MMaviza
—Проверено51 daq

Abdulloh Domla - Muso alayhissalom 3/5 (Payg'ambarlar qissalari)

Abdulloh Domla · Paygʻambarlar qissalari

Перевод на этот язык пока недоступен. Ниже показан оригинальный (узбекский) текст.
0:00
51:22
История изменений

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassolatu vassalam ala xoyruxalqin muhammadin va ala alixiy va ashabiy ajma'in. Amma ba'l. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatuh. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ibn moja man rivoyat qilgan hadislarda rasululloh marhamat qiladilarki, yavmul jum'at sayyidul ayyam va abamuhayyin dalloh. Juma kuni bu kunlarning saidi va Alloh Taoloni huzuridagi eng ulug' kunlardan.

Vo huva a'zam o'yinda Allohi minya min fitr va minya min nahr. Bu Qurbon hayiti kunidan ham kerak bo'lsa, qadri Allohning huzurida baland bo'lgan kun deyildi. Alloh Subhanaho va Taolo bu Juma kuniga beshta xislatni yozib qo'ydi. Va Alloh Taolo Odam alayhissalomni Jannatdan Juma kunida chiqardi. Odam alayhissalom Juma kunida vafot etdi va Qiyomat qoyil bo'ladigan kun ham mana shu Juma kunida bo'ladi. Qaysi bir kishi Alloh Subhanahu va Taolodan juma kunida duo qilib bir narsani so'rar ekan, modomiki bu harom bo'lmasa, Alloh Taolo albatta ijobat qiladi. Mana shunday muborak kunda o'tiribmiz, Alloh Taolo duolarimiz ijobat qilgan bo'lsin va barcha so'rayotgan shariy talablarimizni Alloh Taolo adolatdan aytgan bo'lsin. Ali ibn abit olib karim allohu akbar shukur marhamat qiladi. Juma kuni keladigan bo'lsa, shayton o'zini yordamchilari bilan bozorlarda yuradi, payt poylar. Ya'ni odamlarda ana shu juma namoziga chiqishlikdan chalg'itishlik uchun tijoratini yoki odamlar bilan qilgan muomalasiga bir aralashadiki, juma namoziga chikmasligiga harakat qiladi.

Lekin farishtalar ham bekor turmaydi bu kunda deydi ali karim allohu vajha, masjidni eshigini tagida o'tirishadi, kirgan odamlarni hisobini qilib. Har bitta kirgan odamni ismi yozib yoziladi deydi Ali Roziyallohu Anhu tomonidan. Va qaysidir kishi juma kunida masjidga tahorat olib keladigan bo'lsa, iymon chiqqunga qadar, imomga yaqin joyga o'tirsa, sukut saqlasa va lahuz so'zlarni gapirmay o'tiradigan bo'lsa, bu kishiga har bitta qilgan ibodatiga ikki barobar ajr beriladi. Endi qaysi bir kishi, imomdan uzoqroq o'tirsa, eshitsa, sukut saqlab, bekorchi gapni gapirmasa, bitta ajr bo'ladi. Endi qaytibir kishi mana shu yerga kirsa yu, imomga yaqinlashmasa, tashqariga chiqib, ya'ni uzoq bo'lgan holatda lag'u so'zlarni gapiradigan bo'lsa, mavzuga quloq solmasdan unga bitta gunoh bo'ladi.

Ya'ni mashiga kirgandan keyin suvga saqlab, mana shu yerda gapiriladigan amru ma'rufga quloq solishlikka ishora bor bu yerda. Endi qaysi bir kishi mashiga kirsa, imondan uzoq o'tirsa, mavziga quloq solmasadan, umuman dunyo gapi bilan gaplashib o'tiradigan bo'lsak, bu odamga ikkita vizir, ikkita gunoh yoziladi deydi. Mana alhamdulillah, juma namoziga hali bir soat vaqt bo'lishiga qaramasdan, bu yerga kelganlarga Alloh, Alloh Taolo rozi bo'lsin kelganlardan. Ana shu amru ma'rufni eshitaman deb kelganlar o'tiribdi. Modomiki bu yerda endi imomga qanchalik yaqin uzoq o'tiribmiz, bu o'sha kelganimizga bog'liq.

Sukut saqlab o'tirsak, diqqat qilib eshita oladigan bo'lsak, albatta ajrdan bu o'tirishimiz xoli bo'lmaydi. Ya'ni siz bilan biz bu yerga kelishimizga Alloh Taolodir roziligi bo'lgandan keyin, boshqa dunyoviy so'zlarni, dunyoviy hayollarni tashqarida qoldirib kelgan bo'lishingimiz kerak bo'ladi. Xo'p, bu juda fazilat edi. Mana endi qissaga qaytadigan bo'lsak, o'tgan suhbatimizda siz bilan mana ikki suhbatni mobaynida Muso alayhissalomni qissasini gaplashyapmiz. Qisqacha takrorlashib qo'yadigan bo'lsak, Muso alayhissaom mana aytdik, Banu Isroildan edi. Banu Isroil Misrda yashar edi. Yusuf alayhissalom iqtisod vaziri bo'lib turgan paytda Yoqub alayhissalom o'zini o'n bitta aka ukasini Misrga kelishligini taklif qildi. Ular ko'chib kelishdi va Banu Isroil Yusuf alayhi salomni hurmatidan Misrda shohlardagi umr ko'rishdi. Lekin o'rtada ana shu Yusuf alayhissalom priy bo'lib turgan paytdagi Fir'avn Yusuf alayhi assalomni hurmat qildi, Banu Sur'ol ham hurmat ko'rdi. Undan keyingi uyga kelgan ikkinchi, uchinchi Fir'avn Banu Isroilni xor qildi. Ularni qullarini deb e'lon qildi. Erkaklarni sahrolarda, tog'larda, toshlarda qul singari ishlatar edi, ayollarini cho'ridek foydalanishardi. Xohlagannaqa foydalanishardi ayollardan. Mana shunday hol bo'lib turgan paytda, teran tush ko'rar edi, tushida ana shu Falastin tomondan bir o'tganlar, Misr deyolardi kuydirib ketadi.

Faqat Banu Isroil yashaydigan joylarga tegmaydi. O'zini o'ng oldidagi sehrgarlar bilan maslahat qilganda, ular aytishdiki, Banu Isroildan bir odam tug'iladi, seni halokatingga sabab bo'ladi. Ana shu bola tug'ilmasligi uchun, Banu Isroilda tug'ilgan har bitta o'g'il chaqaloqni so'yishlikka buyuradi. Ya'ni. Alloh Taolo Banu Isroilga bergan ne'matini minnat qilib aytadiki, eslanglar, ular sizlarni erkaklaringlarni so'yib, ayollaringlarni tirik qo'yar edi. Mana shu narsalar Allohdagi qattiq balosi bor ustingizda. Muso alayhissalomni onasi mana tug'ilganda ehtiyot qilib, solib oqizib yubordi nelga, Fir'avnni uyida katta bo'ldi. Alloh taoloda taqdir ekan.

Fa alul li ma yurid, Alloh Taolo xohlagani qiluvchi zot ekan. Ana shu Fir'avnning halokatiga sabab bo'ladigan munosib alayhissalom Fir'avnning uyida katta bo'ldi. Bu Alloh Taoloni ma'shiyati, har qanday ma'shiyatdan ustun turishligi. Hazar qadrdon hech qachon saqlay olmaydi. Alloh Taolo taqdir qilgan bo'lsa, ming ehtiyot bo'laylik, baribir Alloh Taoloni aytgani bo'ladi. Mana Muso alayhissalom odam o'ldirib qo'ydi. Madiyanga ketdi. Madiyanda Sho'ayv alayhissalomga kuyov bo'lganini aytdik, Madiyan shahri qishlog'ida. Va u yerda Rohitoalloh o'n yil yashagandan keyin Misrga qaytib kelayotganda payg'ambarlikni uchchiga in'om qildi. Va bir qancha mo'jizalar bilan quvvatladi, sehrgarlar bilan bo'lgan o'rtadagi bahsini mana o'tgan suhbatda gaplashgan bo'ldik. Bugungi aytib kelgan joyimiz, ana shu sehrgarlar, munos alayhissalomni hassasi yerga tashlangandan keyin, ularda qilgan sehrlarni yutib tashlagandan keyin, bu sehr emas, Allohni mo'jizasi ekanligini guvohi bo'lishdi va ul quya saharoti sudjada sehrgarlar sajdaga uloqtirildilar, ya'ni Alloh Taolo ularni yiqitdi. Fir'avn bu mag'lub bo'lib qolishligida o'zini yo'qotib qo'ymadi, doldirab qolmadi. Balki ana shu haligi qo'rquv, birinchi mush ko'tarib degan so'z bor bizda.

