MMaviza
—Проверено46 daq

Abdulloh Domla - Zakariyo va Yahyo alayhissalom (Payg'ambarlar qissalari)

Abdulloh Domla · Paygʻambarlar qissalari

Перевод на этот язык пока недоступен. Ниже показан оригинальный (узбекский) текст.
0:00
45:47
История изменений

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robil alamin. Vassolatu vassalam ala xoyriy xalqi muhammadi va ala alixiy vas suhfiyaj majmain. Amma ba'k. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Payg'ambarlar alayhi vermon salatu vas salam hissalarini o'rganar ekanmiz. Siz bilan biz mana o'tgan suhbatimizda Dovud va Sulaymon alayhissalomlarni hissalarini so'zlashgan bo'ldik. Va bundan olinadigan xulosalar shu bo'lgandiki, insonga Alloh Taolo har qancha davlat bermasin, har qancha mulk bermasin, harqancha umr berilmasin, baribir Alloh Taoloni bir ojiz bandasi ekanligi, bir kun bu narsasidan ayrilishligi va bir kun albatta Alloh Taolo u kishini jonini olishligini ko'rgan bo'ldik. Mana Sulaymon alayhissalom qissasini qisqa bir takrorlaydigan bo'lsak, Alloh Taolo u shu haqida marhamat qilib aytdiki, mana Alloh Taologa duo qilib, robbiy habli mulkalla yambag'ili ahadim min bag'diy innaka antal vaha barvadigoro, menga shunday bir mulk, shunday bir davlat berginki, mendan keyin hech qachon hech kimga bunday mulk nasib etmasin dedi. Va mana shu duosiga Alloh Taolo bu duosini ijobat qildi va Sulaymon alayhissalomdan avval ham, u kishidan keyin ham bunday podshoh yer yuzida bo'lmaydi.

Sababini o'tgan suhbatimizda ko'rib chiqdikki, Alloh Taolo yer yuzida o'malaganki, jonivor bo'lsa, Sulaymon alayhissalomga qo'shin qilib berdi. Hech qachon hech kimga bo'yni sinmagan va kelajakda ham bo'yni sinmaydigan jinlar toifasini Alloh Taolo o'zini buyrug'i bilan bo'ynini sindirib berdi. U kishining xizmatida shamollar bo'ldi. Va li sulaymon ali ha asifa, g'oduha shahru varavahuhah shahrdam alloh taolo marhamat qildi. Suleymonga biz shunday bir shamollarni in'om etdikki, uni uzunligi borishligi bir oy, kelishigiga bir oylik bo'lgan uzun shu omonlar edi deyildi. Sulaymon alayhissalom shu shamolga buyursa, qayoqqa xohlasa aytgan joyiga bulutni haydab olib borar edi va ana shu joyga yomg'ir yog'dirar edi. Sulaymon islomga berilgan mulkda mana aytdik, ana shu o'zini qo'shini bilan biror joyga borib bir jang qilmoqchi bo'ladigan bo'lsa, ana shu yog'ochlardan biriktirilgan bir katta bir maydonga askarlarni chiqarar edi va shamolga buyurganda shamol ko'tarib, u qo'shinni aytgan joyga olib borib yirtib qo'yar edi. Alloh taolo kishiga vo asal nalaho aynal qitr deb marhamat qiladi. Biz unga mis oqib turadigan buloqni ato etdik dedi. U kishining vafoti ham insonlarga ibrat bo'ldi. Alloh taolo kishining vafot qilishligida ham odamlarga ibrat bu shuni xohladida, ya'ni g'aybni bilishlik faqat alloh taoloni o'ziga xos bo'lgan ilm.

Hech kim g'aybda, kelajakda nima bo'lishligini bilmaydi. Bilishi mumkin ham emas. Ana shu davrdagi odamlarda bu e'tiqodi, bu tushunchasi botilligi sulaymon alayhissalomni vafotida ko'rindi. Sulaymon alayhi salomga osiy bo'lgan jinlarni Alloh Taolo Sulaymon alayho salomga shunday qudrat berdi ki, ularni ikkisini bir-biriga bog'lab qo'yib, azoblash quvvatini bergan edi. Bu Sulaymon alayha salomga osiy bo'lsa, bu dunyodagi jazo shu edi, oxiratda albatta jahannamda kuyar edi ular. Jinlarni kuzatib turar ekan, Sulaymon alayhin salom qo'liga asosini oldi, ikkala qo'lini kaftini tayoqqa qo'ydi va jag'ini kaftiga tayadi. Mana shunday holatda turganda Alloh Taolo jonini qavs qildi. Ko'zi ochiq holatda, ana shunday turgan holatida vafot etdi.

Lekin buni jinlar bilmadi. Gumon bo'ldi o'lib qolganligiga jinlarni, lekin borib uni tekshirgani botinisholmadi. Va mana shu holatda bir yil qolib ketdi sunna malaysi. Sahih hadislarida keladi. Bir yil mana shunday turgan holatda jinlar tinimsiz mehnat qilib turdi. Va ana shu yerda hayvonlardan bo'lgan xudlardan bir Alloh Taolo buyruq berdi bandasiga, u asoni yer, aso zaiflashib, sinib, sunna malaysi salomat yiqilgandan keyingina jinlar Sulaymonni bir yildan beri manit ekanligini bilishdi. Alloh aytadi, agar jinlar g'aybni bilganida, mana shunday bir og'ir xor quruvchi mehnatda davomiy suratda qolmagan bo'lardi deydi. Sulaymon alayhissalomga berilgan mo'jizalar buyuk bo'ldi va shukurga turuvchilardan bo'ligini ko'rdik Sulaymon alayhi salomda. Demak, bu Sulaymon alayhimassalomni vafotidan jinlar emas, boshqa hech kim Alloh Taolodini ilmi bo'lgan g'ayb ilmini bilishiga mumkin emasligiga kelib chiqadi. Bir odam kelajakda bilishligi, sizni kelajakka dars berishligi, a? Haligi ish yo'llaringizni ochib yuborishligi, shunga o'xshagan narsani da'vo qilayotganda, biz aniq bilaylik, bu kufr bu.

Agar uni qo'lidan sizni ish yo'llaringizi ochib yuborishi kelganda, u narxini o'tirmas edi o'zi. O'zi yo'llari, ish yo'llari nima qilardi? Ochib olgan bo'lardi. Dovud va Sulaymon alayhissalomlaridan keyingi o'rinda kelinadigan bu qissa, bu Uzayr alayhissalom. Mana bugungi suhbatimizni boshlaymiz. Bugun inshaalloh, Alloh vaqtimizni yetkazib bersa, Uzayr, Zakariyo va Yahyo alayhissalomlarni qissasini so'zlashgan bo'lamiz.

