Rasululloh mana bitta qo'li qoldi, dedi Oysha onamimiz. Rasululloh nima dedilar?

Ha, estigina. Shu bitta qo'linglar qolmabdi da o'zimizga. Ya'ni tarqatib yuborganini o'ziniki deyapti Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Ana nur. Bizda qanaqa? Unga pul berib, bunga uzatib, pul berib, o'ziniki bo'lmagan yerni tortib oladi. Va biladi o'zini nohaqligini. Biladi bu qirq yil kalxozcha tolada ishlagan, o'ttiz yil tolada ishlagani, shu chekni olishlik uni haqqiligini biladi. Lekin puldorlik qilib olib oladi va yutdim deb o'ylaydi.

O'shanaqa qilib, birovni chekini o'ziniki qilib olganlarda qaranglarda, besh yil, o'n yilda o'sha chek nima bo'ladi? Uni ko'rgani nur kerak. U nurni kimga beradi Alloh? Alloh va Payg'ambarga iymon keltirib, itoat qilganlarga. Ko'rmaydi da. Ko'rmaydi. Ko'zi ochiq o'zi.

Ikkinchi oyat. Astaydu billah va man lam yash alillah hulah u nuron, fa ma'lahu min nur. Kimga Alloh? Nur bermasa, bas uni uchun hech qanday nur bo'lmas. Alloh shu nurni qalbingizga joylaydi, nur bor, bu nur bilan hamma yoqda ko'rasiz. Oqni oq deb, qorani qoradi. Agar o'sha nurni bermasa chi, uchinchi oyat. Bu ham bir go'zal oyat.

Istaydivillar ya ayyo'halladina, amanu intattaqulloha, yaj allakum furqonun. Ey mo'minlar, agar sizlar Allohda taqvo qilsanglar, shart. Nima bo'ladi taqvo qilsak? Javobi shart. Yaj allakum surqonun. Sizlarga furqonni ato etur.

Furqon nima? Ey mo'minlar. Agar Allohda qo'rqsangizlar, sizlar uchun haq bilan nohaqni ajratadigan hidoyat ato qilur va yomonlik gunohlaringizni o'chirib sizlarni mag'firat qilur. Alloh ulug' fazli marhamat sohibidir. Yaj allakum furqonin haq bilan boltinni ajratib beradigan furqonni beradi.

U shunday bir asbobki, u bilan oqni oq deb ko'rasiz, qorani qora deb ko'rasiz. Yaxshini yaxshi ekanligini, yomonni yomon ekanligini ko'rasiz. U bilan siz foydani foyda, zararni zarar ekanligini ajratib yuborasiz. Birodarlar, Furqon. Ya'ni ajratib beruvchi, bo'lib beruvchi. Furqon nima? Furqon nur. Nur bilan ko'ramiz. Furqon nima? Furqon ma'rifat. Boshqalar bilmay turgan paytda siz bilasiz. Boshqalari anglamay turgan paytda siz anglaysiz. Furqon nima? Furqon basirot. Nima u? Uchinchi ko'zingiz ochilib qoladi peshonangizda. Majoziy ma'noda.

Hamma yutdi, mazza qildi, mana shu odam foyda qildi deganda, sizni basirotingiz bor. Ha bu yutkazdi deysiz. Qarab tur buni deysiz. Hamma yutdingizda yomon bo'ldi mana shu odamga, deganida sizni basirotingiz bor, chunki furqon bergan Alloh sizga. Mana shu odam yutdi deysiz. Furqon nima? Furqon ilhom.

Sizga Alloh Taolo shunday bir ilhomini beradi, furqon sababli. Boshqalar topa olmayotgan joyda yechimni topasiz. Furqonnima? Furqon hikmat. Ishlarni orqasidagi narsani ko'rishni o'rganasiz. Hali bo'madi, hali tugamadi, lekin orqasidagi nasani ko'rasiz. Furqon nima? Furqon elak.

Odamlar kerak, kerak emas, katta kichik narsalar bilan ovora bo'lib yuribdi. Sizni qo'lingizda elak bor, furqon degan. Shunday shunday shunday e'lasangiz hayotdagi narsalarni, zararli narsalar pastga tushib ketadi. Muhim bo'lmagan mayda narsalar pastga turib ketadi da, muhim narsalar qoladi elida. U furqon bilan, haq bilan botirni ajratasiz. Mana endi, tushundinglarmi birodarlar? Saodatni siri nimada ekanligini. Saodatni sir i nimada? Saodatni siri to'g'ri qarashda. To'g'ri o'lchov, to'g'ri tushunchadan.

Sizni o'lchov tushunchangizda berganim foyda deysiz. Faqat olganim foyda demaysiz. Chunki sizni o'lchoq tushunchangiz to'g'ri. Inson qachon xato qiladi? Qachon adashadi? Qachon ozsiylik qiladi? Qanchalik uzoqlashadi? Qachondir baxtsiz bo'ladi?