Kuch ishlatishlik, zo'ravonlik qilishlik, inson nohaq bo'lganda boshlaydi bu bunaqa hunarini. Hujjatlashib, dalillasholmay qolgan paytda mush ko'tarishga o'tilinadi. Shunday emasmi? Bu sizlarni kattanglar ekan dedi. Sizlarga sehrda o'rgatibdi dedi. Mana shu mana bu savolni misrdan chiqarib ketishligi uchun sizlarga u sehrda o'rgatibdi, sizlar ittifoq qilib olsizlar. Men sizlarni teskarichasiga kesib azoblayman dedi. Ya'ni chop qo'lini kessa, o'ng oyog'ini kesadi. O'ng qo'lini kessa, chop oyog'ini kesad. Bu ana shu azobni bir qattiq tunlaridan ekan. Shunda sehrlaganlar nimada javob berishdi? Mana fir'avnularga qola a man tumla hu qobla an a dan alakun, innahula kabiru kumulla di allamakumul sehr. Bir dalga sajda qilishib yuborganda qirqta sehrgar, filialim bu yutkazib qo'ydi. Ishongan odamlar iymon keltirib yuborganda, sizlar sehrganlarga men sizlarga hali ruxsat bermasdan turib iymon keltirasizlarmi hali? Ya'ni haddidan oshlikni, tug'yonni cho'qqisini ko'ringki, iymon keltirishlik ham uning maslahati bilan bo'lishi kerak. Haq ustida ota bilan ona bilan maslahat qilinmaydi. Alloh taolo harom bo'ladimi? Men dadamdan so'rab keladichi borib, nima berkin degan gap ketmaydi. Namoz o'qish kerak deganda, bir maslahat qilib jo'ralarmi degan gap ketmaydir.

Mana aytdik, hayotga kelib yashab yutgan odamlardan bittasi mana shu qirqta sehrgar bo'ldi. Chunki ertalab kofir edi. Zuho vaqtida Muso payg'ambarga qarshi chiqishgan edi. Lekin peshindan keyin iymonli bo'lishda shomgacha o'ldirib olgan bo'lsa, shahid bo'lib ketmadimi ular? Ana shu dunyoga kelib yashab o'tgan odamlarda mana Xoliduddin Valid bilan chiqib yakkama yakka olishga chiqqan ana shu nasroniy bir askar bilan bo'lgan munozarasini aytdik. Ertalab kofir edi, kechqun musulmonlarga qarshi qurol ko'tarib chiqqan edi, asrda shahid bo'lib jannatga kirib ketmadimi? Ya'ni sizlardan bir kishi, Rasulullohu alayhi vasallam, bir umr jannat ahlamalarini qilib yuradi. Bir umr jannati ishlarni qilib yuradi, lekin kitob o'zib ketadi. Oxirida, umrini oxirida bitta gunohni qilib, Alloh shuni ustini jonini oladi, jahannamga yuborib bo'ladi.

Shuning uchun hech kim o'zini tutgan holatidan, ya'ni namozxonligidan, taqvoda turganligidan hech kim g'ururlanib, o'zidan ketib qolmasin. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam allohimma jal xayro umuringna xavotimaha, parvardigor. Bizni ishlarimizni eng chiroyligi umrimizni oxirida bo'lsin. Ya'ni bir umr chiroyli ish qilib yurish mumkin inson, lekin ketar soatda qilgan ishi, agar ma'siya bo'lib qoladigan bo'lsa, bir umr qilgan ibodat xabarda bo'lib ketmaydimi? Va dindan uzoq yurgan, dinga beparvo yurgan, dindan g'ofil yurganlarga biz sen do'zaxisan deb hukm ochishlikka ham haqqimiz yo'q. Chunki biz ayta olmaymiz, ertaga qaysi holatda jon taslim qilamiz Allohnin huzuriga bo'lganini. Ayta olmaymiz. Sizlardan bir kishi dedi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, umrini oxirigacha jahannam amalini qilib yuradi. U bilan jahannamning o'rtasida bir ziroq qoladi. Lekin umrini oxirida qilgan bitta ishi savob bo'ladi, shuning Alloh jonini oladi, shu bilan qolgan hamma amallar nima bo'lib ketdi? Yuvilib ketdi. Demak, hech kim o'ziga xotirjam bo'lmasligi kerak. Mo'min odamning ikkita qonoti bo'ladi. Bitta qonoti Allohning rahmatidan umid, bitta qonoti Allohning azobidan qo'rquv. Mana shu ikkala qonoti bo'lganda, ya'ni qush tekkisi uch olaydi. Xuddi shunga o'xshagandek bir insonga faqat jannat, jannat, jannat haqida gapiraversangiz, shalpayib ketadi u.

Allohni rahmati haqida gapira olsa, alloh kechirib yuborar ekan degan narsa kelib qoladi. Yoki aksincha, faqat azob, azob haqida gapiraversangiz, inson tushib ketadi ruhi. Qur'onni uslubini qarasak, qayerda munofiqlar, kafirlar degan bo'lsa, orqasidan musulmonlar degan. Qayerda jannatni sifati kelgan bo'lsa orqasidan ya'ni ja sharpakdan ketmanglar, ja qatib ham ketmanglar. Mo'min odam mana shu ikkita narsada yashashligi kerak bo'ladi.

Mana qissamizga qaytadigan bo'lsak, sehrgallarda qirq tasi birdaniga iymon keltirishdi. Ibn abbos roziyallohon aytadi, misrliligilardan faqatgina uchta odam muso alayhissalomga iymon keltirdi. Bu Osiyo binti Muzahim, ana shu Fir'avnning ayoli. Mana aytdik, kamolamin al rejali kasir dedi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Erkaklardan juda ko'pi kamolot darajasiga yetdilar. Payg'ambarlar, shahidlar, nabiylar, siddiqlar. Lekin ayollardan faqat to'rttasi komila bo'ldi. Shulardan bittasi Osiyo binti Muzaffar. Qiyomatda, oxiratda Osiyo ona Rasululloh sollollohu alayhi vassalomni zavj aka romlaridan bo'ladi. Maryam binti Imron qatorida.

Ikkinchisi, shaharda chetidan shoshilib kelgan kishi. Ya'ni ana shu Muso alayhissalom odamni o'ldirib qo'ygan paytda va j. Al roziyum binah sal madinati yasa, shaharda tashqarisidan bir kishi shoshilib kelib, bemoso, malolalar seni o'ldirmoqchi bo'lyapti, chiqib ketgin dedi. Shu kishi ham iymon keltirgan edi. Va Fir'avn saroyida yashagan bitta kishi bor edi, mo'jizani ko'ngliga kirgandan keyin iymon keltirdi. Lekin iymonini yashirdi. Mana shu uchta odamdan boshqa hech bir misrlik bu yoqda endi qirqta sehrgar iymon keltirishmadi. Qolgan hammasi kufrda bo'lgan edi. Fir'avn yengilib qoldi.

Ya'ni ishongan qirqta sehrgarni iymon keltirib yuborgandan keyin, yonidagi vazirlariga, kohinlariga maslahat soldi. Nima qilaman endi? Subhanalloh. Inson bir ishni qilishlikda ikkilanib, ganga turgan bo'lsa, yonida haqni ko'rsatadigan bir birodari bo'lsa, bu eng boy odam. Insonni haqdan toylib ketishligi bitta musibat. Endi undan ham kattaroq musibat, haqdan toyilgan paytingizda to'g'ri yo'lga solib qo'yadigan odamingiz yo'qligi. Bu birinchisidan ham og'irroq musibat. Endigi undan ham og'irro'q musibat nima? Haqqa boshlaydigan og'ayningiz bo'lib turib ham, uni gapiga kirmaydigan bo'lib qolishligingiz musibatni kattasi. Ya'ni menga maslahat berishdi, menga yo'l ko'rsatishlikdi.