Alloh Taoloning kalim bo'lgan nabiylaridan Uzayr alayhi assalom. U kishini Alloh Taolo bir qishloqqa payg'ambar qilib yubordi. Uzr alayhissalom, mana shu aytilingan qishloqqan borganda, u qishloqda xarob bo'lib ketganligi, u yerda hech kim yashamayotganligi, u qishloxda anchadan beri borib yashamasdan xarobo bo'lib ketganlarga, odam yo'q, na bir ekin tikuv, na uylar bor, umuman tashlandiq bo'lib ketgan qishloqqo payg'ambar bo'lib yuborilganligini ko'rdi da, hayron bo'ldi. Men kimni da'vat qilaman bu yerda? Alloh bu qishloqni tiriltirsa, meni umrim yetadimi bu qishloq obod bo'lguncha? Alloh qanday qilib tiriltiradi meni tirik paytimda dedi da. Avkallading marra ala qoryating vahiya, xoviyatun ala urushi haq. Qoli anna yuhiy hadixillohu dada motihah. Fa amatahullohu miyata an. Alloh taolo u kishini uxlayotganda jonini oldi. Eshigi bor edi, eshigi yuklagan matolari bor edi. Ana shu yotgan holda, oyog'ini devorga suyagan holatda uxladi. Shu holatda Alloh taolo jonini oldi va yuz yildan keyin teriltirdi. Uzayr alayhissalom nazarida bir choshgoh vaqtida ko'zini yumgan bo'lsa, peshinda uyg'ongandek, yoki peshinda uxlagan bo'lsa, aslida uyg'ongandeychalik bo'ldi o'zi uchun. Uyg'ondi, yuz yil turganligini bilmadi.

Uyg'onganda qishloq obod bo'lib, odamlar kelib, o'sha gavjum bo'lib, shunaqa bir obod bo'lib turganligini ko'radi. Shunda Alloh Taolo farishtani bir inson suratida jo'natadi da, aytadiki, qola kam labistta. E Uzayr, qancha uxladim deb o'ylaysiz dedi. Uzzayr alayhissalom aytdi, qola labisttu ya umuman oboda yo'qmi? Ha, bir kun uxlagandirman. Ha ikki kunda uxlagandirman, uzoq uxlaganim yo'q dedi. Farishta aytdi, qola balla bitta men ataaan yuz yil uxladingiz dedi.

Tabiiy Uz alayhissalom bu narsaga ishonishiga oson bo'lmadi. Shunda farishta unga ishora qilib aytdiki, fando'r ila ta'amika va sharob ekan la miyata sanda. Alloh Taoloni qudrati yuz yil burun qo'yib qo'ygan ovqati aynimaganida, sasimaganida, shunday bir svejiligicha turgan edi. Lekin uni ko'tarib turgan, oldidagi eshik o'lib, chirib suveylari, jidlarini bir asarlari qolgan edi, yuklar yerga tushib qolgan edi. Vanzur ila hima aka, vali najal aka, a, ya tanling emas.

Vanzur ilal idhomiy kayfa novushiy zuha, simma nak suha, laxma, falamma tabayyan ala huq hola a'lamu anna voha ala kullishayin qodir. Alloh Taolo sizni insonlarga oyat, ibrat, mo'jiza qilishingni xohladi. Endi eshigingizga qarang dedi. Haqiqatdan ana shu ovqatlar murodda turgan eshigi chirib, suyalariga yiqilib, chachilib ketgan holda yotar edi. Yuz yilda nima bo'ladi bitta eshik o'tsa? Ana shu holatga kelib qolgan edi. Qarab turing dedi, qanday qilib Alloh Taolo bu suyada bir biriga shakllantiradi va ustiga bir go'sht qoplaydi. Haqiqatda Uzayr alayhissalom bu eshikaga qarab turganda so'ylar yig'ilib shaklga keldi. O'zini haykaliga yig'ildi. Va uni ustiga go'sht undi, poylar, asablar, tomilar hammasi ulandi da, ko'zini oldida terib o'raldi va junlari o'sib, butun eshik komil bo'lgan oldida.

Shunda aytdi falam ma tabagan ala huquq qoli a'lamu anna allohu ala kullishayin qodir. Men Alloh Taolo har qanday ishga qodir ekanligiga albatta men guvohman, bu narsani men bildim dedi. Bu o'rinda mana Ashabil Ka'f haqida bir eslab qo'ysak, maqsadga muvofiq bo'ladi. Ana shu o'zlarini fojir bo'lgan, kofir bo'lgan qavmdan qochib, g'orga kirib ketgan paytda yigitlar uxladi.

Innahum fiyatun amanu la zidna hunhudan. Albatta ular Allohga iymon keltirgan yigitlar edi. Biz ularning iymonini ziyoda qildik dedi. Uxlashdi, uyg'onib ular ham so'rashdi shunday qilib. Lavif na yavman avba adayon deyishdi. Qancha uxladik deganda, bir kun yoki bir yarim kun dedi. Uch yuz to'qqiz yil uxlashgan bo'ladi bir odam. Uch yuz. Alloh Taolo uchun hech narsa emas bu. Alloh Taolo hammasiga qodir bo'lgan Zot. Mana inshaalloh keyingi suhbatimizda Iso alayhissalom qissasini gaplashamiz. Iso alayhissaalom ana shu Parvardigori huzuriga ko'tarilib ketadigan kunda o'n bitta havorisini oldiga musul qilib chiqdi. Hadislarda keladi, sochidan ana shu g'usl qilganligi alomatlari, tomchilar tomib turar edi. Hur holatda chiqdi. Ashshat aytadigan gapini gapirdi, tevaga chiqib ketdi, ro'zana tulbaytdan. Hadislarda keladi, inson tushganda, sochidan tomchilar tomib yurganini ko'rasizlar deydi. Ya'ni, ana shu boshidan suv quyib, insonda sochi qurib qolishi uchun qancha vaqt kerak bo'ladi? Ana shuncha ham vaqt bo'lmaydi. Inson alayhissalom chiqib ketganiga qancha bo'ldi? Allohu a'lam qancha, ikki ming yildan o'tdi. Yana qancha yildan keyin tushadi, Alloh biladi. Lekin vaqt degan tushuncha siz bilan biz uchun qo'yilgan bir qonun. Alloh taolodagi huzurida bunaqa o'lchov, bunaqa kech qolishlik, vaqt degan, qarishlik, yoshlar ishlaydigan narsa bo'lmaydi.

Iso alayhissalom shunday terga chiqib tushgan bilan barobar olardi iso alayhissa alam uchun. Lekin bizga uchun necha ming yillar o'tib ketyapti. G'or sohiblari uch yuz to'qqiz yil uxlab chiqyapti g'orda. Turishib, bir kun yo ikki kun uxlabmiz deydi. Bu uzr alayhissalom yuz yil uxlab, uyg'onib turib, bir kun uxladim yoki yarim kun uxladim deyapti. Birodarlar, yetmish yil yashagan odamdan so'rasangiz, besh minut yashaganga o'xshamaydi. Kim bu yerda nechchidan kelganligidan qat'iy nazar orqasiga qaraydigan bo'lsa, tug'ilishi bor, deystvati bor, maktabi bor, uylanishi bor, birinchi bolasi bor, hokazo nevarasi bor, to'yi bor. O'tgan umrini bir qotar mulohaza qilib keladigan bo'lsa. Bir ikki minutga ham. Ikki minutdan oshchalik qiladi. Shunday emasmi? Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadi, ad dunya saa, faji al hayatoa. Bu dunyo hayoti, misoli bir soatlik umr deydi. Shu bir soatda ibodatga o'tkazinglar deydi.

Rivoyatlarda keladi, Nuh alayhissalom, mana ular ming yillar yashagan xalqlar bo'lgan. Oxirgi zamonda shunday insonlar keladi, ularni umri oltmish yil, yetmish yil bo'ladi deganda, bir ayol eshitib turib, endi ming yil yashaydigan holda bu. E, agar o'shalardan birortasini ko'rganda aytardim, ey odamlar, bor yo'g'i yetmish yashaysizlar ekan, bitta sajda bilan o'tkazib yuboringlar shu yetmish yillilarni, degan bo'lardim deydi.