Gunohni yaxshilikka olib boradi deb o'ylaganida. Gunohni yutuq, g'alaba, zakovat, o'lja, g'aniyeva deb tushunganida. Bunday odamning basirosi yo'q. Bunday odamni nuri yo'q. Qachon inson baxtsiz bo'ladi? Nuri bo'lmaganida. Agar Alloh bergan bu nur qalbida bo'lganida, gunohni halokatda bilar edi. Harom rizqini musibat balo deb bilar edi. O'zini hayotida bo'layotgan muammolarni hammasini qilayotgan gunohlardan deb bilar edi . Xulosa, o'lchov, tushuncha, tasavvurlar xato bo'lganligi uchun bu inson gunoh qiladi. Gunoh qilgandan keyin dunyoda baxtsiz bo'ladi.

Endi agar Alloh bir mo'min bandasini qalbiga o'zini nuridan kiritadigan bo'lsa, bu odam yutdi. Bu odam yutdi . Aytaylar, Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam qo'lida dunyo matohi turmadi. Ushamadi qo'liga kelganda ham. Yashaydigan xonasi juda ham kichkina bo'lgan. Ikki kun paydarpay yumshoq non yemagan payg'ambarimiz. Aytaylarchi, baxtsiz bo'lganmi payg'ambariz?

Yo'q, eng baxtli odam bo'lgan payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam, chunki u zotning nuri bo'lgan. Qalbingda Allohnin nurini borligi, yutuq, muvaffaqiyat, g'alabani garovi. Qalbingga ana shu nurni Allohn joylab qo'yishi saodatning siri. Ana shu nur bilan sen, birodar, yaxshini yaxshi deb bilasan, yomonni yomon deb bilasan. Shuning uchun payg'ambar biz sallallohu aleyhi vasallam aytganlar. Qaranglar demoq duoda.

Biz o'zimizcha yaxshini, yaxshiligini ko'ra olamiz, yomonni, yomonligini ko'ra olaymiz deb o'zimizni aqlimizga suyanib qo'yamiz. Agar Alloh bildirmasa, siz oqni oqligini, qorani qoraligini ajrata olmaysiz. Ishonavering. Dalil. Payg'ambarimizning duolari. Allohumma arin al haqqa haqqon vorzluqna tebaahhu va alina al ba'tila ba'tila, va rizqu na jiti na bahu. Muhammad alayhissalom aytyaptilar. Parvardigor, bizga haqni haq qilib ko'rsatgin. Va unga ergashlik bilan bizni rizqlantirgin. Parvardigor, sizlarga botirni botir qilib ko'rsatsin va undan uzoq bo'lishlik bilan bizni risqlantirgin!

Muhammad alayhissalom aytyapti, parvardigor, o'zing ko'rsatmasang haqni, biz haq deb ko'ra olmaymiz. O'zing ko'rsatmasang, botilni, botildi, biz ajrata olmaymiz. Shuning uchun g'arbni qarasangiz, erkakga xotin, xotin erkak bo'lyapti. Chunki Alloh o'sha nurni bermaganligi uchun, erkak ayolda farqi qolmayapti.

Jinni emas ular. Siz bilan bizdan ko'ra dunyoga ishi ahliga yaxshi yetyapti, lekin Alloh shu nurni bermagani uchun oqni oqligini, qorani qoraligini ko'ra olmayapti. Birodarlar, Alloh qalbimizga ana shu nurni joylasin. Kimga joylaydi ekan? Alloh va Rasuliga iymon keltirgan va Alloh va Rasulga itoat qilgan mandalarga.

Inson shu nur bo'lmasa, yutdim degan joy yutkazgani bo'ladi. Yutkazdim degan joy yutygan joyi bo'ladi? Kafega kiradi, bir shunaqa bir tushunchasi noto'g'ri bo'lgan odam. Ancha ovqatni buyuradi, yeb tugatib, oxirida ozgina qolganida, ovqatni pulini bermasligini yutuq deb biladi da, ovqatni puini bermasligini hiylasini istaydi. Nima qiladi?

Bitta pashshani olib o'ldirib, ovqatga solib qo'yadi. Keyin beki deydi ofitsiant, muvaffaqiyatingda pasha turibdi deydi. To's to'polon qiladi, pulini to'lamasdan chiqib ketadi. Yutdimi u? O'zini nazarida yutdi. Lekin aslida nima bo'ldi? Ana shu Ollohni tanimagani uchun, Ollohga itoat qilmaganligi uchun, Ollohni qo'rqmagani uchun unga shu nur berilmadi va mana shu ishni yutdim deb o'ylayapti.

Olloh aziz va jalil ana shu nurni siz bilan bizni qalbimizga joylasin, xushu'ni bersin, basi'roni bersin va oqni oq, qorani qora, foydani foyda, zararni zarar deb ko'rishimizga tavfiya bergan bo'lsin. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi baraka.

Проверка знаний

5 вопросов. За каждый верный ответ — 10 баллов.

Пройдите тест, чтобы перейти к следующей лекции

Продолжить без теста