Ya'ni ilmlida. Murodalar, kunni buni adam xatto ondagan rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Odam bolasi borki, xato qiladi. Kim bo'lishidan qat'iy nazar. Shayton ham ilmli bo'lgan. Lekin o'sha ilmiga katta katta kibr qilgandan keyin, iblis lamin bo'lib ketdi. Falon majaahum bil haqq min min aindina qol u qutulu abina alladina a men umam hu vositaqiyu li sa'ahum. Va ma kaydul kafirina illa fil dolar. Ana shu fir'aonga va misrliklarga ochiq mo'jiza haq zohir bo'lgandan keyin nima qilishdi. O'g'il bolalarni so'ringlar, ayollarni tinch qo'yinglar, ya'ni tek qo'yinglar.

Menga ibodat qildim qilmadinglarmi dedi fir'aon? Mana endi men sizlarga ko'rsataman dedi. Bonusroqqa a'zo qattiq bo'lib ketgandan keyin, ana shu saroyda yashab, iymon keltirib, iymonini yashirgan kishi ularga haqni ro'baro' qildi. Laqola rojulun min mo'minun min ala fir'avna yaqutumi i ma'nahu, ataqutulun rojulun an yaquli robbiya alloh, laqoti jaakun bil bayinah, demak robbikun. Fir'avnni saroyda yashadi deydi alloh taolo. Iymon keltirildi, lekin iymoni yashirgan kishi ularga aytdiki, axir bir kishi robbim alloh deb qo'yganni shunday o'ldirib yuboraverasizlarmi uni? Axir u sizlarga ochiq parvardigoriylardan mo'jiza hujjatni olib keltir ku.

Ya'ni hujjat zohir bo'lib tursa ham, sizlarga yoqmasanglar uni har xil laqab bilan laqab yuborasizlarmi? Ya'ni bizga yoqmasligi hech narsa emas. Kitobni sunnatga to'g'ri kelyaptimi? Bizga yoqmasa ham u haq. Bizni yurish turishimizga teskari to'la kelin bo'lsa ham, kitob u sunnatni gapiryaptimi, haq u. U bizga yoqmayapti u. Bizga yoqmaganiga bu faqat bizga yoqmanganiga. Inson havo inasiga qul bo'lib qolganda shunday bo'lib qoladi. Haq gapirilsa ham, unamaydi. Bu kishi davlatni eng ulug'ini qoyim qildi. Ya'ni shahidlarning eng a'losi dedi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, Hamza ibn Abdulmutolib, va zolim hokimga haddidan oshayotgan rahbarga borib haqni gapirgan kishi uni ana shu zolim o'ldirib olsa, shu shahidlarni eng a'rosi mana shu ikkita odam dedi. Bu ana shu ishni qildi. Zolim bo'lgan, tug'yonga ketgan Fir'avn ana rabbukumul a'la men sizlarni oliy parvardigoringlarman degan Fir'avnga Allohnı eslatdi. Sen bitta bandasan, sen ham o'lasan, Allohnı huzuriga borasan, yalang'och turasan degan narsani zohid aytdi. Bu davlatni eng ulug'i mana shuni suvi bo'ladi. Chunki hayotini, hayotini, o'limga ro'baro' qilib, hayotini jaroga qo'yib gapirdi bu narsani. Shuning uchun Payg'ambarimiz aytyapti, shahidlarning eng oliysi Hamza va zolim hokimga borib turib, qitkasiga gapirib va shahid qilingan kishi deyildi.

Bu kishi mana shunday davlatni qoyim qildi. Mohiyza alayhissalomga mana shu qirqta sehrgar va Misrliklardan faqat uchtasi iymon keltirdi. Va Banu Shuhrat ham iymon keltirdi. Hamma amaliy mulk sa'yilla zurriyatu min qovmikan ala xofi min Fir'avn va malayhim an yaftinohun va innah Fir'avnala alin fil'oq va innahula minal musrifin. Fir'avn ham qo'rqib iymon keltirishdi.

Hujjat keldi, Fir'avn ko'rdi, baloni ziyoda qildi, Allohnı taolo mana shu Fir'avnni qilgan o'zgarligiga Misrni ustiga yoppasiga balonni yuborishni boshladi. Qola muso, ya qomi im kun tun aman tun billahi, fa alayhi tavakkal u im kun tun muslimin, faqoli alallohi tavakkalna. Banu Isroil shikoyat qildi. Ey Muso, sen kelishingdan burun ham bir o'g'illarimizni so'yishgan edi. Ya'ni Muso alayhissalomni tug'ilishligidan bo'lishligi xabar bo'lganmidi? Banu Isroildan bittasi chiqadi. Seni halokatingga sabab bo'ladi degan gapni eshitganda, bir so'ygan edi. Keyin Muso alayhissalom ketdi, so'yish to'xtadi. Endi payg'ambar bo'lib kelgandan keyin ikkinchi marta so'yish boshlanyapti. Aytishadiki, qor u uzina men qobil anta ti yana va men baxti majidina. Tug'ilmasinning ortidan bir xor bo'ldik. Endi kelgandan keyin ham bir xor bo'l deydi da. Agar sizlar Allohga iymon keltirgan bo'lsanglar, tavakkal qilinglar, g'am qilanglar deyapti. Allohga suyaninglar dedi, Allohga suyanaydi dedi.

So'ngra tavba qilishdi. Robbana ala tajannan fitna tanlil qomil dolimin. Mana jinabi rahmat ekan minal qomil kafiring va ohayna ila musavvahih antbal va ulug'li qomil komil bemis robbiyutin. Farvadegora, bizlarni zolim qomga fitna qilmagin. Bizlarni kofir qomdan rahmating bilan qutqargin va musoga va uni akasiga uylarda va'da qilingan kunda ularni topish oson bo'lish uchun uyinglarga belgilar qo'yilar dedi. Vojia alu buyutaku quyi bilan. Uyinglarda namoz o'qinglar va alomatlar qo'yib qo'yinglar. Ya'ni bir kun keladi, Misrdan chiqib ketasizlar. Shunda bir biringlarni istamoni yahudiyning uyimi edi, Misrning uyimi edi deb ikkilanmasligi uchun belga qo'yib bo'linglar, shart shart bir birlar nima qilasizlar? Chaqirib chiqib ketib qolasizlar.

Bonusroil xor edi. Fir'avn butun dunyo hukmronligi butun bir quvvat, Fir'avnni qo'lida edi. Shunda Muso alayhissalom butun quvvatni egasi bo'lgan, butun boylikni egasi bo'gan Parvardigorga duo qildi. Va qolamu sara robbana innaka atayta fir'avna va mala ahu ziynata muammolam fil hayati dunya. Parvardigor a, sen Fir'avnga, buni atrofidagi ma'lolarga dunyo hayotini ziynatlarini beribsan. Ya'ni bizdan ko'ra nima qilib qo'yibsan? Ko'proq ne'matlantirib qo'yibsan. Robbana yuzinglarni sabiylik. Seni yo'lingdan adashishlik uchun. Ya'ni bir dunyo kelsa bir odam hidoyat olib ketar ekan shu sabab. Allohga shukur aytib, yana bitta odam yorotuvda dunyoni berib qo'ysa, tug'yonga ketib qolar ekan. Mana uni haqiga duo qildi, duoibad qildi. Robbana itmisa ala ammu alihim. Vashuddud ala qulubihim, falay yu'minu xatta yaravul adab al alim, qoloqod ujibat da'vatukum a fastaqima vala tatabi'an nisaviy laladingna la ya'lamun. Parvardigor shu narsani berib qo'yibsan, adashtirib qo'yipsan shu narsalar bilan. Endi nima qilgin? Ularni qalblarini ushlagin. Ularni qalbi qo'rquv solgin. Seni azobingni ko'rmaguncha bularni birortasi iymon keltirmaydi dedi. Alloh taolo javob berdi. Ey muso, sizlarni qilgan duolinglar ijobat bo'ldi.