Ya'ni ular uchun yetti yuz yil katta masofa olsa, ming yil, bizni yetmish yilimizni hech qanchada bilmayapti. Rivoyatlarda keladi, Nuh alayhissalom ming yil yashagan bo'lsa, qancha dunyoda turdim deb o'ylaysiz desa, molonxonani eshigidan kirib, narigi eshigidan chiqib ketdim degan ekan. Bu ming yil yasha, biz endi shu eshigini uchragani ham ulgurmasak kerak bizni umrimiz. Ya'ni bu hozirgi aytilib o'tilgan ma'lumotlarga qaraydigan bo'lsak, bu dunyo hayoti ko'zda bir ochiq yumgunchalik bo'lgan muddat. Lekin shu muddatda Alloh taologa ibodat bilan sarflab o'tkazishimiz kerak bo'ladi. Nodoniki biz mo'min ekanmiz. U kishini ko'z oldida mana aytdik, eshakka tirildi, ovqatlari aylanmay turgan edi va qishloqqa kirib aytdiki, ya'ni shu qishloqqaga yuborilgandi uzayr alayhissalom. Uzayrni taniysizlarmi deb so'radi. Ular ha, o'lib ketganiga yuz yil oldin, yo'qolganiga yuz yildan beri, yuz yildan buyon hech kim buni ko'rmaydi deganda, men uzayrman dedi. Hech kim ishonmadi, qabul qilmadi. Shunda u kishini kimligini surishtirib aniqlashtirishganda, yuz dan o'tgan bir kampirni topishdiki, uzairni tanir ekan u kampir. Ba'zi rivoyatlarda onasi edi deb aytilinadi. Ana shu kampirdan so'raganda alomatlarini aytib beradi. Uzairni mana bu yerda mana bu alomati bor, mana bu yerda mana buni alomati bor. Tekshirsa, uzair alayhissalom ekanligi aniq bo'ladi. Va ular tavrotdan shu vaqtga kelib, esdan chiqarib, zalovatga botgan bo'ladi.

Uzair alayhissaalom boshqadan ularga tavrotni yangitdan o'rgatadi. Uzayr alayhissalomga Alloh Taoloda bergan mo'jizasini ulug'ligidan yahudlar uni ulug'lashligi shu darajaga yetib bordiki, holatul yahudu Uzayri binulloh. Yahudiylar Uzayr Allohning o'g'li deyishdi. Va holatul nosoro Masih binulloh. Nosorolar, Masih Allohni o'g'li, deyishdi. Mana hozirgi kunda ham bu yahudlarda bor, bu Uzayr alayhissalomni muqaddasligi. Bular alixalardan, nasabi Allohga borib taqaladigan kishilardan deb, alixalardan deb sanashadi bularni. Bu hozirgi kundan ham bor bularda bu narsa. Uzayr ibn Alloh deyishadi ular. Nasroniylar Iiso Xudoni o'g'li deyishadi. Bu narsani bilamiz biz. Lekin siz bilamiz, yana bir narsani bilamisizki, qul huvallohu ahad, allohu samad lam yalid valam yu'lat valam yakunlahu kufvana had. Aytay, Muhammad alayhissalom Allohdir, Alloh hech qanday ahami yo'qdir, tug'madi, tug'ilmadi, hech kim unga barobar emas.

Uzayl alayhissalomni qissasi mana shundan iborat. Mana endi ikkita payg'ambarni qissasi, Zakariyo va Yahyo alayhissalom bilan qissasini gaplashamiz. Uzayl alayhissalom o'tgandan keyin, bir qancha bir muddat o'tdi, insonlar yana bir kufrga, yana zaruratga botdi. Alloh Taolo bu safar sog'liq kishilardan birini yubordi. Bu Imronning oilasidan bo'lgan kishilar. Oli Imron mana Qur'ondagi eng katta suratdan bittasi, Oli Imron, Imronning oilasi. Innalloh astafa adama va nuhan va ala ibrohima va ala imrona alal alamin, zurriyatan ba'du hamin ba'du vallohu vas yuna alim. Qur'onda zikr qilingan Imron bu Dovud alayhissalomni zo'riyotidan edi. Imronni ikkita qizi bor edi. Maryam va Ashyo. Ashyo kattasi bo'ladi. Zakariyo alayhissalomning ayoli bo'ladi. Demak, Maryamni opasi Ashyo, opa singil. Shu ikkita joyda bir eslab qolaylikki, Yahyo va Iso alayhissalom hissi bilan bevosita aloqasi bor bu narsani.

Ashia Imronning qizi Mariyaning opasi edi. Iso alayhissalomga kim bo'ladi? Xolasi bo'ladi. Rasululloh sababchilar mana Isro va Merot kechasida Alloh Taolodixuziga ko'tarilganda aytadi, Mavartuala ibn aga xola, Yahyo va Iso alayhimussalom. Ikkita xolavachchani ko'rdim deydi. Bu Yahyo va Iso alayhumussalomlar. Mana aytdik, Yahyo va Yeso alayhissalomlar opa singillarni bolalari bo'lgan. Bu qissa boshi Maryam onani tug'ilishligi bilan boshlanadi. Mana aytdik Zakaryo Davud alayhissalom zaryadidan, Zakaryo ibn dan Sulaymon alayhissalom zulayotidan deb aytib o'tilinadi. Zakaryo Damashda yashar edi. Umri bir yetmish dan o'tgan paytda edi. Baytul Maqdisga ibodat uchun ular Damashqdan ko'chib kelgan bo'ladi.

Kunlarni birida Imronning ayoli bir qush o'zini inida bolasiga ovqat berayotganligini ko'radi da, bolaga bir mushtoq bo'ladi va Allohga duo qiladi. Ifqiolat imroti imrona robbi inniy nadar to'laka mafiy botiniy muxarroro fataqobbal minni innaka antas samyun alimi. Ya'ni Parvardigoru, agar sen menga farzand beradigan bo'lsang, albatta uni men seniuringni nazr qilaman. Yahudiylarda odat shunday ediki, agar ulardan bir o'g'il farzand tug'iladigan bo'lsa, Baytul Maqdisni xizmatiga olib borishar edi. Baytul Mahdisda ibodat qilgan rohiblar, ruhbonlari ana shu jizib, o'g'il bolalarni olib, bitta yarim tasini olib, o'zini kafilligiga olib tarbiya qilardi, o'qitar edi. Toki kattaganda ilmli bo'lsin va Baytul Mahdisni obod qiladigan kishilardan bo'lsin. Falonna vadoat haq holat rodbi inniy va duha unsa. Ya'ni nazr qilgan paytda o'g'il farzand bo'lishini kutgan edi. Chunki Baytul Mahdisga kim olib borishar edi? O'g'il bollarda. Endi qiz tug'ib qo'ygandan keyin aytadi: Parvardigor, a? Men qiz tug'ib quydim, dedi. Va alayhissal, dakkar ukar unsa.

Erkak ayoldek bo'lmaydi. Ya'ni bu o'rinda erkak hech qachon ayoldaqa bo'lmaydi yoki ayol erkakdaqa bo'lmas deyilganda, Mariyamning sha'nini yerga urishlik emas, balki bu ko'tarishlik. Ya'ni Alloh Taolo har qanday o'g'ildan afzal bo'lgan Mariyanni Alloh Taolo Imrondan ayoliga ato etdi. Va allohu a'lamu bima vod valaysa dhaka rukalunovsa va inniy sanmay tuha maryam va inniy oid uha bika va duriy yata ha minash shaytoni rojiym. Albatta men sendan Parvardigorroq uni va zurriyotini shaytonning yomonligidan panoh berishligini so'rayman, dedim. Mana Imom Buxoriy, Ahmad, Muslimlardan keltirilgan hadisda, Rasululloh sallalloh marhamat qiladi. Kullu mavludiy minbani adami yamas suhush shayton besi dayhi. Illa Maryam bin Timron va ibn ha'asa alayhissalom.

U sahihadiz har bitta chaqaloq tug'ilar ekan, deydi Rasululloh. Shayton unga bo'lgan g'azabidan, unga bo'lkan hididan barmog'i bilan bolaga qo'lini tegizadi deydi, barmog'ini. Shunda bolani bir qichqirib yig'lab yuborishligi shaytonni tegishligidan yig'lanadi deydi. Bu sahihadiz akalar. Faqat Maryam va uning o'g'li Iso'ga shayton qo'lini tekizmadi deydi. Nimaga endi yig'laydi deganda har xil o'zimizni bir tushunchalarimiz bor. Bosim ta'sir qiladi. Allohu a'lam, lekin hadisda aytilishicha, ana shu shayton barmog'ini tegizgan paytda hasadidan, nafratidan. Shunda chaqaloqni yig'lashligi aytilinyapti. Shuning uchun mana Maryamni onasi Voinniy oyidu habi Ka'baturiy yeta ham ila shayton rojim. Uni va zurriyotini shaytonni yomonligidan sendan panoh so'rash, panoh berishligini so'rayman deganda Alloh Taolo ijobat qildi va shayton Maryamga va Iso alayhissalomga qo'lini tegizmadi, yomonligini yetkaza olmadi.

Imron mana Maryamni otasi bo'lgan Imron baytul maqtisdagi eng katta rais bo'lgan ruhbonlar, rohiblardan edi. Ayoli eriga maslahat soldi. Ya'ni o'g'il bo'lganda nazr qilgan edim, endi qiz bo'lib qoldi. Endi nima qilamiz deganda eri aytdiki, nodoniki nazr qilgan ekansan. Albatta Baytul Maqdisga olib borib berishlik kerak deydi.

Olib borganda ana shu rohiblarning odatiga ko'ra chaqalog'ini bir rohib kafilligiga olishi kerak edi tarbiya qilishlikka. Maryamni hammasi o'zini kafilligiga ana shu go'dalik, emiziklik holatda olib borganda, o'zini kafillariga olishlikka rohiblar talashib qolishadi. Hamma aholini o'zini tarbiya qilaylik ekan. Zakariya alayhissalom mana aytdik, Imronni kuyov bolasi bo'lyapti edi akalar. Ana shu yog'ini eriydi.

Qattiq turib oldi, ya'ni men buni tarbiya qilaman deb. Lekin hech kim o'zini ixtiyor bilan berishlikni xohlamagan paytda aytishdiki, kelinglar, Allohda bir yechim so'raymiz. Ularda odat shunday ediki, agar biror ishda kelishmay qolishsa, talashib qolishsa, ular Alloh Taologa iltijo qiladi, Alloh Taolo bir har xil ko'rinishda ularni mushkulasini hal qilib berishar edi. Qanday qilib hal qilamiz? Aytishdiki. Hammamiz qo'limizdagi yog'och qalamlarimizni suv yoqqizamiz. Suvga tashlaymiz, kimda mana shu qalamida bir alomat, kimni qalamida bir alamat belgi ko'rilsa, o'shanga bo'ladi Maryam. Kafolati deyildi. Haqiqatdan qalamdan tashlashdi.

Va makkun talada akimidi yulqun aqla, mohim ayyuhun yakfuri Maryam, va makkun talada akaidi yaxtasimon. Qalamdan tashlab turgan paytda, hammani qalami suv bilan pastga qarab oqib ketdi, faqat Zakariya alayhissalomni qalami tevaga qarab oqdi. Bu Qur'onnin mo'jizalaridan ediki, ey Muhammad alayhissalom, deyatullohu taolo, siz ular xusumatlashib, bir bilan tortishib, qalamlarni suvga tashlayotgan paytda siz yo'q edingiz. Ya'ni tafsilotini mukammalligi bilan bayon qilib berishligi haqiqatdan Qur'onda Allohnin kitob etgan yana bitta dalil edi.

Fambataha nabatan hasana va kaffalaha Zakariya. Alloh taolo u Maryamni chiroyli bir o'stirdi. Ambata ha navbatan hasan degani tezda yetildi degani. O'zini tengqur qizlarga nisbatan yetilishligi tezroq bo'ldi. Akalar, iyuni alayhissalomni tuqqan paytda Maryam onani yoshi o'n beshta bo'ladi. Sahihadislarda kelgan. Maryam obida, oqila, zohida, siddiqa edi. Alloh Taolo u kishi ko'p karomatlarni, marhamatlarni ato etdi. Kullama dahala alayha zakariyal mehrob, vajada inna har rizqo. Maryamga ana shu deylik, Baytul Maqsaddan bir xona ajratildi. Ibodat qiladigan mehrobida turganda qachonki Zakariya kirsa, albatta oldida xilma xil taomlar turar edi. Kafilligiga oldi degani yemog'i, chimog'i Zakariyoni bo'yniga degani. Undan boshqa hech kim Maryamni oldiga kira olmaydi. Lekin Zakariyo kirgan paytda xilma xil noz ne'matlarni ko'radi.

Qola, ya Mariamu anna laki hada, ha hada holat huvo minan indin la. E Mariam, bu qayerdan keldi? Sizning oldingi deganda aytadiki, bu Allohni huzuridan keldi deydi. Alloh Taolo bergan karomat edi. Yozda iyla topiladigan mevalar qishda turar edi oldida, qishda iyla degan mevalar yozda turar edi. Alloh Taolo qodir zot. U kishini fazilati haqida aytadi va ummuhu siddiqa. Insonning onasi siddiqa edi. Inna Alloh yarzuqumay yasha, beg'oyirih hisa. Alloh Taolo Maryamni fazilati haqida aytadiki, inna Alloh astag'faki va tahharaki astag'faki ala nisa ila alamin. Mana farishta Iso alayhissalom durug'ini unga puflashga kelgan paytda aytadi, albatta Alloh Taolo sizni pokladi va tanlab oldi, yer yuzidagi hamma ayollarning ichidan bitta sizni tanlab oldi deyildi. Inna inna Alloh astogfaki va tahhareki ala nisa il a'lamin. Mal masihun numariyam illa rasulun qoraqotu xolat min qobiyhi rusul va ummuhum siddiqo. Iso kim? Iso o'zidan avvalgi o'tgan payg'ambarlar qatorida bir payg'ambar va uning onasi siddiqo. Imom Buxoriy, Nasoiy, Termiziy, Ahmad'dan keltirilgan hadisda Rasul aytadi, boshqa bugungi darslarda aytganmiz, kamolam minal rejalik kafe dedi Rasululloh. Erkalardan juda ko'pchiligi kamolot darajasiga yetdi.