Haq yo'lda mustahkam turinglar. Bilmaydigan kishilarni yo'lga ergashmanglar. Holi asa robbukum an yuxlikka aduvakum va stahlifakum fil aldif a yanzuru kayf ta'malun. Alloh taologa mana muso alayhissalom duo qildi. Banu Ustral' shikoyat qilgandan keyin, Alloh aytdi. Ehtimol Parvardigoringlar ularga bergan narsani olib, sizlarni hukmron qilib qo'yar yer yuzida. Shunda ko'radi sizlarni nima qilganinglarni dedi. Ya'ni bu yerda inson yo'q bo'lib turganda, halol pokiza taqvoda yashab turib, bo'lib ketganda, qaysi holatda yurishligiga e'tibor qilish kerak bo'ladi. Mana mag'lubiyatga sabr qilishlik og'irrog'mi? Yoki g'olib bo'lganingizda sabr qilishilik og'irrog'imi? Nima deb o'ylaymiz shuni?

Yutqizganingizdan keyin, zaif bo'lganingizin keyin xohlayin, xohlamayin nima qilasiz? Sabr qilasiz. Pulni tejab ishlatasiz, bor yo'g'iga shukur qilasiz, a, ozgina chidaysiz. Endi bo'p ketganingizdachi? Mana bir davr keldi biz ham. Biz ham yaxshi bo'lgandik, mana Xudo duolar, biz ham bir endi ketmonimiz uchta. Insonga qo'liga ozgina dunyo kelganda, tug'yonga ketar ekan. Yashayotuvdi oddiy, solingan uyida. Endi bo'lib ketgandan keyin nima ketyapti? Tug'yonga ketyapti. Hattoki yiliga ikki marta uyni remont qilayotgan odamlar ham yo'q emas, hozirgi kunda. Nima yonish? Yangicha chiqib qolibdi. Bir yigirma yil bunga holatini qarasa, uyalishi kerak edi shunday qilishlikdan. Nonga pul topa olmagan kunlari bor edi. Insonni tabiati ekan bu. Qo'lida bo'lib ketganda, inson tug'yoniga ketib qolar ekan. Va Alloh Taolo aytyapti, hali biz sizlarni hokimron qilib qo'yamiz. Ularga bergan narsani sizlarga ham beramiz. Qani nima qilasizlar o'shanda? Nima bo'lyapti dunyoda, birodarlar? Yahudiylarni qo'lida mosib, dunyodagi deyarli hamma boylik? Nima bo'layapti dunyoda? Tug'yonga ketilinyaptimi? Alloh Taolo Isroil asrasinlar aytadi, ey baribir sizlar yer yuzida ikki marta buzg'unchilik qilasizlar deydi. Bittasi o'tib bo'ldi. Birinchisi bo'lganda falon falon ishni qildik dedi Alloh Taolo. Inshaalloh mana shu qishloq davomida keladi.

Ikkinchisi kelganda deydi, qo'liga berib qo'ydi, nima qilishyapti? Biz nima qilamiz? Biz. G'olib bo'lganda sabr qilish qiyin, mag'lub bo'lgandan ko'ra. Yo'q, bo'lib turgan paytda sizga zulm qilyapti, tajovuz qilyapti, har xil gapni eshityapsiz, chidayapsiz yo'qligi uchun qo'lingizda. Endi bo'lib ketganingizdan keyin siz sabr qila olasizmi? Biz har bitta ishimizni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ibrat olishimiz kerak. Shunday emasmi? Mana payg'ambar sollallohu alasulillohimda makkada qanchalik ozor berishdi payg'ambarimizga? Namoz o'qib turganda mushuklardan bittasi shunday kelib bo'ynini sajda qilib turgan paytda bo'ynini ezib turdi Payg'ambarimiz. O'lib qolishlik yaqin bo'ldi Rasululloh. Muhammad amin, Muhammad sodiq bo'lgan, hamma hurmat qilib yosh ko'rgan Payg'ambarimiz, Payg'ambarlikni olib kelganda tepalashmadimi?

Mushuklarni kattalaridan yettitasida o'tirganda, Payg'ambarlarimiz tarjima qilib turganda, tuyani ichiga chovoni olib borib, boshiga tashlab qo'yishmadimi? Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni sohibi alayhi vasalligiga qancha aziyat berishdi? Toyibga borganda toshbo'ron qilib haydashmadimi? Zaifmidi? Mag'lub edi, chidashdi a? Chidashdi. Endi Makka fakt bo'ldi. Makka musulmonlar qo'liga o'tdi. Qarang, rasululloh sallalloh makkaga qo'shiq bilan kirib kelayotgan paytlarida sahobalardan bittasini qo'liga makkali muhojirlardan bayroqni bergan bo'ladi. Al yavma yavmul malhama deydi. Bugun deydi, bayrog'ini ko'tarib kela ekanligi, bayroq bor.

Eski yaralarimizga malham qo'yadigan kun keldi. Ya'ni kimni qo'liga o'tdi? Bizni qo'limizga o'tdi. Bugun adamini beramiz makkaliklar dedi. G'olib bo'ldi da. Aytyapmiz ku, mag'lubiyatga chidash bilan g'alabaga chidashni o'rtasida katta farq bor. G'alabaga chinashlik qiyin. Payg'ambarimiz bayroqni shart olib boshqasiga berib qo'ydi. Sen ko'tarmaysan bayroqni deb. Al yavma, yavmul, marhamat dedi rasululloh. Bu bugun yaralarga malham qo'yadigan, bir alamimizni o'chimizni oladigan kundagina payg'ambarimiz yo'q. Bugun rahm shafqat kechiriladigan kundagi.

Chunki g'olib bo'lganda insonni kechirish qiyin. Sizni qo'lingizga o'tib qoldi. Endi nima qilasiz? O'shaning uchun Alloh Taolo aytyapti, hali qo'linglarga beraman shu Fir'avnni qo'lidagi narsani. Ko'raman sizlarni nima qilganinglar deyapti. Agar mana fe'l ongga dunyoda berding, adashishligi tushunyapti. Agar biz so'rayotgan narsa bizni adashib tug'ilganga ketishimizga sabab bo'lsa, bemey qo'yaversin u so'rayotgan nasamizni. Tushundingizmi?

Rostini boshlasanglar Makkahlarni yig'ib kelib turib, endi men nima qilaman sizlarni, bilasizlarmi? Endi yuragingiz qaynab ketadi odam. Nima qilardik biz bo'lsak? Biz bilamiz nima qilishimizni. Ahil karim, imno ahil karim deb yalinishga o'tishdi. Siz karimchisiz, karimchisini o'g'lisiz dedi, anta mutlaqo. Sizlar bo'lsizlar, ozodsizlar deb qo'yib yubordi. Qirib tashlasa haqqi bor edi Rasululloh. Musulmonlarda chakanasiga ozor berishganmidi? Kechirgan edi. Va mana shu kechirishligi bilan Makka ahlini qalbini kasb qilmadimi? Shart gapirib olish oson, sen anaqasan deb. Sen manaqa ekansan deb, kechirib qo'yishlik qiyin. Mana shu makkafatlardan ham bir katta xulosalarga olsak bo'ladi. Ya'ni sizlarga beramiz, ko'ramiz sizlar nima ish qilishliginglarni.

Va aloqa abdulla ala fir'avna bissinin. Muso alayhissalom Fir'avnni qavmiga duo albat qilgandan keyin, duo qilgandan keyen, Alloh Taolo Fir'avnni bir necha yil mashaqqat qurg'oqchiliklar bilan, mana endi mo'jizalar boshlanadi akalar. O'n beshta, o'n oltita baloda mo'jizani ko'rgan barno isroil shunday ham iymon keltirib, Muso alayhissalomga taslim bo'lmagan, shuncha onot olar la'natlagan bo'lardi.

Yomg'ir to'xtadi. Qurg'ochiilik boshlandi. Hamma qurdi, ocharchilik boshladi. Shunda Muso alayhissalomni filialini chaqirib, aytdiki, bu Musoning ishi dedi. Bizni Musodi qiynagan, qarang, biladi da haqda, shu yerdagi odam hayron qolasan, hidoyat Allohdan ekanda. Biladi, Musodirov bizni qilyapti. Bani Usroilda azob bo'lgani uchun xor qilyapti Alloh. Chaqirdi. Agar robbinga duo qilib, bu baloni ko'tarsang, Bani Usroilga azobni to'xtataman dedi.