Valam minal alam yetmul minal nisa illa arba. Payg'ambarlar, shahidlar, siddiqlar, nabiylar, sahobalar, erkaklardan juda ko'pchiligi komil inson bo'lib yetishdi. Faqat ayollardan to'rttasigina komila bo'lgan dedilar Payg'ambarimiz. Boshqa hadisda xoyrunisa mariyam binti imron, xoyrunisa xadicha bintuhualid deydi boshqa hadislarda. Yer yuzidagi yashagan ayollarda eng afzali mariyam bintihimron va yer yuzidagi ayollarda eng afizali xadicha bintihualid. To'rtta ayoldi fazli haqida hadisda kelgan. Hasbuka minnisaila alaminabiy al ba'an, maryam binti imron va asiya zavjatu fir'avn, havahadicha binti huwaylit va fotima binti muhammad. Agar bularda mana to'rttasi aytilindi, allohni huzuridagi darajasini, balandligini tartibi bilan aytadigan bo'lsak, albatta birinchi o'rinda maryam bint i imron turadi. Ikkinchi o'rinda Fotima binti Muhammad. Uchinchi o'rinda Hadicha binti Xuvaylit, to'rtinchi o'rinda Osiyo, zavjati Fir'avn. Demak, mana shu aytiladigan to'rtta mukammal bo'lgan ayollarning ichidagi eng afzali ham kim? Maryam ona bo'lyapti. Maryamni mana shu o'n besh ga kirgan paytda deyapmiz. Zakariya alayhissalom oldiga kirib, mevalarni ko'rib turib, farzandga muhtoq bo'ldi da, zakariya alayhi salom duo qildi.

Shunda yoshi bir yetmish dan o'tgan paytida. Zikr u rahmat robbika abadah u zakariya, idna da robbaho nida an xofiya, qoli robbi inniy va hanal azmumi inniy, vashita ala rostu shayban, valam akun bi du aya aka robbi shaqiya. Parvardigoringiz Zakariyoni rahmatiga olganini bir zikr qiling. Vaqtiki Parvardigorga maxfiy nido qildi. Parvardigor, albatta meni meni suyagim bo'shadi, sochimni. Qorasidan ko'ra oq ko'proq bo'ldi. Parvardigor, seni menga beradigan marhamatingdan, senga duo qilib noumid bo'lmaganman. Ya'ni qachon Zakariya alayhissalom Allohga duo qilsa, albatta ijobat qilar edi. Ana shularni qatorida duo qilib so'rayapti. Va inni hik tu'l maval ya minbaroyi va kana temuroti aqir fahadli milla dum kavaliya. Men o'zimdan keyin qoladigan kishilar haqida qayg'uraman dedi. Ya'ni Zakariya alayhissalom o'zini zamonidagi yagona payg'ambar edi. O'zidan keyin qoladigon kishilarni axloqidan ko'ra bir xotirjam bo'lmas edi hali. Ya'ni mana uslubi ularni ishini ana shu orqamda qolayotgan kishilar olib qoladigan bo'lsa, yana zalolotga botib ketadi degan maqsadda Allohda so'rayapti, mendan keyin qoladigon solih zo'riyodni bergin. Yali suniy voyir, sumina aliyoqu, bavaji al xurob, birodiya.

Meni merosxo'rim bo'ladi va oli yoqubni, Yoqubni xonadonni merosxo'ri bo'ladi. Parvadigor o'zingni rozi bo'gin. Fastajab nalaxo, vahad nalaxo, yahya vaslah nalaxo, zavjab. Va Zakariyoni duosini Alloh ijobat qildi va ayolini isloh qildi. Mana shu isloh qildim ayolim deganda, tug'mas bo'lgan deyiladi bitta rivoyatda. Alloh taoloni tug'adigan qildi. Ana shu kunduzida hay'at ko'rdi va boshqa rivoyatda aslahna alaxuz zavja degani, u zakariyoda ayolini tili bir buzuq edi. Faxs so'zlarida ko'p gapirardi. Mana shu tilini isloh qildi deyiladi. Lekin ikkala rivoyat ham bor.

Ya zakariya innannu bashiruka behulamin ismuhu yahya la najallohu min qobili samiya. E. Zakariyo biz sizga yahyo ismli farzandni ato etamiz. Biz ungacha hech kimni bu ism bilan nomlamagan edik. Yahyo degan ismni birodarlar alloh taolo qo'ygan. Payg'ambari zakaryo alayhissalomni o'g'liga. Ya'ni tug'iladi, uni ismi Yahyo bo'ladi deydi. Endi shu paytgacha u kishini ismdoshi, adashi bo'lgan emas. La nnajallohu min qobul samiy degani adashi yo'q degani. Yahyo.

Qori robbiy anna yakunul g'ulamu vakana timroti aqilu voqut balog'u tun minal kibari itiya. Parvardigor qayerdan menga farzand bo'lsin? Axir yoshim bir joyga borgan bo'lsa, ayolim tug'maydigan bo'lsa. Bu holat, agar Ibrohim alayhissalomni qissasiga murojaat qiladigan bo'lsak, Is'hoq alayhissalomda tug'ilishligini xabarini farishtalar olib kelgan paytda, farishtalarga Ibrohim alayhi salomat aytgan edi. Qola abashshir tumuni alami an massan yal kelib borib bifor bima to bashshiru. Qarib qolgandan keyin farzandli bo'lginu xushxodon deb beryapsizlarmi? Ha nima deyapsizlar dedi. Soroni eshitib turgan edi bu gapni. Yuziga shunday urib aytdiki, qolib ya oilata a alitu an ajus va hadabali shayho innahadala shayl majib. Eshitadi eshitib turgan soroni, e dedi, qarib shu yoshga kirganda tug'atamanmi? Ha erim ham chol bo'lib qolgan bo'lsa, bu juda ajoyib ish oldi yu bu.

Bu kishi ham hayron bo'lgan edi. Yahyo, zakaliy alayhissalomga yahyorni tug'ilishiga xabar aytilganda, u kishi ham hayron olyapti. Qolib taajjabina min amrillah, rahmatullohi va barakatuhu alaykum ahli al bayt innaqul hamidun majid. Parvardigoringizni ishiga ajablanasizmi yahli bayt deydi. Alloh taolo qodirzor. Hech kim allohni rahmatidan noumid bo'lmasligi kerak, birodarlar. Hech kim.

Qulga ibodiyalladin asrofu alam fuzixim la taqinotumi rahmatilla innallohu ya firdinu va jamiyat. Alloh taolo bu bir rahmat bo'lgan siz bilan bizga bir ko'nglimizni ko'taradigan otiki, o'zlarini nafslarini isrof qilib yuborgan bandalarim deyapti. Qarang, u bitta gunoh qilgan, ikkita gunoh emas. Nafsini isrof qilib yuborgan bandalarim, meni rahmatimdan noumid bo'lmanglar. Alloh hamma gunohlarni kechiradi. Alloh g'ofur u rohim bo'lgan zot deydi. Demak, hech kim, hech kimni noumid qilishlikka haqqi yo'q va hech kim Allohdan rahmatini noumid bo'lishlikka ham haqqi yo'l.

So'rab olish kerak. O'n yilda bermadimi? Yigirma yilda beradi xolos. Xolos ellik yilda beradi, xolos yetmish yilda beryapti akalar. Allohdan rahmatidan hech qachon ya'ni duo qilganimizda Allohga berar edi, mana to'rtta narsani aytganmiz. Bandi Allohga duo qilsa, Alloh so'ragani berar ekan. Yo ikki barobar qilib berar ekan, yo so'raganchalik ziyondan to'sib qo'yar ekan, yoki oxiratga olib qo'yib qo'yarkan.

Ulamolar mana shu inson duo qilganda, albatta shu to'rtta ishdan bittasi bo'ladi deydi. Aytaychi, qaysinisidan musulmon musulmon yutqazyapti, qaysinisidan? Hammasida yutyapti. Bersa yutyapti, ikki ball qilib bersa yutyaptida. So'raganchalik ziyondan Alloh saqlagan bo'lsa, yutyapti. Oxiratga ko'paytirib olib qo'yganmiz, yana yutyapti. Endi inson bu narsani so'rasa yu, Alloh oxiratga olib qo'yg'on bo'lsa, o'zini irodasi bilan. Ha shuncha yildan beri so'rayapman, Alloh bermadi desa, pishdi.

Endi berilmaydi. Shuning uchun aytyapti, duo qilinglar, noumid bo'lmanglar deyapti Alloh Taolo. Holakat alika, hola robbuk. Hua alayhi hayyin, va qoda xolaqtu ka min qobla va'l taqu sha. Yetmish dan o'tgandan keyin farzand deb olaman deb hayron bo'lyapsizmi? Ha yo'q bo'lgan paytingizda ham Alloh yaratgan edi yu, noldan. Endi qariganingizda sizdan bitta farzand tug'iladi desa, hayron bo'lyopsizmi deydi. Ya'ni yo'q deb bor qilishlik, bordan bor qilishdan ko'ra og'irroq u. Yo'qligingizni yaratgandek, ichingizdan bitta farzandi chiqarsak, hayron bo'lasizmi deydi. Qola robbija allai aya qola aya'tuka allay atukalliman nasa talay talay alay alay in saviya. Farodgor, shu duoi mijobat bo'lganligini, ana shu Yahyo mendan keyin doni usrovi ustida bo'lishligini belgisini bergin, bir alomat ko'rsatgin deganda, sizni alomatingiz uch kun odamlarga gapira olmay qolasiz dedi. Soppa sog', tili ham joyida, aql hushi ham joyida, lekin Alloh Taolo ana shu farzandli berganligini dalili sifatida belgi, alomat uch kun gapira olmaysiz deb. Illa romsa, faqat shu ishora bilan, og'zini pichigarchilik bilan gapira oladigan bo'ladi odamlarga. Subhanalloh, avlodni qudrati, namoz o'qisa, tasbeh aytsa, Alloh biznikini qilsa, til ishlayveradi. Odamlarga qarab gapirmoqchi bo'lsa, tili to'xtab qoladi. Va huvaqoyimun yusolifin mehrobiy anna Allohi boshshiruka bi Yahya musoddiy qon bi kalimatun minalloh va sayyidam va hasorat va nabiyam inas solihayn.

Zakariya alayhissalom mehrobda namoz o'qib turgan paytida farishta kelib nido qildi. Ey Zakariyo, biz sizga Yahyo ismli o'zidan keyingi keladigan Allohning kalimasini tasdiqlovchi bo'lgan farzandni beramiz. Demak, Yahyo alayhissalom tug'iladi, payg'ambar bo'laveradi, undan keyin Allohning kalimasi keladi. Kim bu? Har bitta payg'ambar o'zidan keyingi keladigan payg'ambarni tasdiqlab kelgan. Tavrotda ham, Injilda ham Muhammad alayhissalomni kelishiga xabarlar albatta bor. Faqat buni nosora yahudiylar bekitgan yoki o'chirib tashlashgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kunlarini birida hazrati ummat qo'lida tavrotdan bir varaqni ushlab o'qib turganligini ko'rdi da, achchig'i kelib ketdi. Eh, xat topdi bolasi, dedi. Meni payg'ambarligimda hali ham gumoningiz bormi, dedi.

Qasam Allohga agar mana shu sahifani egasi bo'lgan, mosotili bo'lganda, menga ergashmasdan qo'ymasdi deydi. Hamma payg'ambarlar, payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomni kelishi yerdagi xabarni o'zini qavmlari, ummatlariga aytib o'tgan. Mana aytdik, said bo'ladi va hasur. Hasur deganda ba'zi kitoblarda, hasur degani bu ayollarga yaramaydigan, kasal, degan noto'g'ri tushunchani berishar ekan. Bu payg'ambarlarga hech qachon yarashmaydigan, ularda sha'ni haqida bunday sudlatish mumkin bo'lmagansiz. Hosur degani bu ayollarga qarashlikka qodir bo'lib turib, bu narsadan o'zini tiygan, o'zini e'tibor qilgan deb aytilinadi. Yahya alayhissalom payg'ambar bo'lgan. U kishida noqislik bo'lishi mumkin emas. Ya yahya, xudil kitaba biquva va atayin ahvul hukumat sobiya. Biz yahyoga yoshligida hukmni berdik deydi. Ya'ni go'daklik chog'ida hakim bo'lgan u kishi. Ular mana bu yerda hukm payg'ambarligimi yoki hikmatmi deganda, ko'proq, rojiroq bir rivoyatlar hikmat deyiladi. Yosh bolalik paytida hikmat egasi bo'lgan. Besh yashar paytida o'sha ko'chada o'ynayotgan bolalar, ey ayol, yuring, birla o'ynaymiz deganda, besh yashab aytadiki, ma lillahi behuliqna. O'yinga yaralganimiz yo'q degan ekan. Besh yashar bola o'yin osh uchun, o'yin uchun dunyoga kelganimiz yo'q deydi.

Faqat pul topish uchun dunyoga kelganimiz yo'q, bir odamlar. Shu yeb ichib, odamlardan kam bo'lmasdan maqsadlar bor ku. Maqsad bor. Nima deydi? Farzand qoldirsam, uy solsam, daraxt ekib qo'ysam deydi. Bu maqsad bu emas. Maqsad ibodat. Va men xoloq tur jilna val insof illali abudun dedi Alloh. Insonlarni ham, jinlarni ham menga ibodat qilsin deb yaratdim deyapti Alloh Taolo. Bu kishi besh yashar mard a o'ynagani kelganimiz yo'q deyapti. Shuning uchun xato aytyapti, fa ataynaqul hukm sa biya. Go'daklik paytda u kishiga hikmatni ato etdik. Sal qimirlab yuboringlar. Ko'zlar og'irlashib ketyapti. Kelinglar kelinglar. Sal.