Mana otalarimiz o'tiribdi. Yaqin tariximizga qaraydigan bo'lsak, Stalin degan bir bittasi bo'lgan edi. Dinga rosa qatirib yo'q qilib tashlaganda, cherkovda ham, masjidda ham. Urush rosa avjiga chiqqan paytda, masjidlarga, cherkovlarga nima qilingan? Qarang a, boshiga bir tupikka borib taqalganda Allohlar ekanda. A xo'p, masjidlarda mana shafoatxo'ja akalarni aytishadi, otaxonlarimiz, borib, gaplashib, kelib masjidlar ochilgan, jome masjidda namoz o'qiganmiz deyishadi, mana kattalar, bilasizlar.

Hali shular ham bilar ekan, Xudoni yo'q deb dinga qarshi kurashayotganlar ham ruxsat bergan ekan, ishi tushganda Allohga. Inson boshiga musibat kelganda, kasal kelganda Alloh berar ekan. Jinni ishlari tekizib qoladigan bo'lsa, Allohni eslamay qolar ekan. Subhanalloh. Bu fe'l amalda tushunishni qilyapti. Qurg'ochini bo'lib ocharchini yopib ketuvdi. Sen robbingni, robbingga duo qil, Alloh baloni ko'tarsa, men sizlarga azoblanmayman dedi. Muso alayhissalom duo qildi. Suv yana keldi, daryolar to'ldi, yomg'ir yog'di. Hayot mo'lko'chli bo'lganda yana azobni davom etaverdi.

Yaxshilikka sabab u bizdan. Yomonlik kelsa bu mo'soq va unga iymon keltirganlardan deb Fir'avn mana shunday bir tuhmat qilar edi. Vaholanki Alloh Taolo aytadi, innama toy ruhma indallohi va la kelinaksar ruhum la ya alamun. Insonni boshiga qanaqa balo kelsa, qanaqa musibat kelsa, mana avvalgi suhbatlarimizda gaplashdik, o'zi shuni so'rab olgan bo'ladi. Shundaymi? Sahobiyda eslaylik, hali haligi kishi bilan gaplashib turib, shunday orqasiga qarab ozgina yurib qaruvdi, boshini devorga urdi. Endi ko'nmay qol devor kelganda. Payg'ambarimizga kelib shikoyat qiluvdi, Alloh bir bandasini yaxshi ko'rsa, qilgan xatosiga dunyoda o'zida jazoni berib turib, oxiratdan yengillatib qo'yadi dedi. Boshimizga nima kun kelayotgan bo'lsa, biz so'rab olyapmiz o'zimiz. So'rash degani albatta duo qilishmas ekan. Qilgan gunohimiz bilan ham so'raymiz ekan.

Birin ketin balo kelishni boshladi. Farsinna alayhimu to'fani va al jaroda va al qummalab abdu fadya va dama ayati mufassalating pastakbaru va ka'nu qavma mujlimiy. To'qqizta mo'jiza. Sanab turinglar. Ilonga aylangan aso. Quyoshdaqa yorug' bo'lib chiqqan qo'l. Qurg'oqchilik va mevalar qurdi.

Ana shu qurg'ochlik. Tugab, ya'ni suv kelib, ziyoda bo'lgandan keyin hamma yo'q. Fe'l avn yana azobni davom ettiradi, Alloh Taolo mevalarni quritib tashladi. O'tgan yili qopini yaxshi edi da o'rikni. Rasa gullagan paytda bitta yomg'ir yog'ib qo'yapti, bitta qor yog'ib qo'tyapti, shu bilan qurib ketyapti da. Alloh Taolo qodir zot ekan. Alloh Taolo rahmi kelyapti ekan. Mana bu yil ham o'rik bo'lmadi.

Kimni qo'lida ekan bu? Insonlarda qilgan ishi sabab bo'ladi deyapti Alloh Taolo. Zohiral fasado feldor rival bahrid bimakka sabad adin nas. Qurug'likda ham, dengizda ham fasad tarqadi, insonni qo'li sabab bo'ldi bunga deydi Alloh Taolo. Nimaga siz ketyapsiz? Azonoviy suloyiq qisqarib ketyapti deyapmiz. Nimaga qisqarib teshilib ketyapti azon?

Kuydiryapmiz nefti, hind zavodlar ishlayapti xullas, o'zimiz nima qilyapmiz? Rasvo qilib olyapmiz. Katta xurmo daraxti bitta xurmo berdi. Katta uzum daraxti bir shingil uzum berdi. Qurg'oqchilik bo'lib ketdi. Ilonga aylangan aso, qo'l, qurg'omoqchilik yillari, mevalarni qurishi, to'fon, shigitga, bit, baqa, xon balosi. Mana shu beshta baloda hozir gaplashamiz inshaalloh. Suv bosishi. Alloh taolo to'fon dedi. To'fon. Nil daryosi haddidan oshdi, Misrni suv bosdi.

Suv bir metrmi, ikki metrmi suv oqib keladi, Banu Isroil, yahudiy yashaydigan uyga kelganda burilib o'tib ketib, Misrni uyini bostirib tashlaydi. Bunday, tasavvur qilsangiz aql olmaydi bu narsani. Xuddi qo'yning podasi kelyapti da, har kuni qo'y o'zini uyiga kirib ketganda, suv Misrni uyini bosib tashlaydi, beligacha, lekin Banu Isroil yashaydigan uyga kirmaydi. Mo'jizami? Ochiq mo'jizami, sehr emasmi? Shuni ko'rib turib ham iymon keltirishmadi.

Chigitga balos keldi. Chigitga bosadi. Mana saranchalikmizmi biz? Misr edi, ekinzoriga yog'ilib, ekinini halok qiladi, Banu Isroilni ekin tikiniga tegmaydi. Mo'jiza. Shuni ko'rib turib iymon keltirish kerakmidi? Bu hali Bamui Isroilni ko'ramiz. Mana shuncha narsani ko'rib turib, Muso alayhissalomga nima muomala qilganligini.

Keyingi balosi. Pit balosi bosdi, bit. Boyagi gap. Misrniyni solib, pachag'ini chiqarib yuboradi, Isroilni uyiga kirmaydi. Bu ham mo'jizami? Baqa bosib ketdi undan keyin. Birin ketin kelyapti balolar. Baqa bosdi. Idishini olsa baqa, qozonni olsa baqa, hayot bossa, baqaga to'lib ketgan hamma yoq.

Va beshinchi baloda oldida filialni haqiqatan taslim bo'ldi. Bu qon balosi edi. Hovuzdan Isroilni kelib suvni oladi, olib borib ichadi. Misrlik hovuzdagi suvni paqir deb o'tirib oladi, qonga aylanib qoladi. Nevdan borib turib suvni Isroilni oladi, suvni oladi. Misriy borib turib paqini botirib olishiga qonga aylanib qoladi. Ya'ni suv yo'q bo'lishiga endi tasavvur qilaylik qanday musibat. Beshta baloda mana yengil sanab o'tgan bo'ldik. Aytaylarchi, shundan bittasini ko'rsangiz inson ozgina mulohaza qilish kerak emasmi? Agar iymon keltirish, insonni aqli bilan bo'lib, insonni ixtiyori bilan bo'lganda, bu Misriyda hammasi iymon keltirishi kerak edi yu. Xulosa nima bo'ladi xulosa? Xulosa hidoyatni Alloh yaxshi ko'rganiga berar ekan. Xohlagan bandasiga berar ekan! Biz bu mo'jizalarni qaysinisini ko'rdik?

Biz qaysi payg'ambarni mo'jizasini ko'rdik. Lekin iymon keltirdikmi? Biz eslayligimiz uchun iymon keltiribmizmi? Yo otamiz falonchi aka bo'lganligi uchun tagi tugimiz toza bo'lgani uchun iymon kelibdiribmizmi? Alloh bizga omonat qilib berdi bu iymonni. Biz nima ish qilib qo'ydik iymonlik bo'lishligi uchun? Yurtimizni tashlab chiqib ketdikmi soha bolalardaqa? Yoki ovolga ummatlarga o'xshab qonigacha ko'mib, boshidan ara soldimi bizni ustimizdan birov? Iymon davlatlar bekorga berib qo'ydimi? Hattoki dinga qarshi quyoshgan tuzumni ustimizdan ketishligiga birorta bir hissamiz bo'ldimi bizni?