Va hananam milla dunna va zakatam vakani taqiya. Alloh taolo Zakariyoga Alloh taolo rahmat qilib berdi Yahyo alayhissalomni. Va zakatam ularni pokladi vakani taqiya, Yahyo alayhissa taqvodorida. Yana u kishini sifatlaridan va barron bevoliday volam yakun jabbarosiga, ota onasiga inohati mehribon edi. Davomini qaraylik. Vassalomu alayhi yavma vulida va yavma yamuto va yavma yuba as fuhaya. Alloh Taolo Yahyo alayhissalomga salom berdi. U Yahyo tug'iladigan kunda, o'ladigan kunda va qiriladigan kunda Allohning salomi bo'lsin. Alloh Taolo nimaga mana shu uchta holatni zikr qildi? Insonni eng Allohda rahmatiga muhtoj bo'ladigan, eng zaif holati mana shu uch ta holat. Tug'ilgan payti, o'layotgan payti va qabrdan boshqa holatlardan ko'ra, mana shu uchta holatda Allohni rahmatiga ko'proq inson muhtoj bo'ladi, birodarlar. Tug'ilayotgan paytida. Subhanalloh, Alloh Taolo ota onani qalbiga mehrni shunday joylab qo'yibdi, yig'lasa ham, kasal olsa ham, uxlamasa ham farzandiga nima qiladi? Qaraydi. Lekin mehrni tegagan odam ham qilmagan ekan.

Men deyman, bolammi? Bolam deydi bolasini. Suvni pastga yoqadigan qilgan ekan. Mehrni pastga yuradigan qilgan Alloh. Agar teskari qilib bo'lganda, insoniyat qilinib ketmasmidi? Bolangiz tish og'rib uxlamayotganda yuqisi kelmaydi. Lekin ota onangiz tish ograyotgan bo'lsa, yuqisi kelaveradi. O'shaning uchun Alloh Taolo farzandingga mehribon bo'l deyiladi, ota onangga mehribon deyiladi. Chunki farzanding mehribonlikda Alloh Taolo tabiatimizga joylab qo'ygan. Xohlasak ham, to'ng'iz bolam opog'im, tipratikan yumshoqim. Hamma o'zini bolasini yaxshi ko'raveradi, ablah bo'lsa ham, rasvo bo'lsa ham. Shuning uchun farzandiga mehribon bo'ldi mana Alloh Taolo. Ota onangga mehribon bo'm dedi. Demak, insonda tabiati yo'q bu narsa. Alloh Taolo buyurdi bu narsani.

Insonda eng Alloh rahmatiga muhtoj bo'ladigan holat, tug'ilishlik payti, o'layotgan payti va qabrdan Alloh Taolo mana shu paytda siz bilan bizga rahmatini ato etgan bo'lsin. Omin. Rivoyatlarda keladi, Iso alayhissalom bilan Yahyo alayhissalom, o'rtasi uch oy bo'lgan birodarlar. Iso alayhissalom Yahyo alayhissalom bilan uch oydan keyin tug'ilgan. Ko'chada uch yoshib qolishadi. Iso aytadi, menga, ey Yahyo, istig'for ayting, Alloh gunohini kechirishini so'rang. Siz mendan yaxshiroqsiz deydi Iso alayhissalom Yahyo alayhissonga.

Taozoni qarang, kamtarlikni qarang. Yahyo alayhissalom aytadi, yo'q deydi. Siz menga istifoq ayting, siz mendan yaxshiroqsiz deydi. Bizchi? Men albatta sendan yaxshiman. Bu tilimizda aytmasa ham ichimizda turadi. Ulamolar aytar ekan, qaysi odam taqvoliy bo'la oladi desa, ro'parasida turgan odamni, shu odam mendan ko'ra yaxshiroq bo'lsa kerak. Deb hayotini to'la olasa, shu odam inay taqvoliy bo'la olar ekan. Shu odam taqvoliy emas. Shu odam chaqib olay bo'lishlikka yarar ekan. Hali taqvoliy emass. Bu kishilarni qarang bir biriga bo'lgan bir muomalasini. Insonlarga salomatlik. Yo'q, siz mendan yaxshisiz. Chunki men o'zimga o'zim salom aytganman. Assalomu alayya, o'zimga salom bo'lsin degan tug'ilgan kunda qaytadan o'tiladigan. Sizga Alloh salom aytdi. Nima dedi? Vassalomu alayhi yam mavulida va yamuto va yamuto va ya'lu ha'ya. Yahyo'g'a tug'iladigan kunida, vafot etadigan kunida va tiriladigan kunida meni salomim bo'lsin deb Alloh Taolo salomini shunday va'da qilib qo'ydi. O'shaning uchun aytyapti, Inson alayhissalom, siz mendan yaxshisiz deydi. Men nima deganman? O'zimga o'zim salom aytganman. Vassalomu alayhiya, menga salom bo'lsin, tug'iladigankunimda, o'ladigankunimda va qayta tiriladigankunimdam. Men o'zimga ham salom aytdim, Alloh sizga salom aytdi, siz mendan yaxtiroqsiz dedi.

Endi qaysinisi yaxshiroq? Albatta, Iso alayhissalom darajasi ulug'. Lekin bu gaplari Yahyo alayhissalomga aytgan bu so'zlari, Iso alayhi assalomni kamtarligi, tovozligiga bir ishora bo'ladi. Mana shu o'rinda bir chiroyli bir she'r bor ekan. Valadadka ummuka bakiya mustasrihan vannasi xawlakayazhakuna sururao, faxrisli nafsika antakuna i dabakao, fiyal mehmautika zahakamma sururao.

Onang seni dunyoga yig'latib dunyoga keltirdi. Yig'lab kelding dunyoga. Lekin atrofingdagilar xursand bo'lib kulishdi deydi. Kelganliginga. Endi xarist bo'lgin, o'rayotgan kuningda hamma yig'lab qolganda, sen kulib ketishlikka harakat qilgin. Endi mulohaza qilib ko'raylik da. Dunyoga yig'llab keldik hammamiz. Hamma xursand bo'ldi, kulishdi. Ha, o'g'il bo'libdi deb, uyda o'tirganman hammasiga. Endi ketayotgan kunda hamma yig'laydi. O'sha kunda kulib ketishlikka harakat qilgan. Dunyoda xaris bo'ldik. Boyagi aytgandek, dunyo bir soatlik hayot dedik. Ibodat qilsak, kulib ketamiz oxiratga, inshaalloh. Aka, mana bu vatan nariyoqda.

Musulmonning vatani jannat. Dunyodagi vatani shu yashayotgan joyi bo'lsa, oxiratdagi vatani albatta jannat bo'ladi. Ana shu vatanga qaytayotganda inson qanday xursandchilik bilan borishi kerak? Abu hozirda fojerni o'lishligi allohga qaytishi qanday bo'ladi desa, xo'jayinidan qochib ketgan qulni tutib olib, olib kelish esa, qanday xohlamasdan keladi deydi. Allohni oldiga fojea mana shunday qaytib borishligi xohlamaydi. O'limni eslasang qo'rqib ketadi deydi. Endi solihbanda allohni oldiga borishi qanaqa bo'ladi desam, o'zini ahlidan, oilasidan uzoqda, hijronda yurgan kishi, oilasiga qaytib keladiganda qanaqa xursandchilik, mushtoqlik bilan uyga qaytib boradi? Allohni mo'min bandasi allohni oldiga shunday xursandchilik bilan qaytib borad deydi. Savolni beraylik o'zimizga. Agar shu o'lim hozir kelib qolsa, xursand bo'lib ketamizmi yoki qo'rqib ketamizmi? Shoir shuni aytyapti. Tug'ilganingda yig'lab kelgansan, hamma kulgan xursand bo'lish. Endi ketayotganingda hamma yig'lab qayg'urganda, sen kulib ketadigan kishilardan bo'ling deydi. Ma minahad illa minvala deya adam illa va qod axto. Ov hamma behotiya laysa yahya ibn zakariya. Va maliambar ila hadin an yaquli ani xoyron min yunus ibn mattah. Payg'ambar alayhissalom aytadi, har odam bolasi borki, xato qilgan yoki xato qilishni qasd qilgan.