Yetmish yil bosib turgan dinsiz tuzum, Alloh Taolo o'zini yurtida to'polonni qidirib boshimizdan olib qo'ymadimi? Shukrini a'lo qilmaymizmi bu odamlar? Jazoir dan fransuzlar yuz o'ttiz yil o'tirgan bo'lsa, mustamlaka qilib, bir millionta odam shahid bo'lib bilan chiqib ketgan ekan, fransuzlar haydashgan ekan. Biz kimni haydalik? Allohni in'omi bo'lmadimi? Bu kunlarimizga shukur keltirishimiz kerak.

Misriy qiynalib Isroilni uyiga chiqadi, idishini ko'tarib. Hovuzni olsam xom bo'lib qolyapti. Nilni olsam xombo'lib qolyaptimi. Shu uyingizdagi suvdan chicha bering, bolam qiynalib desa, hali Isroil rahmi kelib, paqir birinchi suv quyib berishga xonga aylanib qoladi. Xullas, sud avlodlari shunga tortib qo'ydi. Bu kimning ishi? To'qqizta mo'jizani ko'rib ham iymon keltirishmadi. Pastakbaru akani qonun mujrimiy kibr qilish shunda ham. Kibr qilishdi. Kibr nima? Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni oldiga bir kishi kelib aytdiki, yo rasululloh mana ko'ryapsiz dedi. Alloh menga chiroyli jussani bergan dedi. Chiroyli kishi bo'ladi. Maslahatulloh kelishgan u. Va kiyimim ham hech kimingizdaqa bo'lishini xohlamayman. Hammadan kiyimim ajralib bitta bo'lib turishni xohlayman. Shu kibr nima dedi?

Yo'q, bu kibr emas deb ilohi sollalloh. Al kibru batarol haqqi va hukm to'nnaz. Kibr ikkita narsa dedi. Haq gapirilganda unamaslik, haqligini bilib turib, odamlarni nima qilmaslik? Mensimaslik. Mana shu ikkita narsa kibr dedi. Bular kibr qilishda haqligini bilib turib. Olam nima voqo alayhim riz. Ularga mana shunday balo yig'ilgach, musoga olib yuborishdi. Qolud u, qolu ya musa ud ulana robbaka bima ahida indaka la in kashafta anna rizza va na uminannala ka va na nusilannama ka bani isroil, falonma kashahna anhum riz ila ajalinhum bali ruh, idaxum yan kufun.

Ular mana shunday balolar ketma ket yog'ilib bo'lgandan keyin aytishdi ey muso, parvar deganingga duo qilgin. Agar bizda mana shu balolarni ko'tarsa, biz senga iymon keltiramiz. Lom kalimasi takt ma'nosida albatta iymon keltiramiz va albatta seni balon surayli bilan nima qilamiz? Chiqarib yuboramiz. Qachonki biz ulardan mana shu baloni ko'targanimizda, ma'lum bir vaqtgacha ular so'zidan qaytdi deydi. Mana shu qon borasidan keyin shu raund ruxsat berdi. Mayli chiqib ketaveringlar dedi.

Chiqib ketishlikka tayyorgarlik ko'rishgan edi a manusroil. Nima qilishgan edi? Eshiklarni ustiga alomat qo'yib qo'yganmidi? Kechki payt ruxsat bergan bo'lsa, ertalabgacha fir'avn aynib qolmasligi uchun alloh taolo tunda yo'lga chiqishlikka buyurdi manusroilni. Tunda. Fosriy bi ibadi layla. Ya'ni meni bandalarim bilan tunda nima qilinglar? Yo'lga chiqinglar.

Toki tong otganda fir'avn nima bo'lib qolmasin? Fikridan qaytib qolmasin. Olti yuz mingta yahudiy chiqdi shunda misrdan. Sakson ikkita, sakson uchta deyiladi. Yoqub alayhissalom Misrga, Yusuf alayhissalom davrida kelgan paytda. Mana bir necha yuz yil o'tgan bo'lsa, olti yuz ming ta bo'ldi soni. Qo'yi, qo'zisi, yuki taqi, shu mol qo'yilari bilan olti yuz ta odam yo'lga chiqishdi. Falastin tomonga qarab yurishdi.

Fir'avn javob bergan kechasi uxladi. Ertalab turib qaraganda, Isroililardan hech kim yo'q. Ya'ni kimda chiqib ketishib qolishdi fursat bo'lganda. Fursat bo'ganda foydalanib qolyapti, gap qisqasi. Qanday ularga ketishlikka ruxsat berdim? Ya'ni kim bizni xizmatimizni qiladi? Kim bizni qulimiz bo'ladi? Idohim yon kushum.

Fa axrorojina xummin jannati va un va kunuzi va maqomi karim, kadarika va avraathna habani isroil, fa atbahum mushrihi. Qo'shnilarini yig'ishlikka buyurdi. Butun armiyasini yig'di. Ana shu atrofdagi baribir ma'nolar bilan butun qurol aslahasini yig'ib, Banu Surolni orqasidan quvib chiqishdi. Alloh Taolo aytadi, biz chiqardik ularni deydi. Ular chiqib ketayotganda, bu oxirgi marta chiqib ketishligi, qaytib kelmasligini qayoqdan bilsin edi? Biz o'zimiz chiqib ketyapmiz deyishuvdi. Alloh Taoli aytyapti, biz chiqarduk ularni. Bog'lardan, buloqlardan, xazinalardan, chiroyli bo'lgan maqomlardan biz chiqardik ularni deydi.

Shunday biz Banu Isroilga bu narsani meros qilib berdik. Askarlarni tayyorlashlikka bir qancha vaqt ketdi. Ularni yig'ib chiqqucha Banu Isroil ana shu qizil dengizni ikkita qanotidan bittasi, vahrul quzum, ana shu ikki qanotidan bitta yetib qolgan edi. Banu Surolda boshi dengizga yetdi. Fir'avn orqadan qo'shini bilan ko'rindi.

Qalam ma toal jamani qol ashabi musa inna alamudrakun. Qola kalla inna ma'iya robbi sayhdin. Ikkita jamoat bir birini ko'rishgan paytda misrliklar yahudiylarni ko'rdi. Yahudiylar misrliklarni ko'yganda, Musoni asxodlar aytdi, yetib olishadi orqamizdan deyishdi. Mana shu o'rinda Muso alayhissalomni Allohga bo'lgan ishonchi, tavakkulini qaraylik. Nima dedi? Kalla, hola kalla, innama, robbi sayyohdin. Yo'q, robbi men bilan dedi. Menga albatta yo'l ko'rsatadi dedi. Orqada turibdi Fir'avn qilichini taqab. Lekin ko'ngil nima deyapti? Qalb nima deyaptimi? Endi nima bo'larkin demayapti bizga o'xshab. Ibrohim alayhissalomda ana shu falakmonni kapkini yotqizib qo'ygan paytda nima devdi? Hasbunalloh demo edimi? Aniq, hech kim yo'q, bitta odam hamma narsaga turib qo'yinglar demayapti. O'tga uloqtirdimi?

Hasbunallohiga javob bergan ular. Uchib ketayotganda jabr alayhissalom kelib, ala ka haja ibrohim dedimi rivoyatda? Bizga xizmati yo'qmi deb jabr alayhissaom xizmatga o'zini taklif qilganda nima dedi? Sizga nima dedi? Sizgan hojatim yo'q. Ammo robbimga hojatim bor, robbimga aytishimni ham hojati yo'q dedi. Ya'ni nima qilyapti?

Haligi duo qilishni o'rgandi yu o'tgan darslar. Ya'ni menga nima kerakligini Parvardigor ibro. Muso alayhissalom deyapti bu yerda. Men haligi daraxt tagiga borib turib duo qildim. Robbiy ilm man zalta alay yamin xoyrin faqir. Parvardigor menga qanaqa yaxshilik tushirsak, o'sha menga kerak deyapti. Yaxshilikni so'rayapti. Endi bu yerda orqasida shunday bir balo taqalab turganda aytyaptiki, robbim men bilan, albatta nima qiladi?