Faqat Yahyo ibn Zakariyo xato ham qilmagan, gunoh ham qilmagan deydi. Kulni na adama ya'ti yomon qiyama va rahul zambun illa ma ka'namin Yahyo ibn Zakariyo. Har bitta odam qiyomatda gunohi bo'ladi. Faqat Yahyo ibn Zakariyoni gunohi. Bu sahih hadislarda keltirilgan. Gunoh qilmagan ekan Yahyo alayhissalom. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni sahobalar o'tirishi, payg'ambarlar haqida Muso kalimulloh, Iso ruhulloh, Odam safiulloh deb turganda payg'ambarimiz kelib qoldi da. Ayna shahidimni shahid, yalbasi vibro vobro voya quli shajara mahofatadam. Shahidni o'g'li shahidni aytmaysizlarmi dedi. Dag'al kiyim kiyib, daraxtni ko'katlarini yegan gunoh qilishidan qo'rqib, Yahyoda zikr qilmaysizlarmi? Dedi. Shahidning o'g'li sha'hid deyilyapti. Yana payg'ambar o'sha. Odamlarni taomlarini har xil taomlarni yeb qo'ymasligi uchun daraxtni bakini yegan deyapti. Va kiyimida oddiy dag'al, jundan bo'lgan kiyimlarni kiyib yurgan deydi. O'tib ketdi u kishilar ham. Ipe shoir yuboradigan podshohlar ham o'tib ketdi. Bir soat deydi birodarlar. O'sha bir soatda kim qanday yashagan bo'lsa, shu bilan o'tib ketdi oxiratga. Yangi alayhissalom tug'ilgandan uch oydan keyin, insof alayhissalom dunyoga keldi. Zakaryo oyog'i alayhissalomlar banu isroilni allohning diniga da'vat qilishar edi.

O'sha paytlarda banu isroilning bir zolim, haddidan oshgan tog'iy podshoh boshqarar edi. U podshoh o'zi fojia tog'iy bo'lishiga qaramasdan odamlarni ko'ziga payg'ambarlarni hurmat qilishligini ko'rsatmoqchi bo'lar edi. Ular bilan maslahat qilmoqchi edi, odamlarga ko'rsatishni xohlar edi. Lekin aslida umuman allohni man haj yurishlikni xohlamas edi. Zohir edi u faqat. Hurmat qilib qo'yishlik. Ana shu podshohni jiyani bo'ladi, bir qiz bo'ladi, chiroyli qiz bo'lardi. Va zoniya bo'ladi, fohisha bo'ladi. O'zini amakisiga erga tegishlikka, tamaga kirib qoladi. Podshohni ayoli bo'laman, malika bo'laman degan narsa qalbiga kiradi da, o'zini amakisiga turmushga chiqmoqchi bo'ladi.

Va uni onasi ham shijoatlanib turadi qizini. Lekin o'zini mahramiga, jiyaniga uylanishlik, haromligi ana shu Zakariyo Yahyo alayhisalomda shariatlar ham bor edi. O'zlari bilardi bu nikohni haromligini. Lekin yahyo alayhissa salomdan ular istisno olmoqchi bo'lib, katta bir hadyalar bilan, katta dunyo matolarini olib jo'natishadi. Ya'ni mana shu joyiga Yahyo nima qilib bersin? Istisno qilib bersin, yo'l topib bersin deb jo'natadi.

Yahyo alayhisalom odamlarga xitob qilib turib aytadi, bu harom deb e'lon qiladi. Endi ovoz indamasdan uylanib olishligi mumkin bo'lsa ham, endi uylanishligi harom bo'ladi. Har xil tolada bir fisq hujumligi oshkor bo'lib qoladi. Podshoh o'zini bu niyatidan qaytaradi, lekin bu qiz bu niyatdan qarshilikda holat. Bu ta'madan hali qutilmagan bo'ladi. Va ana shu o'zlarini faxshga to'lgan tungi majlislarni birida podshohni oldida rasa raqsga tushib, o'zini xaryag'ini ko'rsatib, uni bir rag'batini oshirganda podshoh o'zini oldiga chaqirsa, yo'q deydi. Faqat uylansang sen bilan boraman deydi. Qanaqa qilib uylanaman? Yahyo bu narsani xarom dedi yu. Yahyoni boshingni menga ber, meni mahram bo'ladi, keyin sen bilan birla boraman deydi. Shu vaqtni o'zida podshoh buyurdi, Yahyo alayhissalomni o'ldirib kelish deydi. Askarlar boradi, Yahyo alayhissalomni namozida turgan paytda kallasini olishadi, mehrobda.

Hadislarda kelar ekan, Yahyoning boshi bag'iyning mahriga berilgan. Qonijonga quyildi, boshi pandusga solib, podshohga olib kelib qo'yilganda, ana shu fohishaga, ana shu boshi mahr qilib berildi, keyin birla bo'ldi. Zakariyo alayhissalomni o'ldirishlikda quvvatlab harakat qilib qolishadi. Zakariyo alayhissalom rivoyatlarida kelgan ekan, zaif akam kelgan, lekin bir birini quvvatlab keladi. Qochib, bir daraxtni oldiga borib buyuradi, daraxt ochilganda ichiga kirib oladi. Shayton shu yerda kelib turib, ertagidan ushlab, tashqariga ozgina chiqarib qo'yadi. Bu zaif rivoj, lekin aytyapmiz, boshqa sahih ma'lumot yo'q. Bir ikkinchisini quvvatlab keladigan zaif ma'lumotlar bor. Ertaga chiqib qoladi daraxtni ichidan. Odamlar askarlar istab topa olmasdan, qaytmoqchi bo'lib turgan paytda iblis odam suratga kelib, havo etagini ko'rmayapsizlarmi? Ma'noni ichiga berkin bo'ldi sehri bilan. Aralanglar deydi, aralab yasak karyon alayhissalomni mana shu daraxtni ichida shahid qilishadi. Alloh taoloni payg'ambarlarga berganda ibtilolariga e'tibor beraylik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadi yubut alal ma'rual ala qadariddiniy kishi iymoniga qarab dinini miqdoricha imtihonga uchratilinadi dedi. Ya'ni bu kishilarni iymoni cho'qqida edi. Ularda Allohga bo'lgan iymoni kuchligida, imtihonni ham ularga kuchligi keldi.

La yukallifullohu nafsam illa husa ha. Alloh Taolo insonni toqati ko'tarmaydigan narsaga hech qachon taklif qilmaydi. Bu ikki Payg'ambar mana shunday qatl qilindi. Xuddi shu davrni o'zida uchinchi Payg'ambar tirik edi. Bu Iso alayhissalom. Inshaalloh, Payg'ambarlar qissasini keyingi darsda mana shu Iso alayhissalomni qissasini aytish deb ham nihoyasiga yetkazgan bo'lamiz. Alloh obir qilsa, keyingi jumada Iso alayhissa'lom qissasini gaplashamiz. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Проверка знаний

5 вопросов. За каждый верный ответ — 10 баллов.

Пройдите тест, чтобы перейти к следующей лекции

Продолжить без теста