Yo'l ko'rsatadi. Fir'avn yaqinlasha boshladi. Banu Isroil oldilarida dengiz turibdi, orqasida Fir'avn qo'shini turibdi, qo'rqishdi. Rauhayna ila musa anidri biy assokal bahr, fan faloquf akana kull fulqing katta uddil odin. Biz Musaga vahiy qildik, assoyingiz bilan dengizni uring. Asso bilan dengizini urganda, ikkita ulkan tog'dek suv ikkiga bo'linib turdi. Bu yana qaytarib aytamiz. Ana shu olti yuz ming Banu Isroil ko'rib turibdi mo'jizani. Orqasidagi Fir'avnda askarlari ko'rib turibdilar. Dengiz ikkiga bo'linib, tog'dek bo'linib turibdi. Alloh Taoloning qudrati ilohiygasi.

Necha million yillardan beri loy bo'lib turgan, ho'l bo'lib turgan dengizni osti qurdi. Bu kimning ishi edi bu? Vala ya'lam jumudi robbiki illa hu. Robbini qanaqa qo'shini borligini faqat o'zi biladi. Biz qanaqa qurol aslahat to'plasak, mana shu yer yuzida yaratilgan qonunlarni asosida ishlaydigan qurollar to'playaptimi odamlar? O'sha raketasi ham Alloh bergan moddalar kuyish hisobiga uchadimi? A? Qurayotgan, ertalab qurayotgan bunkerlar, tankalar, vertolyotlar Alloh Taolod yaratib qo'ygan qonunlarda asoslar harakat qilyaptimi? Alloh Taolo qodir emasmi, ana shu qoidani xohlagan maqsad olib qo'yishlikka? Telefonlar ana shu magnit to'lqinlar hisobidan ishlayaptimi? O'sha to'lqinni Alloh Taolo yo'q qilib qo'ysa nima bo'ladi? Quradilar? Bu Alloh Taoloda qudratlar shakl bo'lmaydi.

Hamma qo'rqdi. Mo'so alayhissalom qadamni bosdi, dengizga kirishdi. Fir'avn orqasidan choptirib keldi. Fir'avnni nima qildi? Ergash, lekin Fir'avn ham ahmoq emas edi, birodar. Qo'rqib ketdi, dengiz ikkiga bo'linganiga. Bu dahshatli manzara edi. Butun boshli dengiz oxirigacha ikkiga bo'linib turibdi. Qo'rxti. To'xtab oldi. Lekin Alloh Taolo xohlagani bo'ladi, birodar.

Otini tortib to'xtatdi. Ot to'xtadi. Qo'shin ham to'xtadi orqada. Lekin Alloh Taolo fe'l anavi halok qilishingni xohladi. Otiga buyurdi, ot yurdi. Har qancha, har qancha orqaga tortmasin otini, to'xtamasdan yugurdi oldiga. Xo'pondan yurgandan keyin askar nima qiladi? Askar ham yuradi. Demak, kim kirgizibdi suvni tagiga uni? Kimni aytgani bo'lar ekan? Biz rejani tuzavoramiz, planni qilaveramiz, lekin Allohni aytgani bo'madi. Alloh aytgani bo'lgandan keyin, sizga yoqmasa ham Alhamdulillah deng, yoqsa ham nima deng? Chunki sizga yoqsa ham o'sha bo'ldi, yoqmasa ham o'sha bo'mdi.

Fir'avn otini to'xtatmoqchi bo'lib qattiq urindi, lekin Alloh Taolo xohlagani qildi. Fa alul liman yuriydir. Parvardigorimiz xohlagani qiluvchi bo'lgan zot. Fag'oshi yahum minal yam yema, g'oshi yahum va abdulla fir'avnul qommah uvama hoda. Ularni mana shu dengizdan qoplagan narsa qopladi. Fir'avn qavmini adashtirdi, hidoyatga boshlaganini yo'q. Ya'ni har bitta odam o'zini tutgan yo'lini to'g'ri deydi. Shunday emasmi? Ming xil hujjat keltiradi. Hamma o'zini tutkan yo'lini to'g'ri deydi, ko'chadagi haligi qimir qilish ish qilayotganlar ham men deydi mehnat qilib topyapman pulimni deydi. Bilasanmi, men agar hamma yoqda payakka bilan qiladigan bo'lsam, qanchaga tushib ketasan deydi. U ham to'g'ri ish qilyapti o'zichasiga. Hattoki o'g'ri, o'g'il yotib turib o'zini qilayotgan. Inson bir ishini to'g'ri deb bilmasa, shu ishini qilmaydi. Fir'avn ham o'zini qigan ishini to'g'dirib bilar edi. Alloh taolo aytyapti, Fir'avn qavmini zalolatga boshladi. To'g'ri yo'lga boshlagani yo'q. Hammani tutgan yo'li to'g'ri bo'laversin. Bu haqiqat ko'payib ketib qolyapti yu. Haq bitta, bu Alloh taoloni ko'rsatgan yo'li.

Alloh taolo Yunus surasini to'qson to'qson bir to'qson ikkinchi odatlarda marhamat qiladi. Astaydu billah. Va javoz nabibani isroilal bahrif at bhum fir'alni va junuf dux fuhb bag'yan va aduva. Xatta ida adrokahul g'oraqu qoli, aman tu annahular, ilaha illallabiy, aman adbihi banu isroil va anamin al muslimin. Al anavo qod asoyita qobili va kumta minal mufsidi. Hali yavman una jika bi badanika li takuna liman xolf aka aya. Va innaka tira minan nasi an ayati inal g'ofilun.

Alloh taolo marhamat qiladi. Biz Bamu Isroilni dengizdan olov yutdik. Unga Fir'avn va uning qo'shini zulm qilgan, tajovuz qilgan holda orqasidan ergashdi. Endi qachonki Fir'avnga cho'kishlik yaqin bo'lganda, u aytdi, donu Isroil iymon keltirgan Allohdan boshqa iloh yo'q deb guvohlik beraman va men musulmonlardanman dedi.

Iymon keltiribdimi? Keltiribdi. Aytamiz ku, ha, demak eng asosiy narsa, oxirgi karimasida La ilaha illalloh bo'lgan odam jannatga keladigan bo'lsa, demak asosiy maqsad oxirida shu kalimani aytib olish ekan. Oson ekan u. Aytsangiz, nazaringizdan osonroq kelyapti. La ilaha illalloh. Lekin birodarolar bu tilni kim aylantiradi? Siz ketar soatingizda shu kalimani aytishligingizga aminmisiz? Namozga beparvo bo'lgan bo'lgan odamni tilidan mana shu kalima tortib qo'yiladi deyilarkan ulamolar tomonidan. Namozga beparva bo'lgan odamlar og'ziga shu kalima kelmaydilar ekan ulamolar.

Xo'p, dema mormiz. Boring aytamanmi yurdingiz. La ilaha illalloh. Lekin Alloh qabul qiladimi degan savol turibdi. Fir'avn aytdimi? Aytdi a? Jabr alayhissalomni mana shu yerda bir payg'ambarimiz aytgan so'zlari bor ekan. Ey Muhammad dedi, jalolayhissalom, hech bir odamni Fir'avnni yomon ko'rganchalik yomon ko'rganim yo'q deydi. Agar ko'rganingizdek da Rasululloh deydi, Fir'anim cho'kayotib, La ilaha illallohda aytayotganda og'ziga suvni tiqib turdim deydi. Toki aytib yubormasin mukarramani. Aytib yuborsa Alloh Taolo nima qilmasin?

Ha xo'p, aytdi ham. Nima bo'ldi? Alloh qabul qildimi? G'arg'aramaga kelib qolgandagi tavba qabul bo'lmaydi. Kun buyoqdan chiqib qolganda qilingan tavba qabul bo'maydi. O'lim ko'ziga ko'rinib qolgandan keyin endi qayoqqa qochasiz? O'lim soatingiz yaqinlashganda borib burdingizni ehson qilib yuborishingiz bir savob bo'lsa, fe'lingizda, sog'lig'ingizda pulingiz o'ziga kerak bo'lib turganda qilgan bir so'm pulingiz savobi farqi bor. Ya'ni qariganda, yoshlar, baribir nima qilamiz? Qayerga boramiz?

Masjidga boramiz da. Boshqa yerga borgani quvvatimiz ham yetmaydi, boshqa yerga borgani uyat ham. U bilan yoshlikda qilingan ibodatni farqi bor. Yetti toifa degan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, Alloh taoloda arshini soyasida turadi. Shundan bittasi sha'r nasha'r ibadati robbihiy. Yoshligidan robbisini ibodati bilan yashagan yigit deyiladi. Yigit kim? Qir yoshlargacha yigit deyilaveradi.

Biz endi bo'lib qo'yganmiz u yoqni o'zimizchasiga. Garchi Fir'avn bu kalimani aytgan bo'lsa ham, Alloh taolo uni bu kalimasini qabul qilmadi. Banu Isroil biz shu yerda tugatsak bo'ladi, lekin mana shu ozgina qolgan vaqtimizdan ham foydalanib qolaylik. Biz mo'ljalda bir uch yoki to'rt jumada tugatishlik niyat bor edi, lekin Allohni xohishi bo'lar ekan. Shunda cho'zilguroq ketyapti.

Bani Isroil dengizdan qutulib chiqdi. Bani Isroilda oxirgisi dengizdan oyog'ini ko'targan paytda, hali fenomen ularga yetmasdan turib, qo'shini to'laligicha kirgan edi. Bosdi. Alloh Taolo aytadi, al'an, endi nima deydi Alloh Taolo? Endimi? Axir sen tahqiq osiylardan eding bundan burun va fasod tarqatuvchilardan eding. Endi Alloh Taolo nima qildi? Bugun dedi. Seni badaningni, sendan keyingi bandalarga ibrat bo'lishligi uchun badaningni saqlab qo'yamiz dedi. Ko'rdinglar a televizorlarda. Suratlarni ko'rdinglar ha. Parvardigorimizni va'dasini haqligini ko'raylik. Necha ming yil bo'ldi bunga? Vallohu a'lam. Lekin Fir'avn bilan birga boshqa odamlar ham cho'kkan edi. Nimaga ularda jasadi qolmadi? Fir'avn bilan birga yog'ochlari, temirlari tushgan edi. Nimaga ular qolmadi? Nimaga Kir amin qoldi, sajda qilgan holatda? Alloh Taolodagi va'dasi edi bu. Seni jasadingni qiyomatgacha yashaydigan odamlarga ibrat bo'lish uchun jasadingni qutqarib qo'yaman dedimi?

Patarok na hayotan har kuni mundakki dedi Alloh Taolo. Muhitni kemasini qoldirib qo'yganmiz tog'ni ustida. Aql yuritadiganlarga ibrat bor. Fikr yurgizmaysizlarmi deyapti Alloh Taolo. Nu alayhissalomni kemasi bor hozirgi kunda. Necha ming yil bo'ldi unga? Nimaga chirib yo'q bo'lib ketmayapti, bu yog'ochdan bo'lgan kiyma? Temir chirib yo'qib ketyapti yu. Bu Qur'onda haqligi, Payg'ambarimiz aytgan so'zlarning haqligi bitta dalil emasmi?

Biz juda ko'p narsani bilamiz. Tanlamizda ma'lumot oshishicha ziyoda, lekin shundan xulosa olib, shu xulosalar asosida yashashni bilmaymiz. A bu Hazrati Umar ro'ziqulov anhu Baqara surasini ikki yilga yodlagan ekan. Arab edi, sahoba edi, yopiq bo'lsa bo'lar edi. Nimaga desangiz, Bahor surasidan boshlab o'nta oy bo'lganda ishlab turib chiqib ketib qolar ekan, qolgani eshitmasdan. Keyingi safar o'qilsa, o'n ikkinchi oygacha eshitar ekan, misol uchun. Chiqib ketar ekan. Keyingi safarda turib boshlanganda o'n to'rtinchi gacha, ikki oydan qo'shar ekan. Nimaga bunaqa xulosasiz desa, o'sha ikkitasini hayotimga tadbiq qilib olay, keyingi ikkitasini keyin eshitaman der ekan. Ikki yilda yodlagan bo'lsa, demak ikki yilda baqirib surasiga nima qilgan ekan hayotiga? Tadbiq qilgan ekanmi? Bizni mushkulamiz nimada? Biz eshitib ko'ramiz. Bir narsalar gapirib bering.

Bir narsa eshitib o'tiraylik. Birodarot, bilganlar bilan bilmaganlar teng bo'lmaydi. Bilganimizga nima qilishimiz kerak? Javob berishimiz kerak. Bu qissalarda eshityapmiz. Yana qaytarib aytaman, u ko'ngil xushlikka, bir vaqt o'tkazishlikka emas. Xulosa olaylik, Allohni va'dasi haq ekan. Ibrat olaylik, mana shu ibratlar aslida yashaylik. Mana hozirgi kunda ana shu muzeyda, deylik, Fir'avnni jasadi turibdi. Uni mumlashmadi ham boshqalarga o'xshab. A? Mumiy deydimi? Latakiy o'rab yostiq turib turib uni haligi fenomenani ichiga artel ham qo'yishmadi. Dengiz tagiga tushib ketdi, lekin Alloh Taolo chiqarib bermadimi uni?

Imomiz Zamaxshariy mana shu qaysi joydan chiqishligini ham tasir yozib qo'ygan ekan. Keyin yigirmanchi asrda topildi bu. Imomiz Zamaqshariy qachon yashagan? Aytib qo'yilgan ekan, shu mana mana bu joydan chiqadi deb. Topib olib chiqishdi. Ibrat olaylik. Danus roir dengizdan chiqib najotga tushdi va chiqishligi bilan, shuncha mo'jizani ko'rgan ekan, to'qqizta mo'jiza Misrda, yana bitta mo'jiza dengizda. Nechta bo'ldi? O'nta mo'jizalarni ko'rib chiqishibdi da, chiqishligidan bir qishloq qorabog'a bo'lishdi. Qishloqdagilar bir daraxtgami, sanamgami sig'inishardi bu yerga. Shuncha baloda shuncha mo'jizani ko'rib turib chiqib aytishdiki, va javaz nabibaning isroil al bahr fa ato ala qomi yoki funa ala asnamin alahum. Qoluv ya muso ij allana alixa, ilohim kam alahum alixa. Fa kalimasi fa ato. Chiqishdi srazu kirishdi degani. Dengizni bo'yidagi qishloqqa kirishligi bilan bir qavm, bir o'zlari yasab olgan butga sig'inayotganini ko'rishdi da, emu so, molalarga o'xshab bizga ham bitta but qilib bermaysanmi, sig'inamiz unga deyishdi. Mana boshlanyapti birodarlar. Darsimizni asosiy qismi mana shu yerdan boshlanadi. Chunki to'qqizta muzdanimiz sizda ko'rgan, xor qilib so'yilib turgan holatdan olib chiqib ketgan Muso alayhissalomni har bitta so'ziga, so'zsiz itoat qilish kerak edi yu.

Qori inna qumqon muntaji halolun. Muso alayhissaalom sizlar bir johilxon bo'ldinglar. Ya'ni shuncha baloni ko'rgandan keyin ham yana bu yerga sig'mayman deysizlarmi? Hol alloh va abu ikhom ilohim, huva fattah va ala kum ala alami. Sizlarni butun olamlardan afzal qilgan Allohni qo'yib, boshqa ilohni qilib bering, qilib bering sizlarga. Muso va baruch isroil ana shu qishlardan chiqdi, Falastinga qarab yurishdi. Alloh taolo Muso alayhissalomni Tavratni qabul qilib yuborishligi uchun ana shu vodiyga, to'rt tog'iga chaqirdi. Munosib alayhissalom qavmini tashlab, shoshilganicha to'rt tog'iga ketdi. Inshaalloh keyingi suhbatimiz munosib alayhissa alloh taolo bilan ana shu to'rt tog'da bo'lgan holiga kelganda davom etkazamiz. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

Проверка знаний

5 вопросов. За каждый верный ответ — 10 баллов.

Пройдите тест, чтобы перейти к следующей лекции

Продолжить без теста